CREATING AN ALGORITHM FOR SOLVING OPTIMIZATION PROBLEMS AND SOFTWARE

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Abdug‘aniyev , X. (2023). CREATING AN ALGORITHM FOR SOLVING OPTIMIZATION PROBLEMS AND SOFTWARE. Modern Science and Research, 2(3), 208–214. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/18412
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article discusses the algorithm for solving optimization problems and the creation of software. This data has been analyzed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

208

OPTIMIZATSIYA MASALALARINI YECHISH ALGORITMINI VA

DASTURIY TAMINOTNI YARATISH

Abdug‘aniyev Xurshidjon Xasanboy o‘g‘li

Namangan Davlat Universiteti 2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7773445

Annotatsiya. Ushbu maqolada optimizatsiya masalalarini yechish algoritmini va

dasturiy taminotni yaratish haqida so‘z yuritilgan. Ushbu ma’lumotlar tahlili qilingan.

Kalit so’zlar: optimizatsiya, dasturiy taminot, ma’lumotlar bazasi, maqsad funksiyasi,

hisoblash.

СОЗДАНИЕ АЛГОРИТМА РЕШЕНИЯ ЗАДАЧ ОПТИМИЗАЦИИ И

ПРОГРАММНОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ

Аннотация. В данной статье речь пойдет о создании алгоритма решения задач

оптимизации и программного обеспечения. Эти данные были проанализированы.

Ключевые слова: оптимизация, программное обеспечение, база данных, целевая

функция, вычисления.

CREATING AN ALGORITHM FOR SOLVING OPTIMIZATION PROBLEMS

AND SOFTWARE

Abstract.

This article discusses the algorithm for solving optimization problems and the

creation of software. This data has been analyzed.

Keywords: optimization, software, database, target function, computing.


Zamonaviy iqtisodiyot matematik tahlil va matritsa algebrasiga tayanadi, albatta bunda

ularsiz iqtisodiy hodisalarni tavfsiflash murakkablashadi. Bugungi kunga kelib ushbu metodlar
to’plamidan nafaqat matematik maktab iqtisodchilari, balki ilmiy tadqiqot olib boradigan
har qanday nazariyotchilar ham foydalanadilar. Ba’zi muammolar shunchalik ko’p
o’zgaruvchilarga egaki, bu murakkab masalalarni echishda matematika birdan bir
yechimga aylanadi. Angliyalik iqtisodchi Alfred Marshallning ta’kidlashicha, miqdoriy
jihatdan aniqlanishi va analitik tarzda ifodalanishi mumkin bo’lgan har qanday iqtisodiy
hodisani matematik tadqiq qilish kerak.

Kunlik hayotimizda uchraydigan aksariyat iqtisodiy masalalarni hal qilishda

belgilangan maqsadga erishish yo’lida muqobil variantni topishga harakat qilamiz. Bu
turdagi masalalar optimizatsiya masalalari hisoblanadi va ularni hal qilishda tabiiyki
matematik usul lardan muntazam foydalanamiz.

Ko‘pgina optimizatsiya masalalari maqsad funksiyasi yoki sifat kriteriysi (mezoni)

deb nomlanuvchi qandaydir funksiyaning eng katta yoki eng kichik qiymatini topish
masalasiga keltiriladi. Masalani qo‘yilishi va uni yechish usullari maqsad funksiyasi va u
yuzasidan avvaldan to’plangan ma’lumotlarga bog‘liq. Shu kabi masalalarning aksariyatida
maqsad funksiyasining ko’rinish murakkab yoki tajriba natijalariga binoan olingan bo’ladi.
Bunday masalalarni yechish kompyuter texnologiyalari yordamida bir biridan murakkab
matematik uslublarni qo’llash bilan bajariladi.

Masalalarning

murakkabligi

funksiya

argumentlarining

soniga

ham bog’liq. Shunga ko’ra bir o’lchovli masalalar yechimlari

topiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoiti korxonaning ichki imkoniyatlarini bozor talablariga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

209

moslashtirishni talab qiladi. Buning uchun korxona yopiq iqtisodiy tizim emas, balki ochiq
iqtisodiy tizim deb faraz qilinadi.

Korxonaning

ishlab

chiqarishdan

oladigan

foydasi

sotilgan

mahsulotlar

qiymatidan uni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarning ayirmasi bilan
aniqlanadi. Sof raqobat sharoitida resurslar va tovarlarning narxlari avvaldan ma’lum,
belgilangan deb qabul qilingani uchun korxonaning foydasi faqat ishlab chiqarish hajmiga
bog’liq bo’ladi, yani:

Ф

(

Q

) =

P

Q

TC

(

Q

) ,

Bu erda

Ф

(

Q

) – ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan foyda;

Р

– mahsulotning bozordagi narhi;

Q

– ishlab chiqarish miqdori;

ТС

(

Q

) – ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan harajatlar.

Oily matematikaning klassik usullarini ajratib ko’rsatish shuni anglayadiki, ular faqat

boshqa usullar doirasidagina qo’llanibgina qolmay, balki o’zlari yakka holda ham
qo’llaniladi.

Aksariyat

iqtisodiy

ko’rsatkichlarning

o’zgarishining

omili

tahlili

differensiallash

va

integrallash

yordamida

ham

amalga

oshirilishi

mumkin.

Matematik statistika usullaridan iqtisodiy tahlilda foydalanish keng tarqalgan. Bu usullar
tahlil qilinayotgan ko’rsatkichlarning o’zgarishi tasodifiy jarayon sifatida deb tasavvur
qilinadigan hollatlarda qo’llaniladi.

Muqobil y echimni olish belgisi borasidagi barcha iqtisodiy-matematik usullar aniq

va taqribiy usullarga bo’linadi. Agar usul algoritmi berilgan optimallik mezoni bo’yicha
yoki u uzluksiz faqat yagona echimni toppish imkonini bersa, bu usul aniq usullar
guruhiga kiritiladi. Agar echimni topishda statistik ma’lumotlardan foydalanilsa va
masalaning echimini har qanday aniqlik darajasi bilan topish mumkin bo’lsa, foydalanayotgan
usul taqribiy usullar guruhiga kiritiladi. Shuningdek taqribiy usullar guruhiga belgilangan
optimallik mezoni bo’yicha yagona echim olish, kafolatlanmagan sharoitdagi usullarni
ham kiritish mumkin.

Shunday qilib, tavsiflashning faqat ikkita belgisidan foydalanib, barcha

iqtisodiy-matematik usullarni to’rt guruhga bo’lish mumkin:

optimallashtiruvchi aniq usullar;

optimallashtiruvchi taxminiy usullar;

optimallashtirilmaydigan aniq usullar;

optimallashtirilmaydigan taxminiy usullar.

Optimallashtiruvchi

aniq

usullarga

optimal jarayonlar

nazariyasi

usullari,

matematik dasturlashning ba’zi bir usullarini va operastiyalarini tadqiq qilish usullarini
kiritish mumkin.

Dasturiy taʼminot yoki Software bu

komputerda

maʼlum bir turdagi vazifani bajarish uchun

ishlab chiqilgan vositadir. bu hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash
tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni yig‘indisi
tushuniladi.

Aynan shu dasturiy taʼminotgina

kompyuter

— „quruq temir“degan atamani yoʻqqa

chiqargan. Dasturiy vositalar Komputer tomonidan qoʻllaniladigan barcha dasturlar toʻplamidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

210

Ingiliz tilida bu atama software yaʼni „soft“ — yumshoq, „ware“ — „mahsulot“ degan

maʼnoni bildiradi.

