Usmon Nosir ijodining o‘rganilishi

CC BY f
85-97
47
29
Поделиться
Хидирова, Ф. (2023). Usmon Nosir ijodining o‘rganilishi. Узбекистан: язык и культура, 2(2), 85–97. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol2-iss2-y2023-pp85-97
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Usmon Nosir ijodi 30-yillarning boshlaridanoq ilmiy asosda o‘rganila boshlagan, asarlari o‘quv dasturlari va adabiyot majmua darsliklariga kiritilgan edi. Keyingi yillarda shoir hayoti va ijodini o‘rganish, tadqiq qilish kuchaydi. Adib asarlari bir necha bor chop etildi. Qator ilmiy maqolalar, kitoblar yaratildi. Bu sohada, ayniqsa, adabiyotshunos olimlardan Naim Karimov, Abubakir Rajabiy, Ibrohim G‘afurov, O‘tkir  Rashid, shoirning jiyani Nodira Rashidovalarning ilmiy izlanishlarini keltirsak bo‘ladi. A.Rajabiy Usmon Nosirga bag‘ishlangan kitobida shoir hayoti va ijodiy faoliyatini birinchi marta keng tarzda yoritib berdi. Maqolada adabiyotshunos olimlarning shoir hayoti va ijodini qaysi jihatlari tadqiq etilgani o‘rganilgan.


background image

Uzbekistan: Language and Culture 2023/2(2)

85

ISSN 2181-922X

85

97

Usmon Nosir ijodining o‘rganilishi

Xidirova Farangiz

1

Abstrakt

Usmon Nosir ijodi 30-yillarning boshlaridanoq ilmiy asosda

o‘rganila boshlagan, asarlari o‘quv dasturlari va adabiyot majmua dars-

liklariga kiritilgan edi. Keyingi yillarda shoir hayoti va ijodini o‘rgan-

ish, tadqiq qilish kuchaydi. Adib asarlari bir necha bor chop etildi. Qator

ilmiy maqolalar, kitoblar yaratildi. Bu sohada, ayniqsa, adabiyotshunos

olimlardan Naim Karimov, Abubakir Rajabiy, Ibrohim G‘afurov, O‘tkir

Rashid, shoirning jiyani Nodira Rashidovalarning ilmiy izlanishlarini kelt-

irsak bo‘ladi. A.Rajabiy Usmon Nosirga bag‘ishlangan kitobida shoir hayo-

ti va ijodiy faoliyatini birinchi marta keng tarzda yoritib berdi. Maqolada

adabiyotshunos olimlarning shoir hayoti va ijodini qaysi jihatlari tadqiq

etilgani o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar

:

Usmon Nosir, she’riy to‘plamlar, dramalar, poemalar,

tarjimlalar.

Kirish

Usmon Nosir ijodi 30-yillarning boshlaridanoq ilmiy asosda

o‘rganila boshlagan, asarlari o‘quv dasturlari va adabiyot majmua

darsliklariga kiritilgan edi. Keyingi yillarda shoir hayoti va ijodini

o‘rganish, tadqiq qilish kuchaydi. Adib asarlari bir necha bor chop

etildi. Qator ilmiy maqolalar, kitoblar yaratildi. Bu sohada, ayniq-

sa, adabiyotshunos olimlardan Naim Karimov, Abubakir Rajabiy,

Ibrohim G‘afurov, O‘tkir Rashid, shoirning jiyani Nodira Rashido-

valarning xizmatlari alohida ta’kid va tahsinga loyiqdir. Biz shoir ijo-

di va hayot yo‘lining o‘rganilishini shartli ravishda ikki davrga: mus-

taqillikkacha (sho‘ro davri) va mustaqillikdan keyingi davrga ajratdik.

Bunday davrga bo‘lishga sabab esa o‘z-o‘zidan ma’lum: sobiq sho‘ro

davrida adabiyot juda katta taqiq ostida edi. Ayniqsa, xalq dushmani

sifatida qamalgan shoir va yozuvchilar asarlarini tahlil qilish, o‘rga-

nish mumkin emas edi. To‘g‘ri, oshkoralik yillarida o‘zbek adabiyoti

1

Xidirova Farangiz Rustam qizi

– magistrant, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent

davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-mail

: simbadfar98@gmail.com

ORCID ID

: 0009-0007-6426-1970

Iqtibos uchun:

Xidirova, F. 2023. “Usmon Nosir ijodining o‘rganilishi”.

O‘zbekiston:

til va madaniyat

.

Adabiyotshunoslik

2(2):

85-97.


background image

86

Farangiz XIDIROVA

biroz yengil nafas ola boshladi. Lekin bu yillarga to‘la ishonch yo‘q

edi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan Usmon Nosir ijodini ilmiy asos-

da o‘rganish o‘sha yillardan boshlangan. A.Rajabiy Usmon Nosirga

bag‘ishlangan kitobida shoir hayoti va ijodiy faoliyatini birinchi mar-

ta keng tarzda yoritib berdi. Naim Karimov o‘z asarlarida Abubakir

Rajabiyni Usmon Nosir ijodining dastlabki tadqiqotchisi deya bahol-

agan. A.Rajabiy o‘z ishida zamondoshlarning xotiralariga taya- nib

“Bizning ko‘zgu” qo‘lyozma gazetasi va jurnalida yosh shoirning

“Paxtakor”, “Keng yo‘lda”, “Komsomol xati”, “1-may ”, “Bahor” kabi ilk

she’rlari bosilgani haqida ma’lumot bergan. Bu qatordagi she’rlar-

dan faqat “Paxtakor” sarlavhali “adabiy montaj”gina, keyinchalik

Usmon Nosirning “Quyosh bilan suhbat” to‘plamida nashr etilgan va

saqlanib qolgan.

Sho‘ro davrida shoir haqida “O‘zbek sovet adabiyoti tarixi

ocherki”da berilgan qisqa ma’lumot, shoirning dastlabki tanlan-

gan asarlarida berilgan “Usmon Nosir” (O‘tkir Rashid) so‘z boshi,

1969-1970-yillarda Abubakir Rajabiy tomonidan to‘plangan 2 jildlik

tanlangan asarlaridagi “Hayot va she’riyat oshig‘i” (Uyg‘un) kirish

so‘zi, Ibrohim G‘afurovning Usmon Nosir poeziyasi haqidagi risolasi

va “Sharq yulduzi” jurnalida “U tug‘ma shoir edi”, “Shoir Usmon No-

sir” (O‘tkir Rashid) maqololalar chiqqan. 1967-yilda Ibrohim G‘afu

-

rovning “Usmon Nosir” nomli monografiyasi nashr etildi. Usmon No

-

sirni u yurak va mehr shoiri sifatida tadqiq qiladi. 1982-yil “Yoshlik”

jurnalining noyabr oyidagi 11-sonida Ibrohim G‘afurovning “Yuragi-

da bahor yashagan shoir” nomli maqolasi e’lon qilingan. Olim maz-

kur maqolasida Usmon Nosir she’rlardagi o‘ziga xos lirik qahramon

haqida fikr yuritadi. Maqolada adabiyotshunos shunday fikrlarni

keltiradi: “Biz Usmon Nosirni o‘z tili, o‘z ifodasi bilan YO‘LCHI deb

ataymiz. U har bir she’rida bizga YO‘LCHI SIYMOSIDA gavdalanadi.

U o‘zini yo‘lchi deb atashni yaxshi ko‘radi. Uning she’rlari va dos-

tonlaridagi tasvirlar ham yo‘lchi obrazining tabiati, mohiyati bilan

bog‘lanib ketadi. Usmon Nosir - yo‘lchi - yo‘llarni, yo‘llarda uchragan

go‘zal manzaralarni chizishni, tasvirlashni sevadi. U yo‘lchi kabi ma-

konni juda nozik va behad teran tasavvur qiladi. Shoir sifatida unda

makonni his qilish juda ham rivojlanib yetgan. Uning eng yaxshi

she’rlarida makon o‘z yorqin chegaralari yoki chegarasizligi ajib va

benihoya xarakterli detallari bilan ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi”

[G‘afurov 1982]. Usmon Nosir she’riyatining o‘ziga xos tomonlarini

o‘rganish, tahlil qilish uchun adabiyotshunoslar tomonidan bir nech-

ta tadqiqotlar o‘tkazilgan. Sovet davrida shoir haqida qilingan ishlar

shulardan iborat.


background image

Usmon Nosir ijodining o‘rganilishi

87

O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida e’lon qilingach, adabi-

yotshunoslik sohasida ham siljishlar yuz berdi. SSSR davrida xalq

dushmani sifatida qamalib, asarlari qora ro‘yxatga tushgan shoir va

yozuvchilar asarlari to‘planib, yangi nashrlari chiqarildi. Ularning

hayoti va ijodi haqida ilmiy ishlar qilina boshlandi. Shular jumlasi-

dan Usmon Nosir hayoti va ijodi haqida ilmiy ishlar qilindi, kitob-

lar chop etildi. Filologiya fanlari doktori N.Karimov “Istiqlol fido-

yilari” turkumida U.Nosirga bag‘ishlab ikkita kitob chiqardi. “Usmon

Nosir” (1993) kitobi shoir umrining Namanganda va Qo‘qonda

o‘tgan bolalik fasli haqida hikoya qiladi. “Usmon Nosirning so‘nggi

kunlari” (1994) kitobi shoir hayotining Toshkent davri hamda qa

-

moqda kechgan fojiali yillarini tasvirlaydi. Har ikki kitob hayotiy

lavhalar, hujjatlar va rivoyatlardan iborat.

Shoir Usmon Nosir madhida, uning yuksak iste’dodini ulug‘-

lab ko‘plab she’rlar yozilgan. Nazmiy bag‘ishlov turkumini 30-yil-

larning boshlaridayoq shoir Ergash boshlab bergan edi. “Vatandosh”

she’rida u Usmon Nosir asarlarining joziba kuchini g‘aroyib bir man-

zara yordamida tasvir qiladi. Shoirning pok nomi tiklangandan keyin

unga bag‘ishlab ko‘pgina asarlar ijod qilindi. Namanganlik shoirlar-

imiz ham o‘z qadrli hamyurtlari madhini va dardini kuylovchi qator

asarlar yaratdilar va yaratmoqdalar.

Usmon Nosir adabiy portretini yaratish va shoirning ich-

ki dunyosini, otashin ijodkor taqdirini adabiy lavhalarga muhrlash

oson ish emas. Ijodkor adabiy merosiga davr nuqtayi nazaridan ada-

biy baho berish adabiyot jonkuyarlarga xos hodisadir. Akademik

Naim Karimov shoir Usmon Nosirning hayot haqiqatlarini dalillarda

isbotlashga erishgan adabiyotshunos olimdir. Naim Karimov ilmiy

izlanishlarining bir tarmog‘i Usmon Nosirning ijodi, adabiy merosi,

hayot yo‘li va adabiyot maydonidagi o‘rniga bag‘ishlangan. Xususan,

“Usmon Nosir hayotidan lavhalar, hujjatlar, rivoyatlar” (1993-yil)

hamda “Usmon Nosirning so‘ngi kunlari: hayotiy lavhalar, hujjatlar,

rivoyatlar” (1994-yil) nomli alohida nashrlar shoir hayoti va ijod

olami haqida bizga arxiv ma’lumotlariga asoslangan daliliy adabiy

materiallarni beradi. Kitoblarini o‘qish jarayonida Naim Karimov

shoirning ba’zi she’rlarini o‘ziga xos tarzda tahlil qilganini ko‘rishimiz

mumkin. Adabiyotshunos she’rlarning aynan biografik tahliliga e’ti

-

bor qaratgan. Birinchi kitobda shoirning “Naxshon” dostonidagi

tabiat tasvirlariga alohida to‘xtalib o‘tadi. “Zamondoshlari aytishi-

ga ko‘ra, Usmon Nosir o‘sha yillarda fasllarning, tun bilan kunning

o‘zaro almashish daqiqalariga xos ilohiy belgilarni payqash, tuyish

va ko‘rishga katta ahamiyat bergan. Nasrullo Davronning guvohlik


background image

88

Farangiz XIDIROVA

berishicha, u quyosh chiqib, tong otishi manzarasini barcha bo‘yoq-

lari va nozik asarlarida foydalanish uchun daryo va ko‘l bo‘ylarida

tong ottirgan. U shubhasiz, shunday qiziqish bilan kun botishi-yu

oqshomning moviy ipak pardasining tushishini ham kuzatgan.

Shafaq – uzun lenta

Dengiz chetida…

Bu kun botishi ayon bo‘lgan lahzadagi manzara.

Shafaq o‘chay deb qoldi

Kaptar qonidek rangsiz…

Bu – o‘sha lahzaning davomi. Kun botishi jarayonidagi navbat-

dagi bosqich tasviri.

Oftob ham suv ichar

Tog‘lardan pastda.

Loladek qip-qizil

O‘t shafaq o‘chdi.

Bu – quyosh botishining so‘nggi lahzasi.

“Naxshon” dostonidan yuqorida keltirilgan parchada kun bo-

tishining ana shu uchala “bosqichi” ham g‘oyat mohirlik bilan tasvir-

langan. Tabiat hodisalarining ana shunday nozik va sezilarsiz haraka-

tini ko‘rib ilg‘agan va tasvir etgan shoirgina haqiqiy ijodkor bo‘lishi

mumkin” [Karimov, 1993]. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, adabiyot

-

shunos shoir ijodini tahlil qilishda biografik metoddan faol foyda

-

langan. Har qanday asarini tahlil qilish jarayonida Usmon Nosir-

ning zamondoshlari xotirasiga yoki shu davr matbuotida e’lon

qilingan manbaga asoslanib fikr yuritgan. Olimning mazkur tad

-

qiqotlarida Usmon Nosirning she’riy to‘plamlariga kiritilmagan,

keyinchalik izlanishlar natijasida topilgan ba’zi she’riy asarlari va tar-

jimalarini ham ko‘rishimiz mumkin. Usmon Nosirning Firdavsiyning

“Shohnoma”sidan qilgan tarjimasi men uchun katta yangilik bo‘ldi.

Firdavsiyning ming yilligi Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Shu muno-

sabat bilan Sadriddin Ayniyning aksar saboqlari Firdavsiy ijodiga

bag‘ishlanib, u talabalarni bo‘lajak tantanalarga ruhan tayyorlab

bordi. Ayniy Usmon Nosirni “Shohnoma”ning ayrim boblarini o‘zbek

tiliga tarjima qilishga ilhomlantirdi. Usmon Nosir “Shohnoma”ning

Mahmud Sulton haqidagi bir bobini o‘zbek tiliga tarjima qilib,


background image

89

Usmon Nosir ijodining o‘rganilishi

yubiley kechasida o‘qib bergan.

Naim Karimovning Usmon Nosir to‘g‘risidagi boshqa qa-

tor tadqiqotlari: “Kumush irmoq” (1983), “Ko‘p hali hayotda nasi

-

bam” (1988), “Bir satri ham unutilmaydi” (1989), “Ajdaho komida

”(1990), “Shoir izlarini izlab” (1990), “E’tiqod”(1994), “Olov bo‘lib

chiqqan oltin satrlar” (1996), “Usmon Nosirdiq” (qoraqalpoq tilida,

1996-yil), “Moviy ko‘zlar tasviri” (1997), “Iste’dod yolqini” (1999),

“Shoirning so‘nggi qo‘shig‘i”(2002-yil), “Usmon Nosir”(2005-yil),

“O‘zbek she’riyatining so‘nmas yulduzi” (2012-yil), “Iste’dod

yolqini”(2017-yil), “Qafasdagi shoir”(intervyu, 2008-yil) nom-

li maqolalari hamda adabiy suhbatlari shoirning adabiy portretini

yaratishdagi muhim qadamlar hisoblanadi. Olimning “Bir satri ham

unutilmaydi” (1989-yil), “Iste’dod yolqini” (1999-yil), “Shoirning

so‘ngi qo‘shig‘i” (2002-yil) nomli adabiy maqolalari adib faoliyati-

ga aniqliklar kiritishda, asarlarining to‘plam holida shakllanishida

ahamiyatli manbadir. Akademik Naim Karimovning “Sharq yulduzi”

jurnalining 1989-yil 7-sonida nashr etilgan “Bir satri ham unutil

-

maydi” nomli maqolasi shoir she’rlari, dramalarining to‘plam holiga

kelishiga otashin chaqiriq bo‘ldi. Usmon Nosirning she’rlari taqdi-

ri masalasidagi o‘ylar olimga tinchlik bermadi. Naim Karimovning

“Uning na darbadarlikning sovuq so‘qmoqlarida, na dorilomon ha-

yotning qaynoq jabhalarida yozgan asarlarini izlab topish uchun jon

kuydurganimiz yo‘q. Bizning bunday loqaydligimizni kelajak avlod-

lar qanday baholar ekan” degan fikri davr uchun dolzarblik kasb

etdi. Olimning o‘zi ham aynan shu ishga bel bog‘laganlardan biri edi:

“Kamina, eski gazeta va jurnal taxlamlaridan Usmon Nosir qalamiga

mansub bir necha she’r va tarjimalarni topib, uning boshqa asarla-

rini ham qo‘lga kiritish umidi bilan yashayotganlardan biri bo‘lsam,

ajab emas” [Karimov, 1989. 7-son]. Ushbu kichik taqdiqot ishi orqa

-

li N.Karimov shoir ijodini hozirgi adabiy jarayonning qat’iy talab-

lari, she’r ilmining to‘la-to‘kis badiiyati nuqtayi nazaridan baholash

xato bo‘lishini jamoatchilikka e’lon qildi. “20-30-yillarda yashagan

Usmon Nosirga tengdosh shoirlarni esa umuman bugungi she’riya-

timizning gazi bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham Usmon

Nosirning 1935-1936-yillarga oid asarlariga adabiyotimizning bu

-

gungi yuksak talablaridan kelib chiqib yondashish tarixiylik prin-

sipiga xilof bo‘ladi” [Karimov, 1989. 7-son]. Akademik “O‘zbekiston

adabiyoti va san’ati” gazetasining 1999-yil 22-oktyabr 43-sonida

chop qilingan “Iste’dod yolqini” nomli maqolasida 1937-yil 17-may

kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan o‘zbek san’ati dekadasida 25

yoshli yosh va navqiron Usmon Nosirning hayotidagi baxtli lahzasini


background image

90

Farangiz XIDIROVA

tasvirlaydi. Akademik Naim Karimov Usmon Nosirning “Literatur-

naya gazeta”da bosilib chiqqan suratini izlab topdi va ushbu surat

shoirning erkinlikdagi so‘nggi surati ekanligini ta’kidlaydi. “Endigina

25 yoshga qadam qo‘ygan yigit bu suratdan o‘ychan, o‘tkir nigohli,

es-hushini yig‘ib olgan, maqsad sari intilgan kishi sifatida boqib tura-

di. Bu – Usmon Nosirning erkinlikdagi eng so‘nggi suratidir”. Katta

Iste’dod yulduzi so‘nmas yulduzlardan biri bo‘lsa ajab emas, Yangi

O‘zbekiston gazetasi].

Olim arxiv manbalari, ommaviy axborot vositalari, gaze-

ta materiallaridan hamda shoirning maslakdosh do‘stlari xotira

so‘zlariga tayangan holda Moskva safaridagi shoirning ijodiy olami

va undagi tarjimonlik mahoratining alohida xususiyatlari haqida

yangi ma’lumotlar keltiradi, Usmon Nosirning favqulodda iste’dod

egasi ekanligini e’tirof qiladi. “Usmon Nosir dekada paytida Eski

maydonda joylashgan “Sharq uyi”da yashadi. Uning pasportida bu

haqda maxsus qayd bor. Unga ko‘ra, shoir 17-maydan 6-iyunga qa-

dar o‘sha yerda istiqomat qilgan. O‘sha kezlari Usmon Nosir bilan

“Sharq uyi”da tez-tez ko‘rishib turgan Sobir Abdullaning aytishicha,

shoir juda kam uxlab, ko‘p yozgan va ko‘p o‘qigan, yozgan she’rla-

rini esa qo‘qonlik hamshahriga o‘qib bergan. “Men shunda Usmon

Nosirning chinakam talant ekanligiga qoyil qolgan edim”, deb xulo-

sa chiqargan Sobir Abdulla”. Adabiyotshunos olimning “O‘zbekiston

adabiyoti va san’ati” gazetasining 2002-yil 9-avgust 33-sonida chop

qilingan “Shoirning so‘nggi qo‘shig‘i” nomli maqolasida esa Usmon

Nosirning tarjimonlik mahorati, o‘zbek teatrlarida jahon adabiyoti

namunalarining sahna yuzini ko‘rishidagi alohida jonbozligi to‘la

yoritib berilgan. “XX asrning 30-yillaridan Betxoven muzikasi bilan

muzayyan etilgan “Egmont” tragediyasi mashhur rus artistlari ijro

-

sida namoyish etila boshlandi. O‘sha yillari O‘zbekiston radioqo‘mi-

tasida ham ushbu asarni efir orqali o‘zbek tilida xalqqa yetkazish

istagi tug‘ildi. Qo‘mita rahbari Qurbon Bereginning maslahati bilan

asar tarjimasi Usmon Nosirga topshirildi. Shu kezlari “Demon”ni

o‘zbek tiliga qoyilmaqom tarjima qilgani va ijodida isyonkorlik ruhi

kuchli ekani uchun Qurbon Beregin nazarida, bu asarni faqat Usmon

Nosirgina tarjima qilshi mumkin edi” [Karimov, 2002. 9-oktabr. 33-

son]. Usmon Nosirga berilgan bu imkoniyat o‘zbek adabiyotidagi

adabiy tarjimashunoslikni rivojlantirdi. Xususan, Usmon Nosir tar-

jimalari M.Lermontovning “Demon”, A.Pushkinning “Bog‘chasaroy

fontani” asarlarini mohirona tarjima qildi. Bu asarlarning mukam-

mal tarjimasi uchun shoirning qalamiga mansub “Nazirjon Halilov”,

“Zafar”, “Gʻalaba”, “Dushman”, “Atlas” nomli dramalari ijodiy amaliyot


background image

Usmon Nosir ijodining o‘rganilishi

91

vazifasini bajargan. Drammalarning yozilishi M.Lermontovning “De-

mon”, A.Pushkinning “Bog‘chasaroy fontani”, Gyotening “Egmont”

pyesalarining tarjima qilishda adabiy-ijodiy tayyorgarlik vazifasini

o‘tab kelajakdagi tarjima asarlarning dunyoga kelishiga xizmat qil-

di. “50-yillari O‘zbekiston radioqo‘mitasiga ishga kelgan taniqli so‘z

ustasi Ubay Burhon, keksa radiojurnalist Burhon Ziyoyevning xotir-

lashiga ko‘ra, mazkur tarjimaning boshqa bir nusxasini topib, shu

nusxa asosida “Egmont ” radiospektaklini tayyorladi va bu asar uzoq

yillar davomida efir orqali eshittirib borildi. Biz bugun bu asarni o‘qir

ekanmiz, uning dahshatli 1937-yili Usmon Nosir tomonidan bejiz

tarjima etilmagani va unda qatl oldida turgan o‘zbek shoirlarining

qalb nidolari ifodalanganiga guvoh bo‘lamiz. Quyida birinchi marta

e’lon qilinayotgan “Egmont” monologi otashnafas shoir va tarjimon

Usmon Nosirning so‘nggi qo‘shig‘idir”. Gyotening “Egmont” asarini

o‘zbek tilida Usmon Nosir tarjimasida millatga taqdim qilinishi olim

Naim Karimovning bu sohaga qo‘shgan alohida hissalaridan biridir.

Keyinchalik Usmon Nosirning avaxtada yozilgan 18 qator she’ri,

ya’ni 8 satr, ikki to‘rtlik va bitta ikkilikdan iborat “Yurak tug‘yoni”

nomli she’r qo‘lyozmasi topiladi. Ajablanarlisi, qo‘lozmani adabiyot-

shunos olimga o‘sha payti Usmon Nosirning tergovida qatnashgan

va xizmat vazifasiga xilof bo‘lsa-da, “xavfli she’rlarini” turmadan olib

chiqqan tergovchi topshirgan.

Usmon Nosir hayoti va ijodi haqida ko‘p yozilgan.

Shoirning

singlisi Rohatxonning qizi Nodira Rashidova tog‘asining qabrini to-

pish uchun necha yillab sa’y-harakatlar qiladi. Tog‘asi haqida ma’lu-

mot so‘rab, Kemerovaga xat yozadi. Tayinli ma’lumot ololmagach,

Kemerovaga o‘zi boradi. Unga Usmon Nosirning o‘limi haqida tibbiy

xulosasining nusxasi beriladi. Hujjatda shoirning “o‘pka kasalidan

vafot etgani” to‘g‘risida yozilgan edi. Shoirning jiyani qiyinchiliklar

bilan tog‘asining qabrini topishga muvaffaq bo‘ladi. Xotira yodgorli-

gi o‘rnatadi.

Otashqalb shoir Usmon Nosir xotirasi nafaqat u tug‘ilib

o‘sgan yurtda, balki Kemerovada ham yodga olinadi. Kemerovoda

har yili shoir she’riyatiga bag‘ishlangan adabiy kechalar o‘tkazila-

di. Bundan tashqari, u yerda Usmon Nosir muzeyi ham bor. Usmon

Nosir she’rlari Kuzbass shoirlari tomomidan rus tiliga tarjima

qilingan.

Shoir bir she’rida shunday bashorat qilgan edi:

Ming yillardan keyin ham

Unutmas meni bog‘im.


background image

92

Farangiz XIDIROVA

She’rlarim yangrab qolur…

Bir umrga o‘lmayman.

Bundan keyin ham Usmon Nosir haqida ko‘plab tadqiqotlar

qilinishi tabiiy. Bu yil shoir tavalludining 110 yilligi yurtimizda keng

nishonlanadi. Shu munosabat bilan Prezidentimizning “Otashin

shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yil-

ligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi 2022-yil 10-fevral, PQ-125-son

qarori qabul qilindi. Xususan, Namangan davlat universitetida 2022-

yil 12-noyabr kuni o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman shoir

ijodiga bag‘ishlanganligi ham muhim ahamiyatga ega. Uning ezgu

insoniy fazilatlar, Vatanga muhabbat va sadoqat, kelajakka yuksak

ishonch tuyg‘usi bilan kirib kelgan yetuk badiiy asarlarining xalqimiz

ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni ahamiyat-

lidir. XX asr 30-yillarida o‘zbek she’riyatiga chaqmoqdek kirib kel-

gan va yashindek qisqa umr kechirgan, ko‘zga ko‘ringan va el og‘ziga

tushgan, otashin shoir, benazir ijodkor, dramaturg, iste’dodli tar-

jimon, o‘zbek adabiyotining yorqin va zabardast shoirlaridan biri,

shubhasiz, o‘zbek Lermontovi, o‘zbek adabiyotining chaqmoq shoiri

Usmon Nosir hisoblanadi.

Prezidentimizning “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg

Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”-

gi Qarori o‘zining betakror iste’dodi, yuksak matonati va xalqpar-

varligi bilan o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan, mustabid

tuzum davrida siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan ijodkor xotirasi-

ni abadiylashtirishga qaratilgan tarixiy hujjat bo‘ldi. Mazkur qa-

rordan so‘ng shoir haqida ko‘plab adabiyotshunoslar maqola va

esselar e’lon qildilar.

“Xalq so‘zi” gazetasining 2022-yil 23-aprel sonida To‘ra

Mirzoning “Usmon Nosirni eslab” nomli badiasi e’lon qilingan. Ba-

diada shoirning hayot yo‘li haqida ma’lumotlar keltirilgan. To‘ra

Mirzo Yozuvchilar uyushmasining ikkinchi delegatsiyasi tarkibida

Kemerovaga borgan. Kemerovada shoir qabrini qanday aniqlashti-

rishgani haqida xotirlari bilan bo‘lishgan. Shoirning Kemerovadagi

hayoti qanday kechgani haqida ba’zi qiziq ma’lumotlar keltirgan. Ba-

dianing o‘ziga xos jihati shundaki, To‘ra Mirzo Usmon Nosirning ona-

si Xolambibiga murojaat sifatida yozilgan she’ri keltirilgan. She’rda

shoirning bolaligida qanday qiyinchiliklar ko‘rganini his qilishimiz

mumkin:

… O‘ttizinchi sabil yil, Xolambibi,

Qurt-qumursqa bo‘ldi fil, Xolambibi,

Usmon Nosir she’rin osmonga yozir,


background image

Usmon Nosir ijodining o‘rganilishi

93

Yolg‘on ko‘kda, chin soz qil, Xolambibi.

[Mirzo T. 2022-yil 23-aprel.]

Yana To‘ra Mirzoning safar taassurotlari, ulug‘ shoirning

ayanchli taqdiri bilan bog‘liq xotiralari haqidagi “Marinsk hibs-

xonasi kutubxonachisi iqrori” she’ri ham keltirilgan:

Kemerova hibsxonasi,

Mahbuski, kishanda nafasi,

Dohiy, xalqlar otasin maqtab,

Bosh g‘urra, tinmas “ura, ur…” sasi.

Bir shoir Mashrabning xeshimi?

Bo‘zlaydi kunduzmi yo kechmi.

So‘zlarni ushlaydi, mushtlaydi,

Kim o‘zi? Vijdonning eshimi?

Baqirar, hayqirar, pichirlar,

Tishida tovushlar vijirlar.

Ko‘zlari porlaydi bir mayin,

Kipriklar hayqirib, g‘ijirlar…

[Mirzo T. 2022-yil 23-aprel].

Akademik Naim Karimovning “O‘zbekiston adabiyoti va

san’ati” gazetasining 2022-yil 18-fevralida chiqqan 6-sonida “Mu-

navvar ijod va fojiali taqdir” nomli maqolasi e’lon qilingan. Bu

maqolada Usmon Nosirning zamondoshlari xotiralari, shoirning

nima uchun ayblangani haqidagi hujjatlar, shoirning Stalin nomiga

yozgan arizasi va qanday oqlangani haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

Ayni shu gazetaning 2022-yil 20-may sanasidagi 17-sonida

shoira Zulfiya Mo‘minovaning “Ko‘ziga oyni berkitgan shoir” nomli

maqolasi e’lon qilingan. Maqolada shoirning ba’zi she’rlari tahlil etil-

gan.

Usmon Nosir tavalludining 110-yilligi munosabati bilan yosh

tadqiqotchi Xurshid Serobov “Usmon Nosir” nomli risolasini e’lon

qildi. Risolada shoir haqida o‘ziga xos tarzda fikr yuritilgan.

Qaror asosida Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini mam-

lakatimizda adabiyot va san’at bayrami sifatida keng nishonlanibgina

qolmay, uning qatag‘on davrida kechgan hayoti va faoliyatini o‘rga-

nish, hozirga qadar noma’lum bo‘lib kelayotgan qo‘lyozma asarla-

rining taqdiri haqida ma’lumotlar to‘plash ishlari olib borildi. Badiiy

akademiya, Yozuvchilar uyushmasi va “Shahidlar xotirasi” jamg‘ar-

masi bilan birgalikda belgilangan tartibda Rossiya Federatsiyasi

Kemerovo viloyatining Mariinsk shahrida, Namanganda Usmon


background image

94

Farangiz XIDIROVA

Nosir xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik o‘rnatildi. Bugungi kunda

Toshkent va Namangan shaharlaridagi ko‘cha va maktablarga Usmon

Nosir nomi berildi. Maktablarda yuqori sinflar o‘rtasida “Unutmas

meni bog‘im” mavzuida insholar tanlovi o‘tkazildi. Yurt peshonasida

Erk, Istiqlol nurlari porlashini orzu qilgan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon,

Fit- ratlar singari xalqimizning benazir farzandlari orasida Usmon

Nosir eng yoshi edi. U yigirma besh yoshida qamoqqa tashlanib,

erkidan ayrildi. U o‘zbek elining tarixdagi armoni bo‘lib qoldi. Ha,

Usmon Nosir murakkab davrda yashadi. Uning zamonasozlik ruhi-

dagi, o‘sha davr mafkurasi ta’sirida yaratgan she’rlari yo‘q emasdi.

Lekin uning o‘zbek dramaturgiyasi sahifalariga muhrlangan be-

takror asarlari, samoviy tuyg‘ularga yo‘g‘rilgan yangroq ovozi ham

borki, u hamisha tog‘ning musaffo jilg‘alaridek jaranglab turajak.

Hammasidan ham shoirda bezavol, navqiron ruh mujassam edi. Bu

ruh adabiyotimiz osmonida yorqin yulduz bo‘lib, zamonlar osha nur

sochaveradi.

Adabiyotlar

Jadid adabiyoti namoyondalari. 2022. Usmon Nosir. Toshkent: Zabarjad

media.

Karimov N. Iste’dod yolqini. O‘zAS. 1999-yil. 22-oktyabr. 43-son.

Karimov N. Shoirning so‘nggi qo‘shig‘i. O‘zAS. 2002-yil, 9- oktabr. 33-son.

Karimov. N. Katta Iste’dod yulduzi so‘nmas yulduzlardan biri bo‘lsa ajab

emas, Yangi O‘zbekiston gazetasi.

Karimov N. Bir satri ham unitilmaydi. Sharq yulduzi. 1989-yil. 7-son.

Karimov N. Munavvar ijod va fojiali taqdir. O‘zbekiston adabiyoti va san’ati

gazetasi 2022-yil 18-fevral. 6-son.

Mo‘minova Z. Ko‘ziga oyni berkitgan shoir. O‘zbekiston adabiyoti va san’ati

gazetasi 2022-yil 20-may. 17-son.

Mirzo T. Usmon Nosirni eslab. Xalq so‘zi gazetasi. 2022-yil 23-aprel.

Nosir U. Yurak, sensan mening sozim: she’rlar va dostonlar

Serobov X. 2022. Usmon Nosir. Toshkent: Ma’naviyat.

G‘afurov I. Qismatning ovozi. (Usmon Nosir ilhomlari) 2017 yil. https://

kh-davron.uz/

G‘afurov I. Yuragida bahor yashagan shoir Yoshlik jurnal 1982-yil noyabr

11-son

Абубакр Ражабий. 1971. Усмон Носир. Тошкент.

Каримов Н. 1993. Усмон Носир. Тошкент: Шарқ нашриёти.

Каримов Н. 1994. Усмон Носирнинг сўнгги кунлари. Тошкент: Шарқ

нашриёти.

Усмон Носир. 1969. Танланган асарлар. Икки томлик. I том. Тошкент:

Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти.

Усмон Носир. 1969. Танланган асарлар. Икки томлик. II том. Тошкент:

Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти.

Усмон Носир. 1984. Юрак. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги бадиий


background image

адабиёт нашриёти.

Усмон Носир. 1988. Унутмас менинг боғим (Чақмоқ умри).

Усмон Носир. 1984. Юр тоғларга чиқайлик. Юрак ва меҳр шоири

(сўзбоши). Тошкент: Ёш гвардия.

Usmon Nosir. 1969. Tanlangan asarlar. Ikki tomlik. II tom. Toshkent: G‘afur

G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti.

Usmon Nosir. 1984. Yurak. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy

adabiyot nashriyoti.

Usmon Nosir. 1988. Unutmas meni bog‘im ( Chaqmoq umri),

Usmon Nosir. 1984. Yur tog‘larga chiqaylik. Yurak va mehr shoiri (so‘zboshi).

Toshkent: Yosh gvardiya.

Жабборов, Н. (2021). История текста и некоторые комментарии к его

генезису. in Library, 21(2), 632–636. извлечено от https://

inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17713

Жабборов, Н. (2022). Образ национального духа в поэзии Эркина

Вахидова. in Library, 22(4), 49–56. извлечено от https://

inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17731

Rasulova, U. Y. (2021). The pride of the nation. ACADEMICIA: An Interna

-

tional Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1685-1688.

Rasulova, U. (2020). Novelties in poetics of tales. ISJ Theoretical & Applied

Science, 01 (81), 220-224.

Rasulova, U. (2021). Devotees of knowledge. Asian Journal of Multidimen-

sional Research, 10(10), 1270-1274.

Rasulova, U. (2020, December). THE EXPRESSION OF DIVINE LOVE IN

CURRENT STORIES. In Конференции.

Ulug‘ov, A. (2021, March). MAHMUDHOJA BEHBUDI IS A FIGURE OF HIS

-

TORY. In

Конференции

.

Abdulla, U. O. (2021). GREAT TEXTBOOK OR THE CREATION OF A SCHOL

-

ARLY LITERARY CRITIC.

Conferencea

, 83-94.

Abdulla, U. O. (2021). GREAT TEXTBOOK OR THE CREATION OF A SCHOL

-

ARLY LITERARY CRITIC.

Conferencea

, 83-94.

Ulug’ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov.

Asian Journal of Research

in Social Sciences and Humanities

,

11

(12), 295-305.

Amonov, S. (2019). Khamza Poetry: Sources And Text Research. Philology

Matters, 2019(3), 14-20.

Normurotovich, A. S. (2023). A DESCRIPTION OF THE SOURCES OF THE

LITERARY HERITAGE OF AKHMAD TABIBY.

Open Access

Repository

,

4

(2), 305-311.

95

Usmon Nosir ijodining o‘rganilishi


background image

Study of Usman Nasir’s work before

and after independence

Khidirova Farangiz

1

Abstract

Usman Nasir’s work has been studied on a scientific basis since the

beginning of the 30s, and his works were included in educational programs

and textbooks of the literary complex. In the following years, the study and

research of the poet’s life and work increased. Literary works have been

published several times. A number of scientific articles and books were

created. In this field, we can mention the scientific researches of literary

scholars Naim Karimov, Abubakir Rajabi, Ibrahim Gafurov, O’tkir Rashid,

the poet’s niece Nodira Rashidova. In his book dedicated to Usman Nasir,

A.Rajabi covered the poet’s life and creative activity for the first time. The

article examines which aspects of the poet’s life and work have been stud-

ied by literary scholars.

Key words:

Usman Nasir, poetry collections, dramas. poems, trans-

lations.

References

Jadid adabiyoti namoyondalari. 2022. Usmon Nosir. Toshkent: Zabarjad

media.

Karimov N. Iste’dod yolqini. O‘zAS. 1999-yil. 22-oktyabr. 43-son.

Karimov N. Shoirning so‘nggi qo‘shig‘i. O‘zAS. 2002-yil, 9- oktabr. 33-son.

Karimov. N. Katta Iste’dod yulduzi so‘nmas yulduzlardan biri bo‘lsa ajab

emas, Yangi O‘zbekiston gazetasi.

Karimov N. Bir satri ham unitilmaydi. Sharq yulduzi. 1989-yil. 7-son.

Karimov N. Munavvar ijod va fojiali taqdir. O‘zbekiston adabiyoti va san’ati

gazetasi 2022-yil 18-fevral. 6-son.

Mo‘minova Z. Ko‘ziga oyni berkitgan shoir. O‘zbekiston adabiyoti va san’ati

gazetasi 2022-yil 20-may. 17-son.

Mirzo T. Usmon Nosirni eslab. Xalq so‘zi gazetasi 2022-yil 23-aprel.

Nosir U. Yurak, sensan mening sozim: she’rlar va dostonlar

Serobov X. 2022. Usmon Nosir. Toshkent: Ma’naviyat,

G‘afurov I. Qismatning ovozi. (Usmon Nosir ilhomlari) 2017 yil. https://

kh-davron.uz/

1

Khidirova Farangiz

– graduate student of Alisher Navoi Tashkent State University

of Uzbek language and literature.

E-mail

: simbadfar98@gmail.com

ORCID ID

: 0009-0007-6426-1970

For citation:

Khidirova, F. 2023. “Study of Usman Nasir’s work before and after

independence”.

Uzbekistan: Language and Culture

.

Literature

2 (2):

85-97.

96

Farangiz XIDIROVA


background image

G‘afurov I. Yuragida bahor yashagan shoir Yoshlik jurnal 1982-yil noyabr

11-son

Abubakr Rajabiy. 1971. Usmon Nosir. Toshkent,

Karimov N. 1993. Usmon Nosir. Toshkent: Sharq nashriyoti.

Karimov N. 1994. Usmon Nosirning so‘nggi kunlari. Toshkent: Sharq

nashriyoti.

Usmon Nosir. 1969. Tanlangan asarlar. Ikki tomlik. I tom. Toshkent: G‘afur

G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti.

Usmon Nosir. 1969. Tanlangan asarlar. Ikki tomlik. II tom. Toshkent: G‘afur

G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti.

Usmon Nosir. 1984. Yurak. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy

adabiyot nashriyoti.

Usmon Nosir. 1988. Unutmas meni bog‘im ( Chaqmoq umri),

Usmon Nosir. 1984. Yur tog‘larga chiqaylik. Yurak va mehr shoiri (so‘zboshi).

Toshkent: Yosh gvardiya.

Жабборов, Н. (2021). История текста и некоторые комментарии к его

генезису. in Library, 21(2), 632–636. извлечено от https://

inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17713

Жабборов, Н. (2022). Образ национального духа в поэзии Эркина

Вахидова. in Library, 22(4), 49–56. извлечено от https://

inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17731

Rasulova, U. Y. (2021). The pride of the nation. ACADEMICIA: An Interna

-

tional Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1685-1688.

Rasulova, U. (2020). Novelties in poetics of tales. ISJ Theoretical & Applied

Science, 01 (81), 220-224.

Rasulova, U. (2021). Devotees of knowledge. Asian Journal of Multidimen-

sional Research, 10(10), 1270-1274.

Rasulova, U. (2020, December). THE EXPRESSION OF DIVINE LOVE IN

CURRENT STORIES. In Конференции.

Ulug‘ov, A. (2021, March). MAHMUDHOJA BEHBUDI IS A FIGURE OF HIS

-

TORY. In

Конференции

.

Abdulla, U. O. (2021). GREAT TEXTBOOK OR THE CREATION OF A SCHOL

-

ARLY LITERARY CRITIC.

Conferencea

, 83-94.

Abdulla, U. O. (2021). GREAT TEXTBOOK OR THE CREATION OF A SCHOL

-

ARLY LITERARY CRITIC.

Conferencea

, 83-94.

Ulug’ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov.

Asian Journal of Research

in Social Sciences and Humanities

,

11

(12), 295-305.

Amonov, S. (2019). Khamza Poetry: Sources And Text Research. Philology

Matters, 2019(3), 14-20.

Normurotovich, A. S. (2023). A DESCRIPTION OF THE SOURCES OF THE

LITERARY HERITAGE OF AKHMAD TABIBY.

Open Access

Repository

,

4

(2), 305-311.

97

Usmon Nosir ijodining o‘rganilishi

Библиографические ссылки

Jadid adabiyoti namoyondalari. 2022. Usmon Nosir. Toshkent: Zabarjad media.

Karimov N. Iste’dod yolqini. O‘zAS. 1999-yil. 22-oktyabr. 43-son.

Karimov N. Shoirning so‘nggi qo‘shig‘i. O‘zAS. 2002-yil, 9- oktabr. 33-son.

Karimov. N. Katta Iste’dod yulduzi so‘nmas yulduzlardan biri bo‘lsa ajab emas, Yangi O‘zbekiston gazetasi.

Karimov N. Bir satri ham unitilmaydi. Sharq yulduzi. 1989-yil. 7-son.

Karimov N. Munavvar ijod va fojiali taqdir. O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi 2022-yil 18-fevral. 6-son.

Mo‘minova Z. Ko‘ziga oyni berkitgan shoir. O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi 2022-yil 20-may. 17-son.

Mirzo T. Usmon Nosirni eslab. Xalq so‘zi gazetasi. 2022-yil 23-aprel.

Nosir U. Yurak, sensan mening sozim: she’rlar va dostonlar

Serobov X. 2022. Usmon Nosir. Toshkent: Ma’naviyat.

G‘afurov I. Qismatning ovozi. (Usmon Nosir ilhomlari) 2017 yil. https://kh-davron.uz/

G‘afurov I. Yuragida bahor yashagan shoir Yoshlik jurnal 1982-yil noyabr 11-son Абубакр Ражабий. 1971. Усмон Носир. Тошкент.

Каримов Н. 1993. Усмон Носир. Тошкент: Шарқ нашриёти.

Каримов Н. 1994. Усмон Носирнинг сўнгги кунлари. Тошкент: Шарқ нашриёти.

Усмон Носир. 1969. Танланган асарлар. Икки томлик. I том. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти.

Усмон Носир. 1969. Танланган асарлар. Икки томлик. II том. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти.

Усмон Носир. 1984. Юрак. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги бадиий Усмон Носир. 1988. Унутмас менинг боғим (Чақмоқ умри).

Усмон Носир. 1984. Юр тоғларга чиқайлик. Юрак ва меҳр шоири (сўзбоши). Тошкент: Ёш гвардия.

Usmon Nosir. 1969. Tanlangan asarlar. Ikki tomlik. II tom. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti.

Usmon Nosir. 1984. Yurak. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti.

Usmon Nosir. 1988. Unutmas meni bog‘im ( Chaqmoq umri),

Usmon Nosir. 1984. Yur tog‘larga chiqaylik. Yurak va mehr shoiri (so‘zboshi). Toshkent: Yosh gvardiya.

Жабборов, Н. (2021). История текста и некоторые комментарии к его генезису. in Library, 21(2), 632–636. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17713

Жабборов, Н. (2022). Образ национального духа в поэзии Эркина Вахидова. in Library, 22(4), 49–56. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/17731

Rasulova, U. Y. (2021). The pride of the nation. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1685-1688.

Rasulova, U. (2020). Novelties in poetics of tales. ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (81), 220-224.

Rasulova, U. (2021). Devotees of knowledge. Asian Journal of Multidimen-sional Research, 10(10), 1270-1274.

Rasulova, U. (2020, December). THE EXPRESSION OF DIVINE LOVE IN CURRENT STORIES. In Конференции.

Ulug‘ov, A. (2021, March). MAHMUDHOJA BEHBUDI IS A FIGURE OF HISTORY. In Конференции.

Abdulla, U. O. (2021). GREAT TEXTBOOK OR THE CREATION OF A SCHOL-ARLY LITERARY CRITIC. Conferencea, 83-94.

Abdulla, U. O. (2021). GREAT TEXTBOOK OR THE CREATION OF A SCHOL-ARLY LITERARY CRITIC. Conferencea, 83-94.

Ulug’ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 11(12), 295-305.

Amonov, S. (2019). Khamza Poetry: Sources And Text Research. Philology Matters, 2019(3), 14-20.

Normurotovich, A. S. (2023). A DESCRIPTION OF THE SOURCES OF THE LITERARY HERITAGE OF AKHMAD TABIBY. Open Access Repository, 4(2), 305-311.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов