MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
94
ZAMONAVIY JAMIYATDA YOSHLARNING IJTIMOIY
TABAQALANISHI: OMILLAR VA OQIBATLAR
Nazarova Nilufar Jo’rayevna
Toshkent Davlat Transport universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsent
v.b.(PhD)
Xusanova Durdona Abdusattor qizi
Toshkent Davlat Transport universiteti sotsiologiya yo‘nalishi 2-kurs talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatda yoshlarning ijtimoiy
tabaqalanish jarayonlari, ularning shakllanish omillari va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari
tahlil qilingan. Yoshlarning turli ijtimoiy guruhlarga ajralishiga ta’sir etuvchi
iqtisodiy, madaniy, ta’limiy va axborot-kommunikatsiya omillari o‘rganilgan.
Shuningdek, ijtimoiy tabaqalanishning yoshlar hayotidagi turli ijtimoiy muammolar va
ijtimoiy adaptatsiya jarayonlariga ta’siri yoritilgan. Maqolada yoshlar o‘rtasida
ijtimoiy liftlar mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan hamda
jamiyatda barqarorlikni ta’minlashda ijtimoiy adolat va teng imkoniyatlarning
ahamiyati asoslab berilgan. Xulosa o‘rnida, yoshlarning ijtimoiy tabaqalanishini
kamaytirish va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan taklif va
tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: yoshlar, ijtimoiy tabaqalanish, ijtimoiy adolat, tenglik, ta’lim,
bandlik, madaniy kapital.
Kirish
Har bir davr yoshlarining bilim darajasi, dunyoqarashi, о‘y-fikri, ma’naviy
qiyofasiga qarab о‘sha jamiyatning nafaqat ertangi kunini tasavvur etish mumkin, balki
uning istiqbolini ham prognozlashtirish mumkin bо‘ladi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq, aniqrog‘i, 1991-yilning 20-noyabrida
“О‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari
tо‘g‘risida”gi[7] qonunning qabul qilinishi va uning yangi tahrirda qayta qabul qilinishi
jamiyatimizda yoshlarga e’tibor masalasining davlat siyosati darajasiga kо‘tarilganini
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
95
kо‘rsatadiki, bu esa о‘z navbatida amalga oshirib kelinayotgan islohotlarda ham о‘z
aksini topmoqda. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar –
kelajagimiz” Davlat dasturi tо‘g‘risidagi Farmoni, О‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda
chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bо‘yicha tayyorlash tartibini
takomillashtirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risidagi Qarori,
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Fuqarolar yig‘inlarida sportning
futbol turini yanada rivojlantirish hamda fuqarolar yig‘inlari raislarining о‘rinbosarlari
– yoshlar masalalari bо‘yicha maslahatchilarni moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari
tо‘g‘risidagi qarori, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining О‘zbekiston
yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi faoliyatini tashkil
etish chora-tadbirlari tо‘g‘risidagi qarori va boshqa shu kabi kо‘plab qabul qilingan
huquqiy-meyoriy hujjatlar yoshlar masalalarini о‘rganishda institutsional asos sifatida
xizmat qilib kelmoqda. Biroq amalga oshirilgan shuncha islohotlarga qaramasdan,
yoshlar bilan bog‘liq muammolar jamiyat faollarida yetarlicha xavotirlanishga sabab
bо‘lmoqda. Jumladan, 2023-yil 11-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan
videoselektor yig‘ilishida “2022-yili 11 ta davlat oliygohining 11 mingdan ziyod
bitiruvchilaridan 6,5 ming nafari ishga joylashmagani, yoki grantda о‘qigan 3 ming
talaba ham ishga kirmagani, professional ta’limda ham, о‘tgan yili kollej va
texnikumlarni 143 ming nafar yoshlar bitirgan bо‘lsa, shundan 30 ming nafari ish topa
olmagani”[2] kabi yoshlar bilan bog‘liq bir qator muammolar qayd etildi. Shuningdek,
yoshlar bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim bilan qamrab olish va bо‘sh vaqtlarini
mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom fikrlashlariga
zamin yaratish bо‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, YUNISEF, Yoshlar ittifoqi hamda “Yuksalish” umumilliy
harakati “О‘zbekiston yoshlari: muammo va istiqbollar” deb nomlangan yirik tadqiqot
natijalarida qayd etilishicha, “mamlakatda kо‘p yillardan buyon pishib yetilgan hamda
yoshlarning qimmatbaho inson kapitaliga aylanishiga tо‘sqinlik qilayotgan kompleks
muammolar mavjud. Tadqiqotda qatnashgan yigit-qizlar davlatdan oliy va kasbiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
96
ta’lim sifatini yaxshilash, ishsizlik bilan samarali kurashish hamda aholi daromadlarini
oshirish, erta nikoh, ajrimlar, katta va yosh avlod о‘rtasidagi manfaatlar tо‘qnashuviga
о‘xshash о‘tkir ijtimoiy muammolarni bartaraf etishni kutayotgani”[3] kо‘rsatib
о‘tilgan.
Albatta jamiyatning qudratini belgilaydigan omillar kо‘p. Biroq ularning eng
asosiylaridan biri, shubhasiz, shu yurtda voyaga yetayotgan yuksak ma’naviyatli,
jismonan sog‘lom, har tomonlama barkamol avloddir. Shu boisdan ham bugungi kun
yoshlarning ijtimoiy tabaqalanish holatini chuqur tahlil qilish ijtimoiy fanlar, xususan,
sotsiologiya va pedagogika uchun dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Muhokama
Ijtimoiy tabaqalanish – jamiyat a’zolarining ijtimoiy mavqe, daromad, ta’lim
darajasi, kasbiy maqom, madaniy imkoniyatlar singari omillar asosida tabaqalarga
ajralishidir. Yoshlar bu jarayonda alohida guruh sifatida ishtirok etadi, chunki ularning
ijtimoiylashuvi, o‘zini namoyon qilishi va kelajakdagi maqomi shu bosqichda
shakllanadi[1].
Hozirgi kunda jamiyat hayotida yangi tengsizlik turlari shakllanib, unga
quyidagilar kiradi: axborot tengsizligi, kasbiy tengsizlik, mahrum qilish tengsizligi,
mobillik va xavfsizlikka teng bo‘lmagan kirish imkoniyati. Bu tengsizliklar hali
yetarlicha o‘rganilmagan. Ularni empirik o‘rganish uchun tegishli metodologik
yondashuvlar va empirik usullar talab etiladi. Shunday yondashuvlardan birini
amerikalik sotsiolog Lloyd Uorner ishlab chiqqan bo‘lib, u ijtimoiy maqom
xususiyatlarining standart indeksidan foydalanishni taklif qilgan [8]. Bu indeks
tengsizlikning obyektiv mezonlarini (kelib chiqishi, yashash joyi, daromadi,
ma’lumoti) va “subyektiv” mezonlarini (shaxslarning o‘zlarini atrofdagilarga nisbatan
baholashi) o‘z ichiga olishini ta’kidlaydi.
Yoshlar ijtimoiy tabaqalanishi esa ularning oilaviy sharoiti, ta’lim
imkoniyatlari, iqtisodiy manbalari va madaniy kapitallariga qarab jamiyatda turli
mavqe va imkoniyatlarga ega bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Respublikamiz hukumati
tomonidan yoshlar siyosatini ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilagan bo‘lsada
[4, 6], amaliyotda ayrim muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
97
1.
Qishloq joylarda ta’lim va sog‘liqni saqlash infratuzilmasining yetarli
emasligi;
2.
Ishsizlik muammosi va norasmiy mehnat bozori;
3.
Chet elga vaqtincha migratsiya tufayli oilaviy ajralishlar va ijtimoiy
beqarorlik holatlari;
4.
Raqamli texnologiyalar va axborot vositalaridan foydalanishdagi
tengsizlik.
Bular yoshlar o‘rtasida ijtimoiy ajralishlarni kuchaytiradi va jamiyatda ijtimoiy
adolatning izdan chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yoshlar orasidagi chuqur
tabaqalanish oqibatida jamiyatda ijtimoiy norozilikni keltirib chiqishi, ijtimoiy
harakatchanlikni pasayishi, intellektual salohiyatni yo‘qotish xavfini oshirishi
mumkin.
Ushbu holatlarni yumshatish uchun quyidagi chora-tadbirlar muhim
hisoblanadi. Bulardan, ta’limda teng imkoniyatlarni ta’minlash, ayniqsa, qishloq
joylarda sifatli ta’limga e’tiborni kuchaytirish, ijtimoiy himoya tizimini
takomillashtirish, kam ta’minlangan oilalardan chiqqan yoshlar uchun kvotalar va
grantlar ajratish, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan startaplar, kasb-hunar
o‘rganish dasturlarini kengaytirish, madaniy va sport infratuzilmasini rivojlantirish
orqali yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish.
Xulosa
Jamiyatda ijtimoiy liftlar ya’ni, yoshlarning o‘z iqtidor va qobiliyati asosida
yuqori ijtimoiy mavqe egallashi uchun imkoniyatlar mavjudligi muhim ahamiyatga
ega. Ta’lim sifatini oshirish, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, moddiy va
ma’naviy rag‘batlantirish mexanizmlarini kuchaytirish, ijtimoiy adolat va teng
imkoniyatlar yaratish orqali ijtimoiy tabaqalanish ta’sirini yumshatish mumkin.
Yoshlarning ijtimoiy tabaqalanishi har bir jamiyatning barqarorligi va kelajagi
uchun muhim indikatorlardan biridir. Adolatli, inkluziv va imkoniyatlarga boy jamiyat
barpo etish yo‘lida yoshlar orasidagi ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi zarur. Bunda nafaqat hukumat, balki
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–5_ Май –2025
98
ta’lim muassasalari, jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari ham faol ishtirok
etishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Giddens A. Sotsiologiya. – T.: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2004. – B. 213–
216.
https://t.me/Press_Secretary_Uz/3054
3. https://www.uzanalytics.com/jamiyat/8847/
4. Juraevna N. N. THE ROLE OF COMMUNICATIVE COMPETENCE IN YOUTH
SOCIAL ACTIVISM //Archive of Conferences. – 2021. – С. 50-51.
5. Warner L. Social Class in America. Chicago, 1949.
6. Назарова Н. Ж. YOSHLARDA RAQOBATBARDOSHLIK SIFATLARINI
SHAKLLANTIRISH PARADIGMALARI: SHARQ VA G'ARB KONTEKSTIDA
//Журнал Социальных Исследований. – 2022. – Т. 5. – №. 2.
7. Ўзбекистон Республикасининг «Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида»ги
ЎРҚ-406-сон Қонуни. 2016 йил 14 сентябрь. Ўзбекистон Республикаси қонун
ҳужжатлари тўплами, 2016 й., 37-сон, 426-модда; 2017 й., 24-сон, 487-модда;
Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.07.2018 й., 03/18/486/1559-
сон; Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-
сон.