ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1147
YOSHLARDA QON BOSIMINING OSHISHI. GIPERTONIYA
Choʻliyeva Dildora Erkinjonovna
Bazarova Gulnora Rustamovna
Rizvonqulova Mohiniso Vohidjonovna
Alfraganus University
nodavlat oliy ta’lim tashkiloti, Tashkent,
Uzbekistan.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15716188
Annotatsiya.
Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari inson salomatligi uchun xavf-xatar
manbai bo'lib, ularning orasida yurak porog'lari va gipertoniya alohida o'rin oladi. Yurak
porog'lari yurak faoliyatining buzilishi natijasida yuzaga keladigan holat bo'lib, u yurak
to'qimalarining qoniqarsiz ta'minlanishi, yurakning ishlash qobiliyatining pasayishi bilan
kechadi. Gipertoniya, yoki arterial bosimning doimiy ko'tarilishi esa, yurak va qon tomirlarga
katta yuk tushuradi, ularning patologiyasiga olib keladi. Ushbu kasalliklarning profilaktikasi va
davosi uchun to'g'ri diagnoz qo'yish, sog'lom turmush tarzini niyat qilish, dori-darmonlarni
oqilona qabul qilish muhimdir. Maqola yakunida yurak qon-tomir kasalliklarining oldini olish
bo'yicha tavsiyalar beriladi va ularning suiste'mol qilish asoratlarining oldini olishga qaratilgan
amaliy maslahatlar keltiriladi.
Kalit so'zlar:
Yurak qon-tomir kasalliklari Yurak poroglari Gipertoniya (hipertoniya)
Qon bosimi Arterial bosim Qon aylanishi muammolari Gipertoniya sabablari Profilaktika va
davolash Qon tomir patologiyalari Yurak xavfi yuqori Sog'liqni saqlashva gipertoniya
Dorixona va davolash usullari.
Abstract.
diseases of the cardiovascular system are a source of danger to human health,
among which cardiac pores and hypertension occupy a special place. The heart pore is a
condition caused by a violation of the functioning of the heart, which is accompanied by an
unsatisfactory supply of heart tissue, a decrease in the heart's ability to function. Hypertension,
or a constant increase in arterial pressure, leads to a large load on the heart and blood vessels,
leading to their pathology. For the prevention and treatment of these diseases, it is important to
make the right diagnosis, intend a healthy lifestyle, take medications wisely. At the end of the
article, recommendations for the Prevention of cardiovascular diseases are given, and practical
tips aimed at preventing complications of their abuse are presented.
Keywords
: cardiovascular diseases heart pore hypertension (hypertension) blood
pressure Arterial pressure circulatory problems causes of Hypertension Prevention and
treatment vascular pathologies high risk of heart health and hypertension Pharmacy and
treatment methods.
Аннотация
. болезни сердечно
-
сосудистой системы являются источником
опасностей для здоровья человека, среди которых особое место занимают пороки сердца
и гипертония. Пороки сердца
-
это состояние, вызванное нарушением сердечной
деятельности, которое сопровождается неудовлетворительным снабжением сердечной
ткани, снижением работоспособности сердца. Гипертония, или же постоянное
повышение артериального давления, оказывает большую нагрузку на сердце и сосуды,
приводит к их патологии. Для профилактики и лечения этих заболеваний важно
поставить правильный диагноз, вести здоровый образ жизни, разумно принимать
лекарства.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1148
В конце статьи даны рекомендации по профилактике сердечно
-
сосудистых
заболеваний и даны практические советы, направленные на предотвращение осложнений
от их злоупотребления.
Ключевые слова:
сердечно
-
сосудистые заболевания пороки сердца гипертония
(гипертония) артериальное давление проблемы с кровообращением причины гипертонии
профилактика и лечение сосудистые патологии повышенный риск сердечных заболеваний
и гипертонии аптека и лечение.
Ichki kasalliklar haqidagi fan asosiy klinik fanlardan bo'lib, ichki organlar kasalliklarini
o'rganadi. Kasalliklarni davolashga kirishishdan oldin ularning kelib chiqishi sabablarini
aniqlash muhim ahamiyatga ega. Biologiya fani ta'limotiga ko'ra, organizm tashqi muhit bilan
chambarchas bog'langan. Demak, o'zgartirib javob bera olish qobiliyati demakdir. Organizmning
reaktivligida nerv sistemasi, birinchi navbatda bosh miya po'stlog'i alohida o'rin tutadi.
Kasallikning ro'yobga chiqishida organizmning xususiy reaktivligi (individual reaktivligi)
katta ahamiyatga ega.
Ba'zi hollarda bir kasallikning o'zi turli organizmda turlicha alomatlar (simptomlar,
belgilar) bilan o'tadi. Masalan zotiljam, bir bemorda yo'talish, balg'am ko'chishi, nafas olishning
qiyinlashuvi bilan kechsa, boshqasida bu belgilar bo'lmasligi, bemor faqat bosh og'rig'i bilan,
ishtahasi yo'qligidan shikoyat qilishi mumkin. Bir bemor jotiljamdan halok bo'lishi, boshqasi esa
uni oyoqda yurib, yengil-yelpi o'tkazib yuborishi mumkin. Bu hodisa organizmning kasallikka
qarshi kurashish qobiliyatiga va kasallikdan himoyalanish kuchiga bog'liq. Kasallikning avj
olishi esa, uni keltirib chiqargan sabab (etiologiya)ga bog'liq. Kasallik sababini aniqlash uni
oldini olish, to'g'ri diagnoz qo'yish va davolashda katta ahamiyatga ega. Bu haqda I.P.Pavlov
shunday degan edi: «Kasallikning kelib chiqish sababini aniqlash ning oldini olish va tarqalib
ketishga yo'l qo'ymaslik demakdir». Kasallikning kelib chiqish sababi 2 xil: 1) tashqi muhit
faktorlari ta'sirida kelib chiqadigan kasallik sabablari-endogen sabablar. Ekzogen sabablar bir
necha xil: mexanik sabablar (yaralanish, travmatizm va boshqalar), fizik sabablar (organizmga
elektron toki ta'sirida), ximiyaviy sabablar (jangovor zaharlovchi moddalar, sanoat zaharlari,
sifatsiz oziq-ovqat va hokazolar), biologik sabablar (organizmga turli xil kasallik tarqatuvchi
mokroorganizmlar vaksina va zardoblar ta'siri). Endogen sabablarga organizmning o'zida yuz
beradigan o'zgarishlar bilan birga, ota-onalardan orttirilgan, yoki hayotda paydo bo'lgan
xususiyatlar ham kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan jismonan baquvvat,
ma’naviy boy, axloqan yetuk, intelektual rivojlangan yuqori bilimli, har taraflama kamol topgan
shaxsni shakllantirishga qaratilgan keng ko’lamli tadbirlarni amalga oshirish maqsadida
mamlakatimizda 2000 yilni “Sog’lom avlod yili”, 2005 yilni “Sihat salomatlik” yili deb e’lon
qilindi. 2005 yil O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 30
-
sonli Qarori bilan “Sihat
salomatlik yili davlat dasturi” ni e’lon qildi. 2006 yilni “Homiylar va shifokorlar” yili, deb
nomlanishi davlatimiz tomonidan xalq salomatligiga qaratilayotgan e’tibornnig yana bir dalilidir.
Ushbu ma’ruza matnlar talabalarga hozirgi
kunning dolzarb muammolaridan biri bo’lgan
ichki kasalliklar haqida yetarli darajada bilimga ega bo’lishga yordam beradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1149
Kardiologiya
–
bu ichki kasalliklarning bir bo’limi bo’lib, bunda yurak qon tomir tizimi
kasalliklarining etiologiyasi, potogensi va klinik belgilarini o’rganadi. XX asr boshlariga alohida
bo’lim bo’lib chiqdi. Bunda maxsus tekshirish usullari o’z ahamiyatiga ega. Bu usullar
yordamida oldin oxirigacha tekshirilmagan kasalliklarni chuqurroq o’rganishga erishildi.
Sobiq ittifoqda kardiologiyaning asoschisi S.P. Boykin hisoblanadi, u kishi yurak
nuqsonlari diagnostikasi va davosi bo’yicha, yurak
-qon tomir yetishmovchiligi kasalligi tashxisi
va davolash usullari bo’yicha ko’p ishlar olib borildi.
Rossiya kardiologlar maktabining asoschisi
–
G.F. Lang bo’lib, u kardiolgiyaga
“gipertoniya kasalligi” “miokard desiyrofiyasi” “hilpillovchi aritmiya” tushunchalarini birinchi
bo’lib kiritdi.
Vatanimiz revmotologiyasi rivojlanishiga A.I.Nesterov va uning hissalari katta bo’lib,
ular yurakning revmatik zararlanishining-potogenezini, klinik belgilarini, davosini va oldini olish
chora tadbirlarini o’rganib chiqdi.
A.A. Iyasnikov yurak kasalliklarining epidemiologiyasini o’rgandi va kardiologiya
institutini birinchi bo’lib tashkil etdi.
V.N. Vinogradov, P.E. Lukomskiy, E.I Kazov tomonidan infarkt miokardining kechishi
o’rganib chiqildi.
P.E. Lukomskiy 1969 yilda sobiq ittifoqda kardiologlar jamiyatini tuzdi. O’zbekistonda
tibbiyotga hissa qo’shganlardan
-
Nosirov Sh.N. Arterial gipertenziyalar bo’yicha ko’p xizmatlar
ko’rsatgan.
Yurak poroklari.
Yurak porogi yurak klapanlari faoliyatining turg’un buzilganligidir. Bu buzilish
yurakning organik o’zgarishi oqibatida ro’y beradi. Yurak porogi revmatik, sklerotik va sifilitik
sababi natijasida paydo bo’ladi. Bunda qon aylanishi izdan chiqadi. Poroklar tug’ma va hayotda
orttirilgan bo’ladi. Tug’ma porok bola ona qornida to’g’ri o’smasligi va yurak
-tomir tizimining
noto’g’ri shakllanishi oqibatida paydo bo’ladi. Porokning bu xili odatda, kam uchrab, umumiy
porok kasalligining 1-
3% ga to’g’ri keladi. Hayotda orttirilgan porokning 90%iga revmatizm
sabab bo’ladi.
Yurak poroklari va ularning kechishi.
Yurak klapanlarining organi ko’zgarishlarini
bartaraf etib bo’lmaydi. Chunki har qanday konservativ davo choralari klapanlardagi organik
o’zgarishlarni qayta tiklash imkoniyatiga ega emas. Biroq bemor uzoq vaqt davomida o’zini
yaxshi his etib, mehnat qobiliyatini to’la saqlab qola oladi. Chunki yurak qismlari shiddatli
ishlashi tufayli porok oqibatida qon aylanishining izdan chiqishi sezilmay, yurak o’z faoliyatini
qoniqarli suratda davom etaveradi. Kompensatsiya deb ana shunga aytiladi. Bunday bemorlar
davolanishga muhtojlik sezmaydi. Biroq ularni butunlay sog’lom shaxslar deb qarash ham
yaramaydi. Bu kasallik 10-15, hatto 20 yillab davom etishi, oqibatida yurak mushaklarining
bo’shashuviga olib kelishi mumkin, natijada yurak dekompensatsiyasi ro’y beradi. Bunda nafas
qisiladi, terida ko’karish holati paydo bo’lib, vena dimlanadi, tana shishib, suyuqlik to’plana
boshlaydi. Ayniqsa revmattik endomiokardit retsidivi dekompensatsiyasiga sabab bo’ladi. Yurak
dekompensatsiyasi uzoq vaqt davom etganda, moddalar almashinuvi va hamma a’zolarni qon
bilan ta’minlash buzilib, bemor ozib ketadi (yurak raxeksiyasi).
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1150
Strajechko va Vaselinko klassifikatsiyasiga muvofiq yurak porogi uch bosqichda bo’ladi.
Birinchi bosqich sana katta va na kichik qon aylanish doirasi qon dimlanishi belgilari
bo’lmaydi. Faqat jismoniy ish qilganda halloslash, yurak o’ynashi seziladi.
Ikkinchi
bosqichda qon aylanishining buzilganligidan dalolat beruvchi belgilar (halloslash, venoz qon
dimlanishi, oyoqlarga shish kelishi) namoyon bo’lib, ish qobiliyati juda pasayib ketadi.
Uchinchi-distrolofik bosichda qon aylanishining buzilishi belgilari tashqaridan barcha
a’zolar funksional va morfologik jihatdan o’zgaradi. Bemor ozib ketadi. Ishga yaroqsiz bo’lib
qoladi. Ba’zi bemorlarda mehnat qilish qobiliyati bir oz saqlanib qoladi.
Davolash va parvarish qilish.
Yurak dekompensatsiyasi qancha barvaqt aniqlansa,
savolash shuncha yaxshi foyda beradi. Yurak porogini davolash qo’yidagi jadval bo’yicha olib
boriladi: birinchi bosqichda bemor kamida 2 hafta o’rinda yotishi kerak. Unga xilma
-xil yengil
hazm bo’ladigan taomlar beriladi.
Tuz va suyuqlik miqdori cheklab qo’yiladi. Dori
darmonlardan adonis preparatlari, siydik haydovchi va nerv tizimini tinchlantiruvchi vositalar
buyuriladi. Sanatoriy-kurortlarda davolanish tavsiya etiladi. Ikkinchi bosqichda bemor bir-ikki
oy o’rinda yotishi kerak. Bu vaqt yotoq yara paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Buning
uchun dumg’aza sohasiga kamfora spirti artib turiladi. Bemoning nafas olishini yengilashtirish
choralari ko’riladi. Sutkalik siydik miqdori kamayib ketishi, bemorning ahvoli
yomonlashayotganini ko’rsatadi. Suyuqlik miqdori cheklab, yog’siz taomlar, baliq, tuxum va
boshqalar buyuriladi. Rezavor mevalar, sabzavotlar, ulardan tayyorlangan taomlar qancha ko’p
bo’lsa, shuncha yaxhsi. Dori
-darmonlarda digitalis preparatlari kukun holiga yoki damlamasi osh
qoshiqda ichiriladi, kuniga 3 marta, 15 tomchidan lantozid beriladi, ba’zan strofantin glyukoza
bilan qo’shib venaga yuboriladi.
Yurak glikozitlari bilan davolash davomida bemorga siydik haydaydigan dorilar (novurit,
gipotiazit, fonuit) berib turish shart, yurak porogi revmatik endomiokarditning og’irlashishi bilan
borsa, bunday hollarda yuqoridagi davo choralaridan tashqari, revmatizmga qarshi davo
vositalari buyuriladi. Yurak porogining uchinchi bosqichida bemorlar kasalxonada, ba’zan
sharoit bo’lsa, uyda davolanishi kerak. Shunga ham shifokor nazoratida bo’lishi lozim.
Bemorga Karrel parhezi (3 kungacha har kuni 5-6 stakan sut ichiriladi), ertalab soat 9 dan
boshlab har uch soatda, 1 stakandan siydik tavsiya etiladi. Kuniga 2-
3 g tuz iste’mol qilish kerak.
Suyuqlik miqdori kuniga 4 stakangacha yetkaziladi. Bu bosqichda ham ikkinchi
bosqichda buyuriladigan dori-darmonlar berilib, qattiq nafas qisganda kamfora, kofein,
kordiamin, narkotik dorilar (promedol, pantopon) ning birortasi infeksiya qilinadi.
Revmatizm.
Revmatizm biriktiruvchi to'qima (mezinxima) ning sistemali o'zgarishi natijasida
ko'pincha yurak-tomir sistemasining zararlanishi bilan xarakterlanadigan infeksion-allergik
kasallik. G.N.Sokolovskiy va franasuz vrachi Buyo revmatizmning belgilarini birinchi bo'lib
tariflab, yurakning zararlanishiga bevosita aloqador ekanligini aniqladilar. Revmatizm bilan
ko'pincha maktab yoshidagi bolalar kasallanib, kattalarda erkaklarga qaraganda ayollarda ikki
marta ko'proq uchraydi.
Etiologiyasi va potogenezi.
Ko'pchilik avtorlar revmatizmning kelib chiqishida infiksion
allergik nazariya tarafdoridir. Bu nazariyaga ko'ra, kasallikni streptokokk qo'zg'atadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1151
Buni shu narsa bilan ham isbotlash mumkinki, kasallik angina, saramas, otit, faringit,
skarlatina va yuqori nafas yo'llari qatoridan keyin rivojlanadi. Revmatizmning paydo bo'lishida
shamollash, sovqotish ham muhim o'rin tutadi.
Bo'g'im revmatizmi.
Revmatizm ko'pincha anginadan keyin 1-2 hafta o'tkach paydo
bo'ladi. Kasallik temperatura 38-40
0
gacha ko'tarilishi bilan boshlanadi va tizza, to'piq, bilak,
tirsak, yelka bo'g'imlarining yallig'anishi bilan kechadi. Bo'g'imlar shishadi. Kasallik davrida
yallig'lanish protsessi bir bo'g'imdan ikkinchisiga o'tib yuradi. Shuning uchun «uchar
revmatizm» deb atalgan. Bemor og'riq zo'ridan zo'rg'a qimirlaydi. Bo'g'imlardan tashqari ba'zi
organ va sistemalarda ham spisifik o'zgarishlar paydo bo'ladi. Masalan ko'zda revmatik
iridosiklit, qalqonsimon bezda revmatik tirioidin ro'y beradi. Odatda, revmatizmda yurakning
uchala pardasi zararlanadi, keyinchalik, perikardning zaralanishi natijasida yallig'lanish sodir
bo'lib, 2-6 oy davomida yurak porogi shakllanadi. Qonda leykositoz ROE tezlashadi. Siydikda
potologik aralashmalar-qon, oqsil, silindrlar uchraydi. Arterial bosim kam o'zgaradi. O'z vaqtida
tegishli davo qilinsa, bo'gimlardagi og'riq, shish, qizarish yo'qolib bemor tez tuzalib ketadi.
Yurak revmatizmi.
Endokardning revmatik protsess bilan shikastlanishi yurak
poroklarining eng ko'p sababchilaridandir. Ba'zan revmatik yallig'lanish protsessi endokardning
yuza qavatinigina egallashi mumkin, bunday hollarda yurak porogi paydo bo'lmaydi. Ko'pincha
revmatik endokarditni bemor sezmaydi va hosil bo'lgan yurak porogi tasodifan aniqlanadi.
Ko'pincha revmatik endokardit o'ziga xos rostmana belgilar bilan kechadi. Bemor yurak
urishidan yurak sohasida paydo bo'luvchi ko'ngilsiz hislardan shikoyat qiladi. Obyektiv
tekshirilganda yurak chegaralarining qisman ham o'ngga, ham chapga, kengayganligi aniqlanadi.
Puls tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin. Gavda temperaturasi goh pastga tushadi (37,3-
37,4
0
), goh ko'tariladi (37,9-38,6
0
), qon tekshirilganda unga ko'p bo'lmagan leykositoz,
neytrodfilyoz va ROE ning tezlashishi aniqlanadi. Ba'zan kasallik boshlangandan so'ng 2-3 hafta
o'tgacha, gavda temperaturasi normallashadi.
Leykositlar miqdori ham normaga keladi. ROE yuqori sonlarda uzoq vaqt saqlanib turadi.
O'rtacha og'ir revmatik endokarditda kasallik 4-5 oy davom etadi, undan ma'lum darajada
ifodalangan bir yoki bir necha klapanlar porogi qoladi.
Revmatizmni aniqlash.
Revmatizmga diagnoz qo'yishda to'rtta faktor juda xarakterli.
Bular ilgari bo'lib o'tgan angina, bo'g'imlardagi yalig'lanishning ko'chib yurishi, yurak
tomir sistemasining zararlanishi va salisilar bilan davolashning yaxshi natija berishidir. Ba'zan
revmatizni yuqumli poliartritdan farq qilish qiyin bo'ladi. Diffirinsial diagnostikada shuni
e'tiborga olish kerakki yuqumli poliartritdan oldin bemor gripp, tepki, dezinteriya so'zak va
hokazolar bilan og'rigan bo'ladi. Shu bilan birgalikda yuqumli poliartritda hamma bo'g'imlar
birdaniga kasallanmay, balki ularning baz'ilari zararlanadi. Bunda yallig'lanish uchib yuruvchi
xarakterga ega bo'lmay, asosan yirik bo'g'imlarda bo'ladi. Protsess uzoq vaqtga cho'ziladi.
Revmatizni yuqumli poliartritdan farq qilishda shunga ham asoslanish mumkin; yuqumli
poliartritda solisilatlar bilan davolash yaxshi natija bermaydi.
Davolash va oldini olish.
O'tkir revmatizmi bor bemorlar stasionarda davolanadi. Ularga
osh tuzi, go'sht va suyuqlik kamroq berilishi lozim. Ovqat yengil hazm bo'ladigan vitaminlarga,
ayniqsa C vitaminga boy bo'lishi kerak. Bemor ko'p terlagani uchun ich kiyimlari tez-tez
almashtirilib turiladi. Terisi esa spirt, atir yoki sirka kislota qo'shilgan iliq suv bilan artib turiladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1152
Dorilardan birinchi kundayoq salisilat preparatlari berilishi lozim. Bo'g'imlardagi kasallik
alomatlari butunlay yo'qolguncha, gavda temperaturasi tushmaguncha, ROE normal holga
kelmaguncha katta dozada natriy salisilat berib turiladi. Hozir revmatizmni davolashda
piramidon hosillalari: butadion, pirazolidin, butazolidin, reopirin (ko'p ishlatiladi). Bu preparatlar
buyurilganda qonni kuzatib borish zarur chunki ular likopiniyani keltirib chiqarishi mumkin.
Gormonal prepartlar: kortizon, pridnizol, pridnizolon, triasipolon, diksamitazon,
adrenokoptikodrop gormonlari eng ko'p ishlatiladi va yaxshi foyda beradi. Bemor yurak
faoliyatining kuchli yetishmovchiligi II va III darajada bo'lsa, gipertoniya va me'da yarasi
kasalliklari, aktivsil, nefrit, nevroz deabet kasalliklari mavjud bo'lsa, garmonlar bilan davolash
mumkin emas.
Revmatizm bilan og'rigan bemor stasionar yoki kurortda davolangandan so'ng turar
joydagi davolash muassasalarida dispanser xizmati ko'rsatishi lozim. Revmatizmning oldini
olishda organizmni chiniqtirish ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda toza havoda ko'p
bo'lish, muntazam sayr qilish, badan tarbiya, sport va jismoniy ish bilan shug'ullanish tavsiya
etiladi. Revmatizm bilan og'rigan bemorlarning 80%ga yaqini yuqori nafas yo'llari kasalliklariga
duchor bo'lganligi aniqlangan. Shuning uchun xronik tonzillit, sinusit bilan og'riyotgan
bemorlarda revmatizm bor deb qaralishi va ular revmatolog nazoratida bo'lishi lozim.
Gepertoniya kasalliklari
Gepirtoniya kasalligi yurak va tomirlar, endokren sistema, bo’yrak va siydik chiqaruv
yo’llaridagi organik o’zgarishlarga bog’liq bo’lmagan holda arterial qon bosimining uzoq vaqt
birlamchi ko’tarilib turishidir. Arterial qon bosimining ham sistolik, ham diastolik ko’tarilishi
buyrak usti bezlarida o’sma paydo bo’ganda, ensifalitda, poliomielitda, kontuziya va boshqa
suyak shikastlanishlarida, buyrak va siydik chiqaruv yo’llari kasalliklarida, modda almashinuvi
buzilganda kuzatiladi.
Etiologiyasi va patogenezi.
Markaziy nerv sistemasi faoliyatining tez- tez izdan chiqishi,
moddalar almashinuvining buzilishi, nikotin kabi moddalar ta’sir etishi gipertoniya kasalligining
kelib chiqishida muhim rol o’ynaydi. Bularning hammasi miya qobig’i hujayralarida turg’un
qo’zg’alish o’choqlarini paydo qiladi. Natijada mayda arteriallarda vaqtincha, keyinchalik
doimiy spazma paydo bo’lib, maksimal va minimal arterial qon bosimi ko’tarilib ketadi.
Belgilar va kechinishi.
Kasallikning boshlang’ich davrida bemorlarda tez o’tib ketuvchi
bosh og’rig’i, bosh aylanishi, quloq shang’illashi, uyqusizlik, tez charchash va darmonsizlik
belgilari seziladi. Keyinchalik yurak tomirlar sistemasida organik o’zgarishlar paydo bo’lib,
arterial bosimning ko’tarilishi turg’un bo’lib qoladi. Olimlar gipertoniya kasalligining kechishini
uch bosqichga ajratdilar. 1 bosqich gipertoniya kasalligining boshlanish davri bo’lib, bunda qon
bosimining ko’tarilishi qisqa vaqt davom etadi. Bu hol asosan hayajonlanish (emosiya) ta’sirida
yuzaga keladi.
Adabiyotlar:
1.
Yunusov A. Yu. Odam fiziologiyasi. Toshkent. «O’qituvchi». 1964 y. 511 bet.
2.
Maxmudov E., Aminov B., Qurbonov Sh. O’smirlar fiziologiyasi va maktab gigienasi.
Toshkent. «O’qituvchi». 1984 y. 181 bet.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1153
3.
Azimov I, Sobitov Sh. Umumiy va sport fiziologiyasidan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent.
«O’qituvchi». 1985 y. 168 bet.
4.
Klemeshev L. S., Ergashev M. S. Yoshga oid fiziologiya va gigiena. T. O’qituvchi. 1991 y.
5.
Sodiqov Q. S. o’quvchilar fiziologiyasi va gigienasi. T. O’qituvchi. 1992 y.
6.
B.A.Sodiqov, LS Qochqorova, Sh.Q.Qurbonov “Bolalar va osmirlar fiziologiyasi va
gigiyenasi” Toshkent “Ozb.Mill.Ensiklop” 2006 yil
