TEACHING PYTHON PROGRAMMING IN SECONDARY SCHOOLS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Xusanov , K. (2023). TEACHING PYTHON PROGRAMMING IN SECONDARY SCHOOLS. Modern Science and Research, 2(5), 8–11. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19704
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article told about the methodology for creating and using educational-didactic materials for students using the Python programming language, the application of didactic materials in the educational process, the types of didactic tools.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

8

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA PYTHON DASTURINI O'QITISH

Kozimjon Xusanov Yusubjon o'g'li

Namangan viloyati Kosonsoy tumani Namangan davlat universteti 2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7886461

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Python dasturlash tili yordamida o’quvchilarga o’quv-

didaktik materiallar yaratish va ulardan foydalanish metodikasi, didaktik materiallarning o’quv
jarayonida qo’llanishi, didaktik vosita turlari haqida so’z borgan.

Kalit so’zlar:

didaktika,komponentlar, didaktik vositalar, ko’nikma, malaka, model, maket,

ko’rgazma, texnik vositalar, komponentlar, texnologik xaritalar, kompetentsiya.

TEACHING PYTHON PROGRAMMING IN SECONDARY SCHOOLS

Abstract.

This article told about the methodology for creating and using educational-

didactic materials for students using the Python programming language, the application of
didactic materials in the educational process, the types of didactic tools.

Keywords:

didactics, components, didactics, skills, qualifications, model, layout,

exhibition, technical tools, components, technological maps, competence.

ОБУЧЕНИЕ ПРОГРАММИРОВАНИЮ НА PYTHON В СРЕДНИХ ШКОЛАХ

Аннотация.

В данной статье рассказывается о методике создания и

использования дидактических материалов для учащихся с использованием языка
программирования Python, использовании дидактических материалов в учебном процессе,
видах дидактических средств.

Ключевые слова:

дидактика, компоненты, дидактические средства, умения,

навыки, модель, макет, выставка, технические средства, компоненты, технологические
карты, компетенции.

Hozirgi kunda inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish qamrab olgan

bo’lib, bu hodisa har bir kishidan yuqori axborot madaniyatini talab qiladi. Shu sababli
maktabning fan o’quv dasturlari o’quvchilarining bilim, ko'nikma va qobiliyatlarini
rivojlantirishni ta'minlaydigan fanlar bilan to'ldirishlari zarur.

Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish

“Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli
texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta’minlashning
muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va
qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar davlat
organlari va tarmoq tashkilotlarini malakali IT-mutaxassislar bilan ta’minlash uchun mustahkam
zamin yaratmoqda

Shu bilan birga, respublikaning mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmovchiligi axborot

texnologiyalari sohasidagi o‘quv dasturlari va uslublarini takomillashtirish, ta’lim
muassasalarining IT-kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirishni taqozo etmoqda.

Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot ta’lim

muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olish, turli sohalarda zamonaviy axborot
texnologiyalarini

samarali

qo‘llash va

axborot

oqimidan

oqilona

foydalanishga

o‘rgatishdan iborat. Shu maqsadda o‘quvchilarga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash
imkoniyati va sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilishga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

9

o‘rgatish ta’lim sifatini oshishiga olib keladi.

Hozirgi kunda bir nechta dasturlash tillari ishlab chiqilgan bo‘lib, bularga Paskal, Delphi,

C++, C#, Python, Java va boshqalarni misol qilish mumkin. Bu dasturlash tillari biror
yo‘nalishdagi masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularni obyektga yo‘naltirilgan
dasturlash tillari deyish mumkin. Dasturlash tillari haqida so‘z yuritishdan oldin “dastur”,
“dasturlash”, “dasturlash muhiti” tushunchalarining mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tishni
lozim topdik.

Dastur – oldindan tayyorlangan algoritm va hisoblash texnikasi vositalariga

asoslangan holda bajariladigan ishning shart-sharoiti, maqsadi va vazifasini e’tiborga olib,
uning biror bir formal (shartli) algoritmik tildagi aniq va to‘liq ifodalanishi [2;46-b.].

Dastur – bajariladigan ish yoki biror faoliyat rejasi. Dastur – biror masalani yechishda

kompyuterda bajarishi lozim bo‘lgan amallarning izchil tartibi [4;17-b.].

Dasturlash

tili

– kompyuterlar uchun dasturlar (ko‘rsatmalar yig‘indisi)

yoziladigan, uni u yoki bu harakatlarni bajarishga majbur qiladigan rasmiy til [4;53-b.].

Bizning fikrimizcha dasturlash bu – kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli elektron

mashinalar uchun mo‘ljallangan dasturlarni yaratish, tajriba orqali sinovdan o‘tkazish hamda
xatolarni tuzatib borish jarayonidan iboratdir. Boshqacha aytganda, kompyuter uchun dastur
tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan kishi dasturchi deyiladi. Kompyuter tushunadigan
til dasturlash tili deb ataladi.

Dasturlash muhiti bu – dasturchi yozadigan kodlarni aynan qanday tilda va muhitda

yozishi tushuniladi. Masalan: keng tarqalgan va ko‘plab foydalanuvchiga ega muhitlarni misol
qilish mumkin. PHPStorm — asosan PHP dasturchilarga, VisualStudio — .Net
dasturchilarga, NetBeans —Java, PHP dasturchilarga, PHPDesigner — asosan veb (PHP)
dasturchilarga mo‘ljallangan. Hozirgi kunda dastur tuzish yuqori darajadagi dasturlash tillari
(Delphi, Java, C++, S#, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining
semantikasi inson tiliga yaqinligi bois dastur tuzish jarayonini osonlashtiradi.

Python dasturi, yuqori darajali dasturlash tili. Amaliy dasturlarni yozish va web dasturlash

uchun foydalaniladi. Python dasturlash tilining sintaksisi maksimal darajada yengillashtirilgan.
Ancha kuchli, lekin shu bilan birga o‘rganish uchun oson dasturlash tili.

Python dasturlash tilini o‘qitishda quyidagi asosiy tushunchalar muhim sanaladi.

Funksiya - ma’lum bir vazifani bajaruvchi, qandaydir nomga ega, bir yoki bir necha
qiymatni qabul qiluvchi, ishni tugatganidan keyin esa asosiy dasturga bir yoki bir necha natija
qiymatlarni qaytaruvchi qism dastur.
Qism dastur- zarurat tug‘ilganda chaqiriladi. U ayni bir kodni bir necha marta yozish
zaruratini bartaraf qilib, butun dastur davomida ko‘p marta foydalanilishi mumkin. Bu
kodning blokliligini oshiradi, tushunishni osonlashtiradi va xatolarni topishda yordam
beradi. Xato bor yoki yo‘qligini bitta kod blokining o‘zida tekshirsa bo‘ladi. Agar xato qism
dasturda bo‘lsa, faqat qism dasturning o‘zini tuzatishga zarurat tug‘iladi. Agar qism dasturdan
foydalanmasdan, kod bir necha joyda takror-takror yozilsa, u holda butun dastur bo‘ylab
xatolarni qidirishga to‘gri keladi.

• kodni faqat bitta joyda yangilash kerak bo‘ladi: Kiritilgan barcha tuzatishlar qism

dastur chaqirilishi bilan amal qila boshlaydi.

• protsedura- funksiyaga o‘xshash ko‘p marta foydalanilishi mumkin bo‘lgan qism


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

10

dastur bo‘lib, yagona farqli jihati hech qanday qiymatni qaytarmaydi.

Python dasturlash tilining har xil masalalarni yechishga mo‘ljallangan bir necha foydali

standart funksiyalari mavjud:

Har bir funksiya hamda protseduraga albatta nom berish kerak va bu nom Pythonda

define (ing. define – aniqlash) so‘zidan olingan def kalit so‘zi bilan boshlanadi.

def

- funksiyani e’lon qiluvchi kalit so‘z.

funksiya_nomi

- funksiya nomi.

parametrlar ro‘yxati

- ushbu ro‘yxat bir necha parametrdan iborat bo‘lishi mumkin

va ular vergul bilan ajratib yoziladi.

buyruqlar_bloki

- funksiya tanasi boshqa operatorlar kabi bitta xat boshi tashlab yozilishi

shart.

Funksiya nomi orqali chaqirilganda uning tarkibidagi buyruqlar ketma-ketligi

bajariladi. Shundan so‘ng dastur funksiya chaqirilgan satrga qaytadi va shu satrdan keyingi
buyruqlarga o‘tadi.

Pythonda

protseduralar

deyarli

funksiyalardek

yoziladi.

Farqi

shundaki,

protseduralar hech qanday qiymatni qaytarmaydi.

Funksiyaning o‘zini o‘zi chaqirishiga rekursiya deyiladi va bunday funksiyalar rekursiv

funksiyalar deb ataladi.

Rekursiv funksiyalar dasturlashning kuchli mexanizmi hisoblanadi, lekin ular har doim

ham samarali emas. Chunki aksariyat hollarda xatolarga yo‘l qo‘yadi. Xatolar ichidan eng
ko‘p tarqalgani – cheksiz rekursiya. Unda funksiyaning chaqiruv zanjiri cheksiz bo‘lib,
kompyuter bo‘sh xotirasi tugamaguncha davom etaveradi. Cheksiz rekursiya ro‘y berishining
sabablari:

Python

dasturlash

tili

– obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tili bo‘lib,

o‘quvchilar uchun tushinarli va sodda dasturlash tili hisoblanadi. Python dasturlash tilining
afzallik tomonlari shundaki,

birinchidan: bu dasturlash tilida tuzilgan dastur boshqa platforma hamda

operatsion tizimlarda ishlaydi;

ikkinchidan: bitta platforma yoki operatsion tizimda yozilgan kod boshqa

platforma yoki operatsion tizimga o‘tkazilganda turli xil xotirani egallashi mumkin. Bu esa ba’zi
bir xatoliklarga olib kelishi mumkin. Bunday dasturlar qatoriga C dasturlash tilini misol
keltirish mumkin. Python dasturlash tilida esa bunday kamchilik bartaraf etilgan;

Umumiy o‘rta maktabda zamonaviy dasturlash tillarini o‘qitilishi o‘quvchilarda

dasturlash muhitida ishlash va mustaqil dastur tuzish, mamlakatimizning turli sohalari uchun
ilovalar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish ko‘nikmalarini
shakllantirishga va ularning amaliy ishlarida yangi qirralarning ochilishiga zamin
hozirlaydi.







background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

11

REFERENCES

1. Н.Н. Зарипов “Kompyuter grafikasi yordamida talabalarning fazoviy tafakkurini

rivojlantirish”

//

Образование и инновационные исследования https://doi.

org/10.53885/edinres. 2022.10. 10.015

2. И.Ш. Садуллаев, Н.Н. Зарипов “Персональная учебная среда учащегося в

режиме дистанционного обучения” - Международна научна школа «Парадигма».
Лято, 2015.

3. N.N. Zaripov Using methods of foreign experiences in teaching informatics and

information technologies in school. - Theoretical & Applied Science, 2020

References

Н.Н. Зарипов “Kompyuter grafikasi yordamida talabalarning fazoviy tafakkurini rivojlantirish” // Образование и инновационные исследования https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.10. 10.015

И.Ш. Садуллаев, Н.Н. Зарипов “Персональная учебная среда учащегося в режиме дистанционного обучения” - Международна научна школа «Парадигма». Лято, 2015.

N.N. Zaripov Using methods of foreign experiences in teaching informatics and information technologies in school. - Theoretical & Applied Science, 2020

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов