CAUSES OF DEVIANT BEHAVIOR IN TEENAGERS AND MEASURES TO PREVENT IT

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Ergasheva, Z. . (2023). CAUSES OF DEVIANT BEHAVIOR IN TEENAGERS AND MEASURES TO PREVENT IT. Modern Science and Research, 2(5), 544–547. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20311
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the causes of deviant behavior in teenagers and measures to prevent it.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

544

O’SMIRLARDA DEVIANT XULQ-ATVOR SHAKLLANISH SABABLARI VA UNING

OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI

Ergasheva Zebiniso Berkinovna

Jizzax viloyati yuridik texnikumi

Ommaviy-huquqiy fanlar kefedrasi o`qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7949600

Annotatsiya.

Mazkur maqolada o’smirlarda deviant xulq-atvor shakllanish sabablari va

uning oldini olish chora-tadbirlari haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar:

deviant xulq-atvor shakllanish sabablari, jamiyatda o`rnatilgan axloq

me’yorlari, fuqorolik jamiyati.

CAUSES OF DEVIANT BEHAVIOR IN TEENAGERS AND MEASURES TO

PREVENT IT

Abstract.

This article talks about the causes of deviant behavior in teenagers and measures

to prevent it.

Key words:

causes of deviant behavior formation, moral standards established in society,

civil society.

ПРИЧИНЫ ДЕВИАНТНОГО ПОВЕДЕНИЯ У ПОДРОСТКОВ И МЕРЫ ЕГО

ПРОФИЛАКТИКИ

Аннотация.

В данной статье говорится о причинах девиантного поведения у

подростков и мерах по его предупреждению.

Ключевые слова:

причины формирования девиантного поведения, моральные нормы,

сложившиеся в обществе, гражданское общество.


Jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmasdan, balki unga to`siq bo`luvchi me’yordan og`ish

holatlari ham mavjud bo`lib, sotsiologiyada bu holat “Deviantlik holatlari”, undan tug`iluvchi
xulq-atvorni “Deviant xulq-atvor” deb nomlanadi. Deviant xulq-atvor jamiyatda o`rnatilgan ahloq
meyorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo`lib,
yolg`onchilik, dangasalik, o`g`rilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o`z joniga qasd qilish va boshqa
ko`plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi.

Deviant so`zi- lotincha deviantio so`zidan olingan bo`lib, chekinish, buzilish degan ma`noni

anglatadi. Deviant xulq-atvor mavjud jamiyatda o`rnatilgan ahloq meyorlariga mos kelmaydigan
insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisadir. Deviant xulq-atvor- bu muayyan jamiyatda
qabul qilingan huquq va ahloq meyorlaridan chetga chiqishdir. Ushbu og`ishning sababi insonning
tashqi dunyo, ijtimoiy muhit va o`zi bilan munosabatlari va o`zaro ta`sirining o`ziga xos
xususiyatlarida yotadi. Deviant xulq-atvor inson rivojlanishining, butun jamiyat hayotining tabiiy
shartidir. Deviant xulq-atvor bo`lgan, mavjud va bundan keyin ham bo`ladi. Shuning uchun
birinchi o`rinda uning nima ekanligi haqida bilim va ko`nikmaga ega bo`lishligimiz hamda unga
qarshi kurash yo`llarini izlab topishimiz darkor.

O`smirlik yoshida deviatsiya namoyon bo`lishining tinimsiz oshib borishi ijtimoiy pedagog

oldida bu o`smirlar bilan ishlashning yangi usullari, texnologiyalarini izlash va ularga tadbiq etsh
vazifasini qo`yadi. Ilmiy nazariy va amaliyotda ikki asosiy texnologiya-profilaktika va
reabilitatsiya keng tarqalgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

545

Profilaktika-o`smirlar xulq-atvorida ijtimoiy normalardan og`ishning turli shakllarini

keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy, tibbiy,
tashkiliy,tarbiyaviy va davlat tadbirlarining majmuasidir. U asosan bolani o`rab turuvchi muhitga
bog`liq bo`ladi. Jamiyatda mavjud bo`lgan ijtimoiy meyorlardan chetga chiqqan holatlarni
o`rganuvchi deviant xulq-atvor sotsiologiyasi muammolari O`zbekistonda istiqlol sharofati bilan
o`rganila boshlandi.

Jamiyatda insonlar faoliyati, xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini ijtimoiy meyorlar

boshqaradi. Ijtimoiy meyor jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo`lib, shaxs yoki ijtimoiy
guruh xulq-atvorini muayyan sotsial muhitga moslashtiruvchi qoidalar majmuidir. Ijtimoiy
meyorning bir necha turlari mavjud bo`lib, huquqiy, axloqiy, diniy hamda urf-odatlarga oid
meyorlar shular jumlasidandir. Ijtimoiy meyorning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan
meyorlarga moslashtirib borilgan shaxslar umume`tirof etilgan tamoyillardan chetga chiqmaydi
va boshqalardan ham shuni kutadi. Jamiyat a`zolarining mana shu ijtimoiy meyorlarga amal qilib
yashashni nazorat qiluvchi institutlar ijtimoiy nazorat institutlari deyiladi. Ushbu institutlarga oila,
maktab, mahalla, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni sanab o`tishimiz mumkin. Har bir inson
bolalarga ijtimoiy meyorlarni o`rgatish bilan birga, xulq-atvor meyoriy talablarning to`g`ri
bajarilishini ham nazorat qilsa birton-bir yutuqqa erishishimiz mumkin bo`ladi.

Ijtimoiy nazorat vakillari insonlar xulq-atvorini boshqarishning eng muhim vositasi bo`lib,

deviant xulq-atvorning oldini olishda ham ushbu jamoalarning o`rni katta bo`ladi. Inson
tarbiyasida eng birinchi va muhim ijtimoiy nazorat instituti bu-oiladir. Farzand tarbiyasida va
barkamol avlodni shakllantirishda sog`lom oilaning o`rni katta. Afsuski, oramizda shunday
insonlar ham uchraydiki, balki unga to`siq bo`luvchi meyordan og`ish holatlarini yuzaga
keltiradilar.

Deviant xulq-atvor- jamiyatda o`rnatilgan axloq meyorlariga mos kelmaydigan insoniy

faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo`lib, yolg`onchilik, dangasalik, o`grilik,
ichkilikbozlik, giyohvandlik, o`z jomiga qasd qilish va boshqa ko`plab shu kabi holatlar ushbu
xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi.

Bugungi kun zamonaviy jamiyatda oila tarbiya instituti sifatida o`zining samarali roli va

vazifalarini amalga oshirib kelmoqda. Shunday vazifa va funksiyalardan biri bu kelajagimiz
davomchilari bo`lgan yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashdir. Ma`lumki, oila inson bolalik
davrining ilk kunlaridan boshlab nimani qo`lga kiritgan, egallagan bo`lsa uni butun hayoti
davomida saqlaydi. Shu bois, oilaning bola tarbiyasidagi ijobiy jihatlari ko`p bo`lib, u oilaviy
ahillik va g`amxo`rlik yaqqol ifodalanadi. Shuni aytib o`tish kerakki, bola hayotida ota-onaning
obro`si, tarbiya uslublarining ta`sirchanligi muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, oila shaxs
kamolotini belgilab beruvchi birlamchi omilardan hisoblanadi. Ma`lumki, oilada ota-ona
tomonidan tarbiya uslublarini to`g`ri va oqilona tanlay olish ularni kelajakdagi kamolotini ta`minlb
beradi. Ayrim o`rinlarda oilada ota-ona munosabatini to`g`ri yo`lga qo`yilmaganligi bola shaxsini
shakllanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Bolalar ko`pincha nafaqat ijobiy, balki ota-onalarning xatti-harakatlarining salbiy

namunalarini ham o`rganadilar, ba`zida ularni haddan tashqari o`zlariga singdirib boradilar.
Demak, oilaning katta avlod vakillari tomonidan turli xil salbiy holatlar (yolg`on gapirish, ijtimoiy
meyorlarga bo`ysunmaslik) o`zlari tomonidan amalga oshirilib, o`smir shaxsiga cheklov qo`yilishi
ularda mazkur xatti-harakat va xulq-atvorlarni o`zlashtirishlari uchun kuchli motivatsiya bo`ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

