MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
152
YOSHLARNING OLIY TA`LIM MUASSASALARINI
RAQAMLASHTIRISHDAGI O`RNI
Qurbonova Sevaraxon Solijon qizi
TDTrU Sotsiologiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Matkarimova Jamila Durdiyevna -TDTrU f.f.d.(DSc), v.b.professor
Anatatsiya: Ushbu maqolada yoshlarning ijtimoiy faolligi va uni oshirishga
qaratilgan ishlar, oliy ta’lim muassasalarini raqamlashtirishga qaratilgan say
harakatlar, oliy ta'limda raqamli boshqarish tizimining afzalliklari o`rganilgan.
So'nggi yillarda ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishi asosida bir qancha yangi
yondashuvlar va metodologiyalar yaratilish va ilmiy tadqiqotlarning adabiyotini tahlil
qilish va ularning so'nggi yillarda olib borilgan ishlanmalarini ko'rib chiqamiz.
Shuningdek O'zbekiston Respublikasi yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularga ta'lim olish,
kasb-hunar egallash, ijtimoiy faollikni oshirish va iqtisodiy imkoniyatlar yaratish
boʻyicha keng ko'lamli dasturlarni amalga oshirish haqida ham aytib o`tilgan.
Abstract: This article examines the social activity of young people and the work
aimed at increasing it, the efforts aimed at digitizing higher education institutions, the
advantages of digital management systems in higher education. In recent years, based
on the development of scientific research, a number of new approaches and
methodologies have been created, and we will analyze the literature of scientific
research and their developments in recent years. It is also mentioned that the Republic
of Uzbekistan is implementing large-scale programs to support young people, provide
them with education, acquire a profession, increase social activity and create
economic opportunities.
Анатасия: В статье рассматриваются социальная активность
молодежи и усилия по ее повышению, усилия по цифровизации высших учебных
заведений, а также преимущества цифровой системы управления в высшем
образовании. В последние годы на основе развития научных исследований было
создано несколько новых подходов и методологий, и мы проанализируем научно-
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
153
исследовательскую литературу и рассмотрим их развитие за последние годы.
Также было отмечено, что в Республике Узбекистан реализуются масштабные
программы по поддержке молодежи, предоставлению ей образования,
профессиональной подготовки, повышению социальной активности, созданию
экономических возможностей.
Kalit so’zlari:
Yoshlar,
o`quvchi,
oliy ta’lim, raqamlashtirish,
metodologiyalar, ta’lim, davlat dasturlari, "O'zbekiston- 2030" strategiyasi, 5
tashabbus.
Keywords: Youth, student, higher education, digitalization, methodologies,
education, state programs, "Uzbekistan-2030" strategy, 5 initiatives.
Ключевые слова: Молодежь, студент, высшее образование,
цифровизация, методы, образование, государственные программы, стратегия
«Узбекистан-2030», 5 инициатив.
O'zbekiston Respublikasi yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularga ta'lim olish,
kasb-hunar egallash, ijtimoiy faollikni oshirish va iqtisodiy imkoniyatlar yaratish
boʻyicha keng ko'lamli dasturlarni amalga oshirmoqda. Yoshlarning rivojlanishi uchun
yaratilib berilgan imkoniyatlar nafaqat ular uchun yangi ufqlarni ochib beradi, balki
jamiyatning umumiy rivojlanishiga ham xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158 son Farmonida "O'zbekiston- 2030"
Strategiyasida aholi orasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish to'g'risida me'yorlari
ishlab chiqilgan[1].
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat
tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma'qullangan ta'lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim,
malakalar va amaliy ko'nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta'lim va kasbiy
bilim, malaka hamda ko'nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga
qaratilgan tizimli jarayonni mustaxkamlash to'g'risida 1-Bob 3-bandida keltirilganligi
biz uchun eng maqsadga muvofiq o'qitishning asosiy negizi xisoblanadi. Hozirgi kunda
jamiyatning har bir qatlamida, ayniqsa yoshlar orasida, katta oʻzgarishlar va yangiliklar
ko'zga tashlanmoqda. Yoshlar jamiyatni rivojlantirishda asosiy omil boʻlib, ularning
faoliyatlari butun dunyo miqyosida katta ahamiyat kasb etmoqda. Har bir yosh
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
154
o'quvchi, tadbirkor yoki ijodkor, kelajakda jamiyatda o'zining o'rni va rolini topib,
yangi g'oyalarni amalga oshirishga harakat qiladi. Bu jarayonlar davlatning iqtisodiy
va ijtimoiy rivojlanishiga bevosita ta'sir qiladi. Yoshlarni ta'lim olishi va ularga bilim
bilim berish jarayoni bugungi kunda eng muhim o'rinda turadi. Ularning sifatli ta'lim
olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilish, o'z bilimlarini rivojlantirishga imkon berish
kerak. Ta'limda nafaqat akademik bilimlarni berilishi, balki yoshlarni ma'naviy va
axloqiy jihatdan ham tarbiyalashi lozim. Shuning uchun davlat va jamiyat tashkilotlari,
xususiy sektor va ota-onalar yoshlarning ta'limiga katta e'tibor berishlari lozim. Bundan
tashqari jamiyatimizda O'zbekistondagi xotin-qizlarni sog'lom turmush tarzini
shakllantirish ularga ta'lim-tarbiya berish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish,
jamiyat rivojlanishining eng muhim ijtimoiy-siyosiy omili boʻlib xizmat qilmoqda.
Yoshlarning rivojlanishi uchun yaratilib berilgan imkoniyatlar nafaqat ular uchun
yangi ufqlarni ochib beradi, balki jamiyatning umumiy rivojlanishiga ham katta hissa
qiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158 son
farmonida "O'zbekiston- 2030" strategiyasida aholi orasida sog'lom turmush tarzini
shakllantirish to'g'risida me'yorlari ishlab chiqilgan[2].
Yoshlar bu kelajakdagi jamiyatni tashkil etadigan kuchdir. Ular o'zlari
yetishtirgan ilmiy yutuqlari, biznes yondashuvlari, ijodiy ishlari bilan jamiyatda o'z
izlarini qoldiradilar. Yoshlarning roli nafaqat jamiyatni yaxshilash, balki uning
rivojlanishdan iborat. Jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy o'zgarishlarga
moslashish va yangi g'oyalar bilan kelish yoshlar uchun imkoniyatlarni ochadi. Yoshlar
kelajakda o'zgarishlarni amalga oshiradigan boshqaruvchilarga aylanadi, ular
jamiyatni yuksaltirishda o'zlarining eng katta kuchlarini ishlatadilar. Yoshlarni ijtimoiy
faoliyatga jalb qilish va ularning madaniy rivojlanishini ta'minlash uchun turli tadbirlar
va ko'riklar o'tkazilmoqda. Yosh jamoalari o'rtasida do'stlik va hamkorlikni
rivojlantirishga qaratilgan loyihalar, sport musobaqalari, ko'ngilochar tadbirlar tashkil
etilmoqda. Yoshlar uchun treninglar, seminarlar, biznes ta'limi kurslari tashkil etilib,
ularning iqtisodiy imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Mamlakatimizda yuqori sifatli
ta'lim olish uchun zamonaviy o'quv dasturlari, chet el universitetlarida o'qish
imkoniyatlari, stipendiyalar, grantlar va boshqa imkoniyatlar yaratilgan [3]. Yoshlar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
155
uchun innovatsion g'oyalarni amalga oshirish, ilm-fan va texnologiyalarni
rivojlantirishda ishtirok etish imkoniyatlari ochib berilmoqda. O'zbekiston
yoshlarining ilmiy faoliyatga jalb etilishi, turli ilmiy loyihalarda ishtirok etishlari,
ularning texnologiya sohasidagi o'qishlari va tadqiqotlari davlat tomonidan qo'llab-
quvvatlanmoqda. Ta'lim sifatining oshishi, yoshlarning ijtimoiy faolligini va
jamiyatdagi muhim o'rinlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Hozirgi kunda
yoshlarning faoliyatini faqat ilm-fan, texnologiya yoki san'at bilan bog'lamaslik kerak.
Ularning ijtimoiy faolligi, ekologik muammolarga qarshi kurashi, sportdagi yutuqlari,
hatto siyosatda faol ishtiroki ham kengayib bormoqda. Yoshlarning o'zini ifoda etish
imkoniyatlari kengaygan sayin, ular jamiyatdagi o'zgarishlarga yanada ta'sir o'tkaza
olishadi. Yoshlar faqat kelajakni yaratish bilan cheklanib qolmay, balki ayni paytda
mavjud ijtimoiy masalalarga halqaro miqyosda qarash va muammolarga yechim topish
uchun o'z bilim va salohiyatlarini ishga solishmoqda [4].
O'zbekistonda ushbu mavzu bo’yicha o'rganayotgan olimlar va tashkilotlardan,
oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi - oliy ta'lim muassasalarida raqamlashtirish
jarayonlarini o'rganish va tahlil qilish, shuningdek, yoshlarning bu jarayondagi
ishtirokini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar olib boradi. Yoshlar ishlari agentligi -
yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, ularning oliy ta'lim muassasalarini
raqamlashtirishdagi ishtirokini qo'llab-quvvatlash bo'yicha tadqiqotlar va loyihalar
amalga oshiradi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi - oliy ta'lim muassasalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish va
rivojlantirish bo'yicha tadqiqotlar olib boradi. Oliy ta'lim muassasalaridagi olimlar va
tadqiqotchilar - pedagogika, sotsiologiya, axborot texnologiyalari va boshqaruv
sohalaridagi olimlar yoshlarning oliy ta'lim muassasalarini raqamlashtirishdagi o'rnini
o'rganish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishadi. Shuningdek, bu mavzu xalqaro
miqyosda ham keng o'rganilmoqda. Xususan:
- UNESCO
- Jahon banki
- OECD kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan raqamlashtirishning ta'limga
ta'siri, yoshlarning raqamli savodxonligi va oliy ta'lim muassasalarida raqamlashtirish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
156
jarayonlarida yoshlarning ishtiroki bo'yicha tadqiqotlar olib boriladi. Shu bilan birga,
O'zbekistonda shu mavzuga oid ko'plab ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar va tadqiqotlar
chop etilgan [5].
Oliy ta'lim muassasalarida yoshlar bilan ishlashda raqamli boshqarish tizimlari
nafaqat ta'lim jarayonini boshqarishda, balki yoshlarning ijtimoiy va madaniy
faoliyatini ham rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Yoshlar orasida jamiyatdagi
o'zgarishlarga tez moslashish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish va global mehnat
bozoriga tayyorlashda raqamli texnologiyalar samarali vosita bo'ladi. Yoshlarning
jamiyatdagi o'rni va roli ularning ta'lim olish jarayonida o'zini namoyon etadi. Raqamli
tizimlar orqali ular turli ijtimoiy, madaniy va ilmiy tadbirlarda faol ishtirok etishlari,
o'zlari uchun yangi imkoniyatlar yaratishlari mumkin. Masalan, raqamli platformalarda
onlayn konferensiyalar, ilmiy tadqiqotlar, jamiyatdagi muhim masalalar bo'yicha
forumlar tashkil etish, yoshlarni ko'proq ijtimoiy va siyosiy jarayonlarga jalb qilish
imkonini beradi [6]. Raqamli texnologiyalarni to'g'ri joriy etish orqali o'quv jarayoni
yanada samaralı, interaktiv va sifatli bo'lishi mumkin. Buning uchun esa har bir o'quv
muassasasi raqamli boshqaruvni o'z faoliyatiga integratsiya qilishga tayyor bo'lishi
zarur. Ilmiy tadqiqotlar sohasida amalga oshirilgan ishlanmalar va ular asosidagi ilmiy
izlanishlar ta'limning turli jabhalarida, jumladan, texnologiyalar, iqtisodiyot, ijtimoiy
fanlar va boshqa ko'plab sohalarda muhim ahamiyatga ega. Oliy ta'lim tizimining
rivojlanishi, ilmiy ishlar va amaliy tadqiqotlar muhim o'rin tutadi. Oliy ta'lim tizimida
ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishi va ularning amaliy qo'llanilishi yuqori darajada
ahamiyatga ega. Raqamli texnologiyalar va elektron resurslar yordamida talabalarning
ilmiy izlanishlari osonlashdi. Mavjud ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish orqali
o'quvchilarga kerakli resurslar va metodologiyalar taqdim etiladi, bu esa ularning ilmiy
ishlarini yanada sifatli va samarali qilish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, ilmiy
tadqiqotlar adabiyotini tahlil qilishda, ba'zan uning sifatiga ham e'tibor qaratish zarur
[7]. Raqamli vositalar va internet orqali taqdim etilgan materiallarning ishonchliligi va
haqiqatga mosligi hamda ularning ilmiy asosga ega ekanligi aniqlanishi kerak. Shu
boisdan, ilmiy tadqiqotlar adabiyotining sifatini tahlil qilish ilmiy izlanishlar
samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlar adabiyotini
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
157
tahlil qilish, ilm-fan rivojlanishining asosiy omillaridan biridir. Zamonaviy ilmiy
izlanishlar nafaqat yangi bilimlarni kashf qilishni, balki yangi yondashuvlar va
metodologiyalarni ishlab chiqishni ham taqozo etadi. Interdisipliner tadqiqotlar,
raqamli texnologiyalar va amaliy tadbiqlar sohasidagi innovatsiyalar ilmiy izlanishlar
jarayonini yanada samarali qilishga yordam beradi. Oliy ta'limda ilmiy tadqiqotlar
adabiyotini tahlil qilish jarayoni talabalarga o'z ilmiy ishlanmalarini amalga oshirishda
va yangi bilimlarni yaratishda katta yordam beradi. Shuningdek, tadqiqotchilar uchun
turli elektron ilmiy kutubxonalar va ma'lumotlar bazalari mavjud, bu esa o'z navbatida,
ilmiy izlanishlarni tezlashtiradi.
Tadqiqot natijalarining amaliy tadbiqi
-
ilmiy
tadqiqotlar faqat nazariy ishlanmalar bilan cheklanmasdan, amaliyotda ham
qo'llanilishi kerak. Shu sababli, ilmiy tadqiqotlarning amaliy tatbiqi sohasidagi
natijalar ko'p jihatdan biznes va sanoat sohalarida qo'llanilmoqda. Masalan, sun'iy
intellekt, mashinani o'rganish, va boshqa zamonaviy texnologiyalar yordamida turli
muammolarni hal qilishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda [8].
Qisqa so'z bilan aytsak jamiyatimizdagi yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar
mavjud. Yoshlarning bilim, ma'naviyat, jismoniy salomatlik, kasb-hunar va ijtimoiy
faollikda yuksalishi jamiyatning barqaror rivojlanishini ta'minlaydi. Har bir yosh
o'zining salohiyatini amalga oshirish orqali nafaqat o'z kelajagini, balki mamlakatning
kelajagini ham yaratadi. Shu bilan birga, yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularga
imkoniyat yaratish, ularning ijodkorlik va tashabbuskorliklarini rivojlantirish orqali
O'zbekiston kelajagi yanada yorqin bo'ladi.
ADABIYOTLAR RO'ΎΧΑΤΙ
1. Mirziyoyev.Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko'taramiz. // 1-jild. Toshkent O'zbekiston.2017-y-591.
2. O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2020 yildagi O'RQ-637-son, 1-Bob 3-
bandi.
3. Sh. K. Turaev. (2022). "Ilmiy tadqiqotlar va raqamli texnologiyalar: yangi
yondashuvlar." Oliy ta'lim va innovatsiyalar jurnali, 15(2), 115-127.
4. A. R. Rahmatov. (2023). "Ilmiy izlanishlar adabiyoti va uning amaliy qo'llanilishi."
O'zbekiston ilm-fani va ta'limi, 34(4), 233-246.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
158
5. J. X. Usmonov. (2021). "Interdisipliner tadqiqotlar va ularning ta'limdagi o'rni."
Fanlararo aloqalar va integratsiya jurnali, 18(1), 58-64.
6. B. A. Saidov. (2020). "Raqamli texnologiyalar yordamida ilmiy tadqiqotlarni
o'rganish." Raqamli iqtisodiyot va texnologiyalar, 5(1), 50-63.
7. Sultonov, Z. S. (2019). Ilmiy tadqiqotlarning metodologik asoslari va amaliyotda
qo'llanilishi. Ta'lim va innovatsiyalar, 8(2), 67-80.
8. Xodjaev, D. O. (2021). Ilmiy metodologiya va tadqiqot usullari. Toshkent:
O'qituvchi nashriyoti.