LINGUISTIC FEATURES OF SIMILES IN THE WORKS OF O'TKIR HASHIMOV

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Abdimo’minova, D., & Ergasheva, D. . (2023). LINGUISTIC FEATURES OF SIMILES IN THE WORKS OF O’TKIR HASHIMOV. Modern Science and Research, 2(5), 185–188. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19840
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In the article, the linguistic features of similes were studied in the framework of the literary text, examples were given and explained. The scientific views of several scientists about similes were discussed. Metaphor and simile were compared, examples were given and differences were shown. Samples of O'tkir Hashimov's works "Between Two Doors" and "Inscriptions on the Border of a Notebook" were seen.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

185

O’TKIR HOSHIMOVNING ASARLARIDA O’XSHATISH VOSITALARINING

LINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Abdimo’minova Dildora Oybekovna

TerDU talabasi

Ergasheva Dilrabo

Ilmiy rahbar

https://doi.org/10.5281/zenodo.7905736

Annotatsiya. Maqolada o’xshatish vositalarining lingvistik xususiyatlari badiiy matn

doirasida o’rganildi, misollar keltirildi va izohlandi. O’xshatishlar haqida bir qancha olimlarning
ilmiy qarashlari muhokama qilindi. Metafora hamda o’xshatish bir-biriga taqqoslanib, misollar
keltirilib farqlari ko’rsatildi. O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” va “Daftar hoshiyasidagi
bitiklar” asarlaridan namunalar ko’rildi.

Kalit so’zlar: poeziya, o’xshatish san’ati, leksik vositalar, go’yo, xuddi, singari, misli,

bamisli, baayni, xususiy o’xshatish.

ЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ СРАВНЕНИЙ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ

ЎТКИРА ҲАШИМОВА

Аннотация. В статье изучались языковые особенности сравнений в рамках

художественного текста, приводились и пояснялись примеры. Были обсуждены научные
взгляды нескольких ученых на сравнения. Метафора и сравнение были сопоставлены,
приведены примеры и показаны различия. Были просмотрены образцы произведений
Откира Гашимова «Между двумя дверями» и «Надписи на границе тетради».

Ключевые слова: поэзия, искусство сравнения, лексические приемы, как бы, будто,

будто бы, похожий на, похожий на, специальное сравнение.

LINGUISTIC FEATURES OF SIMILES IN THE WORKS OF O'TKIR

HASHIMOV

Abstract. In the article, the linguistic features of similes were studied in the framework of

the literary text, examples were given and explained. The scientific views of several scientists about
similes were discussed. Metaphor and simile were compared, examples were given and differences
were shown. Samples of O'tkir Hashimov's works "Between Two Doors" and "Inscriptions on the
Border of a Notebook" were seen.

Key words: poetry, art of simile, lexical devices, as if, as if, as if, similar to, similar to,

special simile.


O’xshatish badiiy tilning tasviriy vositalaridan biri bo’ib, u obrazlilik, tasviriylikni

kuchaytirish, favqulotda poetik xususiyati mavjudligi bilan ajralib turadi va kutilmagan
ifodadorlik, obrazli ta’sirchan fikr ifodalash uning muhim belgilaridan sanaladi. O’xshatish-ikki
xil narsani qiziqarli tarzda taqqoslydigan nutq figurasi hisoblanib, o’quvchining yoki
tinglovchining ongida qiziqarli aloqani boshlash uning maqsadidir. O’xshatish majoziy tilning
keng tarqalgan shakllaridan biri bo’lib, uning misollarini she’rlardan tortib qo’shiq so’zlariga
qadar uchratish mumkin.

Aristotel poeziyani o’xshatish san’ati deb ataydi va uning fikricha inson boshqa

mavjudotlardan o’xshatish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ham farqlanadi, hatto dastlabki
bilimlarni u o’xshatishdan oladi. XV asr badiiy san’atlar ilmining donishmandi Atoullo Husayniy


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

186

ta’rifiga ko’ra “Tashbeh vasfta bir nimani bir nimaga o’xshatmoqdin iborattur. Anikim, tashbeh
qilurlar mushabbah derlar va anikim, anga tashbeh qilurlar mushabbah bih derlar va ul vasfni vajh-
i-shibh derlar”.

Professor N.Mahmudov o’zbek tilida o’xshatishlarning to’rt unsurdan tashkil topishini, ular

o’xshatishning shakily ko’rsatkichi ekanligini ta’kidlaydi va “…o’xshatish sodda gaplarda
hamisha murakkab semantik struktura, kamida ikkita semantik propozitsiya ifodalangan bo’ladi”,
- deya qayd etadi. Demak o’xshatish hosil bo’lish o’rniga ko’ra to’rt asos - o’xshatiluvchi predmet
(o’xshatish obyekti),

o’xshatuvchi predmet (o’xshatish etaloni)
o’xshatma belgi (o’xshatish asosi)
o’xshatish vositasi (o’xshatishning shakliy ko’rsatkichi) asosida shakllanadigan tasviriy

ifodadir. O’xshatish haqida o’zbek tilshunosligida ilk tadqiqod ishini olib borgan M.Mukarramov
esa uni 3 asosdan iborat, o’xshatiluvchi obyekt va o’xshovchi obraz o’xshatishning asosi,
o’xshatish vositasiga asos sifatida qaralmaydi degan fikrni ilgari surgan. Akademik A.Rustamov
bu hodisani quyidagicha ta’riflaydi: “Shoirning mahoratini, xususan, uning tasavvur va xayol
olamining boy yoki qashshoqligini ko’rsatuvchi badiiy vositalardan biri o’xshatishdir”.
O’xshatishning mundarijasini o’xshatilish, o’xshovchi va o’xshamish tashkil etadi. O’xshatishni
hosil qiluvchi leksik vositalar kabi, singari, go’yo, xuddi, misli, misoli, bamisli ko’makchilari,
Grammatik vositalar esa -day(-dek), - simon, - ona, - larcha kabi qo’shimchalardir. Hozirgi o’zbek
tilida kabi, singari, yanglig’, xuddi, go’yo, bamisoli, misli, mislsiz, misoli, baayni kabi so’zlar
o’xshatish munosabatini ifodalovchi yordamchilardir.

Ayrim hollarda o’xshatishlar va metafora bir-biri bilan aralashib ketadi. O’xshatish va

metafora o’rtasidagi asosiy farq shundaki, taqqoslash uchun taqlid qilishda "o’xshash" yoki "kabi"
so’zlari ishlatiladi va metafora shunchaki "kabi" ishlatmasdan taqqoslashni bayon qiladi.
O’xshatishlarni metafora bilan taqqoslaganda tanib olish oson. Shuning uchun ular o’xshash
iboralar bilan qanday farqlanishini ko’rib chiqamiz:

1)

U faralarning chirog'ida kiyikka o’xshardi. - O’xshatish

U faralarning chirog'ida kiyik edi. - metafora
2)

Mening sevgim qizil atirgulga o’xshaydi. - O’xshatish

Mening sevgim - qizil atirgul. - metafora
3)

Uning farishtadek ovozi bor. - O’xshatish

U farishta. – metafora
O’xshatishlar o’z o’rnida ikki turga bo’linadi:
1.

Umumnutq o’xshatishlar

2.

Badiiy o’xshatishlar.

Umumnutq o’xshatishda obyekt, subekt, o’xshatilayotgan narsa va hodisa orasidagi belgi

avvaldan ma’lum bo’lsa, badiiy o’xshatishlar asosida ko’pchilikka ma’lum bo’lmagan belgi
chog’ishtiriladi.

Odil Yoqubov, O’tkir Hoshimov, O’lmas Umarbekov, Said Ahmad va ular singari

adiblarimiz ijodida o’xshatish namunalarini ko’rishimiz mumkin. Badiiy adabiyotlarimizni
o’xshatishlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi va asarlarda muallifning o’ziga xos orginal o’xshatishlar
ya'ni yozuvchi mahoratini belgilaydigan erkin o’xshatishlarni ham uchratish mumkin. Fikrimiz


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

187

dalili sifatida O’tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" hamda "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
asarlaridagi o’xshatishlarni ko’rib o’tamiz:

”Ajab, inson xotirasi-eshigi yopib qo’yilgan omborga o’xsharkan. Ombor oldidan har kuni

o’tasiz. O’tasiz-u o’z yumushingiz bilan ovvora bo’lib qayrilib ham qaramaysiz. Vaqti kelib
tasodifiy shamol omborning eshigini ochib yuboradi-yu, beixtiyor ichkariga mo’ralab qaraysiz.
Shunda qiziq holat ro’y beradi. Ombor ichida oltindan aziz narsa ham, ko’zingiz tushishi bilan
ta'bingizni xira qiladigan qaqir-ququrlar ham qalashib yotgan bo’ladi. Alam qiladigan joyi
shundaki, siz ulardan xohlaganingizni ajratib ololmaysiz... Hammasi baravariga jon ato qilib,
atrofingizni qurshab oladi” Adibning "Ikki eshik orasi" romanidan olingan ushbu satrlar
o’xshatishning yuksak namunasi desak adashmaymiz. Yozuvchi inson xotirasini kundalik
hayotdagi omborga mengzab, ikkisining vazifalarini tenglashtirgan va bu xususiy o’xshatishning
yaqqol namunasidir.

"Qalamda tortilgandek qoshlari, yonib turgan qop-qora xumor ko’zlari, sutday oppoq yuzi,

ingichka iyagidagi mitti xoli, angishvonadek og'zi-hammasi ataylab chizib qo’yilgan suratga
o’xshaydi". Ushbu gapda esa ikkita o’xshatishga duch kelamiz. Ya'ni birinchi o’xshatishda qoshlar
qalamda tortilgan holatga o’xshatilsa, ikkinchisida kishining og'zi kichkinaligidan mehnat quroli
hisoblanadigan kichik angishvonaga qiyoslanyapdi:

• "Kim bilsin, hali uyam urushga otlanib qoladimikan, guldek xotinini qon-qaqshatib";
• "Kimsan akam toshbaqadek boshini ichiga tortib o’tirsa yarashadimi?";
• "Sen bilmaysan, Robiya! Qopqonga tushgan bo’ridek o’zini qay teshikka urushni bilmay

qolgan dushmanni oldingga solib quvishning zavqi qanaqa bo’lishni bilmaysan";

• "Besh-olti qadam yugurib bordi-yu o’zidan o’zi gugurt cho’pidek lop etib yona boshladi";
• "Hoy, Duma, esingni yedingmi, dalada shuncha ish turibdi, chillali xotinday yalpayib

yotishga uyalmiysanmi?";

• "Ko’ngli-paxtasidek oppoq, fe'li-paxtasidek yumshoq, mehri-paxtasidek qaynoq...faqat

bitta aybi bor: "paxta qo’yish"ni bilmaydi";

• "Odamzodning tabiati qiziq: o’zining tariqdek savobi tarvuzdek, tarvuzdek gunohi tariqdek

tuyuladi";

• "Talantsiz yozuvchi tovuqqa o’xshaydi. Yong'oqdek tuxum tug'adida, qaqog’lab olamni

buzadi".

Yuqorida berilgan gaplar – day (dek) affiksi vositasida hosil bo’lgan namunalardir. Oxirgi

keltirilgan gap tarkibida ikkita o’xshatish mavjud. Ya’ni iste’dodsiz yozuvchi tovuqqa
o’xshatilayotgan bo’lsa, ikkinchi o’xshatish orqali tuxum yong’oqqa mengzalyapdi.

Adibning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" asaridagi namunalar asosan grammatik vositalar

bilan emas balki "o’xshaydi" fe'li orqali yuzaga chiqqan, ya'ni:

• "Ayol qalbi teskari magnitga o’xshaydi: yaqinlashsang uzoqlashadi, uzoqlashsang

yaqinlashadi". Bu gapda ayol qalbi magnitga;

• "Haqiqat havoga o’xshaydi. Rangini ko’rmaysiz. Ovozini eshitmaysiz. Hidini bilmaysiz.

Ammo bir lahza havosiz qolsangiz bo’g'ilib ketasiz. Kitob ham shunday. Yolg'onga duch kelgan
kitobxon bo’g'ilib ketadi";

• "Do’st degani daraxt yaprog'iga o’xshaydi. Bahor chog'i behisob, kuz kelganda sanoqli.

Yoshlik chog'i behisob, keksayganda sanoqli";

• "Ilk muhabbat bahor osmonidagi bulutga o’xshaydi";


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

188

O’tkir Hoshimov o’z asarlarida xususiy o’xshatishning yuksak, tesha tegmagan

namunalaridan foydalangan desak mubolag'a bo’lmaydi. "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" asaridagi
ushbu gapni kuzatsak; "Asar binoga o’xshaydi. Faqat bino g'ishtdan quriladi, asar esa so’zdan.
Endi bir narsani tasavvur qiling, bitkazilgan binodan bitta g'ishtnu sug'urib olsangiz uning husniga
shikast yetadi, o’nta g'ishtni ko’chirsangiz bino bosib qoladi. Shunday asar borki butun jumlalarni
olib tashlasangiz ham yuzta so’zni olsangiz ham, mingtasini o’rnini almashtirsangiz ham
o’zgarmaydi. Bunaqa "asar" bino emas vayronadir".

Ushbu namuna ham yuqorida ko’rganimiz, ombor va inson xotirasi kabi xususiy o’xshatish

bo’lib, yozuvchining yuksak mahoratini yaqqol namoyon bo’ladi. Bu o’xshatish asarga badiiylik,
ta'sirchanlik qo’shib, o’quvchini o’ziga jalb etadi.

Badiiy asarni tahlil qilish asarda yoritilgan mazmunga ham shakl va hajmga ham alohida

e’tiborqaratishni talab qiladi. Asarlarni tahlil qilar ekanmiz, adibning so’z qo’llash mahorati,
yozgan asari o’quvchiga qay darajada ta’sir eta olishi, adibning murakkab konstruksiyali farqlash,
qiyoslash, chog’ishtirish mantig’ini tasavvur qilishimiz mumkin bo’ladi. Bu esa o’z navbatida asar
tilini yaxshi tushunib yetishimizga yordam beradi.


REFERENCES

1.

Umurqulov B. Badiiy adabiyotda so’z.-Toshkent: Fan, 1993.

2.

Abdalimova Sh, Rahimova Z. O’xshatish vositalarining lingvistik xususiyatlari. Solution
of social problems in management and economy. 34-38

3.

Bozorova G. Badiiy o’xshatishlarning lisoniy xususiyatlari. Oriental Renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences.1285-1293.

4.

O’tkir Hoshimov. Ikki eshik orasi. Sharq nashriyoti-2012

5.

O’tkir Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar.

6.

Abdullayev A. O’zbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi. -Toshkent, O’zbekiston, Fan,
1983.

7.

Abdurahmonov G’, Mamajonov N. O’zbek tili va adabiyoti. –Toshkent, O’zbekiston,
1985.

8.

Karimova X, Ergasheva D. O’xshatish vositalarining lingvistik xususiyatlari (Olmas
Umarbekovning “Odam bo’lish qiyin” asari misolida). International scientific journal
“Modern science and research”.



References

Umurqulov B. Badiiy adabiyotda so’z.-Toshkent: Fan, 1993.

Abdalimova Sh, Rahimova Z. O’xshatish vositalarining lingvistik xususiyatlari. Solution of social problems in management and economy. 34-38

Bozorova G. Badiiy o’xshatishlarning lisoniy xususiyatlari. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.1285-1293.

O’tkir Hoshimov. Ikki eshik orasi. Sharq nashriyoti-2012

O’tkir Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar.

Abdullayev A. O’zbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi. -Toshkent, O’zbekiston, Fan, 1983.

Abdurahmonov G’, Mamajonov N. O’zbek tili va adabiyoti. –Toshkent, O’zbekiston, 1985.

Karimova X, Ergasheva D. O’xshatish vositalarining lingvistik xususiyatlari (Olmas Umarbekovning “Odam bo’lish qiyin” asari misolida). International scientific journal “Modern science and research”.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов