Lirikada obraz tasnifi va talqini (Abdulla Oripov she’riyati misolida)

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
121-136
47
152
Поделиться
Бобокулова, У. (2023). Lirikada obraz tasnifi va talqini (Abdulla Oripov she’riyati misolida). Узбекистан: язык и культура, 1(1), 121–136. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2023-pp121-136
Ульжон Бобокулова, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

Аспирант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Badiiy asar asos negizini tashkil qiladigan obraz tushunchasi qadimdan va hozirga qadar san’atning eng muhim elementi sanaladi. Zotan, badiiy obraz bu san’at asarining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi asosiy vositadir. Shu bilan birga, dunyoning estetik qiyofasini, muayyan hissiy holatini ifodalovchi komponent hamdir. Shu bois obraz tushunchasi o‘z xarakter-xususiyatlari va mazmuniga ko‘ra juda murakkab va ayni paytda keng qamrovli tushuncha hisoblanadi. Ob’ektiv voqelikningu yoki bu tarzda inson ongidagi in’ikosi keng ma’noda obrazning asosiy ildizini tashkil etadi. Yondosh obrazlar esa mana shu ilk asosdan o‘sib chiqadi. Shu jihatdan obraz tabiati va tasnifiga ko‘ra: fan, adabiyot va san’atda alohida farqlanadi. Ushbu maqola lirikada obrazlar tasnifi va talqin muammosini shoir Abdulla Oripov she’riyatida misolida o’rganishni ko’zda tutadi.


background image

ISSN 2181-922X 121

136

Lirikada obraz tasnifi va talqini

(Abdulla Oripov she’riyati misolida)

Uljon Boboqulova

1

Abstrakt

Badiiy asar asos negizini tashkil qiladigan obraz tushunchasi

qadimdan va hozirga qadar san’atning eng muhim elementi sanaladi.

Zotan, badiiy obraz bu san’at asarining o‘ziga xos xususiyatlarini aks

ettiruvchi asosiy vositadir. Shu bilan birga, dunyoning estetik qiyofasini,

muayyan hissiy holatini ifodalovchi komponent hamdir. Shu bois obraz

tushunchasi o‘z xarakter-xususiyatlari va mazmuniga ko‘ra juda murakkab

va ayni paytda keng qamrovli tushuncha hisoblanadi. Ob’ektiv voqelikning

u yoki bu tarzda inson ongidagi in’ikosi keng ma’noda obrazning asosiy

ildizini tashkil etadi. Yondosh obrazlar esa mana shu ilk asosdan o‘sib

chiqadi. Shu jihatdan obraz tabiati va tasnifiga ko‘ra: fan, adabiyot va

san’atda alohida farqlanadi. Ushbu maqola lirikada obrazlar tasnifi va

talqin muammosini shoir Abdulla Oripov she’riyatida misolida o’rganishni

ko’zda tutadi.

Kalit so‘zlar:

Abdulla Oripov, poetik obraz, obrazlilik, lirika, inson,

tasnif va talqin, kechinma, tragiklik, individuallik, umumlashmalik

.

Kirish

“Badiiy obraz bu usul bilan ifodalanishi mumkin bo‘lgan,

umuman haqiqatning tashqi qobig‘i emas. U o‘zining mazmuni va

shakli orqali umumlashgan hayotdagi hodisalarni ifodalaydi” [Храп

-

ченко 1986, 69]. Aslida obrazlilik-badiiylik bilan sinonim tushuncha

hisoblanadi. Badiiy obrazning umumiy jihatlariga ta’rif bergan rus

olimi Beliniskiy badiiy obraz nafaqat hayotni qayta tasvirlab beradi,

balki hayotni baholash orqali anglash maqsadida muallif uchun uning

xarakterli jihatlarini ham ko‘rsatishini isbotlashga harakat qiladi.

Biroq badiiylik muammosi bu bilangina cheklanib qolmaydi. Badiiy

obraz-san’atning eng muhim ichki, faol va harakatlantiruvchi o‘zak-

tomiri ekani o‘z isbotini topadi. Badiiyligi haqida qayg‘urilmagan

1

Boboqulova S. Uljon

- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabi

-

yoti universiteti doktoranti

E-mail:

uljonboboqulova8@gmail.com

ORCID ID:

0009-0005-9072-2748

Iqtibos uchun:

Boboqulova, U.S. 2023. “Lirikada obraz tasnifi va talqin”.

O‘zbekiston: til va madaniyat. Adabiyotshunoslik

1 (2): 121-136.

121

Uzbekistan: Language and Culture 2023/ 1 (2)


background image

asarlarda, bir so‘z bilan aytganda, yozuvlar chelakdagi suvni to‘kib

yuborgandek qog‘ozga tushgan gap. Iqtidorli adib so‘zni safga

shunday tizadiki, ulardan betakror badiiy obrazlar yuzaga keladi.

Bunga, albatta, obrazli tafakkur orqaligina erishish mumkin.

Badiiylikning umumiy mazmuni badiiy obrazni yuzaga

keltiradi. “Badiiy obraz - adabiyot va san’atning olam va odamning

badiiy idrok etish vositasi, badiiyatning umumiy kategoriyasi”

[Quronov 2013, 43]. Lirik asarlarda lirik qahramon va manzara

(peyzaj lirikasi yoki jonli va jonsiz narsalar tasviri zamirida ham

inson obrazining ayrim qirralari aks etadi) obrazlari orqali badiiy

umumlashma-inson obrazi tushuniladi va u adabiyotda hal qiluvchi

rol o‘ynaydi. Umumlashma obraz yaratish ijodkordan bir qancha

shartlarni bajarishni talab etadi. Bunda shoir tasvirlanayotgan makon

va zamon, hayotiy voqelik, ma’lum mantiq asosida o‘zaro bog‘langan,

biri ikkinchisiga ehtiyoj sezadigan, biri ikkinchisini mazmunan

to‘ldiradigan obrazlar sestemasining ichki tarkibini shakllantirishi

kerak bo‘ladi. She’rdagi bir-ikki obraz emas, barchasining qat’iy o‘rni

bo‘lishi, lirik asarning pafosini yuzaga keltiruvchi umumiy quvvat

manbayi bo‘lishi lozim.

O‘zbek nazariyotchilaridan B.Akramov, H.Umurov, I.Sulton

kabilarning badiiy obraz tasniflariga doir qarashlari mana shu

yo‘nalishda muhim nazariy manba hisoblanadi. Bugungi kunda

adabiyotshunos olim D.Quronovning badiiy obraz tasnifiga doir

izlanishlarini alohida e’tirof etish lozim. Olim badiiy obrazni

quyidagicha tasniflaydi: “Ijodkor estetik ideali bilan munosabatiga

ko‘ra ijobiy va salbiy obrazlar, ijodiy metodga ko‘ra

realistik,

romantik, syurrealistik

va b., yaratilish usuliga ko‘ra

fantastik, grotesk

va b., xarakter xususiyatlar va estetik belgisiga ko‘ra

tragik, satirik,

yumoristik

obrazlar farqlanaveradi” [Quronov 2018, 109]. Biroq

mavjud tasniflarning hech biri badiiy obrazlarni to‘laqonli qamrab

ololmaydi. Shuning uchun badiiy asarlarni, ayniqsa, lirik asarlarni

tahlil qilishda birini asos qilib olgan holda boshqalarini ham esdan

chiqarmaslik lozim. Chunki lirik asarlarda ko‘pincha oniy lahzada

yuz beruvchi tuyg‘ular taloshi tasvirlanadi. Bu esa tahlilda o‘ta

murakkablikni yuzaga keltirib, tizimli yondashuvni talab etadi.

Asosiy qism

Endi lirik obrazlar tasniflarini shoir Abdulla Oripov

she’riyatida obrazlar talqini misolida birma-bir ko‘rib chiqamiz.

Ana shunday tizimli yondashuv asosidagi tahlillardan biri

badiiy obrazlarni: 1)

predmetlilik darajasi;

2)

umumlashtirish

122

Uljon BOBOQULOVA


background image

darajasi;

3)

tasvir va ifoda planlari munosabati

(strukturasiga)ga

ko‘ra guruhlashni (M.Epshteyn) ko‘zda tutadi.

Obrazning predmetlilik darajasi deganda o‘sha obraz

tasvirlayotgan narsaning ko‘lami nazarda tutiladi va badiiy reallik

to’rtta sathdan tarkib topadi:

detal obrazlar

voqea-hodisalar obrazi

xarakter va sharoit

dunyo va taqdir obrazi

(badiiy reallik) Shoir

A.Oripovning “Onajon” deb nomlangan she’ridan olingan quyidagi

parchaga e’tibor qaratamiz:

Keltirarlar goho beshik

Ko‘zlarida hayajon.

Yotar payting bo‘ldi-ku, der,

Kela qol, der, bolajon.

Qaylargadir yuguraman,

Fig‘onimdan chiqar dud.

Yig‘lama, deb qo‘llarimga

Tutqazarlar so‘ng tobut

[Oripov 2018, 36].

Yuqorida keltirilgan she’riy banddagi “beshik” va “tobut”

detal-obrazlari ko‘z oldimizda o‘z-o‘zidan voqea-hodisalar obrazi-

beshik-tug‘ilmoq

,

tobut

esa

o‘lim

hodisasini yuzaga keltiradi. Shundan

so‘ng tizimli tarzda

tug‘ilmoq- bu dunyoga yangi kelgan individ-

chaqaloqni

,

o‘lim

esa

bu dunyodan yaqinda ko‘z yumgan

insonni -jonsiz

tana

(mayit)

ni

tasavvurimizda gavdalantiradi. Bu yerda chaqaloq va

jonsiz tana-xarakterni ifodalasa, chaqaloq tug‘ilgandagi ko‘tarinki

kayfiyat hamda o‘lim hodisasidan so‘ng ro‘y beradigan azalilik holati

sharoitni yuzaga keltiradi. Xarakter va sharoit birgalikda “dunyo va

taqdir” - badiiy reallikni yuzaga keltirmoqda. Tug‘ilmoq va o‘lmoq-

bu azaliy qonuniyat, taqdir ekanligini shoir badiiy obrazlar, aniqrog‘i

detal-obrazlari orqali ifodalab bermoqda.

Umumlashtirish darajasiga ko‘ra badiiy obrazlar ikki jihat-

dan tasnif qilinadi: Birinchisi ko‘proq inson obraziga tatbiqan bo‘lib,

individual obrazlar, xarakter va tipik obraz (tip) ga ajratiladi. Lirik

asarlarda bu ajralish bitta obrazda umumlashma tarzida namoyon

bo‘lishi mumkin. Bunga A.Oripovning yuqorida keltirilgan “Onajon”

she’ridagi ona obrazi yaqqol misol bola oladi. Shoir

“Qo‘llarida

oq yelpig‘ich”; “Sen otamga pul beribsan, yostig‘ingning ostidan”;

“Aytibsanki, onasizlik kelmasin deb o‘yiga, sarf qilingiz menga emas,

Abdullaning to‘yiga”; “G‘amgin bolish pastida, kitobimni ko‘rdim

nogoh boshginangning ostida”

kabi misralarda muayyan davr va

muhitga mansub ona obrazining individual xususiyatlari orqali

123

Lirikada obraz tasnifi va talqini (Abdulla Oripov she’riyati misolida)


background image

badiiy xarakter-obraz yaratishga erisha olgan. Bunda shoirning

maqsadi badiiy obraz yaratishdan iborat emas, balki o‘sha makon

va zamondagi hasratli va dardli kechinmalarini, qalb isyonlarini

g‘ayri shuuriy tarzdagi bayonidir. Ona obrazi esa barcha xalqlar va

millatlar uchun, jamikiinsoniyat uchun har davrda va har makonda

tipik obraz bo‘la olishini hech kim inkor eta olmaydi.

Umumlashtirish darajasiga ko‘ra ikkinchi jihat-muayyan

shaklda turg‘un holatidagi badiiy obrazlar sanalib, asardan asarga,

davrdan davrga, ko‘chib o‘tish xususiyatiga ega

motiv, topos, arxitep

deb yuritiluvchi badiiy obrazlardir. Masalan, “armon”, “orzu”,

“sog‘inch”, “yomg‘ir”, “soya” kabi motivlar bir yoki bir nechta

ijodkorning asarlarida qaytarilib turadi, lekin har qaysisida alohida

mazmun kasb etadi. Birgina shoir A.Oripov ijodida “yolg‘izlik”

motivining o‘zi turli-tuman ifoda va tasvir, ma’no qirralarida

namoyon bo‘ladi:

Demishlar, yolg‘izning

Yori Xudodir,

Do‘stdan muhabbat kut,

Dushmandan shavqat

[Oripov 2018, 239].

She’rda “

yolg‘izlik

” motivi lirik qahramon obrazining hayotiy

tajribalari mahsuli sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa, shoirning “

Tanho

qush

”, “

Yolg‘iz daraxt”

[Oripov 2018]. kabi she’rlarida esa ushbu

motiv bilvosita lirik qahramonning ayni vaziyatdagi kayfiyatini

ifodalash vositasi bo‘lib xizmat qilgan.

Badiiy obraz lirikada o‘ziga xos tarzda tasniflanadi. Bu

borada adabiyotshunos Botirxon Akramovning ilmiy izlanishlari

ham alohida ahamiyatga molik. Olim lirikada badiiy obrazlarni

quyidagicha tasniflaydi:

1.

Lirik-romantik va lirik-publististik obrazlar;

2.

Falsafiy-lirik obrazlar;

3.

Ratsionalistik va didaktik obrazlar;

4.

Tragik obrazlar;

5.

Obraz-manzara [Akramov 1979].

Ammo olim B.Akramovning lirikada badiiy obraz xususidagi

ayrim qarashlarida mavjud tuzumga xos bo‘lgan talqinlar ustivorlik

qiladiki, zamonlar o‘zgarishi bilan ayrim talqinlar o‘z mohiyatini

yo‘qotadi. Bu bilan olimning o‘zbek adabiyotiga, ayniqsa, lirika

nazariyasi rivojiga qo‘shgan hissasini zarracha ham inkor qilmoqchi

emasmiz. Aksincha, bugungi kunda ham olimning nazariy qarashlari

lirikaning asosiy tadqiqot manbayi sifatida yuksak qadr-qimmatga

ega.

124

Uljon BOBOQULOVA


background image

Adabiyotda badiiy obrazlar adabiy tur va janrlarda tasvir

ob’ekti, ijodkorning g‘oyaviy-badiiy maqsadi, badiiy asardagi o‘rni,

ifoda usuli hamda sub’ektning ob’ektga bo‘lgan munosabati asosida

turlicha tasnif etiladi. Masalan, dramatik asarlarda badiiy obrazlar

o‘zining xarakter-xususiyatlariga ko‘ra dramatik obraz, tragik obraz,

komik obraz kabi tiplarga ajraladi. Bu obrazlar esa o‘z navbatida

ayni asardagi mavqeyiga qarab bosh obraz, epizodik obrazlarga

bo‘linadi. Bu nisbiy bo‘lib, bunday bo‘linish faqat dramatik

asarlar uchungina xos emas. Epik, lirik janrlar uchun ham muhim

kategoriya hisoblanadi. Faqat badiiy obraz o‘zida mujassam qilgan

eng muhim yetakchi xususiyatiga ko‘ra ayni qaysi tur va janrga xos

obraz ekanligini namoyish qiladi. Ba’zi asarlar ifoda usuli, shakli va

kompozitsiyasi, obrazlar ko‘lami jihatdan lirik asarga mansub bo‘lsa

ham, unda konkret xususiyatlari bilan umumlashma obraz sifatida

tasvir etilgan obrazda lirizmdan ko‘ra dramatizm, yoki tragizm, yo

komizmlik kuchliroq bo‘lishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan bunday

obrazlarni tragik obraz, yoxud komik obraz deya atay olamiz.

Yuqoridagi badiiy obraz tasnifiga doir qarashlar asosida

lirikada badiiy obrazlarni quyidagicha tasnif qilishimiz mumkin:

1.

Lirik-romantik obrazlar;

2.

Falsafiy-lirik obrazlar;

3.

Realistik obrazlar;

4.

Tragik obrazlar

5.

Obraz-manzara.

Lirik-romantik obrazlar

Shoirning real borliqdagi oddiy narsalar yoki hodisalar haqida

kutilmagan xulosalarga kelishi, hayratbaxsh obrazlar yaratishi bu

shoir fantaziyasi, orzu va o‘y-xayollarining mahsulidir. Bunda shoir

onani, yorni, tabiatni ideallashtirib, hatto ilohiylashtirib, bitmas-

tuganmas kuch-qudrat, mislsiz go‘zallik, har narsaga qodirlik,

buyuklik, mangulik kabi sifatlarni baxsh etar ekan, buning zamirida

ijodkorning reallikdan romantiklikka, oddiylikdan ideallikka

bo‘lgan intilishlari samarasi yotadi. “Haqiqiy romantizm hayotdan

uzoqlashish emas, aksincha hayotga tomon chanqoq intilishni

ifodalashga, o‘n karra chanqoq intilish bilan yashashga da’vat etilgan”

[Блок 1971, 46], - deydi A.Blok. Shuni ham aytish mumkinki, poetik

xayol, fantaziya san’at va she’riyatning azaliy ideali bilan bog‘liqdir.

Faqat uchqur xayol va fantaziya, ijodiy edeal qudrati bilangina

hayotni, ruhiy olamni “quvib etishi” mumkin. Real voqelik va ijodkor

tomonidan “quvib etilgan” olamning ajoyib sentizidan mukammal

125

Lirikada obraz tasnifi va talqini (Abdulla Oripov she’riyati misolida)


background image

lirik-romantik obrazlar dunyoga keladi. Shoir Abdulla Oripov ijodida

bunday obrazlarning turfa xil talqinlarini uchratishimiz mumkin.

Ayniqsa, shoir intim lirikasidagi lirik-romantik obrazlarning go‘zal

namunalari insonni maftun etib, o‘zga bir olam sari yetaklaydi:

Yulduzlar o‘tiga bardosh berurman,

Fazolar taftiga qilurman toqat.

Yoningga sog‘-omon qaytib kelurman,

Otash nigohingga yongali faqat

[Erkayev 2021, 124].

Lirika boshqa epik janrlardan o‘laroq, pomantik uslubdan

tamomila voz kecha olmaydi. Romantik uslubga ko‘tarinki noreal

tasvir va ifoda, tuyg‘ularning favqulotda evrilishlari xos bo‘lib, u aql-

ga bo‘ysunmaydi.

Falsafiy-lirik obrazlar

Keyingi yillar she’riyatida shoir qahramonining lirik-

romantik kechinmalari uning chuqur o‘y-xayollari, falsafiy

mushohada va muhokamalari bilan bir butun, mutanosib ekanini

sezib olish qiyin emas. Ayniqsa, shoir Abdulla Oripov she’rlarida

falsafiy-lirik obrazlar yetakchi mavqeni egallaganligini ko‘rishimiz

mumkin. Falsafa olami asrlar davomida ijodkorlarni o‘ziga maftun

etib keladi. Falsafiy muammolar shoir ahlini azaldan o‘ziga asir qilib

kelgan. Hayotning murakkab va sirli dealiektikasi, kategoriyalari,

turli jumboqlari oldida shoir uzoq va ziddiyatli xayollarga berilishi

be’jiz emas. Lekin shuni ham ta’kidlash kerakki, haqiqiy poeziya

falsafadan yuqoriroq turadi: ijodkorning bo‘ysunmas ruhi falsafa

chegaralari va qoniniyatlariga bo‘ysunmaydi. Shoir yuritgan falsafiy

mushohada, mulohazalar, kutilmagan ramziy obrazlar faylasuf olimni

ham hayratga solishi mumkin. Shekspirning “Hamlet” tragediyasida

o‘lgan qirol arvohini ko‘rib aqli shoshgan Hamlet hamrohiga qarata:

“Horatsio, dunyoda ko‘p narsalar borki, Falsafangiz tushiga ham

kirmagan hali” [Jamol Kamol tarjimasi], - deb aytgan gaplarida

adabiyotning falsafiy chegaralari cheksiz ekanligiga ishoradir.

Bir umr yashading ko‘zningni yoshlab,

O‘zi yo‘q omaddan noliding sekin.

Atay keltirdilar daryoni boshlab,

Suv sening hovlingga chiqmasdi lekin.

Axir po‘lat emas bu jon-u tan,

Ayoz va izg‘irin yalayveradi.

Himoya qilishar nuqul bombadan.

Qumursqalar esa talayveradi

[Oripov 2018, 169]

.

126

Uljon BOBOQULOVA


background image

Abdulla Oripovning “Hayot ajoyibotlari” deb nomlangan

ushbu ikki bandlik she’rida inson qismati va azaliy hikmat haqida

fikr yuritiladi. Insonning istaklari cheksiz ekanligi, ba’zan bir tomchi

suv ham daryodan afzal, ba’zan daryoning bir tomchi suvchalik

qadri bo‘lmasligi shoir nazdida falsafiy tarzda bayon etiladi. Azaliy

oddiy haqiqatni shoir o‘tkir dramatizm va lirizm qorishig‘ida ifoda

etadiki, istasangiz, dramatizmni topasiz; istasangiz, lirizmni.

“Ayoz va

izg‘irinning yalayverishi”

har qanday falsafani-da o‘ylantirib qo‘yishi

aniq. Shoirning hamma narsani bilish istagida yongan qalbi, aql

zakosi tafakkuri va iqtidori imkoniyatlari doirasiga sig‘maganidan

yangi mezonlar, yangi me’yorlar, yangi olam, garmoniya qidirib

qiynalar. “Illo ulug‘lardan biri aytgandek: “Aql Ka’baga bormoqqa tuya

hozirlaguncha, qalb uni ming bor ziyorat qilib keladi” [Жўрақулов

2015, 233]. Natijada inson tasavvur olamidan ham yorib chiqqan,

turli ma’no qirralariga ega bo‘lgan poetik umumlashma obrazlarga

aylanib, polisemantik xarakterdagi falsafiy-lirik obraz darajasiga

ko‘tariladi. “

Qumursqalarning esa talayverishi

” esa bir qancha ma’no

ottenkalarini mujassamlashtirgan og‘ir xayol bo‘lib, kishini qiynoqqa

soladi. Kuchli falsafiylik lirik kechinma qobig‘ida, unga tobe holda

bayon etilgan bo‘lib, dardli lirizmni yuzaga keltiradi.

Sof realistik obrazlar

Shoir lirik qahramonining qandaydir hayratbaxsh holatini,

kayfiyatini hayotda konkret mavjud real shaxs yoki voqea-hodisa

yoxud manzara tasviri ifodalashi mumkin. Shunga qaramay, o‘ziga

xos xayol, ijodiy fantaziyasiz yuqoridagiday lirik lavhalar, tavsiflab

berish mumkin bo‘lmagan to‘la ma’nodagi musiqiy-lirik obrazlar

yaratish mushkul. Ijodkor o‘zining shoirona tafakkuri va badiiy

estetik didi orqali sof realistik lirik obraz yarata olishi mumkin.

Bundagi san’at sirini Gyote shunday izohlaydi: “Reallik fantaziyaning

eng asosli manbayidir. Demak, shu reallikni nima bilandir joyidan

jildirish lozim bo‘ladi” [Гёте 1969, 215]. Reallikni “joyidan jildirish”-

harakatga keltirish uchun esa ijodkordan o‘ziga xos talant, izlanish va

ijodiy qiynoqlar talab etiladi. Muhimi, shoir o‘sha reallikni san’atkor

ko‘zi bilan ko‘rishi, she’riyat nuqtayi nazariadan yorqin original

obrazlarda ifodalab bera olishi lozim. Abdulla Oripov ijodining

dastlabki yilllariga mansub bo‘lgan “Maktub” deb nomlangan she’rda

ona obrazining sof real qiyofasini shoirona ruhda ifodalab bera olgan.

Sho‘x- sho‘x parvoz etgan qushlar,

Quloq soling kuyimga.

So‘ngra uchib, yeting tezda,

127

Lirikada obraz tasnifi va talqini (Abdulla Oripov she’riyati misolida)


background image

Mening ona uyimga.

Onaginam uyda meni,

Kutar ayvon ostida

Qadanginam tekkan joyda,

Yo‘lginamning ustida.

Balki onam siz borganda,

Bug‘doy yoygan bo‘lsalar.

Sizlar uning bug‘doyini,

Har yon sochmang qushchalar

.

Balki onam tom boshiga,

Turshak yoyib tushgandir

Ey qushchalar, tegmang unga,

Iltimosim sizdandir

[Oripov2021, 94]

.

Ko‘rib turganingizdek, she’rning har bandida ona obrazining

lirik qiyofasi ko‘z oldingizda qayta jonlanadi. Kishining bolalikdagi

shirin xotiralari qalbida jo‘sh urib, chuqur bir entikish va shu bilan

birga nafis hislarni yodga soladi. Muallifga lirik qahramon his-

tuyg‘ulari tanish. Mana shu tanish hislarni, voqea-hodisalarni muallif

badiiylik mantig‘iga tayangan holda qayta yaratadi.

Bunda bir necha real obrazlarni ko‘rishimiz mumkin.

a)

real shaxs obrazi (ona);

b)

real manzara obrazi (onaning ayvonda farzandini kutishi);

c)

real faoliyat obrazi (tom boshiga bug‘doy, turshak yoyishi-

bolalik xotiralar);

d)

real lirik qahramon obrazi (ayni she’rda muallif).

Yuksak sog‘inch motivi asosida dunyoga kelgan she’r so‘ngsiz

xayollar maskaniga aylanadi. Bu maskanda faqat onagagina xos

bo‘lgan sifat-haqiqatlar yashaydi. Ular shoir xayolot olamida qayta

jonlanadi va poetik obraz darajasiga ko‘tariladi.

Tragik obrazlar

Har qanday san’atda, jumladan, she’riyatda tragizmning

chuqur mantiqiy o‘rni va asosi bor. Lirikada tragizmning emotsional

kuchi va ahamiyati beqiyosdir. Ma’lumki, shoirni o‘rab olgan muhit

turli-tuman ziddiyatlardan iborat. Hatto har bir inson qalbida yakka

o‘zi emas, bir necha shaxs yashaydi va ular hamisha o‘zaro kurashda,

konflektda bo‘ladiki, bunda har vaqt ham kuchli tomon g‘alaba

qozonavermaydi. Taqdirning o‘zi bu kurashning echimini hal qilib

beradi. Mana shu echimdan shoir mahzun bo‘lmaydi, aksincha, huzur

topadi, ko‘ngli taskin topadi, ruhiy iziroblardan forig‘ bo‘ladi. Ana

shundagina taragik holat yuzaga keladi. Tragik holatning obyekti esa

128

Uljon BOBOQULOVA


background image

tragik obraz hisoblanadi.

Aristotelning “Poetika” asarida tragediyaga shunday ta’rif

berilgan: “Tragediya muayyan hajmli, turi, qismlari turlicha

sayqallangan til yordamida, bayon vositasida emas, balki hatti-

harakat vositasida ko‘rsatiladigan va iztirob bilan inson ruhini

poklovchi muhim va tugal voqea tasviridir” [Aристотел 1980,

16]. Lirikada ham bunday voqe she’rlar talaygina bo‘lib, tragizmga

sabab bo‘lgan fojea, ziddiyatlar shoirni iztirobga solgan, unga

qattiq ta’sir qilgan, uni tug‘yonga keltirgan bo‘lishi mumkin. Atoqli

shoiramiz Zulfiyaning “Bahor keldi, seni so‘roqlab”, Mirtemirning

“Betobligimda”, A. Muxtorning “Soya” kabi va boshqa shoirlarning

ijodida ham lirik fojelik yuzaga keltirgan tragik she’rlar, tragik

obrazlarni uchratamiz. Ayniqsa, shoir A. Oripovning ijodida bunday

obrazlarning yuksak namunalariga duch kelamiz. Shoirning “Onajon”,

“Temir odam”, “Nay”, “Bahor” kabi she’rlari lirik tragizmning qator

ko‘rinishlari bayon etiladi. “Onajon” voqe she’ri shoirning onasi

vafotidan so‘ng yozilgan bo‘lib, she’r shoirning barcha ruhiy iztiroblari

va kechmishlarining oq qog‘ozga tushirilgan poetik tasviridir.

Shoirning yosh boshiga tushgan musibatlarning eng og‘iri o‘lim

fojiasidir. Ayniqsa, bu onadan ayrilish bo‘lsa. Farzand uchun bundan

ortiq musibat bo‘lishi mumkin emas (ona obrazi esa har qachon

ham tragik obraz bo‘la oladi). She’rda lirik qahramon holati uch

bo‘limda voqe tarzida yoritilgan bo‘lib, she’rning so‘nggi bandlarida

lirik qahramon o‘zining shoir bo‘lishi sabablarini topganday bo‘ladi,

o‘lim taqdirdan-azaliy qismat ekanligiga iymon keltiradi, kamolini

o‘z onasi ko‘rmasa ham, ona Vatan ko‘rishiga ishonadi va shu orqali

o‘zini qiynab kelayotgan ruhiy iztiroblardan qutilganday, qalbi bir

oz bo‘lsa-da taskin topganday, og‘ir o‘y-xayollardan poklanganday

bo‘ladi.

Yoxud, “Nay” deb nomlangan to‘rt banddan iborat mo‘jazgina

voqe she’rni olaylik. Voqea rivoji quyidagicha kechadi. Qamishning

baxtli onlari (1-, 2- misralar), Odamlarning qamishga ko‘rsatgan

jabri (3-,8-misralar), nayning bunga javobi (9-, 12-misralar),

odamlarning aks harakati (13-, 16- misralar) [Сувон Мели 2020,

250]. So‘nggi bayt tragik yechim hisoblanadi.

Odamlar-chi to‘plandi shu on

Faryodiga qilolmay toqat,

Bir qamishni yig‘latib chunon,

So‘ng o‘zlari qildilar rohat.

Yuqoridagi bayt she’rning so‘nggi bandi bo‘lib, ko‘rinib tur-

ganidek, asar oxirida bosh planda nay obrazi emas, balki odamlar

Lirikada obraz tasnifi va talqini (Abdulla Oripov she’riyati misolida)

129


background image

obrazi tasviri yuzaga qalqib chiqdi, yozuvchining ijodiy niyati oshkor

bo‘ldi. Haqiqiy fojeiy qahramon nay emas, aksincha, faryodiga toqat

qilolmasdan qamishni chunon yig‘latib, so‘ng o‘zlari rohat qilayotgan

odamlar ekanligi ma’lum bo‘ladi. Qamish esa odamlarning tragik

qismatini qabartirishga xizmat qilayotgan yondosh obraz ekanini

ko‘rishimiz mumkin. Odamlar bu yerda sof tragik obrazlardir. Faryo-

diga toqat qilolmasdan qamishni chunon yig‘latib, so‘ng o‘zlari rohat

qilayotgan odamlarning holati tragik katarsisning (iztirob bilan in

-

son ruhini poklanishi) bir ko‘rinishi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ada

biyotshunos olim Suvon Meli mazkur she’rni “Nayning nolasi-kim

ning nolasi?” maqolasida chuqur tahlil qilganki, biz buni e’tirof etib

o‘tishimiz joiz.

Keltirilgan misollardan ham ko‘rish mumkinki, voqeaband

she’rlarda tragik obraz ko‘pincha qo‘shaloq idrokni talab qiladi. Bir

yoqlama idrok she’rni va obrazni bo‘gib qo‘yishi, mohiyatan chala

tasavvur uyg‘otishi mumkin. Bu esa badiiy obrazni to‘la anglashga,

she’rni mohiyatan tushunishga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Tragik obrazning aksi o‘laroq komik obraz ham borki, beg‘a-

raz kulgi orqali kishiga ruhiy quvvat berishi, estetik zavq bag‘ishlashi

lozim. Har qanday kulgili obraz komik obraz bo‘la olmaydi. Komiklik

eng tuban joyda ham ideallik kasb etgandagina, oliyjanob kulgudan

yaralgandagina yuzaga kelishi mumkin. Ojiz-notavonni kamsituvchi,

yerga uruvchi, kishining jismoniy yoki aqliy zaifligini masxara qilu

-

vchi kulgi komizm bo‘la olmaydi, adabiyotda qadrlanmaydi. Badiiy

kulguning qiymati badiiy so‘z san’atida ancha baland turadi. Gyote-

ning “Faust” asarida: “Kulgi-zar, ko‘chada yotmas azizim”,- deydi Me-

fistofel. Chinakam tragik obrazlar qanchalik kamyob bo‘lsa, umrbo

-

qiy komik obrazlar ham shunchalik noyobdir. Lirikada komik obraz

yaratish adabiyotning boshqa turlariga qaraganda juda murakkab

hodisa sanaladi.

Shoir Abdulla Oripov ijodi o‘zining serqirraligi va obrazlar

ko‘lamining kengligi bilan she’riyatimizda alohida o‘rin tutadi. Uning

“Sharq hikoyasi” deb nomlangan voqe-hikoya tarzida yozilgan

she’ridagi ota, bola va hatto eshak obrazlari komik obrazlar sanala-

di. Shoir atrofdagi odamlarning gap-so‘zlari natijasida tezda fikrini

o‘zgartiradigan va to‘g‘ri fikr yurita olmaydigan odamlarning tipik

vakili sifatida ota va o‘gilning komik obrazini yarata olgan. Ular-

ning asar voqeasidagi xatti-harakati kishida hech qanday nafrat

uyg‘otmaydi, aksincha, beozor kulgi olib keladi. Psixoanalitik talqin-

da komizm tushunchasi ko‘proq kishining bolalik xotiralari bilan

bog‘liq, deyiladi. Bola boshqalarga nisbatan o‘zining ustunligini

Uljon BOBOQULOVA

130


background image

sezsa, kula boshlaydi. Masalan, yosh bolaning masxaraboz ustidan

kulishinini eslang. Bunda masxaraboz niqobi ichidagi shaxs ustidan

emas, tashqi xatti-harakati, gap-so‘zlari ustidan kulishi yosh bola-

ning undan o‘zini yuqori qo‘yishi bilan xarakterlanadi.. Olim Uzoq

Jo‘raqulov “Psixoanaliz va badiiy ijod” deb nomlangan tadqiqotida

komizmning assotsiativ xarakterini shunday izohlaydi: “Agar katta

kishi katta kishining ustidan kula boshlasa, unda bolaga xos harakat

va holatlarni ko‘rgan bo‘ladi. Kulgi obyektining bolalarcha haraka-

ti uni bolalikkka qaytaradi. Endi o‘zining bola emasligini anglagan

kishi, shu haqiqatni anglamagan kishi holatidan zavqlanadi va ku-

ladi” [Жўрақулов 2006, 60]. Zo‘rg‘a oyoqqa turgan eshakni ota va

bola ning navbatma-navbat minishga kelishib olishi kulgining bosh

sababchisi bo‘lib, she’r oxirida ota-bolaning har ikkalasi “bedarmon,

yag‘ir eshak” ka mingashib olishi komiklikni yana-da oshiradi. Eshak

va ota-o‘gilning holati xalqimizning “Eshagiga yarasha tushovi” de-

gan naqlining ayni badiiy talqinidir.

Obraz-manzara

Adabiyotda biror ijodkor yo‘qki, ijodida tabiat manzaralari,

tabiat obrazlari aks etmagan. Tabiatning o‘zi buyuk ixtirochi sifati-

da badiiy ijodning, jumladan, she’riyatning bitmas-tuganmas ilhom

manbayidir. Tabiat shoirnig tasvir ob’ekti sifadida turli-tuman ram-

kalarda beriladi. Obraz-manzara shoirning badiiy g‘oyasi va ilhom

manbayi sifatida quyidagi ko‘rinishlarni o‘z ichiga oladi:

a)

Sof peyzaj obraz;

b)

Shoirning his tuyg‘ulari va tabiat tasviri uyg‘unlashtirilgan

obrazlar;

c)

Shoirning kechinmalari va biror fikr-g‘oya uchun badiiy fon

sifatidagi manzara-obrazlar.

Sof peyzaj obrazda tabiatning butun go‘zalliklari, husn-u la-

tofati, tarovati- yu malohati bilan birga uning bor qahr-u g‘azabi,

kuch-qudrati taassuroti bevosita ifodalanadi. Bunda falsafiy fikr,

mushohadalarga unchalik zarurat sezilmaydi. She’r uchun bor ma-

terialni tabiatni o‘zi beradi. Shoir Abdulla Oripov ijodida bunday

obrazlarning yangidan yangi ko‘rinishlarini, shakllarini uchratish

mumkin.

Borliq kiyib olgan moviy bir libos,

Yel esar-bahorning pildiroqlari.

Qalbingda uyg‘onar ajib ehtiros,

Aprel osmoning qaldiroqlari

[Oripov 2018, 58].

Ikkinchidan, tabiat insonning ichki kechinmalarini, tuyg‘ulari-

Lirikada obraz tasnifi va talqini (Abdulla Oripov she’riyati misolida)

131


background image

ni, ruhiy holatlarini aks ettirishning doimiy obyekti, vositasi sifati-

da shoirning ichki sezimlariga hamohang tarzda gavdalanadi. Endi

tabiat tasviri faqat peyzaj lirikasigina bo‘lib qolmasdan, balki o‘ziga

xos bir olam, azal va abadning sir-u sinoatlarini o‘zida mujassam-

lashtirgan sirli va mo‘jizakor maskan, tiriklik uchun zamin, ulug‘ ras-

som, buyuk daho, cheksiz bilimlar egasi donishmand ustoz qiyofasi

kiradi. Inson-tabiat-koinot birligi sifatida parallel ravishda talqin

qilinadi. Yog‘ayotgan yomg‘ir bir o‘rinda ko‘z yoshni ifodasi bo‘lsa,

yana bir o‘rinda esa dildagi g‘uborlarning to‘kilishiga, boshqa o‘rinda

esa baraka ramziga qiyos qilinadi. Shoir Abdulla Oripov aytganindek:

“Yomg‘ir yog‘sa shoirlar, Erk berarlar miyaga. Tayyor mavzu topildi,

Tizarlar qofiyaga”.

Obraz-manzaraning an’anaviy ko‘rinishlari ham borki, ular

turli ijodkorlar ijodida shakl va uslubda farqlanib turadi. Mas-

alan, yil fasllarining inson umriga mengzalishi Navoiy bobomizdan

me’ros bo‘lib bugunga qadar uning turli talqinlarini ko‘rishimiz

mumkin. Bunday talqinning original ko‘rinishlaridan biri Abdulla

Oripovning “Fasllarim” she’rida shunday aks ettirilgan.

Yetaklashib qator va qator,

Yo‘ldan o‘tdi yetmish besh bahor.

U bahorlar meniki edi,

Bolam, bari seniki endi.

Yo‘ldan o‘tdi yoz bilan kuz ham,

Ular menga bo‘lganlar hamdam.

Ikkovi ham meniku edi,

Egalik qil, seniki endi.

Ortda qoldi chamanlar, bog‘lar,

Yo‘l so‘ngida ko‘rindi tog‘lar.

Muzliklarga borib yetdim men.

Faqat qishni ola ketdim men

[Oripov 2018, 369].

Yil fasllarining o‘tkinchiligi va bir me’yorda aylanib, birining

o‘rnini biri mufassal egallab turishini shoir lirik qahramon va uning

farzandi umriga uyg‘un holatda badiiy ifodasini yaratadi. Shoir nigo-

hida fasllar va inson umriga xos individuallik badiiy umumlashma

obrazga aylanadi.

Va nihoyat, manzara-obrazning uchinchi ko‘rinishida tabiat

butunligicha shoir qahramonining ruhiyatini, kayfiyatini ochib ber

-

ish vositasi sifatida muayyan kechinma, his-tuyg‘u uchun tashqi

fon, ya’ni makon va zamonga aylanadi. Bunday she’rlarning go‘zal

namunasi Oybek, Cho‘lpon, Abdulla Oripov, Mirtemir, Zulfiyaxonim

va boshqa shoirlarning ijodida uchratish mumkin. Oybekning “Na-

Uljon BOBOQULOVA

132


background image

matak” she’ridagi namatak obrazida ijodkorning so‘nmas ruhi tas-

virlangan bo‘lsa, Cho‘lponning “Go‘zal” she’rida esa go‘zal timsoli-

da erk obrazi, Abdulla Oripovning “Bahor” she’rida manzara shoir

tuyg‘ularining obyektiga-umumiy kontekstiga aylanadi, ya’ni bahor

manzarasi aslida falsafiy-lirik va tragik obraz uchun fon vazifasini

bajaradi.

Manzara obrazlarni yaratish uchun shoirdan faqat shoirona

iqtidor va o‘tkir nigoh talab qilinmaydi. Tabiatni his qilish, uni eshi

ta bilish, ohang va tovushlarini nozik qirralarigacha ilg‘ay olish, mu-

siqiy lavhalarni yarata bilish hamda qayta jonlantira olish muhim

o‘rin tutadi. Shundagina bu obraz oliy san’at hodisasiga aylanadi.

Buyuk shoir hatto kichik zarradan ham ulkan obraz yarata oladi.

Xulosa

Badiiy obrazda go‘zallik va hayot haqiqati uyg‘un holatda

tasvirlanadi. Bunda obraz zimmasidagi estetik idealning ahamiyati

uning mavjudligi bilan emas, balki olamni estetik o‘zlashtirishdagi

muhim o‘rni va adabiyotdagi aniq vazifalari bilan belgilanishini unut-

maslik kerak. Badiiy obraz tip va tasnifiga ko‘ra qaysi guruhga man

-

sub bo‘lsa ham, kitobxonda qandaydir emotsiya(hissiyot) uyg‘otishi

kerak. Bu esa badiiy obraz uchun muhim omil sanaladi.

Yuqoridagi tasniflarimiz, albatta, nisbiy bo‘lib, har bir ijodkor

o‘z pozitsiyasi va ilhomidan kelib chiqib obraz yaratadi. Shu nuqtayi

nazardan adabiyotshunoslikda badiiy obraz turlicha tasnif qilinadi.

Bu turlichalik tasnif uchun aynan qaysi jihat asos qilib olingani bilan

bog‘liqdir. Talqinning mukammalligini esa sinchining mahorati

belgilab beradi.

Adabiyotlar

Aкрамов Б. 1979.

Шеърият гавҳари (лирикада образ муаммоси).

Тошкент: Aдабиёт ва санъат.

Aристотел. 1980. Поэтика. Тошкент.

Блок А. 1971.

О назначении поэта.

Москва, Сов. Россия.

Erkayev A. 2021.

Abdlla Oripov fenomeni.

Toshkent: Oltin-nashr.

Гёте. 1969.

Поэзия и правда.

Москва, Худож. Летература.

Жўрақулов У. 2006.

Ҳудудсиз жилва.

Тошкент: Фан.

Жўрақулов У.

Назарий поэтика масалалари.

Тошкент: Ғафур Ғулом,

2015.

Oripov A. Sentabr she’rlari. https://kh-davron.uz.

Oripov A. 2021.

Shoirning tug‘ilishi.

Toshkent: Adabiyot.

Oripov A. 2018.

Everest va Ummon.

Toshkent: O‘zbekiston.

Quronov D va boshqalar.

Adabiyotshunoslik lug‘ati.

Toshkent: Akadem-

nashr, 2013.

Lirikada obraz tasnifi va talqini (Abdulla Oripov she’riyati misolida)

133


background image

Quronov D. 2018.

Adabiyot nazariyasi asoslari.

Toshkent: Akademnashr.

Тўпловчи Жўраев A. Онажон. Тошкент: Ўзбекистон, 2018.

Храпченко М.Б. 1986.

Горизонты художественново образа.

Москва:

Художественная литература.

Jabborov, N. A., & qizi Ikromova, N. H. (2021). ABDULLA ORIPOVNING

“HIKMAT SADOLARI” TURKUM SHE’RLARIDA PAYG’AM-

BAR OBRAZINING IFODALANISHI. Academic research in

educational sciences, 2(2), 279-283.

Jabborov, N. (2022). Alisher Navoiy an’analarining Abdulla Oripov she’ri

-

yatidagi poetik sintezi poetic synthesis of Alisher Navoi’s tra-

ditions in the poetry of abdulla oripov. in Library, 22(1), 112–

125. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/archive/

article/view/19399

Rahmonova, D. (2021). Ривожи миллат истар эрсанг. in Library, 21(1),

3–15. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/archive/

article/view/8139

Mirzakarimovna, R. D., & Kayumova, F. (2023). FACTORS OF RENEWAL OF

THE POETIC IMAGE IN TAVALLO’S CREATION. American Jour-

nal Of Philological Sciences, 3(04), 48-53.

Pardaev, K. (2019). MUKIMI’S SOURCE OF LYRICS AND COMPARATIVE

ANALYSIS. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute

for English Language and American Studies, 8(10), 78-85.

Amonov, S. (2020). Ahmad Tabibiy ijodi va uning “Munisu-l-ushshoq” de

-

voni nusxalari. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 1(1).

Uljon BOBOQULOVA

134


background image

Image classification and interpretation in

lyrics

(In the example of Abdullah Oripov’s poetry)

Boboqulova Uljon

1

Abstract

The concept of image, which is the basis of a work of art, has been

considered the most important element of art since ancient times and un-

til now. After all, an artistic image is the main tool that reflects the unique

characteristics of a work of art. At the same time, it is also a component

that expresses the aesthetic image of the world, a certain emotional state.

Therefore, the concept of image is a very complex and at the same time

comprehensive concept according to its characteristics and content. In one

way or another, the reflection of objective reality in the human mind is the

main root of the image in a broad sense. And the accompanying images

grow from this first base. In this respect, according to the nature and clas

-

sification of the image, it is distinguished in science, literature and art. This

article aims to study the problem of classification and interpretation of ima

ges in lyric poetry on the example of poet Abdulla Oripov.

Key words:

Abdulla Oripov, poetic image, imagery, lyrics, human,

classification and interpretation, experience, tragedy, individuality, generali

zation.

References

Akramov B. 1979.

Sheʼriyat gavhari (lirikada obraz muammosi).

Toshkent:

Adabiyot va sanʼat.

Aristotel. 1980.

Poetika.

Toshkent.

Blok A.

1971. O naznachenii poeta.

Moskva, Sov. Rossiya.

Erkayev A. 2021.

Abdlla Oripov fenomeni.

Toshkent: Oltin-nashr.

Gyote. 1969.

Poeziya i pravda.

Moskva, Xudoj. Leteratura.

Jo‘raqulov U. 2006.

Hududsiz jilva.

Toshkent: Fan.

Jo‘raqulov U. 2015.

Nazariy poetika masalalari.

Toshkent: G‘afur G‘ulom.

Oripov A. Sentabr sheʼrlari. https://kh-davron.uz

Oripov A. 2021.

Shoirning tug‘ilishi.

Toshkent: Adabiyot.

Oripov A. 2018.

Yeverest va Ummon.

Toshkent: O‘zbekiston.

Quronov D va boshqalar. 2013.

Adabiyoshunoslik lug‘ati.

Toshkent: Akadem-

1

Boboqulova S. Uljon

- Alisher Navoi PhD student of Tashkent State University of

Uzbek Language and Literature.

E-mail:

uljonboboqulova8@gmail.com

ORCID ID:

0009-0005-9072-2748

For citation:

Bobokulova, U.S. 2023. “Character classification and interpretation

in lyrics”.

Uzbekistan: language and culture. Literature

1 (2): 121-136.

Lirikada obraz tasnifi va talqini (Abdulla Oripov she’riyati misolida)

135


background image

nashr.

Quronov D. 2018. Adabiyot nazariyasi asoslari. Toshkent: Akademnashr.

To‘plovchi Jo‘rayev A. Onajon. Toshkent: O‘zbekiston, 2018.

Xrapchenko M.B. 1986.

Gorizonti xudojestvennovo obraza.

Moskva:

Xudojestvennaya literatura.

Jabborov, N. A., & qizi Ikromova, N. H. (2021). ABDULLA ORIPOVNING

“HIKMAT SADOLARI” TURKUM SHE’RLARIDA PAYG’AMBAR

OBRAZINING IFODALANISHI. Academic research in educa-

tional sciences, 2(2), 279-283.

Jabborov, N. (2022). Alisher Navoiy an’analarining Abdulla Oripov she’ri

-

yatidagi poetik sintezi poetic synthesis of alisher navoi’s tra-

ditions in the poetry of abdulla oripov . in Library, 22(1), 112–

125. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/archive/

article/view/19399

Rahmonova, D. (2021). Ривожи миллат истар эрсанг. in Library, 21(1),

3–15. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/archive/

article/view/8139

Mirzakarimovna, R. D., & Kayumova, F. (2023). FACTORS OF RENEWAL OF

THE POETIC IMAGE IN TAVALLO’S CREATION. American Jour-

nal Of Philological Sciences, 3(04), 48-53.

Pardaev, K. (2019). MUKIMI’S SOURCE OF LYRICS AND COMPARATIVE

ANALYSIS. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute

for English Language and American Studies, 8(10), 78-85.

Amonov, S. (2020). Ahmad Tabibiy ijodi va uning “Munisu-l-ushshoq” de

-

voni nusxalari. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 1(1).

Uljon BOBOQULOVA

136

Библиографические ссылки

Aкрамов Б. 1979. Шеърият гавҳари (лирикада образ муаммоси). Тошкент: Aдабиёт ва санъат.

Aристотел. 1980. Поэтика. Тошкент.

Блок А. 1971. О назначении поэта. Москва, Сов. Россия.

Erkayev A. 2021. Abdlla Oripov fenomeni. Toshkent: Oltin-nashr.

Гёте. 1969. Поэзия и правда. Москва, Худож. Летература.

Жўрақулов У. 2006. Ҳудудсиз жилва. Тошкент: Фан.

Жўрақулов У. Назарий поэтика масалалари. Тошкент: Ғафур Ғулом, 2015.

Oripov A. Sentabr she’rlari. https://kh-davron.uz.

Oripov A. 2021. Shoirning tug‘ilishi. Toshkent: Adabiyot.

Oripov A. 2018. Everest va Ummon. Toshkent: O‘zbekiston.

Quronov D va boshqalar. Adabiyotshunoslik lug‘ati. Toshkent: Akadem-nashr, 2013.

Quronov D. 2018. Adabiyot nazariyasi asoslari. Toshkent: Akademnashr.

Тўпловчи Жўраев A. Онажон. Тошкент: Ўзбекистон, 2018.

Храпченко М.Б. 1986. Горизонты художественново образа. Москва: Художественная литература.

Jabborov, N. A., & qizi Ikromova, N. H. (2021). ABDULLA ORIPOVNING “HIKMAT SADOLARI” TURKUM SHE’RLARIDA PAYG’AMBAR OBRAZINING IFODALANISHI. Academic research in educational sciences, 2(2), 279-283.

Jabborov, N. (2022). Alisher Navoiy an’analarining Abdulla Oripov she’ri-yatidagi poetik sintezi poetic synthesis of Alisher Navoi’s tra ditions in the poetry of abdulla oripov. in Library, 22(1), 112–125. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/archive/ article/view/19399

Rahmonova, D. (2021). Ривожи миллат истар эрсанг. in Library, 21(1), 3–15. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/archive/ article/view/8139

Mirzakarimovna, R. D., & Kayumova, F. (2023). FACTORS OF RENEWAL OF THE POETIC IMAGE IN TAVALLO’S CREATION. American Journal Of Philological Sciences, 3(04), 48-53.

Pardaev, K. (2019). MUKIMI’S SOURCE OF LYRICS AND COMPARATIVE ANALYSIS. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 8(10), 78-85.

Amonov, S. (2020). Ahmad Tabibiy ijodi va uning “Munisu-l-ushshoq” devoni nusxalari. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 1(1).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов