Authors

  • Dildora Choʻliyeva
  • Gulnora Bazarova
  • Mohiniso Rizvonqulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.110131

Keywords:

Qalqonsimon bez Gormonal muvozanat Giperterioz Ayollarda reproduktiv salomatlik Bezi muammolari Qalqonsimon bez gormonal ta'siri Ginekologik kasalliklar Diagnostika va davolash Bazedov kasalligi Endemik buqoq.

Abstract

Qalqonsimon bez xiqildoq qalqonsimon tog’ayi ustida, bo’yinning oldingi yuzasida joylashgan. Qalqonsimon bez bo’yincha bilan birikkan 2 bo’lakdan iborat. Massasi taxminan 30 gr keladi. Qalqonsimon bez tiroksin gormoni ishlab chiqaradi. Tiroksin tarkibiga yod kirib, u qalqonsimon bezga tashqaridan (bu yerga qon oqimi bilan keltiriladi), oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvdan tushadi. Qalqonsimon bez moddalar almashinuviga ta’sir qiladi: normaga nisbatan ko’p miqdorda tiroksin ishlab chiqarilishi modda almashinuvining normal bo’lmagan oshib ketishiga olib keladi. Qalqonsimon bez funksiyasi pasayib ketganda va bu gormon yetarlicha ishlanmaganda, aksincha, moddalar almashinuvi pasayadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1141

QALQONSIMON BEZ VA AYOLLARDA GENEKOLOGIK MUAMMOLAR

Choʻliyeva Dildora Erkinjonovna

Bazarova Gulnora Rustamovna

Rizvonqulova Mohiniso Vohidjonovna

Alfraganus University nodavlat oliy ta’lim tashkiloti, Tashkent,

Uzbekistan,

https://doi.org/10.5281/zenodo.15716162

Annotatsiya.

Qalq

onsimon bez xiqildoq qalqonsimon tog’ayi ustida, bo’yinning oldingi

yuzasida joylashgan. Qalqonsimon bez bo’yincha bilan birikkan 2 bo’lakdan iborat. Massasi

taxminan 30 gr keladi. Qalqonsimon bez tiroksin gormoni ishlab chiqaradi. Tiroksin tarkibiga
yod kirib, u qalqonsimon bezga tashqaridan (bu yerga qon oqimi bilan keltiriladi), oziq-ovqat

mahsulotlari va ichimlik suvdan tushadi. Qalqonsimon bez moddalar almashinuviga ta’sir
qiladi: normaga nisbatan ko’p miqdorda tiroksin ishlab chiqarilishi modda almashinuvining
normal bo’lmagan oshib ketishiga olib keladi. Qalqonsimon bez funksiyasi pasayib ketganda va

bu gormon yetarlicha ishlanmaganda, aksincha, moddalar almashinuvi pasayadi.

Kalit so’zlar:

- Qalqonsimon bez, Gormonal muvozanat, Giperterioz, Ayollarda

reproduktiv salomatlik, Bezi muammolari, Qalqonsimon bez gormonal ta'siri, Ginekologik
kasalliklar, Diagnostika va davolash, Bazedov kasalligi, Endemik buqoq.

Аннотация.

Щитовидная железа расположена на передней поверхности шеи, над

щитовидным хрящом. Щитовидная железа состоит из двух долей, соединенных шейкой.
Масса около 30 граммов. Щитовидная железа вырабатывает гормон тироксин. Йод
входит в состав тироксина, который поступает в щитовидную железу извне (с током
крови), с пищей и питьевой водой. Щитовидная железа влияет на обмен веществ:
выработка большего количества тироксина, чем обычно, приводит к аномальному
повышению обмена веществ. Когда функция щитовидной железы снижается и этот
гормон вырабатывается недостаточно, обмен веществ замедляется.

Ключевые слова:

-

Щитовидная железа, Гормональный дисбаланс, Гипертиреоз,

Репродуктивное здоровье у женщин, Проблемы с железами, Гормональные эффекты
щитовидной железы, Гинекологические заболевания, Диагностика и лечение, Болезнь
Грейвса, Эндемический зоб.

Annotation.

The thyroid gland is located above the thyroid cartilage, on the front surface

of the neck. The thyroid gland consists of 2 lobes connected by the neck. Its mass is about 30 g.

The thyroid gland produces the hormone thyroxine. Iodine is included in the composition

of thyroxine, which enters the thyroid gland from the outside (brought here by the bloodstream),
from food and drinking water. The thyroid gland affects metabolism: the production of thyroxine
in larger quantities than normal leads to an abnormal increase in metabolism. When the thyroid
gland functions and this hormone is not sufficiently produced, on the contrary, metabolism
decreases.

Keywords:

- Thyroid gland, Hormonal imbalance, Hyperthyroidism, Reproductive health

in women, Gland problems, Hormonal effects of the thyroid gland, Gynecological diseases,
Diagnostics and treatment, Graves' disease, Endemic goiter.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1142

Bu kasallik qalqonsimon bezning bir tekis diffuz kattalashuvi va funksiyasining oshishi

bilan xarakterlanadi. Kasallik ko’pincha 20

-

50 yoshlarda uchrab, ko’proq ayollar kasallanadilar.

Kasallik kelib chiqishida ruhiy zo’riqish, salbiy his

-hayajonlar, neyro-endokrin

buzilishlar, qalqonsimon bezga surinkali infeksiyalar (tonzillit, revmatizm, sil, zahm va b.) ning

ta’siri, intoksikatsiyalar muhim o’rin tutadi. Boshqa ichki sekretsiya bezlari funksiyasining
buzilishi (gipofiz) ham ahamiyatga ega. Boshqa ko’pgina kasalliklarda bo’lgani kabi bu
kasallikda ham irsiyatning rolini inkor etib bo’lmaydi.

Diffuz toksik buqoq bilan kasallangan bemor yurak urishi, umumiy behollik, tajanglik,

ortiqcha terlash, qo’llar titrashi, uyqu buzilishidan shikoyat qiladi.

Obyektiv tekshiruvda qalqonsimon bezning kattalashganligi ma’lum bo’ladi.

Kattalashishning bir necha darajalari farq qilinadi: bez bemorning yutish

harakatlaridagina ko’rinishi mumkin va qo’lga yaxshi unnaydi, bezning kattalashganligi yutish
harakatlarisiz ham ko’rinib turadi, bez shu qadar kattalashadiki, bo’yinning shakli o’zgarib
qoladi. Palpatsiya qilinganda bez zichligi o’rtacha, atrofdagi to’qimalar bilan yopishmagan,
pulsatsiya qilib turadi. Ko’z simptomlari deb ataladigan hodisalar xarakterli: egzoftalm (ko’zning
chaqchayib turishi), ko’zning kam pirillashi, „uzoq vaqt tikilib turish“ (Shtellvag simptomi), ko’z

soqqasi pastga harakatlantirilganda ustki qovoqning yumilishining kechikishi (Grefe simptomi),

konvergensiyaning susayib qolishi (Mebius simptomi), bunda biror buyumni yaqindan ko’zdan

kechirishda unga qarash qobiliyati buziladi (5-

rasm, a). Shuningdek, ko’zlarning yaltirab turishi

va ba’zi bir boshqa simptomlar bo’ladi. Yurak

-tomir sistemasining toksikozi rivojlanishi bilan

bog’liq simptomlari qayd qilinadi: yurakda unchalik kuchli bo’lmagan og’riq bo’lishi ehtimol,

taxikardiya

yurak minutiga 100

—150 martagacha uradi, puls tåzlashgan, arterial bosim oshgan,

yurak chegaralari chapga kengaygan, yurak uchi proeksiyasi sohasida sistolik shovqin eshitiladi.

Båmorlar, odatda, oriq, teri qoplamlari nam bo’ladi, tana haroratining o’rtacha oshishi

kuzatiladi. Boshqa a’zolar va sistemalarda ham patologik o’zgarishlar qayd qilinadi, bu
yo’talishda (kattalashgan qalqonsimon bezning traxeya va hiqildoqni bosishi sababli), me’da

sekretsiyasining kamayishida, tez-

tez defekatsiya bo’lishida, ich ketarga moyillikda, nerv

-psixik

buzilishlarda yuzaga chiqadi, qon tekshirilganda

—leykopeniya, ECHT oshganligi ma’lum

bo’ladi. Asosiy modda almashinuvini tekshirish (tireotoksikozda u oshgan) va qalqonsimon

bezni radioizotop skanirlash (giderfunksiyada qalqonsimon bez yodni normadagiga nisbatan

ko’proq singdiradi) diagnostik ahamiyatga ega. Uzatilgan qo’l barmoqlarining titrashi xarakterli

simptom hisoblanadi.

Davosi.

Noxush omillarni bartaraf etish (emotsional zo’riqish, kasbga aloqador

zararliklar), mehnat va turmush rejimini tartibga solish tavsiya qilinadi. Dori-darmon bilan davo
qilish: yodni kichik dozalarda ichishga beriladi, kuniga 2

3 marta 0,05 g dan diyodtirozin (3

haftalik kurs), radioaktiv yod bilan davolash buyuriladi. Merkazolil 0,005 g dan kuniga 2

3

marta, ovqatdan keyin buyuriladi. Bundan tashqari, simptomatik davo qilinadi, sedativ, yurak-
tomir vositalari, qator hollarda xirurgik davo qilish zarur.

1.

Endemik buqoq

Endemik buqoq deb, patologik kattalashgan qalqonsimon bezga aytiladi. Kasallik odamni

o’rab turgan muhitda yod miqdorining kamayib ketishiga bog’liq, bu holat ovqat mahsulotlari va
ichimlik suvining yodga kam to’yinishiga va binobarin, organizmga yodning kam tushishiga olib


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1143

keladi. Joy balandligi dengiz sathidan nechog’liq yuqorilashgani sayin tuproq va suvdagi yod
miqdori kamayib boradi. Bu qator omillar bilan, xususan, tog’dan oqib kelayotgan suvning
tuproqdagi yod saqlaydigan jinslarni yuvib ketishi bilan bog’liq. Tog’li rayonlar (Farg’ona

vodiysi va boshqa rayonlar kiradi), adirlar

endemik buqoq tarqalgan joylardir. Biroq endemik

buqoq bo’yicha tinch bo’lmagan joylarda ko’pchilik shaxslarda bu kasallik paydo bo’lmaydi.

Binobarin, bu kasallikning paydo bo’lishiga tashqi muhitda yod yetishmasligidan

tashqari, boshqa omillar ham ta’sir qiladi. Bularga muvozanatlashmagan ovqatlanish (oqsillar,
yog’lar, uglevodlar, vitaminlar), jismoniy zo’riqish natijasida organizmning umumiy
holsizlanishini kiritish mumkin. Aftidan, irsiyat ham rol o’ynaydi. Kasallik aksariyat novqiron

yoshda

—30 yoshga to’lmagan kishilarda uchraydi. Bemorlarning ko’pchilik qismi ayollardir.

Bemorlarda qonda va qalqonsimon bezda yod miqdorining kamayganligi ma’lum bo’ladi,

qalqonsimon bez hujayralarida kalloid miqdori ko’payadi. Buqoq tuguni, diffuz va diffuz

-tugunli

(aralash) bo’ladi. Ba’zan bezsimon to’qima o’sib qalinlashadi, ba’zan esa atrofiyaga uchraydi,
ya’ni ular miqdori kamayadi.

Klinikasi.

Kasallikning bosh simptomi qalqonsimon bezning kattalashuvi (ba’zan

anchagina kattalashuvi) hisoblanib, bu yutishning buzilishiga, nafas olishning qiyinlashuviga

olib keladi. Kattalashgan qalqonsimon bez palpatsiya qilinganda zichligi turlicha (ba’zan
anchagina qattiq) ekanligi ma’lum bo’ladi, ba’zan endemik buqoq qalqonsimon bezning o’zidagi
yallig’lanish jarayoni bilan asoratlanadi, atrofidagi to’qimalarda xavfli aynish bo’ladi.

Davosi. Endemik buqoq bo’lgan rayonlarda profilaktika maqsadida yod preparatlarini

go’daklikdan ichish kerak. Tarkibida yod saqlagan (yodlangan) osh tuzidan (1 kg osh tuziga 25

gr kaliy yod) foydalanish maqsadga muvofiq. Endemik buqoq gipoterioz hodisalari bilan

qo’shilib kelish ehtimoli borligidan 0,2 gr dan tireoidin tayinlanadi. Konservativ metodlar
samara bermaganda va buqoq a’zolarni mexanik bosib qo’yganda xirurgik davolashga

kirishiladi.

Kasallikning oldini olish uchun baliq yog’i, dengiz karami, ko’p yod saqlaydigan

mahsulotlarni yeyish kerak. Qishloq xo’jaligida hayvonlarni boqishda yod qo’shilgan silos keng
qo’llaniladi.

2.

Miksedema

Kasallik qalqonsimon bez funksiyasining yallig’lanish va autoimmun jarayonlar

natijasida pasayishi bilan bog’liq.

Miksedema hollari zahmda qayt qilinadi. Miksedemaga endokrin sistemaning boshqa

zvenolari (uzoq vaqtgacha rentgen nurlanishida gipofiz oldingi bo’limining zararlanishi)

buzilishi, shuningdek, qalqonsimon bezni uning giperfunksiyasi tufayli olib tashlash sabab

bo’lishi mumkin.

Klinikasi.

Bemorlar loqayd, bo’shashgan, uyquchan bo’lib qoladilar, xotirasi pasayadi,

ko’pincha ruhan eziladilar, lohaslik rivojlanadi, ichak ishi buziladi (qabziyat), aql

-idrokning

pasayish alomatlari paydo bo’ladi. Ko’zdan kechirilganda yuzning salqiganligi, lablarning qalin
tortganligi, yog’ bosishga moyillik (yog’ almashinuvining buzilishi) qayd qilinadi (5

-rasm, b).

Teri quruq, shishgan, tana harorati pasaygan. Til va tovush boylamlari shishganligidan

nutq biroz sekinlashgan va tushunarsiz bo’ladi, tirnoqlar, sochlar mo’rt bo’lib qoladi va sochlar
to’kilib ketadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1144

Yurak tonlari bo’g’iqlashgan, puls sekinlashgan, yurak qisqarishlari chastotasi minutiga

40 martaga pasaygan. Yurak chegaralari kengaygan. Nafas siyraklanishi qayd qilinadi. Asosiy
modda almashinuvi normadan pasayadi. Qalqonsimon bez tekshirilganda unda yod miqdorining
kamayganligi qayd qilinadi (qalqonsimon bezning bir sutka mobaynida radioaktiv yodni

singdirishi normada 30% bo’lgani holda bu kasallikda taxminan 10 % bo’ladi). Kasallik uzoq
vaqtga cho’ziladi (15 yil va bundan ko’pga). Davo o’z vaqtida boshlanmaganda, kassallik uzoq

kechganda kretinizm rivojlanishi mumkin.

Davosi.

Tireoidin preparatlari (0,1 dan kuniga 3 marta) 1

1,5 oy mobaynida yuboriladi.

Buyrak usti bezlari po’stloq qatlamida yetishmovchilik bo’lganda gormonlar bilan

davolash, piridoksin va siankobalamin vitaminlarini buyurish foydali. Agar miksedema

rivojlanishi xronik infeksiya bilan bog’liq bo’lsa, spetsifik terapiya (silga qarshi, zahmga qarshi)

maqsadga muvofiq.

Parvarishi

. Depressiv holatlar yuz berish ehtimoli borligidan bemorlarni statsionarda

davolash davrida qunt bilan kuzatib borish zarur. Og’ir hollarda psixik aql pastlik (kråtinizm)
rivojlanganda parvarishlash bemorga to’la

-

to’kis xizmat qilishdan iborat. Bemor sun’iy

ovqatlantirib turiladi, ichi kelgandan keyin tagi yuvib qo’yiladi, vannada cho’miltiriladi, soch va
tirnoqlariga e’tibor beriladi.

Xotin-qizlar kasalliklari

(ayollar kasalliklari, ginekologik kasalliklar)

xotin-qizlar

organizmining anatomik va fiziologik xususiyatlariga bogʻliq kasalliklar boʻlib,

ginekologiya

fani oʻrganadi. Bu kasalliklar jinsiy sistemaga tegishli boʻlsada, u butun organizmga taʼsir qiladi.

Barcha aʼzo va sistemalar bir

-

biri bilan uzviy bogʻliqligi tufayli Xotin

-qizlar

kasalliklarik.ga butun organizmning kassalligi deb qarash lozim; ginekologik kasalliklar oʻz
navbatida boshqa aʼzo va sistemalar kasalliklari oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin. Bunda
turli spetsifik va nospetsifik infeksiyalar, bolaliqda boshdan oʻtkazgan kasalliklar, endokrin
xastaliklar, moddalar almashinuvining buzilishi, hayotiy muhim aʼzolar patologiyasi asosiy

ahamiyatga ega. Xotin-

qizlar kasalliklarik. bir necha guruhlarga boʻlinadi: yalligʻlanish

kasalliklari, hayz faoliyatining buzilishi, oʻsma kasalliklari, jinsiy aʼzolar rivojlanishi hamda
joylashuvi anamaliyasi va hokazo Xotinqizlarda koʻproq yalligʻlanish kasalliklari kuzatiladi. Bu
koʻp jihatdan reproduktiv sistemaning funksiyasi bilan bogʻliq boʻlib, hayz, abort va ayniqsa
tugʻruq jarayonida ayol organizmida infeksiya rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi.

Bundan tashqari spetsifik infeksiyalar, jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar —

zaxm,

soʻzak, trixomonada (qarang

Trixomonoz

), soʻnggi yillarda OITS

[1]

(SPID), xlamidiyalar va

viruslar Xotin-

qizlar kasalliklarik.ning koʻpayishiga sabab boʻlmoqda. Koʻp hollarda Xotin

-

qizlar kasalliklarik.ni stafilokokk, streptokokk, zamburugʻlar va boshqa qoʻzgʻatadi. Ogʻir

kechuvchi septik holatlarda, asosan, 2 va undan ortiq turdagi mikroorganizmlar kasallik

qoʻzgʻatuvchi sifatida ishtirok etadi. Jinsiy aʼzolarning yalligʻlanishi kasalliklariga boshqa
aʼzolardagi yalligʻlanish jarayonlari angina, sinusitlar, buyrak kasalliklari va hokazo ham sabab
boʻlishi mumkin. Yalligʻlanish qaysi aʼzoda rivojlanishiga koʻra kolpit (qinda), endometrit

(bachadonda), salpingit (bachadon nayida), ooforit (tuxumdonda) va boshqa farq qilinadi. Bu

kasalliklarda gavda haroratining koʻtarilishi, intoksikatsiya, bosh ogʻrishi, umumiy ahvolning
oʻzgarishi bilan birga mahalliy belgilar —

qorin pastida ogʻriq boʻlishi, ogʻriqning oʻziga xos

tarqalishi (irradiatsiya), qindan ajralmalar (oqchil) kelishi, baʼzan hayz funksiyasining buzilishi


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1145

kabi alomatlar kuzatiladi.

X.Q.K.ning koʻpchiligi hayz funksiyasining buzilishi —

gipermenstrual sindrom (hayz qoni miqdorining ortishi) yoki, aksincha, gipomenstrual sindrom
(hayz qonining kamayishi yoki hayzning siyraklashuvi), disfunksional qon ketishi va boshqalar

bilan bogʻliq. Xotin

-

qizlar kasalliklarik.dan jinsiy sistemaning xavfli va xavfsiz oʻsmalari koʻp,

ular asosan tuxumdon va bachadonda kuzatiladi, boshqa jinsiy aʼzolarda esa kam uchraydi.

Jinsiy aʼzolarning oʻsma kasalliklarini onkologiya oʻrganadi.

Ginekologik amaliyotda jinsiy sistemaning rakoldi kasalliklarini oldini olish muhim,

chunki ular vaqt oʻtishi bilan rakka aylanishi ham mumkin. Oʻsmalar ham, rakoldi kasalliklar
ham odatda koʻzga yaqqol tashlanmaydigan belgilarsiz kechadi, shu sababli ayollar yiliga ikki
marta akusherganekologga koʻrinib turishlari lozim.

Qiz bolalar va yosh qizchalarda ham jinsiy sistema kasalliklari kuzatiladi. Bu, hayz

funksiyasining buzilishi va jinsiy aʼzolar rivojlanishidagi anomaliyalardir. Bunga, asosan, uning

bolaligida boshidan kechirgan turli kasalliklari, noqulay turmush tarzi, hatto u ona

qornidaligidayoq onasining birorbir jiddiy kasallik bilan ogʻrigailigi sabab boʻlishi mumkin.

Hayz funksiyasining buzilishi qizlarda hayzning kech yoki erta boshlanishi,

nomuntazamligi, qon ketishi va hokazo lar bilan kechadi. Davolash choralari qancha erta

boshlansa, shuncha samaraliroq boʻladi.

Jinsiy sistema aʼzolarining rivojlanishi va joylashuvi anomaliyalari ham katta guruhni

tashkil etadi; bular qizlik parda, qin, bachadon boʻyni sohasidagi bitishmalar, bachadonning
baʼzan ikkita va hokazo boʻlishi. Bu anomaliya lar jarrohlik yoʻli bilan davolanadi. Jinsiy aʼzolar
joylashuvi anomaliyalari (bachadon, qin devorlarining turli yoʻnalishda pastga siljishi, hatto
tushib ^lishi) koʻpincha tugʻruq asoratlari, baʼzan chanoq tubining tugʻma zaifligi, ogʻir jismoniy

mehnat oqibatida yuzaga keladi, bu odatda yoshi kattaroq ayollarda kuzatiladi. Bular jarrohlik
usulida davolanadi.

Homiladorlikning asoratli kechishi bilan bogʻliq baʼzi patologiyalar (homiladorlikning

erta muddatlarida homilaning tushib qolishi,

bachadondan tashqari homiladorlik

, yelboʻgʻoz),

baʼzi tugʻruq asoratlari (oqma yaralar, qoʻshni aʼzolar shikastlari) ham ginekologik kasalliklarga

kiradi.

Xotin-qizlar kasalliklarik. ichida alohida guruhni neyro endokrin sindromlar tashkil etadi;

bu, asosan, gipotalamogipofizar yaatologiyalar bilan bogʻliq. Bular ginekologik hamda
endokrinologik yoʻl bilan davolaniladi.

Ayollar jinsiy sistemasi kasalliklarining oldini olish va davolashni respublikamizdagi

tarkibida ayollar konsultatsiyam boʻlgan tugʻruq majmui va oilaviy poliklinikalar amalga

oshiradi. Toshkentdagi akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot instituta, shuningdek, uning

viloyatlardagi filiallari homiladorlik va tugʻruq jarayonlarining asoratsiz kechishi, onalar va
bolalar muhofazasini taʼminlashda akusherlik va ginekologik yordamni ilmiy tashkil etish
maqsadida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

[

Adabiyotlar:

1.

O’. B. Sharapov. Ichki kasalliklar. Abu Ali ibn Sino. T., 1994.

2.

K. Bahodirov. Ichki kasalliklarda tashxis va diagnostika. T., 1993.

3.

L.S. Zalikina. Bemorlarning umumiy parvarishi. T., 1995.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1146

4.

N.M. Kamolov. Ichki kasalliklar. T., 1996.

5.

V.A. Galkin. Ichki kasalliklar. T., 1989.

6.

E.Y. Qosimov. Ichki kasalliklar propedevtikasi. T., 1998.

References

O’. B. Sharapov. Ichki kasalliklar. Abu Ali ibn Sino. T., 1994.

K. Bahodirov. Ichki kasalliklarda tashxis va diagnostika. T., 1993.

L.S. Zalikina. Bemorlarning umumiy parvarishi. T., 1995.

N.M. Kamolov. Ichki kasalliklar. T., 1996.

V.A. Galkin. Ichki kasalliklar. T., 1989.

E.Y. Qosimov. Ichki kasalliklar propedevtikasi. T., 1998.