Authors

  • N.B. Zokirova
  • D.I. Muhammadaliyeva
  • H.X To’lqinov
  • D.E Cho’liyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136762

Keywords:

Timus gistologiya immunitet T-limfotsit Hassal tanachalari involyutsiya timoma autoimmun kasalliklar.

Abstract

Maqolada timus bezining embrional va postnatal rivojlanishi, uning gistologik tuzilishi hamda immunitet tizimidagi o‘rni batafsil yoritilgan. Timusning kortikal va medullar qatlamlari, timotsitlarning differensiasiyasi, Hassal tanachalarining funksiyasi va markaziy immun tolerans jarayonidagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, yoshga qarab timusda yuz beradigan involyutsiya jarayonlari, bolalik va o‘smirlik davrida faoliyati hamda kattalarda yog‘ to‘qimasi bilan almashishi keltirilgan. Maqolada timus patologiyalari — timoma, giperplaziya va ularning myasthenia gravis kabi autoimmun kasalliklar bilan bog‘liqligi ham klinik nuqtai nazardan yoritilgan. Ushbu mavzu timusning nafaqat gistologik, balki klinik ahamiyatini ham chuqur ochib beradi.

background image

397

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

TIMUS BEZINING GISTOLOGIYASI VA IMMUNITETDAGI AHAMIYATI

Zokirova N.B.

prof. DSc

Muhammadaliyeva D.I.

To’lqinov H.X

Cho’liyeva D.E

ALFRAGANUS UNIVERSITY

Tashkent, Uzbekistan

https://doi.org/10.5281/zenodo.17195122

Annotatsiya.

Maqolada timus bezining embrional va postnatal rivojlanishi, uning

gistologik tuzilishi hamda immunitet tizimidagi o‘rni batafsil yoritilgan. Timusning kortikal va

medullar qatlamlari, timotsitlarning differensiasiyasi, Hassal tanachalarining funksiyasi va
markaziy immun tolerans jarayonidagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, yoshga qarab timusda

yuz beradigan involyutsiya jarayonlari, bolalik va o‘smirlik davrida faoliyati hamda kattalarda
yog‘ to‘qimasi bilan almashishi keltirilgan. Maqolada timus patologiyalari —

timoma,

giperplaziya va ularning myasthenia gravis kabi autoimmun kasalliklar bilan bog‘liqligi ham

klinik nuqtai nazardan yoritilgan. Ushbu mavzu timusning nafaqat gistologik, balki klinik
ahamiyatini ham chuqur ochib beradi.

Kalit so‘zlar:

Timus, gistologiya, immunitet, T-limfotsit, Hassal tanachalari, involyutsiya,

timoma, autoimmun kasalliklar.

Abstract.

This article provides a comprehensive overview of the thymus gland, covering

its embryonic and postnatal development, histological structure, and essential role in the
immune system. The organization of the cortical and medullary layers, T-lymphocyte

differentiation, the function of Hassall’s corpuscles, and their involvement in central immune

tolerance are discussed in detail. Furthermore, age-related involution of the thymus, its activity
during childhood and adolescence, and replacement with adipose tissue in adulthood are
highlighted. The paper also examines clinical aspects, including thymic pathologies such as
thymoma, hyperplasia, and their association with autoimmune diseases like myasthenia gravis.

Overall, the study emphasizes the dual importance of the thymus in both histology and

clinical medicine.

Keywords:

Thymus, histology, immunity, T-

lymphocyte, Hassall’s corpuscles, involution,

thymoma, autoimmune diseases.

Аннотация.

В статье подробно рассмотрены эмбриональное и постнатальное

развитие тимуса, его гистологическое строение и ключевая роль в иммунной системе.

Описаны корковый и мозговой слои, процессы дифференцировки Т

-

лимфоцитов,

функции телец Гассаля и их участие в формировании центральной иммунологической
толерантности. Особое внимание уделено возрастным изменениям тимуса: высокой
активности в детском и подростковом возрасте, последующей инволюции и замещению
жировой тканью у взрослых. Также освещены клинические аспекты, включая патологии
тимуса —

тимому, гиперплазию и их связь с аутоиммунными заболеваниями, такими как

миастения. Работа подчёркивает как морфологическое, так и клиническое значение
тимуса.

Ключевые слова:

Тимус, гистология, иммунитет, Т

-

лимфоциты, тельца Гассаля,

инволюция, тимома, аутоиммунные заболевания.


background image

398

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

Kirish:

Timus

markaziy limfoid organlardan biri bo‘lib, immun tizimda T

-

limfotsitlarning pishishi va differensiasiyasini ta’minlaydi. Bu bez ko‘krak qafasining yuqori
oldingi qismida, to‘sh suyagi orqasida joylashgan. Timus bezining usti biriktiruvchi to‘qima
kapsulasi bilan qoplangan va ichki qismi ko‘plab lobulalarga bo‘lingan. Har bir lobula kortikal
va medullar qatlamlardan iborat bo‘lib, ular hujayra tarkibi hamda vazifasi bilan bir

-biridan farq

qiladi.

Immun tizimda timusning o‘rni beqiyosdir. Aynan shu bezda T

-limfotsitlar shakllanadi,

immunologik “o‘z” va “begona”ni farqlash mexanizmi rivojlanadi. Natijada organizm

antigenlarga qarshi samarali himoya tizimini yaratadi. Timus faoliyati buzilganda immunitet
zaiflashib, infeksion, onkologik va autoimmun kasalliklar rivojlanish xavfi ortadi.

Mavzuning dolzarbligi shundaki, timusning morfologik va funksional o‘zgarishlari

nafaqat immunologiya, balki klinik amaliyotda ham katta ahamiyat kasb etadi. Timus

patologiyalarini o‘rganish, uning yoshga qarab involyutsiyasi va immunitet bilan bog‘liqligini
tahlil qilish tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlaridan biridir.

Timusning rivojlanishi (embrional va postnatal davrda)
Embrional davrda timusning shakllanishi:

Timus bezining rivojlanishi embrional

hayotning 6

7-

haftalarida boshlanadi. U uchinchi gill cho‘ntaklarining endodermidan kelib

chiqadi, ba’zi qismlari esa ektoderm va neyroektoderm elementlaridan shakllanadi. Dastlab

timus epitelial rudiment sifatida vujudga keladi, keyinchalik unga mezenximal hujayralar

qo‘shilib, retikulyar stroma hosil bo‘ladi. Hujayra tarkibi asta

-sekin limfoid elementlar bilan

boyiydi va lobulalarga bo‘linish boshlanadi. Embrional davr oxiriga kelib timus T

-

limfotsitlarning differensiasiyasi uchun asosiy markaziy organ sifatida shakllanadi.

Bolalik davrida faoliyati:

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda timus nisbatan katta hajmda

bo‘ladi va tana massasiga nisbatan yuqori ulushni egallaydi. Bolalik davrida uning funksional

faolligi eng yuqori darajaga yetadi. Aynan shu davrda timus T-limfotsitlarning pishishi,

immunologik tolerans shakllanishi hamda “o‘z” va “begona” antigenlarni farqlash mexanizmini
ta’minlaydi. Bolalarda timusning faol ishlashi infeksion kasalliklarga qarshi mustahkam immun
himoya shakllanishiga sabab bo‘ladi.

Kattalarda involyutsiya jarayoni:

Timus faoliyati o‘smirlik davridan boshlab asta

-sekin

susaya boshlaydi. Pubertat davridan keyin unda

fiziologik involyutsiya

kuzatiladi: limfoid

to‘qima hajmi kamayadi, uning o‘rnini yog‘ va biriktiruvchi to‘qima egallaydi. Shunga qaramay,

timusning qoldiq faoliyati butun hayot davomida saqlanib qoladi. Kattalarda T-limfotsitlarning

asosiy zahirasi timusda emas, balki periferik limfoid organlarda qo‘llab

-quvvatlanadi. Timus

involyutsiyasi immun tizimning qarish jarayoni bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, keksalarda
infeksion kasalliklar va o‘sma kasalliklariga moyillikning ortishiga sabab bo‘ladi.

Timusning gistologik tuzilishi:
Timus kapsulasi va stromasi:

Timus tashqi tomondan yupqa biriktiruvchi to‘qima

kapsulasi bilan qoplangan. Kapsuladan ichkariga septalar (tabaqachalar) kirib boradi va bezni

ko‘plab lobulalarga ajratadi. Stromani asosan epitelial retikulyar hujayralar va ular hosil qilgan
retikulyar to‘r tashkil etadi. Bu tuzilma timotsitlarning rivojlanishi uchun mikroiqlim yaratadi

.

Lobulalar va ularning tuzilishi:

Timus lobulalari ikki asosiy qismdan iborat:

korteks

(tashqi qatlam)

va

medulla (ichki qatlam)

. Korteks ko‘proq limfoid hujayralar bilan boy

bo‘lib, qalinroq ko‘rinadi, medulla esa nisbatan ochroq, kamroq limfoid hujayralarni o‘z ichiga

oladi.


background image

399

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

Kortikal qatlam: timotsitlar va epitelial retikulyar hujayralar:

Kortikal qatlamda

asosan

timotsitlar

(T-limfotsitlarning yetilmagan shakllari) joylashgan. Bu qatlamda ular

differensiasiya jarayonidan o‘tadi va antigenlarga sezgir bo‘lish qobiliyatini hosil qiladi. Epitelial

retikulyar hujayralar timotsitlar uchun maxsus mikroiqlim yaratib, ularni pishishiga yordam
beradi. Shu qatlamda

pozitiv seleksiya

jarayoni kechadi

ya’ni, organizmning “o‘z”

antigenlarini tanib oladigan T-hujayralar tanlab qoldiriladi.

Medullar qatlam: Hassal tanachalari va ularning funksiyasi:

Medulla qismida

timotsitlar soni kamroq bo‘ladi, ammo epitelial retikulyar hujayralar ko‘proq uchraydi. Bu
qismning o‘ziga xos belgisi –

Hassal tanachalari

dir. Ular konsentrik tarzda joylashgan epitelial

hujayralar kompleksidan iborat bo‘lib, markazida keratinlashgan massalar bo‘lishi mumkin.

Hassal tanachalari T-limfotsitlarning yakuniy differensiasiyasida va

negativ seleksiya

jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Ularning asosiy vazifasi –

autoimmun hujayralarni yo‘q qilishga

yordam berish va immun tolerantlikni shakllantirishdir.

Timusning funksional roli:
T-limfotsitlarning differensiasiyasi va pishishi

Timus T-

limfotsitlarning markaziy “maktabi” hisoblanadi. Suyak iligidan kelgan

prekursor hujayralar timusda pishib, faol T-limfotsitlarga aylanadi. Bu jarayonda hujayralar
yuzasida maxsus T-

hujayra retseptorlari (TCR) hosil bo‘ladi.

Markaziy immun tolerans jarayoni

Timusda T-

hujayralar seleksiya bosqichidan o‘tadi:

Pozitiv seleksiya

“o‘z” MHC molekulalarini tanib ololmagan hujayralar nobud bo‘ladi.

Negativ seleksiya

“o‘z” antigenlariga kuchli reaksiya beradigan hujayralar yo‘q

qilinadi.

Natijada organizm o‘z to‘qimalariga hujum qilmaydigan, faqat begona antigenlarga javob

beradigan T-limfotsitlar tanlab olinadi.

Autoimmun reaksiyalarning oldini olishdagi roli:

Timusdagi seleksiya jarayoni tufayli

organizmda autoimmun reaksiyalar nazorat qilinadi. Agar bu mexanizm buzilsa,

tireoidit,

miyasteniya gravis, revmatoid artrit, qandli diabet (1-turi)

kabi autoimmun kasalliklar

rivojlanishi mumkin. Shu sababli timus immunitet barqarorligini saqlashda va organizmni o‘z

-

o‘ziga qarshi immun hujumdan himoya qilishda markaziy rol o‘ynaydi.

Timusning yoshga qarab o‘zgarishi:

Bolalik va o‘smirlik davrida faoliyati:

Timus bezining faoliyati eng yuqori cho‘qqiga

erta bolalik davrida yetadi. Chaqaloqlarda va maktabgacha yoshdagi bolalarda timus hajman

katta bo‘ladi va tana massasiga nisbatan ham sezilarli ulushni egallaydi. Bu davrda T

-

limfotsitlarning pishishi, immunologik tolerantlik shakllanishi va immun tizimning to‘liq
faoliyatga tayyor bo‘lishi ta’minlanadi. O‘smirlikka qadar timus faoliyati immun tizimning
barqarorligini saqlashda yetakchi rol o‘ynaydi.

Pubertat va keksalikda involyutsiya:

Pubertat davridan boshlab timusda

fiziologik

involyutsiya

jarayoni boshlanadi. Bu jarayonda timusning limfoid to‘qimasi asta

-sekin

kamayadi va uning o‘rnini yog‘ hamda tolali biriktiruvchi to‘qima egallaydi. Keksalik davriga
kelib timusning hajmi keskin kichrayadi, ammo bezning qoldiq faoliyati umr bo‘yi saqlanib

qoladi. Shu sababli keksa yoshda T-

limfotsitlar hosil bo‘lishi susayadi, immunitet zaiflashadi va

organizm infeksiyalar hamda o‘sma kasalliklariga ko‘proq moyil bo‘ladi.


background image

400

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

Klinik ahamiyati:

Timus involyutsiyasi immun tizimning qarishi bilan chambarchas

bog‘liq. Bolalik va o‘smirlik davrida bu bezning yaxshi faoliyati mustahkam immunitetni

shakllantirsa, keksalikda uning susayishi immunologik himoyaning pasayishiga olib keladi. Shu

bois, timus faoliyatidagi yoshga oid o‘zgarishlarni tibbiy amaliyotda inobatga olish juda

muhimdir.

Timus patologiyalari va klinik ahamiyati:
Timoma va timus giperplaziyasi:

Timusning o‘sma kasalliklari ichida

timoma

eng ko‘p

uchraydi. Bu epitelial kelib chiqishga ega o‘sma bo‘lib, ko‘pincha o‘rta yoshdagi va keksalarda
aniqlanadi. Timoma ko‘pincha boshqa autoimmun kasalliklar bilan birga kechadi. Timus

giperplaziyasi esa bez hajmining patologik kattalashishi bilan xarakterlanadi, bu holatda limfoid
hujayralar soni ortadi va immun tizim faoliyatida nomutanosiblik yuzaga keladi.

Myasthenia gravis bilan bog‘liqligi:

Timus kasalliklari, ayniqsa timoma va giperplaziya,

myasthenia gravis

bilan kuchli bog‘liq. Bu autoimmun kasallikda organizm nerv

-mushak

birikmalariga qarshi antitelalar ishlab chiqaradi, natijada mushaklarning tez charchashi va

kuchsizlanishi kuzatiladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, myasthenia gravis bilan kasallanganlarning katta
qismida timus patologiyasi aniqlangan. Shu bois timusni olib tashlash (timoektomiya) ko‘pincha

klinik yaxshilanishga olib keladi.

Immunitet sustlashuvida timus ahamiyati:

Timusning normal faoliyati T-limfotsitlar

pishishi va immunitetni shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Timusning giperplaziyasi,
o‘smasi yoki erta involyutsiyasi immunitetning susayishiga olib kelishi mumkin. Natijada

organizmda infeksion kasalliklarga moyillik ortadi, autoimmun sindromlar kuchayadi va
onkologik kasalliklar xavfi yuqorilaydi.

Xulosa:

Timus bezi organizmning markaziy limfoid a’zolaridan biri bo‘lib, T

-

limfotsitlarning differensiasiyasi, pishishi va markaziy immun toleransni shakllantirishda muhim

rol o‘ynaydi. Uning kapsulasi va stromasi lobulalarni shakllantiradi, kortikal qavatda
timotsitlarning ko‘payishi va seleksiyasi sodir bo‘ladi, medullar qavatda esa Hassal tanachalari

immun jarayonlarni tartibga solishda ishtirok etadi.

Timusning faoliyati yoshga bog‘liq holda sezilarli o‘zgaradi: bolalik va o‘smirlik davrida

eng yuqori darajada faoliyat ko‘rsatib, pubertat davridan keyin involyutsiyaga uchraydi va
kattalarda yog‘ to‘qimasi bilan almashadi. Bu jarayon immunitetning kuchi va sifatiga bevosita
ta’sir qiladi.

Timusning patologik holatlari

timoma, timus giperplaziyasi va ularning

myasthenia gravis kabi autoimmun kasalliklar bilan bog‘liqligi klinik jihatdan katta ahamiyatga
ega. Shu sababli, timus bezining gistologik tuzilishi va funksiyalarini chuqur o‘rganish
immunologiya va klinik tibbiyot rivojida muhim omil bo‘lib qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Junqueira L.C., Carneiro J.

Basic Histology: Text & Atlas.

McGraw-Hill, 2023.

2.

Ross M.H., Pawlina W.

Histology: A Text and Atlas.

Wolters Kluwer, 2022.

3.

Abbas A.K., Lichtman A.H., Pillai S.

Cellular and Molecular Immunology.

Elsevier,

2021.

4.

Mescher A.L.

Junqueira’s Basic Histology: Text and Atlas.

16th Edition, McGraw-Hill,

2021.

5.

Young B., O’Dowd G., Woodford P.

Wheater’s Functional Histology: A Text and Colour

Atlas.

Elsevier, 2020.

6.

Murphy K., Weaver C.

Janeway’s Immunobiology.

Garland Science, 2021.

References

Junqueira L.C., Carneiro J. Basic Histology: Text & Atlas. – McGraw-Hill, 2023.

Ross M.H., Pawlina W. Histology: A Text and Atlas. – Wolters Kluwer, 2022.

Abbas A.K., Lichtman A.H., Pillai S. Cellular and Molecular Immunology. – Elsevier, 2021.

Mescher A.L. Junqueira’s Basic Histology: Text and Atlas. – 16th Edition, McGraw-Hill, 2021.

Young B., O’Dowd G., Woodford P. Wheater’s Functional Histology: A Text and Colour Atlas. – Elsevier, 2020.

Murphy K., Weaver C. Janeway’s Immunobiology. – Garland Science, 2021.

Most read articles by the same author(s)

N.B. Zokirova, D.I. Muhammadaliyeva , S.E. Tillayeva , BUYRAK NEFRONLARI TUZILISHI VA ULARNING FUNKTSIONAL ZONALARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 6 (2025): Modern science and research

N.B. Zokirova, D.I. Muhammadaliyeva , S.E. Tillayeva, QON-TOMIR DEVORINING GISTOLOGIK TUZILISHI VA UNING FUNKSIONAL AHAMIYATI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 9 (2025): Modern Science and Research

D.A. Sattorova, D.I. Muhammadaliyeva, S.E. Tillayeva, REPRODUKTIV SALOMATLIK , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

N.B. Zokirova, S.E. Tillayeva, D.I. Muhammadaliyeva, EPITELIY TO‘QIMALARI: TURLARI VA FUNKSIONAL FARQLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

N.B. Zokirova, D.I. Muhammadaliyeva, S.E. Tillayeva, TO‘R PARDASINING (RETINA) QATLAMLARI VA FOTORETSEPTORLAR TUZILISHI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 8 (2025): Modern Science and Research

N.B. Zokirova, D.I. Muhammadaliyeva, S.E. Tillayeva , TERI QATLAMLARINING GISTOLOGIK TUZILISHI: EPIDERMIS, DERMIS VA GIPODERMIS , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 6 (2025): Modern science and research

N.B. Zokirova, D.I. Muhammadaliyeva, S.E. Tillayeva, O‘PKA ALVEOLALARI: ULARNING GISTOLOGIK TUZILISHI VA GAZ ALMASHINUVIDAGI ROLI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 8 (2025): Modern Science and Research

J.Sh. Muzaffarov, S.E. Tillayeva, D.I. Muhammadaliyeva, XOLESTERIN VA YURAK KASALLIKLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

J.Sh. Muzaffarov, S.E. Tillayeva, D.I. Muhammadaliyeva, STRESS VA YURAK , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

D.A. Sattorova, D.I. Muhammadaliyeva, S.E. Tillayeva, SURUNKALI STRESS VA HAYZ SIKLIGA TA’SIRI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

1 2 > >>