SOILS AND ORGANIC WORLD OF SURKHANDARYA REGION

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Safaraliyeva, S., Abdunazarova, N., Berdiqulova, B., & Ziyodova, D. (2023). SOILS AND ORGANIC WORLD OF SURKHANDARYA REGION. Modern Science and Research, 2(6), 47–48. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20838
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article discusses the soil and organic world of Surkhandarya region and their importance in the national economy.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

47

SURXANDARYO VILOYATI TUPROQLARI VA ORGANIK DUNYOSI

Safaraliyeva Sabrina Akbaraliyevna

TerDu Tabiiy fanlar talabasi geografiya ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi

Abdunazarova Nilufar Choriyor qizi

TerDu Tabiiy fanlar fakulteti geografiya ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi

Berdiqulova Barno Nodir qizi

TerDu Tabiiy fanlar fakulteti tuproqshunoslik ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi

Ziyodova Dilfuza Maxmud qizi

TerDu Tabiiy fanlar fakulteti tuproqshunoslik ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7999852

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati tuproqlari va organik dunyosi va

ularning xalq xo’jaligidagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi.

Kalit so’zlar:

Tuproq, Surxandaryo viloyati organik, o’simliklar.

ПОЧВЫ И ОРГАНИЧЕСКИЙ МИР СУРХАНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются почва и органический мир

Сурхандарьинской области и их значение в народном хозяйстве.

Ключевые слова:

почва, органика Сурхандарьинской области, растения.

SOILS AND ORGANIC WORLD OF SURKHANDARYA REGION

Abstract.

This article discusses the soil and organic world of Surkhandarya region and

their importance in the national economy.

Key words:

Soil, Surkhandarya region organic, plants.

Viloyatning tuproqlari iqlim va relyef sharoitiga bog`liq ravishda turli joylarda turlichadir.

Tekisliklarda och tusli bo`z tuproqlar tarqalgan, ulardagi chirindi miqdori 1-1,5 % atrofida. Okean
sathidan 500-600 m gacha balandliklar oddiy bo`z tuproqlar bilan qoplangan. Bular och bo`z
tuproqlarga nisbatan chirindiga boyroq, ularda chirindi miqdori 1,5-2,5 % atrofida bo`ladi. Yerosti
suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan joylarda sho‘rlashgan bo‘z tuproq uchraydi. Surxondaryo va
Sherobod daryolarining qayirlarida allyuvial-o‘tloq va botqoq tuproqlar uchrasa, janubiy
qismidagi qum massivlarida qumli va qumloq tuproqlar uchraydi. O‘lkaning 500 m dan 1200 m
balandlikkacha qismida oddiy va to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlar ko‘p
joylarda o‘zlashtirilib, madaniy bo‘z tuproqqa aylantirilgan. Surxondaryoning 1500 - 2500 m dan
balandda bo‘lgan tog‘ yonbag‘irlarida tog‘ jigarrang tuproqlari tarqalgan bo‘lib, tarkibida chirindi
4 - 6 foizga boradi. 2500 m dan yuqorida yaylov mintaqasi boshlanib tog‘ o‘tloq, o‘tloq, o‘tloq-
botqoq tuproq uchraydi.

Viloyatning grunt suvi yer betiga yaqin bo`lgan janubi-g`arbiy qismida sho`rlangan

tuproqlar, gil jinslardan iborat bo`lgan yerlarda esa taqir tuproqlar uchraydi. Viloyatning janubiy
qismidagi qum massivlarida cho`l qo`ng`ir tuproqlar uchraydi. Surxondaryo va Amudaryo
qayirlarida esa allyuvial o`tloq, o`tloq-botqoq tuproqlar tarqalgan. Vohalardagi bo`z tuproqlar
tabiiy xususiyatlarini yo`qotib sug`oriladigan madaniy voha tuproqlariga aylangan.

O`simliklar viloyatda janubidan shimoliga va tekislikdan tog`larga tomon o`zgarib boradi.

Viloyatning eng issiq va eng quruq yerlarida shuvoq, efemerlardan rang, iloq, qo`ng`irbosh,
no`xatak va issiqqa moslashgan boshqa o`simliklar o`sadi. Qumliklarda qandim, oq saksovul,
cherkez, taroqbosh, yaltirbosh, daryo vodiylarida to`qaylarda yulg`un, jiyda, turong`il, terak,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

48

qamish, savag`ich keng tarqalgan. O‘lkaning 500 m balandlikkacha bo‘lgan qismida cho‘l
mintaqasiga oid o‘simliklardan rang, iloq, qo‘ng‘irbosh, no‘xatak, shuningdek, shuvoq va boshqa
o‘simliklar o‘sadi. Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan joylarda sho‘ralar o‘sadi. Surxondaryo
vodiysining janubiy qismidagi qumloqlarda juzg‘un, qum ilog‘i, quyonsuyak kabi o‘simliklar
uchraydi.

Viloyatda adir va tog` o`tloqlari ko`p. Adirda ko‘proq efemer o‘simliklar hamda shuvoq,

kavrak, qo‘ziquloq, bir yillik astragal, javdar, bug‘doyiq kabilar mavjud. Shuningdek, adirlarda
butasimon o‘simliklardan itburun, bodom, zirk kabilar ham o‘sadi.

Surxondaryo tog‘larida (1500-2500 m) bug‘doyiq, javdar, tipchoq, yovvoyi arpa, shirach,

qurg‘oqchil va toshloq yerlarda astragal o‘sadi. Butalardan bodom, irg‘ay, itburun, zirk,
daraxtlardan archa, zarang, xandon pista, yong‘oq, do‘lana, terak kabilar o‘sadi. Surxondaryo
o‘lkasining sharqida joylashgan Bobotog‘ o‘zining xandon pistalari bilan mashhurdir.
Surxondaryo o‘lkasining 2500 m dan baland qismida yaylov mintaqasi joylashib, unda subalp va
alp o‘tloqlari mavjud.

Undan balandroqda (1200 m dan 4000 m gacha) Sangardak To`polondaryo va boshqa

daryolarning havzalarida daraxtzor, butazorlar ham keng tarqalgan. Bu yerlarda archa, zarang,
xandon pista, yong`oq, zirk va boshqa daraxtlar o`sadi. Daraxtzorlardan yuqoriroqda tog`
o`tloqlari keng maydonlarni egallab yotadi. Viloyat quruq subtropik iqlimli o`lka bo`lganligi
uchun unda anor, anjir, xurmo, shakarqamish, sitruslar va boshqa issiqsevar mevali daraxt va
ekinlar yetishtiriladi. Denovdagi subtropik botinika bog`ida issiq mamlakatlarda o`sadigan
mevalar, daraxtlar ko`paytirilmoqda. Surxondaryo vodiysida quruq subtropik iqlim tufayli anor,
anjir, xurmo, shakarqamish, sitrus va boshqa issiqsevar mevali daraxtlar va mevalar yetishtiriladi.
Jumladan, Denov subtropik o‘simliklar maskanida issiq mamlakatlarda o‘suvchi daraxt va mevalar
yetishtirilmoqda.

REFERENCES

1.

Abdunazarov Husan Menglievich, Niyazov Xo‘jaqul Mirzoboboevich, Mustaev
Qurbonmurod Rahmon o‘g‘li. Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirish va
rivojlantirishda tabiiy geografik omillarning o‘rni. ijins [Internet]. 2022 yil 23 may [2022 yil
7 iyulda keltirilgan];18. Mavjud: https://ijins.umsida.ac.id/index.php/ijins/article/view/642

2.

Nuralievich, E. M. ., & Rahmonvich, M. Q. . (2021). The Importance of Water Resources in
the Development of Agriculture in Surkhandarya Region and Issues of their Effective Use.
International Journal of Culture and Modernity, 9, 67–72. Retrieved from
http://ijcm.academicjournal.io/index.php/ijcm/article/view/80

3.

Rakhmatov A. F. Artikova Sh. Z. Development of Fishing Farms in River and River Areas
of Surkhandarya Region Middle European Scientific Bulletin, VOLUME 17 Oct 2021

4.

Rakhmatov A. F. Ortikova Sh. Z. Surxondaryo viloyati bog’dorchiligining geografik
ko’rinishi Journal of Geography and Natural Resources https://topjournals.uz/index.php/jgnr

5.

Tuxtaev Baratali Mustofoqul O’g’li. (2022). SURKHAN STATE RESERVE MAIN
PROBLEMS AND PRINCIPLES OF NATURE PROTECTION. Indonesian Journal of
Innovation Studies, 18. https://doi.org/10.21070/ijins.v18i.631

6.

Ирригация Узбекистана. В 4 т. Гл. Ред. А.С.Садыков. Т. 1. Т., “Фан”, 1975

References

Abdunazarov Husan Menglievich, Niyazov Xo‘jaqul Mirzoboboevich, Mustaev Qurbonmurod Rahmon o‘g‘li. Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirish va rivojlantirishda tabiiy geografik omillarning o‘rni. ijins [Internet]. 2022 yil 23 may [2022 yil 7 iyulda keltirilgan];18. Mavjud: https://ijins.umsida.ac.id/index.php/ijins/article/view/642

Nuralievich, E. M. ., & Rahmonvich, M. Q. . (2021). The Importance of Water Resources in the Development of Agriculture in Surkhandarya Region and Issues of their Effective Use. International Journal of Culture and Modernity, 9, 67–72. Retrieved from http://ijcm.academicjournal.io/index.php/ijcm/article/view/80

Rakhmatov A. F. Artikova Sh. Z. Development of Fishing Farms in River and River Areas of Surkhandarya Region Middle European Scientific Bulletin, VOLUME 17 Oct 2021

Rakhmatov A. F. Ortikova Sh. Z. Surxondaryo viloyati bog’dorchiligining geografik ko’rinishi Journal of Geography and Natural Resources https://topjournals.uz/index.php/jgnr

Tuxtaev Baratali Mustofoqul O’g’li. (2022). SURKHAN STATE RESERVE MAIN PROBLEMS AND PRINCIPLES OF NATURE PROTECTION. Indonesian Journal of Innovation Studies, 18. https://doi.org/10.21070/ijins.v18i.631

Ирригация Узбекистана. В 4 т. Гл. Ред. А.С.Садыков. Т. 1. Т., “Фан”, 1975

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов