MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
380
YOSHLAR ORASIDA IJTIMOIY TARMOQLARNING IJTIMOIY
ONG VA QADRIYATLARGA TA’SIRI
Matkarimova Jamila Durdiyevna
TDTrU "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi
f.f.d.(DSc), v.b.professor.
Baxodirov Vosilxon Nodir o’g’li
TDTrU Sotsiologiya yo‘nalishi
2 bosqich talabasi.
Xolmurodov Agzam Aral o’g’li
TDTrU Sotsiologiya yo‘nalishi
2 bosqich talabasi.
Annotatsiya. Ushbu maqolada yoshlar orasida ijtimoiy tarmoqlarning ijtimoiy
ong va qadriyatlarga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bugungi kunda ijtimoiy
tarmoqlar nafaqat axborot almashish vositasi, balki yoshlarning dunyoqarashi,
ijtimoiy pozitsiyasi va axloqiy qadriyatlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatuvchi
omilga aylangan. Tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy jihatlari,
yoshlarning bu platformalardagi faoliyati, shuningdek, ularning ongida yuzaga
kelayotgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ijtimoiy tarmoqlardan
oqilona foydalanish va yoshlar ongini sog‘lom shakllantirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z
ichiga oladi.
Kalit so‘zlar: yoshlar, ijtimoiy tarmoqlar, ijtimoiy ong, qadriyatlar, axborot
makoni, madaniy ta’sir, raqamli muhit, axloqiy tarbiya.
Bugungi kunda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi hayotning barcha
jabhalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar yoshlar orasida
keng tarqalib, ularning dunyoqarashi, ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimini
shakllantirishda muhim omilga aylanmoqda. Ushbu maqolada aynan shu jarayonning
mohiyati, xavf-xatarlari va istiqbollari tahlil qilinadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
381
"Ijtimoiy tarmoqlar yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi" Bugungi kunda
internetdagi ijtimoiy tarmoqlar ayniqsa yoshlar orasida ommalashib bormoqda.
Yurtimizda
internetdan
foydalanuvchilarning
aksariyati
"Odnoklassniki.ru",
"Facebook", "V.kontakte", "Moymir" kabi tarmoqlarda o‘z profillariga ega. Biroq
keyingi yillarda mazkur tarmoqlarning yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan
jihatlari ham ko‘zga tashlanayotgani ko‘pchilikni tashvishga solmoqda. So‘rovnomani
o‘tkazishdan maqsad ham mazkur masala yuzasidan o‘quvchilarimizning fikrlarini
o‘rganish edi. Bir hafta davomida 110dan ortiq ishtirokchi "Internetdagi ijtimoiy
tarmoqlar yoshlar hayotida qanday o‘rin tutadi?" so‘rovnomasiga o‘z munosabatlarini
bildirishdi. Qizig‘i shundaki, o‘quvchilarning 32 foizi ushbu tarmoqlar do‘stlar
orttirish, manfaatli tanishuvlar uchun kerak degan fikrni ma’qullagan bo‘lsa, yana
shuncha foydalanuvchi tarmoqlarning yoshlar tarbiyasi va odob-axloqiga salbiy ta’sir
ko‘rsatayotganini tan olgan. Demak, bugun ijtimoiy tarmoqlar qanchalik
ommalashmasin, uning salbiy oqibatlarini ko‘ra bilayotganlar safi ham oshib
bormoqda. So‘rovnomaning to‘liq natijasi bilan tanishing: Savol: Internetdagi ijtimoiy
tarmoqlarning yoshlar hayotida qanday o‘rin tutadi?
Hozirgi globallashuv jarayonida va jahonda olamshumul o‘zgarishlar sodir
bo‘layotgan bir paytda biz nafaqat aniq bir inson, balki butun jamiyat hayotiga o‘z
ta’sirini o‘tkazib kelayotgan axborot texnologiyalarining ajoyib ixtirolaridan biri
bo‘lmish sotsial tarmoqlarni chetlab o‘tolmaymiz. Joriy vaqtda sotsial tarmoqlar
deyarli butun dunyoni qamrab olgan. Ayniqsa, yosh avlod juda ham sotsial tarmoqlarni
yaxshi ko‘radi. Kimga internetda o‘z rasmlarini qo‘yish, olis masofadagi do‘stlar va
qarindoshlar bilan gaplashish, o‘yinlar o‘ynash, musiqa tinglash va so‘nggi
yangiliklardan xabardor bo‘lish, statuslarni tinmay o‘zgartirish yoqmaydi deysiz?
Facebook, Instagram, TikTok, Telegram, X (sobiq Twitter) kabi platformalar
yoshlarning asosiy muloqot vositasiga aylangan. Ushbu tarmoqlar orqali yoshlar
nafaqat axborot oladilar, balki o‘z fikrlarini bildiradilar, shaxsiy qiziqishlarini
namoyon qiladilar, yangi do‘stlar orttiradilar. Bu esa, tabiiyki, ularning shaxsiy
rivojlanishi va ijtimoiy hayotga munosabatini shakllantiradi.
Ijtimoiy tarmoqlarning salbiy taʼsiri:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
382
1. Yoshlarning o‘z turmush tarzlarini boshqalarniki bilan qiyoslash natijasida
oʻzini hurmat qilish pasayadi. Boshqalarning hayoti yorqinroq koʻrinishi yoshlarda
norozichilik hissini uygʻotishi.
2. Doimiy ravishda yangiliklar va xabarlarni kuzatish ruhiy charchashga olib
kelishi.
3. Internetga qaramlilikning ortishi, ijtimoiy tarmoqlarga haddan tashqari
bogʻlanish vaqtni behuda sarflashga va jismoniy faollikning kamayishiga olib keladi.
So‘nggi yilda depressiya ko‘rsatkichi (%) Ijtimoiy tarmoqlardan kundalik foydalanish
(soat)
4. Kiberbulling ya’ni ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar haqorat, tahdid yoki
zoʻravonlikka uchrashi. (Kiberbulling qurboni bo‘lgan kishining shaxsiy
ma’lumotlarini, rasmlarini yoki videolarini tarqatish, uni sharmanda qilish yoki
obro‘siga putur yеtkazish, yolg‘on ma’lumotlar tarqatish) Kiberbulling jiddiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin, shu jumladan: Depressiya, tashvish, o‘ziga nisbatan
ishonchsizlik, o‘qishga konsentratsiya olmasligi, o‘ziga zarar yеtkazish va hatto o‘z
joniga qasd qilishga olib kelishi.
5. Haqiqiy hayotda yеtarli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishning yo‘qolishi
o‘smirlarni ijtimoiy tarmoqlarga qaram qilishi mumkin, bu esa ularni yanada
izolyatsiya bo‘lishiga olib keladi.
Yuqorida ko‘rilgan vaziyatlardan kelib chiqib yoshlarning ruhiy salomatligini
qoʻllab quvvatlash uchun quyidagicha choralar qo‘llasak bu psixologik bosim va
zo‘riqishni kamaytiradi.
- Media savodxonligini oshirish: Yoshlarga ijtimoiy tarmoqlardan
foydalanishda tanqidiy fikrlashni oʻrgatish.
- Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish vaqtlarini saralash va cheklash. Yoshlarni
real hayotda faol boʻlishga undash va ijtimoiy tarmoqlarga sarflanadigan vaqtni
kamaytirish.
- Ota-onalar va oʻqituvchilar bilan uzluksiz hamkorlik. (Turli xil tadbirlar,
ko‘rik tanlovlarda ota-onalar ishtirokini jalb qilish) Ijtimoiy tarmoqlar yoshlar uchun
katta imkoniyatlar yaratadi, lekin ulardan maqsadli foydalanish kerak. Ruhiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
383
salomatlikni saqlash uchun yoshlarni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ongli va
tanqidiy fikrlashga oʻrgatish muhimdir. Shu bilan birga, ularga psixologik yordam
koʻrsatish va ularni qoʻllab-quvvatlash jamiyatning asosiy vazifalaridan biridir.
1
Oʻzbekistonda, ayniqsa 16–17 yoshli oʻsmirlar orasida klinik depressiyaning
(bu ruhiy kasallik bo‘lib, odamning kayfiyati, energiyasi, ishtahasi, uyqusi va umuman
hayotga bo‘lgan qiziqishi pasayishi bilan tavsiflanadi. Bu holat odatdagidan ko‘ra
kuchliroq va uzoq davom etadi, shuningdek, odamning kunlik faoliyatiga jiddiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin) koʻpayishi muammosi tobora keskinlashib bormoqda. Soʻnggi oʻn
yil ichida bu holatning keng tarqalishi bir qator ijtimoiy, psixologik va tashqi omillar
bilan bogʻliq bo‘lib, oʻsmirlar orasida oʻziga boʻlgan ishonchning pasayishi, oilaviy
muammolar, ijtimoiy bosim, oʻziga nisbatan salbiy munosabatlar, ijtimoiy izolyatsiya
kabi omillar depressiyaning koʻpayishiga sabab boʻlib kelmoqda.
Ushbu sohada tadqiqot ishlarni olib borgan olimlar va olimalar quyidagi fikr
mulohazalarni bildirishgan.
To‘xtasinova G. “Yoshlarning ijtimoiy faolligi va kommunikativ madaniyati”.
Mazkur tadqiqotda yoshlarning ijtimoiy faolligi, virtual muloqotdagi ishtiroki va bu
jarayonning ijtimoiy ong shakllanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Muallif yoshlarning
ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi ularning jamiyatdagi o‘rnini belgilashda muhim rol
o‘ynashini ta’kidlaydi.
Castells M. “Axborot asri: Iqtisodiyot, jamiyat va madaniyat”. Manuel Kastels
global axborot makoni va raqamli madaniyat ta’sirini tahlil qiladi. Bu asar ijtimoiy
tarmoqlarning shaxsiy identifikatsiyaga va qadriyatlar tizimiga ko‘rsatadigan ta’sirini
tushunishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. U yoshlarning global madaniy muhitga
integratsiyalashuvi haqida muhim fikrlar beradi.
Zokirova N. “Zamonaviy axborot makonida yoshlarning axloqiy ongini
shakllantirish”. Muallif yoshlar orasida axborot madaniyatini rivojlantirish, axloqiy
qadriyatlarni mustahkamlash yo‘llarini ochib beradi. Ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy
1
Beruniy Alimov “Yoshlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali mamlakat imijini oshirishdagi roli” maqolasidan 345-358-b Educational
Sciences jurnali
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
384
axborot oqimi va uning ta’siri haqida aniq tahlillar keltiriladi. Bu ish mavzu bo‘yicha
amaliy tavsiyalar bilan boyitilgan.
Murodova M. “Ijtimoiy tarmoqlar va yoshlarning axloqiy qadriyatlari”. Ushbu
maqolada muallif ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar orasida tarqalgan muayyan
qadriyatlar tizimini o‘zgartirishi, ba’zan esa buzishi mumkinligini ta’kidlaydi.
Ayniqsa, ko‘r-ko‘rona taqlid, mashhurlikka intilish va “like” sindromi singari hodisalar
asosida ijtimoiy ongdagi o‘zgarishlar ko‘rsatib o‘tilgan.
2
Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning ijtimoiy
ong va qadriyatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday ta’sirni anglash, uni
boshqarish va yoshlarni axborot makonida ongli harakat qilishga o‘rgatish uchun
nazariy va amaliy manbalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, jamiyatimiz hayoti fan-texnologiyalar rivoji bilan
tobora uyg‘unlashib borayotgan bir davrda yashamoqdamiz. Shunday ekan, har birimiz
ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatiga amal qilishimiz kerak. Yoshlarning
ruhiy ma’naviy olamini turli xil buzg‘unchi va zararli g‘oyalardan himoya qilish orqali
taraqqiyot poydevori yaratiladi. Zero, ma’naviy barkamol, intellektual salohiyatli
avlod tarbiyasi eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Internet yoshlar manfaati uchun
xizmat qilishi kerak. Agar ularga axborot savodxonligi asoslari o‘rgatilsa, bu eng
istiqbolli yoshlar bo‘ladi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar yoshlar uchun zamonaviy
axborot olish manbasi bo‘lishi bilan birga, ularning ijtimoiy ongini shakllantiruvchi
kuchli vositadir. Shu sababli ota-onalar, pedagoglar va jamiyat a’zolari yoshlarning
raqamli madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratishlari lozim. Ijtimoiy
tarmoqlardan ongli va maqsadli foydalanish madaniyatini targ‘ib etish yoshlar
ongining sog‘lom shakllanishiga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.”Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni .
2016-yil 24-avgust
2
Qodirov U.”Yoshlar va axboriy psixologik xavfsizlik” Toshkent. 2014-yil 456-462-b
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
385
2. Qodirov U.”Yoshlar va axboriy psixologik xavfsizlik” Toshkent. 2014-yil 456-462-
b
3. Пянкова Н.Г., Матвиюк В.М. Влияние глобалной сети интернет на психику
подростков // Научно-методический электронный журнал «Концепт».
2014.T.S30.S. 36–40.
4.Собкин В.С., Федотова А.В. Подросток в социалных сетях: к вопросу о
социалнопсихологическом самочувствии // Натсионалный психологический
журнал. 2018. № 3(31). S. 23– 36.
5.Beruniy Alimov “Yoshlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali mamlakat imijini
oshirishdagi roli” maqolasidan 345-358-b Educational Sciences jurnali