Authors

  • Bunyod Nurqulov
  • Gulsanam Mamatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.54030

Keywords:

Kitob mutolaasi kitobxonlik maʼdaniyati noshirlik va matbaa sohalari axborot – kutubxona faoliyati ilmiy – ommabop kitoblarning moddiy – texnik baʼzasi onlayn hamda oflayn kutubxonalar.

Abstract

Mamlakatimizda kitobxonlikni yanada rivojlantirish, talaba – yoshlarimizning kitobga boʻlgan eʼtiborini hamda dunyoqarashini, intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan chora – tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Undan tashqari yurtboshimiz tomonidan kitobxonlikni keng targʻib etish borasidagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik maʼdaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora tadbirlar dasturi toʻgʻrisidagi“ qaror xalqimizga taqdim etildi.[1]

background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

134

TALABA-YOSHLARDA KITOBXONLIK FAOLIYATINI OSHIRISH

Nurqulov Bunyod G‘ofir о‘g‘li

О‘zMU Sotsiologiya kafedrasi

stajyor о‘qituvchisi.

e-mail:

nurkulov_b@nuu.uz

Mamatova Gulsanam Mardon qizi

O‘zbekiston Milliy Universiteti,

Ijtimoiy fanlar fakulteti “Sotsiologiya“ yo‘nalishi 1-kurs talabasi.

e-mail:

gulsanammamatova06@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14420153

Annotatsiya.

Mamlakatimizda

kitobxonlikni

yanada

rivojlantirish,

talaba

yoshlarimizning kitobga boʻlgan eʼtiborini hamda dunyoqarashini, intellektual salohiyatini

yuksaltirishga qaratilgan chora – tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Undan tashqari yurtboshimiz

tomonidan kitobxonlikni keng targʻib etish borasidagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va

tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik maʼdaniyatini oshirish hamda

targʻib qilish boʻyicha kompleks chora tadbirlar dasturi toʻgʻrisidagi“ qaror xalqimizga taqdim

etildi.[1]

Kalit soʻzlar:

Kitob mutolaasi, kitobxonlik maʼdaniyati, noshirlik va matbaa sohalari,

axborot – kutubxona faoliyati, ilmiy – ommabop kitoblarning moddiy – texnik baʼzasi, onlayn

hamda oflayn kutubxonalar.

INCREASING READING ACTIVITY AMONG STUDENTS AND YOUTH

Abstract.

Measures are being developed in our country to further develop reading,

increase the attention to books, worldview, and intellectual potential of our students and youth. In

addition, the President of the Republic of Uzbekistan presented to our people a resolution “On the

development of the system of publishing and distributing book products, the improvement and

promotion of book reading and reading culture“ to widely promote reading.

Keywords:

Book reading, reading culture, publishing and printing industries, information

– library activities, material and technical base of scientific and poular books, online and offline

libraries.

БИБЛИОТЕЧНАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ У СТУДЕНТОВ МОЛОДЕЖИ

УВЕЛИЧИВАТЬ

Аннотация

. В нашей стране разрабатываются мероприятия, направленные на

дальнейшее развитие чтения, повышение внимания наших студентов и молодежи к

книгам, их мировоззрению, интеллектуальному потенциалу. Кроме того, президент нашей


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

135

страны представил нашему народу постановление «О развитии системы издания и

распространения книжной продукции, программу комплексных мер по повышению и

развитию культуры книжного чтения и чтения».[1]

Ключевые

слова:

книгочтение,

культура

чтения

книг,

издательско-

полиграфическая отрасль, информационно-библиотечная деятельность, материально-

техническая база научной и популярной книги, онлайн- и офлайн-библиотеки.

Kitob - zamonlar to‘lqinida suzuvchi, o‘zidagi ma’nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga

avaylab yetkazuvchi tafakkur kemasidir. Uning har bir sahifasi hikmatlarga boy va dillarga

ro‘shnolik kiritib, ezgu tuyg‘ularni uyg‘otmoqqa qodir. Shu bois so‘nggi yillarda mamlakatimizda

kitob mutolaasi va targ‘iboti, kitobxonlik ma’daniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar

qabul qilinib, yurtimizning barcha hududlarida, xususan OTM larda talabalar orasida kitobxonlikni

keng targ‘ib qilishga asosiy e’tibor qaratilmoqda .

Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusni talaba – yoshlar orasida

keng targ‘ib qilish , ularning bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanish, shuningdek, qishki ta’tilda

dam olish kunlarini ham mazmunli o‘tkazishni yanada orttirish, kitobxonlik va kitob mutolaasiga

samarali jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuqoridagi fikrlarimiz tasdig‘i sanaladi.

Bugungi

jamiyatimizda

kitobxonlikni

rivojlantirish,

mutolaa

madaniyatini

takomillashtirish borasida har doimgi davrdan bir necha barobar ko‘p miqdorda samarali ishlar

amalga oshmoqda, tashviqot – targ‘ibotlar olib borilmoqda. Ma’naviy barkamol kitobxon avlod

tarbiyasida har bir o‘quvchi, muhim va mustahkam poydevordir.

Ma’naviy hayotimizmni yuksaltirishda ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan ana shunday muhim

vazifalarni kompleks hal qilish, kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini

takomillashtirish, o‘zbek va dunyo adabiyotining eng yaxshi namunalarini internet tarmoqlariga

joylashtirish va ularni targ‘ib qilish hamda keng kitobxonlar ommasiga yetkazish ishlarini samarali

tashkil etish maqsadida bir nechta qarorlar qabul qilinmoqda.

Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va

kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi

ilovaga muvofiq tasdiqlandi. Undan tashqari kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, noshirlik

va matbaa sohalarini yanada rivojlantirishga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish,

ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kitoblarni, ayniqsa, bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop

etish kabi ishlar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

136

Bundan tashqri nashriyot va matbaa sohasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarni

yetishtirish, badiiy va texnik muharrirlar, grafikachi rassomlar, axborot-kutubxona xodimlarini

tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan bir nechta ishlar olib borildi.

Prezidentimiz tomonidan lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosidagi ilmiy –

texnik, adabiy – badiiy va ensiklopedik adabiyotlarni yanada ko‘paytirishga asoslangan qaororlar

ishlab chiqildi.

Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarini tizimli va

samarali tashkil etish borasida kitobxonlar, kutubxonachi va targ‘ibotchilar o‘rtasida “Eng faol

kitobxon maktab”, “Eng faol kitobxon mahalla”, “Eng faol kitobxon oila”, “Eng faol

kutubxonachi” kabi ko‘rik-tanlovlarning saralash va respublika bosqichlarini yuqori saviyada

o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. [2]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kitobxonlikni va

kutubxonalarning soni va salmog‘ini kenggaytirish borasida 20-fevral kuni Anqara shahrida

Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimida ishtirok

etganligi yuqoridagi ma’lumotlarimizning dalilidir.

Yurtboshimiz ushbu anjumanda dunyoda o‘ta noyob bo‘lgan “Usmon Mushafi”ning

xattotlarimiz tomonidan ko‘chirilgan nusxasi, Jaloliddin Rumiyning mashhur “Masnaviy” asari

hamda Abu Bakr ar-Roziyning “Kasalliklar tarixi” asari qo‘lyozmalarining faksimile nusxalari,

“Alisher Navoiy asarlarining Istanbul kutubxonalaridagi tasviriy nusxalari” nomli kitob-albom,

Yunus Emro she’rlarining o‘zbek tiliga tarjimasi jamlangan “O‘lmas ko‘ngul” deb nomlangan

kitoblarni kutubxonaga tuhfa qildi. Shuningdek, Turkiya Prezidenti huzuridagi, Xalq

kutubxonasiga 350 dan ziyod turli mavzudagi kitoblar taqdim etildi.[3]

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki – Kitoblar bizning yo‘limizni yoritib turuvchi

mayoqdir. Uning bizga beradigan ma’lumotlari asrlar davomida bizni parokandalik illatidan

qutqaradi to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi.

Jamiyatimizning aksariyat qismini yoshlarimiz qamrab olgan. Har bir millatning

taraqqiyotini ana shu yoshlarimiz belgilab beradi. Shunday ekan kitobga bo‘lgan muhabbatni keng

targ‘ib etish siz – u bizning asosiy vazifamizdir. Eng avvalo ilmga bo‘lgan muhabbat oilada,

bolaning go‘daklik chog‘ida uyg‘onmog‘i lozim. Zero kitob o‘qishni odat qilmagan oila ma’naviy

qashshoq oiladir deb ta’kidlashadi.

Bugungi jamiyatimizda kitobxonlik ma’daniyatini rivojlantirish, talaba – yoshlarning

kitobga bo‘lgan qiziqishini orttirish zamonamizning diqqat markazidagi mavzuga aylanmoqda.


background image

2024

DECEMBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 10

137

Axborot – texnalogiyalar asriga aylangan bu davrda yoshlarimizning kitob mutolaasiga

bo‘lan e’tibori, sezilarli darajada pasaymoqda. Internet tarmog‘ining biz kitobxonlar , kitobni

sevuvchilar uchun ijobiy tomonlari ham mavjud. Badiiy, ilmiy va boshqa turdagi kitoblarni

elektron variantda o‘qish, bundan tashqari, boshqa tildagi kitoblarni o‘z tilimizga tarjima qilib

mutolaa qilishimiz mumkin. Xususan mamlakatimizda ham kitobxonlikni keng targ‘ib etish, kitob

mutolaasini yoshlarimiz orasida kengaytirish borasida yangidan yangi – zamon talabiga to‘la-qonli

javob beradigan kutubxonalar tashkil etilmoqda.

Yuqorida amalga oshirilayotgan islohotlarimiz o‘zining nafaqat mintaqaviy, yanada

yuksak darajali global samarasini bermoqda. Chunki yoshlarimizning erishayotgan barcha

yutuqlarida kitobning hissasi beqiyosdir.

Prezidentimiz tomonidan talaba-yoshlarda kitobxonlikni oshirishga qaratilgan juda ko‘plab

qarorlar qabul qilindi, Respublika miqyosidagi ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi. Bularning barchasi

xalqimizning ma’naviy tafakkurini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaldagi

natijsidir.

AZIZ YOSHLARIMIZ! Kitobni e’zozlashimiz, ardoqlashimiz lozimdir, zero yangi

tafakkurning qasriga ehtirom ila kirmog‘imiz uchun ..! ( A. Jomiy ).

REFERENCES

1.

https://kun.uz/31524052?q=%2Fuz%2F31524052

2.

https://kun.uz/31524052?q=%2Fuz%2F31524052

3.

https://president.uz/oz/lists/view/3373

4.

NURQULOV B. YOSHLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH

OMILLARI //UzMU xabarlari. – 2024. – Т. 1. – №. 1.3. 1. – С. 190-193.

5.

Nurqulоv B. G. THE MAIN THEORETICAL APPROACHES TO THE CONCEPT OF

POLITICAL SOCIALIZATION //Academic research in educational sciences. – 2024. –

№. 3. – С. 426-431.

6.

Nurqulov B. G. SAYLOV VA UNING YOSHLAR FAOLIYATIDA TUTGAN OʻRNI

//Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 432-436

References

NURQULOV B. YOSHLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH OMILLARI //UzMU xabarlari. – 2024. – Т. 1. – №. 1.3. 1. – С. 190-193.

Nurqulоv B. G. THE MAIN THEORETICAL APPROACHES TO THE CONCEPT OF POLITICAL SOCIALIZATION //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 426-431.

Nurqulov B. G. SAYLOV VA UNING YOSHLAR FAOLIYATIDA TUTGAN OʻRNI //Academic research in educational sciences. – 2024. – №. 3. – С. 432-436