"SHUKUR KHOLMIRZAYEV IS A SKILLED STORYTELLER"

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Nomonova , O. (2023). "SHUKUR KHOLMIRZAYEV IS A SKILLED STORYTELLER". Modern Science and Research, 2(4), 12–14. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/18811
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, information about Shukur Kholmirzayev's work, his works, stories, and his creative heritage were discussed.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific

journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 /

MODERNSCIENCE.UZ

12

“SHUKUR XOLMIRZAYEV MOHIR HIKOYANAVIS”

Nomonova Oqibat

Termiz davlat unversiteti Òzbek filologiyasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7794221

Annotatsiya. Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayev ijodiga oid ma’lumotlarga, asarlari,

hikoyalariga, ijodiy merosiga to‘xtalib o‘tildi. Zamondoshlarining uning ijodi haqidagi fikrlari,
adabiyotdagi o‘rni, ijodining o‘rganilishi haqida mulohaza yuritiladi.

Kalit so‘zalar: Ijodkorlik, hikoya, yozuvchi, g’oya, tuyg’u, adabiy, zamonaviy.

«ШУКУР ХОЛМИРЗАЕВ — ИСКУСНЫЙ РАССКАЗЧИК»

Аннотация. В данной статье обсуждались сведения о творчестве Шукура

Холмирзаева, его произведениях, рассказах, его творческом наследии.

Ключевые слова: Творчество, рассказ, писатель, идея, чувство, литературный,

современник.

"SHUKUR KHOLMIRZAYEV IS A SKILLED STORYTELLER"

Abstract.

In this article, information about Shukur Kholmirzayev's work, his works, stories,

and his creative heritage were discussed.

Keywords: Creativity, story, writer, idea, feeling, literary, contemporary.

Shukur Xolmirzayev ijodi hozirgi zamon o‘zbek adabiyotining yorqin va mazmundor

sahifalaridan birini tashkil etadi. Ko‘p qirrali iste’dod sohibi Sh.Xolmirzayev adabiyotning turli
janrlarida rang-barang hikoyalari, publitsistik maqolalari, tarixiy esselari, realistik qissalari-yu
ajoyib romanlari bilan adabiyotimiz tarixida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Sh.Xolmirzayev
yozuvchilar orasidan birinchilardan bo‘lib o‘zbek xalqi tarixining ,,bosmachilik harakati’’ deb
atalgan davrini o‘rgana boshladi. Ijodkor faoliyati haqida o‘zbek adabiyotshunoslari turli fikrlar
bildirgan. Jumladan, tanqidchi Umarali Normatov, Zaminda yashaymiz, zaminni o‘ylaymiz’’
maqolasida Sh.Xolmirzayev hikoyalariga xos mazkur xususiyat haqida shunday deydi: ,,Inson va
tabiat munosabati Sh.Xolmirzayev hikoyalarining yetakchi leymotiviga aylanib qoldi. Shunisi
xarakterliki, yozuvchining so‘nggi yillarda yaratgan deyarli barcha hikoyalari shu mavzu doirasida
atrofida aylansa-da, ular bir-birini takrorlanamaydi, har gal muallif masalining yangi qirrasini
kashf etadi, yangi xarakter yaratadi, xarakter qalbining yangi tomonini ochadi….’’Adibning 1958-
yili Q.Qulniyozov Boysun tuman gazetasida ,,Xatarli so‘qmoqda’’ nomli birinchi hikoyasi bosilib
chiqadi.

Adib asarlarining g’oyalari bir-birini to’ldirib boradi, tasvirlangan qahramonlar harakatidan,

tabiatidan chiqarilgan xulosalar bir-birini yanada boyitadi, milliy ozligimizning turli qirralarini
alohida xarakterlar orqali tasvirlab, xalq qiyofasidagi yaxlit qiyofaning turli jihatlarini ochib
beradi. Yozuvchi asarlari tasvirida tirikchilik qiyinchiliklari bilangina o’ralashib qolmaydi,
ma’naviyat masalalariga ham alohida e’tiborni qaratadi. Zamon talotumlari ma’naviyatimiz
mustahkamligi va mustaqilligida jiddiy salbiy iz qoldirayotganiga ishora qiladi. Bunga, bir
jihatdan, avvalambor, jamiyat norasoliklari sabab, qolaversa, ikkinchi jihatdan, bu hol ko’proq
irodasi sust kishilarda namoyon bo`lmoqda. Irodasi mustahkam kishilarning esa irodasin sinovdan,
chig’iriqdan o’tkazib, ma’naviyatini yanada mustahkamlamoqda, zamon yangiliklari tasirida
yanada boyitmoqda. Mustaqillik davri kishisi qalbida, dunyoqarashida ro’y berayotgan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific

journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 /

MODERNSCIENCE.UZ

13

o’zgarishlarni, bazan iqtisodiy sharoitlarning shaxslararo va jamiyat bilan munosabatlarga
korsatayotgan tasirini, bir soz bilan aytganda, yangilanayotgan tabiatli zamondosh, yurtdosh
sajiyasini, siymosini korsatish bu yo’ldagi qiyinchiliklarni, ziddiyatlarni, yo’qotish va topishlarni
aks ettirish adabiyotimiz oldidagi muhim vazifalardan sanaladi. Shukur Xolmirzayevning ba’zi
romanlari mana shu muammoga bag’ishlangan. Shukur Xolmirzayevning “Qil ko’prik”, “So’nggi
bekat”, ‘‘Yo’lovchi’’, ‘‘Olabo’ji’’, ‘’Dinozavr’’ romanlari turli mavzu va muammolarga
bag’ishlangan. ‘So’nggi bekat’ adibning roman janridagi dastlabki tajribasi bo’lishiga qaramay,
sho’ro davrining so’nggi bosqichidagi kamchiliklarni zamondoshlar qiyofasidagi Zorasoliklarni
keskin fosh etishi bilan ajralib turadi. ‘Bekat’ xojaligida yashab, mehnat qilayotgan turli toifadagi
kishilar xarakteri, harakati misolida adib, umuman, jamiyatni qattiq qoraladi. Bu, mohiyat e’tibori
bilan, mazkur davr jamiyatning umuman so’nggi bekati bolsa nima qilarkin, degan badiiy fikrga
go’yo ishoradek bolgan. Taxminan, o’n besh yil o’tgach bu badiiy ‘karomat’ o’zining tasdig’ini
topgan. 1987-yil adib ‘Yolovchi’ romanini yaratgan. Ayniqsa, shakli, kompo’zitsiyasi jihatdan
yangicha izlanishlari mol bolgan bu asar ko’proq monolog va dialoglar asosiga qurilgan. Yozuvchi
qahramonlari xarakterini, asosan, shu yo’sinda ochishga harakat qiladi. Oliy ma’lumotli bolish
yaxshi. Lekin shunchaki, bilimsiz, jamiyatga nafi tegmaydigan, o’zini o’ylashdan nariga
otmaydigan xudbin oliy ma’lumotlining nima keragi bor? Undan ko’ra noilojlik tufayli nainki oliy
malumot, balki, hatto, to’liq o’rta ma’lumot ham ololmay qolgan, biroq mehnatsevar, halol, el va
yurtga qayishuvchi, do`stga sadoqatli kishi ko‘p bor afzal emasmi?

Sh.Xolmirzaev asarlarida xususan mustaqillik davrida yaratgan asarlarida halqimiz tarixi va

taqdiri masalalarini aniq va yorqin aks ettirib berdi. Bu masalalar adibning mustaqillikdan oldingi
asarlarida ham o`z aksini topgan edi, lekin u davrdagi tasvir, ifoda yo`lini tabiyki, ma`lum qoliplar
ostida edi. Mazkur muammolar xususida Prezidentimiz ham o`z asarlarida shunday yozadi:
«...noinsoniy g`oya xukmron bo`lgan mustabid tuzum o`zining boy mafkuraviy kuchini,
ommaviy axborot vositalarini, butun moarif tizimini ishga solib odamlar ongini keng miqyosda
zaharlar edi. Ularning milliy va diniy tuyg`ularini qo`pol ravishda kamsitar, tarixiy haqiqatni buzib
ko`rsatar edi. O`z ona tilini, milliy an`ana va madaniyatini, o`z tarixini bilmaslikka ko`plab
odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi»

1

.

Sh.Xolmirzaev o`zining asarlarida ana shu masalalarini moxirona aks ettirib bergan haqiqiy

Vatan fidoyisidir. Chunki uning asarlaridagi qahramonlar o`zligini yo`qotgan rahbar xodimlari
yoki yo`ldan adashgan yoshlar, oddiy qishloq kishilari sodda va qalbi pok, o`zbek xalqi misolida
aks ettirilib, asar g`oyasiga ko`ra yozuvchi bu qahramonlar taqdiri orqali o`zining mavjud davr va
hayot haqiqatlariga munosabat bildirdi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki Sh.Xolmirzaev
adabiyotga, xususan, o`zbek nasriga juda katta yangi-yangi tamoyillarni olib kirdi.

Sh.Xolmirzaev asarlari xususan, hikoyalarining badiiy-uslubiy o`ziga xosligini aks etgan

Sh.Daniyorova shunday yozadi: «tabiat muhofazasi mavzusida yaratilgan badiiy asarlardagi
qahramonlar qaysi millatga mansub bo`lmasin, ularning ichki kechinmalari va orzu-intilishlarida
umuminsoniy tuyg`ular o`z ifodasini topishi zarur». Sh.Xolmirzaev qahramonlari o`z hayotlarini
tabiat bilan uyg`unlikda bilib, tabiatni asrab avaylash uchun jon dili bilan kurashadi. Bularning
bari adibning hayotiy va ijodiy salohiyatining yuksak ekanligining o`ziga xos belgisidir..



background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific

journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 /

MODERNSCIENCE.UZ

14

REFERENCES

1.

Normarov.U.,,Nasrimiz an’nalari’’205-bet

2.

Toshboyev.O.,,Adabiy zamondosh’’, ,,G’afur G’ulom nomidagi nashriyot- matbaa
ijodiy uyi , T:2018-134-135b

3.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi

4.

Mamajonov. S.,,Uslub jilolari’’ 79-b

References

Normarov.U.,,Nasrimiz an’nalari’’205-bet

Toshboyev.O.,,Adabiy zamondosh’’, ,,G’afur G’ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi , T:2018-134-135b

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi

Mamajonov. S.,,Uslub jilolari’’ 79-b

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов