ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
243
XI-XIV ASRDAGI BA'ZI TURKIY LUGʻSTLARDA QOʻLLANGAN NON VA
NON MAHSULOTLARI NOMLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI.
Xidirova Iroda
Ilmiy rahbar
Abdurahmonova Gulorom
Yarasheva Mashhura
Termiz davlat universiteti 2 - bosqich talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.7916072
Annotatsiya.
Maqolada baʼzi qadimgi turkiy lugʻatlardan “Devonu lug‘otit turk”, “At-
tuhfatuz zakiyyat fillug'atit turkiya”hamda “Kelurnoma”kabi bir qator asarlarda duch
kelinadigan non va uning turlariga oid soʻzlarning leksik-semantik tahlili, lugʻatlarda keltirilgan
non mahsulotlarining bir-biridan tubdan va qisman farqlari, pishirilishi usullari yoritilgan bir
qator masalalar xususi mushohada qilinadi.
Kalit so'zlar: “
Devonu lugʻot-t-turk”, “At-tuhfatuz zakiyya fiy lug‘atit turkiya”,
“Kelurnoma”, leksik-semantik tahlil, tubdan va qisman farqlilik, pishirilish usullari...
LEXICAL-SEMANTIC ANALYSIS OF THE NAMES OF BREAD AND BAKERY
PRODUCTS USED IN SOME TURKIC LEXICSTS OF THE 11TH-14TH CENTURY.
Abstract.
In the article, the lexical-semantic analysis of the words related to bread and its
types found in a number of works such as “Devonu lug'otit turk”, “At-tuhfatuz zakiyyat fillug'atit
turkiya” and “Kelurnoma” from some old Turkish dictionaries, one of the bread products listed
in the dictionaries - a number of issues with fundamental and partial differences, cooking methods
are highlighted.
Keywords: “
Devonu lug'ot-t-turk”, “At-tuhfatuz zakiyyat fillughatit turkiya”, “Kelurnoma”,
lexical-semantic analysis,radical and partial differences,cooking methods...
ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ НАЗВАНИЙ ХЛЕБА И
ХЛЕБОБУЛОЧНЫХ ИЗДЕЛИЙ, ИСПОЛЬЗОВАННЫХ В НЕКОТОРЫХ
ТЮРКСКИХ СЛОВАРЯХ XI-XIV ВВ.
Аннотация.
В статье представлен лексико-семантический анализ слов,
относящихся к хлебу и его видам, встречающихся в ряде работ, таких как “Devonu lugotit
Turk”, “at-tuhfatuz zakiyt fillugatit turkiya” и “Kelurnoma” из некоторых древнетюркских
словарей, а также рассмотрен ряд вопросов, касающихся принципиальных и частичных
различий между хлебобулочными изделиями, перечисленными в словарях, а также способов
их выпечки. будет сделано.
Ключевые слова:
”Devonu dikot-t-Turk“, ”at-tuhfatuz zakiya fiy dikatit turkiya“,
”kelurnoma",
лексико-семантический
анализ,
принципиальная
и
частичная
дифференциация, способы приготовления.
Nonning tarixi bir necha ming yilliklarga borib taqaladi. Ilmiy izlanishlarga ko‘ra, birinchi
non mahsulotlari taxminan 8 ming yil oldin paydo bo‘lgan. Birinchi xamirturushli non Misrda
tayyorlangan. (9;internet maʼlumoti). Mahmud Qoshg'ariyning “Devoni lug'otit-turk” (“Turkiy
so’zlar devoni”—turkiy tillar haqidagi qomusiy asari (1071—72).(Bu asarda XI asrning 2-yarmida
Markaziy Osiyoda va G’arbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urug’ va qabilalar, ularning
ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, bu hududning geografiyasi, metrologiyasi va astronomiyasiga oid
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
244
qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirilgan). (keyingi oʻrinlarda MK) XIII-XIV asrlarda yaratilgan,
muallifi bizga noma'lum bo'lgan “At-tuhfat uz-zakiyatu fil-lug'otit-turk”(“Turkiy til haqida noyob
tuhfa”)(keyingi oʻrinlarda “At-tuhfat”) hamda XVII asrda yozilgan muallifi Muhammad Yoqub
Chingiy boʻlgan turkiy-forsiy lugʻat “Kelurnoma” kabi asarlarda namunalar keltilganligi xususida
bir qancha misollar bilan izohlangan. Ularning rivoj topganligi va har birining alohida nom bilan
va pishirilish uslubining oʻziga xosligi bilan oʻsha davrdan oʻtib kelgan deyish mumkin.Shu bilan
birga nonning qanchalik muqaddas neʼmatligi hamda har davr uchun eʼzozli, hamisha
darsturxonda boʻladigan non haqida mualliflar ham alohida eʼtibor bilan toʻxtalib oʻtishgan. Shu
mavzuga doir maqolada ularning tiplarga ajratilgani haqida mulohaza bor edi.Ushbu maqola ham
birinchi maqolaning uzviy davomi boʻlib, ajratilgan turkumning 4-siga tegishlidir.
1. Mevalar;
2. Sabzavotlar;
3. Poliz ekinlari;
4. Non mahsulotlari;
5. Issiq taomlar va shu kabi turlarga boʻlib tahlil qilindi.
“Devonu lug‘otit turk”, “At-tuhfatuz zakiyyat fillug'atit turkiya” hamda “Kelurnoma”
asarlarida yozuvchilar tomonidan yigʻilib lugʻat tarkibiga kiritilgan non mahsulotlarining tahlili
jarayonida ularning aksariyati Mahmud Qoshgʻariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida uchrashi,
shuningdek, qay usulda va hatto qayerlarda tayyorlanishi kabi qimmatli maʼlumotlarga, muallifi
noʼmalum boʻlgan “At-tuhfatuz zakiyyat fillug'atit turkiya” va “Kelurnoma” asarlarida bunday
toʻliq taʼriflarning deyarli uchramasligiga guvoh boʻlamiz. Masalan,
üspiri (успири) —
issiq
kulda pishirilib, yoqqa toʻgʻrab, ustiga shakar sepib yeyiladigan non
(1;71-bet),
kömäč (кўрмас)
—
koʻmoch. Oʻchoqdagi choʻqqa koʻmib pishiriladigan non
(1;145-bet),
Büskäč (бускач) —
yuqa non
(1;180-bet),
Qaqurgʻan (қақурған) —
xamirga moy quyib,qoʻshib tandirda va
oʻchoqda pishirilgan non
(1;204-bet),
Quyma(қуйма) —
bir turli yoʻli non. Uni šarbat bilan
qorilgan xamirdan yupqa qilib kesiladi. Soʻng qozonda qaynayotgan yoqqa solib, toblab
olinadi,keyin ustiga shakar sepib yeyiladi
(1;383-bet) kabi leksemalarning qolgan ikki lugʻat yaʼni
“At-tuhfatuz zakiyyat fillug'atit turkiya” hamda “Kelurnoma”larda uchramasligini kuzatilsa,
lochira—yupqa non
ning har uchala lugʻatda qoʻllangani, masalan,
Käläsh —
lochira
(2;62-bet)"
At-tuhfat"kelgan uning muqolibii sifatida "MK"da
sinčü (синчу) —
lochiradek, juda yupqa ham,
qalin ham boʻlmagan bir turli non.
(1;167-bet),
čuqmïn(чуқмин) —
lochiraga oʻxshash bir non.
Uni qozonda suv bugʻi bilan pishiriladi, bu oson hazm boʻladigan non
(1;177-bet) yoki
qatlamaning lugʻatlarda aynanligi koʻrinadi. Xususan,"Kelurnoma"da u
Katlama
yogʻda
qovurilgan
(3;33a5. 92-bet)shaklida "MK"da esa
qatma (қатма) qatma yugʻu —
yogʻda
pishiriladigan qat–qat non
(qatlama) (1;173-bet) koʻrinishida berib oʻtilgan.
Fikrlarga xulosa qilib shuni aytish oʻrinliki, yuqorida keltirilgan lugʻatlar tarkibida
uchraydigan ayrim non va non mahsulotlarining har uchala lugʻatlardagi oʻrinlariga,xususiy va
umumiy boʻlgan jihatlariga leksemalar maʼnosi va shu kabi koʻrinishlariga ahamiyat qaratildi va
maqola yuzasidan fikr-mulohazalar yuritildi.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
245
REFERENCES
1.
Mahmud Koshg‘ariy. Turkiy so‘zlar devoni (Devonu lug‘otit turk). – Toshkent:
Fanlar Akademiyasi, 1963. – B. 175.
2.
Muhammad Yaqub Chingiy.Kulurnoma.T.Oʻzbekiston SSR muhlis nazorati.1982
3. Attuhfatuz zakiyatu fillug‘atit turkiya [Turkiy til (qipchoq tili) haqida noyob
tuhfa]. – Toshkent: Fan, 1968.
3.
Mengliyev B. Hozirgi oʻzbek adabiy tili.nash.Tafakkur boʻstoni.T.2018
4.
Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va
texnologiya, 2009. 391-b.
5.
Nematov X., Rasulov P. Oʻzbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – T.:
Oʻqituvchi, 1995.
6.
Normamatov S. Leksikografiya asoslari. – T., 2020.
7.
Xidirova, I. ., & Dobilova, M. (2023). IMLO MUAMMOLARI VA YECHIM.
Modern Science and Research, 2(3), 138–141.
8.
www.ziyonet.uz
