THE BODY AND MIND PROBLEM: A CONTEMPORARY MEDICAL APPROACH TO THE IDEA OF DUALISM

Abstract

This article, “The Body–Mind Problem: A Contemporary Medical Approach to the Idea of Dualism,” offers an interdisciplinary examination of the relationship between the bodily (physical) and the mental/spiritual (psychic) aspects of human beings. The introduction outlines the historical origins of dualism and monism — from classical philosophers such as Plato to Descartes and later thinkers. The main section surveys medical perspectives and practices: psychosomatic disorders, the biopsychosocial model, advances in neuroscience regarding consciousness, and integrative clinical approaches combining psychotherapy, pharmacotherapy, and complementary modalities. The paper critically assesses the limits of classical dualism and argues for a holistic understanding of patients, where biological and mental factors are studied interactively. The conclusion highlights how a synthesis of philosophical insight and medical science can improve diagnosis, treatment, and the humane care of patients, suggesting directions for future research and clinical practice.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Shakarov, B. ., & Sheraliyeva, G. . (2025). THE BODY AND MIND PROBLEM: A CONTEMPORARY MEDICAL APPROACH TO THE IDEA OF DUALISM. Modern Science and Research, 4(11), 190–194. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139277
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article, “The Body–Mind Problem: A Contemporary Medical Approach to the Idea of Dualism,” offers an interdisciplinary examination of the relationship between the bodily (physical) and the mental/spiritual (psychic) aspects of human beings. The introduction outlines the historical origins of dualism and monism — from classical philosophers such as Plato to Descartes and later thinkers. The main section surveys medical perspectives and practices: psychosomatic disorders, the biopsychosocial model, advances in neuroscience regarding consciousness, and integrative clinical approaches combining psychotherapy, pharmacotherapy, and complementary modalities. The paper critically assesses the limits of classical dualism and argues for a holistic understanding of patients, where biological and mental factors are studied interactively. The conclusion highlights how a synthesis of philosophical insight and medical science can improve diagnosis, treatment, and the humane care of patients, suggesting directions for future research and clinical practice.


background image

190

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

TANA VA RUH MUOMMOSI: TIBBIYOTDA DUALIZM G’OYASIGA ZAMONAVIY

YONDASHUV

B.X. Shakarov

1

G.Sh. Sheraliyeva

2

Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti, Toshkent, Oʻzbekiston

Ijtimoiy fanlar kafedrasi, assistenti

1

2-son davolash ishi, I bosqich talabasi

2

https://doi.org/10.5281/zenodo.17559819

Annotatsiya.

“Tana va ruh muammosi: tibbiyotda dualizm gʻoyasiga zamonaviy

yondashuv” mavzusidagi ushbu maqola tana (jismoniy) va ruh (psixik/maʼnaviy) o‘rtasidagi
munosabatni tibbiy va falsafiy nuqtai nazardan tahlil qiladi. Kirishda dualizm va monizm
tushunchalarining tarixiy ildizlari — Platon, Dekart va keyingi falsafiy anʼanalar qisqacha
yoritiladi. Asosiy qismda tibbiyot olamidagi amaliy yondashuvlar: psixosomatik kasalliklar,
biopsixososial model, nevrobiologiya va ongning neyrofiziologik asoslari keltiriladi.

Shuningdek, ruhiy va jismoniy sog‘liqni integratsiyalashgan davolash yondashuvlari

(psixoterapiya, farmakoterapiya, integrativ tibbiyot) misollar bilan ko‘rib chiqiladi. Maqola
zamonaviy tadqiqotlar va klinik amaliyotlar orqali dualizm g‘oyasining chegaralari va uning
tibbiyotdagi amaliy oqibatlarini muhokama qiladi, hamda insonni yakka elementlar emas, balki
birlik sifatida qarash zarurligini taʼkidlaydi. Xulosa qismida falsafa va tibbiyotning sintezi
sog‘liqni tushunish va davolashni boyitishi mumkinligi ifodalanadi.

Kalit soʻzlar:

dualizm, monizm, biopsixososial model, psixosomatika, nevrobiologiya,

integrativ tibbiyot.

ПРОБЛЕМА ТЕЛА И ДУШИ: СОВРЕМЕННЫЙ ПОДХОД К ИДЕЕ ДУАЛИЗМА В

МЕДИЦИНЕ

Аннотация.

В статье «Проблема тела и души: современный подход к идее

дуализма в медицине» проводится междисциплинарный анализ взаимоотношений между
телесным (физическим) и душевным (психическим/субъективным) аспектами человека.

Во введении рассматриваются исторические корни дуализма и монизма — от

Платона до Декарта и последующих философских течений. Основная часть посвящена
медицинским

моделям

и

практикам:

психосоматические

расстройства,

биопсихосоциальная модель, достижения нейробиологии в изучении сознания, а также
клинические подходы, объединяющие психотерапию, фармакологию и комплементарные
методы. Обсуждаются ограничения классического дуализма и аргументы в пользу
холистического (целостного) понимания пациента, когда биологические и психические
факторы рассматриваются во взаимосвязи. В заключении подчёркиваются перспективы
плодотворного диалога между философией и медициной для более эффективной
диагностики и лечения, а также для более гуманистического отношения к пациенту.

Ключевые слова:

дуализм, монизм, биопсихосоциальная модель, психосоматика,

нейробиология, интегративная медицина.

THE BODY AND MIND PROBLEM: A CONTEMPORARY MEDICAL APPROACH

TO THE IDEA OF DUALISM

Abstract.

This article, “The Body–Mind Problem: A Contemporary Medical Approach to

the Idea of Dualism,” offers an interdisciplinary examination of the relationship between the
bodily (physical) and the mental/spiritual (psychic) aspects of human beings. The introduction
outlines the historical origins of dualism and monism — from classical philosophers such as


background image

191

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Plato to Descartes and later thinkers. The main section surveys medical perspectives and
practices: psychosomatic disorders, the biopsychosocial model, advances in neuroscience
regarding consciousness, and integrative clinical approaches combining psychotherapy,
pharmacotherapy, and complementary modalities. The paper critically assesses the limits of
classical dualism and argues for a holistic understanding of patients, where biological and
mental factors are studied interactively. The conclusion highlights how a synthesis of
philosophical insight and medical science can improve diagnosis, treatment, and the humane
care of patients, suggesting directions for future research and clinical practice.

Keywords:

dualism, monism, biopsychosocial model, psychosomatics, neuroscience,

integrative medicine.

Kirish

Inson mavjudotining eng asosiy va abadiy savollaridan biri — uning tabiati nima: inson

faqat biologik organizmmi yoki unda alohida, mustaqil ruhiy (psixik/ma’naviy) qatlam ham
bormi? Ushbu savol falsafaning eng qadimiy bo‘limlaridan birini —

tana va ruh muammosi

ni

tashkil etadi. Klassik davr falsafasida bu masala Platon va uning ta’limotida aniq ifoda topgan:
ruhning tana ichidagi vaqtinchalik joylashuvi va uning abadiy mohiyati haqida fikrlar mavjud edi
[1].

Yevropa modern falsafasida dualizm kontseptsiyasining eng mashhur varianti — Rene

Dekart tomondan ishlab chiqilgan. Dekart insonni ikkita asosiy substantsiyadan — kengayuvchi
moddiy tana (

res extensa

) va fikrlovchi ruh (

res cogitans

) dan iborat deb tasavvur qildi; uning

asosiy savollari orasida tana va ruh qanday qilib o‘zaro munosabatda bo‘lishi mumkinligi ham
bor edi [2]. Bu klassik metafizik model ko‘plab keyingi bahs-munozaralarning boshlang‘ich
nuqtasi bo‘lib xizmat qildi.

XX asrning o‘rtalariga kelib, tibbiyot va psixiatriya sohasida dualizmga qarshi tanqidiy

qarashlar rivojlana boshladi hamda sog‘liqni tushunishda faqat biologik (biomedikal) yondashuv
yetarli emasligi ta’kidlandi. Shu jarayonda George L. Engel tomonidan taklif qilingan

biopsixososial model

tibbiyot nazariyasiga katta ta’sir ko‘rsatdi: barcha kasallik va salomatlik

holatlari biologik, psixologik va ijtimoiy omillar o‘zaro ta’siri natijasida paydo bo‘ladi, deb
ta’kidlanadi [3]. Ushbu paradigma sog‘liqni yagona biologik mexanizmlar orqali emas, balki
tizimli, ko‘p o‘lchovli kontekstda ko‘rishni rag‘batlantirdi.

Shuningdek, nevrobiologiya va kognitiv fanlarning taraqqiyoti ong va ruhiy holatning

biologik shakllarini aniqlashga intildi. Antonio Damasio kabi olimlar emotsiyalar va qaror qabul
qilish jarayonlarining neyrobiologik asosi borligini ko‘rsatib, klassik dualistik tafakkurning ba’zi
jihatlarini tanqid qildi va “ong – miyadagi jarayonlar natijasi” degan yondashuvni kuchaytirdi
[4]. Neyrovaziyat va ongning neyrokorrelatlarini o‘rganish sohasidagi so‘nggi tadqiqotlar,
xususan, ongning neyron tarmoqlarga bog‘liqligini va integratsiyalashgan ma’lumotni qayta
ishlash (information integration) bilan izohlashga intilayotgan nazariyalarni ilgari surmoqda [5].

Bundan tashqari, zamonaviy tibbiyot amaliyotida psixosomatik kasalliklar, stress bilan

bog‘liq surunkali holatlar va og‘riq sindromlari kabi hodisalar tana-ruh chegarasini amaliy
jihatdan qayta ko‘rib chiqishga majbur etadi. Klinikal tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, emotsional
va ijtimoiy stresslar fiziologik tizimlarga — immun, endokrin va neyroendokrin sistemalarga —
ta’sir ko‘rsatib, kasallikning yuzaga kelishi yoki og‘irlashishiga hissa qo‘shadi; bu esa tibbiy
yordamni integratsiyalashgan (masalan, psixoterapiya + farmakoterapiya + turmush tarzi
o‘zgarishlari) yondashuvga yo‘naltiradi [6].


background image

192

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Shu nuqtai nazardan, “dualizm” tushunchasi tibbiyotda ikki xil natijalarni paydo qiladi:

bir tomondan, u ong va tanani alohida kategoriyalar sifatida ko‘rib, ishlashda soddalashtirish
imkonini beradi; boshqa tomondan esa, amaliyotda yuzaga kelayotgan murakkab kasalliklarni
tushunish va davolashda cheklovlar keltirib chiqaradi. Shu sababli zamonaviy yondashuvlar —
biopsixososial paradigma, neyrobiologik tadqiqotlar va integrativ tibbiyot amaliyotlari —
dualizmga yangi, interaktiv va pluralistik talqinlarni beradi [3][4][6][7].

Ushbu maqolaning kirish qismi sifatida maqsad — dualizmning falsafiy ildizlarini

(Platon, Dekart), uning tibbiyotdagi tarixiy va nazariy bosqichlarini (biomedikal modeldan
biopsixososial modelga o‘tish), shuningdek, nevropsixologiya va integrativ tibbiyot nuqtai
nazaridan tana va ruh o‘rtasidagi murakkab aloqalarni zamonaviy tadqiqotlar va klinik amaliyot
misollarida yoritishdir. Keyingi bo‘limlarda bu komponentlar chuqur tahlil qilinadi va tibbiy
amaliyot uchun qanday konseptual va metodologik xulosalar chiqishi mumkinligi muhokama
qilinadi [3][5][8].

Material va metodlar

Ushbu tadqiqotda tana va ruh muammosi, shuningdek, tibbiyotda dualizm g‘oyasiga

zamonaviy yondashuvlar tahlil qilindi. Ish nazariy-tahliliy yo‘nalishda olib borildi va quyidagi
manbalar hamda metodologik yondashuvlarga tayandi:

1. Adabiyot manbalari

Tahlil jarayonida xalqaro ilmiy bazalar (PubMed, Scopus, Web of Science, Google

Scholar) hamda Stanford Encyclopedia of Philosophy, APA journals va boshqa yetakchi ilmiy
nashrlar o‘rganildi. Asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:

Dualizm va monizmning falsafiy ildizlari;

Tana va ruhning biologik, psixologik va ijtimoiy o‘lchamlari;

Psixosomatik va biopsixososial yondashuvlarning tibbiyotdagi roli;

Nevrobiologik tadqiqotlar va ongning biologik asoslari;

Integrativ tibbiyot orqali ruhiy va jismoniy sog‘liqni tiklash usullari.

2. Nazariy asoslar

Tadqiqot falsafa, psixologiya va nevrobiologiya qonunlariga tayangan holda olib borildi.

Tahlil quyidagi darajalarda amalga oshirildi:

Falsafiy daraja

– Platon, Dekart va zamonaviy falsafiy oqimlarning tana-ruh

munosabatini izohlashdagi yondashuvlari;

Biologik daraja

– miya va nerv tizimi faoliyati, ongning neyrofiziologik asoslari;

Psixologik daraja

– psixosomatik jarayonlar, emotsional va ruhiy holatning sog‘liqqa

ta’siri;

Tizimli daraja

– biopsixososial model orqali inson sog‘lig‘i va uning ijtimoiy muhit

bilan o‘zaro ta’siri.

3. Metodologik yondashuvlar

Falsafiy-tahliliy metod

: Dualizm va monizm nazariyalarini tarixiy va zamonaviy

kontekstda tahlil qilish;

Tadqiqotlar va sistematik sharhlar

: Xalqaro klinik va eksperimental tadqiqotlar

natijalari asosida psixosomatik va integrativ yondashuvlarni solishtirish;

Neyrobiologik tahlil

: Ongning biologik asoslarini va ruhiy jarayonlarning neyron

tarmoqlar bilan bog‘liqligini o‘rganish;

Sintez va integratsiya

: Falsafa, psixologiya va tibbiyot bilimlarini birlashtirib tana va

ruhning o‘zaro ta’sir mexanizmlarini konseptual model shaklida tavsiflash.


background image

193

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

4. Tadqiqot obyekti va materiali

Ishda mavjud ilmiy adabiyotlar, neyrobiologik tadqiqotlar, psixosomatik kasalliklar

bo‘yicha klinik hisobotlar va integrativ tibbiyot amaliyoti misollari asos qilib olindi. Bevosita
bemorlar ustida eksperimental tadqiqot olib borilmagan; asosiy ma’lumotlar xalqaro ilmiy
nashrlardan va so‘nggi sharh maqolalardan olingan.

5. Metodlar integratsiyasi

Olingan ma’lumotlar falsafa, tibbiyot, psixologiya va nevrobiologiya fanlari bilan uzviy

bog‘liq holda tahlil qilindi. Natijada tana va ruh o‘rtasidagi murakkab o‘zaro ta’sir, shuningdek,
dualizm va zamonaviy tibbiy yondashuvlar asosida konseptual tavsif yaratildi.

Natijalar va ularning muhokamasi

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, tana va ruh muammosini tibbiyot kontekstida

dualizm asosida tahlil qilish, inson sog‘lig‘ini yaxlit tushunish va psixosomatik jarayonlarni
yanada samarali baholash imkonini beradi. Quyidagi ilmiy yondashuvlar asosiy ahamiyatga ega
bo‘ldi:

Falsafiy-tahliliy modellashtirish

– dualizm va monizm konseptlarini tahlil qilish orqali

tana va ruhning o‘zaro munosabatini tushunish va sog‘liqni yaxlit ko‘rish mumkinligi aniqlandi.

Psixosomatik va biopsixososial yondashuvlar

– ruhiy holat va emotsional stressning

biologik tizimlar (masalan, immun va endokrin sistemalar) faoliyatiga ta’siri modellashtirildi;
ruhiy va jismoniy salomatlik o‘rtasidagi integratsiyalashgan bog‘liqlik tasdiqlandi.

Neyrobiologik monitoring

– miya va nerv tizimi faoliyatini tahlil qilish orqali ong va

ruhiy jarayonlarning biologik asoslari va ularning tana bilan o‘zaro ta’siri aniqlandi.

Integrativ yondashuvlar

– psixoterapiya, farmakoterapiya va turmush tarzi o‘zgarishlari

kombinatsiyasi ruhiy va jismoniy sog‘liqni yaxshilashda samarali mexanizm sifatida baholandi.

Biofizik va psixologik sinxronlik

– ruhiy holat, emotsional javoblar va biologik tizimlar

o‘rtasidagi uyg‘unlik, sog‘liqni saqlash va kasalliklarni oldini olishda muhim omil ekanligi
tasdiqlandi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, tana va ruhni alohida elementlar sifatida emas, balki

integratsiyalashgan tizim sifatida ko‘rish — dualizm g‘oyasining zamonaviy talqinini yaratadi va
klinik amaliyotda psixosomatik kasalliklarni aniqlash hamda davolashni optimallashtirish
imkonini beradi.

Shu bilan birga, falsafiy nazariyalar va zamonaviy tibbiy yondashuvlarni birlashtirish

insonni yaxlit ob’ekt sifatida tushunishga, shuningdek, sog‘liqni baholash va davolash
samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Xulosalar

Xulosa qilib aytganda, tana va ruh muammosini tibbiyot va psixologiya nuqtai nazaridan

tadqiq qilish zamonaviy integrativ yondashuvlarning eng muhim natijalaridan biri hisoblanadi. U
tana va ruhning o‘zaro ta’sirini tushunish, psixosomatik jarayonlarni aniqlash va sog‘liqni yaxlit
baholashda beqiyos ahamiyatga ega.

Biopsixososial va neyrobiologik yondashuvlar ruhiy holat, emotsional javoblar va

biologik tizimlarning uyg‘un ishlashini ko‘rsatadi, bu esa sog‘liqni tiklash va kasalliklarni oldini
olishda samarali vosita hisoblanadi.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, tana va ruhning integratsiyalashgan modeli — elektr,

mexanik va biokimyoviy jarayonlar bilan bog‘liq biologik tizimlarning uyg‘unligi — inson
sog‘lig‘ini yaxlit baholash va davolashda asosiy omil sifatida xizmat qiladi.


background image

194

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11

Kelgusida, zamonaviy texnologiyalar, xususan, sun’iy intellekt, neyrofeedback tizimlari

va integrativ psixofiziologik metodlar yordamida tana va ruh o‘rtasidagi murakkab o‘zaro
ta’sirni yanada chuqurroq o‘rganish va sog‘liqni saqlashning individualizatsiyalashgan
yondashuvlarini yaratish imkoniyati mavjud.

Foydalanilgan manbalar

1.

Plato.

Phaedo

(transl. Gallop). Oxford University Press.

https://global.oup.com

2.

Descartes,

R.

(1641).

Meditations

on

First

Philosophy.

https://www.earlymoderntexts.com/assets/pdfs/descartes1641.pdf

3.

Engel, G. L. (1977).

The Need for a New Medical Model: A Challenge for Biomedicine.

Science, 196(4286), 129–136.

https://doi.org/10.1126/science.847460

4.

Damasio, A. R. (1994).

Descartes' Error: Emotion, Reason, and the Human Brain.

G.P.

Putnam’s Sons. https://www.penguinrandomhouse.com/books/283898/descartes-error-by-
antonio-r-damasio/

5.

Wu, W. (2018).

The Neuroscience of Consciousness.

Stanford Encyclopedia of

Philosophy.

https://plato.stanford.edu/entries/consciousness-neuroscience/

6.

Kusnanto, H. et al. (2018).

Biopsychosocial Model of Illnesses in Primary Care.

https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC5843983/

7.

Bolton, D. (2023).

A Revitalized Biopsychosocial Model: Core Theory and Research.

https://www.frontiersin.org/articles/10.3389/fpsyt.2023.1009847/full

8.

NCCIH / NIH. (2022).

Complementary, Alternative, or Integrative Health: What’s In a

Name.

https://www.nccih.nih.gov/health/complementary-alternative-or-integrative-health-

whats-in-a-name


References

Plato. Phaedo (transl. Gallop). Oxford University Press. https://global.oup.com

Descartes, R. (1641). Meditations on First Philosophy. https://www.earlymoderntexts.com/assets/pdfs/descartes1641.pdf

Engel, G. L. (1977). The Need for a New Medical Model: A Challenge for Biomedicine. Science, 196(4286), 129–136. https://doi.org/10.1126/science.847460

Damasio, A. R. (1994). Descartes' Error: Emotion, Reason, and the Human Brain. G.P. Putnam’s Sons. https://www.penguinrandomhouse.com/books/283898/descartes-error-by-antonio-r-damasio/

Wu, W. (2018). The Neuroscience of Consciousness. Stanford Encyclopedia of Philosophy. https://plato.stanford.edu/entries/consciousness-neuroscience/

Kusnanto, H. et al. (2018). Biopsychosocial Model of Illnesses in Primary Care. https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC5843983/

Bolton, D. (2023). A Revitalized Biopsychosocial Model: Core Theory and Research. https://www.frontiersin.org/articles/10.3389/fpsyt.2023.1009847/full

NCCIH / NIH. (2022). Complementary, Alternative, or Integrative Health: What’s In a Name. https://www.nccih.nih.gov/health/complementary-alternative-or-integrative-health-whats-in-a-name