THE DIGITAL ECONOMY AND ITS IMPACT ON THE FINANCIAL MARKET

HAC
Google Scholar
To share
Salomov , O. . (2024). THE DIGITAL ECONOMY AND ITS IMPACT ON THE FINANCIAL MARKET. Modern Science and Research, 3(2), 802–811. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29482
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article discusses the relevance of the introduction of digital technologies in the financial sector. Special attention is paid to the evolution of the stock market due to its digitalization. Various options for the practical use of digital technologies in the described area are shown by analyzing big data and identifying significant patterns. The authors ' proposals will improve the efficiency and validity of decision-making in the financial sector.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

802

RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING MOLIYAVIY BOZORGA TA’SIRI

Salomov Odil Begaliyevich

Bank-moliya akademiyasi magistratura talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10679587

Annotatsiya. Maqolada moliya-kredit sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish

masalalari ko‘rib chiqilgan. Bank sektorini raqamlashtirish hisobiga uni rivojlantirishga alohida
urg‘u berilgan. Tahlil qilinayotgan sohada raqamli texnologiyalardan foydalanishning turli
variantlari ko‘rsatib o‘tilgan. Mualliflar moliya-kredit sohasida qabul qilinayotgan iqtisodiy
echimlarning samaradorligini oshirish borasida asosli takliflar keltirib o‘tishgan.

Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, moliya-kredit bozori, moliyaviy

texnologiyalar, moliya bozori infratuzilmasi.

THE DIGITAL ECONOMY AND ITS IMPACT ON THE FINANCIAL MARKET

Abstract. The article discusses the relevance of the introduction of digital technologies in

the financial sector. Special attention is paid to the evolution of the stock market due to its
digitalization. Various options for the practical use of digital technologies in the described area
are shown by analyzing big data and identifying significant patterns. The authors ' proposals will
improve the efficiency and validity of decision-making in the financial sector.

Keywords: Digital economy, digital technologies, financial market, financial technologies,

financial market infrastructure.

ЦИФРОВАЯ ЭКОНОМИКА И ЕЕ ВЛИЯНИЕ НА ФИНАНСОВЫЙ РЫНОК

Аннотация. В стате рассматриваеця актуалность внедрения цифровых

технологий в финансовой сфере. Особое внимание уделяеця вопросу эволюции работы
банковского сектора за счет его цифровизации. Показаны различные варианты
практического использования цифровых технологий в описываемой сфере за счет анализа
больших данных и выявления существенных закономерностей. Предложения авторов
позволят повысит оперативность и обоснованность принятия решений в финансовой
сфере.

Ключевые слова: цифровая экономика, цифровые технологии, финансовый рынок,

финансовые технологии, инфраструктура финансового рынка.

Kirish.

Moliya sektorini raqamlashtirish zamonaviy jahon iqtisodiyoti rivojlanishining

ajralmas xususiyatidir. Moliya bozori ishtirokchilari muvaffaqiyatli va raqobatbardosh
bo‘lishlari uchun ilg‘or texnologiyalarni joriy etishda global o‘zgarishlardan ortda qolmasliklari
va albatta “raqamli” bo‘lishlari shart. Mazkur vazifani amalga oshirish bugungi kun talablaridan
kelib chiqqan holda, an’anaviy biznes modellarini o‘zgartirishni talab qiladi.

Kredit muassasalari, sug‘urta kompaniyalari va boshqa institutsional investorlar raqamli

texnologiyalar ta’sirida o‘z faoliyatlarini takomillashtirish borasida sezilarli o‘zgarishlarni
amalga oshirmoqdalar.

Jahon banki ekspertlarining fikricha, bugungi kunda butun dunyo mamlakatlari “raqamli

inqilob”ni boshidan kechirmoqdalar. Ular bu borada bir qator xulosalarni ilgari suradilar:

1.

Internet, uyali aloqa va axborot-kommunikatsiya texnolo-giyalarining keng taraqqiy etishi

raqamli iqtisodiyotning shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

803

2.

Raqamli iqtisodiyot dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida jadal taraqqiy etmoqda;

3.

Raqamli iqtisodiyot dunyo qiyofasining tubdan ijobiy tomonga o‘zgarishiga olib keladi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotiga “raqamli texnologiyalar”ni joriy etish bugungi kunda

o‘zining potentsial imkoniyatlarini kengaytirish jarayonida bo‘lgani holda, texnik baza, dasturiy
ta’minotning nomukammalligi, aholi kompyuter savodxonlik darajasining pastligi, raqamli
texnologiyalar sohasini tartibga solish borasida qonunchilik bazasining bugungi kun talablariga
javob bera olmasligi kabi omillar kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish va biznes muhitiga
yangi “raqamli texnologiyalar”ni integratsiyalashuviga to‘sqinlik qilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda

davlatning qo‘llab-quvvatlovchi siyosati alohida ahamiyat kasb etadi. Taraqqiyotga erishish uchun
raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga
yuksalish-ning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi.

Muammoning qo‘yilishi.

Bugungi kunda bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank

sektorida davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va
tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining etarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning
past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda
rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib borishini

kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash
bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi lozim.

Bank tizimiga zamonaviy servis echimlari asosida axborot texnologiyalarini, moliyaviy

texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini lozim darajada ta’minlash, shuningdek,
moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda inson omili ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar
ko‘rish talab etilmoqda.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

“Raqamli iqtisodiyot” nisbatan yosh tushuncha

hisoblanadi. Mazkur tushunchani ilmiy muoamalaga dastlab, 1995 yilda amerikalik informatik
olim N.Negroponte (Massachuseyt texnologiya universiteti) olib kirgan. “Raqamli iqtisodiyot”
jahon miqyosida 2016 yilda Jahon bankining “Raqamli dividendlar” deb ataluvchi ma’ruzasi e’lon
qilinganidan so‘ng, keng qo‘llanila boshlandi.

Zamonaviy, intellektual iqtisodiyot sari rivojlanish, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish

murakkab jarayon bo‘lib, ko‘plab omillarga bog‘liq va ularning ekonometrik tahlili raqamli
iqtisodiyotni oqilona boshqarish hamda tartibga solish imkonini beradi. Mamlakatimiz iqtisodchi
olimlari A.Aripov, I.Iskandarov, M.Sharifxo‘jaev, S.G’ulomov, M.Tursunxo‘jaev, A.Qodirov,
Sh.Zaynutdinov, Yo.Abdullaev, A. Bekmurodov, N. Jumaev va boshqalarning ilmiy
izlanishlarida milliy iqtisodiyot soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishning
kontseptual masalalari yoritilgan bo‘lsada, iqtisodiyotning muayyan bir tarmog‘i, xususan moliya
sektorida raqamlashtirishni amalga oshirish borasida tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlari soni juda
kamchilikni tashkil qiladi. COVID-19 pandemiyasi oqibatida kelib chiqqan iqtisodiy inqiroz
sharoitida moliya va bank sektorini raqamlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratil-moqda.

Xususan,

Z.Mamadiyorov

(TDIU)

pandemiya

sharoitida

banklar

faoliyatini

raqamlashtirish masalalariga alohida urg‘u bergan bo‘lsa, M. Turanov (Termiz davlat universiteti),


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

804

Sh. Abdullaeva (G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiy universiteti Toshkent filiali) banklar
faoliyatini raqamlashtirish orqali bank foydasini maksimallashtirishga e’tibor qaratadi [10].

Tadqiqot uslubiyoti.

Tadqiqot jarayonida statistik va ekonometrik tahlil, umumlashtirish,

guruhlash, tasniflash, iqtisodiy-matematik modellashtirish, taqqoslanma tahlil va o‘zaro qiyoslash
kabi usullardan foydalanildi.

Tahlil va natijalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-

5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va
raqamli iqtisodiyotni rivoj-lantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan
vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, xususiy sektor rivojlanishini rag‘batlantirish,
banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank xizmatlari ommabopligi va sifatini oshirish
uchun bank sektorini tubdan transformatsiya qilish maqsadida 2020 - 2025 yillarga mo‘ljallangan
O‘zbekiston respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasida bank sektorini isloh
qilishning asosiy yo‘nalish-laridan biri sifatida:

davlat ulushi mavjud tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining

zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish,
banklardagi davlat aktsiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega bo‘lgan investorlarga tanlov
asosida sotish, shuningdek, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning
o‘zida isloh qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish belgilab berilgan [2].

Bank sektori doimiy ravishda o‘zgarib, rivojlanib bormoqda. Bu mamlakat iqtisodiyoti,

tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon moliya bozorlarining rivojlanishi hamda bank faoliyatini davlat
tomonidan tartibga solish bilan bog‘liq.

Mamlakatimizda bank ishining mohiyati va darajasi, tarkib topgan ish uslublari hali

xalqaro darajada emas. Tashqi moliya bozorlarining rivojlanishi va bank operatsiyalari bo‘yicha
xalqaro standartlar bilan bosqichma-bosqich yaqinlashish hozirgi kunda mamlakatimiz bank
faoliyatiga xosdir.

Zamonaviy bank mahsulotlari va texnologiyalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Internet xizmatlari (internet-banking, internet-savdo).
- Bank autsorsingi.
- Elektron tijoratda banklarning ishtiroki.
- Infokioskalar.
- Bank bilan mijozlar munosabatlarining mijozlarga yo‘naltirilgan modeli (mijozlarga

xizmat ko‘rsatish shaxsiy rejalarini amalga oshirish).

Hozirgacha internet orqali bank xizmatlarini ko‘rsatishning eng ko‘r tarqalgan turlari:
- qimmatli qog‘ozlar savdosi;
- naqd pulsiz pul mablag‘larining o‘tkazmalari;
- masofadan sug‘urtalash;
- ma’lumotlar olish hisoblanadi.
Internetdan foydalanish mijoz va bank uchun ham birdek foydalidir, chunki mijoz o‘z

mablag‘larini deyarli sutka davomida, har qanday geografik nuqtadan minimal vaqt va mablag‘
sarflagan holda boshqara olish imkoniga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, ko‘plab bankning
ekspertlarining fikricha, Internet texnologiyalaridan foydalanish moliyaviy va axborot xatarlari-


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

805

ning oshishiga olib keladi. Bank mijozlari uchun eng asosiy narsa internetda operatsiyalarni
amalga oshirish ishonchliligi va xavfsizlik hisoblanadi [4].

Bugungi kunda bank mijozlari naqd pulsiz valyutani sotib olish va sotish, kommunal

to‘lovlarni to‘lash, mobil aloqa to‘lovlarini to‘lash, banklararo naqd pulsiz to‘lovlarni amalga
oshirish, mijozlarning hisob-kitoblariga pul o‘tkazish va ularni kuzatib borish uchun internet-
bankingdan foydalanishlari mumkin. Bank plastik kartochkalari hisobi bilan ishlash qobiliyati
bank mijozlariga O‘zbekistonda ham, xorijda ham onlayn-do‘konlar xizmatidan foydalanish
imkonini beradi.

Bankda autsorsing-an’anaviy bank boshqaruv funktsiyalarining bir qismini tashqi

ijrochilar (tashkilotlar)ga o‘tkazishdir. Autsorsing bank boshqarish strategiyasi emas, balki tashqi
iqtisodiy sub’ektlar bilan hamorlikning o‘ziga xos shakli hisoblanadi. Misol uchun, bank
o‘zfaoliyatiga doir operatsiyalarini avtomatlashtirish uchun muayyan bir funktsiyalarni tashqi
pudratchiga (masalan, dasturiy va apparat uskunalari etkazib beruvchi, tizimni ta’mirlash va
hokazo)ga berishi mumkin. Buning uchun bankning boshqaruvchi xodimlari xabardor bo‘lishlari
va o‘z ehtiyojlarini aniqlashlari, ularni chuqur tahlil qilishlari va autsor (provayder) faoliyati
doirasini kengaytirishlari lozim bo‘ladi, aks holda uning vakolatlari doirasini aniqlab bo‘lmaydi.

Autsorsingdan foydalanish autsorsingning tor ixtisoslashuvi tufayli autsorsing

kompaniyalari ixtityoriga berilayotgan funktsiyalarning tannarxini kamaytirish, banklarga esa
bank mijozlariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq asosiy faoliyat sohalarida o‘z resurslarini qayta
taqsimlash imkonini beradi. Mamlakatimiz bank tizimida autsorsing hali yaxshi rivojlanganicha
yo‘q. Bu asosan, iqtisodiyotda shu jumladan bank sohasida ham xufyona iqtisodiyot ulushining
yuqoriligi, axborot, biznesning “shaffofligi”ni ta’minlashga xizmat qiluvchi autsorsing
kompaniyalarining mavjud emasligi bilan izohlanadi.

Bank xizmatlari va operatsiyalarini rivojlantirish yo‘nalishlaridan biri-banklarning

elektron tijoratda ishtirokidir. Elektron tijorat elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda tovar
va xizmatlar savdosini amalga oshirishni anglatadi. Internet-banking va internet-savdo elektron
tijorat bilan bog‘liq. Banklar to‘lov tizimlari sifatida elektron tijoratni rivojlantirishdan manfaatdor
va ularning to‘lov tizimlarini bir-biridan alohida ko‘rib bo‘lmaydi. Ular yonma-yon ravishda
ishlaydi va elektron tijoratda yuzaga keladigan har bir oqim bank tizimida takrorlanishi kerak
bo‘ladi. Tovarlar harakati moliyaviy resurslar harakatiga sabab bo‘ladi. Banklarning elektron
tijorat tizimlaridagi ishtiroki quyidagi afzalliklarga ega:

- mijozlarni, ularning mablag‘larini jalb qiladi va ishlashning yanada qulay yo‘llarini

yaratadi;

- yangi turdagi operatsiyalarni ishlab chiqish orqali bankning daromadliligini oshirish

ta’min etiladi;

- an’anaviy bitimlar hajmini va ushbu jarayon bilan bog‘liq komission to‘lovlar miqdorini

oshirish imkonini beradi [5].

Hisob-kitob va to‘lovlarni amalga oshirish bilan bir qatorda, bank elektron tijoratda

tranzaktsiyalar xavfsizligining kafolati sifatida ishtirok qiladi. Onlayn rejimda (bitim bo‘yicha)
bankning kredit roli ham oshib bormoqda.

Bank xizmatining yangi turi infokiosklar hisoblanadi. Infokiosklar foydalanuvchining

muloqoti uchun qulay va oson bo‘lib, mahalliy va global axborot resurslaridan tezkor foydalanish


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

806

bank mijozlari va xodimlari uchun vaqtni tejash imkonini beradi. Infokiosklardan operatsiyalarni
amalga oshirish va axborot-ma’lumot olish maqsadida foydalanish mumkin.

To‘lovlarni onlayn tarzda amalga oshirish zarur bo‘lgan kioskalarni nafaqat banklarning

ofislarida, balki yirik savdo markazlarida, aeroportlarda, temir yo‘l vokzallari va avtobus
bekatlarida o‘rnatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kiosklardan ommaviy foydalanish zarur
axborot texnologiyalari muhitini yaratishni talab qiladi [6].

Internet orqali axborot va tahliliy ma’lumotlarni olish ma’lum bir afzallik va

kamchiliklarga ega. Internetdan foydalanishning afzalliklari:

- har qanday savol bo‘yicha ma’lumot olish imkoniyati;
- axborotni tezkor olish;
- keng axborot qidirish imkoniyatlari;
- cheksiz aloqa va muloqot imkoniyatlari hisoblanadi.
Kamchiliklar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
- ma’lumotni qidirish uzoq vaqt talab qilishi;
- ishlash tezligi telefon va boshqa aloqa liniyalarining sifatiga hamda ularning ish

yuklamasiga bog‘liq;

- “axborot shovqini” (keraksiz axborot) darajasining yuqoriligi ishlashga xalaqit beradi,

muhim ma’lumotlarni ko‘rib chiqishni qiyin-lashtiradi va jarayonni sekinlashtiradi;

- deyarli barcha muhim ma’lumotlar uchun muayyan haq to‘lanadi.
Ayrim yangiliklar iste’molchining onlayn bank xizmatlariga bo‘lgan munosabatiga ijobiy

ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, yuqori tezlikdagi internetga kirish kerakli ma’lumotlarni tezroq olish va
shu tariqa potentsial mijozlar uchun elektron bank xizmatlari qiymatini oshirish imkonini beradi.

Yangi takomillashtirilgan qidiruv tizimlarining joriy etilishi, bank mahsulotlari va

xizmatlarining kengaytirilgan assortimenti, jumladan, moslashtirilgan (aniq foydalanuvchilar
uchun mo‘ljallangan) va barcha moliyaviy xizmatlar uchun raqobatbardosh narxlar, elektron bank
xizmatlarining tarqalishi narxlarning pasayishiga va xarajatlarning kamayishiga olib keladi.

Raqamli bankni yaratish - bu mahsulotni bozorga olib chiqish takliflarni shaxsiylashtirish

imkonini taqdim etuvchi yangi tashkiliy madaniyat, moslashuvchan IT echimlar va jarayonlarni
optimallashtirishdir. Raqamlashtirish vazifalari yangi raqamli iqtisodiyotning muammolariga
javob bera oladigan yagona bank platformasida atrofida amalga oshadi Bugungi kunda banklar
raqamli bank biznes modelini ishlab chiqishga katta sarmoya kiritmoqda.

1-jadval.

Mijozlar soni bo‘yicha dunyoning etakchi raqamli banklari

Bank

Ona kompaniya

Bank joylashgan

mamlakat

Mijozlar soni

(mln.kishi)

1

ING Diba

ING Group

Germaniya

8,5

2

CapitalOne360 CapitalOneFinancial

AQSh

7,8

3

USAABank

USAA

AQSh

7

4

FNBO Direct

FirstNationalNebraska

AQSh

6

5

RakutenBank

Rakuten

Yaponiya

5

6

TinkoffBank

Rossiya

5

7

TIAA Direct

TIAA-CREF TrustCompany AQSh

3,9


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

807

8

DiscoverBank

DiscoverFinancialServices

AQSh

3,5

9

AliorBank

Polsha

3

10

DKB AG

Germaniya

3

Manba:Frost&Sullivan

An’anaviy banklardan raqamli banklarga o‘tish va mijozlar ehtiyojlarini chuqur o‘rganish-

bu tendentsiya iqtisodiy forumlar va konferentsiyalarda xalqaro munozaralar dasturlarida
mustahkam o‘rin olgan.

Hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan mavjud raqamli banklar raqamli kanallar yordamida

raqamli ko‘rinishda o‘z mahsulotlari va xizmatlarini taklif qilmoqdalar. Bunday bankning
infratuzilmasi raqamli aloqa uchun moslashtirilgan bo‘lib, texnologiyalarni tez o‘zgartirishga
tayyor. Mazkur banklar soni ortib bormoqda, bu holat ayniqsa, o‘z ofis va vakolatxonalari mavjud
bo‘lmagan banklarda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Ular o‘z mijozlari-ning odatlarini o‘rganish,
keng ko‘lamli xizmatlarni, shuningdek, qo‘shimcha moliyaviy bo‘lmagan xizmatlarni taklif
qilishga ko‘proq harakat qilishyapti. Yangi raqamli echimlarning asosida banklar xizmatlarning
ommabopligi va moslashuvchanligi, to‘liq funktsionalligi, foydalanish qulayligi va xavfsizligini
ta’minlaydi [9].

Bugungi kunda yosh avlod ishchi kuchining 60% ni tashkil etadi. Bu avlod Internet

smartfonlar bilan birgalikda ulg‘aygan avloddir, ular Google, Apple, Facebook va Amazon dan
oldingi davrni eslay olmaydilar. Bu yoshlarning 33% i banklar umuman kerak emas deb
hisoblashadi. Yoshlarning 75%i Google va Amazon moliyaviy xizmatlaridan foydalanishni
yaxshiroq deb hisoblaydi [8].

Juniper hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021-yilda er yuzining 3 milliard aholisi smartfon va

kompyuterlar orqali bank xizmatlaridan foydalanadi. Tahlilchilar o‘tkazgan tadqiqotlari natijasi
shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda raqamli transformatsiyalash borasida BancoSantander,
Bank of America, Barclays, BBVA, BNP Paribas, Citi, HSBC, JP Morgan Chase, RBS, Société
Générale, UniCredit va Wells Fargo kabi banklar katta muvaffaqiyatga erishganlar [7].

Bank of America xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarsiz birinchi bank filiallarini sinovdan

o‘tkazdi. Ular faqat bankomatlar va bank xodimlari bilan videokonferents aloqa uchun maxsus
xonalar bilan jihozlangan (agar ba’zi ma’lumotlarni shaxsan muhokama qilish kerak bo‘lsa).

Avvaliga bank mijozlarning bunday mini-filiallarga bo‘lgan ta’sir reaktsiyasini sinovdan

o‘tkazadi, kelajakda banklarning robo-bankingga o‘tish ehtimoli juda katta.

6.5 million mobil ilova foydalanuvchilariga ega bo‘lgan Barclays (ularning har biri oyiga

o‘rtacha 26 marta tizimga kiradi), Facebook da yana bir raqamli xizmat kanalini ochishni
rejalashtirmoqda.

BNP Paribas raqamli transformatsiyalashni amalga oshirish borasida 3 milliard evro

sarflashga qaror qildi. Mijozlarga xizmat ko‘rsatishni raqamli kanallarga almashtirish bankka
Frantsiyadagi chakana filiallar sonini 10% ga kamaytirish imkonini berdi.

Internet, sun’iy aql, mobil echimlar va ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish raqamli

texnologiyalar poygasiga kirish va aqlli raqamli dunyoda o‘z raqobatbardoshligini saqlab qolishga
yordam berish yo‘llarini yaratadi:

Video integratsiya sug‘urta kompaniyasi uchun voqea natijasida etkazilgan zarar haqida

hisobotlarni taqdim tartibini soddalashtirish yoki minimal xarajatlar bilan foydalanuvchi va


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

808

bankomat o‘rtasidagi o‘zaro aloqa jarayonlarini maqbullashtirish imkonini beradi. Moliyaviy
xizmat ko‘rsatuvchilarning 80% i video-bankingni mijozlar tajribasini yaxshilay-digan va
xarajatlarni kamaytiradigan vosita deb hisoblaydilar.

Chat-botlar va virtual yordamchilaridan foydalanish har qanday mavzuda mijozlar bilan

o‘zaro muloqot qilish, ularga shaxsiy taklif va tavsiyalarni taqdim qilish imkonini beradi.

Mutaxassislarning fikricha, Evropa moliya institutlari chat-bot kabi echimlar yordamida

ish jarayon-larini avtomatlashtirish orqali 90% gacha xarajatlarni tejashga erishishlari mumkin.

Cun’iy intellekt yordamida robot- maslahatchilardan foydalanish banklarga barcha

masalalar bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘sratuvchi intel-lektual mexanizmni yaratish imkonini
beradi. Bunga barcha mijozlar to‘g‘ri-sidagi ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan ochiq
integratsiyalashgan muhitni yaratish orqali erishiladi [9].

2017 yilda Gartner kompaniyasi 2020 yilga borib, taxminan 100 million kishi virtual

reallikda xaridlarni amalga oshirishini bashorat qilgan bo‘lsa, pandemiya sharoitida bu ko‘rsatkich
bir necha barobarga oshganligi borasida bemalol xulosa qilishimiz mumkin bo‘ladi.

Avaya ma’lumotlariga ko‘ra, bank xizmatlari borasida ham kelgusida virtual reallik muhim

o‘rin egallab boradi.

Bankni raqamlashtirishning asosiy tendentsiyalari bek -ofis operatsiyalari va operatsion

jarayonlarni avtomatlashtirish, elektron to‘lov texnologiyalarini rivojlantirish, tahlildan
foydalanish va bulutli texnologiyalarga o‘tish hisoblanadi.

Mazkur tendentsiyalar borasida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz

1)

bek-ofis operatsiyalarini raqamlashtirish xarajatlarni kamaytirish va mahsulot tannarxini

kamaytirish, ularni ishga tushirish va o‘zgartirishni tezlashtirish, shuningdek, mijozlar tajribasini
yaxshilash va huquqiy talablarga rioya qilishni osonlashtirish imkonini beradi.

Germaniyada joylashgan Commerzbank Global Payment Plus onlayn ilovasini ishga

tushirdi, mazkur ilova korporativ mijozlar yagona dastur orqali barcha bank hisob raqamlarini
boshqarishga yordam beradi.

2) operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish turli xil xatoliklarni tezroq aniqlashga, qalbaki

operatsiyalardan zararni kamaytirishga va sarf-xarajatlarni tejashga yordam beradi. Katta
ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda, takrorlanib turuvchi operatsiyalarni avtomatlashtirish
orqali hozirdanoq, 25 foiz samaraga erishildi. Kredit shartnomasi ma’lumotlarini o‘zgartiruvchi
va soniyalar ichida tekshirishni amalga oshiruvchi dastur JPMorgan tomonidan ishga tushirildi.

COIN (contract intelligence) bankka bank amaliyotlarini qo‘lda bajarish jarayonida

vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xatolar sonini kamaytirish imkonini beradi.

3) texnologiyadagi muhim o‘zgarishlar banklarni korporativ to‘lov tizimini

raqamlashtirishga sarmoya kiritishga majbur qilmoqda. Asosiy e’tibor korporativ to‘lovlarni
standartlashtirish, ularni ko‘proq tarzda “aqlli” qayta ishlash, real vaqt tizimida to‘lovlarning
moslashuvchanligini ta’minlashga qaratilgan.

4) istiqbolli tahlildan foydalanish kredit skoringini amalga oshirish, xarajatlarni

kamaytirish va kreditlash rentabelligini oshirish, risklarni boshqarish o‘tkazish imkonini beradi.

Banklar faoliyatida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish borasida amalga

oshirilgan eng muhim ishlardan biri, shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
19 sentyabrdagi “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3945-sonli


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

809

qaroriga asosan tashkil etilgan Milliy banklararo protsessing markazi va “Humo” to‘lov tizimining
2019 yilning aprel oyidan boshlab ishga tushirilishi bo‘ldi.

Mazkur chakana to‘lov tizimining ishga tushirilishi bank kartalariga asoslangan chakana

to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish sohasida raqobat muhitining shakllanishiga, iqtisodiyotda naqd
pulsiz hisob-kitoblar ko‘lamining sezilarli darajada oshishiga hamda bank kartalariga asoslan-gan
chakana to‘lov tizimlari faoliyati bilan bog‘liq xatarlarning kamayishiga xizmat qilmoqda.

2019 yil davomida Markaziy bank tomonidan tijorat banklari bilan hamkorlikda respublikaning

barcha hududlarida “Humo” to‘lov tizimida ishlovchi 1 650 donadan ortiq bankomatlar hamda
qariyb 178 ming dona terminallar o‘rnatilishi ta’minlandi [3].

Tijorat banklari tomonidan 2019 yilning yakuni bo‘yicha jami 2,5 mln. dan ziyod “Humo”

to‘lov tizimi bank kartalari muomalaga chiqarilgan bo‘lib, ushbu bank kartalariga 512 mlrd. so‘mdan
ortiq mablag‘lar kirim qilindi.

“Humo” tizimi bankomatlari tarmog‘ida 2019 yilning avgust oyidan VISA xalqaro bank

kartalariga, oktyabr oyidan boshlab esa Mastercard xalqaro bank kartalariga xizmat ko‘rsatish
amaliyotlari joriy etildi. Shuningdek, “Humo” tizimi terminallari tarmog‘ida 2019 yilning dekabr
oyidan boshlab Mastercard va VISA xalqaro bank kartalariga xizmat ko‘rsatish amaliyotlari joriy
qilindi.

Bu esa o‘z navbatida, mamlakat aholisi, chet ellik mehmonlar va sayyohlar uchun

o‘zining xalqaro bank kartalari (Mastercard va Visa) orqali mamlakatimiz hududida savdo va xizmat
ko‘rsatish ob’ektlaridagi terminallar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri, hech qanday valyuta ayirboshlash
operatsiyalarisiz, to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratmoqda.

“Humo” to‘lov tizimining ishga tushirilishi aholi uchun bugungi kunda ommabopligi jadal

oshib borayotgan “kontaktsiz” to‘lovlarni amalga oshirishga keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Jumladan, hisobot yilida “Humo” to‘lov tizimi imkoniyatlaridan jamoat transportida

to‘lovlarni amalga oshirishda foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Toshkent shahri metropolitenida
yo‘l haqini to‘lashning “kontaktsiz” tizimi joriy qilindi.

Natijada Toshkent shahri hududida aholi uchun metropoliten xizmati-dan foydalanishda o‘z

“Humo” to‘lov tizimi bank kartalarini yoki ushbu bank kartalariga ulangan qo‘l tasmalari va
stikerlarni metropolitenga kirishdagi maxsus qurilmalarga tekkizish orqali aniq vaqt rejimida
to‘lovlarni amalga oshirishlari uchun sharoit yaratildi.

Bunday “kontaktsiz” to‘lov texnologiyalarini kelgusida respublika-mizning boshqa

shaharlaridagi jamoat transporti tizimlarida, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida ham joriy qilish
ko‘zda tutilmoqda.

Mamlakatimiz milliy bank kartalari tizimining rivojlanishi, xalqaro to‘lov kartalari

tizimlari bilan integratsiyalashuvi nafaqat respublika bo‘yicha ichki to‘lov tranzaktsiyalarning,
balki tashqi to‘lov tranzaktsiyalarning uzluksiz amalga oshirilishini hamda milliy kartaga
asoslangan innovatsion xizmatlarning keng joriy etilishini ta’minlay-digan bank kartalari bo‘yicha
operatsiyalarni qayta ishlashning milliy infratuzilmasi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.

Mamlakatimizda chakana to‘lov tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar bilan bir

qatorda, uning me’yoriy-huquqiy bazasini rivojlan-tirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini, xalqaro me’yor va qoidalarni chuqur

o‘rganish asosida O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

810

Qonuni ishlab chiqildi.

Ushbu Qonun to‘lovlar va to‘lov tizimlari sohasida yagona axborot va huquqiy muhitni

yaratish, Markaziy bank tomonidan to‘lov xizmatlari bozorini, to‘lov tizimlarining faoliyat
yuritishini, to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchilarning faoliyatini
samarali tartibga solish, to‘lov xizmatlarining ommabopligi va shaffofligini oshirish, shuningdek,
elektron pullar sohasidagi munosabatlarni va elektron pullar tizimi ishtirokchilari faoliyatini
tartibga solish borasidagi ishlarni tizimli tashkil etishda me’yoriy- huquqiy baza bo‘lib xizmat
qiladi.

Markaziy bank tomonidan milliy to‘lov tizimini rivojlantirish va moliyaviy xizmatlar

ommabopligini oshirish yo‘nalishidagi ishlar doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
keng qo‘llagan holda masofadan turib xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirishga doir chora-
tadbirlarni izchil amalga oshirish davom ettirilmoqda.

Bugungi kunda aholi tijorat banklari tomonidan mobil ilova dasturlari orqali real vaqt

rejimida kartadan kartaga pul o‘tkazish (P2P) operatsiyalarini bajarish, soliq, byudjet, kommunal
va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish, mikroqarz olish va kreditlarni so‘ndirish, onlayn
omonatlarni rasmiylashtirish, depozit hamda ssuda (kredit) hisobvaraq-larini masofadan ochish,
xalqaro bank karta hisobvarag‘idan to‘lovlarni amalga oshirish, onlayn konversiya operatsiyalarini
amalga oshirish va boshqa masofaviy bank xizmatlaridan keng foydalanmoqda.

O’z navbatida, korxona va tashkilotlar uchun bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish

tizimlari orqali real vaqt rejimida bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larni tasarruf etish va to‘lovlarni
amalga oshirish, valyuta mablag‘lari sotib olish (konvertatsiya) uchun buyurtmanomani elektron
shaklda xizmat ko‘rsatuvchi bankka yuborish, oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni
o‘tkazish uchun elektron qaydnomani bankka uzatish va boshqa xizmatlardan foydalanish
bo‘yicha imkoniyatlar yaratildi.

Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida yuqoridagi xizmatlardan

foydalanuvchi mijozlar soni 2020 yil 1 yanvar holatiga qariyb

10,2 mln.

tani tashkil qilgan bo‘lib,

hisobot yili davomida 1,3 barobarga ko‘paygan. Ularning 9,5 mln. tasini yoki 93 foizini (2018 yilga
nisbatan 1,3 barobarga ko‘paygan) jismoniy shaxslar tashkil etadi.

Bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimlaridan foydalanuvchi yuridik shaxslar

va yakka tartibdagi tadbirkorlar umumiy soni esa 2019 yilda 1,9 barobarga ko‘paygan holda 2020
yilning 1 yanvar holatiga 691 mingtaga etgan [3].

Bu esa, banklarda o‘z hisobvaraqlariga ega bo‘lgan respublikamizda faoliyat yurituvchi

yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankka tashrif buyurmagan holda masafadan
turib o‘z hisobvaraqlarini boshqarishi hamda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Xulosa va tavsiyalar

Raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot vositalarini iqtisodiyotning barcha soha va

tarmoqlariga keng joriy etishda tijorat banklarining o‘rni va ahamiyati juda ham katta. Shundan
kelib chiqqan holda, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, bugungi kunda banklar faoliyatida ham
raqamli transformatsiyalashni amalga oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada
mamlakatimizda ilk raqamli bank “Anorbank” faoliyati-ning yo‘lga qo‘yilganligi quvonarli
holatdir. Banklar faoliyatida raqamlashtirishdan foydalanish – bu eng avvalo yangi bank


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

811

xizmatlarini ko‘rsatish, yangi bozor imkoniyatlariga ega bo‘lish maqsadida raqamli
texnologiyalardan keng foydalanishni ko‘zda tutadi.

Bugungi kunda butun jahonda bank amaliyotida amalda mavjud biznes-modellar o‘rniga

raqamli valyutalar, R2R-servislar,mobil va kontaktsiz to‘lovlar tizimidan keng foydalanilmoqda.

Aynan shundan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda ham bank tizimini raqamli

transformatsiyalash va bu borada jahon amaliyotida keng qo‘llaniluvchi raqamli texnologiyalardan
foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.

REFERECES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga Murojaatnomasi.

http://uza.uz/oz/politics/O‘zbekiston-respublikasi-prezidenti-

shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01-2020

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston
Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni

3.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019 yildagi faoliyati to‘g‘risida hisobot.
Toshkent., 2020 y.

4.

Доклад

о

цифровой

э

кономике

2019.

Создание

стоимости

и

получение

выгод

:

Последствия

для

развивающихся

стран

.

ООН

.

Женева

2019

г

.

5.

М

.

Ачаповская

Цифровизация

экономики

как

драйвер

иннова

-

ционного

развития

.

/

Банкаўскі

веснік,

САКАВИК

2019.

Электроннўй

ресурс:

http

://www.nbrb.by/bv/articles/10611.pdf

6.

Доклад

о

развитии

цифровой

экономике

в

России

.

Конкуренция

в

цифровую

эпоху

:

стратегические

вызовы

для

Российской

Федерации

.

/

2018 Международный банк

реконструкции и развития /Всемирный банк

7.

Сюзан Чишти, Янош Барберис.

Финтех: Путеводител по новейшим финансовым

технологиям //Алпина Паблишер. 2017. 343 с.

8.

Binghui Wu, Tingting Duan.

The Application of Blockchain Technology in Financial

markets// Journal of Physics Conference Series 1176 (4):042094 March 2019.

9.

Миронова Д.Д., Шершова Е.В. Развитие современнўх банковских технологий в
условиях цифровой трансформации економики Российской Федерации // Вестник
Алтайской академии экономики и права. – 2020. – № 4-3. – С. 378-384

10.

Moliya va bank ishi. Elektron ilmiy jurnal.// 2/2020.

11.

Abdulazizovich, Abduvakhidov Akmal, and Kamilova Sanobar Mirdjamolovna. "ISSUES
OF BANKING SYSTEM DIGITALIZATION IN UZBEKISTAN."

World Bulletin of

Management and Law

11 (2022): 14-19.

12.

Abdulazizovich, Abduvoxidov Akmal, and Obilov Mirkomil Rashidovich. "RAQAMLI
IQTISODIYOT VA UNING MOLIYAVIY BOZORGA TA’SIRI."

International Journal

of Contemporary Scientific and Technical Research

(2022): 71-75.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi. http://uza.uz/oz/politics/O‘zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01-2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019 yildagi faoliyati to‘g‘risida hisobot. Toshkent., 2020 y.

Доклад о цифровой экономике 2019. Создание стоимости и получение выгод: Последствия для развивающихся стран. ООН. Женева 2019 г.

М.Ачаповская Цифровизация экономики как драйвер иннова-ционного развития./ Банкаўскі веснік, САКАВИК 2019. Электроннўй ресурс: http://www.nbrb.by/bv/articles/10611.pdf

Доклад о развитии цифровой экономике в России. Конкуренция в цифровую эпоху: стратегические вызовы для Российской Федерации./ 2018 Международный банк реконструкции и развития /Всемирный банк

Сюзан Чишти, Янош Барберис. Финтех: Путеводител по новейшим финансовым технологиям //Алпина Паблишер. 2017. 343 с.

Binghui Wu, Tingting Duan. The Application of Blockchain Technology in Financial markets// Journal of Physics Conference Series 1176 (4):042094 March 2019.

Миронова Д.Д., Шершова Е.В. Развитие современнўх банковских технологий в условиях цифровой трансформации економики Российской Федерации // Вестник Алтайской академии экономики и права. – 2020. – № 4-3. – С. 378-384

Moliya va bank ishi. Elektron ilmiy jurnal.// 2/2020.

Abdulazizovich, Abduvakhidov Akmal, and Kamilova Sanobar Mirdjamolovna. "ISSUES OF BANKING SYSTEM DIGITALIZATION IN UZBEKISTAN." World Bulletin of Management and Law 11 (2022): 14-19.

Abdulazizovich, Abduvoxidov Akmal, and Obilov Mirkomil Rashidovich. "RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING MOLIYAVIY BOZORGA TA’SIRI." International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research (2022): 71-75.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов