Authors

  • Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich
  • Nurmatova Hushnozabonu To’ychiboy qizi

Author Biographies

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117027

Keywords:

Tugun tarmoq monitoringi xatolik aniqlash tarmoq ishonchliligi avtomatlashtirilgan tahlil tarmoq xavfsizligi uzilishlar IoT tizim holati diagnostika sun’iy intellekt real vaqt konfiguratsiya tumanli hisoblash uzatish kanali

Abstract

Mazkur maqolada tarmoqli tizimlarda, ayniqsa kompyuter tarmoqlarida yuzaga keladigan tugun (node) vaziyatlarini aniqlash va ularni samarali hal etish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tugunlar orasidagi aloqalarning uzilishi, ortiqcha yuklama, nosozlik yoki noto‘g‘ri konfiguratsiyalar tufayli yuzaga keladigan muammolar tarmoq ishonchliligi va barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, maqolada tugun vaziyatlarini real vaqt rejimida aniqlash usullari, monitoring vositalari, avtomatlashtirilgan tahlil algoritmlari va ularga asoslangan yechimlar haqida tahliliy yondashuv asosida ma’lumotlar berilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_ Май –2025

262

TUGUN VAZIYATLARINI ANIQLASH.TUGUN VAZIYATLARINI

HAL QILISH

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich

Farg‘ona davlat universiteti katta o‘qituvchisi

israiltojimamatov@gmail.com

Nurmatova Hushnozabonu To‘ychiboy qizi

Fargʻona davlat universiteti 2-bosqich talabasi

nurmatovaxushnozabonu@gmail.com

Anotatsiya: Mazkur maqolada tarmoqli tizimlarda, ayniqsa kompyuter

tarmoqlarida yuzaga keladigan tugun (node) vaziyatlarini aniqlash va ularni samarali

hal etish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tugunlar orasidagi aloqalarning uzilishi,

ortiqcha yuklama, nosozlik yoki noto‘g‘ri konfiguratsiyalar tufayli yuzaga keladigan

muammolar tarmoq ishonchliligi va barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu

sababli, maqolada tugun vaziyatlarini real vaqt rejimida aniqlash usullari, monitoring

vositalari, avtomatlashtirilgan tahlil algoritmlari va ularga asoslangan yechimlar

haqida tahliliy yondashuv asosida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Tugun, tarmoq monitoringi, xatolik aniqlash, tarmoq

ishonchliligi, avtomatlashtirilgan tahlil, tarmoq xavfsizligi, uzilishlar, IoT, tizim holati,

diagnostika, sun’iy intellekt, real vaqt, konfiguratsiya, tumanli hisoblash, uzatish

kanali

Annotation: This article addresses the detection and resolution of node issues

in network systems, particularly in computer networks. Problems such as

disconnections, overload, malfunctions, or incorrect configurations in the nodes can

significantly impact network reliability and stability. The article provides a detailed

overview of methods for detecting node issues in real-time, including monitoring tools,

automated analysis algorithms, and solutions based on these techniques.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_ Май –2025

263

Keywords: Node, network monitoring, fault detection, network reliability,

automated analysis, network security, disruptions, IoT, system state, diagnostics,

artificial intelligence, real-time, configuration, transmission channel

Аннотация: В данной статье рассматриваются проблемы выявления и

решения ситуаций с узлами в сетевых системах, особенно в компьютерных

сетях. Проблемы, такие как разрывы соединений, перегрузка, неисправности

или некорректные конфигурации узлов, могут существенно повлиять на

надежность и стабильность сети. В статье подробно рассматриваются

методы обнаружения проблем с узлами в реальном времени, включая

инструменты мониторинга, алгоритмы автоматического анализа и решения на

основе этих технологий.

Ключевые слова: Узел, мониторинг сети, обнаружение ошибок,

надежность сети, автоматический анализ, безопасность сети, сбои, IoT,

состояние системы, диагностика, искусственный интеллект, реальное время,

конфигурация, канал передачи

Tugun vaziyatlarini aniqlash va hal qilish tarmoq tizimlarida eng muhim

masalalardan biridir. Kompyuter tarmoqlarining ishlashi tugunlar orasidagi aloqalarga

bog‘liq bo‘lib, bu tugunlarning holati va ishlash samaradorligi tarmoqning umumiy

ishonchliligiga ta’sir ko‘rsatadi. Tarmoq tugunlari, ya'ni tugun (node) har bir tarmoq

elementining asosiy qismi bo‘lib, ularda ma'lumotlar uzatiladi, qabul qilinadi va qayta

ishlanadi. Tugunlar orasidagi uzilishlar, ortiqcha yuklanish, nosozliklar yoki noto‘g‘ri

konfiguratsiyalar tarmoqda turli muammolarga olib kelishi mumkin, bu esa

tarmoqning ishlashini sekinlashtirishi, ma'lumotlarning yo‘qolishiga olib kelishi yoki

tizimning to‘liq ishdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli, tugun

vaziyatlarini aniqlash va hal qilish tarmoqni samarali boshqarish uchun zarur. Maqsad

– tugunlarda yuzaga kelgan muammolarni erta aniqlash, ularni tez va samarali tarzda

hal qilish va tarmoqning normal ishlashini ta’minlashdan iborat. Buning uchun,

tarmoqni monitoring qilish, real vaqt rejimida tahlil qilish va tugun holatini baholash

muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda tarmoq tizimlarida tugun vaziyatlarini


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_ Май –2025

264

aniqlash va hal qilish uchun ko‘plab usullar mavjud. Avtomatlashtirilgan tizimlar,

sun’iy intellekt va tumanli hisoblash kabi texnologiyalar bu jarayonni ancha

soddalashtirgan va samarali qilgan. Maqolada tugun vaziyatlarini aniqlashning texnik

usullari va muammolarni hal qilish uchun zamonaviy yondashuvlar ko‘rib chiqiladi.

Tarmoq tizimlarida tugun vaziyatlarini aniqlash va hal qilish jarayonlarini yaxshilash

orqali tarmoq barqarorligini oshirish mumkin.

Tugun (uzel) vaziyatlarini aniqlash masalasi tarmoq tizimlarida muhim

ahamiyatga ega bo‘lib, u kompyuter tarmoqlari, operatsion tizimlar yoki ko‘p

foydalanuvchili muhitlarda samarali resurs taqsimoti va muvofiqlashtirilgan ishlashni

ta’minlash uchun zarurdir. Tugun vaziyati, odatda, bir nechta jarayonlar yoki

foydalanuvchilar o‘zaro bog‘liq resurslarga kirishni xohlaganida yuzaga keladi va bu

holatda resurslar bloklanib qolishi, ya’ni “deadlock” yuzaga kelishi mumkin. Shunday

holatlarni aniqlash va oldini olish tizimning ishonchliligini oshiradi.

Tugun vaziyatlarini aniqlash uchun bir nechta asosiy usullar mavjud. Eng ko‘p

qo‘llaniladigani — resurslar-graf usulidir. Bu usulda foydalanuvchi va resurslar

tugunlar bilan ifodalanadi, ularning orasidagi bog‘lanish esa qaysi foydalanuvchi qaysi

resursdan foydalanayotganini yoki uni kutayotganini bildiradi. Agar bu grafikda aylana

shaklidagi yo‘l mavjud bo‘lsa, unda tugun vaziyati (bloklanish) sodir bo‘lgan bo‘lishi

mumkin. Aynan shu holat tahlil qilinib, qaysi resurslar va foydalanuvchilar ishtirokida

bloklanish yuz bergani aniqlanadi.

Yana bir usul bu – matritsali yondashuv bo‘lib, bu yerda har bir jarayon va

resurs holati jadval shaklida ifodalanadi. Bu usul yordamida mavjud resurslar, hozirda

band bo‘lganlar va talab qilinayotganlar soni asosida hisob-kitob olib boriladi. Maxsus

algoritmlar, masalan, Bankir algoritmi yoki boshqa bloklanishni aniqlovchi

mexanizmlar yordamida tizimdagi hozirgi holat baholanadi. Shu orqali tizim tugun

holatida ekanligi yoki yo‘qligi aniqlanadi. Bunday yondashuvlar ko‘pincha

avtomatlashtirilgan tizimlar va operatsion tizimlarda dasturiy tarzda amalga oshiriladi.

Shuningdek, tugun holatini aniqlashda vaqt bo‘yicha kuzatishlar, resurslarga

kirishning ketma-ketligini tahlil qilish ham muhim rol o‘ynaydi. Ba’zida tugun holatini

aniqlash real vaqtda emas, balki tahliliy yondashuv asosida olib boriladi, bu holatda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_ Май –2025

265

tizimdagi harakatlar log fayllari asosida tahlil qilinadi. Bu metodlar asosan murakkab

tizimlarda ishlatiladi, masalan, katta hajmdagi serverlar yoki bulutli texnologiyalar

asosida ishlovchi muhitlarda. Shu sababli, tugun vaziyatlarini aniqlash texnologik

jihatdan murakkab bo‘lsa-da, tizim samaradorligi va ishonchliligini oshirishda juda

muhim hisoblanadi.

Tugun vaziyatlarini hal qilishning texnik usullari kompyuter tizimlari va

tarmoqlarda yuzaga keladigan bloklanish holatlarini bartaraf etishda qo‘llaniladi. Bu

usullar tizimdagi resurslar va jarayonlar o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqliklarni

tahlil qilishga va harakatga keltirishga asoslanadi. Tugun (deadlock) holatini bartaraf

etish uchun birinchi navbatda bu holatni aniqlab olish zarur, so‘ngra mavjud holatni

tahlil qilish orqali qanday harakat qilish kerakligi belgilanadi. Eng keng tarqalgan

yondashuvlardan biri – bloklanishda ishtirok etayotgan jarayonlarning bir qismini

majburan to‘xtatib, resurslarni bo‘shatish yo‘li bilan holatni yechishdir. Bu usulda

tizim bloklanishga olib kelgan jarayonlarni tanlab, ularni bekor qilish orqali resurs

aylanishini tiklaydi va boshqa jarayonlar ishini davom ettirishga imkon yaratadi.

Boshqa texnik usul – jarayonlar orasida resurslarga bo‘lgan talablar ketma-

ketligini o‘zgartirish orqali tugun holatining oldini olishdir. Masalan, resurslarga

kirishning qat’iy tartibini belgilab qo‘yish orqali hech bir jarayon o‘ziga kerakli barcha

resurslarni birdan olmasdan, faqat mavjud bo‘lganini oladi. Bu orqali resurslar

almashinuvi davom etadi va tizimdagi jarayonlar o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Bunday yondashuv odatda “resurslarni oldindan band qilish” strategiyasiga asoslanadi.

Jarayonlar ishlashdan oldin kerakli barcha resurslarni olishga harakat qiladi, agar ular

mavjud bo‘lmasa, kutish o‘rniga bekor qilinadi yoki boshqa vaqtga qoldiriladi. Bu esa

tugun holati yuzaga kelmasligini ta’minlaydi.

Shuningdek, vaqtinchalik resurs bandliklarini monitoring qilish orqali

bloklanishni avtomatik ravishda aniqlab, uni hal qiluvchi maxsus algoritmlar tizimga

joriy etiladi. Ushbu algoritmlar yordamida tizim doimiy nazorat ostida bo‘ladi va har

qanday resurs to‘xtab qolishi tezda aniqlanib, uni hal qilish bo‘yicha tegishli harakatlar

amalga oshiriladi. Bu jarayon odatda tizim resurslarining holatini doimiy kuzatib


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_ Май –2025

266

boruvchi modul orqali amalga oshiriladi va tugun holatini yechishda minimal zarar

bilan muammoni hal qilish imkonini beradi.

Ba'zi tizimlar tugun holatini oldini olish o‘rniga uni nazoratli tarzda yuzaga

kelishiga yo‘l qo‘yib, so‘ngra uni bartaraf etishni maqsad qilib qo‘yadi. Bunday

yondashuv "tugatish va tiklash" strategiyasi deb ataladi. Bu strategiyada tugun holati

yuzaga kelgach, tizim ushbu holatga olib kelgan jarayonlarni aniqlaydi va ularni bekor

qiladi yoki resurslarni qayta taqsimlaydi. Bu esa muammoni butunlay yo‘q qilish emas,

balki yuzaga kelganida tezkor hal qilish orqali tizimning to‘liq ishdan chiqishining

oldini olishga qaratilgan. Umuman olganda, tugun vaziyatlarini hal qilish texnik

usullari har doim tizimning samaradorligi, resurslar bo‘shashuvi va jarayonlar

o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga xizmat qiladi. Har bir tizim o‘zining murakkablik

darajasi, resurslar soni va foydalanuvchilar ehtiyojiga qarab, bu usullardan birini yoki

bir nechtasini kompleks tarzda qo‘llaydi.

Tugun vaziyatlarini hal qilishda zamonaviy texnologiyalar muhim rol

o‘ynaydi, chunki hozirgi zamonaviy axborot tizimlari va hisoblash muhitlari

murakkablashib bormoqda, foydalanuvchilar soni, ish jarayonlari va resurslar hajmi

keskin oshgan. Shunday sharoitda tugun (deadlock) holatlarini aniqlash va ularni

bartaraf etish faqat klassik yondashuvlar bilan emas, balki yangi texnologik vositalar

yordamida ham amalga oshirilmoqda. Masalan, bulutli hisoblash (cloud computing)

texnologiyalari asosida ishlovchi tizimlarda har bir foydalanuvchiga resurslar virtual

tarzda taqdim etiladi, bu esa resurslar o‘rtasidagi to‘qnashuv ehtimolini kamaytiradi va

tugun holatlarining oldini olishda yordam beradi.

Sun’iy intellekt va mashinaviy o‘rganish texnologiyalari ham tugun holatlarini

bashorat qilish va ularni oldindan aniqlashda keng qo‘llanilmoqda. Bu usullarda

tizimda sodir bo‘layotgan harakatlar doimiy ravishda tahlil qilinadi, ilgari yuzaga

kelgan tugun holatlari asosida yangi vaziyatlar uchun xavfli kombinatsiyalar avtomatik

tarzda aniqlanadi va tizimga ogohlantirishlar yuboriladi. Bu texnologiyalar real vaqt

rejimida ishlash orqali administratorlarga tizimdagi xavfli holatlarni vaqtida ko‘rish va

ularni hal qilish imkonini beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_ Май –2025

267

Shuningdek, konteynerlashtirish texnologiyalari, masalan Docker yoki

Kubernetes kabi platformalar yordamida, har bir xizmat yoki dastur alohida muhitda

izolyatsiyalangan tarzda ishlaydi. Bu esa ularning bir-biriga salbiy ta’sir ko‘rsatishini

kamaytiradi va tugun holatlari yuzaga kelish ehtimolini sezilarli darajada pasaytiradi.

Kubernetes tizimida esa resurslar boshqaruvi, avtomatik qayta ishga tushirish va

klaster holatini monitoring qilish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, ular orqali jarayonlar

o‘rtasidagi resurs to‘qnashuvlari boshidan oldini olinadi yoki avtomatik ravishda

bartaraf etiladi.

Zamonaviy operatsion tizimlar va virtualizatsiya muhitlari ham tugun

holatlarini aniqlash va bartaraf etishga xizmat qiluvchi algoritmlar va mexanizmlar

bilan jihozlangan. Masalan, Windows va Linux kabi tizimlarda har bir jarayonning

resurslarga bo‘lgan ehtiyoji va mavjud holati nazorat ostida bo‘lib, tugun holatlari

yuzaga kelganda tegishli tizim loglari orqali bu holatni aniqlash va hal qilish mumkin

bo‘ladi.Umuman olganda, zamonaviy texnologiyalar tugun vaziyatlarini faqat bartaraf

etish emas, balki ularni oldindan aniqlash, bashorat qilish va resurslarni optimal

taqsimlash orqali bu holatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Bu esa zamonaviy

axborot tizimlarining ishonchli, uzluksiz va samarali ishlashini ta’minlashda muhim

ahamiyat kasb etadi.

Tugun vaziyatlarini aniqlash va ularni hal qilish zamonaviy axborot

tizimlarining barqaror ishlashini ta'minlashda muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda ko‘p

foydalanuvchili va tarqoq tizimlarning keng qo‘llanilishi bilan birga, resurslardan bir

vaqtning o‘zida foydalanishga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida

tugun holatlari xavfini oshiradi. Shu sababli, mazkur muammoni tizimli ravishda

o‘rganish, uning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish mexanizmlarini

takomillashtirish axborot texnologiyalari rivojining ajralmas qismiga aylangan.

Amalga oshirilayotgan texnik yondashuvlar, algoritmik yechimlar va real vaqtli

monitoring tizimlari orqali tugun holatlariga qarshi samarali choralar ko‘rilmoqda.

Kelajakda ushbu yo‘nalishda yanada samarali texnologik imkoniyatlar paydo

bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, sun’iy intellekt va chuqur o‘rganish texnologiyalari

asosida ishlovchi ilg‘or tizimlar tugun holatlarini nafaqat aniqlab, balki ular yuzaga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_ Май –2025

268

kelmasligi uchun optimal strategiyalarni avtomatik ravishda ishlab chiqish imkonini

beradi. Bulutli xizmatlarning kengayib borishi va konteynerlashgan infratuzilmalar

orqali resurslarni izolyatsiyalash imkoniyati ortishi esa tugun holatlarining oldini

olishda yangi yondashuvlarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, blokcheyn kabi

markazlashmagan texnologiyalar yordamida resurslarga bo‘lgan kirishni nazorat qilish

yanada oshadi va ishonchli boshqaruv tizimlari shakllanadi.Natijada, tugun

vaziyatlarini boshqarish texnologiyalarining takomillashuvi axborot tizimlarining

ishonchliligini, xavfsizligini va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu sohada

olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va amaliy tajribalar asosida ishlab chiqilayotgan

yechimlar kelajakda keng ko‘lamli tizimlar uchun muhim kafolatga aylanadi. Shu bois,

mazkur mavzu ustida olib boriladigan tadqiqotlar nafaqat hozirgi tizimlarning ish

faoliyatini yaxshilash, balki kelajakdagi ilg‘or axborot infratuzilmalarining

poydevorini yaratishda ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Tanenbaum A. S., Wetherall D. J. —

Computer Networks

(5th Edition), Prentice

Hall, 2011.

2.

Cisco Press —

CCNA Routing and Switching Study Guide

, 2020.

3.

Kurose J., Ross K. —

Computer Networking: A Top-Down Approach

, Pearson,

2021.

4.

Subramanian R. —

Network Management: Principles and Practice

, Pearson

Education, 2000.

5.

Raximov, Q. O., Tojimamatov, I. N., & Xo, H. R. O. G. L. (2023). SUNIY

NЕYRON TARMOQLARNI UMUMIY TASNIFI. Scientific progress, 4(5), 99-107.

6.

Raxmatjonova, M. N., & Tojimamatov, I. N. (2023). BIZNESDA SUNIY

INTELEKT

TEXNOLOGYALARI

VA

ULARNI

AHAMIYATI. Лучшие

интеллектуальные исследования, 11(3), 46-52.

7.

Nurmamatovich, T. I. (2024, April). BIR QATLAMLI PERCEPTRONNI O

‘QITISH.

In "

CANADA"

INTERNATİONAL

CONFERENCE

ON

DEVELOPMENTS İN EDUCATİON, SCİENCESAND HUMANİTİES (Vol. 17, No.

1).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_ Май –2025

269

8.

Feamster N. —

Troubleshooting Network Problems at Scale

, ACM Queue,

2019.

9.

Nurmamatovich, T. I. (2024, April). SUN’IY NEYRONNING MATEMATIK

MODELI

HAMDA

FAOLLASHTIRISH

FUNKTSIYALARI.

In "

USA"

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE TOPICAL

ISSUES OF SCIENCE (Vol. 17, No. 1).

10.

IEEE 802.3 Standard Documentation —

Ethernet Networking Protocols.

11.

Tojimamatov, I. (2023). KOMPYUTERNING STATIK VA DINAMIK

OPERATIV XOTIRALARI.

Current approaches and new research in modern

sciences

,

2

(12), 133-139.

12.

Tojimamatov, I. (2023). VAKUUM NAYCHALARIDAN KREMNIY

CHIPLARIGACHA:

KOMPYUTER

TEXNIKASI

EVOLYUTSIYASINI

KUZATISH.

Development and innovations in science

,

2

(12), 121-131.

13.

Goyibova, G. G., & Tojimamatov, I. N. (2023). ZAMONAVIY

KAMPYUTERLARNING

DASTURIY

TA’MINOTI

VA

ULARNING

RIVOJLANISH TENDENSIYALARI.

Solution of social problems in management

and economy

,

2

(13), 209-214.

14.

Онаркулов, М. К. (2023). ГЛУБОКИЕ НЕЙРОННЫЕ СЕТИ В ЗАДАЧАХ

РАСПОЗНАВАНИЯ РЕЧИ. INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH

IN EDUCATION, 2(18), 248-250.

15.

Onarqulov, M., Yaqubjonov, A., & Yusupov, M. (2022). Computer networks

and learning from them opportunities to use. Models and methods in modern science,

1(13), 59-62.

16.

Karimberdiyevich, O. M., & Mahamadamin o’g’li, Y. A. (2023).

BASHORATLI

TAHLILLAR

UCHUN

MASHINALI

O‟

QITISH

ALGORITMLARI. QIYOSIY QARASHLAR. THE JOURNAL OF INTEGRATED

EDUCATION AND RESEARCH, 130.

17.

Karimberdiyevich, O. M., & Axmedovna, X. M. (2023). NEYRONLAR

HARAKATINING MATEMATIK MODELI. Finland International Scientific Journal

of Education, Social Science & Humanities, 11(1), 515-518.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_ Май –2025

270

18.

Ибрагимов, Ш. (2023). Реализация цифровизации образования: пути

развития и проблемы.

Информатика и инженерные технологии

,

1

(2), 273-278.

19.

Karimberdiyevich, O. M., Mahamadamin o'g'li, Y. A., & Abdulaziz o'g'li, Y. M.

(2023). MASHINALI O'QITISH ALGORITMLARI ASOSIDA BASHORAT

QILISH USULLARINI YARATISH. Journal of new century innovations, 22(2), 165-

167.

20.

Karimberdiyevich,

O.

M.,

&

Axmedovna,

X.

M.

(2023).

MARKAZLASHTIRILMAGAN BOSHQARUV TIZIMLARI UCHUN NEYRON

TARMOG ‘INI MATEMATIK MODELINI YARATISH. Scientific Impulse, 1(10),

1378-1381.ATION, 2(18), 248-250.

Most read articles by the same author(s)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Daminova Shohsanam Davlatjon qizi, SHARTLI OPERATORLAR ASOSIDA MASALALAR YECHISH , Modern education and development: Vol. 27 No. 4 (2025)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Muxsinova Sevinchxon Ikromjon qizi, PYTHON DASTURLASH TILIDA LAMBDA IFODALARI, KONVERTATSIYA VA O’ZGARUVCHILAR DOIRASI , Modern education and development: Vol. 27 No. 4 (2025)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Abdusamadova Vasila Elyorjon qizi, PYTHON DASTURIDA SONLAR USTIDA ARIFMETIK AMALLAR , Modern education and development: Vol. 27 No. 4 (2025)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Zokirjonova Xushnozaxon Ulug’bek qizi, MAʼLUMOTLARNI SAQLASH JOYLARI , Modern education and development: Vol. 28 No. 2 (2025)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Muxsinova Sevinchxon Ikromjon qizi, PYTHON DASTURLASH TILIDA LAMBDA IFODALARI, KONVERTATSIYA VA O’ZGARUVCHILAR DOIRASI , Modern education and development: Vol. 27 No. 4 (2025)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Qaxramonova Muxlisa Jumaxo’ja qizi, INKAPSULYATSIYA, ATRIBUTLAR VA XUSUSIYATLAR. VORISIYLIK , Modern education and development: Vol. 27 No. 5 (2025)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, O’ktamjonova Nilufar Abdurahmon qizi, KONSTRUKTUR. OBYEKT ATRIBUTINI HOSIL QILISH , Modern education and development: Vol. 27 No. 4 (2025)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Qo’shaqova Dilshoda Robiljon qizi, PYTHON DASTURLASH TILIDA VORISLIK , Modern education and development: Vol. 27 No. 4 (2025)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Qo’shaqova Dilshoda Robiljon qizi, PYTHON DASTURLASH TILIDA VORISLIK , Modern education and development: Vol. 27 No. 4 (2025)

Tojimamatov Israiljon Nurmamatovich, Daminova Shohsanam Davlatjon qizi, SHARTLI OPERATORLAR ASOSIDA MASALALAR YECHISH , Modern education and development: Vol. 27 No. 4 (2025)

1 2 > >>