CURRENT STATE OF LEGAL EDUCATION

HAC
Google Scholar
To share
Rasulova , T. (2024). CURRENT STATE OF LEGAL EDUCATION. Modern Science and Research, 3(1), 1080–1082. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28679
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, information communication technologies are used to inculcate categories of legal education in the minds of students, and the current state of legal education and methods of legal education are discussed.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1080

HUQUQIY TARBIYA BERISHNING BUGUNGI HOLATI

Rasulova Tursunoy To‘lqinovna

Jizzax viloyati yuridik texnikumi mutaxsisslik fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

E-pochta:

rasulovatursunoy@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10581576

Annotatsiya. Ushbu maqolada axborot komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan

holda o‘quvchilarning ongida huquqiy tarbiya kategoriyalarini singdirish va bugungi kunda
huquqiy tarbiyaning holati va huquqiy tarbiya berish usullari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar: Huquq, huquqiy tarbiya, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy

rivojlanish.

CURRENT STATE OF LEGAL EDUCATION

Abstract. In this article, information communication technologies are used to inculcate

categories of legal education in the minds of students, and the current state of legal education and
methods of legal education are discussed.

Key words: Law, legal education, legal consciousness, legal culture, legal development.

СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ ЮРИДИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация. В данной статье используются информационно-коммуникационные

технологии для формирования в сознании студентов категорий юридического
образования, а также обсуждается современное состояние юридического образования и
методы юридического образования.

Ключевые слова: Право, юридическое образование, правосознание, правовая

культура, правовое развитие.

Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga

aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida
alohida to’xtalib o’tmaslikning iloji yo’q menimcha. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim
tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal
qiluvchi bosqichga kirdi desak adashmagan bo’lamiz. Ta`lim sohasidagi rivojlanish insonlardagi
huquqiy ong va huquqiy tarbiyaning o`sishiga sababchi bo’lmoqda.Insonlarda huquqiy
tarbiyaning yaxshi shakllanishi jamiyat tinchligi,yurt kelajagi,turli xil huquqbuzarlik va
jinoyatlarning kamayishi va oldini olishga sabab bo’ladi.

Huquqiy tarbiya-shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga

itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq
maqsadni ko’zlagan faoliyat yig’indisidir. Shuningdek huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan
huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini
shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan holdagi tasvir ko’rsatilishidir.

Shuni ta’kidlash kerakki, yaqin o’tmishda huquqiy tarbiya berishga u darajada e’tibor

berilmas edi. Pedagogikaga doir darsliklarda shaxsning aqliy kamoloti, mehnati, jismoniy,
ma’naviy, estetik tarbiyasi haqida so‘z borar edi-yu, lekin huquqiy tarbiya xususida eslatilmasdi.
Tarbiyaviy ishning mustaqil yo’nalishi tarzida huquqiy tarbiya yo’nalishining ajratib qo‘yilmasligi
o‘sib kelayotgan avlodning ayrim qismi huquqiy ongi ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1081

O‘zbekistonda huquqiy davlat barpo etish sari qadam qo’yilib, bu yo’lda huquqiy tarbiya,

huquqiy ongni takomillashtirish masalalariga katta etibor berib kelinmoqda. Bu masuliyatli
vazifada mehnat jamoalarida, bilim maskanlarida va har bir shaxs bilan tushuntirishlar olib borish
borasida ko’p qirrali ishlar qilinmoqda.

Huquqiy tarbiyali bo’lish uchun har bir shaxs umumhuquq bilimga, uni ongli ravishda

qabul qilishga va huquqiy madaniyatni alohida bajarishga yetarli darajada huquqiy saboq olish
kerak. Lekin hozirgi paytgacha huquqiy tarbiya tushunchasi, uning tushuntirish metodlari
olimlarimiz tomonidan to’laligicha yoritilmagan.

Huquqiy tarbiyaning keng va tor maonoda ko’rish mumkin. Keng maonoda butun

jamoaning, ko’pchilikning ongiga ta`sir ko’rsatishga qaratilgan tarbiya, tor maonoda esa alohida
shaxsga, uning ongiga ta`sir etish yo’llari tushuniladi.

Huquqiy tarbiya natijasida keng omma yoki shaxs o’z hatti – harakatlarining qonuniy

ekanligini tushunsa, huquq tartibotni buzmaslikka harakat qilsa o’zini ongli ravishda, huquq
normalariga rioya etgan holda boshqara olsa, maqsadga erishilgan bo’lib hisoblanadi.

Demak, huquqiy tarbiya bu- tashkiliy ravishda muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni

ko’zlagan va shaxsga «guruh shaxslariga» ta`sir qila oladigan, ularda huquqiy ong, huquqiy bilim,
qonunlarga rioya qilish xislatlarini vujudga keltiradigan harakatdir.

Malumki, qonunga rioya qilish uchun, eng avvalo uni bilish kerak. Huquqiy tarbiya orqali

har bir shaxsning ongiga nima qilish mumkin, nima qilish mumkin emasligini, jamiyat, davlat
undan nimani talab qiladi, qonunlarga rioya etish yo’llari nimadan iborat ekanligini yetkazish
lozim.

Tartib buzuvchilar orasida o‘z hatti-harakatining noqonuniyligini anglamaslik, noqonuniy

ekan deb ham o’ylamaslik va bunday harakatni jazoga loyiq emas deb tushunish ko’p uchraydi.

Shunday tushuncha hosil bo’lmasligi uchun huquqiy tarbiya jarayonida har bir jamoada

o’rnatilgan tartibni buzish, qonun normalariga rioya etmaslik natijasida intizomiy, mamuriy,
moddiy yoki jinoiy jazo kelib chiqishini tushuntirish, uqtirish zarur.

Huquqiy tarbiyani kuchaytirishga oltmishinchi yillardan boshlab alohida ahamiyat berilla

boshlandi. Shu davrda aytish kerakki, hozirda ham huquqiy tarbiya bilan chambarchas bog’liq
holda olib olib borilayapti.

Masalan bizning yurtimizda huquqiy ongni o’stirish uchun maktablarda huquqiy tarbiya

darslari berilmoqda.Yoshlarga huquqiy bilim beruvchi kadrlar tayyorlash maqsadida yuridik
texnikumlari ochilmoqda. Joylarda yuridik markazlar tashkil qilinib ulardan xohlagan masalada
tavsiyalar va yordam olish imkoniyatlari yaratildi. Ayniqsa Adliya Vazirligi tomonidan judda katta
islohotlar amalga oshirilmoqda.Bu kabi tadbirlar albatta insonlar ongida huquqiy tarbiyaning
shakllanishi va o‘sishida yordamchi bo’ladi.

Xulosa qiladigan bo’lsam huquq haqidagi ma‘ruzalar, suhbatlar huquqiy targ`ibotning

asosiy shakli bo`lib qolayapti. Albatta, bir martalik tadbirlarning epizodliligi, mavzu jihatdan
cho`zilib qolishi o`zining salbiy jihatlariga ham ega. Hozir mavzularning birligi bilan bog`langan,
uyushgan tarzda, rejali asosda o‘tkaziladigan leksiyalar va suhbatlar turkumlarining tashkil
etilishiga o’tilayotgani bejiz emas mavzular turkumlari bir martalik ma‘ruzalardan farqli ravishda
voyaga yetmaganlarga muayyan tizimdagi bilimlar majmuini beradi, huquq me'yorlarini amalda


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1082

qo`llanish malakalarini singdiradi, o‘quv rejalari va maktab dasturlari bilan uyg‘un tarzda
o‘tkazilishini ta`minlaydi.

Shu bilan birga ayrim suhbatlar, ma‘ruzalar huquqiy turmush hodisalariga munosabat

bildirish, yangi qonunlarni targ`ib qilish, paydo bo`ladigan ehtiyojlarni qondirishning eng muhim
shakli bo`lib hisoblanadi.


REFERENCES

1.

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi, «O'zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi axborotnomasi, 1997 y.

2.

Kudaybergenova T.K. «O'rta maxsus o'quv yurtlarida huquqiy talim samaradorligini
oshirish yo'llari».-Metodik qo'llanma, T-2011.

3.

Tojixonov U, Saidov A, «Huquqiy madaniyat nazariyasi», 1-qism, T, 1990

4.

Tojixonov U, Saidov A, «Huquqiy madaniyat nazariyasi», 2-qism, T, 1998

5.

Karimova O. Davlatova M. «Huquqni o'qitish metodikasi» O'quv qo'llanma, Toshkent.
2006 y.

6.

Kudaybergenova T.K. «O'rta maxsus o'quv yurtlarida huquqiy talim samaradorligini
oshirish yo'llari». -Metodik qo'llanma, T-2011.

7.

Kudaybergenova T. K. “Huquqshunoslik fanlarini o‘qitishda innovatsion metodlardan
foydalanish”. O‘quv metodik qo'llanma.- Nukus “Golden-Print-Nukus” MCHJ
bosmaxonasi.- 2017, 114 bet.

References

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi, «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotnomasi, 1997 y.

Kudaybergenova T.K. «O'rta maxsus o'quv yurtlarida huquqiy talim samaradorligini oshirish yo'llari».-Metodik qo'llanma, T-2011.

Tojixonov U, Saidov A, «Huquqiy madaniyat nazariyasi», 1-qism, T, 1990

Tojixonov U, Saidov A, «Huquqiy madaniyat nazariyasi», 2-qism, T, 1998

Karimova O. Davlatova M. «Huquqni o'qitish metodikasi» O'quv qo'llanma, Toshkent. 2006 y.

Kudaybergenova T.K. «O'rta maxsus o'quv yurtlarida huquqiy talim samaradorligini oshirish yo'llari». -Metodik qo'llanma, T-2011.

Kudaybergenova T. K. “Huquqshunoslik fanlarini o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish”. O‘quv metodik qo'llanma.- Nukus “Golden-Print-Nukus” MCHJ bosmaxonasi.- 2017, 114 bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов