ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
528
OLIY MAJLIS SENATINING IJRO HOKIMIYATI FAOLIYATI USTIDAN
PARLAMENT NAZORATI: VAZIFA VA FUNKSIYALARI
Rasulova Tursunoy To‘lqinovna
TDYU Davlat boshqaruvi huquqi mutaxassisligi magistranti.
Telefon: +99891-595-50-53
trasulova87@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15651246
Annotatsiya.
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ijro
hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazorati bo‘yicha vazifa va funksiyalarini yangi
tahrirdagi Konstitutsiya (2023-yil) asosida tahlil qilgan. Tadqiqotda Senatning qonun ijrosini
monitoring qilish, parlament so‘rovlari, tinglovlar va maxsus komissiyalar orqali nazorat
mexanizmlari o‘rganilgan. Yangi Konstitutsiya doirasida Senat vakolatlarining kengayishi,
xususan, parlament tekshiruvi institutining joriy etilishi tahlil qilingan. Maqola nazorat
jarayonidagi muammolarni aniqlab, samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar bergan.
Kalit so‘zlar:
Oliy Majlis Senati, parlament nazorati, ijro hokimiyati, Konstitutsiya,
parlament so‘rovi, parlament tekshiruvi, qonun ijrosi, demokratik
boshqaruv.
Аннотация.
В данной статье анализируются задачи и функции Сената Олий
Мажлиса Республики Узбекистан по парламентскому контролю за деятельностью
исполнительной власти на основе Конституции в новой редакции (2023 год). В
исследовании изучены механизмы контроля Сената за исполнением законов посредством
парламентских запросов, слушаний и специальных комиссий. Проанализировано
расширение полномочий Сената в рамках новой Конституции, в частности, введение
института парламентского расследования. В статье выявлены проблемы в процессе
контроля и даны предложения по повышению эффективности.
Ключевые
слова:
Сенат
Олий
Мажлиса,
парламентский
контроль,
исполнительная власть, Конституция, парламентский запрос, парламентское
расследование, исполнение закона, демократическое управление.
Kirish
O
‘
zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri (2023-yil) parlamentning,
ayniqsa Oliy Majlis Senatining ijro hokimiyati faoliyatini nazorat qilishdagi rolini sezilarli
darajada kuchaytirdi. Demokratik boshqaruvning muhim elementi hisoblangan parlament
nazorati davlat hokimiyati organlari o
‘
rtasidagi muvozanatni ta
’
minlaydi va qonunchilik ijrosini
kuzatib boradi. O
‘
zbekiston parlamentining yuqori palatasi sifatida Senat mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, qonunlarning bajarilishini va davlat dasturlarining amalga
oshirilishini nazorat qilish bo
‘
yicha muhim vazifalarni bajaradi. Ushbu maqola yangi tahrirdagi
Konstitutsiya asosida Senatning nazorat vazifalari, ularning huquqiy asoslari va amaliy
qo
‘
llanilishini tahlil qilishga bag
‘
ishlangan.
Maqolaning maqsadi
Oliy Majlis Senatining ijro hokimiyati ustidan parlament
nazoratini amalga oshirishdagi vazifa va funksiyalarini aniqlash hamda yangi Konstitutsiya
doirasida ushbu jarayonning samaradorligini baholashdan iborat.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
529
Tadqiqot savollari quyidagicha shakllantirilgan: 1) Konstitutsiyaning yangi tahriri
Senatning nazorat vakolatlarini qay darajada kengaytirdi? 2) Senat ijro hokimiyati ustidan
nazoratni qanday usullar bilan olib boradi? 3) Ushbu nazorat jarayonida qanday muammolar
mavjud?
Metodologiya
Tadqiqot sifatli tahlil usuliga asoslangan. Asosiy axborot manbalari sifatida O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri (2023-
yil), Oliy Majlis Senati to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari, shuningdek, parlament faoliyatiga oid rasmiy hisobotlar va ilmiy adabiyotlardan
foydalanilgan. Ma’lumotlarni tahlil qilishda quyidagi usullar qo‘llanilgan:
1. Huquqiy tahlil: Senatning nazorat vakolatlariga oid Konstitutsiya va qonun hujjatlari
moddalari tizimli ravishda o‘rganilgan.
2. Qiyosiy tahlil: Yangi tahrirdagi Konstitutsiya bilan avvalgi (1992-yilgi) Konstitutsiya
o‘rtasidagi farqlar aniqlangan.
3. Amaliyot tahlili: Senatning so‘nggi yillardagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot va
qarorlari ko‘rib chiqilgan.
Tadqiqotda asosiy e’tibor Senatning ijro hokimiyati bilan o‘zaro hamkorligi, qonunlar
ijrosini va senatorlar faoliyatini nazorat qilish mexanizmlari, jumladan, so‘rovlar yuborish va
eshituvlar o‘tkazish kabi masalalarga qaratilgan.
Tadqiqot natijalari
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya (2023-yil) Oliy Majlis Senatining ijro hokimiyati ustidan
nazorat funktsiyalarini kengaytirdi. 2023-yil 30-ap
rel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi
referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan Konstitutsiyaning 93-moddasida
Oliy Majlis p
alatalarining birgalikdagi vakolatlarida parlament nazorati sohasida qo‘shimcha
vakolatlar nazarda tutildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish; O‘zbekiston Respublikasida korrursiuaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi har
yilgi milliy
ma’ruzani eshitish; parlament tekshiruvini o‘tkazish nazarda tutilgan bo‘lsa
, avvalgi
Konstitutsiyaning 78-modda birinchi qismining 21-
bandi tahririda bauon qilingan “Oliy
Majlis
palatalarining birgalikdagi vakolatlari doirasiga parlament nazoratini va ushbu Konstitutsiyada
nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirishi
”
borasidagi vakolati birgalikdagi
vakolatlardan chiqarib tashlangan.
Amaldagi O
‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Vazirlar Mahkamasi faoliyati
ustidan parlament nazoratiga oid asosiy vakolatlar, jumladan:
1) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga
oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi
Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va ma’qullash;
2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy
-iqtisodiy jihatdan
rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi a’zolarining o‘z
faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish;
1
Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.05.2023 й., 03/23/837/0241
-
сон
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
530
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash;
4) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy
-iqtisodiy
hauotining eng muhim masalalari bo‘yicha har yilgi ma’ruzasini eshitish;
5) davlat organlarining mansabdor shaxslariga p
arlament so‘rovini
yuborish va parlament
nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish kabilar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining
mutlaq vakolatlari sifatida belgilangan2.
Ushbu holat Oliy Majlis Senatining ijro hokimiuati ustidan parlament nazoratini amalga
oshirishga oid vakolatlarining qisqarganligi yoki susaytirilganligini anglatmaydi, deb
hisoblaymiz Ushbu fikrni quyidagi qonunchilik asoslar orqali asoslash mumkin.
Konstitutsiyaning 95-moddasida O
‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
mutlaq vakolatlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular orasida quyidagilar bizningcha yuqori palatani
parlament nazorati funksiyalarini amalga oshirishga qaratilgan: O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining taqdimiga binoan respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbarini
va resprublika monopoliyaga qarshi organining rahbarini saylash, O‘zbekiston Respublikasi
Hisob palatasi raisi lavozimlariga nomzodlarni ko‘rib chiqish hamda ma’qullash, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiuat organlarini
tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; davlat organlarining mansabdor
shaxslariga parlament so‘rovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga
oshirish (ushbu vakolat avvalgi Konstitutsiyaning 80-moddasida nazarda tutilmagan edi);
mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining qarorlarini, ular qonunchilik normalariga
muvofiq bo‘lmagan taqdirda, bekor qilish; siyosiy, ijtimoiy
-iqtisodiy hauot sohasidagi u yoki bu
masalalar uuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar
qabul qilish3.
Konstitutsiyaning 101-moddasi 5-qismining 4-bandida
O
‘zbekiston Respublikasi
Oliy
Majlisining Senati Raisi “O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi
ustidan nazoratni tashkil etadi” deb belgilangan
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada parlament palatalari, jumladan Senat vakolatlari
doirasida belgilangan parlament nazoratining yangi shakli bu shubhasiz parlament tekshiruvi
instituti sanaladi. Jumladan, Konstitutsiyaning 103-
moddasiga asosan “Mamlakatning
xavfsizligi, barqaror rivojlanishi asoslariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, inson
huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar va
voqealarni o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senatining qo‘shma qarori bilan parlament tekshiruvi o‘tkazilishi mumkin.
2
H.H. Sulaymоnоvich “Oliy Majlis senatining ijrо hоkimiyati faоliyati ustidan рarlament nazоratini amalga
оshirishning huquqiy asоslarini takоmillashtirish” Yuridik fanlar bо‘уicha falsafa dоktоri (РhD) dessertatsiyasi
UO‘K: 342.53
(575.1) T:.2024.
3
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023 y.,
03/23/837/0241-son.
4
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023 y.,
03/23/837/0241-son.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
531
Parlament tekshiruvini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Majlisi Qonunchilik palatasi
derutatlari va Senati a’zolari orasidan tenglik asosida maxsus komissiua tuzilib, u o‘z faatini qonunga
muvofiq amalga oshiradi”, deb belgilangan
“O‘zbekiston Respublikasi Majlisining Senati to‘g‘risida”gi
ushbu Konstitutsiyaviy
qonunning 8-moddasi 1-qismi 11-bandiga asosan, Qonunchilik palatasi va Senatning
birgalikdagi vakolatlari jumlasiga “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga
binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish hamda uning ijrosini nazorat
qilish” vazifasi ham kiritilgan
Bundan tashqari, senat qo‘mitalari davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari
tomonidan qonunlarning, Senat qarorlarining ijro etilishi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini
vaqti-
vaqti bilan joylarga chiqib o‘rganish vakolati ham Senatning ijro hokimiyati ustidan
parlament nazoratini amalga oshirishda juda muhim sanaladi.
Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri qabul qilinishi Oliy Majlis
Senatining ijro hokimiyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi.
Senatning qonunlar ijrosini kuzatish, parlament so‘rovlari va eshituvlari orqali ijro
hokimiyati faoliyatini tahlil qilishdagi roli kuchaytirildi. Biroq, nazorat jarayonining
samaradorligini yanada oshirish uchun resurslarni ko‘paytirish, shaffoflikni ta’minlash va
qonuniy vakolatlarni kengaytirish lozim. Ushbu chora-tadbirlar demokratik boshqaruvni yanada
takomillashtirishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 01.05.2023 y., 03/23/837/0241-son.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun //
Oliy Majlisining Axborotnomasi.
–
2002.
–
12-son. 213-modda.
3.
H.H. Sulaymоnоvich “Oliy Majlis senatining ijrо hоkimiyati faоliyati ustidan рarlament
nazоratini amalga оshirishning huquqiy asоslarini takоmillashtirish” Yuridik fanlar
bо‘уicha falsafa dоktоri (РhD) dessertatsiyasi UO‘K: 342.53
(575.1) T:.2024.
5
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023 y., 03/23/837/0241 Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023 y.,
03/23/837/0241-son.-son.
6
“O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senati
to‘g‘risida”
gi Konstitutsiyaviy qonun // Oliy Majlisining
Axborotnomasi.
–
2002.
–
12-son. 213-modda.
