FOLKLORE LINES IN THE STORY "THE LAST DAY OF CHILDHOOD"

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Xakimova, F., & Yo‘ldoshev, Q. (2023). FOLKLORE LINES IN THE STORY "THE LAST DAY OF CHILDHOOD". Modern Science and Research, 2(5), 1119–1124. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20562
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes Shodmonqul Salom's story "The Last Day of Childhood". Attention is paid to its places related to Uzbek folklore.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1119

“BOLALIKNING SO‘NGGI KUNI” HIKOYASIDA FOLKLOR CHIZGILARI

Xakimova Farida Ilhom qizi

Termiz davlat universiteti 2-kurs magistranti

Qozoqboy Yo‘ldoshev

Ilmiy rahbar: p.f.d., prof.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7974561

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Shodmonqul Salomning “Bolalikning so‘nggi kuni”

hikoyasi tahlilga tortiladi. Uning o‘zbek xalq og‘zaki ijodi bilan bog‘liq o‘rinlariga e’tibor
qaratiladi.

Kalit so‘zlar:

“Bibi seshanba”, Afg‘on-Sovet urushi, kurta, “Yetim qiz” matali,

Shodmonqul Salom, hikoya, marosim.

FOLKLORE LINES IN THE STORY "THE LAST DAY OF CHILDHOOD".

Abstract.

This article analyzes Shodmonqul Salom's story "The Last Day of Childhood".

Attention is paid to its places related to Uzbek folklore.

Key words:

"Bibi Sheshanba", Afghan-Soviet war, kurta, "Yitim Kiz" matali, Shodmonqul

Salam, story, ceremony.

ФОЛЬКЛОРНЫЕ СТРОКИ В ПОВЕСТИ «ПОСЛЕДНИЙ ДЕНЬ ДЕТСТВА».

Аннотация.

B данной статье анализируется рассказ Шодмонкул Саломе

«Последний день детства». Уделяется внимание его местам, связанным с узбекским
фольклором.

Ключевые слова:

«Биби Шешанба», афгано-советская война, курта, «Йитим кыз»

матали, Шодмонкул Салам, рассказ, церемония.

Shodmonqul Salomning kitobxonlar qalbidan chuqur joy egallagan hikoyalaridan biri

“Bolalikning so‘nggi kuni” hikoyasidir. Muallif uni dastlab “Bibi seshanba” deb nomlaydi.
“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari Murod Abdullayev tahriri
ostida sarlavha “Bolalikning so‘nggi kuni” deb o‘zgartiriladi.

“Bibi seshanba” faqat ayollar ishtirokida o‘tkaziladigan marosim, mushkulkushod. “Bir

necha tarixiy manbalarda qayd etilishicha, “Bibi seshanba” kelib chiqish mohiyatiga ko‘ra,
ma’buda ramzi bo‘lib, uning ildizi O‘rta Osiyo va O‘rta Sharqda Islom dini kelguniga qadar keng
yoyilgan ma’buda Anaxita (Nohid)ga borib taqaladi. Anaxita dehqonchilik va chorvachilik,
hosildorlik va pishiqchilik ma’budasi hisoblanib, go‘yo uning qudratiga inson va hayvonlar,
qushlar va barcha jonivorlar ham bo‘ysungan, deb hisoblanar edi. Shu tariqa u “Bibi mushkul
kushod”, ya’ni kishini har qanday mushkuldan xalos etuvchi Ona obraziga aylangan. Boshqa bir
manbada keltirishicha, marosim ko‘pgina turk xalqlari orasida keng tarqalgan.

Turkiston hududlarida Bibi Seshanba, Turkiyada Payshanba qari (Peyshenbe-karы) yoki

Parshamba pari, Eronda Bibi-hur va Bibi Nur, Afg‘onistonda Bibi Risinda, Bibi Charxi,
uyg‘urlarda esa Seshamba Bibi deb atalgan.”

1

Surxondaryo hududida ushbu marosim ancha keng

tarqalgan bo‘lib, oiladagi erkaklarning baxt-saodatini tilab, ularning ishlari yurishib ketishi uchun,
urush paytlarida esa bolasi yoki turmush o‘rtog‘i eson-omon qaytishi uchun seshanba kuni
qilingan. Bunda 7ta chalpak, 7ta obi non, guruchli va xamirli taomlar pishiriladi. Marosim

1

https://zamin.uz/uz/hayot-tarzi/49305-bibi-seshanba-va-mushkulkushod-islomda-bormi.html


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1120

bo‘ladigan xonaning to‘rtta burchagiga likopchaga un solib qo‘yiladi. Un rizqni, poklik va
tinchlikni anglatadi. Shuning uchun ham “Bibi seshanba”ning asosiy ramzlaridan biri supra
hisoblanadi. Suprada un elash bilan bog‘liq turli odatlar bajariladi.

Hikoya “Bibi seshanba” marosimi haqida emas, bu shunchaki detall vazifasini bajargan,

xolos. Tursun ismli bolakayning urush oddiy o‘yin emasligini anglab yetgani haqidadir.
Bizningcha, “Bolalikning so‘nggi kuni” nomi hikoyaning mohiyatini ko‘proq ochib berishga
xizmat qiladi. Endi esa uning mazmuniga diqqatimizni qaratamiz.

Ushbu hikoya realistik xarakterda bo‘lib, o‘zbek adabiyotida bunday hikoya yozishni

Cho‘lpon va Abdulla Qodiriy boshlab bergan (XX asr boshlari “Do’xtur Muhammadiyor” va
“Uloqda” hikoyalari).

Bizga yaxshi ma’lumki, 1979-1989- yillarda Afg‘on-Sovet urushi bo‘lib o‘tgan va bu

urushga yurtimiz hududidagi harbiylar ham jalb qilingan. Ular orasida Afg‘onistonga chegaradosh
manzil Termizdan borganlar ham ko‘pchilikni tashkil etar edi. Hikoya voqealari termizlik
askarlardan birining uyida bo‘lib o‘tayotgan “Bibi seshanba” marosimi orqali tasvirlanadi.

Hodisotlar kuz faslida bo‘lib o‘tadi. Buni ko‘kda mezon uchayotganligidan, tut novdalari

egilib qolganligidan ham bilsak bo‘ladi. Asosiy qahramon- Tursun. Uning yoshi haqida hech narsa
deyilmaydi. Biroq bo‘yi hali eshakka minishga yetmasligi, etikchasini o‘zi kiya olishi, yog‘och
to‘pponcha bilan urush-urush o‘ynashini hisobga olsak, uni 7-8 yoshlarda deb taxmin qila olamiz.
Voqealar ana shu bolakay tilidan hikoya qilinadi.

“— U yerga faqat ayollar boradi, senga nima bor, yer yutkur, — dedi onam uyning pastak

eshigidan ayvonga chiqarkan, o‘dag‘aylab. Men esa hali kiyib ulgurmagan bir poy etikchamni
qo‘limga olib, momomning ortiga qochib o‘tdim. Bu gal ham momom jonimga oro kirdi:
— Bu bir nonireza-da, bolam, qo‘y, o‘zi borib, o‘zi keladi. It qo‘rigan joyga o‘ch degani shu-da.
Onam to‘ng‘illagancha qulog‘iga en solingan oq eshakni tandirning supasiga olib kelib to‘g‘riladi,
momom eshakka qiynalmay mindi, meni esa onam qo‘ltig‘imdan olib, momomning ortiga
o‘tqazarkan, yolg‘ondakam g‘udranib qo‘ydi: «Eshakka minishni bilmaydi-ku bu tilamishingiz».
Onamga qarab tirjaydim.”

2

Hikoya ana shunday boshlanadi. Tursunning momosi ko‘pni ko‘rgan,

so‘zga chechan ayol. Buni uning tilidan aytilgan maqol, matallardan ham payqash qiyin emas.
Yuqorida keltirilgan “It qo‘rigan joyga o‘ch” maqoli ham jahli chiqib turgan keliniga munosib
javob bo‘ladi va kelin yolg‘ondakam g‘udranib qo‘yishdan boshqa iloj topolmaydi. Tilamish
so‘zini ham ikki xil ma’noda tushunishimiz mumkin:

1)

tilab olingan farzand;

2)

tilayotgan, so‘rayotgan.

“Eshak ilkis silkindi, men momomning kurtasidan mahkam ushlab oldim. Biz

Oysuluvlarnikiga Bibiseshanbaga jo‘nadik. Ularning uyiga tutzor yoqalab boriladi, bir tomon
tutzor, bir tomon paxtazor. O‘rtadagi yolg‘izoyoq yo‘ldan yuvosh eshak bir zaylda odimlaydi.
Yerga egilgan tut novdalari yurishga xalal beradi. ”

3

O‘qirman ko‘z oldida ajib bir manzara paydo

bo‘ladi: eshakka mingashgan keksa bir kampir va uning ust kiyimidan ushlagan bolakay. Shu

2

https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/shodmonqul-salom-1980/shodmonqul-salom-

bolalikning-so-nggi-kuni-hikoya

3

https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/shodmonqul-salom-1980/shodmonqul-salom-

bolalikning-so-nggi-kuni-hikoya


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1121

o‘rinda kurta bizning e’tiborimizni tortadi. Kurta ayollar ko‘ylaklari ustidan kiyadigan; atlas,
adras, beqasam, janda kabi matolardan ichiga astar qo‘yib tikiladigan kiyim turi. Surxon vohasida
ko‘pincha janda matosidan tikiladi. Yenglari uzun, yoqasi esa xuddi erkaklar choponining yoqasini
eslatadi. Old qismining ikki tomoniga mag‘izlik qo‘yiladi. Ayollar kurtani bosh kiyimlari ustidan
kiyishadi. O‘rta yoshlilar och rangli matodan kurta kiygan bo‘lsa, keksa yoshdagilar to‘q rangli
matolardan tayyorlangan kurtani yopinganlar. Rangiga qarab ularning yoshi haqida ma’lumotga
ega bo‘lish mumkin.

Qishloqning faqat piyodalar yurishi mumkin bo‘lgan so‘qmog‘i… Yozuvchi yo‘lning ikki

tomoni tutzor va paxtazor ekanligini bejiz ta’kidlamayapti. Sababi mustamlaka tuzumi davrida
nafaqat, Termiz, balki respublikaning barcha hududidagi yo‘llar ana shunday ko‘rinishda bo‘lgan.
Tutzorlar esa pilla yetishtirish uchun zarur edi. Xo‘jaliklar pilla qurti uchun tut bargini yo‘llar
chetiga qator qilib ekilgan tutlardan olardilar. Tut shoxlari egilib, yo‘lovchilarga qancha halaqit
bermasin, ularni kesishga hech kim jur’at qilolmas edi.

“Momom menga borganimizdan so‘ng esligina bo‘lib yurishimni ta’kidlab ketayotir,

momomning har gapiga «hmm-hmm» deb qo‘yamanu, xayolim esa borgach bo‘ladigan o‘yin —
«urush-urush»da. Biz doim birga bo‘lsak, «urush-urush» o‘ynaymiz. O‘yinni ikkiga bo‘linib olib
o‘ynaymiz, bir tomon «sovetlar», bir tomon «afg‘onlar» bo‘ladi. Kim «sovet» bo‘lsa xursand
bo‘ladi, chunki Oysuluvning akasi ham «sovet»-da. U hozir armiyada, oti Isroil aka. Oysuluv doim
akasi haqida hikoya qilganda Sheralining ham, mening ham unga havasimiz kelib ketadi. Isroil
aka dekabrning oxirlarida armiyadan kelar ekan, shunda Ergash aka katta ho‘kiz so‘yib to‘y
qilarmish. Isroil akaning uyoqda «tanka»si, Alek degan o‘ris oshnasi bor emish... ”

4

Murg‘ak

qalblar urushni o‘yin sifatida bilishadi. Hikoyaning boshqa qahramonlari ham birin-ketin ana shu
zaylda tanishtirilmoqda. Tursunning tengdoshlari Oysuluv va Sherali. Hikoya yozilishiga sababchi
taqdir egasi esa Isroil va uning otasi Ergash aka. Armiyaga chaqirilib urushga olib ketilganlarning
qaytishi ancha qiyin kechgan. Ayrim askarlar hatto yil oshsa ham rezervga bo‘shatilmagan. Isroil
esa dekabrning oxirlarida keladi. Sababi esa juda oddiy: “Isroil akaning uyoqda «tanka»si, Alek
degan o‘ris oshnasi bor”.

“— O‘choqdan naryoqqa o‘yna, momong kelyapti, tomog‘ingdi bosadi hozir, — deya

Zulfiya xola o‘choq boshidan biz tomonga yura boshladi. Momom bu gal ham eshakdan tandir
supasiga tushdi, men esa yerga sakradim. Momom avval Zulfiya xola bilan, so‘ng bolalar bilan
bir-bir ko‘rishdi”

5

. Issiq o‘choq atrofida o‘ynayotgan bolalarni uzoqroqqa ketkazish uchun Zulfiya

xola hech kimga baqimaydi, urushmaydi, aksincha “momong kelyapti, tomog‘ingdi bosadi” deb
qo‘rqitadi. Hozirgi kunda tomoq bosish nima ekanligini uncha-muncha yosh avlod
tushunishmaydi. Qishloqlarda ko‘proq saqlanib qolgan. O‘sha vaqtlarda bolasi kasal bo‘lib qolgan
onalar farzandini shifokorga emas, mahalladagi yoshi ulug‘ kampirlarga olib borishgan, kinna
silatishgan, tomoq bosdirishgan. Kampirning o‘zi shundoq ham og‘rib turgan tomoqni qattiq

4

https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/shodmonqul-salom-1980/shodmonqul-salom-

bolalikning-so-nggi-kuni-hikoya

5

https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/shodmonqul-salom-1980/shodmonqul-salom-

bolalikning-so-nggi-kuni-hikoya


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1122

bosishi bolalar uchun chinakam og‘riqli bo‘lgan. Zulfiya xolaning tomoq bosish bilan qo‘rqitishi
ana shundan.

“Kun tushga yaqinlashib qolgandi. Uyning yonboshidan Zulfiya xolaning «Oysuluv»

degan ovozi eshitildi, keyin esa o‘zi ko‘rindi. — Oysuluv, buyoqqa kel qizim, manovi ovqatni
Saltanat xolangga berib kel, — dedi Zulfiya xola. Oysuluv menga: «Yur, Tursun, berib kelaylik»,
dedi. Men bosh irg‘agancha unga ergashdim. Saltanat xola yaqinda farzandli bo‘lgan, hali
«chillali», shuning uchun ko‘pchilikka aralasholmaydi. Oysuluv ikkalamiz ro‘molga tugilgan non
va uznakdagi ovqatni olib yo‘lga tushdik.”

6

Xalqimiz azaldan mehribon, bir-biriga suyanchiq

bo‘lib kelgan. Hikoyada buning isboti o‘laroq, yaqinda chaqaloqlagan qo‘shnisi bibi seshanbaga
kela olmaganligi uchun uning nasibasini uyiga olib borishyapti. Chilla- farzand dunyoga kelganda
tashqi olamga sekin-sekin moslasha boshlaydi. Bunda atrofdagilardan yuqishi mumkin kasalliklar,
ko‘z tegishi va boshqa omillarni hisobga olib, chaqaloq yotgan xonaga begonalar kirgizilmaydi.
Hatto shom paytida kelgan yaqin qarindoshlariga ham go‘dak ko‘rsatilmaydi.

Diniy idora vakili Muhammad Ayyub Homidov chilla haqida shunday deydi: “—

Dinimizda “chilla” degan narsa yoʻq. Ammo chaqaloq va bolalarni shom namozi kira boshlagan
vaqtdan to qop-qorongʻu toʻla tushgunicha koʻchaga chiqarmasdan turish haqida hadisda
koʻrsatma kelgan. Islom dinida ota-ona farzandini har tomonlama avaylab, ehtiyot qilishga masʼul
ekani uqtiriladi. Buning uchun dinimiz taʼlimotida farzandni, hatto koʻz tegishi yoki jinlardan
saqlash uchun ham muayyan koʻrsatmalar keltirilgan. Jumladan, Jobir roziyallohu anhudan rivoyat
qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kechqurun, farzandlaringizni uyda
ushlab turing. Bu vaqtda shaytonlar (jinlar) izgʻib yuradi. Biror soat oʻtgach, bolalaringizni erkin
qoʻying. Allohning nomini zikr etib eshiklaringizni berkiting. Zero, shayton berkitilgan eshikni
ochmaydi”, deganlar (Muttafaqun alayh).”

7

“Ovqat yerkanmiz, ayollarning harakatiga qiziqib qarab o‘tirardik. To‘rda momom, qo‘liga

paxta tutamlarini olib supraning o‘rtarog‘ida turgan kattaligi piyoladay keladigan oqtoshning
ustiga qo‘yayapti. Bu tosh momomning chiltontoshi. Toshning ikki tomoni biroz qoraygan.
Momom paxtani eshib qo‘yarkan, menga avval ham aytib bergan «Yetim qiz» matalini aytayapti.
Momom gapdan to‘xtaganda ayollar gap qo‘shib qo‘yadi: — Hmm, tovba... — Xudoyimning
g‘aznasi keng-da…

Ayollarning qo‘lida chigiti olinmagan paxta, ular paxta chigitlab o‘tirishibdi.”

8

“Yetim qiz” aslida bibi seshanba marosimi uchun asos bo‘lgan matallardan biri

hisoblanadi. Unga ko‘ra bir mehnatsevar, atrofdagilarga mehribon, shirinso‘z bir yetim qiz bo‘ladi.
Biroq o‘gay uni ko‘p xo‘rlaydi. Qizga har kuni sigirlarni o‘tlatish uchun dalaga ketar edi. O‘gay
ona esa uning qo‘liga bir etak paxta berib, uni yigirib qaytishni buyurar ekan. Kunlardan bir kuni
qiz sigirni haydab, paxtani yigirish uchun olib ketayotganida sigir tog‘dagi bir g‘orga qochib
kiradi. Uning izidan quvib, yetim qiz ham g‘orga qadam qo‘yganida bir bibiga ko‘zi tushadi.
Qizning salomiga alik olgan ayol undan hol-ahvol so‘raydi. Qiz bechora yig‘lab holini bayon

6

https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/shodmonqul-salom-1980/shodmonqul-salom-

bolalikning-so-nggi-kuni-hikoya

7

http://old.muslim.uz/index.php/maqolalar/item/30494-dinda-savolim-bor-chilla-sa-lash-nima-degani

8

https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/shodmonqul-salom-1980/shodmonqul-salom-

bolalikning-so-nggi-kuni-hikoya


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1123

qiladi. Shunda Bibi:“Mushkullaring yengillashishi uchun seni har kuni duo qilaman, sen bo‘lsang
meni yo‘qlab turgin”,- deb aytadi.

Yetim qiz esa o‘gay onadan ko‘rgan jabrlarini biroz bo‘lsa-da unutish, qolaversa,

duogo‘yini yo‘qlash uchun g‘orga tez-tez borib turadi. Shunday kunlarning birida u istiqomat
qiladigan joy voliysi to‘y qiladi, unga barchani taklif etadi. Bo‘yi yetgan yetim qizning esa to‘yga
kiyadigan libosi bo‘lmaydi. Bibi unga yordamga kelib jannatdan ko‘ylaklar olib beradi. Parilardek
go‘zal qizni ko‘rgan to‘y egasining o‘g‘li sevib qolib, unga uylanadi. Bibi o‘limidan oldin qizga
vasiyat qilib, shunday deydi: “barcha mehnatlaring rohatga, mashaqqatlaring esa davlatga aylandi.
Taom pishir va o‘zing bilan bo‘lgan voqeani bayon qilgin”. “Yetim qiz” matali xalqimiz orasida
shu va boshqa shakllarda og‘izdan og‘izga o‘tib kelmoqda.

Muallifning mahorati shundaki, u ona to‘y qilaman, kelin tushiraman deb orzu qilayotgan

bir vaqtda ota farzandining o‘limi haqida eshitadi. Zulfiya xola bilan qo‘shilib orzularga berilgan
kitobxon, Ergash akaning unsiz hayqirig‘idan o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Ayniqsa, bularning
barchasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, eshitib turgan Tursun uchun bu juda og‘ir kechadi: “Xonaga bir
zum og‘ir jimlik cho‘kdi. Shu mahal uyning orqa tomonidagi derazadan boshiga supra qo‘ygan
Zulfiya xola ko‘rindi. U to‘xtab-to‘xtab, baland ovozda o‘ziga-o‘zi gapirardi. Uning ko‘zlari juda
uzoqlarga qadalgandi. — Isroilimdi ko‘ryapman, ko‘rayapman, yuzlari oyday bo‘p kelayapti.
Isroilimga kelin tushirayapman, kelinimning... — Zulfiya xolaning ovozi pasaydi, uyni aylanib
ketdi.

Mening esa uydan yugurib chiqqim keldi shu topda. — Enasi eshitmasin, enasi, — Ergash

aka ko‘zlarini artarkan qiynalib o‘rnidan turdi. Mehmon ham o‘rnidan qo‘zg‘oldi. Gilamning
ustida esa haligi qog‘oz g‘ijim bo‘lib yotardi. — Ergash aka... endi peshonasida bor ekan-da.
Ertaga soat 12 da Termizga... — gapning davomini eshitmay tashqariga otildim, eshikka yetganda
qo‘lida dasturxon va tarvuz ko‘targan Oygulga urilib ketdim. Ayollar ham tashqariga chiqayotgan
ekan, momom esa Zulfiya xola jilovidan tutib turgan eshagimizga minayotibdi. Yugurib ayvondan
chiqarkanman, og‘il tomondan kelayotgan Sheralining «Ta-taat, Tursun, o‘lding, urra afg‘onlar
yengildi», degan hayqirig‘i eshitildi. Men esa momom tomonga parishon borarkanman, birdan
baqirib yig‘lab yubordim. Ayvondan esa Ergash akaning baland, lekin titroq ovozi eshitildi. —
To‘xtat urush-urushingni, ikkinchi o‘ynaganingni ko‘rmayin. Zulfiya xola esa meni eshakka
mindirarkan, hadeb ovutardi: — Yig‘lama Tursunjon, yig‘lama, o‘yinda yig‘lagan kal bo‘ladi...”
Zulfiya xola o‘g‘li Isroilning o‘lganidan bexabar Tursunjonni yupatardi. Tursun esa xuddi kattalar
singari Isroilning o‘lganini hech kimga aytmaydi, birgina sovuq xabar yoshgina bolakayni bir
zumda ulg‘aytirib qo‘yadi.

Urush oddiy o‘yin emasligini, avtomat shunchaki o‘yinchoq emas, yaqinlarining umriga

zomin bo‘luvchi qurolligini anglab yetgan Tursun bir zumda ulg‘ayib qolgandek, nazarimizda. Ha,
Afg‘on-Sovet urushi ko‘plarning yostig‘ini quritdi. Qancha-qancha oilalarning Isroildek ayni
kamolga yetgan farzandlari yog‘och otda uylariga qaytdilar. Raqamlarga murojaat qiladigan
bo‘lsak, “O‘zbekistondan 64 500 nafar yigit Afg‘on urushida ishtirok etgan va ulardan 1522 nafari
halok bo‘lgan. 2500 nafardan oshiqroq o‘zbekistonlik

nogiron

bo‘lgan. Albatta, yuqoridagi

raqamlar SSSR tarqab ketgunicha berilgan rasmiy ma’lumot hisoblanadi va u ancha kamaytirib
ko‘rsatilgan bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas”.

9

9

https://kun.uz/uz/news/2020/01/14/millionlar-nolasi-afgon-urushi-qanday-boshlanib-qanday-tugagan


References

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов