Authors

  • Tursunoy Rasulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.107861

Keywords:

Oliy Majlis Senati parlament nazorati ijro hokimiyati Konstitutsiya parlament so‘rovi parlament tekshiruvi qonun ijrosi demokratik boshqaruv.

Abstract

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazorati bo‘yicha vazifa va funksiyalarini yangi tahrirdagi Konstitutsiya (2023-yil) asosida tahlil qilgan. Tadqiqotda Senatning qonun ijrosini monitoring qilish, parlament so‘rovlari, tinglovlar va maxsus komissiyalar orqali nazorat mexanizmlari o‘rganilgan. Yangi Konstitutsiya doirasida Senat vakolatlarining kengayishi, xususan, parlament tekshiruvi institutining joriy etilishi tahlil qilingan. Maqola nazorat jarayonidagi muammolarni aniqlab, samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar bergan.

background image


Iyun, 2025-Yil

317

OLIY MAJLIS SENATINING IJRO HOKIMIYATI FAOLIYATI USTIDAN

PARLAMENT NAZORATI: VAZIFA VA FUNKSIYALARI

Rasulova Tursunoy To‘lqinovna

TDYU Davlat boshqaruvi huquqi mutaxassisligi magistranti

Telefon: +998915955053

trasulova87@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15678234

Annotatsiya.

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ijro

hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazorati bo‘yicha vazifa va funksiyalarini yangi tahrirdagi
Konstitutsiya (2023-yil) asosida tahlil qilgan. Tadqiqotda Senatning qonun ijrosini monitoring
qilish, parlament so‘rovlari, tinglovlar va maxsus komissiyalar orqali nazorat mexanizmlari
o‘rganilgan. Yangi Konstitutsiya doirasida Senat vakolatlarining kengayishi, xususan, parlament
tekshiruvi institutining joriy etilishi tahlil qilingan. Maqola nazorat jarayonidagi muammolarni
aniqlab, samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar bergan.

Kalit so‘zlar:

Oliy Majlis Senati, parlament nazorati, ijro hokimiyati, Konstitutsiya,

parlament so‘rovi, parlament tekshiruvi, qonun ijrosi, demokratik boshqaruv.

Аннотация.

В данной статье анализируются задачи и функции Сената Олий

Мажлиса Республики Узбекистан по парламентскому контролю за деятельностью
исполнительной власти на основе Конституции в новой редакции (2023 год). В исследовании
изучены механизмы контроля Сената за исполнением законов посредством парламентских
запросов, слушаний и специальных комиссий. Проанализировано расширение полномочий
Сената в рамках новой Конституции, в частности, введение института парламентского
расследования. В статье выявлены проблемы в процессе контроля и даны предложения по
повышению эффективности.

Ключевые слова:

Сенат Олий Мажлиса, парламентский контроль, исполнительная

власть, Конституция, парламентский запрос, парламентское расследование, исполнение
закона, демократическое управление.

Kirish

Mamlakatimizda parlamentni izchil, uzluksiz va tadrijiy rivojlantirish, uning davlat va

jamiyat qurilishi sohasidagi rolini oshirishning mustahkam huquqiy asoslari yaratilgan. O‘tgan
yillar mobaynida samarali va ta’sirchan parlament nazoratini amalga oshirishga yo‘naltirilgan 10
dan ziyod qonun qabul qilindi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda ustuvor
ahamiyat kasb etgan 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ning hamda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan 2022 — 2026 yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi qabul qilinishi qonun ijodkorligi va
parlament nazorati sohasidagi keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Yangi
O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi birinchi bo‘limi 7-maqsadi “Mamlakatimizdagi
islohotlarni izchil davom ettirishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada
oshirish”ga bag‘ishlangan.


background image


Iyun, 2025-Yil

318

Jahon amaliyotida parlament nazorati turli shakl va ko‘rinishlarda amalga oshiriladi. Bu,

avvalo, har bir davlatning boshqaruv va siyosiy tizimiga, mamlakat aholisining huquqiy madaniyati
darajasiga, shuningdek, milliy an’ana va tajribalariga bog‘liq. Endi biz parlament nazorati shakllari,
uning o‘ziga xos xususiyatlari va maqsadlarini milliy hamda xorijiy mamlakatlar olimlari va
davlatlar tajribasiga asoslanib tahlil qilishga harakat qilamiz.

Parlament nazoratining shakllari, ko‘rinishlari, turlarini tasniflashda zamonaviy olimlar turli

asoslarga tayanadilar. A.A.Kornilauevaning fikricha, parlament nazorati shakllarini quyidagicha
tasniflash mumkin:

Parlament tarkibiga kiruvchi va kirmaydigan davlat organlari hamda mansabdor

shaxslarning faoliuati ustidan rarlament nazorati;

Глава 1

ogohlantiruvchi, oraliq va yakuniy parlament nazorati;

Глава 2

aniq bir sohalarda (shaxsning huquq va erkin1iklarini ta’minlash, moliua-bujdet

sohasida, mudofaa va xavfsizlik masalasida) olib boriladigan rarlament nazorati

1

.

Глава 3

Рarlament funksiуalari haqida fikr уuritib, aуrim оlimlar рarlamentning

qaуsidir bir funksiуasini bоshqasiga nisbatan ustuvоr deb hisоblaуdilar. Xususan, ingliz оlimlari
Ueуd va Filliрslarning qarashlariga kо‘ra рarlamentning bоsh funksiуasi hukumat faоliуatini
nazоrat qilishdir

2

. B.Strashun esa рarlamentning qоnunchilik funksiуasini asоsiу deb ta’kidlaуdi

3

.

Bu fikrni T.Xabriуeva ham уоqlaуdi

4

. AQSH оlimi N.J.Оrnsteуn vakillikni birinchi о‘ringa

qо‘уadi

5

.

Kornilayeva nazoratni tizimli va ko‘p qirrali jarayon sifatida ko‘radi, bu esa parlamentning

faoliyatini keng doirada tahlil qilish imkonini beradi. Uning yondashuvi nazoratning turli shakllarini
aniq mezonlar asosida ajratib, tahlil qilishga yordam beradi. Kornilayevaning parlament nazorati
shakllarini tasniflash usuli o‘zining tizimli va keng qamrovli yondashuvi bilan ajralib turadi. U
parlamentning faoliyatini turli burchaklardan tahlil qilish imkonini beradi va nazoratni samarali
tashkil qilish uchun aniq mezonlar taklif qiladi. Shu bilan birga, uning tasnifi amaliy qo‘llashda
qo‘shimcha resurslar va aniq mexanizmlarni talab qiladi. O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan
demokratik tizimlarda bu tasnif parlamentning hisobdorlik va shaffoflikni oshirishda muhim yo‘l-
yo‘riq bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

O‘zbekiston Resrublikasi Konstitutsiyasi, konstitutsiuaviy qonunlari va qonunlariga asosan

O‘zbekistonda parlament nazoratining quyidagi asosiy shakllarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:

Davlat budjeti ijrosining borishini ko‘rib chiqish va nazorat qilish;

1

Конституционное право зарубежных стран. Учебник для вузов / Под общ. ред. М.В. Баглая, Ю.И. Лейбо, Л.М.

Энтина. 2-е изд., перераб. - М.: НОРМА, 2005. Гл. 17. – С. 321-322

2

Булаков О.Н, Функции палат парламентов (теория и практика) // Предствательная власть – ХХI век:

законодательство, комментарии, проблемы. – 2003, - №6, - С. 3-4.

3

Конституционное (государственное право) зарубежных стран; в 4 т. – Том 1-2 // Отв. Ред.проф Б.А.Страшун, –

М, 1999, - С, 447.

4

Основны парламентского права: научно-практическое пособие / Под. Ред. д.ю.н, проф. Т. Я. Хабриевой,

предленовне Председателья Государственной Думы Б.В. Грызлова, – М: Издание Государственной Думы,
2006. –С.29.

5

Norman J. Omstein. The role of the legislature in Western Democracies // (режим доступа:

https://usinfo.state

.

gov/products/pubs/archive freedom3.htm, свободный).


background image


Iyun, 2025-Yil

319

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (bundan buyon matnda Vazirlar

Mahkamasi deb yuritiladi) mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan
har yilgi ma’ruzasini eshitish;

Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston

Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga
mo‘ljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqish;

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining O‘zbekiston

Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi har yilgi milliy ma’ruzasini eshitish;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi)

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini
eshitish;

Vazirlar Mahkamasi a’zolarining o‘z faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish;
Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida davlat organlari rahbarlarining o‘z faoliyati

masalalari yuzasidan axborotini eshitish;

Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat a’zolarining Qonunchilik palatasi deputatlari

savollariga javoblarini eshitish;

Senat majlislarida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni

rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish;

O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi

diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining o‘z faoliyati masalalari bo‘yicha
hisobotlarini eshitish;

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining (bundan buyon matnda Hisob palatasi deb

yuritiladi) hisobotini ko‘rib chiqish;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish;
parlament so‘rovi;
Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining so‘rovi;
Qonunchilik palatasi, Senat qo‘mitalari tomonidan davlat organlari rahbarlarining axborotini

eshitish;

qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini Qonunchilik palatasining,

Senatning qo‘mitalari tomonidan o‘rganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan
ular tomonidan monitoringni amalga oshirish;

parlament tekshiruvi

6

.

Ta’kidlash lоzimki, рarlament nazоrati – xalq hоkimiуatchiligi рrinsiрini amalga оshirishni

ta’minlaуdigan eng demоkratik nazоrat instituti bо‘lib, mazkur vakillik оrgani bevоsita fuqarоlar
tоmоnidan saуlоvlar jaraуоnida shakllantiriladigan hоkimiуat tarmоg‘i оrqali amalga оshiriladi.
Shu bilan bir qatоrda рarlament nazоratisiz hоkimiуatlar bо‘linish mexanizmini samarali amalga
оshirish mumkin emas. Zerо aуnan рarlament nazоrati ijrо hоkimiуatini nоtо‘g‘ri qarоrlar qabul

6

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun // Oliy Majlisining

Axborotnomasi. – 2002. – 12-son. 213-modda.


background image


Iyun, 2025-Yil

320

qilish, о‘z faоliуatini qоnun asоsida tartibga sоlishda tiуib turishning eng samarali vоsitasidir.
Parlament nazоratini amalga оshirishda рarlamentning faоlligini оshirish, uning a’zоlarini
faоliуatini rivоjlantirish, shuningdek, рarlament nazоratining mustahkam huquqiу asоslarini ishlab
chiqish, рarlament nazоratining samarali amalga оshirilishida muhim о‘rin tutadi.

Xulosa

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament

nazorati mamlakatimizda demokratik boshqaruvni mustahkamlash va islohotlarni izchil amalga
oshirishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston parlamenti tomonidan davlat byudjeti ijrosi,
Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari hisobotlarini eshitish, parlament so‘rovlari va
tekshiruvlari kabi mexanizmlar orqali amalga oshiriladigan nazorat demokratik hisobdorlik va
shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi. Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi doirasida
Oliy Majlis palatalarining roli yanada oshirilib, bu islohotlarning muvaffaqiyatli davom etishiga
zamin yaratmoqda. Shu bilan birga, xorijiy olimlarning (Ueyd, Fillips, Strashun, Xabriyev,
Ornshteyn) qarashlari va jahon amaliyotidagi tajribalar O‘zbekiston parlamentining nazorat
faoliyatini yanada takomillashtirish uchun muhim yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi. Parlament
nazoratini samarali tashkil qilish uchun qo‘shimcha resurslar, aniq huquqiy mexanizmlar va
mutaxassislar jalb qilinishi zarur bo‘lib, bu kelajakda mamlakatimizda demokratik boshqaruvni
yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 01.05.2023 y., 03/23/837/0241-son.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun //
Oliy Majlisining Axborotnomasi. – 2002. – 12-son. 213-modda.

3.

H.H. Sulaymonovich “Oliy Majlis senatining ijro hokimiyati faoliyati ustidan rarlament
nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish” Yuridik fanlar bo‘uicha
falsafa doktori (RhD) dessertatsiyasi UO‘K: 342.53 (575.1) T:.2024.

4.

Конституционное право зарубежных стран. Учебник для вузов / Под общ. ред. М.В.
Баглая, Ю.И. Лейбо, Л.М. Энтина. 2-е изд., перераб. - М.: НОРМА, 2005. Гл. 17. – С.
321-322

5.

Булаков О.Н, Функции палат парламентов (теория и практика) // Предствательная
власть – ХХI век: законодательство, комментарии, проблемы. – 2003, - №6, - С. 3-4.

1

Конституционное (государственное право) зарубежных стран; в 4 т. – Том 1-2 // Отв.
Ред.проф Б.А.Страшун, – М, 1999, - С, 447.

6.

Основны парламентского права: научно-практическое пособие / Под. Ред. д.ю.н,
проф. Т. Я. Хабриевой, предленовне Председателья Государственной Думы Б.В.
Грызлова, – М: Издание Государственной Думы, 2006. –С.29.

7.

Norman J. Omstein. The role of the legislature in Western Democracies // (режим доступа:

https://usinfo.state

. gov/products/pubs/archive freedom3.htm, свободный).


References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023 y., 03/23/837/0241-son.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun // Oliy Majlisining Axborotnomasi. – 2002. – 12-son. 213-modda.

H.H. Sulaymonovich “Oliy Majlis senatining ijro hokimiyati faoliyati ustidan rarlament nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish” Yuridik fanlar bo‘uicha falsafa doktori (RhD) dessertatsiyasi UO‘K: 342.53 (575.1) T:.2024.

Конституционное право зарубежных стран. Учебник для вузов / Под общ. ред. М.В. Баглая, Ю.И. Лейбо, Л.М. Энтина. 2-е изд., перераб. - М.: НОРМА, 2005. Гл. 17. – С. 321-322

Булаков О.Н, Функции палат парламентов (теория и практика) // Предствательная власть – ХХI век: законодательство, комментарии, проблемы. – 2003, - №6, - С. 3-4. Конституционное (государственное право) зарубежных стран; в 4 т. – Том 1-2 // Отв. Ред.проф Б.А.Страшун, – М, 1999, - С, 447.

Основны парламентского права: научно-практическое пособие / Под. Ред. д.ю.н, проф. Т. Я. Хабриевой, предленовне Председателья Государственной Думы Б.В. Грызлова, – М: Издание Государственной Думы, 2006. –С.29.

Norman J. Omstein. The role of the legislature in Western Democracies // (режим доступа: https://usinfo.state. gov/products/pubs/archive freedom3.htm, свободный).