ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
124
O'TKIR HOSHIMOVNING "DUNYONING ISHLARI"ASARIDA KELTIRILGAN
XUSUSIY O'XSHATISHLAR TAHLILI
Xushvaqtova Maftuna O'tkirbek qizi
Termiz davlat universiteti 2-kurs talabasi
Ergasheva Dilrabo
Ilmiy rahbar. Termiz davlat universiteti o'qituvchisi (Phd)
https://doi.org/10.5281/zenodo.7902451
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asarida
keltirilgan xususiy o'xshatishlar tahlil qilinadi.
Kalit so'z:
xususiy o'xshatishlar, ammo, biroq, lekin, O'tkir Hoshimov.
ANALYSIS OF PERSONAL SIMILES PRESENTED IN O'TKIR HASHIMOV'S
"WORKS OF THE WORLD"
Abstract.
This article analyzes the specific similes presented in O'tkir Hashimov's "Works
of the World".
Key word:
personal similes, but, but, O'tkir Hashimov.
АНАЛИЗ ЛИЧНЫХ СРАВНЕНИЙ, ПРЕДСТАВЛЕННЫХ В
ПРОИЗВЕДЕНИИ ОТКИРА ГАШИМОВА «ПРОИЗВЕДЕНИЯ МИРА»
Аннотация.
В статье анализируются специфические сравнения, представленные в
произведении Откира Гашимова «Произведения мира».
Ключевые слова:
личные сравнения, но, но, Откир Гашимов.
O'zbek yozuvchisi O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asarini tahlil qilar ekanmiz
unda keltirilgan xususiy o'xshatishlar, albatta e'tiborimizni tortadi.Yozuvchi asarda o'xshatishlarni
o'z o'rnida va me'yorida qo'llagan.
O'xshatish. Badiiy tilning tasviriy vositalaridan biri hisoblangan o'xshatish
obrazlilik,tasviriylikni kuchaytirishi favqulotda poetik ifodalilik xususiyati bilan ajralib turadi.Shu
boisdan ham kutilmagan ifodadorlik,obrazli,ta'sirchan fikr ifodalash o'xshatishning muhim
belgilaridan hisoblanadi.
O'zbek tilshunosligida o'xshatish haqida ilk tadqiqot olib borgan M.Mukarramov
o'xshatishning uch asosdan iboratligi o'xshatiluvchi obekt va o'xshovchi obraz o'xshatishning asosi
ekanligini ta'kidlaydi.O'xshatish tasviriy ifodaning eng qadimiy shakllaridan bo‘lib, Aristotel
poeziyani o‘xshatish san'ati deb ataydi.
O‘xshatish hosil qiluvchi leksik vositalar:kabi,singari,go‘yo,xuddi,misli,misoli,bamisli
ko‘makchilari hisoblanadi. -day (dek),-simon,ona -larcha va boshqa ko‘pgina qo‘shimchalar
o‘xshatish hosil qiluvchi grammatik vositalardir.Agar o‘xshatilayotgan narsa yoki hodisa
orasidagi belgi oldindan ma‘lum bo‘lsa,bunday o‘xshatishlar nutqning obrazliligini
kuchaytiradi,deyish qiyin.
Shunga ko‘ra o‘xshatishlarni ikki turga bo‘lish mumkin:
1)Umumnutq o‘xshatishlar.
2)Badiiy o‘xshatishlar.
Umumnutq o‘xshatishlarning obekt,subekti avvaldan ma'lum bo‘ladi.
O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asarida keltirilgan xususiy o‘xshatishlar bilan tanishar
ekanmiz bunda yozuvchining mahoratiga qoyil qolmasdan boshqa ilojimiz yo‘q.Yozuvchi asarda
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
125
keltirgan o‘xshatishlari asarning ekspressivligini oshirishga juda katta xizmat qilgan.Hozir asarda
keltirilgan ba‘zi namunalar bilan tanishib chiqamiz.
1)Yulduzlar sirli ko‘z qisishar,tillaqoshdek ingichka oy sirli mo‘ralar,shabada sirli
shivirlar,sadarayhon bilan tuproq sirli hid taratar,yer ham sirlarga to‘la edi.(6-bet).Bu gapda oy
ingichka tillaqoshga o‘xshatilgan.
2)Qabriston jimjit.Faqat yo‘lakning ikki chetida saf tortgan mirzateraklar qabr ustiga bosh
eggan farzandlardek onaga orom tilab alla aytadi.(7-bet).Bu gapda yozuvchi teraklarni
farzandlarga o‘xshatgan.
3)Uni har ko‘rganda Oyim aytib bergan Xizr esimga tushadi.Nega deganda Ermon
buvaning sochi ham,soqoli ham,hatto ko‘ziga qayrilib tushgan o‘siq qoshlarigacha oppoq.(67-bet).
Bu gapda Ermon buvaning sochi,soqollari,qoshi oq rangga o‘xshatilgan.
4)"U yurtda shunaqangi bog‘-rog‘lar borki,jannatga o‘xshaydi" debdi.(74-bet).Bu gapda
bog‘lar jannatga o‘xshatilgan.
5)Chigirtkalar chirilllar,osoyishta osmon to‘lin oy sutdek mayin,sutdek iliq nur sochar
edi.(91-bet).Bu gapda oy sutga o‘xshatilgan.
6)Ko‘rpa
tekkan
joyini
chayondek
chaqadi.Ichidan
issiq
o‘rniga
sovuq
chiqayotgandek.(97-bet). Bu gapda ko‘rpa chayonga o‘xshatilgan.
7)Dalavoy ingichka sarg‘ish mo‘ylovini chimchilab dadamga bir qarab qo‘ydi-
yu,mehmonga yuzlandi.(102-bet)Bu gapda mo‘ylovi sarg‘ish rangga o‘xshatilgan .
8)-Dalavoyning milki qizarib ketgan kulrang ko‘zlarida samimiy tabassum o‘ynadi.(110-
bet).Bu gapda yozuvchi tabassumni samimiylikka o‘xshatgan .
9)U ko‘rpachani mushtlab-mushtlab kular,boshi ham, gavdasi ham muttasil
silkinar,sarg‘ish yuzi sholg‘omdek qizarib ketgan edi.(111-bet). Bu gapda yuzi sholg‘omga
o‘xshatilgan.
O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari"asaridan keltirilgan bir necha misollarni tahlil
qildik.
Xulosa qilib aytganda xususiy o‘xshatishlar kitobxonni savodxonligini oshirishga xizmat
qiladi.Shuni ham aytish kerakki o‘xshatishlar kitobxonni qiziqishlarini ochib berishga xizmat
qiladi.
REFERENCES
1.
Sh. Rahmatullayev."O‘zbek tiling izohli frazeologik lug‘ati".
2.
Hoshimov.O‘.(2018).Dunyoning ishlari. Qissa.
