Gipotireoz holatdagi onalardan tug ‘ilgan avlodning perferik limfa tugunlarining postnatal rivojlanishi

Аннотация

Gipotireoz - qalqonsimon bez gormonlarini yetarli darajada ishlab chiqarmaydigan holatlarda yuzaga keladi. Tanada ko'plab bezlar mavjud bo’lib, qalqonsimon bez - bu metabolizmni tartibga soluvchi gormonlar ishlab chiqaradigan, tanananing energiya sarflashiga ta'sir qiladigan va boshqa jarayonlarni boshqaradigan kichik bezli organ. Gipoterioz kasalligi butun jahonda klinik birlamchi gipotiroidizm, 0,3%; subklinik kasallik, 4,3% uchrayotan kasalliklardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda gipoterioz kasalligini turli organlarga tasiri 0‘rganilgan ammo antigenga bog’liq holda qon yaratish tizimiga tasirini o’rganish dolzarbligicha qolmoqda. Endo va ekzogen omillarning limfa tugunlariga ta’sir etishi immun tizim kasalliklarini sonini ortib borishiga sabab bo’lib kelmoqda. Bu esa o’z navbatida bolalar orasida turli infeksion, noinfeksion, autoimmun kasalliklar hamda turli neoplastik kasalliklami keltirib chiqarishi tasdiqlangan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
  • Сырдарьинский областной филиал Республиканского специализированного научно-практического медицинского центра онкологии и радиологии
  • Республиканский научный Центр экстренной медицинской помощи
  • Республиканский научный Центр экстренной медицинской помощи
CC BY f
48-50
18

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Рахматов A., Тешаев I., & Магрупов B. (2024). Gipotireoz holatdagi onalardan tug ‘ilgan avlodning perferik limfa tugunlarining postnatal rivojlanishi. Профилактическая педиатрия, 1(1), 48–50. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/preventive-pediatrics/article/view/37124
А Рахматов, Сырдарьинский областной филиал Республиканского специализированного научно-практического медицинского центра онкологии и радиологии
врач морфолог.
И Тешаев, Республиканский научный Центр экстренной медицинской помощи
Клинический директор отделения патологической анатомии
Б Магрупов, Республиканский научный Центр экстренной медицинской помощи
Научный руководитель: ТФН, профессор
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Gipotireoz - qalqonsimon bez gormonlarini yetarli darajada ishlab chiqarmaydigan holatlarda yuzaga keladi. Tanada ko'plab bezlar mavjud bo’lib, qalqonsimon bez - bu metabolizmni tartibga soluvchi gormonlar ishlab chiqaradigan, tanananing energiya sarflashiga ta'sir qiladigan va boshqa jarayonlarni boshqaradigan kichik bezli organ. Gipoterioz kasalligi butun jahonda klinik birlamchi gipotiroidizm, 0,3%; subklinik kasallik, 4,3% uchrayotan kasalliklardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda gipoterioz kasalligini turli organlarga tasiri 0‘rganilgan ammo antigenga bog’liq holda qon yaratish tizimiga tasirini o’rganish dolzarbligicha qolmoqda. Endo va ekzogen omillarning limfa tugunlariga ta’sir etishi immun tizim kasalliklarini sonini ortib borishiga sabab bo’lib kelmoqda. Bu esa o’z navbatida bolalar orasida turli infeksion, noinfeksion, autoimmun kasalliklar hamda turli neoplastik kasalliklami keltirib chiqarishi tasdiqlangan.


background image

ХАЛҚАРО ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ
«ПРЕВЕНТИВ ПЕДИАТРИЯ»-2024

GIPOTIREOZ HOLATDAGI ONALARDAN TUG ‘ILGAN AVLODNING

PERFERIK LIMFA TUGUNLARINING POSTNATAL RIVOJLANISHI.

Raxmatov A.S.

1

Teshaev I.V.

2

1- RIO va RIATMning Surxondaryo viloyat filialida vrach morfolog.

2- RShTYoIMPatologik anatomiya bo‘limiKlinik ordinatori

Ilmiy rahbar: B. A. Magrupov - TFN, Professor

Dolzarbligi:

Gipotireoz - qalqonsimon bez gormonlarini yetarli darajada ishlab

chiqarmaydigan holatlarda yuzaga keladi. Tanada ko'plab bezlar mavjud bo’lib, qalqonsimon bez

- bu metabolizmni tartibga soluvchi gormonlar ishlab chiqaradigan, tanananing energiya

sarflashiga ta'sir qiladigan va boshqa jarayonlarni boshqaradigan kichik bezli organ. Gipoterioz

kasalligi butun jahonda

klinik birlamchi gipotiroidizm, 0,3%; subklinik kasallik, 4,3%

uchrayotan

kasalliklardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda gipoterioz kasalligini turli organlarga tasiri

o‘rganilgan ammo antigenga bog‘liq holda qon yaratish tizimiga tasirini o‘rganish dolzarbligicha

qolmoqda. Endo va ekzogen omillarning limfa tugunlariga ta’sir etishi immun tizim kasalliklarini

sonini ortib borishiga sabab bo‘lib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida bolalar orasida turli infeksion,

noinfeksion, autoimmun kasalliklar hamda turli neoplastik kasalliklarni keltirib chiqarishi

tasdiqlangan.

Tadqiqotimizning maqsadi.

Tajribada chaqirilgan gipotireoz holatidagi onalardan

tug‘ilgan avlodlarning perferik limfa tugunlarini postnatal rivojlanishini morfologik

o‘zgarishlarini o‘rganish va olingan natijalarni amaliyotda tatbiq etish.

Tadqiqot uchun materiallar.

Maqsadga yetish uchun kalamushlarda tajribaviy

gipotireoz chaqirildi. Kalamushlarda tajribaviy gipotireoz chaqirish uchun 14 sutka davomida 100

gr tana og‘irligiga nisbatan 0,5 mg miqdorda

merkazolil

berildi. Gipotireoz kasalligi

tasdiqlangandan so‘ng 1 oy davomida kalamushlarga 100 g tana vazniga 0,25 mgdan ushlab

turuvchi

merkazolil

berildi. Kalamushlar homilador bo‘lganidan so‘ng va bolasi tug‘ilgandan

keyin ham emizikli davrida ona kalamushlarga ushlab turuvchi dozada

merkazolil

berish davom

ettirildi.

Nazorat guruhidagi ona kalamushlarga tajribani boshidan to oxiriga qadar 1,0 ml 1% li

miqdorida zond orqali

kraxmal suspenziyasi

va suv berildi.

Gipotireozli onalarning avlodlari tug‘ilgandan so‘ng narkoz ostida har xil kunlarda

jonsizlantirildi va perferik limfa tugunlari ajratib olindi.


background image

ХАЛҚАРО ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ
«ПРЕВЕНТИВ ПЕДИАТРИЯ»-2024

Tadqiqod natijalari.

Gipoterioz bilan og‘rigan kalamushlarda turli xil o‘zgarishlar

kuzatilib borildi. Dastlab bosqichda ularda tashqi ko‘rinishlarida o‘zgarishlar ko‘zga tashlandi

ularning yunglari dag‘allashdi, harakterida ham o‘zgarishlar kuzatildi jumladan: juda asabiy va

harakatchan bo‘lib qoldi. Tajribaning ikkinchi yarimidan boshlab kam harakat, vaznining ortishi

kuzatildi. Gipotireoz xolatdagi ona kalamushlardan tug‘ulgan avlodidagi yirik limfa tugunlarining

postnatal rivojlanishida o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xususan, qo‘ltiq osti limfa tugunlarining kapsulasi

sezilarli va notekis fibrozi bilan limfa tugunlari bo'laklarga bo‘luvchi biriktiruvchi to‘qimada

o‘zgarishlar kuzatilgan. Limfa tugunining arxitekturasi tugun tuzilmalarini hosil qiluvchi kuchli

tolali septalar tufayli buzilgan. Limfoid elementlar sitoplazmasi tiniq bo'lgan yagona joylashgan

yirik dumaloq hujayralar bilan almashtiriladi, ularda yengil xromatinli 1-2 ta yirik, dumaloq,

markazda joylashgan yadrolar va inklyuziya tipidagi eozinofil yadroli. Hujayralar zich limfoid fon

orasida tarqalgan bo'lib, eozinofillarning sezilarli aralashmasi bo'lgan kichik limfotsitlardan tashkil

topgan. Limfa tugunlarining parakorteksi to‘q rangga bo'yalgan etuk T hujayralari, B

immunoblastlari, interdigitatsiya qiluvchi dendritik hujayralar, plazmatsitoid dendritik hujayralar,

gistiotsitlar va yuqori endotelial venulalar leykotsitlar yopishish molekulalarini ifodalovchi va

intraluminal hujayralarni o'z ichiga olgan to'la endotelial hujayralar bilan qoplangan postkapilliar

venulalarni o'z ichiga olgan T- zonasi rivojlanishida susayish kuzatildi va uning maydoni nazorat

guruhidagiga nisbatan 8-15 % ga kamayganini ko‘rish mumkin. T-zonada limfoid hujayralar

proliferatsiyasi kamaydi va aksincha hujayralar destruktsiyasi jaroyonikuchaygani namoyon

bo‘ldi. Interdigitirlovchi hujayralar sifat va miqdor jihatdan kamayishi kuzatildi.

Germintativ markaz tarkibida asosan B limfotsitlar shu jumladan sentroblastlar va tsentrotsitlar va

tarqoq follikulyar T- xelper hujayralari va T-regulyator hujayralari yetilishida ortda qolish

kuzatildi. B-hujayralari B limfotsitlarni plazmatik hujayrlarga aylantirishi, nazorat

guruhidagilardan 10-14 % ga kamayganligi aniqlandi. Mag‘iz moddasiga yo‘nalgan mag‘iz

tasmalarining hujayralarida sifat va miqdor ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham sezilarli darajada

kamayishlar kuzatildi. Mag‘iz tasmalarida mikromuhut hujayralarida yetilish va mitoz

jarayonidagi B limfotsitlarning turli xil darajada o‘zgarishlari kuzatildi.

Postnatal hayotning 7-kunini tanqidiy davr deb hisoblash mumkin, chunki bu davrda

tutqich limfa tugunining stromasida parenximaning muhim miqdoriy va sifat jihatidan o'zgarishi

sodir bo'ldi: Korteks diffuz limfoid to'qimadan iborat. Undagi hujayralarning tarqalish zichligi bir

xil emas. Limfoid hujayralarning juda kam uchraydigan joylashuvi qayd etilgan joylarda

limfotsitlarning zich to'planishi mavjud. Limfoid hujayralar zich joylashgan joylar, qoida

tariqasida, kortikal moddaning periferik qismini egallagan va ehtimoli limfa follikullari


background image

ХАЛҚАРО ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ
«ПРЕВЕНТИВ ПЕДИАТРИЯ»-2024

rivojlanayotganini ko'rish mumkin. Limfa tugunlari parenximasining korteks va medullaga

differensiatsiyasi, ayniqsa, yarim yupqa bo'laklarda yaqqol namoyon bo'ldi. Ko'p sonli

limfoblastlar, prolimfotsitlar, makrofaglarni o'z ichiga olgan limfoid hujayralarning zich

to'planishi retikulyar hujayralarning ingichka sitoplazmatik jarayonlari bilan chegaralangan. Limfa

tugunining darvozasi hududida hujayralar shaklidagi bo'shliqlar kuzatildi. Ushbu to'plamlarlar

atrofida kortikal sinuslarning shakllanishini ham qayd etish mumkin. Sinuslar devori cho'zilgan

retikulyar qirg'oq hujayralar bilan qoplangan bo'lib, ularning bo'shlig'ida limfotsitopoez

hujayralari topilgan. Mag'iz qisimlarida retikulyar tolalar tarmog'i nozik va zich bo'lib qoldi.

Mag'iz qismida asosan limfoid seriyali hujayralar, makrofaglar va oz miqdordagi plazma

hujayralari bilan ifodalanganligi aniqlanadi. Bu davrda, shuningdek, arteriolalar, kapillyarlar,

postkapillyar venulalar bilan ifodalangan organning qon tomir tarmog'ida sezilarli farq borligi

ko‘rish mumkin.

Xulosa.

Olingan malumotlar shuni ko‘rsatdiki gipotireoz hastaligi organlar aro bog‘liq

o‘zgarishlar keltirib chiqardi. Bunday hastalik bilan kasallangan ona kalamushlardan tug‘ilgan

bolalarda limfositlarning antigenga bog‘liq holda ixtisoslashuvi va T va B-zonalarining susayishi

esa ularda hujayraviy hamda gumoral immun tizimlarining sustlashishiga olib kelishi aniqlandi.

Buning natijasida tajribadagi kalamush avlodlari o‘rtasida

frunkulioz

bilan zararlanish nazorat

guruxlariga nisbatan 90 % ni tashkil qildi.

Аdabiyotlar ro'yxati:

1.

Мубитдинова X.Хамраева Г.Назаров, Б.Фатхуллаева , Д.& Муминова , Н. (2024).
Circadian' rhythm of total peripheral vascular resistance in acute renal failure in c hildren aged
7.1-18

years

old.

in

Library,

7(1),

3-12.

извлечено

от

https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/36896

2.

Хамраева, Г., Абдуллаев, X., & Нуруллаева, Д. (2024). Оптимизация седации при
малоинвазивных хирургических манипуляциях у детей с онкогематологическими
заболеваниями

.

in

Library,

2(2),

518-524.

извлечено

от

https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/36899

3.

Акилов, X., Хамраева, Г., Саитазизов, X., & Чориев, X. (2024). Surgical outcome of
congenital heart defects with pulmonary hypertension in infants, in Library, 3(3), 8-13.
извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/36902

Библиографические ссылки

Мубитдинова X.Хамраева Г.Назаров, Б.Фатхуллаева , Д.& Муминова , Н. (2024). Circadian' rhythm of total peripheral vascular resistance in acute renal failure in c hildren aged 7.1-18 years old. in Library, 7(1), 3-12. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/36896

Хамраева, Г., Абдуллаев, X., & Нуруллаева, Д. (2024). Оптимизация седации при малоинвазивных хирургических манипуляциях у детей с онкогематологическими заболеваниями . in Library, 2(2), 518-524. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/36899

Акилов, X., Хамраева, Г., Саитазизов, X., & Чориев, X. (2024). Surgical outcome of congenital heart defects with pulmonary hypertension in infants, in Library, 3(3), 8-13. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/36902