Dasturiy taʼminot 3 guruhga boʻlinadi:
1-Sistema dasturlari (unga turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi: Task

Manager (Windows OSda mavjut)),

2-Amaliy (unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida maʼlumotlarga ishlov berish

va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar, masalan:

Microsoft Office, Adobe CC

),

3-Uskunaviy dasturlar (bular dasturlassdir).
Hisoblash tizimi (kompyuter va tarmoqlar) tarkibi. Hisoblash tizimi tarkibi konfigurasiya

deb ataladi. Odatda hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalari alohida olib o’rganiladi.
Shuning uchun ham mos ravishda hisoblash tizimlari apparat konfigurasiyasi va dasturiy
konfigurasiyasi alohida olib o’rganiladi. Bunday bo’linish axborot texnologiyalari uchun muhim
ahamiyatga egadir, chunki ko’p xollarda alohida olingan masala echimini ham apparat, ham dastur
vositalari yordamida ta’minlash mumkin. Apparat ta’minoti. Hisoblash tizimlarining apparat
ta’minoti tarkibiga, apparat konfigurasiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar kiradi. Zamonaviy
kompyuter va hisoblash majmua (kompleks)lari blok-modulli konstruksiya (tuzilish)dan iborat.
Ma’lum ishlarni bajarishga zarur bo’lgan apparat konfigurasiyani tayyor blok va qismlardan yig’ib
olish mumkin. Qurilmalarning, markaziy prosessorga (Central Processing UNIT, CPU) nisbatan
joylashishiga qarab tashqi va ichki qurilmalarga ajratamiz. Tashqi qurilmalar, qoida bo’yicha,
ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalaridir, ularni odatda periferik qurilmalar ham deb
ataladi. Bundan tashqari ma’lumotlarni uzoq saqlashga mo’ljallangan qurilmalar ham tashqi
qurilmalarga kiradi. Alohida blok va qismlar orasidagi kelishuvchanlik, birgalikda ishlashdagi
moslanuvchanlik, apparatli interfeys deb ataluvchi o’tish apparat-mantiqiy qurilmalari yordamida
bajariladi. Hisoblash texnikasidagi apparat interfeysiga belgilangan standartlar protokollar
deyiladi. Shunday qilib, protokol – bu qurilma yaratuvchilari tomonidan, bu qurilmaning boshqa
qurilmalar bilan muvaffaqiyayatli va kelishilgan holda birgilikda ishlashi uchun, ishlab
chiqiladigan texnik shartlar majmuasidir. Dasturiy ta’minot Dastur – buyruqlarning tartiblangan
ketma-ketligidir. Кompyuter uchun tuzilgan har dastur vazifasi – apparat vositalarni boshqarishdir.
Birinchi qarashda dasturning qurilmalar bilan xech qanday bog’liqligi yo’qdek ko’rinadi, ya’ni
masalan, dastur kiritish qurilmlaridan ma’lumot kiritishni va chiqarish qurilmalariga ham
ma’lumot chiqarishni talab qilmasa ham, baribir uning ishi kompyuterning apparat qurilmalarini
boshqarishga asoslangan. Кompyuterda, dasturiy va apparat ta’minot, doimo uzilmas aloqada va
uzluksiz bog’lanishda ishlaydi. Biz bu ikki kategoriyani alohida ko’rib chiqayotganimizga
qaramasdan, ular orasida dialektik aloqa mavjudligi va ularni alohida ko’rib chiqish shartli
ekanlgini sedan chiqarmaslik kerak. Кompyuterlar va hisoblash tizimlarining dasturiy ta’minoti
tuzilishini dasturiy konfigurasiya deb ham ataladi. Dasturlar orasida xuddi kompyuterning fizik
qismlari orasidagi kabi o’zaro aloqa mavjud. Aksariyat ko’pgina dasturlar, quyiroq darajadagi
boshqa dasturlarga tayanib ishlaydi. Bunday bog’lanish dasturlararo interfeys deyiladi. Bunday
interfeys (muloqot) ning mavjudligi texnik shartlar va o’zaro aloqa qoidalariga asoslangan bo’lsa
ham, amalda u dasturiy ta’minotni o’zaro aloqada bo’lgan bir nechta sathlar (daraja)larga
taqsimlash bilan ta’minlanadi. Dastur ta’minoti sathlari piramida tuzilishiga egadir. Har bir
keyingi sath oldingi sathlar dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday ajratish, hisoblash tizimining
dasturlarni o’rnatishdan boshlab, to amalda ekspluatasiya qilish va texnik xizmat ko’rsatishgacha


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

211

bo’lgan ish faoliyatining hamma bosqichlari uchun qulaydir. Shunga alohida etibor berish kerakki,
har bir yuqoridagi sath butun tizimning funksionalligini oshiradi. Masalan, asos dasturiy ta’minoti
7 sathiga ega bo’lgan hisoblash tizimi ko’p funksiyalarni bajara olmaydi, ammo u tizimli dasturiy
ta’minotni o’rnatishga imkon beradi, ya’ni sharoit yaratadi. Rasm 1. Asos dasturiy ta’minoti.
Dasturiy ta’minotning eng quyi sathi-asos dasturiy ta’minotidan iboratdir. Bu ta’minot asos
apparat vositalari bilan aloqaga javob beradi. Qoida bo’yicha, asos dasturiy vositalari bevosita asos
qurilmalari tarkibiga kiradi va doimiy xotira deb ataladigan maxsus mikrosxemalarda saqlanadi.
Dastur va ma’lumotlar doimiy xotira (DX) mikrosxemalariga ularni ishlab chiqish vaqtida yoziladi
va ularni ishlash jarayonida o’zgartirish mumkin emas. Amalda, ishlatish vaqtida asos dasturiy
vositalarini o’zgartirish zaruriyati kelib chiqsa, DX mikrosxemasi o’rniga qayta dasturlash
imkoniga ega bo’lgan doimiy xotira qurilmasidan foydalaniladi. Bu xolda DX mazmunini
hisoblash tizimi tarkibida bevosita o’zgartirish mumkin (bunday texnologiya flesh texnologiya deb
ataladi), yoki hisoblash tizimidan tashqarida, maxsus programmator deb ataladigan qurilmalarda
bajariladi. Tizimli dasturiy ta’minot. Bu sathdagi dastur, kompyuter tizimining boshqa dasturlari
va bevosita apparat ta’minoti bilan o’zaro bog’lanishni ta’minlaydi, ya’ni bu dasturlar dallollik
vazifasini o’taydi. Amaliy dasturiy ta'minot Xizmatchi dasturiy ta'minot Asos dasturiy ta'minot
Tizimli dasturiy ta’minot Butun hisoblash tizimining ekspluatasiya (ishlatish) ko’rsatkichlari ish
sathining dasturiy ta’minotiga bog’liqdir. Masalan, hisoblash tizimiga yangi qurilma ulash vaqtida
boshqa dasturlarni shu qurilma bilan bog’lanishini ta’minlash uchun, tizimli darajada dastur
o’rnatilishi kerak. Aniq qurilmalar bilan o’zaro bog’lanishga javob beruvchi dasturlar qurilma
drayverlari deyiladi va ular tizimli sath dasturiy ta’minoti tarkibiga kiradi. Tizimli sath
dasturlarining boshqa sinfi foydalanuvchi bilan bog’lanishga javob beradi.Aynan shu dasturlar
yordamida foydalanuvchi, hisoblash tizimiga ma’lumotlarni kiritish, uni boshqarish va natijalarni
o’ziga qulay ko’rinishda olish imkoniga ega bo’ladi. Bunday dasturiy vositalar, foydalanuvchi
interfeysini ta’minlash vositalari deb ataladi. Кompyuterda ishlash qulaylgi va ish joyi unumdoligi
bu vositalar bilan bevosita bog’liqdir. Tizimli satx dasturiy ta’minoti majmuasi kompyuter
operatsion tizimi yadrosini tashkil etadi. Operasion tizimning to’liq tushunchasini biz keyingi
boblarda ko’rib o’tamiz, bu erda esa biz faqat, agar kompyuter tizimli sath dasturiy ta’minoti bilan
jihozlangan bo’lsa, u holda kompyuter yanada yuqori darajadagi dasturni o’rnatishga va eng
asosiysi dasturiy vositlarning qurilmalar bilan o’zaro aloqasiga tayyorligini bildiradi. Ya’ni
operatsion tizim yadrosi mavjudligi – insonni hisoblash tizimida amaliy ishlarni bajarish
imkoniyatining zaruriy shartidir. Xizmatchi dasturiy ta’minot. Bu dasturlar ham asos dasturiy
ta’minot bilan, ham tizimli dasturiy ta’minot dasturlari bilan bog’langan. Xizmatchi dasturlarning
asosiy vazifasi (ularni utilitalar deb ham ataladi) kompyuter tizimini tekshirish, sozlash va
tuzatishdan iboratdir. Кo’p hollarda ular, tizimli dasturlarning funksiyasini kengaytirishga va
yaxshilashga mo’ljallangandir. Ba’zida, bu dasturlar, boshidanoq OT tarkibiga kiritilgan bo’lishi
mumkin, ba’zida esa ular OT funksiyasini kengaytirishga xizmat qiladi. Амалий дастурий
таъминот. Асос дастурий таъминот Хизматчи дастурий таъминот. Amaliy dasturiy ta’minot.
Bu satx dasturiy ta’minoti, mazkur ish joyida aniq masalalarni echishga yordam beradigan amaliy
dasturlar majmuasini tashkil etadi. Bu masalalar qamrab olgan sohalar juda ko’p bo’lib, ular ishlab
chiqarish, ilmiy-texnik, ijod, o’qitish va dam olishga mo’ljallangan masalalarini o’z ichiga oladi.
Bu dasturlar ko’pfunksionalligi sababi, inson faoliyati har xil sohalari uchun amaliy dasturlar va
ilovalar mavjudligidir. Demak amaliy dasturiy ta’minot va tizimli dasturiy ta’minot o’rtasida


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

212

o’zaro bevosita aloqa bor ekan (birinchisi ikkinchisiga tayanadi), hisoblash tizimi universalligi,
amaliy dasturiy ta’minot ommaviyligi va kompyuter funksional imkoniyatlari keng ko’lamligi
foydalanilayotgan operatsion tizim tipi, uning yadrosi qanday tizimli vositalarni o’z ichiga
olganligi va u uch tomonlama o’zaro bog’lanish, ya’ni inson – dastur – qurilma bog’lanishni qay
tarzda ta’minlashiga bevosita bog’liqdir. Amaliy dasturiy vositalarni sinflarga ajratish. Matn
redaktorlari (taxrirlagichlar). Amaliy dasturlarning bu sinfi dasturlarning asosiy funksiyasi matnli
ma’lumotlarni kiritish va taxrirlashdan iboratdir. Qo’shimcha funksiyalari esa kiritish va taxrirlash
jarayonini avtomatlashtirishdir. Ma’lumotlarni kiritish, chiqarish va saqlash uchun, matn
redaktorlari tizimli dasturiy ta’minotni chaqiradi va undan foydalanadi. Ammo bu holat ixtiyoriy
amaliy dasturlar uchun ham xosdir. Кompyuter tizimi bilan o’zaro muloqatda bo’lish
ko’nikmalarini hosil qilishda va amaliy dasturiy ta’minot bilan tanishishda, ishni odatda matn
redaktorlaridan boshlashadi. Matn prosessorlari. Matn prosessorlarining redaktorlardan farqi
shundaki, ular matnni kirgizib, taxrirlabgina qolmay, balki uni formatlaydi ham. Mos ravishda
matn prosessorlari asosiy vositalariga (grafika, jadval) natijaviy xujjatni tashkil etuvchilari – matn,
grafika, jadval va boshqa ob’ektlar o’zaro aloqalarini ta’minlash vositalari kiradi,
qo’shimchalariga esaformatlashtirish jarayonini avtomatlashtirish vositalari kiradi. Xujjatlar bilan
ishlashning zamonaviy uslubi (stilь) ikkita alьternativ yondoshishni –qog’ozdagi xujjatlar va
elektron xujjatlar (qog’ozsiz texnlogiya) bilan ishlashni ko’zda tutadi. Shuning uchun ham, matn
prosessorlari vositalari bilan xujjatlarni formatlash to’g’risida gapirilganda, ikkita har xil
yo’nalishlar – bosmadan chiqarishga mo’ljallangan xujjatlarni formatlash va ekranda aks ettirishga
mo’ljallangan elektron xujjatlarni formatlash ko’zda tutiladi. Bu yo’nalishlar usul va metodlari
bir-biridan tubdan farq qiladi. Mos ravishda, matn prosessorlari ham bir-biridan farq qiladi, ammo
ularning ko’plari o’zida bu ikki yo’nalishni birlashtiradi. Grafik redaktorlar. Bu sinfga xos
dasturlar grafik tasvirlarni qayta ishlash va (yoki) yaratishga mo’ljallangan. Bu sinfda quyidagi
kategoriyalar mavjud: rastrli redaktorlar, vektorli redaktorlar va uch o’lchamli grafika bilan
ishlovchi dasturiy vositalar (3Dredaktorlar). Rastrli redaktorlar, grafik ob’ekt, rastrni tashkil
etuvchi nuqtlar kombinasiyasi ko’rinishida berilgan bo’lsa, bu tasvirlarda ranglar va yorqinlik
asosiy rolni o’ynaydi. Bunday yondoshish, grafik tasvir har xil yorqinlikda bo’lsa va ob’ekt
elementlari rangi to’g’risidagi ma’lumot uning formasi to’g’risidagi ma’lumotdan ahamiyatli
bo’lgan hollarda samaralidir. Bunday xususiyatlar ko’proq fotografiya va poligrafiya tasvirlariga
xosdir. Rastr redaktorlari tasvirlarga ishlov berishda, fotoeffekt va badiiy kompozisiyalarni
yaratishda keng qo’llaniladi. Vektorli redaktorlar, rastrlilardan tasvirlar to’g’risidagi
ma’lumotlarni tasvirlash usuli bilan farq qiladilar. Vektorli tasvirning elementar ob’ekti nuqta
emas, balki chiziqdir. Bunday yondashish chizma grafika ishlari uchun xosdir. Bu holda tasvirning
aloxida nuqtalari rangi emas, balki chiziqlar formasi ko’proq ahamiyatga egadir. Vektorli
redaktorlarda har bir chiziq 3-chi darajali matematik chiziq sifatida ko’riladi, va shunga mos
ravishda u nuqtalar kombinasiyasi ko’rinishida emas, balki matematik formula sifatida tasvirlanadi
(kompyuterda bu formulaning sonli koeffisientlari saqlanadi). Bunday tasvir, rastrliga qaraganda
anchagina ixcham bo’lib, ma’lumotlar kam joyni egallydi. Ammo har qanday ob’ektni qurish,
nuqtalarni ekranda oddiy tasvirlash bilan emas, balki uzluksiz ravishda egri chiziq parametrlarini
ekran va bosma tasvir koordinatalarida qayta hisoblash bilan olib boriladi. Albatta, vektorli
grafikada ishlash, quvvati katta hisoblash tizimlarini talab qiladi. Vektorli redaktorlar tasvirlar
yaratish uchun qulay, ammo amalda tayyor rasmlarga ishlov berishda ishlatilmaydi. Ular ko’proq


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

213

reklama biznesida ishlatiladi va ularni polegrafik nashrlar muqovasini bezashda foydalaniladi.
Demak, ular badiiy ish chizma ishiga yaqin bo’lgan hamma hollarda ishlatiladi. Uch o’lchamli
redaktorlar. Bu redaktorlardan uch o’lchamli kompozisiyalarni yaratishda foydalaniladi. Ular ikki
xil o’ziga xos xususiyatga ega. Birinchidan, tasvirlanayapgan ob’ektni uch o’lchamliligini
ko’rsatish uchun ob’ekt sirti xossalari bilan yorug’lik manbasi o’rtasidagi o’zaro ta’sirni mos
ravishda boshqarish; ikkinchidan, uch o’lchamli annimasiyani yaratish imkonini beradi. Shuning
uchun ham uch o’lchamli grafika redaktorlarini 3D-animatorlar deb ataladi. Ma’lumotlar bazasini
boshqarish tizimlari. Ma’lumotlar bazasi deb, jadval ko’rinishida tashkil etilgan katta xajmdagi
ma’lumotlar bazalariga aytiladi. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarining asosiy
funksiyalari quyidagilardir: Ma’lumotlar bazasining bo’sh (to’ldirilmagan) tuzilishi (struktura)ni
yaratish; Ma’lumotlar bazasini to’ldirish yoki boshqa MBining jadvalidan jo’natish
(import)vositalari bilan ta’minlash; • Ma’lumotlarga murojaat imkoniyati, va shu bilan birga
qidiruv va filьtrasiya vositalari bilan ta’minlash. MB ining ko’p tizimlari, qo’shimcha ravishda
ma’lumotlarga ishlov berish va ularni oddiy taxlil qilish imkoniga ega. Natijada, MB ining mavjud
jadvallari asosida yangilarini yaratish mumkin. Tarmoq texnologiyalarining jad’al suratda
rivojlanishi, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlariga, umumjahon kompyuter tarmoqlari
serverlarida joylashgan taqsimlangan va masofadagi resurslar bilan ishlash imkoniyati talabi
qo’yiladi. Elektron jadvallar. Elektron jadvallar har xil tipdagi ma’lumotlarni saqlash va ularga
ishlov berishning turli kompleks vositalariga ega. Ma’lum darajada elektron jadvallar, ma’lumotlar
bazalarini boshqarish tizimlariga o’xshash, ammo ularda asosiy urg’u ma’lumotlarni saqlash va
ularga murojaatni ta’minlashga emas, balki ma’lumotlarni ularning mazmuniga mos ravishda
o’zgartirishga buriladi. MB lari asosan ma’lumotlarning har xil tiplari (sonli va matnli
ma’lumotlardan tortib to multimediali ma’lumotlargacha) ishlaydi, elektron jadvallar esa ko’proq
sonli ma’lumotlar bilan ishlaydi. Ammo shu bilan birga, elektron jadvallar sonli tipdagi
ma’lumotlar bilan ishlashning bir qancha usullarini taqdim etadi. Loyihalashning
avtomatlshtirilgan tizimlari (SAD-tizimlar). Bu tizimlar loyiha va konstruktorlik ishlarini
avtomatlashtirishga mo’ljallangan. Ular mashinasozlik, asbobsozlik va arxitekturada qo’llaniladi.
Chizma-grafik ishlardan tashqari bu tizimlar oddiy hisoblashlarni (mn, detallar chidamliligini)
bajaradi va keng ko’lamdagi ma’lumotlar bazalaridan tayyorkonstruktiv elementlarni tanlaydi.
SAD-tizimlarning yana muhim xususiyati shundan iboratki, u loyihalashning hamma
bosqichlarida, loyihani texnik shartlar, qoida va meyorlar bilan avtomatik tarzda ta’minlaydi, bu
esa arxitektor va konstruktorlarni ijodiy xarakterga ega bo’lmagan ishlardan ozod qiladi. Masalan,
mashinasozlik SAD-tizimlari umumiy chizma asosida, avtomatik tarzda alohida detallarning
ishchi chizmasini va kerakli texnik xujjatlarni tayyorlaydi. Кichik nashriyot tizimlari. Bu sinf
dasturlarining vazifasi poligrafiya nashrlarini terish jarayonini avtomatlashtirishga mo’ljallangan.
Bu sinf dasturlari, matn redaktorlari va avtomatlashgan loyihalash tizimlari orasidagi o’rinni
egallaydi. Ekspert tizimlari. Bu tizimlar, bilimlar bazalaridagi ma’lumotlarni taxlil qilish va ular
asosida, foydalanuvchi so’rovnomasi bo’yicha tavsiyalar berishga mo’ljallangan. Bunday tizimlar,
echim qabul qilish uchun keng ko’lamda maxsus bilimlar talab qilingan hollarda qo’llaniladi.
Bunday tizimlar qo’llaniladigan asosiy sohalar xuquqshunoslik, medisina, farmakologiya va
boshqalardir. Medisina ekspert tizimlari, kasallik belgilari bo’yicha tashxis (diagnoz) qo’yish,
dori-darmon tayinlash va davolash kursini rejasini aniqlashga yordam beradi. Xuquqshunoslikda
esa, hodisa belgilari bo’yicha, ayblovchi va himoya qiluvchi tomonlari uchun choralar belgilash


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

214

tartibi va xukm qabul qilishda yordam beradi. Ekspert tizimlarining o’ziga xos xususiyati ularning
o’zini sifatini oshirish va rivojlantirish xususiyatidir. Boshlang’ich ma’lumotlar, bilimlar bazasida
faktlar ko’rinishida saqlanadi, ekspert mutaxassislar tomonidan ular orasida munosabatlarning
ma’lum tizimi o’rnatiladi. Va shundan so’ng, ekspert tizimi u yoki bu savollar bo’yicha maslahat
va tavsiyalar beradi. HTML (Web) redaktorlar. Bu o’zida, matn va grafik redaktorlari xossalarini
birlashtiruvchi redaktorlar sinfidir. Ular Web-xujjatlarni tayyorlashga mo’ljallangandir. Web
xujjatlar deb,ularni tayyorlashda, internetda ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish bilan bog’liq
bo’lgan qator xususiyatlar hisobga olingan elektron xujjatlarga aytiladi. Nazariy jixatdan Web-
xujjatlarni yaratish uchun oddiy matn redaktori va prosessorlaridan, va shu bilan birga vektorli
grafik redaktorlarning baьzilaridan ham foydalanish mumkin. Ammo Web-redaktorlar Web-
dizaynerlarning ish unumdorligini oshirishning qator xususiyatlariga ega. Shuning uchun ham, bu
sinf dasturlaridan elektron xujjatlar va multimedia nashrlarini tayyorlashda foydalanish mumkin.
Brauzerlar- (Web ni ko’rish vositalari). Bu kategoriyaga HTML formatida (bu format xujjatlari
Web-xujjat sifatida ishlatiladi) yaratilgan va elektron xujjatlarni ko’rish uchun mo’ljallangan
dastur vositalari kiradi. Zamonaviy bruzerlar yordamida tekst va grafikani ko’ribgina qolmasdan,
balki musiqa, ovoz, internetdagi radio eshittirishlarni eshitish, videokonferensiyalarni ko’rish,
elektron pochta xizmatidan foydalanish, telekonferensiyalar tizimida ishlash va boshqa ko’pgina
ishlarni bajarish mumkin.



REFERENCES

1.

Nasriddinov, G‘. Iqtisodiy-matematik modellar va usullar: darslik/ G ‘. N
asritdinov; 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi. —
Т.: 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2019.

2.

Ismailov A. A. Ishniyazov A.I. Iqtisodiy tahlilning matematik usullari
va bashoratlash. TDIU 2007

3.

United Nations Conference on Trade and Development (UNCTAD). Digital
economy report 2019.

4.

Kurpayanidi, K., Ilyosov, A. (2020) Problems of the use of digital technologies
in industry in the context of increasing the export potential of the country//
ISJl Theoretical & Applied Science. p. 113-117.

5.

G’.M. Porsaev, B.Sh. Safarov, D.Q. Usmanova. Raqamli
iqtisodiyot asoslari 2020-yil.

6.

World Trade Statistical Review 2019 - World Trade Organization.

References

Nasriddinov, G‘. Iqtisodiy-matematik modellar va usullar: darslik/ G ‘. N asritdinov; 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi. — Т.: 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2019.

Ismailov A. A. Ishniyazov A.I. Iqtisodiy tahlilning matematik usullari va bashoratlash. TDIU 2007

United Nations Conference on Trade and Development (UNCTAD). Digital economy report 2019.

Kurpayanidi, K., Ilyosov, A. (2020) Problems of the use of digital technologies in industry in the context of increasing the export potential of the country// ISJl Theoretical & Applied Science. p. 113-117.

G’.M. Porsaev, B.Sh. Safarov, D.Q. Usmanova. Raqamli iqtisodiyot asoslari 2020-yil.

World Trade Statistical Review 2019 - World Trade Organization.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов