Authors

  • Tursunoy Rasulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.98490

Keywords:

Davlat hokimiyatlar bo‘linish prinsipi parlament nazorati Parlament nazorati obyekti va subyektlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi.

Abstract

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida parlament nazoratining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda parlamentning davlat boshqaruvi tizimidagi o‘rni, uning nazorat funktsiyalarining huquqiy asoslari va amaliy tatbiqi ko‘rib chiqiladi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchilik hujjatlariga tayangan holda parlament nazoratining turlari, mexanizmlari va ularning samaradorligi muhokama qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajriba va milliy qonunchilikning o‘ziga xos xususiyatlari taqqoslanadi. Maqola parlament nazoratini mustahkamlash va demokratik boshqaruvni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan yakunlanadi.

background image

1586

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PARLAMENT NAZORATINING

KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI

Rasulova Tursunoy To‘lqinovna

TDYU Davlat boshqaruvi huquqi mutaxassisligi magistranti

Telefon: +998915955053

trasulova87@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15531798

Annotatsiya. Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida parlament nazoratining

konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda parlamentning davlat
boshqaruvi tizimidagi o‘rni, uning nazorat funktsiyalarining huquqiy asoslari va amaliy tatbiqi
ko‘rib chiqiladi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchilik hujjatlariga
tayangan holda parlament nazoratining turlari, mexanizmlari va ularning samaradorligi
muhokama qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajriba va milliy qonunchilikning o‘ziga xos
xususiyatlari taqqoslanadi. Maqola parlament nazoratini mustahkamlash va demokratik
boshqaruvni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan yakunlanadi.

Kalit so‘zlari: Davlat, hokimiyatlar bo‘linish prinsipi, parlament nazorati, Parlament

nazorati obyekti va subyektlari, Oliy Majlis, Qonunchilik palatasi.

Kirish

Parlament nazorati demokratik boshqaruv tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida ijro

hokimiyatining hisobdorligini ta’minlashda va qonun ijodkorligi jarayonlarining shaffofligini
oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Parlamentlar davlat boshqaruvini, byudjet
mablag‘larining taqsimlanishini va qonunlar ijrosini nazorat qilish orqali xalq manfaatlarini
himoya qiladi. Biroq parlament nazoratining samaradorligi ko‘p jihatdan uning mexanizmlari
qanchalik tizimli va mustaqil ekanligiga bog‘liq.

Olimlarning fikricha, parlament nazoratining samaradorligi uning mustaqilligi, resurslari

va qonunchilik bazasi bilan bevosita bog‘liq. Masalan, Jon Lokk va Monteskyening hokimiyatlar
bo‘linishi nazariyasi parlament nazoratining asosiy tamoyili hisoblanadi.

Metodologiya
Qiyosiy tahlil:

Turli mamlakatlar (Buyuk Britaniya, Germaniya, O‘zbekiston) parlament

nazorati mexanizmlari taqqoslandi.

Normativ-huquqiy hujjatlar tahlili: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risidagi

qonunlar va parlament nazorati bilan bog‘liq boshqa hujjatlar ko‘rib chiqildi.

Ekspertlar fikri:

siyosatshunoslar va parlament tadqiqotchilarining fikrlari, shu

jumladan, Xalqaro parlament ittifoqi (XPI) hisobotlari ma’lumotlari asos sifatida olindi.

Muhokama

Yagona xalq suvereniteti g‘oyasining tarafdori J.J.Russoning ta’kidlashicha,«parlament

millat va xalq irodasini aks ettiruvchi idora bo‘lganligi uchun ham xalq nomidan nazorat-tekshiruv
funksiyasini bajaradi”. Boshqa fransuz tadqiqotchisi B.Shantebuning fikricha, «parlament nazorat
funksiyasi orqali o‘zining birlamchi funksiyasi hisoblangan qonunchilik funksiyasini ta’minlaydi».

M.Lesaj ham parlament nazoratining ahamiyati masalasida fikr yuritib, «qonunni chiqargan

organ uning ijrosini ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lmasa, qonun «o‘lik harflar»ga aylanib
qolishini»

1

ta’kidlaydi.

1

Foziljon OTAXONOV O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagiQonunchilik muammolari va parlament

tadqiqotlari institutidirektori, yuridik fanlar doktori, professor v.b.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi: parlament


background image

1587

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Yuqoridagi olimlarning fikrlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, J.J. Russo pozitsiyasi: Russo

parlamentni “millat va xalq irodasini ifoda etuvchi idora” deb ta’riflaydi hamda uning nazorat-
tekshiruv vazifasini xalq nomidan bajariladigan muhim yumush sifatida baholaydi. Uning
fikricha, parlamentning nazorat vazifasi xalq manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan, chunki u
xalqning vakillik organi sifatida hukumat faoliyatini kuzatib boradi va uni xalq irodasiga
muvofiq yo‘naltiradi. Ushbu yondashuvda nazorat vazifasi parlamentning asosiy qonuniyligini
ta’minlash vositasi sifatida qaraladi, ya’ni xalq ishonchini saqlab qolish uchun nazorat zarur
hisoblanadi.

Shantebu nazorat funksiyasini parlamentning qonunchilik faoliyatining uzviy qismi

sifatida talqin qiladi. Uning fikricha, nazorat funksiyasi qonunchilik jarayonini mustahkamlashga
xizmat qiladi, chunki u qonunlarning ijro etilishini ta’minlaydi va qonunchilikning
samaradorligini

oshiradi.

Shantebuning yondashuvi pragmatikroq bo‘lib, nazoratni

qonunchilikning muvaffaqiyati uchun zarur shart sifatida ko‘radi. Ya’ni, nazorat qonunlarni
faqat qog‘ozda qolmasligini ta’minlaydi va ularning amaliy natija berishiga yordam beradi.

Lesajning mulohazasi yanada ogohlantiruvchi xarakterga ega. U parlamentning nazorat

funksiyasining yo‘qligi yoki zaifligi qonunlarning «o‘lik harflar»ga aylanish xavfini keltirib
chiqarishini ta’kidlaydi. Uning fikricha, qonun chiqaruvchi organ faqat qonun qabul qilish bilan
cheklanmasligi, balki uning ijrosini ta’minlash uchun faol nazorat qilishi kerak. Lesajning
yondashuvi nazoratning nafaqat qonunchilik sifatini oshirish, balki qonunlarning hayotda amal
qilishini kafolatlash uchun muhimligini urgulaydi.

Uchala olim ham parlamentning nazorat funksiyasining muhimligini ta’kidlaydi.

Russoning xalq vakilligi va legitimlikka urg‘u bersa, Shantebu va Lesaj nazoratni qonunchilik
jarayonining muvaffaqiyati bilan bog‘laydi.

Parlament nazorati mexanizmlarining qonunchilikni takomillashtirishdagi o‘rni haqida

o‘zbek olimlaridan T.Narbayeva, N.Ismoilov, A.Saidov, B.Mirboboyev, M.Mirakulov,
R.Xakimov, Sh.Zulfikorov, H.Odilqoriyev, E.Xalilov, Sh.Yakubov va boshqalarning fikri ham
e’tiborga molik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Parlamentimiz haqiqiy

demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskoriva asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak”
ekanligini ta’kidlab o‘tganlar.

Shu o‘rinda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 12 iyuldagi Oliy Majlis

palatalari, siyosiy partiyalar vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasida: «Ijro
hokimiyati idoralari faoliyatini nazorat qilishda Prezidentning asosiy ko‘makchilari kim? Albatta,
siz, muhtaram deputat va senatorlar. Sizlar mening oldimga kelib, ijro hokimiyati idoralarining
kamchilik va nuqsonlari haqida asosli ma’lumotlar berishingiz, vazirlik va idoralar faoliyatini
takomillashtirish bo‘yicha masalani ko‘ndalang qo‘yishingiz, kerak bo‘lsa, vazir va hokimlarni
lavozimdan bo‘shatishgacha bo‘lgan takliflarni kiritishingiz lozim»

2

.

Darhaqiqat, davlatning demokratik rivojlanishi tahlili shundan dalolat beradiki, agar davlat

va jamiyat hayotiga doir masalalarni ko‘rib chiqish va hal qilishda parlamentning ishtiroki darajasi
qanchalik yuqori bo‘lsa, xususan, parlament nazorati mexanizmlari qanchalik takomillashgan

nazorati kecha va bugun

https://uza.uz/oz/posts/ozbekiston-respublikasi-oliy-majlisi-parlament-nazorati-kecha-va-

bugun_291763

2

Foziljon OTAXONOV O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagiQonunchilik muammolari va parlament

tadqiqotlari institutidirektori, yuridik fanlar doktori, professor v.b.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi: parlament

nazorati kecha va bugun

https://uza.uz/oz/posts/ozbekiston-respublikasi-oliy-majlisi-parlament-nazorati-kecha-va-

bugun_291763


background image

1588

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

bo‘lsa, ijro hokimiyati organlari faoliyati ham shunchalik samarali tashkil etiladi.

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2. O'zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatasi

to'g'risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni;

3. O'zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy to'g'risida”gi

Konstitutsiyaviy qonuni;

4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamen
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti;
6. O‘zbekiston Respublikasi “Parlament nazorati to'g'risida”gi Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat
budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, parlament nazoratini amalga oshirish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi va kirishi
belgilangan

3

.

O‘zbekiston Respublikasida parlament nazorati quyidagi yo‘nalishlarda amalga

oshiriladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari

va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari ijrosi yuzasidan umumiy nazorat va monitoring;

2. Moliyaviy parlament nazorati;
3. Inson huquqlari sohasida parlament nazorati;
4. Davlat organlarini shakllantirish va mansabdor shaxslarni tayinlash yuzasidan

parlament nazorati;

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muhim siyosiy qarorlar qabul

qilinganda parlament nazorati (dastlabki yoki keyingi).

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida qonun ijodkorligi va parlament
nazorati jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini ta’minlash orqali jamoatchilikning davlat
boshqaruvidagi tashabbuskorligini oshirish, Oliy Majlis palatalari rasmiy veb-saytlarida
parlament nazorati tadbirlarining yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar to‘g‘risidgi
ma’lumotlarni joylashtirib borish amaliyotini yo‘lga qo`yish

4

kabi maqsadlar belgilangan lekin

uni amaliyotda ishlamayotganligini ko`rishimiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida parlament nazorati konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarga

tayanib, davlat boshqaruvida shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Oliy
Majlisning nazorat funksiyalari qonunchilik, ijro etuvchi hokimiyat va fuqarolar o‘rtasidagi
muvozanatni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Kelajakda parlament nazoratining
samaradorligini oshirish uchun qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish va fuqarolar
ishtirokini kengaytirish muhim hisoblanadi.

Parlament nazoratining samaradorligi bir qator omillarga bog‘liq: qonunchilik bazasi,

deputatlarning malakasi, moliyaviy mustaqillik va fuqarolarning ishtiroki. O‘zbekistonda so‘nggi

3

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y.,

03/23/837/0241-son)

https://lex.uz/docs/-6445145

4

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni


background image

1589

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

yillarda amalga oshirilgan islohotlar, xususan, parlamentning nazorat vazifalarini kuchaytirishga
qaratilgan qonunlar ijobiy natijalar bermoqda. Biroq, deputatlarning malakasini oshirish va
fuqarolar bilan yanada faolroq hamkorlik qilish zarurati kabi bir qator muammolar mavjud.

Parlament nazoratining muvaffaqiyati shaffoflik va ochiqlikka bog‘liq. O‘zbekistonda

ommaviy eshituvlar sonini ko‘paytirish va fuqarolar ishtirokini kengaytirish orqali bu
yo‘nalishda sezilarli taraqqiyotga erishish mumkin. Bundan tashqari, xalqaro tajriba, xususan,
Buyuk Britaniya va Germaniya modellari O‘zbekiston uchun foydali saboq bo‘lishi mumkin.
Masalan, mustaqil audit tizimini joriy etish parlament nazoratini yanada samaraliroq qilishi
mumkin.

O‘zbekistonda parlament nazoratining rivojlanishi uchun quyidagi takliflar

beriladi:

-Parlament a’zolari uchun doimiy malaka oshirish kurslarini tashkil etish.
-Jamoatchilik eshituvlarini kengaytirish va fuqarolar ishtirokini rag‘batlantirish.
-Xalqaro tajribani inobatga olgan holda mustaqil audit tizimini joriy etish.

Xulosa

Parlament nazorati demokratik boshqaruvning muhim elementi sifatida hukumatning

javobgarligini ta’minlaydi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda bu borada sezilarli yutuqlarga
erishilgan bo‘lsa-da, xalqaro tajribani qo‘llash va fuqarolar ishtirokini oshirish orqali nazorat
mexanizmlarini yanada takomillashtirish mumkin. Ushbu maqolada parlament nazoratining
samarali mexanizmlari tahlil qilinib, ularni rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son)

https://lex.uz/docs/-6445145

2.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni

3.

F.OTAXONOV

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagiQonunchilik

muammolari va parlament tadqiqotlari institutidirektori, yuridik fanlar doktori, professor
v.b. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi: parlament nazorati kecha va bugun

https://uza.uz/oz/posts/ozbekiston-respublikasi-oliy-majlisi-parlament-nazorati-kecha-va-
bugun_291763

4.

Prezident.uz


References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son) https://lex.uz/docs/-6445145

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni

F.OTAXONOV O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagiQonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutidirektori, yuridik fanlar doktori, professor v.b. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi: parlament nazorati kecha va bugun https://uza.uz/oz/posts/ozbekiston-respublikasi-oliy-majlisi-parlament-nazorati-kecha-va-bugun_291763

Prezident.uz