Authors

  • Dilrabo Ergasheva
  • Sevara Abdushukurova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.19902

Keywords:

Linguistic syntactic pattern WPm clauses two sides of Wpm

Abstract

Ushbu maqolada nazariy ma’lumotlarga asoslanib, Xudoyberdi To’xtaboyevning "Besh bolali yigitcha" asarining lingvistik tahlili amalga oshirilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

252

GAPNING LISONIY SINTAKTIK QOLIPI VA UNING TIKLANISHI. SODDA

GAPNING TARKIBIY QISMLARI

Ergasheva Dilrabo Allanazarovna

Ilmiy rahbar

Abdushukurova Sevara

Termiz davlat universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7916234

Annotatsiya.

Ushbu maqolada nazariy ma’lumotlarga asoslanib, Xudoyberdi

To’xtaboyevning "Besh bolali yigitcha" asarining lingvistik tahlili amalga oshirilgan.

Kalit so’zlar:

Lisoniy sintaktik qolip, WPm, gap bo'laklari, Wpmning ikki tomoni, ya'ni chap

va o'ng tomonlari, modus, propozitsiya.

THE LINGUISTIC SYNTACTIC FORM OF THE SENTENCE AND ITS

RESTORATION. COMPONENT PARTS OF A SIMPLE SENTENCE

Abstract.

In this article, based on theoretical data, a linguistic analysis of Khudoyberdi

Tokhtaboev's work "Besh bolali yigitcha" is carried out.

Key words:

Linguistic syntactic pattern, WPm, clauses, two sides of Wpm, left and right sides,

mode, proposition.

ЯЗЫКОВО-СИНТАКСИЧЕСКАЯ ФОРМА ПРЕДЛОЖЕНИЯ И ЕЕ

ВОССТАНОВЛЕНИЕ. СОСТАВНЫЕ ЧАСТИ ПРОСТОГО ПРЕДЛОЖЕНИЯ

Аннотация.

В данной статье на основе теоретических данных проводится

лингвистический анализ произведения Худойберди Тохтабаева «Мальчик с пятью детьми».

Ключевые слова:

языковая синтаксическая модель, РПМ, фрагменты предложений,

две стороны РПМ, т.е. левая и правая стороны, модус, пропозиция.

Lisoniy sintaktik birlik so'z birikmasi va gap hosil qilish qolipidir. Lisoniy sathga tegishli
bo'lganligi uchun ham ularni

lisoniy sintaktik qolip

(qisqacha LSQ) deb ataymiz. Ra'no

Sayfullayeva hamda Bahtiyor Mengliyevlarning fikricha "LSQ g'isht qolipiga o'xshaydi. Inson
o'ngida ham so'zlash, nutqni shakllantirish maqsadida leksemalarni so’z birikmasi shaklida
keltirish, gap hosil qilish qolipi mavjud. Ular LSQ, model, konstruksiya, qurilma deb nomlansada,
Aslida bir tushunchani ifodalaydi" deb hisoblaydilar.

Biz gaplarning lisoniy sintaktik qolipi sifatida

WPm

ni olishimiz mumkin. WPm ning

mazmuni: Gapning eng kichik atov birligi ekanligi. WPm ning 2 ta tomoni mavjud: Birinchi
tomoni, ya'ni chap tomoni- uning formula ya'ni qolipi ekanligi bo'lsa; Ikkinchi tomoni ya'ni o’ng
tomoni uning mazmun tomoni. Mazmun bu o'sha WPm ni gapning eng kichik atov birligi ekanligi.
Biz bilamizki gapning eng kichik atov birligi kesimdir.

Gapning lisoniy sintaktik qolipida shakl va mazmun munosabati mavjud. Shakl va mazmun

munosabati - gapdagi kesim tarkibida shaxs-son hamda zamon qo’shimchalarining qo'llanishi.
Shakl va mazmun munosabati shaxs son va zamon qo’shimchalarining noto'g'ri qo'llanishida
buziladi.
Substansial tilshunoslikda gapning asosiy belgilari mavjud:
1. Gap tugal ohangga ega bo'lishi kerak. Masalan: Men opamni yaxshi ko'raman, juda, juda ham
yaxshi ko'raman. Hech ham xafa qilmasam, hech ham yig’latmasam deyman. (X.To’xtaboyev.
Besh bolali yigitcha .5-bet)


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

253

2.Gap albatta grammatik shakllangan bo'lishi kerak. Masalan: Makkani qopga solib, pastga olib
tushdim-da, eshakni to’qimlab, dalaga - opamning oldiga qarab chopib ketdim. (X.To’xtaboyev.
Besh bolali yigitcha. 8-bet). Ushbu gapimizni egalik, kelishik, shaxs-son, zamon qo’shimchalari
grammatik shaklni hosil qilib gapni grammatik shakllantirib kelmoqda.
3. Tugal fikr va sintaktik shaklga muvofiq tugallangan ohangga egaligi. Biz buni "Gaplar sintaktik
shakl yasovchi qo’shimchalarni olib tugal fikr ifodalashi" deb tushunamiz. Masalan: Ayollar
chopaymi-chopmaymi deb, darmonsiz ketmon urib, yer tekislashadi. Bu yerda tugal ohang
mavjud.
4.Kommunikatsiya (aloqa) axborot berish vositasi ekanligi. Masalan: - Iye tentak nega
yig’layapsan?

- Ona!

- Nima gap o’zi ?
– Xafa bo’lmaysizmi ?
- Nega xafa bo'lar ekanman!
- Yig'lamayman, deb so’z bering!
- Avval ayt-chi !
- Yo'q, avval so’z bering.
- Ha, ana so’z berdim.
- Otamni...- dedim-u, yana yig'lab yubordim, -urushga olib ketar ekan.

( X. To’xtaboyev. Besh bolali yigitcha. 13-bet)

Biz gaplarni lisoniy sintaktik qolipga ajratayotganimizda modus va propozitsiya

tushunchalariga ham duch kelamiz.

Sintaktik birlik (so’z birikmasi va gap) da ifodalangan, borliq bo'lagi, voqelik, vaziyat

sintaksisda propozitsiya deyiladi. propozitsiyani biz diktum deb ham ataymiz. Modus

gapning

subyekt tomonidan ifodalangan mazmun tomoni.

Quyida Xudoyberdi To’xtaboyevning Besh bolali yigitcha"asarida qo'llab o’tilgan modus

hamda diktum birliklari mavjud. Masalan, Otamning oldiga, qirga jo’naydigan bo'ldim. Diktum-
Otamning oldiga, Modus-qirga jo’naydigan bo'ldim; (13-bet) Opam marzaga, qalin tuproq ustiga
o'tirib, huzur qilib esladi. Diktum-opam marzaga, qalin tuproq ustiga o'tirib; Diktum - huzur qilib
esladi; (12-bet) Menga ko'zi tushgach, kulimsirab qo'ydi. Diktum - menga ko'zi tushgach; Modus-
kulimsirab qo'ydi; (14-bet) Otam, men kelguncha o’tindan qiynalib qolmanglar deb, tuni bilan
uxlamay bog'dagi katta o'rikni kesib, o’tin tayyorladi. Diktum - otam, men kelguncha o’tindan
qiynalib qolmanglar deb; Modus- tuni bilan uxlamay, bog'dagi katta o'rikni kesib, o’tin tayyorladi;
(15-bet) Kechqurun uyimizga erkak, ayollar to'planishdi, nega desangiz, o'sha kuni
qishlog’imizdan yana 4 kishi armiyaga ketayotgan ekan. Diktum - kechqurun uyimizga erkak,
ayollar toplanishdi; Modus- o'sha kuni qishlog’imizdan yana 4 kishi armiyaga ketayotgan ekan;
(15-bet) Ruslarning yonida bo'lishga harakat qil, ulardan o'rganasan. Diktum - ruslarning yonida
bo'lishga harakat qil; Modus - ulardan o’rgansan; (20-bet) Otam o’zi aslida kam gap odam,
so'rasang javob beradi, bo’lmasa, haftalab ham jim yuraveradi. Diktum - otam aslida kam gap
odam; Modus - haftalab ham jim yuraveradi. Aslida biz ushbu asarni boshidan oxirigacha tahlil
qiladigan bo'lsak, yozuvchining mahoratiga tan bermasdan ilojimiz yo'q. Chunki yozuvchi ushbu
asarida Lisoniy sintaktik qolipdan ham, Diktum hamda Moduslardan ham yetarlicha, kerakli


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

254

o’rinlarda mahorat bilan foydalangan. Diktum va modus birliklari gaplarni lisoniy sintaktik
qoliplarida muhim ahamiyatga ega.

REFERENCES

1.

R.Sayfullayeva. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent. - 2020.

2.

B.Mengliyev . Hozirgi o’zbek tili. Toshkent. - 2018.

3.

X.To`xtaboyev. Besh bolali yigitcha. Toshkent. - .

4.

Ergasheva D.A. Odil Yoqubov asarlarida inson ruhiy holati ifodalanishining lisoniy
manzarasi // Сўз санъати халқаро журнали. – Тошкент, 2020. №1, 2-jild. ISSN: 2181-
9297 Doi Journal 10.26739/2181-9297. – B. 99-103. (10.00.00 № 31)


References

R.Sayfullayeva. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent. - 2020.

B.Mengliyev . Hozirgi o’zbek tili. Toshkent. - 2018.

X.To`xtaboyev. Besh bolali yigitcha. Toshkent. - .

Ergasheva D.A. Odil Yoqubov asarlarida inson ruhiy holati ifodalanishining lisoniy manzarasi // Сўз санъати халқаро журнали. – Тошкент, 2020. №1, 2-jild. ISSN: 2181-9297 Doi Journal 10.26739/2181-9297. – B. 99-103. (10.00.00 № 31)

Most read articles by the same author(s)

Mahliyoxon Ergasheva , Dilrabo Ergasheva, LINGUISTIC ANALYSIS OF STABLE COMPOUNDS IN TOGAY MURAD'S WORK "OT KISHNAGAN AKSHOM" (AS EXAMPLES OF PHRASEOLOGY AND PROVERBS) , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 5 (2023): Modern science and research

Iroda Xidirova, Sevara Abdushukurova, Dilbar Berdikobilova, THE DIFFERENCE IN SOME KINSHIP NAMES USED IN DICTIONARIES OF THE 11TH AND 20TH CENTURIES , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 5 (2023): Modern science and research

Dilrabo Ergasheva, Iroda Qurbonova , ANALYSIS OF THE TYPES OF COMPOUND SENTENCES IN THE WORKS OF KHUDOYBERDI TÕXTABOYEV (IN THE INTERPRETATION OF THE WORK "RIDING THE YELLOW DEV") , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 5 (2023): Modern science and research

Xonzoda Karimova, Dilrabo Ergasheva, LINGUISTIC CHARACTERISTICS OF SIMILE TOOLS (IN THE EXAMPLE OF OLMAS UMARBEKOV'S WORK "IT IS DIFFICULT TO BE HUMAN") , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 5 (2023): Modern science and research

Jamshid Sheraliyev, Dilrabo Ergasheva, EXPRESSION OF BIRDS' NAMES IN DICTIONARIES (EXAMPLE OF "DEVONU LUG'OTIT TURK" AND "AT-TUHFAT" WORKS) , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 5 (2023): Modern science and research

Dilrabo Ergasheva, Laziza Choriyeva, LINGUISTIC ANALYSIS OF SPECIFIC SIMILES IN THE WORKS OF O'TKIR HASHIMOV. (IN THE INTERPRETATION OF THE WORK "WORKS OF THE WORLD") , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 5 (2023): Modern science and research

Muqaddas Abdunazarova, Dilrabo Ergasheva, ANALYSIS OF THE PRIVATE LIKENESSES PRESENTED IN THE WORK OF THE OTKIR HOSHIMOV “SCROLLS IN THE NOTEBOOK FRAME". , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 5 (2023): Modern science and research

Dilrabo Ergasheva , Sevara Abdushukurova, LINGUISTIC ANALYSIS OF ENGLISH AND RUSSIAN PROVERBS IN UZBEK , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 5 (2023): Modern science and research

Dildora Abdimo’minova, Dilrabo Ergasheva, LINGUISTIC FEATURES OF SIMILES IN THE WORKS OF O'TKIR HASHIMOV , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 5 (2023): Modern science and research

Maftuna Xushvaqtova, Dilrabo Ergasheva , ANALYSIS OF PERSONAL SIMILES PRESENTED IN O'TKIR HASHIMOV'S "WORKS OF THE WORLD" , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 5 (2023): Modern science and research