STAGES OF SOIL GEOGRAPHY DEVELOPMENT

HAC
Google Scholar
To share
Turdiyev, M. ., Berdiqulova, B., Ziyodova, D., & Xudoyberdiyeva, M. . (2023). STAGES OF SOIL GEOGRAPHY DEVELOPMENT. Modern Science and Research, 2(9), 12–14. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24243
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

About the network of soil geography and its foundations. The history and stages of the development of the science.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

12

TUPROQLAR GEOGRAFIYASI RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Turdiyev Madiyor Najmiddinzoda

TerDu Tabiiy fanlar fakulteti geografiya ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi

Berdiqulova Barno Nodir qizi

TerDu Tabiiy fanlar fakulteti tuproqshunoslik ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi

Ziyodova Dilfuza Mahmud qizi

TerDu Tabiiy fanlar fakulteti tuproqshunoslik ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi

Xudoyberdiyeva Marjon Boborahmat qizi

TerDu Tabiiy fanlar fakulteti tuproqshunoslik ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8403639

Annotatsiya.

Tuproqlar geografiyasi tarmog’i va uning asoslari haqida. Fanning

rivojlanish tarixi va bosqichlari.

Kalit so’zlar:

Tuproqlar geografiyasi, tuproq, quruqlik, zonallik, yer.

STAGES OF SOIL GEOGRAPHY DEVELOPMENT

Abstract.

About the network of soil geography and its foundations. The history and stages

of the development of the science.

Key words:

Soil geography, soil, land, zonation, land.

ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ ГЕОГРАФИИ ПОЧВ

Аннотация

. О сети географии почв и ее основах. История и этапы развития науки.

Ключевые слова:

География почв, почвы, земли, районирование, земельные

участки.


Bundan bir necha milliard yillar ilgari yer qattiq tosh va qoyalardan iborat bo'lgan. Unga

suv, shamol, issiq va sovuq havo harorati ta'sir etib yemirgan va tuproqqa aylantirgan. Hosil
bo'lgan yerda o'simliklar, hayvonlar paydo bo'lgan. Chunki o'simliklar yerdan erigan mineral
tuzlarni ildizi orqali surish xususiyatiga ega. Tuproqlarning tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli
g'oyat beqiyosdir. Tuproq organizmlar uchun hayot muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi. Demak,
tuproq deb, uniumdorlik hususiyatiga ega bo'lgan er yuzasining ustki, g'ovak qatlamiga aytiladi.
Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi.

Tuzilishiga ko'ra 3 asosiy qatlamga ajratiladi: A- eng ustki gumus (chirindil) qatlam; V-

mineral va organik birikmalar to'planadigan gorizont; S –tuproq vujudga keladigan ona jinsi.
Tuproqning har bir gorizonti organik va mineral birikmalar aralashmasidan iborat. Tuproq tarixiy
tarkib topgan murakkab, mustaqil tabiiy jism bo'lib o'zgaruvchidir. 1 gramm tuproqda 1 mln. dan
ortiq sodda hayvonlar va tuban o'simliklar uchraydi. Ma'lumki, sog'lom unumdor 1 gektar erdagi
tuproqda 3-3,5 milliard tonna mikro va mikroorganizmlar bo'lib, ular 8-12 tonnani tashkil etadi.
Bularga dala sichqonlari, tuproqda yashovchi xilma-xil hasharotlar, yomg'ir chuvalchanglari
kabilar kiradi. Ayniqsa, yomg'ir chuvalchangining tuproq strukturasini yaxshilashdagi roli juda
kattadir. Yomg'ir chuvalchangi erda 1 metrga qadar chuqurlikda ―kanalchalar‖ qazib, ular orqali
o'simlik ildizi tashqaridan nafas olishi va suv, oziq moddalar so'rishi imkonini beradi. Ular yilida
ovqat hazm qilish organlari orqali 300-400 tonna tuproqni o'tkazib, tuproq unumdorligini oshiradi.
Yomg'ir chuvalchangining er unumdorligini oshirishdagi ahamiyatini hisobga olib AQSh va
ba'zan G'arbiy Yevropa mamlakatlarida uni ko'paytirib sotuvchi maxsus fermalar ishlab turibdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

13

Bunday ishlar respublikamiz va viloyatimizda ham tashkil etilmoqda. Inson paydo

bo'libdiki, uning hayoti er bilan bog'liq. Chunki u erni yashash makoni, tirikchilik manbai va ishlab
chiqarish vositasi sifatida qabul qilgan. Yеr yuzida turli qobiqlar o'rtasidagi aloqadorlik tuproq
orqali amalga oshadi, tabiiy landshaftlarning asosi hisoblanadi, litosfera bilan atmosfera o'rtasida
moddalarning o'zaro aloqasini sodir etadi. 16 Tuproq xalqning bebaho tabiiy boyligi va insonning
yashashi uchun zarur bo'lgan hayot manbaidir. Chunki inson yashashi uchun kerak bo'lgan oziq-
ovqat energiyasining 88% ini tuproqdan, 10% ini o'rmon va o'tloqlardan, 2% ini okeandan
olmoqda. Tuproqning kishilik jamiyati uchun ahamiyati shundaki, o'z-o'zidan tozalash
xususiyatiga ega bo'lib, tabiatdagi iflos moddalarni biologik yo'l bilan tozalaydi va
neytrallashtiradi. Yеr yuzasining 2/3 (361 mln. km2) qismini suvliq, 1/3 (149 mln. km2) qismini
tashkil etadi. Quruqlikning 13% i (1,9 mlrd. ga) haydab ekin ekiladi, 14% ini sug'oriladigan ekin
maydonidagi yerlar tashkil etadi. Tuproq resurslarining ifloslanishi.

Insonning tuproqqa ijobiy va salbiy ta'siri ajratiladi. Ijobiy ta'siriga tuproq hosildorligini

oshirish, yerlarning holatini yaxshilash, yashil o'simliklar ekish, ixotazorlar tashkil etish, tabiiy
o'g'itlar berish va hokazolar kiradi. Salbiy ta'siriga, shaharlar qurilishi, atrof-muhitning ifloslanishi,
agrotexnik tadbirlarning talabga javob bermasligi, gidrotexnika tadbirlarining noto'g'ri yo'ga
qo'yilishi, kimyoviy moddalardan me'yordan ortiq ishlatilishi, yaylovlarga chorva mollarini
boqish, o'rmon va to'qaylarni qirqib yuborish va hokazolar ta'siri oqibatida erlar yaroqsiz holga
keladi. Yеr inson uchun bebaho boyliklar, ammo inson bu boylikni saqlashni, undan oqilona
foydalanishni hozirga qadar mukammal egallagan emas. Yerga nisbatan noto'g'ri munosabatda
bo'lish tufayli hozirgacha 20 mln. kv.km unumdor yerning strukturasi buzilib, yaroqsiz holga kelib
qoldi. Bu hozir foydalanib kelinayotgan yerdan qariyb ikki baravar ko'p. M: Sobiq Ittifoqda
turg'unlik yillarida qurilgan irrigasiya inshootlar (suv ombori, kanallar) ta'sirida 12 mln. gektar
unumdor yerning miliotariv holati buzilib sho'rlanib va zaxlanib ketdi va natijada tarkibi buzildi.

Yuksak taraqqiy yetgan Yaponiya va G'arbiy Yevropa davlatlarida har bir metr yerni

dengizga shag'al, tuproq to'kib o'zlashtirib olayotgan bo'lsalar, bizda esa har yili minglab gektar
unumdor yer sho'rlantirib yaroqsiz holga keltirmoqdamiz. Yеrning sho'rlanishi, eroziyasi,
cho'llashish jarayoni hamda uning salbiy oqibatlari. Tabiatda shamol va suv ta'sirida tuproqning
emirilishi yoki eroziyasi kuzatiladi. Lekin bugungi kunda kishilarning tuproqqa noto'g'ri
munosabatda bo'lishi tufayli, ya'ni tik yerlarni noto'g'ri haydash, bostirib sug'orish, o'simliklarga
noto'g'ri munosabatda bo'lishi, qayta sho'rlanish, zaxarli kimyoviy moddalar solish va boshqalar
tuproq eroziyasini vujudga keltirib chiqaradi. Antropogen eroziya tuproq resurslaridan noto'g'ri
foydalanishining oqibati bo'lib, uning asosiy sabablari o'rmon va to'qaylarni qirqib yuborish,
yaylovlarda chorva mollarini boqish normasiga amal qilmaslik, dehqonchilik yuritishning noto'g'ri
usullaridan foydalanish va boshqalardir.

Ma'lumotlarga ko'ra, har kuni Yer yuzida eroziya natijasida 3500 gektar unumdor tuproqli

yerlar ishdan chiqadi. Suv eroziyasi ko'proq tog' oldi va tog'li rayonlarda, shamol eroziyasi
kuzatiladi. Eroziya jarayonlarining oldini olish uchun o'simlik qoplamini tiklash, agrotexnik
tadbirlarni to'g'ri olib borish, yashil himoya qalqonlarini bunyod qilish, gidrotexnik tadbirlarni
rejali o'tkazish va boshqalar kiradi. 60 yillarda almashlab ekish usuli tanqid qilinib, ancha yillar
davomida ta'qiqlab qo'yildi. Keyinchalik ko'p mintaqalarda monokultura tufayli almashlab ekishni
keng joriy etish imkoni bo'lmay qoldi. Natijada yerning unumdorligi borgan sari kamaya
bordi.Тuproqlarning hosil bo‘lish jarayoniga yana iqlim sharoiti (issiqlik, namlik), relyef va tog‘


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

14

jinslarining xususiyatlari ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham turli xil tog‘ jinslari
ustida va har xil iqlim sharoitida turli xil tuproqlar tarkib topadi.

Тuproqlarning ona jinsi (noorganik tarkibi — mayda tog‘ jinslari) katta-kichikligi turlicha

bo‘lgan zarralardan iborat bo‘ladi. Bularning hammasi birgalikda tuproqning mexanik tarkibi
deyiladi. Тuproqlar mexanik tarkibiga ko‘ra gilli tuproq, qumoq tuproq, qumli tuproq, shag‘alli,
chag‘ir toshli tuproqlarga bo‘linadi.Тuproq tarkibidagi gil va chirindilar bir-biriga yopishib, mayda
kesakchalar hosil qiladi. Shunday kesakchalar bor tuproqlar donador bo‘lib, unumdorligi oshadi.
Kesakchasiz tuproqlar mayda zarrali bo‘lib, havo va suvni yaxshi o‘tkazmaydi, chirindilarning
minerallarga aylanishi qiyin bo‘ladi.Тuproqlarga organik va mineral o‘g‘itlar solish, o‘z vaqtida
ishlov berish, sug‘orib turish bilan ularning unumdorligini oshirish mumkin. Shunday yo‘llar bilan
unumdorligi oshirilgan tuproqlar madaniy tuproqlar deyiladi. O‘rta Osiyo vohalarining tuproqlari
asrlar davomida haydalib, turli o‘g‘itlar solinib, sug‘orilib, vaqtida sho‘ri yuvilib, ishlov berilib,
madaniy tuproqlarga aylantirilgan.

Lekin tuproqlar suv yuvib ketishi dan, shamol uchirishidan, sho‘r bosib ketishdan,

ifloslanishdan saqlanmasa, ularning tarkibi buzilib, unumdorligi yo‘qoladi.Тurli tabiat
zonalarining o‘ziga xos iqlim sharoitida tarkib topgan tuproqlar bir-biridan farq qiladi. Yer yuzida
arktika tuproqlari, tundra tuproqlari, kulrang, sur, qora, kashtan, qo‘ng‘ir, bo‘z, sariq, jigarrang,
qizil tuproqlar mavjud. Тog‘li o‘lkalarda tekislikdan tog‘larga ko‘tarilgan sari, tabiiy sharoitning
o‘zgarishi bilan birga, tuproqlar ham o‘zgaradi.

REFERENCES

1.

I.R.Soliyev (Tuproqlar geografiyasi)2022

2.

Arxiv.uz

3.

Geografiya.uz

References

I.R.Soliyev (Tuproqlar geografiyasi)2022

Arxiv.uz

Geografiya.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов