Ijodkor uslubi va badiiy mahorat

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
96-109
36
220
Поделиться
Расулова, У. (2023). Ijodkor uslubi va badiiy mahorat. Узбекистан: язык и культура, 1(1), 96–109. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2023-pp96-109
Умида Расулова, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

доктор филологических наук

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada badiiy ijod olami, iste’dod va mahorat, san’atkor uslubi borasidagi mulohazalar ilgari suriladi. Badiiy asar yozib bo‘lingach, kitobxon hukmiga havola etiladi. Matnni o‘qish, uqish jarayonida kitobxon qabul qiluvchi, o‘zlashtiruvchiga aylanadi. Badiiy matnni mutolaa qilish, ma’nolar mahzanini idrok aylash kitob muhibidan ma’lum tayyorgarlikni taqozo etadi. U aqlu zakovati, hissiyot olami bilan asar dunyosi asrorini kashf etib boradi. Kitobxon voqealar silsilasini kuzatadi, adabiy qahramon qiyofasi, portretini tasavvur qiladi, ruhiyat iqlimini his etib boradi.
Adabiy jarayonda ijodkor shaxsiyati va iste’dod tabiati, so‘z san’atining mohiyati bashariy qadriyat maqomida o‘rganiladi. Ijodkor shaxsiga, badiiy adabiyotga estetik tuyg‘u nuqtai nazaridan yondashish kuzatiladi. Badiiy, estetik tafakkur masalalarini go‘zallik, ezgulik singari qadriyatlar, shakl va mazmun birligi, adabiy janrlar xilma xilligi hamda uslubiy yo‘nalish, badiiy til, ifoda vositalari nuqtai nazaridan o‘zlashtirish, xulosalar chiqarish adabiy jarayonning tabiiy ehtiyojiga aylandi.


background image

ISSN 2181-922X 96

109

ZAMONAVIY ADABIYOT MUAMMOLARI

Ijodkor uslubi va badiiy mahorat

Umida Rasulova

1

Abstrakt

Maqolada badiiy ijod olami, iste’dod va mahorat, san’atkor uslubi

borasidagi mulohazalar ilgari suriladi. Badiiy asar yozib bo‘lingach,

kitobxon hukmiga havola etiladi. Matnni o‘qish, uqish jarayonida kitobxon

qabul qiluvchi, o‘zlashtiruvchiga aylanadi. Badiiy matnni mutolaa qilish,

ma’nolar mahzanini idrok aylash kitob muhibidan ma’lum tayyorgarlikni

taqozo etadi. U aqlu zakovati, hissiyot olami bilan asar dunyosi asrorini

kashf etib boradi. Kitobxon voqealar silsilasini kuzatadi, adabiy qahramon

qiyofasi, portretini tasavvur qiladi, ruhiyat iqlimini his etib boradi.

Adabiy jarayonda ijodkor shaxsiyati va iste’dod tabiati, so‘z

san’atining mohiyati bashariy qadriyat maqomida o‘rganiladi. Ijodkor

shaxsiga, badiiy adabiyotga estetik tuyg‘u nuqtai nazaridan yondashish

kuzatiladi. Badiiy, estetik tafakkur masalalarini go‘zallik, ezgulik singari

qadriyatlar, shakl va mazmun birligi, adabiy janrlar xilma-xilligi hamda

uslubiy yo‘nalish, badiiy til, ifoda vositalari nuqtai nazaridan o‘zlashtirish,

xulosalar chiqarish adabiy jarayonning tabiiy ehtiyojiga aylandi.

Kalit so‘zlar

:

ijod, san’at, badiiyat, uslub, poetika, nazm, nasr,

mahorat.

Kirish

Kitobxon qalbi va shuuri ila badiiy asar olamida yashaydi,

kishilar baxtu saodati yoxud foje holatini tuyishga chog‘lanadi.

Yozuvchi bilan muloqotga kirishgan kitobxon uning dardini nozik

his qiladi, bu holat asarni o‘qish, o‘zlashtirish asnosida sodir bo‘lar

ekan, tinglovchining badiiyat namunalarini uqish saviyasini oshiradi.

San’atkorning teran fikr, inja tuyg‘u, oliy maslagi kitobxon

tomonidan qayta his qilinmas ekan, anglash, idrok etish maromiga

yetmagan sanaladi. Matn tirik, jonli, so‘zlar serjilva bo‘lmasa, ular

kitobxonni rom etmaydilar, yangi ma’no qatlamlarini ifodalamaydilar.

1

Rasulova Umida Yo‘ldosh qizi

– Filologiya fanlari doktori, Alisher Navoiy nomidagi

o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-mail

: rasulovaumida12@gmail.com

ORCID ID

: 0000-9762-4407

Iqtibos uchun:

Rasulova U. 2023. “Ijodkor uslubi va badiiy mahorat

.

O‘zbekiston:

til va madaniyat. Adabiyotshunoslik

1 (2): 96-109.

96

Uzbekistan: Language and Culture 2023/ 1 (2)


background image

Inson go‘zallik, nafosat shaydosi ekan, uni targ‘ib etgan badiiyat

namunasidan ruhiy ozuqa oladi. Kitobxon asarni o‘qib zavqlanadi,

voqea, hodisa rivojini qunt bilan kuzatadi, qahramon bilan taqdir

so‘qmoqlarida sinovdan o‘tadi. Badiiy yetuk asargina asrlar osha

yashab, kitobxon auditoriyasini kengaytirib boradi.

Asosiy qism

Kishi qalbini barcha murakkabligi bilan poetik ifodalash

ijodkordan unga chuqur mushohadakorlik bilan yondashishni talab

etadi. Natijada, falsafiy o‘ylar bilan to‘yintirilgan asarlar paydo

bo‘lmoqda. Janr tabiatida, lirik qahramon ruhiyatini namoyon

qilishda intellektuallik, falsafiylik, fikriy tolerantlik singari belgilar

teranlashib bormoqda.

Kitob muhibi ko‘ngliga manzur bo‘lgan badiiy asar, uning

muallifidan o‘zga ijodkor ham ta’sirlanib, unga ixlosini bildirishi

mumkin. Muhammad Yusufning shahid millatdoshlari qismati

borasidagi nidosi bunday sadolanadi:

Qodiriyning qabri qizg‘aldoqlarga

To‘lgay kunlar hali kelmog‘i bordir

*****

She’ring qo‘y, yur Qo‘qon ketaylik, Usmon

Sen do‘stim deganlar hammasi dushman.

****

Otabek Kumushin ko‘zlarin yopib,

O‘zi ham ortidan qilgach safarlar

Qodiriy boboning qo‘llarin o‘pib

Chohga itargan ham laganbardorlar

[Yusuf 2004, 45].

Shoira Zulfiya Mo‘minovaning yoniq satrlari zimnida ham

fidoyi shaxslarga samimiy ehtirom sezilib turadi:

Qodiri-yu Usmon o‘tgan ko‘chalarin

Sochim bilan supurishni sharaf bildim.

Kitobxon notanish muallif asariga asta, xavotir bilan

yondashadi, kutilgan natija chiqmasa kitob javonda sarg‘ayib

turaveradi. Aksi bo‘lganda, o‘sha muallifning boshqa kitoblarini

topib, o‘qishga oshiqadi. Hozirgi kunda badiiylikdan yiroq sayoz

asarlarning nashr etilishi oqibat muallifiga ziyon keltiradi. So‘zning

asl ma’nosini his etadigan, tafakkuri boy kitobxon bunday asarga

vaqt sarflamaydi. Bunday asarlar sarob misoli yo‘qolib ketadi .

Qadriyatlarni e’zozlab, mangu barhayot asarlarni tushunib, his

97

Ijodkor uslubi va badiiy mahorat


background image

qilib talqin qilish, yaratilayotgan ko‘plab asarlarning sarasini bexato

ajrata bilish fikrlovchi, sinchkov insonlarning murakkab yumushidir.

Mustaqillik yillarida kishilarimizdagi mushohadakorlik, talqin qila

bilish uquvi o‘sdi. Istiqlolning ilk kunlaridanoq xalqni ma’naviy

yuksaltirish, ruhan boyitish masalasi asos qilib qo‘yilgan edi. Milliy

istiqlol g‘oyasi tushunchalari asosida keng jamoatchilik, ziyolilarimiz,

ilm-fan va madaniyat namoyandalari, avvalo, ma’naviy-ma’rifiy soha

xodimlari milliy mafkurani takomillashtirish hamda uning asosiy

tamoyillarini odamlar ongiga va qalbiga singdirishga qaratilgan

ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishlari zarur

Adabiy jarayonda yaratilayotgan badiiyat namunalari doim

munaqqidlar tomonidan kuzatilib, ularga munosabat bildiriladi.

Adabiyotshunoslar asarlar poetikasidagi o‘zgarishlar borasida

ilmiy mulohazalarini tadqiqotlarida asoslab beradilar. Ozod

Sharafiddinovning “Ijodni anglash baxti”, Umarali Normatovning

“Ijod sehri”, Abdug‘afur Rasulovning “Badiiylik-bezavol yangilik”,

No‘mon Rahimjonovning “Istiqlol va bugungi adabiyot”, Qozoqboy

Yo‘ldoshevning “So‘z yolqini”, Abdulla Ulug‘ovning “Qalb qandili”,

Bahodir Karimovning “Ruhiyat alifbosi”, Dilmurod Xoldorovning

“Hozirgi o‘zbek qissalarida badiiy uslub muammosi”, Islom

Yoqubovning “Mustaqillik davri o‘zbek romanlari poetikasi”, Olim

To‘laboyevning “Milliy shuur shu’lasi”, Ruxsora To‘laboyevaning

“Xudoyberdi To‘xtaboyev romanlarida badiiy psixologizm” kabi

monografiyalarida badiiy estetik tafakkur mahsullarining adabiy

hayotimizdagi o‘rni xolis yoritib beriladi.

No‘mon Rahimjonov ijodkor tafakkur olamidagi o‘zgarishlar,

milliy istiqlol g‘oyalari talqini borasidagi qarashlarini tahlillar

bilan asoslab boradi. Abdulla Ulug‘ov san’atkor uslubi masalasini

muayyan shoirlar asarlari misolida kuzatib boradi. Bahodir Karimov

modern asar tabiati, shoir-u nosirlar uslubidagi xosliklarni baholab

boradi. Dilmurod Xoldorov Nazar Eshonqul, Shoyim Bo‘tayev nasri

xususiyatini izchil o‘rganadi. Islom Yoqubov istiqlol davrida faol ijod

qilayotgan romannavislar uslubini kuzatadi. Olim To‘laboyev Rauf

Parfi ijodining yangi qirralarini faktik materiallar vositasida yoritib

beradi.

Adabiyotshunos Abdug‘afur Rasulov: “Uslub – o‘zlik. Uslub

qaysidir ma’noda taqdir. Uslub – ijodkorning botiniy, ruhiy surati”, –

deya baholaydi [Rasulov 2013, 17].

Har bir ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati matn tahlilida

reallashib boradi. Shavkat Rahmonning:

98

Umida RASULOVA


background image

Faqat ishq...

faqat ishq...

Boshqasi sarob,

Boshqasi shamolning oniy suroni.

Satrlaridagi falsafiy teranlik kitobxonni yaralishdagi mud-

daoni anglashga undaydi. Oshiq banda uchun ilohiy ishq oliy maslak,

boqiylik va foniylik asrori. Takror so‘zlar ta’kid ohangini kuchaytirib,

ma’noviy ko‘lamni qabartib ko‘rsatadi. Uning ruhi ishqqa oshiqadi,

sarob, oniy narsalarga qiyo boqmaydi, vasvasaga berilmaydi. Imon

halovati ahli siddiqni Alloh huzurida azizu mukarram aylaydi.

Abdulla Oripovning “Birinchi muhabbatim” she’ridagi

misralar yuqoridagi bitikka hamohangligi bilan e’tiborga molik:

Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim

Yolg‘iz Allohim mening, birinchi muhabbatim

[Oripov 2001, 55].

Shoir bir hisga asir bo‘lib umr sahifalarini asta varaqlaydi,

har pallasida muhabbatga suyanib, tayanib sinovlarni yengib o‘tadi.

Ishqi ilohiy imon sohibi ruhini sakinat saltanatiga parvoz ettiradi.

Halima Ahmedovaning kishining vijdoni oldidagi taftishini

muxtasar ifodalaydi:

Men o‘zimga o‘zim eng katta raqib

Sen meni o‘zimdan asragin Xudo.

Inson xato, adashishdan xoli emas. U bilib bilmay sag‘iru kabir

gunoh sodir etishi mumkin. U botinan o‘z fazilatu illatini sezib turadi.

Yaratganning bandasiga amallari uchun ajr yo jazo belgilashini

anglagan kishi nafs, iblis nayrangidan ayro bo‘lishni ixtiyor etadi.

Ikrom Otamurod kanguldagi inja tuyg‘ularni obrazli

ifodalaydi:

Vatan

bobolardan qolgan e’tiqod

ruhim mundarijasin ko‘hna suvrati.

Ruhim ranglariga rang berib bot-bot

Ruhim mundarijasin bezab turadi

[Otamurod 2022, 57].

Shoir musavvir yanglig‘ Vatani tarovati, salobatini turfa

ranglar uyg‘unligida badiiy polotnoda chizishga azm etadi. Ruh

so‘zi tayanch mohiyat, ishq makon topgan ozod manzil ekani ta’kid

xossasini tiniqlashtiradi. Vatanni sevmoq imondandir e’tiqodiga

99

Ijodkor uslubi va badiiy mahorat


background image

siddiq salaflar suluki ruhiyatga malham bo‘lib, kangulni shoyon etadi.

Ikrom Otamurod lirikasida aynan ruh erkinligi ma’nolar mahzanini

inkishof etishga turtki beradi.

Yolg‘izlik

sen ruhim yo‘qotgan savob,

Ruhim topgan gunoh sen

Yolg‘izlik.

Ikrom Otamurod yo‘qotgan-topgan, gunoh-savob kontrastida

tazod san’atidan o‘rinli foydalanadi. Yolg‘izlik, tanholik kishini botin

sasini tinglash, tafakkur qilish imkonini beradi. Poklanish, tozarishga

ilhaq ruh ibtidodagi gunohga tazarru etib, savob xayriga mushtoq

bo‘ladi. Yolg‘izlikda Yaratganga iltijo aylab tavoze, xokisor holatda

tavba manziliga yo‘l oladi.

Usmon Azimning lirikasida fasllar jozibi, iqlimi kishi

tuyg‘ulariga parallel yoxud kontrast suratlanadi:

Tong chog‘i tun bilan kunduz uchrashdi,

Tunda armon bilan yulduz uchrashdi.

Bahor bilan kuzak baxtxush uchrashdi

Toshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

Subhi sodiq tun pardasining kun haririga almashish onlariga

shohid bo‘ladi. Tun samo ziynati yulduzlarning hazin armon

sadolarining guvohiga aylanadi. Bahoriy surur kuzgi tarovatga

qadar baxt lazzatini tuyushga muyassar bo‘ladi. Vaqt hukmi ila

tog‘u toshlar uchrashadi, ammo oshiqlarga visol daqiqalari nasib

etmaydi. Shoir kishi ko‘ngil rozlarini obrazli ifodalashga noil bo‘ladi.

Shodmonqul Salom lirikasidagi ohorli misralar, jozib

ifodalar zimnidagi falsafiy tugallik kishi sezimlariga ta’sir etadi:

Men yana tonglarga chiqaman peshvoz,

Kafanim egnimda, erkim ko‘nglimda

To bulbuli ta’bim fig‘oni ortar,

Bog‘larni bulg‘agan zog‘lar qoshinda

Meni Mahshar qadar bir qismat kutar,

Kafanim egnimda, qo‘lim boshimda

Haqiqat maslagiga siddiqlik, erkka tashnalik inson shaxsini,

maqomini belgilab boradi. Bu bag‘ishlov adabiyot, san’atga

fidokorlikni namoyon etibgina qolmay, shoir tiynatidagi tavakallik,

jo‘mardlikka ham ishora beradi. Boqiy dunyoga qiyo boqmagan,

o‘limga tik borgan ozod ko‘ngil parvozga shay turib, zog‘lar

100

Umida RASULOVA


background image

fitnasidan hayiqmaydi. Undagi qat’iyat, o‘zlik dunyoning turli

nag‘malariga zarba berishda tayanch sanaladi.

Zebo Mirzoning “Onam xotirasiga “ she’ridagi ayriliq onlari

bunday sadolanadi:

Fig‘oni falakka chiqadi tandir,

Dasturxon boshida soviydi choynak.

Siz ekkan bulturgi tok novdalari

Bag‘ri xun, ezilib tomadi chak chak...

Shoira o‘zbek ayoli, onasi turmush tarzini u yashagan

muhit, qadrdon narsalar doirasida qamrab olishga intiladi. Tandir

aziz non ne’mati pishadigan, ayol pazandaligini namoyon qiladigan

vosita emas, u o‘z egasidan ayrilganini his etib faryod chekayotgan

hamroh. Oila barakasi ona mehri, beminnat mehnati, qalb qo‘ridan

yuzaga keladi. Choyning sovishi ham aynan ayriliq nolasini, yosh

tok novdalari sag‘ir sasini tinglashga da’vat etadi. Har bir inson

uchun ota, onadan judolik juda og‘ir holat, shoira bu anduhni

kitobxonga ham yuqtirib, darddoshiga aylantiradi.

Bugungi o‘zbek she’riyatidagi yana bir tamoyil adabiyot-

ning so‘z san’atligi, uning o‘ziga xos xususiyatlarini ramziylik,

bo‘yoqdorlik, jarangdorlik sifatlari bilan ziynatlashda kuzatiladi.

Shoirning mahorati yaratgan poetik obrazlarida, ifoda madaniyatida

namoyon bo‘ladi. Yosh shoirlar ko‘nglida kechayotgan jarayonning

sirliligini, fikr, mushohada uyg‘otgan to‘lqinni yangi obrazlar tiliga

ko‘chira olganligini kuzatasiz

Badiiy asarga material to‘plash jarayoni, ijod laboratoriyasi

xususidagi e’tiroflarni o‘rganish foydadan xoli bo‘lmaydi. Habibulla

Qodiriyning “Otam haqida “ kitobida ikki qariyaning suhbati Abdulla

Qodiriyning taxayyul olamida yetilgan romanini qog‘ozga tushirishga

turtki bergani xotirlanadi: ”Mehmonning ana shu soddagina tarixi

menga chuvalgan ipning uchini topib berganday, yozmoqchi bo‘lgan

“O‘tkan kunlar” romanining shaklini chizib berganday bo‘ldi”. O‘zbek

oyimning harakatlari, nutqidagi xoslik yozuvchining onasi Josiyat

bibidan o‘zlashgani ma’lum bo‘ladi.

Adibning :”Yozganing agar o‘zingni yig‘latmasa, kuldirmasa,

o‘zgani ham yig‘latmas, kuldirmas” izhori ayni haqiqatdir.

Kumushning vafotida yozuvchining yig‘lagani asar voqealari

ijodkor ixtiyoridan chiqishi, vaziyat xolis, erkin baholanishiga turtki

bergani ayonlashadi. Yusufbek hoji tiynatidagi sokinlik, adllik,

mulohazakorlik Qodiriy fitratidan to‘yingani bilan diqqatni tortadi.

101

Ijodkor uslubi va badiiy mahorat


background image

Ijodkor tarjimai holiga doir hayotiy hodisalar kitobxonni u

yaratgan asarlardagi makon tasviri, qahramon siyratini tiniq tasavvur

etishga sabab bo‘ladi. Abdulla Qodiriy, Oybek, Said Ahmad, O‘tkir

Hoshimov, Tohir Malik, Xurshid Do‘stmuhammad kabi ijodkorlar

Toshkent shahri, mahalla, bozor-u dahalarni makon sifatida

tanlaydilar, uning iqlimini his qildiradilar. Murod Muhammad Do‘st

asarlarida Galatepa makonidagi kishilar turmush tarzi, an’anasi

qalamga olinadi. “Galatepa qissalari”, “Galatepaga qaytish” nomlarida

ham qadrdon hududning jozibasi, tarovati, nasimi his ettiriladi.

Shukur Xolmirzayev, Usmon Azim, Erkin A’zam asarlarida

Surxonning so‘lim go‘shasi Boysun sabosi qahramonlar fe’lidagi

tantilik, mardlik, tabiatga oshuftalikni sezdiradi. Nazar Eshonqul

Qashqadaryoning Tersota hududi manzaralari, ijtimoiy turmushini

yoritib beradi. Normurod Norqobilov ham Qashqadaryo vohasidagi

tog‘u qoyalar shukuhi, viqorini, jonzot-u nabotot ajoyibotini tiniq

tasvirlaydi. Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Iqbol Mirzo, Ulug‘bek

Hamdam, Isajon Sulton ijodida Farg‘ona, Andijon vohasining

jozib iqlimi kitobxonga huzur baxsh etadi. Ijodkor uslubining

shakllanishida mahalliy koloritning o‘rni bo‘lakcha. U an’ana

udumlarni, kishilar so‘zlash tarzini, zavqini, kayfiyatini, sheva

shukuhini yetkazishga muyassar bo‘ladi. Asarda xronotopni aniq

berish, uning tarixiy, madaniy qatlamini yoritish kitobxonning eliga,

xalqiga bo‘lgan hurmatini oshirib boradi.

Ijod jarayoni borasidagi Tog‘ay Murod holati e’tiborni

tortadi: ”Yuzlarim jiqqa ho‘l bo‘ldi. Men “Kuygay”ni dimog‘imda

xirgoyi qildim. Nihoyat ko‘ngil buyurdi. Ko‘ngil soz chaldi. Ko‘ngil

qo‘shiq aytdi. Nihoyat asar bitdi. Asarni “Oydinda yurgan odamlar”

deb atadim” Oq qog‘ozga mungli musiqa suratini chizgan musavvir-

ning ilhom onlari o‘ziga xos sinov ekanligining shohidi bo‘lasiz.

O‘tkir Hoshimovning ijod borasidagi mushohadasida

talabchanlik, tirishqoqlik, mas’uliyatlilik hissi bo‘y ko‘rsatadi:

“Yozuvchi hayotiy materialni o‘z qalbining dardiga, o‘z vijdonining

da’vatiga aylantira olishi, mana shu voqea-hodisalarning hamma-

sini yurak-yurakdan chuqur his etishi kerak. Avvalo o‘zim katta

haqiqat deb bilgan narsani, yagona haqiqat deb bilgan narsani, o‘zim

nihoyatda chuqur his etgan, qalbimning dardiga aylangan narsani

yozishni xohlayman”

Badiiy asar inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi san’at hosilasi.

So‘z ohangi, ma’nolar asrori turfa holat, vaziyatni teran ifodalashga

yo‘naltiriladi. Qahramon surati-yu siyratini yoritish, undagi evrilishni

yetkazish ijodkordan nozik did, yuksak salohiyatni talab etadi. Hozirgi

102

Umida RASULOVA


background image

globallashuv jarayonida inson qismati murakkablashib bormoqda.

Axborot – kommunikatsiya ta’siridagi kishilar dunyoqarashi kun

sayin o‘zgarib bormoqda. Badiiy ijodda ham majoziy obrazlar, fanlar

integratsiyasi, san’atlararo uyg‘unlik, mifologik lavhalar, makro va

mikro olam borasidagi hosilalar ortmoqda. Odamzotning nabotot

hamda hayvonot dunyosi bilan yaxlitligiga doir diniy, dunyoviy

ta’limotlar asosida badiiyat namunalari yaratilmoqda. Munaqqid

adabiy jarayondagi yangi tasvir, ohorli mulohazalarni sinchiklab

tahlil etish orqali matn badiiyatini tadqiq etmoqda.

Moddiy va ma’naviy qadriyatni e’zozlash, unga munosib

voris bo‘lish sharaflidir. Badiiy estetik madaniyatning merosxo‘rlari

ijodiy izlanishi, erkin mulohaza yuritishi diqqatga molik. Ular

izlanishida inson shaxsiga, jamiyatga, ijtimoiy voqelikka nisbatan

yangicha nuqtayi nazar ko‘zga tashlanadi. Mana shu qarashlar

dunyoni yangicha ko‘rish hamda tushuntirishga yo‘naltirilgani

bilan e’tiborga molikdir. Yoshlar faoliyatini o‘rganish tengdoshlarga

rag‘bat, ilhom berishi, yangi asarlar yozilishiga sabab bo‘lishi bilan

ahamiyatlidir.

Badiiy so‘zning estetik ta’sir kuchi shundaki, u ifoda

go‘zalligi bilan chekinib qolmaydi. Aksincha, u mohiyatan hayotdagi

go‘zallikning o‘zi bo‘lib qoladi. San’atkor ko‘zlagan muayyan

maqsadga erishishda badiiy so‘z go‘zallik timsoliga aylanishidir.

So‘zning badiiyligi bu san’at asarlarida aks ettirilgan ma’naviy

qadriyatlarni baholovchi, falsafiy estetik ahamiyatini belgilovchi

go‘zallik mezonlaridir. Badiiy asar targ‘ibot tashviqot vositasi emas,

u san’at namunasi, go‘zallik hodisasi sanaladi.

Xotira adabiyotning yetakchi shakli sifatida tarix va

taqdirlar, shaxs va jamiyat, ijod tabiati hamda so‘z san’ati borasidagi

mushohadakorlikning yetakchi ko‘rinishi bo‘lib qolaveradi. Xotiralar

xalqimizning ma’naviy hayoti sahifalari, ona yurt iqboli, millat

istiqboli bilan bog‘liq yorug‘lik hisoblanadi. U tarixiy haqiqatga,

milliy mafkura asoslarini mustahkamlashga daxldorligi bilan

e’tiborga molik. O‘z davrining ruhini tushuna bilish madaniyati,

ma’naviy qadriyatni anglata olish san’ati ijodkorning bosh yo‘lidir.

Ijodkorlar tomonidan xotira yozilishi ular yashagan adabiy

muhit manzarasini yaqqol namoyon etadi. Said Ahmadning

“Yo‘qotganlarim va topganlarim “ xotirasida Abdulla Qahhor, G‘afur

G‘ulom, Maqsud Shayxzodalar ijod onlarining shohidi bo‘lasiz.

Ularning asar yozish jarayoni, materialni saralashi, voqeani jonli

tasvirlash yo‘lidagi mashaqqati san’atkorning so‘zga mas’uliyatini

aks ettiradi. Tog‘ay Murod haqidagi xotirada Tarlon, Gulsari otlar

103

Ijodkor uslubi va badiiy mahorat


background image

ifodasidagi mushtaraklik, asar musiqiyligini ta’minlovchi omillar

xususidagi mushohadalar ko‘zga tashlanadi.

Oydin Hojiyevaning “To‘rt tanho” asarida Zulfiya Isroilova,

Saida Zunnunova, Kibriyo Qahhorovalarning oilaviy baxti, sinovli

onlardagi bardoshi, adabiyotga ehtiromi hayotiy voqealar silsilasida

ravshanlashadi. Ijodkorning zamondoshlari xotirasida e’zozlanishi

kitobxonni noyob ma’lumotdan voqif etish bilan birga uslubiga

xos jihatni kashf qilishiga zamin yaratadi. Xususan, Xudoyberdi

To‘xtaboyevning “Besh bolali yigitcha” asari yozilishiga adibning

bolalik do‘sti vafoti sabab bo‘ladi. Bu asarda adib yetimlik davrini

Farg‘ona, Toshkent hududida yoritib borgani, hatto bog‘dan so‘ramay

behi o‘g‘irlagani asarga qovunni ijozatsiz olish gunohligini anglatish

tarzida kiritilganining guvohi bo‘lasiz. Tohir Malikning ko‘plab

asarlari syujetida jinoyat olami fosh etilishi adibning koloniya,

qamoqxonalarga tashrif buyurib, turli qismat egalarining fojiasini

o‘rganishi asnosida qog‘ozga tushganini anglaymiz.

Abdug‘afur Rasulovning “Ardoqli adib” risolasi O‘tkir

Hoshimovning suhbatlar, sayohatlar, kuzatishlar asosida material

to‘plagani, qahramonlari prototipini qanday topganiga yo‘nalish

beradi. Xususan, Umar zakunchi Qashqadaryodagi adib, munaq-

qidlar gurungida qatnashgan sobiq amaldorning ” Davlat keldimi

tutib qol, amal tegdimi surib qol, yo ostingdagi oting yiqilsin, yo

uzangi uzilsin” fikri bilan o‘zi ham asar qahramoniga aylangani ayon

bo‘ladi. O‘tkir Hoshimovning tanish professor janozasidan so‘ng

munaqqid do‘stiga: “Abdug‘afur aka, romandagi Qurbonoy xola

mana shu... Shukurxon aka edilar”, e’tirofi ijod asroridan voqif etadi.

San’atkor uslubini baholash asarlari badiiyatini kuzatish,

so‘zlar ohangi, rangi, jarangini his etishni taqozo etadi. Ijodkor

dramatik asar kompozitsiyasida voqea manzili, vaqti tasvirlarini

tiniq, tabiiy tasvirlashga e’tibor beradi. Uning qahramon ruhiyatini

yoritishda salmoqli, teran mulohazalarni to‘g‘ri tanlashi asar badiiy

quvvatini mustahkamlab boradi.

“Bonu” romanida boboning nabirasiga nasihati: “Boylik tillo

zarda emas, qanoatda qizim, ko‘zi och odam hech qachon to‘ymaydi,

ko‘zi to‘q odamning ko‘ngli to‘q bo‘ladi” zimnidagi falsafiy teranlik

ahamiyatga molik.

“Bozor” romanida tabiat hodisalari xayol suvratiga chizgi

tortadi: ”Tiriklik kuyidagi odamlar ...oyoq ostiga boqmagan banda

ko‘kka ham ko‘z tashlashga fursat topmaydi, vaholanki oyoq ostidagi

xazon shitiriga bosh uzra yomg‘ir shiviri qo‘shilishidan xayol

dunyoga keladi, qo‘sh xayol qayig‘i vazmin va osuda oqim uzra sokin

104

Umida RASULOVA


background image

va adoqsiz anhor o‘zani bo‘ylab suza ketadi”.

“Donishmand Sizif” romanidagi bu lavhada ham boqiylik

va foniylik hukmi tiniq ifodalangan: “Pag‘a – pag‘a bulutlar o‘tib

bormoqdalarmi demak, hamma narsa, hamma narsaga qo‘shilib vaqt

ham o‘tmoqda, dengiz o‘tmoqda, tog‘ o‘tmoqda, ularga qo‘shilib Sizif,

uning izidan esa vaqt soati yetib manavi xarsangtosh ham o‘tadi jonli

jonsiz nimarsa borki, o‘tish qismatidan bedaxl qolmadi, qololmaydi”

Ernest Xemingueyning ohorli fikri badiiy asar olamini tadqiq

etishga to‘g‘ri yo‘nalish beradi:”Haqiqiy asar aysbergga o‘xshaydi.

Aysbergning sakkizdan bir qismigina suv ustida ko‘rinib turadi.

Lekin dengizchilar uning tagida yana yetti qism borligini bilishadi”.

Ziyrak kitobxon asar tagma’nosini uqish, o‘zlashtirish asnosida asl

javharni kashf etadi.

Har yili O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston

Respublikasi Fanlar akademiyasi, Toshkent davlat o‘zbek tili va

adabiyoti universiteti, O‘zbekiston Milliy universitetlarida ijodkor,

munaqqid tavalludi, yubileyi munosabati bilan o‘tkaziladigan ilmiy

amaliy anjuman, she’riyat, nasr, drama, tanqid kengashlarida

mumtoz, zamonaviy yo‘nalishdagi izlanishlar, tadqiqotlar samarasi

yoritiladi. Adabiyotshunoslik, adabiy tanqid sohasidagi dolzarb

muammolar yechimini hal etish maqsadida mutaxassislar birgalikda,

hamkorlikda faoliyat olib boradilar.

Xurshid Do‘stmuhammad, Nazar Eshonqul, Ulug‘bek

Hamdamov kabilar adabiy jarayonda an’anaviy va noan’anaviy

usulda asarlar e’lon qilib, yozuvchi sifatida ko‘plab yangi obraz,

tasvirlarni yaratishga muvaffaq bo‘lganlar. Ularning “Ijod falsafasi”,

“Mendan mengacha”, “Ijod-ko‘ngil munavvarligi”, “Yangilanish

ehtiyoji” asarlarida dunyo adabiy jarayonidagi yangilanishlar

borasida mulohazalar bildiriladi. Sohani harakatga keltirayotgan

nazariy qarash, inson mohiyatini anglashdagi tushunchalar milliy,

hududiy to‘siqni tan olmaydi. Adabiy jarayon va tanqid munosabati

insonning mohiyati, qarashlari, ruhiyati qanday aks etayotganligini

ijtimoiy muhitni hisobga olgan holda aks ettirmog‘i kerak. Ular

adabiy estetik tafakkurning jahon madaniyatida tutgan o‘rni,

ijtimoiy falsafiy qadriga oid mulohazalarini taqdim etib, adabiy

aloqa hamda ta’sir masalalari ijodkorning tafakkuridagi evrilishga,

badiiy asar poetikasiga bog‘liqligini e’tirof aylaydilar.

Bu ijodkorlar millatning shakllanishi, milliy ongning

uyg‘onishi, murakkab ijtimoiy sharoitda ham o‘zlikni e’zozlash,

hozirgi globallashuv jarayonida e’tiqodi, xalqiga sadoqatni asrash

masalasiga ham alohida ahamiyat qaratadilar. So‘z san’atkorining

105

Ijodkor uslubi va badiiy mahorat


background image

shaxsiyati, asarlarining yaratilish tarixi, badiiyati, badiiy ijod

psixologiyasi yangi yo‘nalish sifatida rivojlanib borayotgani

borasida tizimli mulohazalar keltiriladi. Adiblarning adabiy, estetik,

ma’rifiy, axloqiy qarashlari davr, jamiyat hamda ijtimoiy voqelik

bilan yaxlit jarayon sifatida tahlil etilayotgani ham ko‘rsatib boriladi.

Adabiyotshunosning ijod sirlari, so‘z salmog‘i, badiiy idrok

va ifoda san’ati, tasvir usuli hamda imkoniyatiga doir tadqiqotlari

adabiy jarayon hamda adabiy tanqid sohasini yuksaltirishda muhim

o‘rin tutadi. Ijodkor hayot hodisalarini teran kuzatib, falsafiy, estetik

qarashlarini asari zamiriga singdirib boradi. Uslub so‘z qo‘llash

mahorati, o‘quvchi tafakkuriga ta’sir etib, ma’naviyatini yuksaltirishga

hissa qo‘shishdir. Har bir asarda muallif uslubi kuzatiladi. Matnni

sinchiklab o‘qish asnosida qalamkash badiiy niyati oydinlashadi.

Falsafiy teranlik, mantiqan asoslanganlik hayotiy tajriba

hosilasidir. Uslub-yangi so‘z, yangi matal qo‘llash demak, ijodkor

badiiy salohiyati ko‘zgusi demak. Adiblar obraz yaratishda har

bir detalga ahamiyat berib, obrazning to‘laqonli va haqqoniy

tasvirlanishiga erishadilar. Hayotiy kuzatish, tajriba, voqelikni

tasavvurda puxta pishitib olish, unga estetik qarashlarini singdirish

adibga obraz chizgilarini izchil yoritishda madad bo‘ladi. Ayni shu

his qilish, dardni tuyish, real hayotni badiiy talqin qilish imkonini

beradi. Yozuvchi kishilarda tashqi ko‘rinishni emas, balki tiynatdagi

poklikni, ma’naviy qiyofa go‘zalligini ustun qo‘yadi. Bu uning estetik

qarashi, didi, yaratgan qahramonlarida ham ayni shu individual

xususiyatlarga urg‘u beriladi.

Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” qissasida

Oymomoning alla aytishi ruhiyatdagi tebranishni ifodalaydi:

“Allada Sherobod dashtlariday anqillab yotmish ko‘ngil nolasi

bo‘ldi.

Ko‘ngil dardi bo‘ldi, armoni bo‘ldi.

Ko‘ngil fojiasi bo‘ldi”

[Tog‘ay Murod, 1994, 134].

Xoliyor Safarovning “Qo‘g‘irchoq” hikoyasida befarzand ayol

suratiga bunday chizgi tortiladi:

“Ayol sel bo‘lib alla aytganda uning ham qalbi qandaydir

taskin topgandek, vujudini, yuragining chok-choklarini illatdek ezib

yuborgan dardni bir zum bo‘lsa da unutgandek bo‘lardi”.

Ikki adib ham bir holat, vaziyatni obrazli ifodalashga sazovor

bo‘lgan. Tog‘ay Murod ko‘ngilni tayanch markazga aylantirib, bu

doirani nola, dard, armon so‘zlari bilan quvvatlantiradi, fojea

tasvirni avj pardaga ko‘taradi. Xoliyor Safarov qalb mungini yurak,

dard sasiga uyg‘un ifodalaydi.

106

Umida RASULOVA


background image

Dramatik asarlar kompozitsiyasida ham inson ruhiyati

iqlimiga nigoh tashlanadi. Usmon Azimning “Adibning umri”

dramasidagi bu parcha kishi tuyg‘ularini real aks ettiradi:

“O‘sha sahna. Oybek hassaga suyanib, dunyoga boqib

turibdi. U har bir bargga, daraxtlarga, maysalarga, gullarga ilk bor

ko‘rayotganday mo‘ltillab qaraydi. So‘ng sekin yurib novdalardan

to‘qilgan kresloga o‘tiradi. Uning yuragi she’rga aylanyapti.

Oybekning ovozi:

Xastamen.. Fikrga, tuyg‘uga to‘lib

Oy menga hamqadam sokin yuramen

Sog‘aysam bir kuni yozaman to‘yib

Hislarga qalbimni qo‘shib yozamen

[Azim 2003, 160].

Qalb dramatizmini his ettirishda Oybek siyratidagi

bezovtalik xasta so‘zi orqali ayonlashadi. Bu so‘z dard, alam,

armon tuyg‘ularini qamrab oladi.

Nurilla Chorining “Qizg‘aldoq” hikoyasida jonlantirish

san’ati kuzatiladi:”

Alamdan o‘kirganini eshitgan keksa tog‘larning

oppoq sochlari to‘kilib ketdi”.

Inson qalbidagi iztirobning ko‘lami

tog‘u toshni larzaga solishi yaxshi topilma sanaladi

Nurilla Chorining “Bo‘ron tingan kecha” hikoyasida

o‘xshatish san’ati qo‘llanadi:

“Etagini yig‘magan kuzdan qahrlangan qish qilichini qibladan

turib yalang‘ochlagan”

. Nosir manzarani yorqin aks ettirishda

iboradan ham foydalanadi.

Sanjar Tursunning “Tog‘lar orasida” qissasida jonlantirish

san’ati tabiat nafosatini nozik his ettiradi:

“Ahyon ahyon yog‘ib qoladigan yomg‘ir changib ketgan

zaminni tozalab, sen xafa bo‘lma, men qo‘rqib ketgan yerning yuziga

suv sepdim, endi bemalol baxtli bo‘lsang bo‘laveradi, degandek

yog‘averardi. Tabiatda kundan-kun yangi nigoh, toza tuyg‘ular

tug‘ilardi”

[Tursun 2018, 75].

Xulosa

Bugun iste’dodli yoshlar so‘zning salmog‘ini his etishi

muhim hisoblanadi. Ular adabiyot, san’at olamida betakror,

o‘ziga xos dadil hamda teran fikrlash salohiyatiga ega shijoatli

avlod shakllanayotganidan dalolat beradi. Yoshlarning she’riyat,

nasr namunalari milliy mustaqilligimizning badiiy solnomasini

boyitib boradi. Bu iste’dodlar ona yurt tuyg‘usini, insonga mehru

muhabbatini asarlari vositasida anglatishiga umidingiz ortadi.

So‘nggi yillarda inson shaxsiga bo‘lgan e’tiborning kucha-

107

Ijodkor uslubi va badiiy mahorat


background image

yishi qahramon ruhiy iqlimlarini, qalbining to‘rt faslini tadqiq etish

bevosita, uning sajiyasini ham keng qamrab olishni taqozo etdi.

Keyingi paytda hayotimizdagi o‘zgarishlar, mustaqillik sharofati

bilan dunyoga chiqish, inson ma’naviy dunyosini ham ongini ham,

fikrlashini ham, tubdan o‘zgartirib yubordi, Bu mushohadakorlik

teran fikrlash jarayoni faqat ayrim odamlar shaxsidagina ro‘y berib

qolmay, butun xalq uchun xarakterlidir.

Adabiyotlar

Муҳаммад Юсуф. 2004.

Сайланма.

Тошкент, Шарқ.

Расулов, А. 2013.

Услуб – истеъдод портрети.

Тошкент, Янги аср

авлоди.

Орипов, А. 2001.

Сайланма.

Тошкент, Шарқ.

Икром Отамурод. 2022.

Сукут садоси.

Тошкент, Шарқ.

Тоғай Мурод. 1994.

От кишнаган оқшом.

Қиссалар. Тошкент, Шарқ.

Усмон Азим. 2003.

Жоду.

Тошкент, Шарқ.

Турсун, С. 2018.

Оқ овулнинг Озодаси.

Асарлар.

Тошкент, Ижод.

STYLE AND ARTISTIC SKILLS OF THE WRITER

Umida Rasulova

1

Abstract

The article offers observations on the world of artistic creativity,

artistry, and style. The reader’s opinion is solicited after the creation of

the artistic work. The reader transforms into both a receiver and a master

when reading the material. When reading a literary work, the reader must

be prepared in order to perceive the wealth of meanings. With his intellect

and emotional world, he learns the secrets of the literary world. The reader

follows the unfolding of events, creates a portrait and image of a literary

hero, and experiences the soul’s environment.

The core of the art of words is examined as a human value in the

literary process, together with the creator’s personality and level of talent.

There is a way to approach fiction from the perspective of aesthetic feeling

and the personality of the author. It has become a natural requirement of

the literary process to master issues of creative and aesthetic thinking in

terms of values, unity of form and substance, diversity of literary genres

1

Rasulova, U.

– Doctor of Philology, Alisher Navoi University of Uzbek Language

and Literature.

E-mail

: rasulovaumida12@gmail.com

ORCID ID

: 0000-9762-4407

For citation:

Rasulova U. 2023. “Style and artistic skills of the writer”.

U

zbekistan:

Language and Culture. Literature

1 (2): 96-109.

108

Umida RASULOVA


background image

and stylistic direction, artistic language, means of communication, and

drawing conclusions.

Key words:

creativity, skill, artistry, poetics, poetry, and prose.

References

Muhammad Yusuf. 2004.

Saylanma.

Toshkent, Sharq.

Rasulov, A. 2013.

Uslub – iste’dod portreti.

Toshkent, Yangi asr avlodi.

Oripov, A. 2001.

Saylanma.

Toshkent, Sharq.

Ikrom Otamurod. 2022.

Sukut sadosi.

Toshkent, Sharq.

Tog‘ay Murod. 1994.

Ot kishnagan oqshom.

Qissalar. Toshkent, Sharq.

Usmon Azim. 2003.

Jodu.

Toshkent, Sharq.

Tursun, S. 2018.

Oq ovulning Ozodasi.

Asarlar.

Toshkent, Ijod.

109

Ijodkor uslubi va badiiy mahorat

Библиографические ссылки

Муҳаммад Юсуф. 2004. Сайланма. Тошкент, Шарқ.

Расулов, А. 2013. Услуб – истеъдод портрети. Тошкент, Янги аср авлоди.

Орипов, А. 2001. Сайланма. Тошкент, Шарқ.

Икром Отамурод. 2022. Сукут садоси. Тошкент, Шарқ.

Тоғай Мурод. 1994. От кишнаган оқшом. Қиссалар. Тошкент, Шарқ.

Усмон Азим. 2003. Жоду. Тошкент, Шарқ.

Турсун, С. 2018. Оқ овулнинг Озодаси. Асарлар. Тошкент, Ижод.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов