CREATIVE WAY OF MENGZIYO SAFAROV

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Yaxshiboyev, H. (2023). CREATIVE WAY OF MENGZIYO SAFAROV. Modern Science and Research, 2(5), 432–434. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20242
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada o`zbek adabiyotining yetuk vakillaridan biri Mengziyo Safarovning badiiy ijodiyoti tahlilga tortiladi. Mengziyo Safarov mohir qalamkash sanalib, uning asarlari xilma-xil mavzulardan tashkil topgan. Ayniqsa, uning tabiat to`g`risida yozilgan ijod namunalari o`zining ko`plab muxlislariga ega ekanligi bilan ahamiyatlidir. Mengziyo Safarov o`z asarlarida yoritilayotgan mavzuning tub mohiyatigacha e`tibor berib, uning nozik qirralarini ochishga harakat qilgan mohir ijodkor hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

432

MENGZIYO SAFAROVNING IJOD YO`LI

Yaxshiboyev Hamro

TerDU magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7941758

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o`zbek adabiyotining yetuk vakillaridan biri Mengziyo

Safarovning badiiy ijodiyoti tahlilga tortiladi. Mengziyo Safarov mohir qalamkash sanalib, uning
asarlari xilma-xil mavzulardan tashkil topgan. Ayniqsa, uning tabiat to`g`risida yozilgan ijod
namunalari o`zining ko`plab muxlislariga ega ekanligi bilan ahamiyatlidir. Mengziyo Safarov o`z
asarlarida yoritilayotgan mavzuning tub mohiyatigacha e`tibor berib, uning nozik qirralarini
ochishga harakat qilgan mohir ijodkor hisoblanadi.

Kalit so`zlar:

Mengziyo Safarov, ijodiy namuna, badiiy asar, o`zbek adabiyoti, tabiat

mavzusi, xilma-xillik.

CREATIVE WAY OF MENGZIYO SAFAROV

Abstract

. In this article, the artistic work of Mengziyo Safarov, one of the mature

representatives of Uzbek literature, is analyzed. Mengziyo Safarov is considered a skilled penman,
and his works are composed of various subjects. Especially, his creations written about nature are
significant because they have many fans. Mengziyo Safarov is a skilled artist who paid attention
to the essence of the subject covered in his works and tried to reveal its subtle aspects.

Keywords

: Mengziyo Safarov, creative example, artistic work, Uzbek literature, theme of

nature, diversity.

ТВОРЧЕСКИЙ ПУТЬ МЕНГЗИЁ САФАРОВА

Аннотация.

В данной статье анализируется художественное творчество Менгзиё

Сафарова, одного из зрелых представителей узбекской литературы. Менгзиё Сафаров
считается искусным писателем, и его произведения состоят из самых разных сюжетов.
Особенно значимы его творения, написанные о природе, потому что у них много
поклонников. Менгзиё Сафаров – искусный художник, обращавший внимание на суть
предмета, освещаемого в его работах, и пытавшийся раскрыть его тонкие стороны.

Ключевые слова:

Менгзиё Сафаров, творческий пример, художественное

произведение, узбекская литература, тема природы, разнообразие.


Barchamizga ma`lumki, badiiy adabiyotda yaratilgan asarlar o`zining ma`no-mazmuni,

mohiyatiga ko`ra bir-biridan tubdan farq qiladi. Shunday asarlar borki, ularda yashiringan ma`no
olam-olam. Ana shunday kichik asarlari bag`riga ulkan ma`no sig`dira olgan, katta asarlari
mazmuniga o`z qalbidan chiqqan sadolarni jo aylagan ijodkor bu Mengziyo Safarovdir.

Mengziyo Safarov Surxon elining atoqli va ardoqli ijodkor-yozuvchilaridan biri sanaladi.

1938-yilda tavallud topgan Mengziyo Safarov umr yo`li davomida qator ishlarda faoliyat yuritdi:
Xayrobod paxta tozalash zavodida ishchi; Oydin nomli o`rta maktabda o`qituvchi; O`zbekiston
xalqlari tarixi muzeyida ilmiy xodim va hokazo[3]. Mengziyo Safarov adabiyotni sevishi bilan bir
qatorda tarixni, o`tmishni ham qadrlay olgan inson edi, uni ijodkorning quyidagi so`zlari orqali
anglashimiz mumkin bo`ladi: “Qadimshunos o`tmishga sayohat qiladi… Tuproq qadimshunos
uchun ajdodlar tarixining buyuk kitobidir. U o`tmish ajdodlar hayotini shu topildiqlar orqali
tiriltiradi. Tarix manzaralarini kashf etadi…”


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

433

O`z ijodiy faoliyatini 1965-yildan boshlagan ijodkor “Sharq yulduzi”da o`zining ilk

“Turnalar uchadi” deb nomlangan qissasini e`lon qiladi. So`ng uning ketma-ket “Olis qirlar
ortida”, “Ona yer qo`shig`i” kabi asarlari nashr etila boshlaydi[5].

Asar nomi

Nashr etilgan yili

1

“Ona yer qo`shig`i”

1969

2

“Turnalar uchadi”

1972

3

“Olis qirlar ortida”

1974

4

“Bobotog`”

1980

5

“Tabiat ehromi”

1985

6

“Ona tuproq qo`shig`i”

1989

7

“Payg`ambarlar oroli”

2008

8

“Ayrishox”

2008

Yuqorida qayd etib o`tganimizdek, Mengziyo Safarov tarixni ham mukammal anglashga

harakat qilgan inson va bu uning asarlarida ham bevosita o`zining aksini topgandir. Xususan,
uning “Ona tuproq qo`shig`i”(ikkinchi nomi “Ona yer qo`shig`i”) deb nomlanuvchi asari tarixiy
mavzuda hisoblanadi[1]. Ushbu asarda Termiz va Chag`aniyonning ko`hna tarixi va unga
Iskandarning olib borgan tarixiy yurishlari, go`zallikda tengi yo`q Roxshanak tarixi, buyuk
Kushonlar davlati va shu kabi qator tarixiy voqeliklar o`rin olgandir. Asardan olingan ushbu
parchaga e`tibor bering: “

Surxondaryo vohasi eramizdan avvalgi V asrda mavjud bo`lgan va

Amudaryoning yuqori irmoqlarini o`z ichiga olgan qudratli Baqtriya davlati tarkibida edi

”.

Bundan tashqari, asarda ijodkorning boshqa yozuvchilar bilan o`tgan voqeliklari, xotiralari ham
o`rin olgan. Xususan, adib Shukur Xolmirzayev bilan olib borgan suhbati ham asarda qayd etilgan:

Bir paytlar Termizga kelganimda Mengziyo meni turli yodgorliklar bilan tanishtirdi, Eski

Termizdagi buddaviylik obidalarini ko`rsatdi. Bular nimaga kerak deganimda – U sen bilan men
kechagi musulmonmiz, deya ohista javob bergan edi. Chog`im u Vatanimiz tarixining
qadimiyligiga vas hu muqaddas tarixning Termiz va Chag`aniyon ham bir uzviy bo`lagi ekaniga
shama qilgan edi. Yana bir gap, u bizlarga o`xshamas edi

”[4].

Mengziyo Safarov ichki dunyosiga ko`ra tabiatga mehr qo`ygan atoqli qalamkash ham edi.

Ijodkorning aynan “Sarbasta Surxon” essesida uning tabiatga bo`lgan muhabbatini yaqqol anglash
mumkin bo`ladi. Inson va tabiatning o`zaro bir-biriga bog`liq ekanligi, uning tabiatsiz yashay
olmasligi ijodkorning ushbu asarida yaqqol aks etgan. “Sarbasta Surxon” essesi odamzot va
tabiatning bir-biriga qay tarzda bog`liq ekanligini, tabiat jumboqlarini inson qay tarzda yechishi
mumkin ekanligi xususidadir[2].

Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, Mengziyo Safarov o`zbek adabiyotining zabardast

vakilidir. Ijodkor tomonidan yaratilgan asarlar asrlarosha kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa
qilinishi shubhasizdir. Ijodkorning tarix va tabiat mavzusida yaratilgan asarlari hamisha el
ardog`ida va e`tirofidadir.
ekanliklaridan dalolat beradi.




background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

434

REFERENCES

1.

“Жаҳон адабиёти”, 2016 йил, №12, 129-б.

2.

Karimov N. va boshqalar «XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi» –T.: 1999. –544 b.

3.

Maqsadqulov X. Termiz oqshomi gazetasi 2008-yil 10-son.

4.

Murod T. «Otamdan qolgan dalalar. –T.: 1994. – 272 B.

5.

Normatov U. Ijod sehri. –T.: “Sharq”, 2007. –352 b.

6.

Отаев Р. Дилрабо қўшиқлар айтилаверсин // Шарқ юлдузи. – 1984. – №2. – Б. 162.

References

“Жаҳон адабиёти”, 2016 йил, №12, 129-б.

Karimov N. va boshqalar «XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi» –T.: 1999. –544 b.

Maqsadqulov X. Termiz oqshomi gazetasi 2008-yil 10-son.

Murod T. «Otamdan qolgan dalalar. –T.: 1994. – 272 B.

Normatov U. Ijod sehri. –T.: “Sharq”, 2007. –352 b.

Отаев Р. Дилрабо қўшиқлар айтилаверсин // Шарқ юлдузи. – 1984. – №2. – Б. 162.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов