Authors

  • Gulsanam Mamatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137943

Keywords:

Poetry poem love source of inspiration perfection word magic miraculous line written lines poet's pen literature power of words creativity art talent music.

Abstract

This thesis discusses the extent to which poetry affects the spiritual world of humanity, its coexistence in spatial and temporal synchrony with the soul, the power of word magic, the magical world of poets, the harmony of sentences, moments of inspiration, the proportionality of rhymes, the connection of the literary world with the human psyche, and the art of conveying the most delicate feelings hidden in hearts to other representatives of the soul under beautiful sentences.

background image


Oktabr, 2025-Yil

315

SHE’RIYAT - YURAKDAN TO‘KILGAN SATRLARDA YASHIRINGAN MO‘JIZA

Mamatova Gulsanam Mardon qizi

O‘zbekiston Milliy Universiteti,

Ijtimoiy fanlar fakulteti “Sotsiologiya” yo‘nalishi 2-kurs talabasi.

gulsanammamatova06@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17447293

Annotatsiya.

Ushbu tezisda, she’riyatning insoniyat ruhiy olamiga qay darajada ta’sir

etishi, qalb bilan uyg’unlikda makoniy va zamoniy hamnafaslikda yashashi, so‘z sehrining
qudrati, shoirlarning sehrli olami, jumlalar uyg’unligi, ilhomiy lahzalar, qofiyalar
mutanosibligi,adabiyat dunyosining insoniyat ruhiyati bilan bog’liqligi hamda yuraklarda eng
nozik yashirilgan his-tuyg’ularni chiroyli jumlalar ostida, boshqa qalb vakillariga yetkazish
san’ati haqida gap boradi.

Kalit soʻzlar:

She’riyat, sh’er, muhabbat, ilhom manbai, komillik, so‘z sehri, mo‘jizaviy

satr, yozilgan satrlar, shoir qalami, adabiyot, so‘z qudrati, ijod, san’at, iste’dod, musiqa.

POETRY - A MIRACLE HIDDEN IN LINES SPOUTED FROM THE HEART

Annotation

. This thesis discusses the extent to which poetry affects the spiritual world of

humanity, its coexistence in spatial and temporal synchrony with the soul, the power of word
magic, the magical world of poets, the harmony of sentences, moments of inspiration, the
proportionality of rhymes, the connection of the literary world with the human psyche, and the art
of conveying the most delicate feelings hidden in hearts to other representatives of the soul under
beautiful sentences.

Keywords:

Poetry, poem, love, source of inspiration, perfection, word magic, miraculous

line, written lines, poet's pen, literature, power of words, creativity, art, talent, music.

ПОЭЗИЯ — ЧУДО, СКРЫТОЕ В СТРОКАХ, ИЗЛОЖЕННЫХ ИЗ СЕРДЦА

Аннотация

. В данной диссертации рассматриваются степень влияния поэзии на

духовный мир человечества, ее сосуществование в пространственной и временной
синхронности с душой, сила магии слова, волшебный мир поэтов, гармония предложений,
моменты вдохновения, соразмерность рифм, связь литературного мира с психикой
человека и искусство передавать самые тонкие чувства, сокрытые в сердцах, другим
представителям души в прекрасных предложениях.

Ключевые слова:

Поэзия, стихотворение, любовь, источник вдохновения,

совершенство, магия слова, чудесная строка, написанные строки, перо поэта,
литература, сила слова, творчество, искусство, талант, музыка.

"Sheʼriyat – qalb soʻzidir, uni his qilish uchun qalbning shaffofligi kerak." – Alisher

Navoiy [1]. She’riyat olami insonning qalbi bilan hamohanglikda asrlar davomida uyg’unlikda
yashamoqda, yuksalmoqda, ruhiy oromiylik baxsh etib kelmoqda. Biz she’riyat olamini asrlar
o‘rtasidagi mangu ko‘prik deya e’tirof etishimiz mumkin. Inson qalbi shu qadar betakrorki u
ezugulik, mehr-muhabbat ijodkori ya’ni yuragidagi sehrli so‘zlarini go‘zal qiyofadosh satrlari ila
boshqa qalb vakillariga yetkaza olish qobilyatiga egadir. Shunday shoirlar borki ular yozgan
she’rlar bag’ri tosh qalblarning yuragini ham larzaga soladi. Chunki inson tug’ilgan vaqtida pok
qalb bilan dunyoga keladi.


background image


Oktabr, 2025-Yil

316

Ulg’aygani sari uning qalbi g’uborlashadi, his-tuyg’ularga befarqligi kuchayadi. She’r esa

ushbu qalb vakilining qalbidagi chang-g’uborlarni o‘zining sehri ila pokizalashtirib asl pok
qalbiga yetib borish kabi qudratlilikni o‘z ichiga oladigan , so‘zlar saltanatidan satrlangan,
qofiyalangan dard va umid chirog’ining shulasidan panoh topgan mo‘jizadir.

Sheʼriyat olamidagi ilhom tuygʻusi – bu sheʼriyatda yaratish jarayonida shoir yoki

adibning qalbida tugʻilgan kuchli, yaratishga undovchi, ruhlantiruvchi hissiyotdir. Ilhom
sheʼriyatda yangi fikrlar, tasvirlar, tuygʻularni uygʻotishga yordam beradi, soʼz va obrazlar orqali
chuqur maʼno va goʼzallik keltiradi. Bu tuygʻu shoirning ichki dunyosida paydo boʻlib, uni sheʼr
yaratishga majbur qiladi va oʻquvchiga sanʼat asarining maʼnaviy-ruhiy taʼsirini his qilish
imkonini beradi [2].

Sheʼriyatda ilhom insonning qalbidan keladigan sirli, noaniq, lekin kuchli ruhiy holatdir, u

orqali sheʼrda yangi maʼno qatlamlari vujudga keladi. Ilhom tuygʻusi faqat fikr emas, balki
hissiyotlarning uygʻunligi, soʻzlar va obrazlarning musiqiy uygʻunlikda birlashishi orqali
namoyon bo‘ladi. Shu tariqa, ilhom sheʼriyatda yaratish asosiy kuchi hisoblanadi, u shoirning ruhi
va dunyoqarashi ifodasidir [3]. Ushbu holatda ilhom kutilmagan holatda tashrif buyurib shoirni
ijodga chorlaydi, natijada esa go‘zal va ajoyib she’r dunyoga keladi. Shoir yozgan she’rlar
qanchalik yurakdan chiqgan bo‘lsa , uning ta’sir darajasi shunchalik kuchli bo‘ladi. “ She’r
yurakdan chiqmasa, yurakka yetmaydi.” ( A.Oripov) ushbu jumla bejizga emas. Haqiqatdan ham
she’r qalbdan chiqsa, u yashin tezligida boshqa qalblarni zabt etadi , qalbiga oromiylik ulashadi va
kuylarga aylanadi vahollanki o‘chmas va ohangdor tillarda doston kuylarga aylanadi.

She’rlar to‘planib bir she’r nomi ostida to‘lam bo‘ladi. Ana usha to‘plam shoirning

she’riyat sohasidagi mahorati , iste’dodini namoyon qiladi. Uning to‘plami kitobxonlar tomonidan
yaxshi qabul qilinsa, bu shoirning ijod olamida yaxshi o‘rinni egallaganligini anglatadi. U
keyinchalik ham she’riy to‘plamlar chiqaradi. She’rlari qo‘shiq bo‘lib kuylanadi. Bayram
tadbirlarda aytiladi. Dastlabki she’rlar – chuqur ma’noli tasavvufiy unsurlar, davr holati va xalq
dardini ko‘proq she’rga solgan bo‘lsa, zamonaviy she’riy mavzularimiz esa bugungi kunda
ko‘proq sevgi, tabiat, insoniylik haqida yozilmoqda.

Xalqimiz orasida shunday she’rlar mavjudki u hech qachon bizning yodimizdan

o‘chmaydi, qon qonimizga singib ketgan. Asrlar davomida bizning sevimli she’rimiz bo‘lib
qolaverdi. Kuy bo‘lib jaranglar sochadi, nidosi esa yuragimizdan aslo o‘chmaydi.

O‘sa o‘zi o‘lar, so‘zi o‘lmaydi,
Hamisha barhayot nasl shoirlar.
Haqiqiy shoirning qabri bo‘lmaydi,
Yurakka ko‘milar asl shoirlar[4].
Xalqimizning shunday zabardast shoir va shoiralari borki ularning ijodi doimo yodimizda.
Hattoki bir qalbga ham shohlikni ham shoirlikni mujassamlashtirgan podshohlarimiz ham

bor. Ularning ijodlari bugungi kungacha yodimizdadir. Ushbu shoirlarga so’z mulkining sultoni
Alisher Navoiy, Cho’lpon, Oybek, Hamid Olimjon, Muhammad Yusuf, Zulfiyaxonim, Abdulla
Oripov singari bir nechta shoir va shoiralarimizni misol qilib keltirishimiz mumkin.

Zamonaviy o‘zbek she’riyatida modernizm va an’anaviylikning uyg‘unlashishi quyidagi

jihatlarda namoyon bo‘lmoqda: 1. Shaklda an’anaviylik, mazmunda modernizm Shoirlar
an’anaviy g‘azal yoki ruboiy shaklidan foydalanib, zamonaviy muammolarni yoritishmoqda.


background image


Oktabr, 2025-Yil

317

Masalan, Rauf Parfi klassik she’riy shakllardan foydalangan holda modernistik ruhdagi

she’rlar yozgan. 2. Uslubda klassik va zamonaviy yondashuvlar birlashishi Erkin Vohidov
g‘azallarida mumtoz adabiyot unsurlarini saqlagan holda, zamonaviy inson kechinmalarini aks
ettirgan. Ulug‘bek Hamdam esa klassik she’riyat ta’sirida bo‘lishiga qaramay, modernistik badiiy
vositalardan foydalangan. 3. Tasvir uslubida milliylik va modernizm sintezi Shoirlar klassik
ramzlardan foydalangan holda yangi poetik obrazlar yaratmoqda. Yigirma birinchi asr yosh
ijodkorlari orasida ham yangi ovozlar paydo bo’la boshladi, Najmiddin Ermatov, Shahriyor
Shavkat, Rashid Ho’jamov, Nurmuhammad Abduzoirov kabi shoirlarning ijodida an’anaviy
timsollar orqali zamonaviy ohang, yangicha ruh, hissiy barqarorlik o’zgarganligini ko’rishimiz
mumkin. Misol uchun Shahriyor Shavkatning ‘Alqissa’’, ‘Ular humo qushni so’yib yedilar’’,
“Kuchber” kabi she’rlarida an’anviy qofiya va vazndan voz kechib, erkin, shakl va ritmlarni
qo’llaydi. Insonning ichki kechinmalari, yolg’izlik, hayot va o’lim, erk kabi mavzular chuqur
tahlil qilingan. Metafora, simvol, intertekstual aloqalardan mohirona foydalanib, o’quvchini
chuqur mushohadaga chorlaydi [5].

Xulosa qilib aytganda she’riyat dunyosi insonning ruhiy olami bilan chambarchasdir. Biz

qanchalik tosh bag’ir bo’lsak ham baribir she’r bizning yuragimizga yetadi. Chunki she’riyat
qalbimizning eng tubidagi yashirin pok mitti qalbimiz bilan aloqa o’rnatgan. Shoirlar esa anu
aloqadorlikda qofiyalangan mo’jizaviy so’zlar uyg’unligini satrlarga bituvchi vakillardir. Ushbu
aloqadorlik qancha mustahkam o’rnatilgan bo’lsa, ilhom bilan hamnafaslikda yozilgan she’rlar
bizning qalbimizdan butun umrga joy egallaydi. Shunday ekan insoniyat olami mavjud ekan
she’riyat dunyosi hech qanchon o’lmaydi. U doim biz bilan ruhimizdadir. “Shoir bo’lish – yurak
bilan yashash, his bilan nafas olishdir.” (Usmon Nosir)

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

https://ru.scribd.com/document/460019517/Alisher-Navoiy-Hikmatlar

2.

https://uz.wikipedia.org/wiki/She%CA%BCriyat?utm_source=perplexity

3.

https://aps.tsuos.uz/storage/users/51/books/fuYAUw2CqSgq7SiVwjyNYcKu5fJp2cw2WB

ZkIo3G.pdf?utm_source=perplexity

4.

“…Haqiqiy shoirning qabri bo‘lmaydi”- Muhamad Yusuf zamondoshlari xotirasida

5.

zamonaviy-o-zbek-she-riyatidagi-yangi-tendensiyalar.pdf

References