Authors

  • Dildora Choʻliyeva
  • Gulnora Bazarova
  • Hamidullo Toʻlqinov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137153

Keywords:

Uterus gynecological tumor uterine cancer cervical cancer ovarian cancer vulva cancer vaginal cancer gynecological oncology genital tumors.

Abstract

True tumors are structures consisting of specific tissues of organs and organs. Tumors are formed due to the blockage of the secretion of any gland, which causes the accumulation of fluid and increases in size, ranging from a chicken egg to a woman's fist. Tumors are divided into benign and malignant tumors depending on their morphological structure and clinical course. Benign tumors do not spread beyond the organ in which they occur.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

99

AYOLLAR JINSIY A’ZOLARINING O‘SMA KASALLIKLARI

Choʻliyeva Dildora Erkinjonovna

Bazarova Gulnora Rustamovna

Toʻlqinov Hamidullo Xamdam oʻgʻli

ALFRAGANUS UNIVERSITY nodavlat oliy ta’lim tashkiloti, Tashkent, Uzbekistan.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17307696

Annotatsiya.

Chin o‘smalar a’zo va organlarning xususiy to‘qimalaridan iborat

tuzilmalardir. Shishsimon o‘smalar esa biror bir bezlarning sekret chiqarish yo‘li bekilib qolishi
hisobiga suyuqlik to‘planib, kattalashuvi, ular tovuq tuxumidan ayol kishi mushtidek o‘lchamda
bo‘ladi. O‘smalarni morfologik tuzilishi va klinik jihatdan o‘tishiga qarab xavfsiz va xafvli
o‘smaga bo‘linadi. Xavfsiz o‘smalar qaysi a’zoda yuzaga keladigan bo‘lsa, o‘sha a’zo
doirasidan tashqariga chiqmaydi.

Kalit so’zlar:

Bachadon, ginekologik o‘sma, bachadon saratoni, bachadon bo‘yni

saratoni, tuxumdon saratoni, vulva saratoni, vagina saratoni, ginekologik onkologiya, jinsiy
a’zolar shishi.

ОПУХОЛЕВЫЕ ЗАБОЛЕВАНИЯ ЖЕНСКИХ ПОЛОВЫХ ОРГАНОВ

Аннотация

. Истинные опухоли — это структуры, состоящие из специфических

тканей органов и органов. Опухоли образуются из-за закупорки секреции какой-либо
железы, что вызывает скопление жидкости и увеличение в размерах, начиная от
куриного яйца и заканчивая кулачком женщины. Опухоли делятся на доброкачественные
и злокачественные в зависимости от их морфологического строения и клинического
течения. Доброкачественные опухоли не распространяются за пределы органа, в
котором они возникают.

Ключевые слова

: Матка, гинекологическая опухоль, рак матки, рак шейки матки,

рак яичников, рак вульвы, рак влагалища, гинекологическая онкология, опухоли половых
органов.

TUMOR DISEASES OF THE FEMALE GENITAL ORGANS

Annotation.

True tumors are structures consisting of specific tissues of organs and

organs. Tumors are formed due to the blockage of the secretion of any gland, which causes the
accumulation of fluid and increases in size, ranging from a chicken egg to a woman's fist.

Tumors are divided into benign and malignant tumors depending on their morphological

structure and clinical course. Benign tumors do not spread beyond the organ in which they
occur.

Keywords:

Uterus, gynecological tumor, uterine cancer, cervical cancer, ovarian

cancer, vulva cancer, vaginal cancer, gynecological oncology, genital tumors.


Xavfli va xavfsiz o‘smalar haqida tushuncha

Xavfli o‘smalar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
1. Taraqqiy etish jarayonida tevarak atrofdagi to‘qimalarni o‘rab o‘sadi, ularni yemirib

boradi (o‘smaning atipik, infiltratsiyalanuvchi, destruktiv o‘sishi deb shunga aytiladi).

2. Birlamchi o‘sma olib tashlangandan keyin residiv va metastaz beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

100

3. Bemorning umumiy ahvoliga va modda almashinuviga yomon ta’sir qilib, ko‘pincha

kaxeksiyaga (cho‘pday ozib ketishga) olib keladi.

Xavfsiz o‘smalar esa shu organning to‘qimalaridan tashqariga qo‘shni a’zolarga

tarqalmaydi, ularni qisishi, funktsiyasiga ta’sir etishi mumkin. Ba’zi yaxshi sifatli o‘smalar
bemorni umumiy ahvoliga ta’sir qilishi mumkin. Masalan: fibromiomalarda uzoq vaqt qon
ketishi tufayli anemiyaga olib keladi. Yaxshi sifatli o‘smalar o‘zgarib yomon sifatli o‘smaga
aylanishi malignizasiya deyiladi. O‘smaga o‘xshaydigan tuzilmalarga retension kistalar kiradi
(retintioto‘xtatmoq). Ular biron bir bez sekretini to‘xtalib qolishi yoki patologik produktlarning
(ekssudatlar, transsudatlar, suyuq qonning) bo‘shliqlarda saqlanib qolishidan hosil bo‘ladi.

Retension kistalar tevarak atrofga tomon o‘sib bormaydi, ichidagi suyuqlik ko‘payib

borishi hisobidan kattalashadi, oyoqchalik bo‘lishi mumkin. Bunday o‘smalarga follikulyar
kista, sariq tanacha kistalari, paraovariol, intraligamentar kistalar va qindagi Gartner, Folf yo‘li
kistalari kiradi.

Bachadonning xavfsiz o‘smalari

Bachadon miomasi

deb, mushak to‘qimasidan, fibromioma deb, biriktiruvchi

to‘qimalardan tashkil topgan, gormonlarga moyil bo‘lgan xavfsiz o‘smaga aytiladi. Mioma keng
tarqalgan kasallik bo‘lib, ginekologik bemorlarning 10–27%da, 30 yoshga etgan bemorlarning
20% da, 40 yoshdan katta bemorlarning esa 40% da uchraydi. Ayollar organizmida bachadon
miomasining kelib chiqishi, asosan, gormonal o‘zgarishlar tufayli, ya’ni gipotalamus-gipofiz-
buyrak usti bezi, tuxum donlar orasidagi munosabatning biron-bir qismining shikastlanishi
hamda bachadondagi o‘zgarishlar natijasida xususan miometriyning giperplaziyasi tufayli
vujudga kelishi mumkin.

Gipofizning gonadotrop gormoni tekshirilganda, hayz sikli davomida organizmda

progesteron gormonining miqdori kamligi, bu esa, o‘z navbatida, hayz siklining ikkinchi davri
yetishmovchiligiga olib kelishi aniqlangan. 70–80% hollarda bachadon miomasi bemor larda
patologik hayz sikli mavjudligini ko‘rsatadi. Klinik va eks perimental tadqiqotlarga tayanib,
ayollar organizmida ro‘y bergan gormonlar o‘zgarishi, xususan, estrogen gormonlarning ko‘p
ishlanishi, bachadon miomalari paydo bo‘lishida muhim ro‘l o‘ynaydi, deb taxmin qilinadi.

Klinikasi.

Ayrim hollarda bachadon miomasi hech qanday belgilarsiz kechadi, ayollarda

shikoyatlar bo‘lmaydi, ammo profilaktika maqsadida ayol tekshirilganda aniqlanadi. 60–80%
hollarda asosiy belgilardan biri bemorda qon ketishi hisoblanadi. Qon ketishi alomatlari turli
bemorlarda turlicha kechadi. Ba’zilarida hayz sikli uzayishi yoki hayz vaqtida qon miqdorining
biroz ko‘payishi – menorragiya kuzatilsa, ba’zilarda tartibsiz, juda ko‘p to‘xtovsiz qon ketib,
og‘ir turdagi kamqonlik kasalligiga sabab bo‘lishi mumkin. Hayz 10–12 kungacha davom etib,
juda ko‘p miqdorda qon ketadi, bunga giperpolimenoreya deyiladi. Miomalarda ko‘p
uchraydigan belgilardan yana biri og‘riqdir. Og‘riq xuddi dard tutganga, sanchiqqa o‘xshash
bo‘lib, ayniqsa hayz ko‘rishdan oldin va hayz ko‘rish vaqtida kuchayadi, pastga tortganga
o‘xshab zo‘rayishi yallig‘lanishdan keyingi bitishmalar borligidan darak beradigan belgi
hisoblanadi. Og‘riq, asosan, o‘smaning o‘lchamiga va uning qayerda joylashganligiga bog‘liq.

Agar o‘sma butun kichik chanoq bo‘shlig‘ini to‘ldirib turgan bo‘lsa, o‘sma qo‘shni

a’zolar faoliyatini buzadi. Bachadon shilliq qavati ostida joylashgan o‘smalarda hayz ko‘rish
vaqtida yig‘ilgan qonni hamda shu bilan birga, shilliq qavat ostidagi o‘smani ham bachadondan


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

101

tashqariga chiqarishda kuchli dardsimon og‘riq paydo bo‘ladi. O‘smaning infektsiyalanishi
kichik chanoq bo‘shlig‘idagi a’zolarning yallig‘lanishi, bachadon miomasi birga uchraganda 2/3
hollarda bemorlarda og‘riq paydo bo‘ladi.

Og‘riq subseroz o‘sma oyoqchasi buralib qolgan vaqtda ham sodir bo‘ladi, chunki bunda

o‘sma oyoqchasi tarkibidagi qon tomirlar buralib siqiladi, o‘smaning oziqlanishi buziladi.

Davosi.

Miomasi bo‘lgan hamma ayollar dastlab umumiy davolanadilar, konservativ

davolash usuli samara bermasa, operatsiya yo‘li bilan bachadon olib tashlanadi.

Endometrioz.

Endometrioz deb, bachadon shilliq qavati (endo-metriy), hujayrasining bachadondan

tashqarida joylashib, taraqqiy qilishiga ayti ladi. Endometrioz joylashgan o‘choqda
proliferasiya, sekretsiya yoki hayz ko‘rganda ajraladigan qonga o‘xshash qon quyilishi,
belgilari, ya’ni bachadon shilliq qavatidagi tuxumdondan ajralib chiqadigan steroid va
gonadotrop gormonlar ta’sirida bo‘ladigan siklik o‘zgarishlarga o‘xshash alomatlar kuzatiladi.

Endometriozlar o‘z atrofida joylashgan to‘qimalarga o‘sib kirish xususiyatiga ega. Bu

bilan to‘qimalarga proteolitik ta’sir qilib ularni parchalab, undan ham chuqurroqdagi qismlarni
zararlantirishi mumkin.

Endometrioz chegarasi notekis bo‘lib, u seroz, mushak va shilliq qavatlarga, teriga,

suyak usti pardasiga, hatto suyak to‘qimasiga ham o‘sib kiradi. Endometrioz pufakchasi
yorilganda a’zoning hamma qismlariga qon, limfa yo‘llari orqali tarqalishi kuzatiladi.

Ginekologik kasalliklar orasida endometrioz 8–30% hollarda uchraydi.

Klinikasi

endometriozning qaysi sohada joylashganligiga bog‘liq. Endometriozning

asosiy va doimiy belgilaridan biri – og‘riqdir. Bemor qorinning pastki sohasida va belida
kuchsiz, uzoq davom etadigan og‘riqdan, hayz sikli davrida og‘riqlar kuchayganligidan shikoyat
qiladi.

Og‘riq hayz kunlaridan oldin paydo bo‘lib, kuchayib hayz kunlari va undan keyin ham

bemorni bezovta qiladi. Bu og‘riqlar endometrioz o‘chog‘idagi bez to‘qimalarning bo‘rtishi,
to‘qimalarning ichi berk bo‘shliqlarida suyuqlikning to‘planishi natijasida kelib chiqadi.

Bachadon endometriozi hayz siklining buzilishiga, qo‘shni a’zolardan – to‘g‘ri ichak,

siydik chiqarish yo‘llari faoliyatining buzilishiga olib keladi. Shunga ko‘ra ayol siyish vaqtida
og‘riqlar bo‘lishidan, tez-tez siyishidan shikoyat qiladi. Endometrioz bilan kasallangan a’zo
hayz ko‘rish oldidan kattalashganini va hayzdan so‘ng esa yana dastlabki hajmda bo‘lishi
kuzatiladi. Bemorda ovulyatsiya jarayoni bo‘lmasligi tufayli sekretor fazaning yetarlicha
rivojlanmaganligi, kichik chanoq bo‘shlig‘idagi a’zolarda ko‘pincha yallig‘lanish alomatlari
bilan birgalikda kechganligi sababli chandiqlar paydo bo‘ladi, bepushtlikka sabab bo‘ladi.

Davosi.

Bemorning yoshi, lokalizasiyasi, tarqalish darajasi, atrof to‘qimaning

yallig‘lanish alomatlari bor-yo‘qligiga qarab konservativ yoki operativ davolanadi.

Tuxumdonning xavfsiz o‘smalari.

Tuxumdon o‘smalari ayolning turli yosh davrlarida

uchrab ginekologik kasalliklarning 6–8 %ni tashkil etadi. Bu kasallik juda xavfli, chunki asta-
sekin o‘sib, hech qanday belgi bermaydi. Asoratlar qo‘shilgandan keyin belgilar paydo bo‘ladi,
afsuski bu paytda davolashning foydasi bo‘lmaydi. Ko‘pincha tuxumdon o‘smalari 20 dan 40
yoshgacha uchraydi, 20– 25% hollarda xavfli o‘smalarga aylanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

102

Tasnifi.

Tuxumdonning chin o‘smasi – «kistoma», retentsion yoki shishsimon o‘smalari

– «kista» deb yuritiladi.

Retentsion kistalar

sekret tutilib qolishi bo‘lib, bu o‘smasimon kistalar

bezlarining ishlab chiqargan sekretlari to‘planib qolishi natijasida paydo bo‘ladi va kistalarning
34% ini tashkil etadi. Follikulyar kista (75%), sariq tana kistasi (5%), tuboovarial, paraovarial,
intraligamentar kistalar (10%)ni tashkil etadi. Tuxumdonda endometrioz kistalar ham uchraydi.

Follikulyar kistalar ko‘pincha mioma bo‘lganda, lyutein
kistalar esa elbo‘g‘oz va xorionepiteliomada uchraydi. Follikulalar yorilmay qolib, sariq

so‘nmasdan rivojlanadi. ya’ni hayz siklining izdan chiqishi kuzatiladi. Bu kistalar yumaloq
shaklli, diametri 6–8 sm dan oshmaydi va ko‘pincha klinik belgilarsiz kechadi. Kistalar
oyoqchalari buralishi tufayli kamdan kam hollarda o‘tkir qorin belgilari kuzatiladi. Retension
kistalar odatda konservativ usulda davolanadi (yallig‘lanish jarayoniga qarshi preparatlar,
immunokorrektorlar).

Blastomatoz kistomalar

chin o‘smalar bo‘lib, tuxumdon o‘smalarning 66% ini tashkil

qiladi. To‘qimalar proliferatsiyasi, bo‘shliqlarning suyuqlik bilan to‘lishi tufayli o‘smalar o‘sishi
kuzatiladi. Turli-tuman to‘qimalardan o‘sishi bo‘yicha – epitelial, biriktiruvchi to‘qimadan
tuzilgan, teratoid va gormonal tuxumdon o‘smalariga bo‘linadi. Chin o‘smalar, o‘z navbatida,
xavfsiz va xavfli o‘smalarga bo‘linadi. Xavfsiz o‘smalar tuxumdon tashqarisiga chiqmay o‘sib
boradi.

Oddiy seroz kistomalar

eng ko‘p uchraydigan tuxumdon o‘smalaridan biri hisoblanadi.

Uning hajmi 8 sm dan 30–40 sm gacha kattalashishi, hatto butun qorin bo‘shlig‘ini

egallashi mumkin. Kistoma odatda bir kamerali, po‘stlog‘i yupqa, tekis, shar shaklida, elastik
konsistensiyali bo‘ladi. Uning bo‘shlig‘ida seroz suyuqligi yig‘iladi. O‘sma ko‘pincha bir
tomonda – chap yoki o‘ng tomonda joylashadi va qorin ichida harakatchan bo‘ladi, chunki uning
tuxumdon boylamlari va bachadon naylaridan iborat anatomik «oyoqchasi» bor. Kistoma o‘sgan
sari bu boylamlar cho‘ziladi, bir-biriga yaqinlashib o‘smaning oyoqchasini paydo qiladi. Ayol
yumush qilganda, egilganda, yonboshi bilan yotganda o‘sma chapdan o‘ngga yoki o‘ngdan
chapga siljib turadi va ko‘pincha 180–360 gradusga aylanib qolishi mumkin. Bemor bunda qorin
pastida bexosdan qattiq og‘riq sezadi, ko‘ngil aynishi, qayt qilishi mumkin, tomir urishi
tezlashib, qorin pastida ShyotkinBlyumberg belgisi paydo bo‘ladi. Bu holat «o‘tkir qorin» deb
aytiladi.

Bunday holda bemor tezda ginekologiya bo‘limiga yotqizilib, darhol operatsiya qilinishi

kerak. Tuxumdon fibromasi shu a’zoning biriktiruvchi to‘qimasidan kelib chiqqan o‘sma deb
qabul qilingan. Tuxumdon fibromasi kam (7–5%), ko‘pincha bachadon miomasi bilan birga
uchraydi.

Teratomalarning eng tipik shakllari dermoidlardir. Dermoidlar xavfsiz o‘smalardan

bo‘lib, jami tuxumdon o‘smalarining taxminan 10% ni tashkil etadi. Ularning tuzilishida,
odatda, uchala embrional qavat qatnashadi. Dermoidlar sharsimon silliq o‘smalardan iborat
bo‘lib, sekin o‘sadi, harakati chegaralangan va ko‘pincha bachadon bilan qovuq o‘rtasidagi
bo‘shliqdan joy oladi.

Dermoid kista kesilganda suyuqlik to‘la xaltachaga o‘xshaydi. Bu suyuqlik, uy

haroratida qotib yog‘simon massa hosil qiladi. Ko‘pincha yog‘simon massa tarkibida inson
embrional taraqqiyotining birlamchi davridagi elementlar – soch, tish, tirnoq va shunga o‘xshash
elementlar topiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

103

Ayollar jinsiy a’zolarining xavfli o‘smalari

Tashqi jinsiy a’zolar raki. vulva raki

2–3% uchraydi (yoshlarda kam, qarilarda 70

yoshda ko‘proq uchraydi) leykoplakiya, krouroz, eritroplakiyadan keyin rakka olib kelishi
mumkin.

simptomlari:

jinsiy a’zolarda «so‘gal» o‘smalar paydo bo‘lishidan boshlanadi. Bu

o‘simtalar sekin-asta kattalashib, tez yara bo‘ladi. Vulvaning ko‘p qismi zararlanganda ham
o‘sma siydik chiqarish kanaliga uzoq vaqt yoyilmay turadi. Chov limfa tugunlarida metastaz
paydo bo‘ladi. O‘sma shakli har xil: teridan ko‘tarilib turadigan ekzofit tuzilmalar; zich diffuz
infiltratlar; ko‘pincha infiltrativ asosli va chekkasi zich noaniq qirrali yaralar paydo bo‘ladi.

Ayol uretrasining raki kam uchraydi, uretra rakining turli shakllari uchrashi mumkin.
1. Ekzofit o‘smalar – ko‘pincha yaralanib va patolo gik karash bilan qoplanib turadi.
Uretra devorlariga 2–3 sm chuqurlikda infiltrasiya beradi. 2. Polip yoki polipoz

tuzilmalar. 3. Yarali shakli. Siydik chiqarish kanali sohasi bo‘ylab, klitor sohasidagi
to‘qimalarning infiltra tsiyalanishi yoki uretra bo‘ylab qin oldingi devorining infilt rasiyalanishi.

4. Butun uretrada zich infiltrasiya paydo bo‘lib, ayrim joylar yaralanadi.

Qin raki.

Birlamchi raki kamroq uchraydi. Ko‘pincha bachadon bo‘yni rakidan

tarqaladi, uning 4 darajasi tafovut qilinadi.

simptomlari:

jinsiy aloqada qonli chiqindi (sub

coits) kuzatiladi.

O‘sma qon tomirlarini yemirib yuboradi, bir talay qon ketadi, sassiq chiqindi kelishi

parchalanayotgan o‘smaga infektsiya tushganligidan darak beradi. Og‘riq sezilishi o‘sma
jarayonining chuqur yoyilib, chanoqdagi nerv stvollari va chigallarini qisib qo‘yganidan yoki
yemirilishidan guvohlik beradi.

Davosi:

ximioterapiya, nurlar bilan davolanadi.

Bachadon bo‘yni raki

bachadon rakining 80% gacha bachadon bo‘yni rakiga to‘g‘ri

keladi, ko‘proq 40–60 yoshli ayollarda uchraydi. Bachadon bo‘yni raki g‘oyat turli tuman
bo‘ladi.

O‘sish yo‘nalishiga qarab ekzofit (tashqari) va endofit (ichkariga), aralash (ham

tashqariga ham ichkariga) o‘sish shakli kuzatiladi. Ekzofit shaklida o‘sma yirik, mayda, g‘adir-
budir o‘simtalar shakliga kiradi, (bu o‘simtalar gulkaramga o‘xshaydi) ular ba’zan qinning butun
gumbazini to‘ldirib turadi, ko‘pincha qoramtir po‘st (o‘smaning irigan, parchalangan qismlari
bilan qoplanib yotadi). Asbob tekizilganda qonaydi. Endofit shaklida bachadon bo‘yni
kattalashib, zichlashadi, shilliq pardasi to‘q qizil tusga kiradi. Shilliq parda yuzida mayda qon
tomirlari shaxobchalari ko‘rinadi. O‘sma parchalanib, bo‘lak-bo‘lak bo‘lib ko‘chganda
bachadon bo‘yni qisman yemirilib chuqur yara vujudga keladi. Chetlari noto‘g‘ri o‘yilgan, tubi
g‘adir-budir bo‘ladi. Yaradan loyqa serroz suyuqlik chiqib turadi.

simptomlari:

suvga o‘xshash

oqshil kelib turadi, bu jinsiy aloqa qilinganda, hojat paytida, yuk ko‘targanda, kasalni qin orqali
tekshirib ko‘rilganda keladi. Kontaktli qon kelishi, qonli selob (go‘sht yuvganga o‘xshash
suyuqlik kelishi).

Bachadondan asiklik qon ketishi kuzatiladi.

Diagnostikasi.

Kolposkopiya, surtmani

sitologik yo‘l bilan tekshirish, biopsiya qilish, diagnostika maqsadida bachadon devori shilliq
pardasini maqsadli qirish, sistoskopiya, rektoromanoskopiya va turli xil sinamalar o‘tkaziladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

104

Davosi:

I-darajada operatsiyagacha nur berish. Bachadon ekstirpasiyasi. Operatsiyadan

keyin nur berish, ximioterapiya. II- darajada. Kengaytirilgan ekstirpasiya (Vertgeym usulida)
qo‘shma nur bilan davolash. III-darajada. Qo‘shma nur bilan davolash. IV-darajada.

Simptomatik davo.

Bachadon tanasining raki.

Bachadon rakining 15–20%, umuman jinsiy a’zolar rakining

5% gacha uchraydi, ko‘pincha 50–60 yoshli ayollarda uchraydi. Bachadon tanasining rak oldi
holatiga neyroendokrin boshqarishning buzilishi, gonodotrop gormonlar balansining o‘zgarishi,
endometriyning travmatik shkastlanishlari sabab bo‘lishi mumkin.

Rak oldi kasalliklariga: Adenomatoz (polipoz) giperplaziyaga uch ragan endometriyning

residiv berishi, menopauzadan keyingi giperpla ziyalar kiradi. Simptomlari: aksariyat hollarda
menopauza davrida (menstruatsiyadan qolgandan keyin) birdaniga asiklik qon ketish bachadon
tanasi rakining dastlabki simptomi hisoblanadi. Ana shu simptomga e’tibor berib bemorning
bachadoni devorlari shilliq qavatini alohida-alohida qirib olib, gistologik tekshirish eng muhim
diagnostik ahamiyatga egadir.

Diagnostikasi:

bachadon shilliq qavatini har bir devorini alohida qirish va gistologik

tekshirish yo‘li bilan kasallik aniqlanadi.

Davosi:

operativ, nur va kimyoviy terapiya o‘tkaziladi.

Tuxumdonning xavfli o‘smalari.

Tasnifi bo‘yicha 3 xil rak farqlanadi: birlamchi,

ikkilamchi va metastatik rak.

Birlamchi rak

4,5% hollarda, 40 yoshdan oshgan ayollarda uchraydi. Klinik belgilari

ko‘zga tashlanmaydi, lekin tezda qorin bo‘shlig‘ida assit paydo bo‘lishiga qarab tuxumdon raki
haqida gumon qilinadi.

Ikkilamchi rak

60–50 % hollarda seroz papillyar o‘smalar rakka aylanishidan

rivojlanadi, tez o‘sib, suyuqliklar hajmi oshib, assit paydo bo‘ladi. 17–20% hollarda musinoz
kistomalar rakka aylanadi. Ularning malignizasiyasi asta-sekin, ko‘pincha 50 yoshdan keyin
kuzatiladi.

Metastatik rak

(10–30%) tuxumdonga, asosan, oshqozon va ichak rakidan limfa va qon

orqali o‘tadi. Shuning uchun tuxumdonda siljimaydigan, notekis, qattiq konsistensiyali o‘sma
topilsa, albatta oshqozon ichak yo‘llarini endoskopiya, irrigoskopiya, rentgenografiya usullari
bilan tekshirish kerak. Chunki metastazli rakni operatsiya yo‘li bilan davolab bo‘lmaydi.

Tuxumdon sarkomasi juda kam uchraydi. Odatda operatsiyadan keyin o‘smani gistologik

tckshirishdan o‘tkazib, diagnoz qo‘yiladi.

Davolash,

asosan, o‘z vaqtida operatsiya qilinib bachadonni ortiqlari bilan olib

tashlashdan iborat, so‘ngra rentgen va radiy nurlari chuqur ta’sir ettiriladi. Kimyoterapiya ham
qo‘llaniladi (siklofosfan, sarkolizin). Kasallikning oqibati ko‘p hollarda yomon bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Ya.N. Allayorov. Reproduktiv salomatlik va kontratseptiv texnologiya.– T.: «Istiqlol»
nashriyoti, 2005.

2.

Я.Н. Аллаёров, М.И. Расулова, Д.У. Юсупова. Патологик акушерлик.– Самарқанд,
2007.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

105

3.

Ya.N. Allayorov. Akusherlik.– T.: «O‘zbekiston Milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy
nashriyoti, 2008.

4.

Ya.N. Allayorov, N. I. Zokirova, A. T. Safarov, F. Q. Asqarova. Akusherlikda shoshilinch
yordam.– Samarqand, 2009.

5.

Р.У. Арзиқулов. Репродуктив саломатлик асослари. – T.: «Ўзбекистон миллий
энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2010.

6.

Ю.А. Гуркин, В.И. Грицюк. Гинекология. Справочник семейного врача. Москва –
Санкт-Петербург, 2005.

7.

В.И. Дуда, В.И. Дуда, И.В. Дуда. Акушерство.– Минск: «Вышэйшая школа», 2004.

8.

M.F. Ziyayeva, G.X. Mavlyanova. Ginekologiya. – T.: «O‘qituvchi» nashriyot matbaa
ijodiy uyi, 2007.

9.

Н.Е. Кретова, Л.М. Смирнова. Акушерлик ва гинекология. – T.: «Ибн Сино»
номидаги нашриёт, 1991.

References

Ya.N. Allayorov. Reproduktiv salomatlik va kontratseptiv texnologiya.– T.: «Istiqlol» nashriyoti, 2005.

Я.Н. Аллаёров, М.И. Расулова, Д.У. Юсупова. Патологик акушерлик.– Самарқанд, 2007.

Ya.N. Allayorov. Akusherlik.– T.: «O‘zbekiston Milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2008.

Ya.N. Allayorov, N. I. Zokirova, A. T. Safarov, F. Q. Asqarova. Akusherlikda shoshilinch yordam.– Samarqand, 2009.

Р.У. Арзиқулов. Репродуктив саломатлик асослари. – T.: «Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2010.

Ю.А. Гуркин, В.И. Грицюк. Гинекология. Справочник семейного врача. Москва – Санкт-Петербург, 2005.

В.И. Дуда, В.И. Дуда, И.В. Дуда. Акушерство.– Минск: «Вышэйшая школа», 2004.

M.F. Ziyayeva, G.X. Mavlyanova. Ginekologiya. – T.: «O‘qituvchi» nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2007.

Н.Е. Кретова, Л.М. Смирнова. Акушерлик ва гинекология. – T.: «Ибн Сино» номидаги нашриёт, 1991.