ANAPHORA AS A MEANS OF FORMING SPEECH CULTURE

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Berdimurodova , T. (2023). ANAPHORA AS A MEANS OF FORMING SPEECH CULTURE. Modern Science and Research, 2(5), 1306–1310. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20710
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article describes the function of anaphora and its use in Uzbek linguistics to encourage the listener to speak in Uzbek language, to reveal the features of the artistic text. In addition, linguistic and stylistic features of the artistic text, the principles of the uniqueness of anaphora in the artistic text were studied, and the unique features of anaphora and epiphora were revealed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1306

ANAFORALAR NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRUVCHI VOSITA

SIFATIDA

Berdimurodova Tursunoy O`ral qizi

Termiz davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7989573

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O`zbek tilida tinglovchini nutq jarayoniga undash, badiiy

matn xususiyatlarini ochib berish O`zbek tilshunosligida anafora va uning qo`llanilish vazifasi
haqida bayon etilgan. SHuningdek, badiiy matnning til va uslubiy xususiyatlari, anaforaning
badiiy matndagi o’ziga xoslik tamoyillari o`rganilgan hamda anafora va epiforaning o`ziga xos
xususiyatlarini ochib berilgan.

Kalit so’zlar:

Anafora (yunonchadan anaphora – oldinga, yuqoriga chiqarish), badiiy

matn, matnning lingvistik xususiyatlari, evfoniya, alliteratsiya, assonans, she`riyatda evfoniya,
nasrda evfoniya, anaforalarning qo`llanilishi.

ANAPHORA AS A MEANS OF FORMING SPEECH CULTURE

Abstract.

This article describes the function of anaphora and its use in Uzbek linguistics

to encourage the listener to speak in Uzbek language, to reveal the features of the artistic text. In
addition, linguistic and stylistic features of the artistic text, the principles of the uniqueness of
anaphora in the artistic text were studied, and the unique features of anaphora and epiphora were
revealed.

Key words:

Anaphora (from the Greek anaphora - forward, upward), artistic text,

linguistic features of the text, euphony, alliteration, assonance, euphony in poetry, euphony in
prose, the use of anaphora.

АНАФОРА КАК СРЕДСТВО ФОРМИРОВАНИЯ РЕЧЕВОЙ КУЛЬТУРЫ

Аннотация.

В данной статье описывается функция анафоры и ее использование

в узбекском языкознании для побуждения слушателя к говорению на узбекском языке, для
выявления особенностей художественного текста. Кроме того, были изучены
лингвистические и стилистические особенности художественного текста, принципы
своеобразия анафоры в художественном тексте, выявлены своеобразные черты анафоры
и эпифоры.

Ключевые слова:

Анафора (от греч. anaphora — вперед, вверх), художественный

текст, языковые особенности текста, благозвучие, аллитерация, ассонанс, благозвучие в
поэзии, благозвучие в прозе, употребление анафоры.


Tilshunoslikning alohida sohasi sifatida izchil rivojlanib kelayotgan yo`nalishlardan biri

bu- matn lingvistikasi hisoblanadi.

Anafora

(yunonchadan anaphora – oldinga, yuqoriga chiqarish) – so‘z yoki so‘zlar

guruhining misra va band boshida takrorlanishi, so‘z takrorining xususiy ko‘rinishidir. Anafora
ma'lum fikr, his-tuyg‘u, holat va harakatni ta'kidlab ko‘rsatishga xizmat qiladi, tabiiy ravishda,
she'rning xushohangligini ham oshiradi. Masalan, atoqli yozuvchi Oybekning “O`zbekiston”
nomli she`rida anaforaning yorqin na`munasini ko`rishimiz mumkin.

Bir o`lkaki, tuprog`ida oltin gullaydi,
Bir o`lkaki, qishlarida shivirlar bahor,
Bir o`lkaki, sal ko`rmasa, quyosh sog`inar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1307

Bir o`lkaki, g`ayratidan asabi chaqnar.
Ijodkor Oybek qalamiga mansub ushbu parcha bilan tanishar ekanmiz, vatan tuyg`usi shoir

uchun qanchalik ulug` tuyg`u ekanligini bilib olishimiz mumkin.

Ijodkor she`rni:
“Tuprog`ida oltin gullaydi,
Qishlarida bahor shivirlaydi,
Sal ko`rmasa quyosh sog`inadi,
G`ayratidan asabi chaqnaydi” tarzida boshlashi mumkin edi, ammo har misra boshida so`z

takrorini qo`llab she`rning ta`sir kuchini yanada oshirgan. Anafora orqali yozuvchi vatanini
shunchaki yaxshi ko`rmay, balki muqaddas yurtini, ajoyib o`lkasini o`zgacha bir shoirona ruh
bilan sevishini ko`rishimiz mumkin.

Bu parchada anafora she`rga qanchalik ko`tarinkilik kayfiyatini bersa, endigi parchada biz

buning aksini ko`ramiz. XX asr o`zbek she`riyatining o`ziga xos vakili, millatparvar shoir Shavkat
Rahmonning “Turkiylar” she`ridan olingan parchaga e`tabor qaratsak.

Tug`ildi,
tug`ildi,
tug`ildi qullar,
qirqida qirilgan-imdodga muhtoj,
yovlarga ters qarab itlarday hurar,
bir-biriga dushman,
bir biridan koj.
Jo`mardlar qilrilgan Turon zaminda
Do`zaxiy tajriba pallasin ko`rdim…
Bormi er yigitlar
bormi er qizlar,
bormi gul bag`ringda jo`mard nolalar
bormi bul tufroqda o`zligin izlab,
osmon-u falakka yetgan bolalar.
Bor bo`lsa alarga yetkarib qo`ying,
Bir boshga bir o`lim demagan musurmon ermas,
Shahidlar o`lmaydi,
Bir qarab tuying: Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
“Turkiylar” she`rida bobolarga munosib bo`lolmagan turkiy xalqlarga xos illatlar ayovsiz

fosh etilgan. Shoir turkiylarning qulligidan shunchalik alamzada, go`yoo`sha davrga tushib
qolgan-u o`z g`azabini bildirib, baralla ovozda ularni erk uchun kurashishga chorlamoqda. U
millatning shu ahvolga tushishiga ularning o`zlarini sababchi qilib ko`rsatmoqda. Odatda
matnlarda dushman haqida yomon fikrlar bo`ladi, ammo bu she`rda ijodkor turkiylarning o`zi
haqida alamli gaplar aytgan. Ijodkor ichki kechinmalarini, butun bir millatning hayot yo`sinini
tubdan o`zgartirish kerakligini anafora vositasi yuzaga chiqargan. Misra boshida shunchaki bir


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1308

marta so`zni qo`llash mumkin edi, ammo ijodkor bir so`zni takror-takror aytyaptimi, demak bunga
ehtiyoj bor.

Anaforaga yana bir yorqin misolni Halima Xudoyberdiyeva she`rlaridan topishimiz

mumkin. Shoira “Shunchaki” deb nomlangan she`rida so`z takroridafoydalangan:

Shunchaki yozmoqqa ko`ngil to`lmaydi,
Shunchaki yozmoqqa bormaydi qo`lim.
Shunchaki yozganga chidab bo`lmaydi,
Shunchaki yozmoq bu shoirga o`lim.
Takrorga stilistik vosita sifatida qaralib, og'zaki va yozma nutqning tashkil etuvchilari

bo'lgan til birliklariga emotsional bo'yoq va she'riy ohang berish vazifasini bajarish ta'kidlanyapti.
Bu fikrlarni shoira Halima Ahmedovaning she'rlarida ham anaforani uchratamiz. Tilimizda
mavjud har bir uslubda qo'llanayotgan so'z anglatgan ma'noni tinglovchi yoxud o'quvchi ko'z
o'ngida yanada ravshanlashtirish asosiy o'rin tutadi. Bunda anglashilayotgan ma'noni ta'kidlab,
alohida ajratib, zarur o'rinlarda qayta qo'llab bu natijaga erishish mumkin. Ana shu jihatga ko'ra
takror badiiy uslubda eng faol qo'llaniladigan stilistik usullardan biridir.

Oldingi fikrlarda keltirib o`tilganidek badiiy uslubda takrorning vazifasi faqatgina ma'lum

narsa-hodisani yoki holatni ajratib, ta'kidlab ko'rsatish bilangina chegaralanmaydi. Badiiy asarda
barcha uslubiy vositalarda bo'lgani kabi, takrorning zimmasiga ham til birliklariga emotsional
bo'yoq, alohida ohang, joziba berish vazifasi yuklanadi. Agar imkoniyat bo'lsa, shu vazifalarni
amalga oshirish bilan bir qatorda muallifning yoki asar qahramonining voqelikka subyektiv
munosabatini ham bera olishi kerak

1

.

Til birliklarining, xususan so'z, ba'zan so'z birikmasining qaysi o'rinda takrorlanib

kelishiga ko'ra takrorning bir qancha turlari mavjud bo'lib, umumiy holda ular o'ttizga yaqinni
tashkil qiladi. Ilmiy adabiyotlarda takrorning alliteratsiya, anafora, epifora, rifma (qofiya),
assonans, konsonans, tavtologiya kabi turli xil ko'rinishlari farqlanadi. Shunga ko'ra, she'r yoki
bandning boshida kelgan so'z, so'z birikmasi yoki gap har bir misra yoki band boshida takrorlanib
kelishi anaforani tashkil qiladi. O'rinli takrorlari, beqiyos jozibador ohangli misralari bilan
adabiyot olamida alohida o'rin tutgan shoira Halima Ahmedova she'rlarida ham takrorning ushbu
turi anaforadan ko'p bor foydalangan. Shubhasiz, bu orqali she'r jozibador ohang va bo'yoq bilan
ta'minlangan. Shoira qo'llagan anaforalar soddaligi bilan she'rxonning ko'z o'ngida jonlanayotgan
manzarani yanada ravshan va aniq ko'rinishda namoyon etadi:

Bunda o'zin yoqqan qirq olti bahor
Bu esa yodgordir qaysi g'animdan

1

Arnold I.V.

Stilistika sоvremennоgо angliyskоgо yazika. -L.: Prosvesheniye, 1973,s. 244.

Arnold I.V.

Ko’rsatilgan asar, 244-245-betlar.

Arnold I.V.

Ko’rsatilgan asar, 247-bet. Shuningdek, abzatsni ham sintaktik birlik,

ayni paytda ham stilistik vоsita sifatida talqin etish bоshqa tadqiqоtchilarda ham kuzatiladi.

Qar.:

Talmatskaya L.M.

Ekspressivnо-stilisticheskaya funksiya chleneniya na abzatsi v

predislоvii k rоmanu О.Uaylda “Pоrtret Dоriana Greya” / Pragmatikо-funksionalnoye

issledоvanie yazikоv. –Kishinyov: Shtiintsa, 1987, s. 131-138.

Yana qar.:

Muхin A.M.

Struktura predlоjeniya i iх mоdeli. –L.: Nauka, s. 211;

Valgina N.S.

Sintaksis sоvremennоgо russkоgо yazika. –M.: Visshaya shkоla, 1973,

380;

Lоseva L.M.

Kak strоitsya tekst. –M.: Prosvesheniye, 1980, s. 85.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1309

Ko'zimga tik qarab o'sayotgan xor
Bunda sukunat bor...
Bunda bor umid.
Hali jon berolmay qiynalayotgan
Bunda bor kuzakdan ortgan maysalar
Nenidir aytolmay qiynalayotgan.
Bunda nur va zulmat bahsi qizigan
Kun bermay yashaydi hech bir-biriga.
Shoiraning ushbu misralaridagi bunda so'zining takrorlanishi uslubiy jihatdan anaforani

tashkil etgan bo`lsa, badiiy jihatdan she'rdagi fikrning ifodasini ta'kidlab ko'rsatish bilan bir
qatorda ohangdorlikni ham ta'minlagan.

Poklaning...
Bolalikning shaffof qalbida qolgan
Nafis kapalakning qanoti bilan
Tog'lar sog'inchini bo'zlab yig'lagan
Qafasdagi kaklik bayoti bilan
Poklaning -
Haqorat zanjirin uzolgan so'zning
G'ururday otashin haroratida
Ochlikni yupatgan gado ko'zida
Porlab turgan nurning saodatida
Poklaning -
Poklanish mumkin bemalol
Soyga o'ynab tushgan oyning aksidan
Harir pardasini shamol o'ynagan
Qaro tunnning yorug' derazasidan
Poklaning...
Yuqoridagi misolllardan ko'rinadiki, anafora nafaqat fikr ta'kidini kuchaytiruvchi stilistik

vosita, balki she'rning kompozitsion asosini belgilovchi omil sifatida ham qo'llaniladi. Masalan,
shoiraning "Poklaning" nomli mazkur she'rida ifodalanmoqchi bo'lgan fikr, muallifning xitobi har
bir band birinchi misrasida takrorlangan poklaning so'zida aks etadi, va birgina shu so'zning o'zi
orqali muallif nima demoqchiligi oydinlashadi. Navbatdagi satrlar esa bevosita birinchi misrani
to'ldirib, izohlab boradi. Va shubhasiz so'z takrori jarayonida o'ziga xos ohang, ritm hosil bo'ladi.

Bu atama boshqa tillar kabi rus tiliga Qadimgi Yunonistondan kelgan va “takrorlash,

qaytish, ko`tarilish, yakdil” kabi ma`nolarni anglatgan. A.N.Chudinov “Rus tilidagi xorijiy so`zlar
lug`ati” asarida anaforani “Har bir jumlaning boshida bir yoki bir nechta so`zlarning alohida urg`u
bilan takrorlanishidan iborat ritorik figura”,-deb ta`riflagan.

Adabiy atamalar lug`atida anafora birin-ketin keluvchi misralar qatorida ham, ajratilgan

misralarda ham kelishi mumkinligi aytilgan. Katta ensiklopedik lug`atda Anafora stilistik figura;
nutqning qo'shni bo'laklari (so'zlar, satrlar, baytlar, iboralar) boshlang'ich qismlarini (tovushlar,
so'zlar, sintaktik yoki ritmik konstruktsiyalar) takrorlash”, - deyilgan va A. S. Pushkinning
asaridan quyidagi parcha misol qilib keltirilgan. Yam-yashil shahar, kambag`al shahar. Lingvistik


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1310

atamalar lug`atida esa har bir parallel qatorning boshida bir xil elementlarning takrorlanishidan
iborat stilistik figuraligi aytib o`tilgan.

Azim Hojiyevning “Tilshunoslik terminlarining izohli lug`ati”da anaforaga quyidagicha

ta`rif berilgan: Anafora (yunoncha anaphora-yuqoriga chiqarish). Parallel tuzilgan nutq parchalari
(masalan, misralar) boshida aynan bir xil unsurning takrorlanishidan iborat uslubiy qo`llanish.
Unda tovushlar, so'zlar yoki ularning kombinatsiyalari takrorlanishi ritmik elementlarning boshiga
to'g'ri keladi. Albatta, bu asosan she`riy satrlarda ko`proq qo`llanadi. Misol sifatida Shuhratning
“Mardlik afsonasi” balladasidan olingan parchani keltirish mumkin:

Qon yig`ladi hattoki, ko`lida g`ozi.
Qonyig`ladi el, elat, urug` va aymoq,
Qon yig`ladi dala-tuz, sahro, qir va bog`.
Qon yig`ladi beshikda tilsiz norasta,
Qon yig`ladi chol-kampir tillari xasta.
Qon yig`ladi bog`da gul, qirda chechaklar,
Qon yig`ladi nomus deb, qiz, kelinchaklar.
Qon yig`ladi qo`zi-qo`y taqir o`tloqda,
Qon yig`ladi: -Suv! Suv! –deb dehqon qirg`oqda.
Ko'pincha anafora she'riy matnlarda, kamroq nasrda uchraydi. Prozaik anafora odatda

qo'shni jumlalarning boshini bog'laydi, masalan: "qanday bo`lmasin odamlar harakat qilishdi, bitta
kichik joyga yig'ilishdi ..., qandaybo`lmasin yerga hech narsa o‘smasligi uchun toshbo‘ron
qildilar...” (L.Tolstoy). Juda kamdan-kam hollarda anaforik takrorlash matndagi qo'shni emas,
balki ajratilgan lingvistik birliklarni, masalan, hikoya yoki roman boblarining boshlanishini
bog'laydi. Prozaik anafora ko'pincha aytilayotgan narsaning mazmunini kuchaytiradi va hissiy
jihatdan yanada ifodali qiladi (masalan,” Ikki eshik orasi” romanida Umar zakunchi tilidan:” Endi
anavi Robiya qoldimi? Qo`rqadigan joyim yo`q! Shunaqangi tilini qisib qo`yamanki, ketimdan
o`zi ergashib yuradigan bo`ladi, unsurvachcha! Chu, jonivor! Muncha uchasan? Qamchi yeb
o`rganmagansan-da! Havo muncha tiniq! Olam muncha chiroyli. Muncha tez uchadi bu? Qanoti
bormi? Qayoqqa ketyapman o`zi? Baribir emasmi? Olam yam-yashil bo`lsa, ostingda arg`umoq
bo`lsa, uchasan-da! ”), garchi u sof kompozitsion funktsiyani ham bajarishi mumkin, bu odatda
she'riy matnlardaanaforik takrorlash bilan belgilanadi, bu erda anafora qo'shimcha (birgalikda)
bo'lib xizmat qiladi. doimiy pauza bilan) oldingi qatorning oxiri va keyingisining boshlanishi
uchun signal. Ko'pincha, anaforik takrorlash butun she'riy asar davomida (odatda kichik hajmda)
saqlanib qolishi mumkin.

REFERENCES

1.

Hojiyevning “Tilshunoslik terminlarining izohli lug`ati”.

2.

Abdullayev A. Ma'no kuchaytirishning fonetik usuli// o'zbek tili va adabiyoti.
T.1969.N2.55-58

3.

Mirzo I. Agar jannat kokda boisa... T.: Sharq. 2010.

4.

Mizro I. Ko'zlaringga termulsaydim. T.: Sharq. 2020.

5.

Muhammedova S. Matn lingvistikasi. T. 2011. 6. Yoldoshev M. va b. Matn
lingvistikasi. T.2020

References

Hojiyevning “Tilshunoslik terminlarining izohli lug`ati”.

Abdullayev A. Ma'no kuchaytirishning fonetik usuli// o'zbek tili va adabiyoti. T.1969.N2.55-58

Mirzo I. Agar jannat kokda boisa... T.: Sharq. 2010.

Mizro I. Ko'zlaringga termulsaydim. T.: Sharq. 2020.

Muhammedova S. Matn lingvistikasi. T. 2011. 6. Yoldoshev M. va b. Matn lingvistikasi. T.2020

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов