Authors

  • Matkarimova Jamila Durdiyevna
  • Xusanova Durdona Abdusattor qizi

Author Biographies

  • Matkarimova Jamila Durdiyevna

    TDTrU f.f.d.(DSc), v.b.professor

  • Xusanova Durdona Abdusattor qizi

    Sotsiologiya yo`nalishi 2 bosqich     talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118228

Keywords:

Davlat boshqaruvi xavfsizlik korrupsiya pora poraxo‘rlik ta’ma taraqqiyot manfaat.

Abstract

Ushbu maqolada bugungi kunda davlatlar, jamiyatlar taraqqiyotida jiddiy to‘siq bo‘layotgan, davlatlarni yemirib bitirayotgan korrupsiya illatining qisqacha kelib chiqish tarixi, kishilar tafakkuriga singish jarayoni, davlat va jamiyat uchun moddiy, ma’naviy oqibatlari hamda unga qarshi samarali kurash yo‘llari tahlil qilingan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

110

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH-JAMIYAT TARAQQIYOTINING

ENG MUHIM ASOSI

Xusanova Durdona Abdusattor qizi TDTrU

Sotsiologiya yo`nalishi 2 bosqich talabasi

Matkarimova Jamila Durdiyevna

TDTrU f.f.d.(DSc), v.b.professor

Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda davlatlar, jamiyatlar

taraqqiyotida jiddiy to‘siq bo‘layotgan, davlatlarni yemirib bitirayotgan korrupsiya

illatining qisqacha kelib chiqish tarixi, kishilar tafakkuriga singish jarayoni, davlat va

jamiyat uchun moddiy, ma’naviy oqibatlari hamda unga qarshi samarali kurash

yo‘llari tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar: Davlat boshqaruvi, xavfsizlik, korrupsiya, pora, poraxo‘rlik,

ta’ma, taraqqiyot, manfaat.

АННОТАЦИЯ В статье представлена краткая история коррупции,

которая сегодня является серьезным препятствием для развития государств и

обществ, процесса ассимиляции в мышлении людей, материальных и духовных

последствий для государства и общества и эффективной борьбы с ней.

Ключевые слова: государственное управление, безопасность, коррупция,

взяточничество, коррупция, вкус, развитие, интерес.

ABSTRACT This article provides a brief history of corruption, which today is

a serious obstacle to the development of states and societies, the process of assimilation

into people's thinking, the material and spiritual consequences for the state and society,

and the effective fight against it. were analyzed.

Keywords: public administration, security, corruption, bribery, corruption,

taste, development, interest.

Hech kimga sir emaski, jamiyatlarni ich-ichidan yemirib, uning taraqqiyoti,

kelajak hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi korrupsiya illati bugun biz o‘zbeklarning

kundalik turmushida ham stixiyali ko‘rinishda, u yoki bu shaklda ko‘p uchrab turadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

111

Ishni, o‘zi barchaning tilidan tushmaydigan korrupsiya so‘zi qachon, qayerda paydo

bo‘lgan, u qanday ma’nolarda qo‘llaniladi degan savollarga javob izlashdan boshlasak,

to‘g‘ri bo‘lar edi nazarimizda. Shuni alohida e’tiborga olish kerakki, korrupsiya

ijtimoiy munosabatlar tizimidagi eng qadimgi hodisalardan biri bo‘lib, “bu ijtimoiy

tuzum qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, odamlar hayotini boshqaradigan ijtimoiy tuzum

bilan bir xil qadimiy hodisa hisoblanadi”. Tabiiyki, tarixiy jarayon davomida bu hodisa

muttasil o‘zgarib boradi, siyosiy va iqtisodiy tartib murakkablashib borishi bilan uning

namoyon bo‘lishining yangi shakllari vujudga keladi.

Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar

tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy

manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini

anglatadi[2]. Korrupsiyaning tarixiy ildizlari qadimgi davrlarga borib taqalib, u

ehtimol kishilik jamiyati tarkib topgan davrlarda shakllangan, yoki qabilada ma’lum

mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan

deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq

davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat

rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi

davlat sifatida qadimgi Shumerning Lagash shahar-davlati hukmdori Uruinimgina tan

olinadi “Til uchida topilgan asal yoki zaharni tatib ko‘rmaslikning iloji bo‘lmaganidek,

qirolning mol-mulkidan davlat xizmatchisi ham bir oz bo‘lsa-da, foydalanmasligi

mumkin emas”. Bunday holni biz qadimgi Misr hayotida ham uchratishimiz mumkin

bo‘lgan, chunki firavnlar davrida ulkan byurokratik tizim shakllangan bo‘lib,

dehqonlar,

hunarmandlar

va

hatto

harbiylarga

nisbatan

qonunbuzarlik,

o‘zboshimchalik qilishga imkon bergan. Korrupsiya davlatning obro‘siga juda qattiq

putur yetkazadi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni

muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda

“Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni

o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l

bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z

mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan. Umuman olganda,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

112

korrupsiya jiddiy axloqiy, iqtisodiy va siyosiy muammolarga sabab bo‘lib, davlat va

jamiyat boshqaruvni buzadi, qolaversa, rivojlanishga to‘sqinlik qilib, raqobat muhitini

inkor qiladi. Oqibatda, adolatsizlik avj olib, inson huquqlari poymol bo‘lishi va

qashshoqlikni ortishiga olib keladi. Bundan tashqari, biznes yuritish qiymatini oshib,

noaniqlik tijorat operatsiyalari ichiga joriy, tovarlar va xizmatlar narxini ham

oshishiga, mahsulot va xizmatlar sifatini pasayishiga, davlat muassasalariga

ishonchsizlikka hamda bozorlardan samarali foydalanishga sun’iy g‘ovlar paydo

bo‘lishiga olib keladi. Korrupsiya barcha davlatlarga xos bo‘lgan va har doim mavjud

bo‘lgan butun ijtimoiy boshqaruv tizimining eng daxshatli illati hisoblanib, u faqat turli

darajadagi faollikdagi ijtimoiy munosabatlar tizimiga ta’sir qildi, ba’zan shunday

faollik darajasiga ega bo‘ldiki, u bu munosabatlarning tartibga soluvchisiga aylandi,

qonunni almashtirdi yoki unga parallel ravishda harakat qildi va shu bilan davlat

hokimiyatini zaiflashtirdi.

Shuningdek,

mazkur

Farmon

asosida

quyidagi

chora-tadbirlarni

bosqichmabosqich amalga oshirish belgilanligi ahamiyatlidir, xususan: 2020–2021

yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi ichki

nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”) ni bosqichmabosqich joriy etish; davlat

hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi

faoliyati, shuningdek ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar samaradorligini

monitoring qilish hamda baholash imkonini beruvchi E-Anticor.uz elektron

platformasini joriy etish; korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi

maxsus mobil dasturiy taʼminotni joriy etish.

ADABIYOTLAR:

1. Хрестоматия государства и права зарубежных стран. Древность и Средние

века / сост. В. А. Томсинов. -М.: Зерцало, 1999; 2004. — С. 56.

2. https://minek.rk.gov.ru/ru/structure/539 – Коррупция: понятие, виды, история

появления и развития

3. https://anticorruption.uz/en/item/what-is-corruption - O’zbekiston Respublikasi

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi

4. https://ru.wikipedia.org/wiki/Коррупция - korrupsiya tushunchasi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_ Апрель –2025

113

5.

https://www.brookings.edu/wp-content/uploads/2016/07/chapter-one_-

corruptionsh-9780815727910.pdf –One the gift in antiquity. Exchange, Favor, and

Sacrifi ce, from Hammurabi to the Bible. P. 21

6. Qur’oni Karim. Baqara surasi, 188-oyat.

7. https://minek.rk.gov.ru/ru/structure/539 – Коррупция: понятие, виды, история

появления и развития

Most read articles by the same author(s)

MATKARIMOVA JAMILA DURDIYEVNA, MAXMIRZAYEVA YULDUZ JAMOLITDIN QIZI, TOSHPO’LATOVA GULSANAM SHAHRIDDIN QIZI, IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR ONGIGA TA’SIRI , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Nazarova Nilufar Jo’rayevna, Xusanova Durdona Abdusattor qizi, ZAMONAVIY JAMIYATDA YOSHLARNING IJTIMOIY TABAQALANISHI: OMILLAR VA OQIBATLAR , Modern education and development: Vol. 25 No. 5 (2025)

Maxamatiminova Durdonaxon Farxot qizi, Xusanova Durdona Abdusattor qizi, Matkarimova Jamila Durdiyevna, “ GLOBAL EKOLOGIK SIYOSATLAR VA ULARNING MAHALLIY JAMIYATLARGA TA’SIRI ” , Modern education and development: Vol. 25 No. 5 (2025)

MATKARIMOVA JAMILA DURDIYEVNA, MAXMIRZAYEVA YULDUZ JAMOLITDIN QIZI, TOSHPO’LATOVA GULSANAM SHAHRIDDIN QIZI, IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR ONGIGA TA’SIRI , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Matkarimova Jamila Durdiyevna, Baxodirov Vosilxon Nodir o’g’li, Xolmurodov Agzam Aral o’g’li, YOSHLAR ORASIDA IJTIMOIY TARMOQLARNING IJTIMOIY ONG VA QADRIYATLARGA TA’SIRI , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Matkarimova Jamila Durdiyevna, Sultonova Jamila, Oyto’rayeva Sevinch, OLIY TA'LIMNING JAMIYAT VA IQTISODIYOT RIVOJLANISHIDAGI ROLI: GLOBAL VA LOKAL YONDASHUVLAR , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Matkarimova Jamila Durdiyevna, Baxodirov Vosilxon Nodir o’g’li, Xolmurodov Agzam Aral o’g’li, YOSHLAR ORASIDA IJTIMOIY TARMOQLARNING IJTIMOIY ONG VA QADRIYATLARGA TA’SIRI , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Nazarova Nilufar Jo’rayevna, Xusanova Durdona Abdusattor qizi, ZAMONAVIY JAMIYATDA YOSHLARNING IJTIMOIY TABAQALANISHI: OMILLAR VA OQIBATLAR , Modern education and development: Vol. 25 No. 5 (2025)

Qurbonova Sevaraxon Solijon qizi, Matkarimova Jamila Durdiyevna, YOSHLARNING OLIY TA`LIM MUASSASALARINI RAQAMLASHTIRISHDAGI O’RNI , Modern education and development: Vol. 24 No. 2 (2025)

Maxamatiminova Durdonaxon Farxot qizi, Xusanova Durdona Abdusattor qizi, Matkarimova Jamila Durdiyevna, “ GLOBAL EKOLOGIK SIYOSATLAR VA ULARNING MAHALLIY JAMIYATLARGA TA’SIRI ” , Modern education and development: Vol. 25 No. 5 (2025)

1 2 > >>