Authors

  • Tursunoy Rasulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.96592

Keywords:

Davlat hokimiyatlar bo‘linish prinsipi parlament nazorati Parlament nazorati obyekti va subyektlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi.

Abstract

Parlament nazorati demokratik davlat boshqaruvining muhim institutlaridan biri bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatning ijro etuvchi hokimiyat va boshqa davlat organlari faoliyati ustidan nazorat qilish jarayonini anglatadi. Ushbu mexanizm davlat hokimiyatining muvozanatliligini ta’minlash, qonunchilikning ijro etilishini monitoring qilish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. Tezisda parlament nazoratining tushunchasi, uning huquqiy tabiati va amaliy ahamiyati yoritiladi.

background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

549

PARLAMENT NAZORATI TUSHUNCHASI HAMDA UNING HUQUQIY TABIATI

Rasulova Tursunoy To‘lqinovna

TDYU Davlat boshqaruvi huquqi mutaxassisligi magistranti.

Telefon: +998-91-595-50-53

.

trasulova87@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15511457

Annotatsiya. Parlament nazorati demokratik davlat boshqaruvining muhim

institutlaridan biri bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatning ijro etuvchi hokimiyat va boshqa

davlat organlari faoliyati ustidan nazorat qilish jarayonini anglatadi. Ushbu mexanizm davlat

hokimiyatining muvozanatliligini ta’minlash, qonunchilikning ijro etilishini monitoring qilish

va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. Tezisda parlament

nazoratining tushunchasi, uning huquqiy tabiati va amaliy ahamiyati yoritiladi.

Kalit so‘zlari: Davlat, hokimiyatlar bo‘linish prinsipi, parlament nazorati, Parlament

nazorati obyekti va subyektlari, Oliy Majlis, Qonunchilik palatasi.

Abstract. Parliamentary oversight is one of the important institutions of democratic

state governance, representing the process of control of the legislative branch over the activities

of the executive branch and other state bodies. This mechanism is of great importance in

ensuring the balance of state power, monitoring the implementation of legislation and

protecting the interests of citizens. The thesis discusses the concept of parliamentary oversight,

its legal nature and practical significance.

Keywords: State, principle of separation of powers, parliamentary oversight, object and

subjects of parliamentary oversight, Oliy Majlis, Legislative Chamber.

Mamalakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonida

parlamentning xususan parlament nazoratining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati

juda muhim. Parlament o‘ziga xos konstitutsiyaviy nazorat funksiyasiga ega bo‘lib, bugungi

kunda nazariya va amaliyotda mavjud kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha

taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda hayotga tadbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Chunki, parlament nafaqat qonun chiqaruvchi, balki xalq tomonidan saylangan vakillik

hamda nazorat qiluvchi organ ham hisoblanadi. Parlament tomonidan ilgari qabul qilingan

qonunlar, rivojlanish rejalari va budjetning bajarilishi bo‘yicha hukumat ishining sifatini

nazorat qilish jarayoni parlament nazorati deb ataladi.

Yuridik adabiyotlarda parlament nazorati

instituti tushunchasi hokimiyatning boʻlinishi va ularning oʻzaro munosabati prinsiplarida oʻz

aksini topadigan qonunchilik hokimiyati organlarining anʼanaviy funksiyasi deb taʼriflanadi.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

550

Parlament nazorati bu

— mustaqil va qonuniy, tizimli vakillik organi faoliyati boʻlib,

uning palatalari, qoʻmita va komissiyalari, palata aʼzolarining ijro hokimiyati va boshqa davlat

organlari va xoʻjalik boshqaruv organlarining inson va fuqarolarning huquqlari va

erkinliklarini, qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga rioya qilinishini

taʼminlash hamda konstitutsiyaviy va joriy qonunlarning ijrosini nazorat qilish faoliyati

hisoblanadi

1

.

O‘zbekiston Respublikasida parlament nazorati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi,

xususan, uning palatalari, qo‘mitalari va komissiyalari, Qonunchilik palatasining siyosiy

fraksiyalari va guruhlari, deputatlar va senatorlar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur nazorat

qonunlar, palatalar qarorlarini tayyorlash va qabul qilish, hukumat a’zolarining, davlat

organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan

axborotini eshitish, deputatlik so‘rovlarini yuborish va hokazolarda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati to‘g‘risida” gi qonunning

3-moddasida Parlament nazorati subyektlari haqida ma’lumot berib o‘tilgan bo‘lib,

unga ko‘ra:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ;

Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari, komissiyalari;

Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari;

Qonunchilik palatasi deputatlari;

Senat a’zolari;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili

(ombudsman).

Yuqoridagi qonunining 4-moddasida esa,

Parlament nazorati obyekti -

Davlat

organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

va qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining (bundan buyon matnda

Oliy Majlis palatalari deb yuritiladi) va ular organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini ijro

etish, shuningdek o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni amalga oshirish

bo‘yicha faoliyati parlament nazorati obyekti ekanligi ta’kidlab o‘tilgan. Ushbu moddaning

ikkinchi qismida esa, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va

1

Sh. Zulfiqorov.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi

Harbiy-texnik instituti dotsenti, yuridik fanlar

doktori (DSc).

Davlat hokimiyati tizimida parlamentning roli qanday?//Xalq so‘zi onlayn// 28.04.2021.

https://xs.uz/uz/post/davlat-hokimiyati-tizimida-parlamentning-roli-qandaj


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

551

tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarni, shuningdek

ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini ko‘rib chiqish bilan

bog‘liq faoliyat parlament nazoratining obyekti bo‘lishi mumkin emasligi aytib o‘tilgan

2

.

Parlament nazorati, mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish va fuqarolar ongida

qonunga hurmat ruhini shakllantirishda ham muhim vosita boʻlib hisoblanadi. Parlament

nazorati quyidagi asosiy maqsadlarni ko‘zlaydi:

- Qonunchilikning to‘g‘ri ijro etilishini ta’minlash;

- Davlat organlarining qonuniylik va shaffoflik prinsiplariga rioya qilishini nazorat

qilish;

- Hokimiyatning suiiste’mol qilinishining oldini olish;

- Fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish.

Parlament nazorati demokratik jamiyatda hokimiyatning shaffof va hisobdor bo‘lishini

ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasida Oliy Majlisning nazorat funktsiyalari orqali davlat

organlarining qonunchilikka rioya qilishi, byudjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi va

fuqarolar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlanadi. Masalan, Oliy Majlisning Hisob

palatasi orqali davlat byudjetining ijrosi nazorat qilinadi, bu esa moliyaviy intizomni

mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda huquqiy islohotlar amalga oshirilayotgan bir davrda, inson

huquqlarining himoya qilinishida, qabul qilingan qonunlar ijrosining ta’minlanishida, davlat

boshqaruvi hokimiyatlarining o‘zaro bir-birini tiyib turishi va muvozanatini saqlab turishida,

shu bilan birgalikda mamlakatni modernizatsiyalashda parlament nazoratini kuchaytirish

dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasi

Qonunchilik palatasining nazorat funksiyasini amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad

ham aynan qabul qilingan qonunlarning samaradorligi va natijaviyligiga erishish hisoblanadi.

Chunki, qabul qilingan qonunlar, eng avvalo, xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi va

ularning huquqlari kafolatlanishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, Qonunchilik palatasi

tomonidan parlament nazoratining amalga oshirilishi o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasining 11-moddasida belgilab qo‘yilgandek “O‘zbekiston Respublikasi davlat

hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga

2

O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati to‘g‘risida” gi 11.04.2016- yildagi O‘RQ-403-son

(

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-

son

;

19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son

)

https://lex.uz/docs/-2929477


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

552

bo‘linishi prinsipiga asoslanadi

3

” ya’ni hokimiyatlar bo‘linishi prinsipining to‘laqonli ijrosini

ta’minlashga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Parlament nazorati demokratiyada hokimiyat

muvozanatini ta'minlovchi muhim mexanizm hisoblanadi.

U qonun ustuvorligini ta'minlash, davlat boshqaruvida shaffoflikni oshirish va fuqarolar

manfaatlarini himoya qilishda muhim rol o'ynaydi. O‘zbekistonda Oliy Majlis tomonidan

amalga oshirilayotgan nazorat faoliyati mamlakatda demokratik islohotlarni mustahkamlashga

xizmat qilmoqda. Biroq, bu sohada yanada samarali natijalarga erishish uchun parlamentning

mustaqilligini oshirish, fuqarolar ishtirokini kengaytirish va xalqaro tajribadan foydalanish

zarur. Parlament nazorati nafaqat davlat organlarining mas’uliyatini oshiradi, balki xalq va

hukumat o’rtasidagi ishonchni mustahkamlashga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.11-modda (Qonunchilik ma’lumotlari milliy

bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son)

https://lex.uz/uz/docs/-6445145

2.

O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati to‘g‘risida” gi 11.04.2016- yildagi

O‘RQ-403-son

(

Qonunchilik

ma’lumotlari

milliy

bazasi,

21.04.2021-y.,

03/21/683/0375-son,

19.11.2021-y.,

03/21/729/1064-

son;

19.02.2024-y.,

03/24/909/0133-son

)

https://lex.uz/docs/-2929477

3.

Sh. Zulfiqorov.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi

Harbiy-texnik instituti

dotsenti, yuridik fanlar doktori (DSc).

Davlat hokimiyati tizimida parlamentning roli

qanday?//Xalq so‘zi onlayn// 28.04.2021.

https://xs.uz/uz/post/davlat-hokimiyati-

tizimida-parlamentning-roli-qandaj

3

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.11-modda (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y.,

03/23/837/0241-son)

https://lex.uz/uz/docs/-6445145

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.11-modda (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son) https://lex.uz/uz/docs/-6445145

O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati to‘g‘risida” gi 11.04.2016- yildagi O‘RQ-403-son (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son) https://lex.uz/docs/-2929477

Sh. Zulfiqorov. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti dotsenti, yuridik fanlar doktori (DSc). Davlat hokimiyati tizimida parlamentning roli qanday?//Xalq so‘zi onlayn// 28.04.2021. https://xs.uz/uz/post/davlat-hokimiyati-tizimida-parlamentning-roli-qandaj