Insoniyat: asliyat va irsiyatning badiiy talqini

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
33-45
1
0
Поделиться
Расулова, У. (2024). Insoniyat: asliyat va irsiyatning badiiy talqini. Узбекистан: язык и культура, 1(1), 33–45. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2024-pp33-45
Умида Расулова, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои.
доктор филологических наук, профессор
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ijodkorlar, so'z sohirlari zamonaviy nasrga yangi tasvir, ifoda olib kirdilar, hayotni turli rakurslardan turib tasvirlay boshladilar. Ular mavzularni to'ldirib, boyitib boradilar. Ijtimoiy hayotdagi dolzarb muammolarni ijodiy yondashuv asosida kitobxonga yetkazishga harakat qiladilar. Adiblarning badiiy sohadagi izlanishlari, mumtoz an’analar va folklordan unumli foydalanishi, dunyo adabiyotidan o'rganishlari o'z samarasini bermoqda. Dunyo adabiyotshunosligining ilmiy-nazariy talablariga javob beradigan nasr namunalari o'zbek va qirg'iz adabiyotining yaqin tarixidagi mulkiga aylandi. Bu asarlar poetikasida turli yosh, kasb, dunyoqarashga mansub xarakterlar yaratildi. Ular orasida bolalaru kattalar, ishchi-yu xizmatchilar, tentag-u darveshlar, ismsiz qahramon-u g'ayritabiiy go'daklar ham muayyan funksiyani bajarishga yo'naltirildi. Muhimi, asarda insonning mohiyatini teran anglatish, tiynatidagi fazi-lat-u illatlarni har tomonlama kashf etish tamoyili chuqurlashdi. Roman kompozitsiyasida qahramon ongosti jarayonini isyon-u kufr kontrastida aniq badiiy talqin etishga e'tibor ortdi, tashqi faoliyatdan botindagi dard-u iztirobni his ettirishga rag'bat kuchaydi.


background image

33

Uzbekistan: Language and Culture 2024/1(2)

ISSN 2181-922X 33

45

Insoniyat: asliyat va irsiyatning badiiy talqini

Umida RASULOVA

1

Abstrakt

Ijodkorlar, so‘z sohirlari zamonaviy nasrga yangi tasvir, ifoda

olib kirdilar, hayotni turli rakurslardan turib tasvirlay boshladilar.

Ular mavzularni to‘ldirib, boyitib boradilar. Ijtimoiy hayotdagi dolzarb

muammolarni ijodiy yondashuv asosida kitobxonga yetkazishga harakat

qiladilar.

Adiblarning badiiy sohadagi izlanishlari, mumtoz an’analar

va folklordan unumli foydalanishi, dunyo adabiyotidan o‘rganishlari

o‘z samarasini bermoqda. Dunyo adabiyotshunosligining ilmiy-nazariy

talablariga javob beradigan nasr namunalari o‘zbek va qirg‘iz adabiyotining

yaqin tarixidagi mulkiga aylandi. Bu asarlar poetikasida turli yosh, kasb,

dunyoqarashga mansub xarakterlar yaratildi. Ular orasida bolalaru

kattalar, ishchi-yu xizmatchilar, tentag-u darveshlar, ismsiz qahramon-u

g‘ayritabiiy go‘daklar ham muayyan funksiyani bajarishga yo‘naltirildi.

Muhimi, asarda insonning mohiyatini teran anglatish, tiynatidagi fazi-

lat-u illatlarni har tomonlama kashf etish tamoyili chuqurlashdi. Roman

kompozitsiyasida qahramon ongosti jarayonini isyon-u kufr kontrastida

aniq badiiy talqin

etishga e’tibor ortdi, tashqi faoliyatdan botindagi dard-u

iztirobni his ettirishga rag‘bat kuchaydi.

Kalit so‘zlar

:

roman, poetika, obraz, ruhiyat, talqin, genetika, ifoda.

Kirish

Insonning ijtimoiy hayot sahnasidagi ziddiyatli turmush

tarzini aks ettirish, zamonning sinoatini real tasvirlash muhim

jarayon. Adiblar romanning poetik qatlamini to‘yintirish borasida

izlanishlar olib boradilar. Ijod onlarida tarixiy haqiqatni ro‘y-rost

tasvirlash; mashhur shoh, shoir, olim, arbobning badiiy obrazini

yoritishda solnoma, memuarlardagi aniq ma’lumotdan foydalanish;

tarixdagi muhim ma’naviy, axloqiy muammoni yoritish talab etiladi.

Ma’lumki, insoniyat o‘tmishida ziddiyatli, chigal vaziyatlar ko‘p

bo‘lgan, bunday holatda fojeiylik omilini inson qismatidagi ojizlik

illatiga monand teran anglatish; moziydagi tub burilish onlarini

1

Rasulova Umida Yo‘ldosh qizi

– filologiya fanlari doktori, professor, Alisher

Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-mail:

rasulovaumida12@gmail.com

ORCID

0000-9762-4407

Iqtibos uchun:

Rasulova, U. 2024. "Insoniyat: asliyat va irsiyatning badiiy talqini."

O‘zbekiston: til va madaniyat.

1(2): 33-45


background image

34

Umida RASULOVA

xronotop sathiga uyg‘unlashtirishga e’tibor qaratiladi. Yozuvchi

o‘tmishdagi turmushni badiiy qaytadan suratlantirishda aniq

obyektiv mazmunni asrash, tarixiy hamda arxaik so‘zdan o‘rinli

foydalanish; madaniy an’analarning xalq, millat tafakkuriga ta’sirini

ko‘rsatishga erishmog‘i darkor. Bu kompozitsion sath, voqea

kontekstida tarixiy faktlarni saralab, tajriba asosida to‘g‘ri, xolis

xulosa chiqarishga imkon yaratadi.

Asosiy qism

Insoniyat tafakkur hamda taxayyyul olamini nozik ilg‘agan,

tuyg‘ular oqimini his qilgan faylasuf adib Chingiz Aytmatov asarlarida

olamu odam uyg‘unligi, jamiyatdagi axloqiy, estetik qarashlar

talqiniga e’tibor beriladi. Adib dunyodagi turli irq-u dinga mansub

kishilarning ijtimoiy, siyosiy, madaniy hayotini puxta o‘rganish,

kuzatish asnosida global muammolarni badiiy talqin etishga urg‘u

beradi. Har bir inson uchun vatan, oila, jamiyat silsilasini anglatish,

asriy qadriyatning kishi tiynatiga singishi jarayoni yodda tutiladi.

Olam-u odam muvozanatining muqimligi azaliy tartibotning

ko‘zgusidir. Inson yaralishidagi muddaoni anglab tiriklikning

mohiyatiga rioya etishi dushvor. Adib shu asos, muhim halqalarning

imonu e’tiqoddan oziqlanishini yoritishga intiladi. “Kassandra

tamg‘asi” romanida uch olam: samo, yer, ummon hodisotlari aro

uyg‘unlik kompozitsion sathni mustahkamlaydi.

Asarning ilk jumlasida avval so‘zning mavjud bo‘lgani,

abadiy syujetdagi insonning yaralishi xususida mujda keltiriladi.

Inson siyratidagi mutanosiblikning buzilishi ma’naviy dunyosidagi

sokinlik, xotirjamlikka rahna solib, g‘azab, nafrat tuyg‘ularini

parvarishlaydi. Olamdagi muvozanat ila odamdagi mezonlar

muvofiqligi yoxud ayroligi muqaddas tushunchalar talqinida

reallashadi. Ezgulik, adolat hissi, salmog‘i inson-u jonzotni befarq

qoldirmaydi. Kabir borliqning sag‘ir ulushi ma’lum nizomlar

doirasida harakatlanadi. Shu bois qabohat, takabburlik jazoga

yo‘naltirib, bandani xor-u zabun aylaydi.

Ma’lumki, Alloh taolo odamni tuproqdan yaratishni ixtiyor

etgan. Xokisor yerdan oliy mavjudot bino bo‘lgan. Unga nabotot-u

hayvonot ne’matidan bahramandlik nasib bo‘lgan. Inson yer, tuproq

misoli halim bo‘lib, sharafli maqomni yoddan chiqarmasligi darkor.

Yer ustida tiriklik sururini his etib, foniy dunyo nayrangidan holi

bo‘lgani durust. Roman kompozitsiyasidagi dialog-u monolog

inson hamda tabiatning yaxlitligini anglatishga yo‘naltiriladi. Yer

ustida turli toifaga mansub kishilar tiriklik gashtini suradi. Ular


background image

35

Insoniyat: asliyat va irsiyatning badiiy talqini

o‘y-xayoli, sa’y-harakati doim ona zamin tomonidan his etiladi.

Inson mol-u davlatga ruju qo‘yib halovatdan ayrilishini o‘ylamaydi.

Tinch- totuv hayotni qadrlamay, mudom nafs iskanjasiga qorishib

boradi. Yer yuziday keng makon ham insonga torlik qilib, mudom

jaholatga chulg‘anadi. Adibning:”Inson qalbi-jumboq to‘la quticha.

Hayotiy yetishmovchiliklar, mahrumiyatlar natijasida vujudga

kelgan qasoskorlik tuyg‘usi va qahr-g‘azab ko‘ngildagi olijanoblik

kurtaklarini yanchib tashlamasligiga kim kafolat beradi?”-deya

qayg‘urishi bejiz emas [Aytmatov, Shoxonov. 1998, 137]

Roman matnidagi turli motivlar boqiylik hamda foniylik

borasidagi ahkomlarga ishora beradi. Insoniyat tarixidagi jaholat

va yovuzlikning negizi xususidagi qarashlar ijtimoiy tuzumdagi

nosozlikdan voqif etadi. Sobiq mafkuraning ilmiy taraqqiyot

borasidagi siyosati zimnida noyob qadriyatdan mahrumlik maqsad

qilinadi. Inson tiynatidagi oliy ruh imon bilan quvvatlansa osiylik

, gumrohlikdan yiroq bo‘ladi. Hayot va o‘lim mohiyatini, yaralish

muddaosini to‘g‘ri anglash jaholatga yo‘l ochmaydi. Chingiz Aytmatov

Filofey timsolida sag‘irlik, mehrdan mosuvolikning hosilasini

yoritib boradi. Bemehr onaning norasida go‘dagini mehribonlik

uyi ostonasida tashlab ketishi ma’naviy tanazzul debochasi ekani

ma’lum bo‘ladi. 1942-yil sovuq izg‘irinda yetimxonaga tashlab

ketilgan go‘dak Andrey ulg‘ayib, insoniyat kushandasiga aylanadi.

Urushning vayronkor siyosati millionlab insonni qurol bilan nobud

aylagan bo‘lsa, uning asorati bois sag‘ir qolgan nasl ulg‘ayib endi

irsiyatni batamom o‘zgartirishga kirishadi.

Romanda:”Inson qurol ishlab chiqarish uchun tug‘ilishi

kerak emas” [Aytmatov 1995, 109] shiori negizida achchiq haqiqatga

urg‘u beriladi. Kashfiyot, ixtiro shaklidagi qurol aynan insonni

jismonan, ma’nan mahv etadi. Adib tibbiyotning aks ta’siri, ya’ni

malham emas, og‘u, zahar bo‘lib kishi fitratida yovuzlik urug‘ini

urchitishini bosqichma-bosqich yoritib boradi. Shifokor Andrey

Krilsov hatto o‘z zurriyodini nobud etishi (abort), ayolini baxtsiz

qilib, vujudining parchasini badnom aylashida ham undagi johillik

yuzaga chiqadi. Olim shifokordagi hissizlik, tuyg‘usizlik illati

insoniyat naslini asliyatdan mahrum aylash, sun’iylashtirishga

erishishga qaratiladi. Mehru oqibatdan bebahra kimsaning

siyratidagi qahri, ahli insonga nafrati tibbiyot sohasidagi sinovlarida

ayonlashib boradi.

Sho‘ro hukumatining mahfiy topshirig‘iga muvofiq ilmiy

sinovlarni o‘tkazish mexanizmi ishlab chiqiladi. Unga ko‘ra shifokor

Andrey Krilsov mahbus ayollarda bu tajribani o‘tkazishga kirishadi.


background image

Umida RASULOVA

36

Islom dinimizda insonning Alloh tomonidan yaratilishi, unga ruh ato

etilishi ilohiy hikmatini rad etish gunohi azim, shakkoklik sanaladi.

Genetika sohasidagi yutuq sifatida qaralgan holatga barham berishda

Runi ismli ayolning jasorati shifokorning mudroq vijdonini bezovta

aylaydi. Dialogda qaltis vaziyatda adolatni dadil aytib, nafs izmidagi

takabbur shifokorga saboq bergan mahkumaning qat’iyati, tavakkali

reallashadi. Xatoni anglash, undan qaytishga intilish holati o‘zga

obraz ta’siri ostida amalga oshiriladi. Uning kabir gunohi zimnida

naslning qadriyatdan mahrum etilishi masalasi yuzaga chiqadi.

Ilmiy kashfiyot aslida gumrohlik, osiylik ekani olimga tutqun

ayol tomonidan uqtiriladi. Haqiqat, adolatdan hayiqmagan mahbus

Runining o‘ldirilshi, mudroq vijdon uyg‘onishiga ko‘mak beradi.

Tavqi la’nat insoniyatning kelajagini barbod aylashi, ruhidagi itoatni

isyonga yetaklashi syujet voqealarini taranglashtiradi. Shifokorning

bu ixtirodan voz kechib o‘zga makon samoni tanlab, ismini Filofeyga

o‘zgartirib, yorug‘ olamga kelishdan voz kechayotgan kassandra

embrion holatidan g‘ayritabiiy tamg‘a ( zondaj nur) vositasida

kishilarni voqif etadi. Ayni shu jarayonda fazo, zamin, ummondagi

tartibsizlik ortib boradi. Dunyoning turli hududida unga nisbatan

e’tiroz paydo bo‘lishi, siyosiy kuchlar tomonidan munosabat

bildirilishi avlod kelajagi borasidagi xavotirni kuchaytiradi.

Inson jismidagi muzlayotgan qon harakatdan, intilishdan

mahrum bo‘lib, o‘zgacha hayotni ixtiyor aylashiga turtki beradi.

Filofey ochiq kosmosga chiqib o‘limni afzal biladi. Turg‘unlikning

biqiq muhitida boshqaruvchanlikka intilgan kimsalar bilan

ularning atrofidagi jabrlanganlar qismati parallel tasvirlanadi.

Asarda obrazni turli rakursdan yoritish inson siyratini teranroq

taftish etish imkonini orttiradi. Obraz mohiyatida jamiyatga xos

xarakterli xususiyatni jamlash, tutqunlikni tan olmaslik, mutelikka

ko‘nikuvchanlik holati ustuvorlik qiladi. Asosan, retrospektiv syujet

voqeaning o‘tmish hozir tarzida berilishini ta’minlaydi. “Iksrod”-

noma’lum jins yaratishga da’vo qilgan osiy olim shifokor o‘z tajribasi

hosilasidan endi xavotirlana boshlaydi, boisi nojins kelajakning

xavfli kushandasiga aylangan edi. Yer yuzini yadro bilan kunpayakun

qilish ilinjida yaratilgan noma’lum jinslar boqiylik olamining

intihosiga sabab bo‘lardi. Bunday qabihlik mahdudlar uchun oddiy

hol edi.

Davr taqozosi bilan qiyofa o‘zgarishi, tuslanishi muayyan

qahramonlar orqali ochib boriladi. E’tiqodsizligi bois hayoti xaosga

aylangan osiy bandaning umr falsafasi o‘tmish (qiziqish), hozir

(moslashish), kelajak (taftish qilish) tarzida namoyon bo‘ladi. U


background image

Insoniyat: asliyat va irsiyatning badiiy talqini

37

yer yuzida “ixtiro” qilib, samo kosmosga chiqib, Filofey bo‘lib, turli

millat-u elatni ogohlikka da’vat etar ekan, ularning loqaydligi,

bee’tiborligining shohidi bo‘ladi. Ommaviy madaniyatning turli

xurujidan bezgan so‘qir qalblarning bunday holatga kelishi tabiiy

edi.

Asar strukturasidagi :”Insoniyat vujudidagi mislsiz zulm,

shuur-u qalbidagi gumrohlik genetik kodga ta’sir qilib, uni tanaz-

zulga mubtalo qilishi, borliqdagi jami mavjudotni barbod aylashi”

mulohaza mohiyatni oydinlashtiradi [Aytmatov. 1995, 161]. Surat-u

siyratdan mosuvo olomon, sun’iy obyekt tarixiy taraqqiyotning

mahsuli o‘laroq tiriklik diyorini mahv etib, zalolatga sabab bo‘ladi.

Ilm kushandasi olimlar otalik va onalik maqomini, farzandlik

burchini unuttirish asnosida irsiyatni yo‘qotishga intiladi.

Romandagi voqealar rivojida inson osiyligini his qilayotgan

boyqush-u kitlarning samo-yu ummondagi faryodi tinglanadi.

Yigirmaga yaqin kitlar to‘dasi to‘lqinlardan hayiqmay shaxd bilan

suzishida xavotirning salmog‘i ortadi. Jonzot-u qushlar kishi

shakkokligi, kibrining butun olam muvozanatini izdan chiqarishidan

azoblanadi. Tuyg‘u quvvati ila olam qalbini tinglagan jonzotlar inson

shuuri ila idrok qilmagan asrorni his etadilar. Ma’naviy tanazzul,

siyosiy zo’ravonlik yosh yigit qizlarni isyonga yetaklab, maydonda

o‘zini yoqishi lavhasida bo’rtib ko‘rinadi. Yer kurrasini qizdirayotgan

bitta quyoshning ikkita bo‘lishi, gunohkor bandalarga bemisl jazo

tarzida anglashiladi.

Muallif quyosh ramzi vositasida gunohning badali og‘ir

ekani, olov alangasi ila osiylarni jizg‘anak etishiga ishora beradi.

Jaholat sarbonlari ta’siridagi olomon imon halovatini tuymagani

bois haqiqatdan yiroqlashadi. Chingiz Aytmatov romanlarida

manqurt toifasidagilar qismati turli rakursda yoritiladi. Ular vijdon

yo‘rig‘iga rioya etmay adashib, o‘zligidan voz kechgan basirlar

edi. Ziyolilar orasida ham manqurtlikka mubtalo kimsalar ilm asl

mahzanini singdira olmagan. Taraqqiyot insonga erkinlik, imkoniyat

bergani holda undagi imon-u e’tiqodni parchalay boshladi.

“Jamiki kulfatlarning asl sababchisi-inson ma’naviyati

qashshoqlashadi, ochko‘zlik, xudosizlik oxir oqibat tiriklikni adoyi

tamom qiladi. Inson tabiatga qarshi bosh ko‘taradi! Hamma balo

mana shunda!”, -deydi Chingiz Aytmatov [Aytmatov, Shoxonov. 1998,

269].

Badiiy adabiyot odamzot, hayvonot, nabotot dunyosini

uyg‘unlikda talqin etadi. Ular uzviyligi olam mohiyatini teran

anglash, dunyo mehvarini his etish saodatini nasib aylaydi. Insoniyat


background image

38

Umida RASULOVA

xilqat asrorini uqishga ishtiyoqmand. Borliqdagi to‘rt unsur: suv,

havo, tuproq, o‘t kabi ne’matlar tiriklik mazmunini ifodalaydi.

Ular o‘rtasidagi biologik aloqalarga putur yetsa, kurrayi zamin

muvozanati buziladi. Tabiatning asil holati o‘zgarsa, odamzotning

jismoniy hamda ruhiy quvvati sustlashadi. Shu bois ahli donishlar

tafakkur qudrati ila mikro olamdan makro olamgacha zehn

solganlar. Xalq e’tiqodi bilan bog‘liq an’analarni kelajak avlodga

yetkazishga e’tiborli bo‘lganlar.

Inson qismatini badiiy talqin etishda poetik ifoda

turfaligi muallif konsepsiyasini aniq yoritadi. Hayot hamda xayol

qorishiqligidagi voqelik sirlilik, g‘ayritabiiylik sathini kengaytiradi.

Ba’zan makon-u zamoni mavhum sarhadlar miqyosi majoziy usulda

uyushtiriladi. Bunda tabiatdagi ranglar mutanosibligi, ohanglar

jarangi, o‘simliklar ifori manzarani tiniqlashtiradi. Asar badiiyatini

ta’minlashda ma’no serjilo, serqatlamliligi poetik yaxlitlikni yuzaga

keltiradi

Inson ilohiy hikmatdan yiroqlashib, oliy maslakdan voz

kechib, ta’qiqlangan, la’natlangan yaratiqqa intilar ekan, yo‘lsizlikka

mubtalo bo‘lganini kech anglaydi. Bu halqa yanglig‘ uning naslini

ham domiga tortadi. Ijodkor odamzotning koinotdagi oliy nasabidan

mahrumiyatini ifodalashda makoniy hududni cheklamaydi. Muallif

voqea rivojida rahmoniy hamda shaytoniy kuchlar o‘rtasidagi azaliy,

abadiy ziddiyatni taranglashtirib boradi.

Odamzot o‘zga jonzotlardan oliy ruhi bilan ajralib turadi, u yer

yuzida to‘g‘rilik, halollik mezonini asray olishi ila qadrlanib boradi.

Umr atalmish sinov maydoni poydevori mehr, adolatdan mosuvo

tiklansa, bari niyatlar sarobga aylanadi. Asardagi siyosiy arbob-u,

olim-u toliblarning hayot maslagi vaqt silsilasida turli sinoatdan

o‘tishi, dinsizlik, fosiqlik, xiyonat yuki naslga badbaxtlikni muhrlashi

ayonlashib boradi.

Dunyo ibtidosidan intihosiga qadar odam imon-u e’tiqodiga

iblis tajovuz etadi. Hayot poydevorini nafsga mahkumlikdan tiklagan

bemehr ona go‘dak kelajagini badnom qiladi. Yovuzlik qurboni

yetim bola, yorug‘ olamga kelishga isyon qilgan embrionning,

afsuski, axloqiy, ma’naviy aqoidlardan xoliligi muqarrar. Vaqtning

shiddatli oqimida inson surati-yu tiynati o‘zgarib, o‘zligi, nasl-

nasabi borasidagi inja tuyg‘ular sarobga aylanmoqda. Romandagi

qahramonlar tasvirida ruhiyatdagi tebranishlar ifodalanib, qabih

niyatlar hosilasi vujudni qamrayotgani asoslanadi.

Badiiy ijod olami, iste’dod va mahorat, san’atkor uslubi

asarlar zimnidagi ma’nolar mahzanini uqishda ayonlashib boradi.


background image

39

Insoniyat: asliyat va irsiyatning badiiy talqini

Badiiy asar yozib bo‘lingach, kitobxon hukmiga havola etiladi. Matnni

o‘qish, uqish jarayonida kitobxon qabul qiluvchi, o‘zlashtiruvchiga

aylanadi. Badiiy matnni mutolaa qilish, ma’nolar mahzanini idrok

aylash kitob muhibidan ma’lum tayyorgarlikni taqozo etadi. U aql-u

zakovati, hissiyot olami bilan asar dunyosi asrorini kashf etib boradi.

Kitobxon voqealar silsilasini kuzatadi, adabiy qahramon qiyofasi,

portretini tasavvur qiladi, ruhiyat iqlimini his etib boradi.

“San’atkor o‘zini hayajonlantirgan g‘oya va obrazlarini

ifodalash istagini ularning hayotiyligiga, estetik ahamiyatiga,

kitobxonni ishontirishga bo‘lgan intilishidan ajratib qaramaydi,

barcha bayon usullari, lirik iboralari, dramatik konflikt yo‘nalishi

kitobxonni qiziqtirishini ham nazarda tutadi”, - deydi adabiyotshunos

M.Xrapchenko [Храпченко. 1970, 108].

Asarda inson hurligi, ozodligi qaltis vaziyat, sharoitda, ba’zan

mansab, amal doirasida aslini saqlashi, qiyofasini namoyon etishida

kuzatiladi. Ijtimoiy, siyosiy muhitda haqiqatni aytish, adolatni

targ‘ib qilish ma’naviy jasorat sanaladi. Nosirlar mavzuni yoritishda

xarakter dunyoqarashidagi odilona hukmni inobatga olib, asar ichki

mantig‘iga muvofiq voqelikni rivojlantirib boradi

Yozuvchi Isajon Sulton “Boqiy darbadar” asari bilan kitobxonni

mubohasaga chorlaydi. Asar tuzilmasi uch zamon: moziy, bugun,

kelajakni qamrab oladi. Romanda tarix, falsafa, estetika, tibbiyot

sohalari aro mushtaraklik voqealar zanjirini payvandlab boradi.

Makon tasviridagi turfalik, ya’ni Misr, Gobi sahrosi, Haybar shahri,

Amerika qit’asi, Atlantika ummoni yanglig‘ xronotop insoniyatni turli

sinoatdan olib o‘tadi. Romanda Qur’oni Karimdagi ilohiy axborotdan

badiiy niyatni maromiga yetkazishda foydalanilgan. Xususan, Iso

alayhissalom Muborak kishining dunyoga kelib, qavmlarga ilohiy

mujda yetkazgani bois basir notavonlar zulmiga uchragani syujet

qatlamini teranlashtiradi. Hazratning bashorati, etikdo‘zning

darbadarlik qismati foniylik hamda boqiylik xususidagi tasavvurni

aniqlashtiradi.

Asar matnidagi “Sening qiladigan ishing hech narsa, hech

narsa, faqat hech narsa, deyildi unga” qavli yolg‘iz etikdo‘zga emas,

balki imondan mosuvo minglab “basir” kimsalarga taalluqli. Bu

hukm intihoga qadar davom etishi lo‘lilar karvonboshisi besamar

sargardonligi lavhasida ham bo‘rtib ko‘rinadi. Darbadarning Muso

va Hizr alayhisalomlarni uchratish ilinjida dengiz sohilida kezinishi,

Hiro g‘oridagi vahiy ne’mati, Qahf g‘oridagi yigitlarning uch yuz

yillik holati ilohiy Kitobdagi nihon ma’no kalitini topishga ishora

beradi. Adib roman matni tarkibiga avliyo hikoyasidagi voqelikni


background image

40

Umida RASULOVA

singdirishida ofiyat, rizq, ajr borasidagi tasavvur kengayadi. Butunni

qismlarda nozik anglatish maqsadida bir so‘z yoxud iboralar

(parchinlanish\\Iso alayhissalom; mo‘g‘ul qilichi\\ Najmiddin

Kubro\\; dor yog‘ochi\\Boborahim Mashrab) turli davrda yashagan

aziz siymolar sulukini yoritishga xizmat qiladi.

Inson takomili markazida sohasining eng bilimdon genetik-

lari nihoyat vatan, din, millat tuyg‘ularidan mahrum g‘ayritabiiy

mavjudot sun’iy odam yaratishga muvaffaq bo‘ladilar. Zamonaviy

manqurt yanglig‘ bu odam maxsus harbiy hukm ijrochisi bo‘lishi

maqsad qilinadi. Asar kompozitsiyasidagi tub burilish zakovat

sohibi olimlarni lol qoldiradi. Roman poetikasida sun’iy “barhayot”

odamning elektron xat shaklidagi murojaati asos, negizni muxtasar

ifodalaydi: “Men bu murojaatimni olamdagi barcha tafakkur

qiluvchi jonzotlarga yo‘llamoqdaman. Avvalo, ushbu tevarakning,

samolarning, tabiatning va oxir oqibat fikrlovchi inson naslining o‘z

o‘zidan paydo bo‘lib qolishi ehtimoldan g‘oyatda uzoq narsadir. Bu

olamni albatta k i m d i r yaratgandir? Shu bois, bu makonni, avvalo,

Uni izlab topish va butun olam yaratilishining sabablarini O‘zidan

so‘rash uchun tark etmoqdaman” [Sulton 2011, 37].

Asarda bugungi kunda tibbiyotning muhim va murakkab

tarmog‘i genetika asrori mag‘zini anglashga urg‘u berilar ekan, uning

zimnidagi nozik masala tegrasida sun’iy inson yaralishi asorati,

halokati bo‘y ko‘rsatadi. Inson takomili markazidagi dunyo genetik

olimlari tafakkur va taxayyul olami, ilmiy salohiyati baland bo‘lsa

ham, oliy nizomni idrok etmagani bois kashfiyoti sarobga aylanadi.

Yaratish faqat Allohga xosligini unutgan ahli ziyoliga muqarrar jazo

ro‘baro‘ qilinadi. Romanda Gobi sahrosidagi zulumot Qur’ondagi

Abraxa va fillarning nobud bo‘lish manzarasini xotira puchmog‘ida

tiklaydi. Mukammal harbiy texnikalar og‘ir bo‘lsa ham yengil qum

zarralari bo‘ron hosil qilib ularni o‘z girdobida nobud qiladi. Atlantika

ummonidan uchayotgan Boing samolyotini ham dahshatli bo‘ron

parchalishida muqarrar hukmning xotimasi idrok etiladi. Insonning

isyoni, kibri uni dunyo va oxirat azob-u uqubatiga mubtalo etishi,

faqat imoni butun bandagina halovatga erishishi kitobxonga saboq

bo‘ladi.

“Boqiy darbadar” romanida samum qaynoq shamoli sahro-

dagi kishilarga halokat keltiradi. Atlantika ummoni ustiga shamol

falokat bulutini haydab keladi. Borliqdagi tartibotni izdan chiqarish

niyatidagi so‘qir kimsalar hayoti sarobga o‘xshaydi, ular quyosh-u

oy, shamol-u bulutlarning vayronkorlik girdobidan qutula olmaydi.

“Bag‘rida rahmat yomg‘irlarini olib keluvchi bulutlarni haydab


background image

41

Insoniyat: asliyat va irsiyatning badiiy talqini

esadigan shamol bu gal boshqa bulutni olib kelmoqda edi. Ummon

ustida u shu qadar zo‘raydiki, balanddagi o‘ttiz metrlik to‘lqinlarni

hosil qildi, sohilga yaqin joylarda esa girdoblar ko‘kka ajdar kabi

sapchidi, millionlab baliqlar shu to‘lqinda halok bo‘ldilar, girdob

ularni bir necha kilometr balandga ko‘tarib, sohildan yuzlarcha

chaqirim ichkariga-chorva maydonlariga olib borib tashladi. Shamol

uchirayotgan qum zarralari mayda parchalarni shu zahoti ko‘mib

tashladi, kattaroq bo‘laklar oldida esa qum uyula boshladi” [Sulton

I. 2011, 87, 89].

Tafakkur sohiblari esa har bir ishning oqibatini o‘ylab, hidoyat

manzilini ixtiyor etadilar. Nosirlar ahli odamni tiriklik sarhadlarida

aql hamda qalbning muvozanatiga rioya etishlikka, zakiylik bilan

yaralish hikmatiga sodiq bo’lishlikka chorlaydilar.

“Kassandra tamg‘asi” va “Boqiy darbadar” romanlari

kompozitsion sathida assotsiativ motivlarni kuzatish mumkin.

Har ikki adib genetika sohasidagi tajribaning olam-u odamga

ziyoni xususida qayg‘uradi. Oliy tuyg‘udan mosuvo sun’iy odamni

yaratish maxsus laboratoriyada hukumatning qattiq nazoratida

olib boriladi. Andrey Krilsov va Ziyo professor olimlik salohiyatini

gunohi kabiraga sarflagani, Atlantika ummoni, samodagi vaziyat

ogohlikka da’vat etsa ham osiy banda halokatni anglamasligi,

Yaratganga isyon qilishi yoritib boriladi. Mahfiy laboratoriyada

mahbus inkubator ayol noma’lum jinsni dunyoga keltirsa, inson

takomili markazida DNA halqalarida kaltakesak geni mavjud

genom paydo bo‘ladi. Har ikki usulda yaratilgan sun’iy mavjudot

vatan, oila, ota, ona, bola yanglig‘ tushunchadan bebahra bo‘lib,

faqat jaholatga moyil edi. Yaratganning irodasiga isyon tarzidagi

“kashfiyot”lar abadiy hukm, taqdirni rad etadi.

Irsiyatni chuqur bilishga intilish alaloqibat kibrga

boshlaydi, tuproqdan yaralgan inson haddini bilmay shakkoklikka

berilib, qat’iy muvozanatni o‘zgartirishga ahd qilib, qahrga

uchraydi. Romanlarda jonzot-u qushlar tasvirida ham ramziylikka

ahamiyat qaratiladi. Boyqush Moskva maydonida bezovtalanib

uchib, yoshlarning isyoni, mavjud nizomga qarshiligiga shohid

bo‘ladi. Uning oh-u fig‘oni, oy yog‘dusidagi iztirobi negizida

vayronkor insonning yovuzligiga ishora qilinadi. Qora chumchuqlar

sayramay, don yemay, ko‘zlarini javdiratgancha nimanidir sabr bilan

kutishida halokatdan ogohlik sadosi tinglanadi.

Ijodkorlarning qahramon umrining so‘nggi onlari borasidagi

tasvirida ham uyg‘unlik kuzatiladi. Filofey kosmos, ya’ni samoda

o‘limga ro‘baro‘ bo‘ladi, osmondagi samolyotning halokati professor


background image

42

Umida RASULOVA

Ziyoni ummonga g‘arq etadi. Har bir voqeaning sodir bo‘lish sababini

yoritish jarayonida Alloh insonni samo, zamin, okeanda ham qat’iy

nazoratda tutishi, jazoning qay makonda bo‘lsa ham muqarrarligi

ma’lum qilinadi. Odam o‘zini olim-u fozil his etsa-da oniy lahzada

barchasidan mahrum bo‘lishi, amallari sarhisob qilinishini

unutmasligi kerak. Genetikaning mahzanini puxta anglagan inson

o‘zining ibtidosi-yu intihosini tafakkur qilishga ojizlik qilib kibrga

beriladi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida beqiyos “ixtiro” ga qodir

inson afsuski, o‘limga chora topolmaydi. Har qancha urinsa ham

fano diyoriga rixlat etadi. O‘lim farishtasi osiy bandani samo-yu

ummonda bo‘lsa ham mahv etadi, boisi qismatdagi bitikdan hech

kim qutula olmaydi.

“Kassandra tamg‘asi” romani xotimasida qish izg‘irinida

yetimxona ostonasiga tashlab ketilgan go‘dak sasi eshitiladi,

yolg‘izlikka mubtalo inson himoyasiz, zaiflikda hech kim bo‘lib

qolaveradi. Bu tasvirdagi yetim go‘dak holati ikki ma’noni ifodalaydi,

ota-ona gunohi hosilasi bola hamda sag‘irlik tamg‘asi batamom

mahv etgan nojins (iksrod)ning inson qavmiga begonaligi, bemisl

jaholati ila umr intihosi (qish)ga ro‘baro‘ bo‘lishi oydinlashadi.

”Boqiy darbadar” romanida sahroda bir banda yolg‘iz ketib boradi.

Bu usul falsafiy, estetik mushohadani teranlashtiradi, ya’ni ojiz

banda olamning mayda zarrasi bo‘lib, darbadar kezib tiriklik

sinovlarini boshidan o‘tkazaveradi. Aslida inson kurrayi zaminda

darbadar bo‘lib, to‘g‘rilig-u egrilik, ezgulig-u johillik kabi sinovlarda

toblanishi, borliq hodisotini qalbi shuuri ila uqishga intilishi, safari

nihoyasida hashr maydonida hisob berishi ma’lum. U rahmat-u

halovatni faqat imoni ila his etishi mumkin, o‘zga vaziyatda esa

besamar kezib, nomayi a’molini gunohlar bilan to‘ldiradi.

“Har qanday asl badiiy nasrda shunday nozik, ko‘z ilg‘amas

vositalar mavjudki, ular nutqni mukammal tarzda his qilish imkonini

beradi” [Кожинов. 1962. 26].

San’atkor tafakkur va taxayyul olamining boyligi qahramon

sajiyasini, ruhiyatidagi tebranishni ta’sirli ifodalashga imkon beradi.

Asar strukturasida voqealar sodir bo‘ladigan makon keng ma’noda

yo‘lni qamrab oladi. U orqali ma’no ko‘lami teranlashib boradi. Yo‘l

qahramon harakatini rivojlantirishda muhim, taxayyuldagi istak,

mayllar ro‘yobida ham unga murojaat seziladi. Muallif maqsadini

anglatuvchi asosiy ma’no nuqtalari uyg‘unligida yo‘l tasviri halqa

yanglig‘ munosabatlarni mustahkamlab boradi.

Badiiy asar kishi ma’naviyatini boyitib, uning milliy hamda

umuminsoniy qadriyatlar borasidagi tasavvurlarini to‘ldirib


background image

Insoniyat: asliyat va irsiyatning badiiy talqini

43

boradi. Har bir davrning ijtimoiy, madaniy sathdagi yangiliklari

adabiyotda tajassumini topadi. Zukko kitobxon badiiyat namunalari

poetikasidagi o‘zgarishlarni baholab, ob’ektiv va sub’ektiv omillarni

sharhlab boradi. Ijodkor mazmunning salmog‘i, umumlashmaning

kengligiga e’tibor qaratib, so‘z qudratini tuydirishga intiladi.

Badiiy voqelikni jonli yaratish hayotni teran o‘rganish, olam

haqiqatini his etishdan boshlanadi. O‘z davridagi global masalalarni

keng ko‘lamda yoritish, yangi qahramon qismatini jonli, tabiiy

yaratish san’atkordan diniy hamda dunyoviy bilimlarni puxta

o‘zlashtiribgina qolmay, ularni mohiyatni teran yoritishga sarflashida

kuzatiladi.

XULOSA

Hozirgi kunda insoniyat olamning yaxlitligi ta’limotini

idrok etmoqda. Globallashuv jarayonada kishi o’zligini saqlashi,

milliy va umuminsoniy qadriyatni e’zozlashi darkor. Turli axborot

xurujidan omon bo’lishda imon zirhi bilan quvvatlanish lozim.

Borliq tilsimotidan voqif ko’ngil halovat-u osoyishga sazovor bo’ladi.

Adiblar shaytanat izmidagi g’ofil kimsalar besamar umrini talqin

etish asnosida tafakkur sohiblarini hidoyat-u razolatni muqoyasa

etishiga imkon beradilar. Badiiy asarning falsafiy- estetik mohiyati,

tarixiy, madaniy qatlamdagi o‘rni o‘zlashtirish asnosida muhim

ahamiyat kasb etadi. Ijod namunasini qabul qilish ruh, ongga

singdirish qismning mazmunini butun tarkibida tasavvur etishni

taqazo qiladi. Muhimi, asar zimnidagi ma’nolar mahzanini idrok

aylab, ijodkor badiiy niyatini to‘g‘ri anglashga intilish joiz.

ADABIYOTLAR

Храпченко М. 1970. Творческая индивидуальность писателя и

развитие литературы. -М.

Айтматов Ч.1995 Тавро Кассандры. М.Издательство.

Султон И. 2011, Боқий дарбадар. Т.

Шарқ.

Кожинов В. 1962. Основы теории литературы. М.: Знание.

Айтматов Ч, Шохонов М.1998, Чўққида қолган овчининг оҳу зори. Т.

Шарқ

.

Ulug’ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov. Asian Journal of Research

in Social Sciences and Humanities, 11(12), 295-305.

Rasulova, U. Y. (2021). The pride of the nation. ACADEMICIA: An

International Multidisciplin

ary Research Journal

,

11

(3), 1685-

1688.

Жабборов, Н. (2021). Новая интерпретация образа великого Ибн

Сины. in Library, 21(2), 143-149.


background image

44

Umida RASULOVA

ARTISTIC INTERPRETATION OF HUMANITY,

ORIGINALITY AND GENETICS

Umida RASULOVA

1

Abstract

Wordsmiths, the enchanters of language, introduced a fresh per-

spective and expression to contemporary prose, depicting life from various

vantage points. They infused vitality into subjects and sought to commu-

nicate present societal issues to readers through a creative lens. Authors’

exploration in the realm of art, adept incorporation of classical conven-

tions and folklore, and drawing inspiration from global literature are yiel-

ding significant results. In recent times, Uzbek and Kyrgyz literature has

acquired ownership of prose examples that align with the scientific and

theoretical standards of world literature. Within the poetics of these lite-

rary works, a diverse array of characters representing various ages, pro-

fessions, and worldviews has been crafted. This includes individuals such

as children and adults, workers and servants, the foolish and the hermits,

nameless heroes, and supernatural infants, each assigned specific roles

and functions. Crucially, the piece delves into a profound comprehension

of an individual’s core, delving into both the virtues and flaws within their

character. The novel places emphasis on providing a vivid artistic portray-

al of the hero’s introspection, highlighting the contrast between rebellion

and disbelief. Moreover, it amplifies the motivation for the character to ex

-

perience internal pain and suffering as a result of external actions.

Keywords:

novel, poetics, image, psyche, interpretation, genetics,

expression.

References

Xrapchenko M. 1970. Tvorcheskaya individualnost pisatelya i razvitie

literaturы. – M.

Aytmatov Ch. 1995. Tavro Kassandrы. M.Izdatelstvo.

Sulton I. 2011. Boqiy darbadar. T.

Sharq

Kojinov V. 1962. Osnovi teorii literaturi. M.: Znaniye.

Aytmatov Ch, Shoxonov M.1998. Cho‘qqida qolgan ovchining ohu zori T.

Sharq.

1

Rasulova, Umida

- Doctor of Philology, professor. Alisher Navoi University of

Uzbek Language and Literature.

Email:

rasulovaumida12@gmail.com

ORCID

ID:

0000-9762-4407

For citation:

Rasulova, U. 2024. “Artistic interpretation of humanity, originality

and genetics”.

U

zbekistan: Language and Culture. 1(

2):

33-45.


background image

Insoniyat: asliyat va irsiyatning badiiy talqini

45

Ulug

ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov.

Asian Journal of

Research in Social Sciences and Humanities

,

11

(12), 295-305.

Rasulova, U. Y. (2021). The pride of the nation.

ACADEMICIA: An

International Multidisciplinary Research Journal

,

11

(3), 1685-

1688.

Жабборов, Н. (2021). Новая интерпретация образа великого Ибн

Сины. В библиотеке, 21(2), 143-149.

Библиографические ссылки

Храпченко М. 1970. Творческая индивидуальность писателя и развитие литературьь -М.

Айтматов 4.1995 Тавро Кассандрь!. М.Издательство.

Султон И. 2011, Боқий дарбадар. Т. Шарқ.

Кожинов В. 1962. Основь! теории литературм. М.: Знание.

Айтматов Ч, Шохонов M.1998, Чўққида қолган овчининг оху зори. Т. Шарқ.

Ulug'ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 11(12), 295-305.

Rasulova, U. Y. (2021). The pride of the nation. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1685-1688.

Жабборов, H. (2021). Новая интерпретация образа великого Ибн Синь1. in Library, 21(2), 143-149.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов