Authors

  • Bahora Odilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.138873

Keywords:

judicial law judicial authority justice the rule of law strengthening the rule of law liberalization of legislation appeal cassation and review.

Abstract

Ushbu maqolada mamlakatimizda koʻyingi yilllarda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari doirasida sudlarning chinakam mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan Prezident farmonlari, ularning mhoiyati xususida soʻz yuritilgan.

background image


Noyabr, 2025-Yil

129

SUDLAR MUSTAQILLIGINI TAʼMISHLASH BORASIDA PREZIDENT FARMONLARI

Odilova Bahora Muzaffarjon qiz

Farg‘ona yuridik texnikumi

II bosqich “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 43-24-guruh o‘quvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17584257

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mamlakatimizda koʻyingi yilllarda amalga oshirilayotgan

sud-huquq islohotlari doirasida sudlarning chinakam mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan
Prezident farmonlari, ularning mhoiyati xususida soʻz yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

sud-huquq, sud hokimiyati, odil sudlov, qonun ustuvorligi, qonuniylikni

mustahkamlash, qonunchilikni liberallashtirish, apelliyatsiya, kassatsiya, taftish.

Аннотация.

В данной статье рассматриваются указы Президента, направленные

на обеспечение подлинной независимости судов в рамках судебно-правовых реформ,
проводимых в нашей стране в последние годы, и их значение.

Ключевые понятия:

This article examines the presidential decrees aimed at ensuring the

genuine independence of the courts as part of the judicial and legal reforms carried out in our
country in recent years, and their significance.

Abstract.

судебное право, судебная власть, правосудие, верховенство закона,

укрепление законности, либерализация законодательства, апелляция, кассация, ревизия.

Key concepts:

judicial law, judicial authority, justice, the rule of law, strengthening the

rule of law, liberalization of legislation, appeal, cassation, and review.

Yurtimizda olib borilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlarning asosiy yoʻnalishlaridan

biri sifatida – sud hokimiyatining amalda mustaqilligini taʼminlashga erishish va odil sudlovni
samarali taʼminlashdan iborat ekanligini taʼkidlash lozim. Sud-huquq tizimini isloh qilish
demokratik islohotlarni amalga oshirish, qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni
mustahkamlash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, huquqiy tizimni izchil
demokratlashtirish va qonunchilikni liberallashtirishni koʻzda tutadi.

1

Prezidentimiz ham sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bagʻishlangan

barcha nutqlarida sudlarning chinakam mustaqilligini taʼminlash eng ustuvor vazifa ekanligi,
sudlar faoliyatiga boshqa shaxslarning aralashuviga mutlaqo yoʻl qoʻymaslik lozimligi, shu
boisdan ham sud ishlariga aralashgani yoki sudga bosim oʻtkazgani uchun javobgarlikni
kuchaytirish talab qilinishi xususida koʻp bora alohida taʼkidlab keladilar.

Shu munosabat bilan sud himoyasini taʼminlashdagi ortiqcha byurokratik toʻsiqlar saqlanib

qolayotganligi, sud qarorlarini qayta koʻrishning bir-birini takrorlovchi bosqichlari mavjudligi va
boshqa qator kamchiliklar sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro
standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqishni taqozo etganligi, sud amaliyoti sudlarni qatʼiy
ixtisoslashtirish va ortiqcha byurokratik harakatlarni qisqartirish hamda sudlarni optimallashtirish
orqali ishlarni tezkorlik bilan koʻrib chiqadigan, barcha boʻgʻin sudlari bir xilda faoliyat
yuritadigan tizimni shakllantirish zarurati mavjudligidan, sudlovga oid qonunchilikni

1

B.Toshev. Odil sudlovni taʼminlashning institutsional asoslari. https://uzmarkaz.uz/uz/news/odil-sudlovni-

taminlashning-institutsional-asoslari.


background image


Noyabr, 2025-Yil

130

takomillashtirish, sud hokimiyatini toʻliq amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish, odamlarni
sudga ishonchini yanada oshirish asosiy vazifalardan kelib chiqib Prezidentimiz tomonidan oxirgi
besh yillikda koʻplab farmonlar qabul qilindi.

Jumladan,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator farmonlari qabul qilindi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabrdagi PF-4850-

sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli
himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi,

2

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-sonli “Sudyalarning chinakam mustaqilligini

taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi,

3

2023-yil 16-yanvardagi PF-12-sonli “Odil sudlov faoliyatini amalga

oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi

4

, 2023-yil 16-

yanvardagi PF-11-sonli “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar
faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi

5

, 2024-yil 10-

iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini
ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi,

6

2025-yil

21-avgustdagi PF-141-sonli “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni

7

larini aytib oʻtish mumkin.

Ushbu qabul qilingan farmonlar oʻz mazmun-mohiyati bilan sudga hurmatsizlik qilish va

sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish boʻyicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish
mezonlarini koʻrsatib berdi. Sud qarorlarining ijrosini taʼminlashda davlat organlari va mahalliy
hokimliklarning masʼuliyatini oshirilib, xalqining odil sud va davlatdan rozi boʻlishiga alohida
eʼtibor qaratilayotganligidan dalolat beradi deyish mumkin.

Ayniqsa, tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada koʻrilgan

ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarida apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta
koʻrib chiqish vakolati berilgani sud qarorlari qonuniy va adolatli qabul qilinganini tekshirishning
qulay va soddalashtirilgan tartibini belgilab berganligini, birinchi instansiya sudining qaror yoki
hukmidan norozi taraflar viloyat sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilib,
ularning ham natijasidan qoniqmasa, ushbu ish mazkur sudlarda taftish tartibida qayta koʻrib

2

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh

qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/3050491.

3

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-son “Sudyalarning chinakam

mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi

farmoni. https://lex.uz/docs/5146554.

4

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi PF-12-son “Odil sudlov faoliyatini amalga

oshirishni

samarali

tashkil

etish

boʻyicha

qoʻshimcha

chora-tadbirlar

toʻgʻrisida”gi

Farmoni.

https://lex.uz/docs/6358913

.

5

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvar PF-11-son “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini

yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
Farmoni. https://lex.uz/docs/6358976.

6

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida

shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi farmoni https://lex.uz/docs/6964387.

7

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2025-yil 21-avgustda PF-141-son “Odil sudlov sohasida yuqori malakali

kadrlar

tayyorlash

tizimini

tubdan

takomillashtirish

chora-tadbirlari

toʻgʻrisida”

Farmoni.

https://lex.uz/ru/docs/7696594.


background image


Noyabr, 2025-Yil

131

chiqilishi, sud ishidan yana norozi boʻlgan taqdirda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar taftish
tartibida koʻrib chiqqan ishlar Oliy sudning sudlov hayʼatlarida taftish tartibida qayta koʻrib
chiqilishining belgilanganligi, oʻz-oʻzidan yuqori instansiya sudlariga yanada katta masʼuliyat
yuklab, ishni yangidan koʻrish uchun quyi sudlarga yuborish tartibining bekor qilinayotgani ham
sud hujjatidan norozi shaxsning yuqori instansiya sudlariga ishonchini mustahkamlanishiga
xizmat qiladi.

Xulosa oʻrnida, inson qadr-qimmatini ulugʻlashga qaratilgan ushbu farmonlarda

sudyalarning chinakam mustaqilligi taʼminlanishi, ularning ishiga har qanday aralashuv qatʼiy
jazolanishi, sudyalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi
belgilangani ham sud-huquq islohotlarini yangi va sifatli bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Eng asosiysi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy kafolatlari

yanada kuchaytirilib, ish boʻyicha barcha holatlar sud tomonidan har tomonlama va toʻliq
tekshirilishi, dalillarga xolisona baho berilishi, huquq-tartibot idoralarining tamomila yangicha
ishlashi va xalqimizning sudlarga boʻlgan qatʼiy ishonchini oshirishda muhim oʻrin tutadi.

8

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq
tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
kafolatlarini

kuchaytirish

chora-tadbirlari

toʻgʻrisida”gi

Farmoni.

https://lex.uz/docs/3050491.

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-son “Sudyalarning

chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi

farmoni. https://lex.uz/docs/5146554.

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi PF-12-son “Odil sudlov
faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358913.

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvar PF-11-son “Odil sudlovga
erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga
doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358976.

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2025-yil 21-avgustda PF-141-son “Odil sudlov

sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni.

https://lex.uz/ru/docs/7696594

.

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv
hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
kafolatlarini

yanada

kuchaytirish

chora-tadbirlari

toʻgʻrisida”gi

farmoni

https://lex.uz/docs/6964387.

7.

B.Toshev.

Odil

sudlovni

taʼminlashning

institutsional

asoslari.

https://uzmarkaz.uz/uz/news/odil-sudlovni-taminlashning-institutsional-asoslari.

8.

O.Karimov. Odil sudlov – insonparvarlik va adolat ustuni https://uza.uz/uz/posts/odil-
sudlov-insonparvarlik-va-adolat-ustuni_447134.

8

O.Karimov. Odil sudlov – insonparvarlik va adolat ustuni https://uza.uz/uz/posts/odil-sudlov-insonparvarlik-va-

adolat-ustuni_447134.

References

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/3050491.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-son “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni. https://lex.uz/docs/5146554.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi PF-12-son “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358913.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvar PF-11-son “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/6358976.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustda PF-141-son “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/7696594.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni https://lex.uz/docs/6964387.

B.Toshev. Odil sudlovni taʼminlashning institutsional asoslari. https://uzmarkaz.uz/uz/news/odil-sudlovni-taminlashning-institutsional-asoslari.

O.Karimov. Odil sudlov – insonparvarlik va adolat ustuni https://uza.uz/uz/posts/odil-sudlov-insonparvarlik-va-adolat-ustuni_447134.