THINKING STATION

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Ilhomova, E. (2023). THINKING STATION. Modern Science and Research, 2(3), 175–176. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/18439
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

T.We can compare the so-called “Game of butterflies” of Rustamov to the kingdom, the basis of which is built on oppression. In it, individuals such as the Dragon-director, The Snake-master, apply to any abyss that does not have a check to establish their own rules. A society structured by fear and deception can be mengzash for the life of a butterfly. In the work, on the example of life in a place called Bakahovuz,such issues as the realities of the last century, the tobogganings in the spirit of humanity, the value of the human being within society are described.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

175

TAFAKKUR BEKATI

Ilhomova E’zoza

Alisher Navoiy nomidagi TDO’TAU talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7771221

Annotatsiya.

T.Rustamovning mazkur asari “Kapalaklar o’yini” deb nomlanishini asosi

zulmga qurilgan saltanatga qiyoslashimiz mumkin. Unda Ajdar-direktor, Ilon-mudir singari
shaxslar o’z tartib-qoidalarini o’rnatish uchun cheki yo’q har qanday tubanlikka qo’l urishadi.
Qo’rquv va aldov bilan tuzilgan jamiyatni kapalak umriga mengzash mumkin. Asarda Baqahovuz
degan joydagi hayot misolida o’tgan asrdagi voqeliklar, insoniyat ruhidagi toblanishlar,jamiyat
ichra bashar qiymati kabi masalalar tasvirlanadi.

Kalit so’zlar:

trolleybus, “Kapalaklar o’yini”, Baqahovuz, hissiyotlardagi tasvir ifodasi.

СТАНЦИЯ МЫШЛЕНИЯ

Аннотация.

T.То, что это произведение Рустамова называется “игра бабочек”,

можно сравнить с царством, в основе которого лежит угнетение. В нем такие личности,
как Дракон-директор, змей-директор, попадают в любую бездну, которой нет предела,
чтобы установить свои собственные процедуры. Общество, построенное на страхе и
обмане, можно приручить на всю жизнь бабочки. В произведении На примере жизни в
месте под названием бакахауз описываются такие вопросы, как реалии прошлого
века,искушения в духе человечества, человеческая ценность в обществе.

Ключевые слова:

тележка, “игра бабочек”, лягушка, выражение образа в эмоциях.

THINKING STATION

Abstract.

T.We can compare the so-called “Game of butterflies” of Rustamov to the

kingdom, the basis of which is built on oppression. In it, individuals such as the Dragon-director,
The Snake-master, apply to any abyss that does not have a check to establish their own rules. A
society structured by fear and deception can be mengzash for the life of a butterfly. In the work,
on the example of life in a place called Bakahovuz,such issues as the realities of the last century,
the tobogganings in the spirit of humanity, the value of the human being within society are
described.

Keywords:

trolleybus,” Game of butterflies", energetic, image expression in emotions.


Ushbu maqolani “Tafakkur bekati” deb nomlanganligi asarda qo’llangan ramziy qiyofadagi

trolleybus orqali bir necha bekatlarga sayohat qilish bilan birga tafakkur charxpalagini aylantirish
imkoniyatini beradi.To’xtamurod Rustamning “Kapalaklar o’yini” romanini o’qir ekanmiz,
asardagi zamon va makonning o’zgacha ifodalanganligini ko’rishimiz mumkin. Bir voqeaning
tasodifan boshqa bir holatga o’tishi adib uslubining o’ziga xosligidir. “Kapalaklar o’yini”
romanining nega aynan bu nom bilan atalganligi o’quvchida qiziqish uyg’otadi. Jamiyatdagi asli
oshkor qilinmas o’yinlar ramzimi?! Yoki ularning “tartib qoidalariga ” amal qilinmagan holatdagi
o’yinlarmi?! Asar qahramonlari Badal Armon, Shoshiy kabi kamyob insonlarning boshqalardek
kimgadir ergashib emas, ulardan farq qilishi sababli unib o’sgan boshoqdek uzib olinish holatini
asar qahramoni Sardorga qilingan tuhmat orqali ko’rish mumkin . Zulm bilan qurilgan jamiyatdagi
har qanday o’yinlarning kapalak umridek qisqaligiga ishoradir,balki..

