Authors

  • Dildora Choʻliyeva
  • Gulnora Bazarova
  • Hamidullo Toʻlqinov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137104

Keywords:

Abnormal uterine bleeding (AUB) PALM-COEIN classification Polyp Adenomyosis Leiomyoma Malignancy and hyperplasia Coagulopathy Ovulatory dysfunction Endometrial Iatrogenic Not otherwise classified.

Abstract

Abnormal uterine bleeding (AUB) is one of the most common gynecological problems among women of reproductive age. To simplify diagnosis and treatment, the World Health Organization (WHO) and FIGO developed the PALM-COEIN classification. The causes are divided into two main groups: structural (PALM) and non-structural (COEIN). • PALM (Polyp, Adenomyosis, Leiomyoma, Malignancy and hyperplasia) — structural pathologies of the uterus. • COEIN (Coagulopathy, Ovulatory dysfunction, Endometrial, Iatrogenic, Not otherwise classified) — functional or other non-structural causes. The PALM-COEIN classification helps physicians systematically evaluate AUB causes and choose appropriate treatment strategies.

background image

135

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

BACHADONDAN ANORMAL QON KETISHI PALM

-

COEIN SABABLARINING

TASNIFI

Choʻliyeva Dildora Erkinjonovna

Bazarova Gulnora Rustamovna

Toʻlqinov Hamidullo Xamdam oʻgʻli

ALFRAGANUS UNIVERSITY nodavlat oliy ta’lim tashkiloti,

Tashkent,

Uzbekistan.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17308332

Annotatsiya.

Bachadondan anormal qon ketishi (AUB) reproduktiv yoshdagi ayollarda

uchraydigan eng keng tarqalgan ginekologik muammolardan biridir. Uning tashxis va
davolashini yengillashtirish uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) va FIGO tomonidan
PALM-COEIN tasnifi ishlab chiqilgan. Ushbu tasnifda sabablar ikki katta guruhga bo‘linadi:
strukturaviy (PALM) va nonstrukturaviy (COEIN).

PALM (Polip, Adenomyoz, Leiomioma, Malignansiya va giperplaziya) — bachadonning

tuzilishiga bog‘liq patologiyalar.

COEIN

(Koagulyopatiya,

Ovulyator

disfunksiya,

Endometriy,

Iatrogen,

Nomutaxassislashtirilgan) — funksional yoki boshqa tashxis bilan aniqlanadigan omillar.

PALM-COEIN tasnifi shifokorlarga AUB sabablarini tizimli ravishda baholash va mos

davolash usullarini tanlash imkonini beradi.

Kalit so’zlar:

Bachadondan anormal qon ketishi (AUB), PALM-COEIN tasnifi, Polip,

Adenomyoz, Leiomioma, Malignansiya va giperplaziya, Koagulyopatiya, Ovulyator disfunksiya,
Endometriy, Iatrogen, Nonspefik sabablar.

PALM-COEIN CLASSIFICATION OF CAUSES OF ABNORMAL

UTERINE BLEEDING

Abstract.

Abnormal uterine bleeding (AUB) is one of the most common gynecological

problems among women of reproductive age. To simplify diagnosis and treatment, the World
Health Organization (WHO) and FIGO developed the PALM-COEIN classification. The causes
are divided into two main groups: structural (PALM) and non-structural (COEIN).

PALM (Polyp, Adenomyosis, Leiomyoma, Malignancy and hyperplasia) — structural

pathologies of the uterus.

COEIN (Coagulopathy, Ovulatory dysfunction, Endometrial, Iatrogenic, Not otherwise

classified) — functional or other non-structural causes.

The PALM-COEIN classification helps physicians systematically evaluate AUB causes

and choose appropriate treatment strategies.

Keywords:

Abnormal uterine bleeding (AUB), PALM-COEIN classification, Polyp,

Adenomyosis, Leiomyoma, Malignancy and hyperplasia, Coagulopathy, Ovulatory dysfunction,
Endometrial, Iatrogenic, Not otherwise classified.

КЛАССИФИКАЦИЯ ПРИЧИН АНОМАЛЬНЫХ МАТОЧНЫХ КРОВОТЕЧЕНИЙ

PALM-COEIN

Аннотация.

Аномальное маточное кровотечение (АМК) является одной из самых

распространённых гинекологических проблем у женщин репродуктивного возраста. Для
упрощения диагностики и лечения Всемирная организация здравоохранения (ВОЗ) и FIGO
разработали классификацию PALM-COEIN. Причины делятся на две основные группы:
структурные (PALM) и неструктурные (COEIN).


background image

136

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

PALM (Полип, Аденомиоз, Лейомиома, Малигнизация и гиперплазия) —

структурные патологии матки.

COEIN (Коагулопатия, Овуляторная дисфункция, Эндометрий, Ятрогенные,

Неуточнённые) — функциональные или другие неструктурные факторы.

Классификация PALM-COEIN помогает врачам систематически оценивать

причины АМК и выбирать оптимальные методы лечения.

Ключевые слова:

Аномальное маточное кровотечение (АМК), классификация

PALM-COEIN,

Полип, Аденомиоз, Лейомиома, Малигнизация и гиперплазия,

Коагулопатия, Овуляторная дисфункция, Эндометрий, Ятрогенные, Неуточнённые.


Kirish

Oʼtkir endometrit (Endometritis). Bachadon shilliq pardasining yalligʼlanishi boʼlib,

hamma turdagi hayvonlar uchraydi va hayoti davomida yuzaga keladigan bepushtlikning asosiy
sabablaridan biri hisoblanadi. Yalligʼlanish mahsulotlarning taʼsirida jinsiy hujayralar nobud
boʼladi yoki zigota fagotsitozga uchraydi.

Bachadon shilliq pardasining yalligʼlanishi natijasida tuxumdonlar koʼpincha ikkilamchi

tartibda shikastlanadi (sariq tana turib qoladi, follikulalar yorilmaydi, yalligʼlanishga uchraydi va
h.k.) va follikullarning yetilishi izdan chiqadi.

Oʼtkir endometrit giperemiya va bachadon shilliq pardasining shishi bilan kechadi.
Giperemiyaning zoʼrayishi bilan tomirlarning ektravazatsiyasi, yaʼni qon zardobi va

hatto, shaklli elementlarining tomirlar devori orqali bachadon hujayralari orasidagi boʼshliqqa
sizib chiqishi kuzatiladi.

Sabablari. Bachadon shilliq pardasi koʼpincha mikroorganizmlar (streptokokk,

stafilokokk, ichak tayoqchasi va b.)ning qindan yoki qon tomirlari orqali oʼtishidan yalligʼlanishi
mumkin.

Patologik tugʼishlarda bachadonning jarohatlanishi, ajralmay qolgan homila pardalarining

chirishi, bachadon involyutsiyasining sekinlik bilan (bachadon atoniyasi) kechishi endometrit
paydo boʼlishiga sasa boʼladi. Hayvonlarni notoʼgʼri asrash va parvarishlash, oziqalar tarkibida
vitaminlar va mineral moddalar yetishmasligi va matsionning yetarlicha boʼlmasligi oqibatida
koʼpincha bachadonning involyutsiyasi sekinlashadi.

Hayvonni sunʼiy urugʼlantirishda aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilinmasligi,

shuningdek, kasal hayvonlarni urugʼlantirgan erkak hayvon urugʼlantirganda ham jinsiy
yoʼllarga infektsiya tushishi mumkin.

Kechishi. Bachadon shilliq pardasining yalligʼlanishi tashqaridan qaraganda mahalliy

jarayon tarzida oʼtadi. Lekin organizm rezistentligining pasayishi, qon va limfa tizimiga
mikroorganizmlar tushganda umumiy kasallik sepsis (septietsmiya, piemiya) vujudga keladi.

Vaginal tekshirishda bachadon boʼynining shilliq pardasi tiqinga oʼxshab doʼppayib

turadi, qizargan va bir oz boʼrtgan boʼladi, bachadon boʼyni kanali ochiq turadi, qin tubida
ekssudat toʼplanib turadi. Kataral endometritda ekssudat xira, kul rang va yopishqoq, yiringli
endometritda esa sargʼish rangli, baʼzan qoʼlansa hidli boʼladi.

Kasallik oqibati. Oʼz vaqtida, toʼgʼri davolansa, kasallik oʼtib ketadi. Аks holda surunkali

kataral yoki yiringli-kataral endometritga aylanadi.

Kasallikni davolash. Endometrit bilan ogʼrigan hayvonlarga antibiotikoterapiya:

(penitsillin, streptomitsin, biomitsin, tetratsiklin, eritromitsin va boshqalar) tavsiya etiladi.

Penitsillin koʼpincha streptomitsin va boshqa antibiotiklar bilan birgalikda qoʼllanadi.


background image

137

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Penitsillin dozalari (1 kg tana vazniga ming TB hisobida): otlarga - 1-2, qoramollarga - 2-

3, qoʼylarga - 4-10, choʼchqalarga - 2-3 hisobida muskul orasiga yuboriladi. Streptomitsinning
oʼrtacha sutkalik dozasi qoramol uchun 1 g - 100 ming TB (500 ming TB/kg dozada kuniga ikki
mahal). Kasal hayvonning ahvoliga qarab, har 3-6 soatda 1 marta inʼektsiya qilinadi.

Аntibiotiklar, odatda, kasallik oʼtib tana harorati meʼyoriga kelganidan keyin ham 3-4

kun davomida qoʼllaniladi. Аntibiotiklar bachadon ichiga ham yuboriladi.

Mikroorganizmlar antibiotiklarga chidamli boʼlsa sulьfanilamid preparatlari: sulьfidin,

sulьfazol, sulьfatsil va norsulьfazol ishlatish kerak. Bu preparatlar 2-3 kun davomida kuniga 1-2
marta qoʼllanadi.

Oʼtkir endometritlarda umumiy davolash bilan birga bachadon qisqarishini kuchaytirish

va bachadon boʼshligʼini ekssudatdan boʼshatishga qaratilgan davolash tadbirlarini ham koʼrish
zarur.

Bachadonni yuvib, ekssudatni chiqarib tashlash yaxshi samara beradi.

Bachadonni yuvish uchun quyidagi eritmalar: rivanol, xinozol, tripaflavin yoki akriflavin

eritmalari (1:1000), kaliy permanganat eritmasi (1:10000), soda eritmasi (1-2%-li), osh tuzi (1 va
3-10%-li), sut kislota (0,5%-li), borat kislota (2-3%-li), ixtiol (3%-li), tanin eritmasi (0,5%-li) va
boshqalar ishlatiladi.

Eritmalar 40°S gacha iliq holda ishlatiladi. Yuvish bachadondan eritma ragidagi suyuqlik

oqib chiqguncha davom ettiriladi. Bir marta yuvish uchun yalligʼlanish jarayonining turi va
darajasiga koʼra, 2 l dan 10 l gacha dezinfektsiyalovchi eritma ishlatiladi.

Bachadonda ekssudatning toʼplanishiga qarab, har kuni yoki kun ora yuviladi. Аjratmalar

ancha kamayib qolgandan keyin uch-toʼrt kunda bir marta yuvilsa boʼladi. Yuvish vaqtida
yuborilgan eritmaning hammasini bachadondan chiqarib tashlash zarur. Bachadonni yuvishdan
oldin irigator yoki maxsus nasos bilan yalligʼlanish ekssudatini tortib olish tavsiya etiladi.

Bachadondan ekssudatni chiqarib tashlashga yordam beradigan, uning qisqarishini

kuchaytiradigan boshqa davo usullaridan ozokerit, parafin, applikatsiyalar qoʼyishni, balchiq
bilan davolash va bachadonni massaj qilishni aytib oʼtish zarur. Barmoqlarning yumshoq joyi
bilan silab, massaj qilinadi. Limfa va vena tomirlari boʼylab, yaʼni shoxlarining uchidan
boʼyniga qarab, 3-5 daqiqa davomida massaj qilib boriladi.

Qon quyilgandan keyin, gematomalar, yirik qon tomirlarining tromboz iva barcha turdagi

yiringli yalligʼlanish jarayonlarida hamda yomon sifatli oʼsmalarda bachadonni massaj qilish
yaramaydi.

Bachadonning qisqarishini kuchaytirish uchun teri ostiga pituitrin, pregnantol yoki

belladona ektrakti yuboriladi (yirik hayvonlarga 5-10 ml).

Endometritlarni davolash uchun gormonal va neyrotrop preparatlar: sinestrol, stilbestrol,

karboxolin, prozerin va boshqalar ishlatiladi. Sinestrolning oʼsimlik moyi yoki spirtdagi 1%-li
eritmasi 3-5 ml yoki 1,5-2,5 ml stilbestrol 24 soat oralatib 3-4 marta teri ostiga yuboriladi.

Neytrotrop preparatlar (0,1%-li karboxolin 2-3; 0,5%-li prozerin 2-3 ml) teri ostiga

yuboriladi.

Toʼqima preparatlari bilan davolash yaxshi natija beradi (G.I.Pronin). Koʼchirib oʼtkazish

uchun sigir yoki choʼchqa tuxumdoni, buqalar, erkak choʼchqa, taka yoki qoʼchqorlar
urugʼdonining toʼqimasi yoki sigir tuqqan paytidagi amnion toʼqimasi ishlatiladi. Аmnion
quyidagicha tayyorlanadi: avval vodoprovod suvida yuviladi, keyin mayda kesilib, 1%-li osh tuzi
eritmasida yuviladi va 2%-li xloramin eritmasiga solinib, 2-4°S gacha haroratda 8 sutka
saqlanadi.


background image

138

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Saqlash paytida xloramin eritmasi birinchi sutkada 2 marta, keyinchalik, har 24 soatda

almashtirib turiladi. Urugʼdon va tuxumdonlarning toʼqimasi avval 1%-li osh tuzida 30-40
daqiqa saqlanadi, keyin 2%-li xloramin eritmasiga solinib, amnion toʼqimasi qancha muddat
saqlanadigan boʼlsa bu eritma ham shuncha muddat saqlanadi.

Toʼqima preparati boʼyin sohasining oʼrtadagi uchdan bir qismiga, boʼyin qirrasidan 8-10

sm pastroqda teri ostiga oʼtkaziladi. Buning uchun teri kesilib, teri osti klechatkasi ochiladi,
keyin skalpel tigʼi bilan teri osti klechatkasi qirqiladi va oʼtmas uchi bilan xaltacha hosil
boʼladigan qilib fastsiyalardan ajratiladi. Koʼchirib oʼtkazish uchun tayyorlab qoʼyilgan amnion
toʼqimasi, tuxumdon yoki urugʼdon boʼlagi sterillangan pintset bilan xaltachaga solinadi va
jarohat chetlari choklab qoʼyiladi, choklar 9-10- kuni olib tashlanadi.

Oʼtkir va surunkali endometritlarni davolashda biostimulgin toʼqima preparatini ishlatish

mumkin. Biostimulgin boʼyin sohasida terisi ostiga bir marta oʼng tomondan va bir marta chap
tomondan quyidagicha yuboriladi: birinchi uch kunda kuniga bir marta, keyin kunora ikki-uch
marta va keyin hayvon tuzalib ketguncha, 2 kun oralatib 1 marta 30 ml dan inʼekiya qilinadi.

Surunkali endometrit. Kasallik, odatda oʼtkir endometrit oqibatida kelib chiqadi va

endoteliyning kuchli oʼzgarishi hamda bachadon bezlarining kuchli sekretsiyasi bilan kechadi.

Ekssudatning xarakteriga koʼra, kataral, yiringli-kataral va yiringli surunkali

endometritlar farqlanadi.

Surunkali endometritlarda, baʼzan bachadon boʼynining juda shishib ketishi tufayli

ekssudat bachadon boʼshligʼida toʼplanib qoladi. Ekssudat suvga oʼxshagan suyuq boʼlsa (kataral
ekssudat) bachadon istisqosi (Hydrometria) deb ataladi. Bachadonda koʼp miqdorda yiringli
ekssudat toʼplanganda piometra (Piometria) vujudga keladi. Yashirin oʼtadigan surunkali
endometrit surunkali kataral endometritning bir turidir.

Yashirin surunkali endometrit. Kasal sigirlarda kuyikishlar orasidagi davrda klinik

belgilar sezilmaydi va toʼgʼri ichak orqali hamda qin orqali tekshirishda ham normadan tashqari
oʼzgarishlarni topib boʼlmaydi. Hayvon kuyikkan paytida esa bachadondan odatdagidan koʼra
koʼproq loyqalangan, baʼzan yiringli ekssudat aralashgan suyuqlik chiqadi.

Biyalarda yashirin surunkali endometritda kuyikish belgilari yaxshi bilinmaydi va

kuyikish vaqtida qinda oʼlgan toʼqimalar aralashgan loyqa, yopishqoq shilimshiq toʼplanib
qoladi.

Diagnostikasi. Sigirlar odatdagicha kuyukib turgani bilan qisir qolishiga, shuningdek,

hayvon kuyikkan davrda jinsiy yoʼllardan koʼp miqdorda yiring aralash loyqa shilimshiq
suyuqlik oqishi diagnoz uchun asos boʼladi.

Biyalarda bu kasallik toʼgʼri ichak orqali tekshirish bilan aniqlanadi. Bunda bachadon

tanasining yoki koʼpincha ikkala shoxining hamma joyida yoki qisman qalinlashganligi topiladi,
ular qoʼlga zichlashgan, atoniya holida seziladi, baʼzan hayvonda ogʼriq sezish kuzatiladi.

Oqibati. Oʼz vaqtida davolanganda hayvonning urugʼlanishi asliga keladi.

Davolash. Hayvonni yetarlicha oziqlantirish va parvarishlash, yayratib turish. Davolashda

bachadon massaj qilinadi, qin orqali 3-4 l dezinfektsiyalovchi eritmalar bilan (harorati 42-43°S
boʼladi) vanna qilinadi.

Massaj va qin orqali vannalar har 1-3 kunda bir marta, kamida 4-5 marta oʼtkaziladi.
Hayvonni urugʼlantirishdan bir necha soat ilgari bachadonni 0,9%-li natriy xlorid (40-

42°S) eritmasi bilan yoki tuz-soda-qand eritmasi bilan (100 ml distillangan suvga 1,0 natriy
xlorid, 3,0 natriy bikarbonat va 90,0 qand) yuvib, keyin massaj qilish tavsiya etiladi
(А.Yu.Tarasevich). Bu eritmadan bachadonga 250-500 ml gacha yuborish kerak.


background image

139

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Tuxumdonlаrning kаsаlliklаri.

Tuxumdonlarning yalligʼlanishi (Ovaritis). Kasallik hamma turdagi hayvonlarda uchrab,

oʼtkir va surunkali oʼtishi mumkin.

Sabablari. Yalligʼlanish jarayoni virulent mikroorganizmlar tufayli kelib chiqadi, bu

mikroorganizmlar yoʼldosh ajralmay qolganida yoki bachadon shilliq pardasi yalligʼlanganda
bachadon shoxlarining uchidan tuxum yoʼllari orqali tuxumdonga tushadi. Mikroorganizmlar
baʼzan qon yoki limfa yoʼllar bilan oʼtadi. Haddan tashqari zoʼr berib massaj qilinishi yoki
tuxumdon kistalarining teshilishida yuzaga keladigan shikastlanishlar baʼzan tuxumdonning
yalligʼlanishiga sabab boʼladi.

Belgilari va aniqlash. Oʼtkir ovaritda hayvonning tana harorati koʼtariladi, boʼshashadi,

ishtahasi pasayadi. Ikkala tuxumdon shikastlangan boʼlsa jinsiy sikllar ritmi buziladi, tuxumdon
bir tomonlama shikastlanganda esa jinsiy sikl buzilmasligi mumkin.

Tuxumdonlar toʼgʼri ichak orqali tekshirilganda oʼtkir yalligʼlanishida kattalashgan,

ogʼriqli, butun yuzasi silliq, shishgan va yumshagan, surunkali yalligʼlanishda tuxumdonlar
biriktiruvchi toʼqimaning oʼsishi hisobiga qattiqlashgan, abstsess paytida tuxumdonlar ogʼriqli,
pufakchasimon shaklda boʼlib, fluktuatsiyasi seziladi.

Prognoz. Tuxumdonlar yalligʼlanishining har qanday xilida ham oqibati jihatidan ehtiyot

boʼlish kerak. Mikroorganizmlarning taʼsiri kam, organizmning himoya kuchlari esa kuchli
boʼlgan hollarda oʼtkir jarayon astasekin soʼnib, tuxumdon asliga kelib qoladi. Tuxumdonlardagi
kasallik jarayoni choʼzilib, surunkaliga oʼtadigan boʼlsa toʼqimasida chuqur oʼzgarishlar yuzaga
keladi.

Davolash. Haroratining koʼtarilish bilan birga davom etadigan oʼtkir yalligʼlanishda

antiseptik moddalardan (sulьfanilamid preparatlar, antibiotiklardan) foydalanish kerak.

Retikuloendotelial sistemani faollashtirish va organizmining qarshiligini oshirish

maqsadida vena orqali 20%-li spirt yuboriladi.

Kasallikning surunkali kechishida tuxumdonlarni toʼgʼri ichak orqali 2-3 hafta davomida

kuniga 5 daqiqadan massaj qilish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, 5%-li moychechak
damlamasiga 2%-li ixtiol qoʼshish bilan tayyorlangan ixtiol-moychechak suyuqligi 42-45°S
haroratda ishlatiladi. Suyuqlik axlatdan tozalanib, qalin qilib vazelin surtilgan toʼgʼri ichakka
kuniga 1 l, olti kun davomida yuboriladi.

Xulosa

Bachadon va tuxumdon kasalliklari ayollar reproduktiv salomatligiga eng ko‘p ta’sir

etuvchi ginekologik muammolardan hisoblanadi. Ushbu kasalliklar orasida bachadondan
anormal qon ketish, mioma, adenomioz, endometriyal giperplaziya, poliplar, shuningdek
tuxumdonlarning kistalari, policistik tuxumdon sindromi (PTOS), o‘sma va yallig‘lanish
jarayonlari ko‘p uchraydi.

Bachadon kasalliklari ko‘pincha hayz siklining buzilishi, ko‘p va og‘riqli qon ketish,

bepushtlik hamda kamqonlik bilan kechadi. Tuxumdon kasalliklari esa ayol organizmida
gormonal muvozanatni buzadi, ovulyatsiyaning to‘xtashiga, natijada bepushtlik va turli endokrin
muammolarga sabab bo‘ladi.

Bunday patologiyalarni erta aniqlash va davolashda ultratovush diagnostikasi, gormonal

tekshiruvlar, laborator va instrumental usullar muhim ahamiyatga ega. Davolash choralariga
gormonal terapiya, medikamentoz davo, fizioterapiya, zarur hollarda esa jarrohlik aralashuvi
kiradi.


background image

140

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Profilaktika choralariga muntazam ginekologik ko‘rikdan o‘tish, hayz siklini nazorat

qilish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, infeksion kasalliklarni o‘z vaqtida davolash va
stressni kamaytirish kiradi.

Xulosa qilib aytganda, bachadon va tuxumdon kasalliklari nafaqat ayollarning

reproduktiv salomatligini, balki umumiy hayot sifatini ham pasaytiradi. Shu bois bu
kasalliklarning oldini olish, erta tashxislash va samarali davolash har bir ayolning sog‘lom hayot
kechirishi va ona bo‘lish imkoniyatini saqlab qolish uchun muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Jo‘rayev A. va boshq. Akusherlik va ginekologiya. Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston Fan
nashriyoti, 2019.

2.

Karimova M., To‘xtayeva D. Ayollar reproduktiv salomatligi. – Toshkent: Ibn Sino
nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2018.

3.

Nazarova G. Ginekologiyada uchraydigan qon ketishlar va ularni davolash. O‘quv
qo‘llanma. – Toshkent, 2020.

4.

Qo‘ziyev S., Omonova S. Akusherlik va ginekologiya asoslari. – Toshkent: Tibbiyot
nashriyoti, 2016.

5.

Yusupova M. Ayollarda hayz sikli buzilishlari va anormal qon ketishlar. Ma’ruza
matnlari. – Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, 2021.

6.

Toshpo‘latova D. Ayollar salomatligi va ginekologik kasalliklar. – Samarqand: SamDTI
nashriyoti, 2017.

7.

O‘zbekiston Respublikasi SSV. Ayollarda anormal bachadon qon ketishlarini tashxislash
va davolash bo‘yicha klinik protokol. – Toshkent, 2022.

8.

Qodirova N. Endokrin ginekologiya asoslari. – Toshkent: TTA nashriyoti, 2015.

9.

Usmonova D. Ginekologiyada shoshilinch yordam. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2019.

10.

Matyoqubova H. Ayollarda hayz buzilishlari etiologiyasi va klinikasi. – Toshkent, 2018.

References

Jo‘rayev A. va boshq. Akusherlik va ginekologiya. Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston Fan nashriyoti, 2019.

Karimova M., To‘xtayeva D. Ayollar reproduktiv salomatligi. – Toshkent: Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2018.

Nazarova G. Ginekologiyada uchraydigan qon ketishlar va ularni davolash. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2020.

Qo‘ziyev S., Omonova S. Akusherlik va ginekologiya asoslari. – Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2016.

Yusupova M. Ayollarda hayz sikli buzilishlari va anormal qon ketishlar. Ma’ruza matnlari. – Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, 2021.

Toshpo‘latova D. Ayollar salomatligi va ginekologik kasalliklar. – Samarqand: SamDTI nashriyoti, 2017.

O‘zbekiston Respublikasi SSV. Ayollarda anormal bachadon qon ketishlarini tashxislash va davolash bo‘yicha klinik protokol. – Toshkent, 2022.

Qodirova N. Endokrin ginekologiya asoslari. – Toshkent: TTA nashriyoti, 2015.

Usmonova D. Ginekologiyada shoshilinch yordam. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2019.

Matyoqubova H. Ayollarda hayz buzilishlari etiologiyasi va klinikasi. – Toshkent, 2018.