546

Shu o`rinda ta`kidlash joizki, o`smirlik davrida xulq-atvor ko`rinishlarini kattalar tomonidan so`z
orqali egallanmasdan, balki ularning xatti-harakatlarini obrazlarini ko`chirib olish orqali
munosabat bildiradilar. Bu toifaga kiruvchi “tarbiyasi qiyin” o`smirlarning ota-onalari kamdan-
kam hollarda ularni yaxshi xulq-atvorlari uchun maqtashadi va ko`picha yomon xatti-harakatlariga
noto`g`ri va nomuvofiq munosabatda bo`lishadi.

Bunday ota-onalar farzandlarining noto`g`ri xatti-harakatlariga juda ko`p e`tibor berishlari

odatiy hol emas. Ba`zida o`smir tomonidan amalga oshirilgan salbiy xatti-harakatlar oilada ota-
onalar, ta`lim muassasalarida o`qituvchilar diqqatini o`ziga jalb qilishi hamda jamiyatdagi ijtimoiy
mavqeini mustahkamlash maqsadida amalga oshiradilar. Buni esa ota-onalar tushunmaydilar va
anglamaydilar. Agar ota-ona boladagi mazkur xulq-atvor va xatti-harakatlarni o`z vaqtida anglab
yetib uni maqsadga muvofiq ravishda tarbiyalashi lozim. Su bois, oilada ota-ona o`z farzandida
kechayotgan o`zgarishlarni tizimli ravishda kuzatib borishi va tarbiyaviy ta`sirni kuchaytirishi
lozim.

Deviant xulq-atvorni o`rganishda muammoli vaziyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Muammoli vaziyat shunday holatki, u subyektdan yechimini talab qiladi, jamiyat shaxs
shakllanishiga ta`sir etuvchi muammoning va uni hal qilish imkoniyatlarining murakkabligi
darajasiga ko`ra muammoli holatning to`rtta asosiy holati ko`zga tashlanadi:
1.

Muammoni hech qanaqasiga hal qilib bo`lmaydigan holat.

2.

Hech qanday muammo yo`q holat, bunda holat hech qanday qaror qabul qilishni talab

qilmaydi;
3.

Muammo bor, biroq qiyinroq yoki osonroq bo`lsa-da, uning yechimi ham ijtimoiy

meyorlarda ko`rsatilgan holat;
4.

Mavjud muammoni subyekt ijtimoiy meyorlar doirasida hal qila olmaydigan holat;

Ushbu turlicha holatlar keng ko`lamda biridan ikkinchisiga o`tib turadi. Muammoli

holatning mazmuni subyektning individual maqsadlari bilan jamiyat manfaatlari orasidagi
maqsadlar va unga erishishning mumkin bo`lgan vositalari orasidagi ; faoliyatning kutilayotgan
oqibatlari va uning qo`shimcha natijasi (ijobiy yoki salbiy) orasidagi, shuningdek, ijtimoiy meyor
talablari va shaxs xususiyatlari orasidagi ziddiyatlarning (ko`pincha o`ylab chiqarilgan) paydo
bo`lishidan iboratdir.

Shunday qilib, ta`limjarayonida e`tiborga olinishi kerak bo`lgan oilaviy tarbiyaning eng

keng tarqalgan salbiy omillarini ko`rib chiqish maqsadga muvofiq:

-moddiy omilarning yetarli darajada ta`siri;
-oilada bola ehtiyojlari uchun kerakli narsalarning ko`pligi yoki yetishmasligi;
-moddiy farovonlikning o`sib borayotgan shaxs ma`naviy ehtiyojlarini qondirishdan

ustunligi;

-moddiy ehtiyojlar va ularni qondirish imkoniyatlarining nomutanosibligi;
-oila vakillari bo`lgan ota-onalarda ma`naviyatning yetishmasligi;
-ota-onalar tomonidan o`smir shaxsining shakllanishi bilan qiziqmasligi;
-oilada bola shaxsiga nisbatan avtoritarizm yoki “liberalizm”, jazosizlik va kechirimlikning

mavjudligi;

-pedagogik jihatdan oilaning savodsizligi (tarbiyada maqsad, prinsipiallikning yo`qligi,

tarbiya usullarini qo`llashda jismoniy jazolashdan foydalanishning nomuvofiqligi);

-oilada bolaning oldida kattalarning noqonuniy xatti-harakatlari.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

547

Yuqoridagi fikrlardan ko`rinib turibdiki, oilada bola shaxsini tarbiyalash o`zining

murakkabligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, o`smir shaxsida deviant xulq-atvorni shakllanishida
oilaviy munosabatlar, oilaviy tarbiya usullari. Oilada ota-onaning shaxsiy obro`si muhim sanaladi.
Shu bois, bugungi kun oilalarimiz bola tarbiyasi bilan shug`ullanishida keltirib o`tilgan
mezonlarning mohiyatini bilishi va amaliyotga tadbiq qilishi lozim. Bu esa o`z navbatida
jamiyatimizda kelajakka umidvor, ulkan maqsadlarga ega, har tomonlama bilimli yoshlarimizni
kamolga etkazishga muvaqqat bo`lamiz.

REFERENCES

1.

Sh.Mirziyoyevning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017-yil 30 iyundagi
ma’ruza matnidan.

2.

"Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konventsiya" 1989-yil

3.

B.M.Umarov.: psixologiya. Toshkent 2012, 61-bet.

4.

G’oziev E.G’. “Ontogenez psixologiyasi”. Noshir taxriri ostida T. 2020 yil.

5.

GʻoziyevE.G’. “Yosh davrlar psixologiyasi”. T.: Oʻqituvchi, 1994-yil.

6.

Karakulova U.A “Oʻsmirlar xulq atvori shakllanishiga oilaviy munosabatlarning oʻrni”
Oʻzbekistonda psixologiyani rivojlantirish muammolari: nazariya va amaliyot
uyg‘unligi jurnal T. 2021-yil.

7.

Karakulova U.A “Oʻsmirlik davrining psixologik xususiyatlari va deviant xulqatvor
muammosi”. Oʻzbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar” Respublika
ilmiy-uslubiy jurnal. Dekabr. 2022-yil.

8.

Shoumarov G‘, Umarov B, Akramova F. “Yoshlarda xulq og‘ishi va tarbiya
buzilishining oldini olish boʻyicha psixologik maslahatlar”. Toshkent. :2015-yil

9.

Yoʻldoshev Sardor Asliddin oʻg‘li. (2022). “Psixologik zoʻravonlik va kiberbulling”.
International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 1(2), 62–66.

References

Sh.Mirziyoyevning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017-yil 30 iyundagi ma’ruza matnidan.

"Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konventsiya" 1989-yil

B.M.Umarov.: psixologiya. Toshkent 2012, 61-bet.

G’oziev E.G’. “Ontogenez psixologiyasi”. Noshir taxriri ostida T. 2020 yil.

GʻoziyevE.G’. “Yosh davrlar psixologiyasi”. T.: Oʻqituvchi, 1994-yil.

Karakulova U.A “Oʻsmirlar xulq atvori shakllanishiga oilaviy munosabatlarning oʻrni” Oʻzbekistonda psixologiyani rivojlantirish muammolari: nazariya va amaliyot uyg‘unligi jurnal T. 2021-yil.

Karakulova U.A “Oʻsmirlik davrining psixologik xususiyatlari va deviant xulqatvor muammosi”. Oʻzbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnal. Dekabr. 2022-yil.

Shoumarov G‘, Umarov B, Akramova F. “Yoshlarda xulq og‘ishi va tarbiya buzilishining oldini olish boʻyicha psixologik maslahatlar”. Toshkent. :2015-yil

Yoʻldoshev Sardor Asliddin oʻg‘li. (2022). “Psixologik zoʻravonlik va kiberbulling”. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 1(2), 62–66.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов