2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
131
XORIJIY MAMLAKATLARDA TERGOV SUDYASI INSTITUTI
To‘lanboyev Islombek Ilhomjon o‘g‘li
Farg‘ona yuridik texnikumi
“Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 2-bosqich 43-24-guruh o‘quvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17592292
Annotatsiya.
Ushbu maqolada sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida
joriy etilgan tergov sudyasi instituti, uning ahamiyati hamda xorijiy davlatlarning bu borada
toʻplagan tajribalari haqida soʻz yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
sud amaliyoti, tergov sudyasi, protsess ishtirokchisi, jinoyat ishi qoʻzgʻatish,
ehtiyot chorasi qoʻllash, qamoqqa olish, tergov harakatlari, tibbiy muassasaga joylashtirish.
Аннотация.
В данной статье рассматривается институт следственного судьи,
внедренный в рамках реформ, проводимых в судебной системе, его значение и накопленный
опыт зарубежных стран в этой области.
Ключевые понятия:
судебная практика, следственный судья, участник процесса,
возбуждение уголовного дела, применение меры пресечения, заключение под стражу,
следственные действия, помещение в медицинское учреждение.
Abstract.
This article examines the institution of the investigative judge, which was
introduced as part of the reforms carried out in the judicial system, its significance, and the
accumulated experience of foreign countries in this area.
Key concepts:
judicial practice, investigative judge, participant in the process, initiation of
a criminal case, application of a preventive measure, detention, investigative actions, and
placement in a medical facility.
Yurtimizning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasida soʻnggi yillarda sud-
huquq tizimida adolat oʻrnatish yuzasidan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilgani alohida
qayd etilib, hozir ham tergov sifati pastligi, sudlarda odamlarning ovoragarchiligi, sud qarorlari
ijro etilmay qolayotgani bilan bogʻliq holatlar uchrayotgani taʼkidlangan edi.
Shu bois Yurtboshimiz sud sohasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan islohotlar haqida
toʻxtalar ekan, bir qator vakolatlar prokurordan sudga oʻtkazilishiga eʼtiborimizni qaratdi.
Jumladan, tintuv oʻtkazish, telefon soʻzlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya
prokurordan sudga oʻtkaziladi. Tergovchi jinoyatga aloqador deb, har qanday mulkni xatlab qoʻya
olmaydi. Bundan buyon mulk huquqini cheklashga oid har qanday harakat faqat sud orqali boʻladi.
Sudda ishlarni koʻrishda qatnashadigan alohida prokurorlar korpusi shakllantiriladi. Ular maxsus
oʻqitiladi, ishni sudda koʻrishda xolis, mustaqil boʻlishi qonun bilan belgilanadi.
1
Sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida joriy yil 1-yanvaridan amalda
qoʻllanilishi boshlangan yangi institutsional oʻzgarish, yaʼni tergov sudyasi institutining joriy
etilishi ham oʻziga xos ahamiyat kasb etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-
iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini
1
O.Karimov. Odil sudlov – insonparvarlik va adolat ustuni https://uza.uz/uz/posts/odil-sudlov-insonparvarlik-va-
adolat-ustuni_447134.
2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
132
ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni
2
qabul qilindi hamda ushbu farmon bilan tergov sudyalari qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi
ehtiyot chorasini qoʻllash, qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish, pasportning
(harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish, murdani eksgumatsiya qilish, pochta-
telegraf joʻnatmalarini xatlash, tintuv oʻtkazish, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya
qurilmalari orqali olib boriladigan soʻzlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni
olish, mol-mulkni xatlash, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga
joylashtirish, ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish, ushlab turish
muddatini qirq sakkiz soatga qadar uzaytirish hamda guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy
daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlash toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib
chiqish va yuqoridagi protsessual cheklashlarga ruxsat berish kabi vakolatlarga ega boʻldi.
3
Mazkur islohotlar barobarida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ham oʻzgartirish
kiritilib, 31
1
-moddasida tergov sudyasining vakolatlari ham belgilab berildi.
Shu oʻrinda ushbu institutning shakllanish tarixi hamda xorijiy amaliyot tajribalari
xususidagi maʼlumotlarni oʻrganadigan boʻlsak, tergov sudyalarining vujudga kelishi haqidagi
tarixiy maʼlumotlarni koʻrsak, bu institut Fransiyada 14-15 asrlarda paydo boʻlgani va Napoleon
hukmronligidagi Fransiyaning 1808-yildagi jinoyat protsessual kodeksida qonun bilan
mustahkamlanganini koʻrish mumkin.
4
Dastlabki tergov jarayonida protsess ishtirokchilarning teng huquqliligi, surishtiruv yoki
tergov organi va himoyachining vakolat va vazifalarini tenglashtirgan holda inson huquqlarini
toʻliq taʼminlashga erishish mumkinligini rivojlangan davlatlari tajribalari koʻrsatib bermoqda.
Xorijiy davlatlarning amaliyotida, misol tariqasida, Fransiya, Germaniya, Belgiya,
Avstriya va boshqa yetakchi gʻarb davlatlarida tergov ustidan nazorat tergov sudyasining vazifasi
koʻrish mumkin.
Albatta, sudyaning dastlabki tergovda toʻliq ishtirok etishi tergovga xalaqit berishi
mumkin, shu sababli ham faqat insonning konstitutsiyaviy huquqlarini cheklashda yoki ularni
buzilgani haqida shikoyat boʻlganda tergov sudyasi oʻzining faoliyatini olib boradi.
Jinoyat sodir etgan shaxsning ushlanishi bilan sudga olib borilishi haqida 1966-yil 16-
dekabrdagi “Fuqaroviy va siyosiy huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya”ning 9-moddasida “Jinoiy
ayblov boʻyicha hibsga olingan yoki ushlab turilgan har bir shaxs zudlik bilan sudya yoki qonun
boʻyicha sud hokimiyatini amalga oshirish huquqi boʻlgan boshqa mansabdor shaxs huzuriga
keltiriladi va oqilona muddatda sud muhokamasi oʻtkazilishi yoki ozod qilib yuborilishi huquqiga
ega. Sud muhokamasini kutayotgan shaxslarning qamoqda saqlanishi umumiy qoida boʻlmasligi
kerak, biroq ozod qilish sudga kelish kafolatlari berilishiga, sud muhokamasiga uning har qanday
bosqichiga kelishga, zarur hollarda, hukm ijro etilishi uchun kelishga bogʻliq qilib qoʻyilishi
mumkin.
2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida
shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi farmoni https://lex.uz/docs/6964387.
3
A.Ergashev. Yangi o‘zbekistonda sudlar faoliyatiga doir islohotlar, maqsad va vazifalar. NEW RENAISSANCE
International scientific journal ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10. 602-606-betlar.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17477724
4
Tergov sudyalari: “ikki qutb” oʻrtasidagi adolat tarozisi. https://sudyalaroliykengashi.uz/uz/news/854.
2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
133
Hibsga olinishi yoki qamoqda saqlab turilishi tufayli ozodlikdan mahrum etilgan har bir
shaxs oʻz ishining sudda koʻrib chiqilishi huquqiga ega, toki sud uning ushlab turilishi qanchalik
qonuniy ekanligi borasida darhol qaror chiqara olsin va agar uni ushlab turish noqonuniy boʻlsa
ozod qilish haqida farmoyish bera olsin”, deb bayon etilgan.
Tergov sudyasining boʻlishi bugungi kundagi davlatimiz sud-huquq tizimidagi eng katta
muammo, yaʼni tergovning sifatini oshishiga, dalillarning toʻliq va obyektiv toʻplanishiga,
tergovda inson huquq va erkinliklari buzilishining oldini olishga, umuman olganda tergovni
professional olib borishga katta yordam beradi. Chunki aynan dastlabki tergovning sifatli
oʻtkazilishi odil sudlovni amalga oshirishda katta va asosiy rol oʻynaydi. Jumladan, ayrim
davlatlarda tergov sudyasi tomonlarning iltimosiga muvofiq, dastlabki tergov jarayonidagi
soʻroqlarda kuzatuvchi tariqasida ishtirok etishi mumkin.
5
Bir qator davlatlar qonunchiligida tergov sudyasi oʻzi mustaqil tarzda jinoyat ishi
qoʻzgʻatmaydi, ammo u sudya va tergovchining ayrim vakolatlarini oʻzida jamlagan. Ayrim
davlatlarda tergov sudyalari, tergov harakatlarini jumladan, tomonlarning iltimosiga muvofiq
taraflarni soʻroq qilish, ularni yuzlashtirish, koʻrsatuvlarni hodisa joyida tekshirish, ekspertizalar
tayinlash bilan protsessual harakatlarni ham amalga oshirish vakolatlarga ega ekanligini koʻrish
mumkin.
Muhim jihati shundaki, tergov sudyalari jinoyat sodir etgan shaxslarni, aybdorlarni
axtarmaydi, ularning jinoyatini fosh etmaydi, ular faqat dastlabki tergovda yoki surishtiruvda
qonunlarni toʻgʻri qoʻllanishi va fuqarolarning huquqlari buzilmasligini nazorat qiladi va uni
taʼminlaydi.
Soʻzimiz yakunida oʻrganishlar natijasidan kelib chiqib aytish mumkinki,
mamlkatimizda
ham tergov sudyalariga shaxslarni qamoqqa olishga, protsessual majburlov choralariga ruxsat
berishda ish hujjatlari bilan toʻliq tanishib chiqish, shaxsning aybsiz yoki aybdorligini muhokama
qilish, ayblovni oʻzgartirish yoki bekor qilish singari koʻrsatmalar berish vakolati orqali ushbu
yoʻnalishdagi sudyalarning masʼuliyati kuchaytirilib, tergov sudyalarining mustaqilligini
taʼminlanadi, dastlabki tergovda shaffoflik va obyektivlikni taʼminlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.
2.
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi
“Sudlar toʻgʻrisida”gi
qonuni.
https://lex.uz/docs/5534923.
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2025-yil 21-avgustda PF-141-son “Odil sudlov
sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/7696594.
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyun PF-89-sonli “Tezkor-qidiruv
hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
kafolatlarini
yanada
kuchaytirish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi
farmoni
https://lex.uz/docs/6964387.
5.
A.Ergashev. Yangi o‘zbekistonda sudlar faoliyatiga doir islohotlar, maqsad
5
Tergov sudyalari: “ikki qutb” oʻrtasidagi adolat tarozisi. https://sudyalaroliykengashi.uz/uz/news/854.
2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
134
6.
va vazifalar. NEW RENAISSANCE International scientific journal ResearchBib IF -
11.01,
ISSN:
3030-3753,
Volume
2
Issue
10.
602-606-betlar.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17477724
7.
Tergov
sudyalari:
“ikki
qutb”
oʻrtasidagi
adolat
tarozisi.
https://sudyalaroliykengashi.uz/uz/news/854.
8.
O.Karimov. Odil sudlov – insonparvarlik va adolat ustuni https://uza.uz/uz/posts/odil-
sudlov-insonparvarlik-va-adolat-ustuni_447134.