Asarda bosh qahramon sifatida qaralgan Badal Armon o’zini o’rab turgan biqiq muhitga

qarshi. Alber Kamyuning “Begona”asaridagi Merso o’z dunyoqarashi, tabiatiga xos ravishda o’zi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

176

jamiyatdan ajralgan bo’lsa, bizning qahramonimiz Badal Armon boshqalardan farqliligi,fojiaviy
girdobda boshqalardek yashashga ko’nikishni xohlamaganligi uchun jamiyatdan ajratilgan inson
siymosidir. Asardagi Baqahovuzga e’tibor qaratar ekanmiz, uning beparvolik ramzi ekanligini
ko’rish mumkin. Davr ijtimoiy muhitiga ko’z yumgan beparvolar ramzi.

Murod Muhammad Do’stning “Galatepaga qaytish” asarida Galatepa G’aybarovni o’zligini

anglashga yordam berganligi, qahramonning Galatepaga kelish istagi ifodalansa, Baqahovuzdan
ketish tasviri ushbu toponimning Galatepadan ancha ortdaligini, ma’nan siqiq “o’lka” ekanini
ko’rsatadi.

Adib qahramonlarning atrofga munosabatini ifodalar ekan, ularning harakatlari orqali ichki

norozilikning faqatgina Badal Armon emas, Shoshiy, Suvon Abdal yoki birgina o’rinda berilgan
Hayratiy obrazlari uchun ham xosligini ko’rish mumkin. To’xtamurod Rustam ba’zi
qahramonlarning tashqi ko’rinishini tasvirlasa, ba’zilarning ichki hissiyotlari orqali obrazning
qiyofasini ko’z o’ngimizda gavdalantirishga intiladi. Mardikor yigitni olaylik, uning tashqi
ko’rinishi: ”bukchaygan miqti gavdasi, chuvrindi ust boshi ko’ksiga mahkam yopib siqib olgan
to’rvasi..” shu orqali obraz tashqi ko’rinishi ifodalangan. Lekin asarda Tosh tog’aning portreti
uchramaydi. Uning har bir vaziyatdagi hissiyotlar tasviri obrazni gavdalantiradi. Uning orzulari
haqida gapirilganda: ”Uning orzu-havasi qachonlardir bo’lgan bo’libgina qolmay xayolida mavj
urib to’lib toshganiga ham ayni chog’da ishonmoq qiyin..”.

1

Mardikor yigit va qizi qochib ketgan holatdagi:”Tosh tog’a achchiq yutundi.Tosh toganing

tomog’ini baayni shisha tilib o’tdi.Oyoqlari o’ziga bo’ysunmas, aqli ham o’ziniki emasdek
tuyulardi. Gandiraklagan ko’yi dam yurib, dam to’xtab ,telba yanglig’ hovlida uzoq tentirab,
nihoyat u ko’zlagan yeriga yetdi”,-degan tasvir qahramonning qiyofasini yaqqol shakllantiradi.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, garchi asarni o'qish jarayonida badiiy tahlil

olamimizni chiniqtiruvchi qator “imtihon”larga duch kelsak ham,uni o'qish davomida erkinlikka
erishish yo'lida sarguzashtlarni boshidan kechirgan qahramonlar taqdiri, kechmishi ruhda katarsis
paydo qiladi. Insonning erkinllikka erishish yo’lida bir necha sinovlarda toblanishi va ezgu niyat
orqali so’lim go’sha tomon dadil qadam tashlashiga guvoh bo’lamiz.


REFERENCES

1.

Sayfullayeva R., Mengliyev B., Qurbonova M., Boqiyeva G. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –
Toshkent, 2005.

2.

Yo‘ldoshev M. Badiiy matnning lisoniy tahlili. – Toshkent, 2008.

3.

Qurbonova M., Yo‘ldoshev M. Matn tilshunosligi. – Toshkent: Universitet, 2014.

1

T.Rustam. “Kapalaklar o’yini”, Toshkent. “SHARQ”. 2000.

References

Sayfullayeva R., Mengliyev B., Qurbonova M., Boqiyeva G. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent, 2005.

Yo‘ldoshev M. Badiiy matnning lisoniy tahlili. – Toshkent, 2008.

Qurbonova M., Yo‘ldoshev M. Matn tilshunosligi. – Toshkent: Universitet, 2014.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов