ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1159
QON AYLANISH MUAMMOLARI. ARTERIAL BOSIM
Choʻliyeva Dildora Erkinjonovna
Rizvonqulova Mohiniso Vohidjonovna
Bazarova Gulnora Rustamovna
Alfraganus University
nodavlat oliy ta’lim tashkiloti, Tashkent,
Uzbekistan.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15716217
Annotatsiya.
Qon organizmni
ng eng muhim to’qimalaridan biridir. Qon, limfa va
to’qimalar aro suyuqligi organizmning ichki muhitini tashkil qiladi. Organizmning barcha
to’qima va hujayralari fizik
-
kimyoviy xossalari va tarkibi nisbatan doimiy bo’ladigan ana shu
suyuqliklarning muhitidagina normal yashay oladi.
Issiq qonli (gomoyoterm) hayvonlar qoni uzoq davom etgan evolyutsiya mahsulidir.
Oddiy bir hujayrali hayvonlarda qon yo’q. Ular hayoti uchun zarur moddalarni hujayra
po’sti orqali oladi, chiqindi keraksiz moddalarni ham ana shu yo’l orqali chiqarib tashlaydi.
Zoologik silsilaning pastki bosqichlarida turadigan hayvonlarning tomirlari ichida
suvsimon suyuqlik-gidrolimfa oqadi. Uning tarkibida oqsillar va boshqa azotli moddalar kam
bo’ladi. Bir muncha yuqoriroq taraqqiy etgan hayvonlarda gemolimfa paydo bo’ladi.
Kalit so'zlar:
- Qon aylanish tizimi, Arterial bosim, Gipertoniya, Gipotoniya, Qon
tomirlari, Yurak faoliyati, Qon bosimini o'lchash, Dieta va sog'lom ovqatlanish, Stress va
psixologik holat, Sog'lom turmush tarzi.
Annotation.
Blood is one of the most important tissues of the div. Blood, lymph and
interstitial fluid form the internal environment of the div. All tissues and cells of the div can
live normally only in the environment of these fluids, the physicochemical properties and
composition of which are relatively constant.
The blood of warm-blooded (homeothermic) animals is a product of long-term evolution.
Simple unicellular animals do not have blood. They receive substances necessary for life
through the cell membrane, and also remove waste and unnecessary substances through the
same route. In animals at the lower levels of the zoological chain, a watery liquid - hydrolymph
flows in the vessels. It contains few proteins and other nitrogenous substances. In animals that
have developed somewhat more highly, hemolymph appears.
Keywords:
Circulatory system, Arterial pressure, Hypertension, Hypotension, Blood
vessels, Heart function, Blood pressure measurement, Diet and healthy eating, Stress and
psychological state, Healthy lifestyle.
Аннотация.
Кровь —
одна из важнейших тканей организма. Кровь, лимфа и
интерстициальная жидкость составляют внутреннюю среду организма. Все ткани и
клетки организма могут нормально существовать только в среде этих жидкостей,
физико
-
химические свойства и состав которых относительно постоянны.
Кровь теплокровных (гомотермных) животных является продуктом длительной
эволюции. У простых одноклеточных животных нет крови. Они поглощают
необходимые для их жизнедеятельности вещества через клеточную мембрану и тем же
путем выводят продукты жизнедеятельности. У животных, находящихся на низших
уровнях зоологической цепи, по кровеносным сосудам течет водянистая жидкость,
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1160
называемая гидролимфой. В нем мало белков и других азотистых веществ. У более
продвинутых животных появляется гемолимфа.
Ключевые слова:
Система кровообращения, Артериальное давление, Гипертония,
Гипотония, Кровеносные сосуды, Работа сердца, Измерение артериального давления,
Диета и здоровое питание, Стресс и психологическое состояние, Здоровый образ жизни.
Qonning organizmdagi ahamiyati u bajaradigan vazifalaridan kelib chiqadi. Qon quyidagi
vazifalarni bajaradi:
1.
Transport vazifasi (funksiyasi).
Qonning bu vazifasi uning turli parchalanib so’rilgan
moddalarni- oqsillar, aminokislot
alar, yog’lar(lipidlar), uglevodlar, mineral moddalar, suvni
organizmning barcha hujayra to’qimalariga tashib yetkazib beradi. Shuningdek hujayra va
to’qimalarda hosil bo’lgan chiqindi, keraksiz ziyonli moddalarni (metabolitlarni) tegishli
chiqaruv ayiruv organlariga tashib keladi.
2.
Termoregulyatsiya funksiyasi
–
ya’ni issiqlik almashinuvida va uning boshqarilishida
ishtirok etadi. Ma’lumki organizmning turli organ va to’qimalarida moddalar almashinuvining
darajasi bir xil emas. Modomiki shunday ekan, turli organlarda issiqlik hosil bo’lushi ham bir xil
bo’lmaydi. Qon organizm bo’ylab doimo harakatda bo’lib, tegishli organlardagi ortiqcha
issiqlikni olib boshqalariga beradi. Ortiqchasini esa issiqlik uzatadigan organlarga
–
teri, upka,
buyraklar va boshqalarga yetkazadi. Shunday qilib, qon organizm haroratining mo’tadilligini,
doimiyligini ta’minlashda asosiy rol o’ynaydi. Qon, hujayra va to’qimalar uchun fizik
-kimyoviy
muhitdir. Buning ma’nosi shundaki qonning fizik
-
kimyoviy ko'rsatkichlari doimiy bo’lib juda
kam darajada o'zgaradi. Barcha hujayra va to’qimalar faqat qonda va limfada mavjud bo’lgan
muhitdagina yashay oladilar. Qon muhitning me’yoridan tashqari o'zgarishi hujayra va
to’qimalardagi jarayonlarning buzilishiga olib keladi. Demak gomeostazni, ya’ni hujayra va
to’qimalardagi suv va elektrolitlar miqdorini o’zgarmas holda saqlab turishida qon katta
ahamiyatga ega.
3.
Qonning himoya funksiyasi.
Qondagi leykotsitlar
–
oq qon tanachalari organizmga
tushgan turli xil yot jismlar, zararli agentlarni(mikroorganizmlarni) o’rab olib pustidan ajraluvchi
fermentlari yordamida parchalab hazm qilib yuboradilar, bu hodisa fogocitoz deb ataladi (1883
yil I.I.Mechnikov kashf etgan). Bundan tashqari qon zardobida oqsil tabiatli moddalar -
antitanalar mavjud bo’lib, ular ham organizmni turli zararli agentlardan himoya qiladilar.
Qonning yana uvish xossasi bo’lib u ham himoya vazifasini bajaradi.
4.
Qonning ayiruv funksiyasi.
Moddalar almashinuvini oraliq, qoldiq mahsulotlarini, turli
xil bo’yoqlari, zaharlarni ayiruv organlariga tashib yetkazib berib, ulardan organizmni tozalaydi.
5.
Qonning korellyativ funksiyasi.
Turli ichki endokrin bezlaridan va to’qimalardan
chiquvchi gormonlar va fiziologik faol moddalar (mediatorlar) qon orqali turli funksiyalarni
boshqarishda ishtirok etadi.
Bu funksiyalar qon tomirlarida harakat qilib turganida ijro etiladi.
Qon qizil rangli, shurtak ta’mli, yopishqoq suyuqlikdir. Toza idishga qon olib uni
ivishdan saqlanuvchi modda qo’shilgach qonni bir necha vaqt tinch holatda qoldirsak, u ikki
qismga sarg’ich yoki rangsiz tiniq suyuqlik –
plazmadan tashkil topgan ustki qismida va shaklli
elementlar, ya’ni qizil qon tanachalari(eritrotsitlar), oq qon tanachalari (leykotsitlar) hamda qon
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1161
plastinkalari (trombotsitlar)dan iborat pastki qismga ajraladi. O’rtacha olganda qonning 60% ga
yaqin qismini plazma, 40% ga yaqin qismini esa shaklli elementlar tashkil qiladi. Ammo
keltirilgan bu raqamlar nisbiy bo’lib, plazma bilan shaklli elementlar miqdorini o’zaro nisbati
organizmning holatiga, hayvonlarning turiga qarab bir muncha o’zgarib turadi. Masalan baliqlar
qonining 10% dan 30% gacha qismini, issiq qonli hayvonlar qonining 30%dan 50% gacha
qismini shaklli elementlar tashkil qiladi. Qon plazmasi bilan shaklli elementlarning o’zaro
nisbati gemotakrit asbobi yordamida aniqlanadi. Qonning rangi uning kislorod bilan toyinish
darajasiga qarab o’zgarib turadi. Qon kislorod bilan yaxshi toyinsa, och qizil rangga ega bo’ladi,
bu
arteriya qondir.
Kislorod bilan yaxshi toyinmagan qon esa qaramtir-
qizg’ich rangli bo’lib,
vena qoni
deyiladi. Qonning yopishqoqligi 4,0-
6,0 ga teng ya’ni qon suvga nisbatan 4,0
-6,0
barobar yopishqoqroqdir. Qonning yopishqoqligi asosan tarkibidagi qizil qon tanachalari
eritrotsitlarning miqdoriga va kamroq darajada plazmaning oqsil tarkibiga bog’liq. Organizm
ko’p suv yo’qotganida, qonda eritrotsitlar karbonat
-angidridning miqdori ko'payganda, harorat
ko'tarilganida qonning yopishqoqligi oshadi. Aksincha eritrotsitlar va plazma oqsillari
kamayganda, qonda kislorod ko'payganda qonning yopishqoqligi kamayadi. Qonning solishtirma
og’irligi o’rtacha 1,050
-1,060 kg/sm
3
ga teng. Bu ko'rsatkich ham hayvonlarning turiga va
organizmning holatiga qarab o'zgarib turadi. Jumladan, qonning solishtirma og’irligi
otlarda1,046-1,059 kg/sm
3
ga, qoramollarda 1,046-1,058 kg/sm
3
ga, qo’ylarda 1,041
-1,061
kg/sm
3
ga, cho’chqalarda 1,039
-1,059 kg/sm
3
ga, echkilarda 1,035-1,049 kg/sm
3
ga teng bo’ladi.
Eritrotsitlar ko'payganda solishtirma og’irlik oshadi va aksincha. Qonning 80% ga yaqin
qismini suv, 20%ga yaqin qismini esa quruq moddalar atshkil qiladi. Qonning bir qator fizik-
kimyoviy xususiyatlari plazmaning xossa va xususiyatlari bilan belgilanadi.
Qonning ahamiyati.
Qon va limfa (to’qima va tomirlardagi) organizmning ichki muhiti
deb yuritiladi. To’qimalar oralig’idagi suyuqlik (limfa) hujayralarni to’g’ridan
-
to’g’ri o’rab
turganligi sababli, organizmning haqiqiy ichki muhitini tashkil etadi. Qon esa organizmning
oraliq muhitini tashkil etadi, u tomirlarda bo’lib hujayralar bilan to’g’ridan
-
to’g’ri aloqada
bo’lmaydi: Uning ahamiyati qon
-tomirlar tizimining tashuvchilik funksiyasi bilan aniklanadi.
Qon o’ziga xos suyuq to’qima bo’lib: boshka to’qimalarga o’xshash va hujayra
elementlarini qizil qon, oq qon tanachalarni va qon plastinkalarini saqlash bilan yana hujayradan
tashqi modda (rang) larni saqlaydi.
To’qima limfasi hujayralar tomonidan tinimsiz talab qilinadigan kislorod va to’yimli
moddalarni qondan oladi va unga hujayralar faoliyati natijasida hosil bo’lgan oraliq va oxirgi
moddalarni beradi.
Qon va to’qima limfasi orasida kuzatiladigan bunday almashinuv, organizmni xaqiqiy
ichki muhitning tarkibiy jihatdan nisbatan doimiyligini ta’minlaydi.
Qon tarkibining doimiyligini organizmdagi qator organlar ta’minlaydi va ularning
ishtiroki tufayli organizmda sarflangan kislorod va to’yimli moddalarning o’rni to’ldiriladi va
hujayralardagi almashinuv mahsulotlavrini ortiqcha qismi chiqarib tashlanadi. Nafas organlari
faoliyati tufayli qon kislorod oladi va karbonat angidrid gazini beradi. Boshqa almashinuv
mahsulotlari asosan buyraklar va qisman ovqat hazmi organlari shilliq pardalari va teri orqali
chiqariladi. To’yimli moddalar qancha (asosan ichaklardan) hamda qaysi organlarda depo holida
(yog’ to’qimalari va jigardan) saqlansa o’shalardan oladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1162
Turli organlarda kechayotgan almashinuv jarayonlari bir-
biri bilan uzviy bog’langan.
Bitta organ faoliyatining mahsuloti qancha qonga tushsa u qon orqali boshqa organga
tushadi, qaysiki ular almashinuv jarayonlarida kerakli ishtirokchi bo’lish uchun zarur bo’lsa,
ayrimlari bu jarayonni tezlashtirishi, ayrimlari parchalanishi yoki qayta sintezlanishi mumkin.
Organlarning bunday gumoral yo’l bilan o’zaro aloqasi qon orqali bajariladi va bunda
ichki sekresiya bezlaridan ishlab chiqiladigan garmonlar muhim ahamiyatga ega. Qonning yana
bir funksiyasi -
organizmni hujayra tanalarining parchalanishi natijasida hosil bo’ladigan
mahsulotlar, hamda yog’ moddalarning zararli ta’siridan va ayniqsa kasallik chaqiruvchi
mikroblar va ular ajratadigan zaharlardan himoya qilishdir.
Qon
bosimi
—
tomirlarda
oqayotgan
tomirlar
devoriga
koʻrsatadigan
ishi va tomirlar devorining qarshiligi tufayli vujudga
—
arterial, kapillyarlar ichida
—
—
boʻladi. Qon bosimi qonning tomirlar sistemasi boʻylab oqishiga imkon beradi va shu
bilan organizm toʻqimalarida moddalar almashinuvini taʼminlaydi. Arterial bosimning (AB)
-
yuqori yoki past boʻlishi, asosan, yurak qisqarishlarining kuchi va yurakning har qis
-qarganda
tomirlarga haydaydigan qon miqdori, tomirlar (ayniqsa, periferik tomirlar) devorining qon
oqimiga koʻrsatadigan qarshiligi va kamroq darajada vaqt birligida yurak qisqarishlarining soni
bilan belgilanadi. Aylanib yuradigan (sirkulyatsiya qiladigan) qon miqdori, uning yopishqoqligi,
bosimining nafas olishga bogʻliq boʻlgan qorin va koʻkrak qafasi boʻshligʻidagi oʻzgarishlari va
boshqa omillar ham AB ning yuqori yoki past boʻlishiga taʼsir koʻrsatadi. Yurakning chap
qorinchasi qisqarganda (sistola) AB maksimal darajaga yetadi. Bu jarayonda yurakdan 70 ml qon
otib chiqariladi, bu miqdor qon birdaniga mayda qon tomirlari (ayniqsa, kapillyarlar) orqali oʻtib
ketolmaydi. Shuning uchun elastik aorta kengayadi, undagi bosim (sistolik bosim) esa ortadi.
Arteriya, vena va kapillyarlarda Qon bosimi turlicha boʻladi. Yurakdan uzoqlashgan sari
Qon bosimi pasayib boradi (aortada ancha yuqori, kapillyarlarda birmuncha past, venalarda
ancha past boʻladi). Katta odamda normal arterial bosim 100–
140 mm simob ustuni (sistolik
bosim) ga va 70
–
80 mm simob ustuni (diastolik bosim) ga teng . Bu bosimlar farqi puls bosimi
deyiladi. Organizmdagi biror-
bir illat tufayli Qon bosimi ushbu koʻrsatkichdan koʻtarilishi yoki
pasayishi mumkin. Yurak qorinchalarining qisqarishla
ri orasidagi pauza (yaʼni diastola) vaqtida
kengaygan qon tomirlari (
)ning devori qisqara boshlaydi va qonni
kapillyarlarga haydaydi. Qon bosimi asta-sekin pasayadi va diastola oxirida minimal darajaga
tushadi (aortada 90 mm simob ustuni, yirik arteriyalarda 70
mm simob ustuni atrofida boʻladi)
Odam organizmida o’rtacha 5
-
6 l qon bo’ladi, bu tana og’irligining 1/12 qismini tashkil
etadi. Sentrifugalash yo’li bilan hamda yangi olingan qonni sovuq joyga qo’yib ma’lum
muddatdan keyin ikkita asosiy qatlam olish mumkin
–
cho’kmaga cho’kkan qismi qon
hujayralari yoki tanachalar va suyuq qismi yoki plazma.
yun.
ὑπέρ
—
«yuqori» + τόνος
—
«taranglik, tonus») —
bugungi kunda yurak-tomir tizimining
eng keng tarqalgan kasalliklaridan biri hisoblanadi. Kasallik arterial
yetishi yoki unda oshib ketishi bilan ifodalanadi. Yuqori arterial bosim qon tomirlarga salbiy
taʼsir koʻrsatadi, chunki ular qisqa vaqt davomida birdan torayadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1163
Juda kuchli bosim taʼsiriga esa baʼzi qon tomirlar bardosh bera olmay yoriladi va buning
natijasida ichki qon ketish kuzatiladi. Gemorragik
elastikligi yoʻqolgan va sinuvchanlikka
moyil boʻlgan tomirlar joylashgan aʼzolarda sodir boʻlishi sababi ham shunda.
Plazmaning tarkibi.
Qon plazmasi 90 % suvdan tashkil topgan bo’lib, unda turli
or
ganik va anorganik birikmalar erigan holda bo’ladi.
Plazma organik moddalarining asosiy qismi oqsillardan iborat bo’lib, ular turli hayvonlar
plazmasining 6-
8% ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bir necha xil bo’ladi, lekin ular asosan
albuminlar, globulinlar va fibrinogen degan uchta guruhga bo’linadi. Plazmadagi fibrinogen
oqsili ham aslida globulinlar qatoriga kiradi. Uning plazmadagi konsentratsiyasi 0,2-0,4% ga
teng. Bu oqsil qonning ivish jarayonida benihoya katta vazifani o’taydi.
Agarda ana shu oqsilni plazmadan ajratib olib tashlasak, ivimaydigan qon zardobi qoladi.
Oqsil fraktsiyalarining miqdori odam va turli hayvonlarda bir xil emas.
Adabiyotlar ro’yxati.
1.
Алматов К.Т., Алламуратов Ш.А. Одам ва ҳайвонлар физиологияси. Тошкент,
Университет. 2004 й.
2.
Хусаинова В., Тошпулатов Е. Қишлоқ хўжалик ҳайвонлари физиологияси. Тошкент.
Ўқитувчи. 1994 й.
3.
Голиков А.Н., Ажибеков З.А., Базанова А.У. Физиология сельскохозяйственных
животных. М.Колос. 1990г.
4.
Haitov R., Rajamurodov Z., Zaripov B. Hayvonlar fiziologiyasi. Toshkent. 2005 y.
O’qituvchi
.
5.
Ноздрачев А.Д. и др. Физиология нервной, мышечной и сенсорной систем. 2 кн. М.:
«Высшая школа», 1991.
6.
Физиология человека. Учебник под ред. Косицкого Г.И.М.: «Медицина», 1985.
Костюк П.Г. Физиология центральной нервной системы. Учебн. Пособие. Киев:
«Высшая школа», 1977.
7.
Қодиров
У.З. Одам физиологияси. Тошкент. Абу Али ибн Сино, 1996.
8.
Бабский Е.В ва бошк. Одам физиологияси. Тошкент. Медицина. 1972.
9.
Под. Ред. В.М.Покровкого и Г.Ф.Коротко. Физиология человека. Т.1, 11. Москва:
«Медицина», 2001.
10.
Бабский Е.В., Зубков А.А., Косицкий Г.И. и др. Физиология человека. М.:
«Медицина», 1972.
