BASIC DATA TYPES, VARIABLES AND METHODS OF THEIR USE IN PROGRAMMING INDUSTRIAL PROGRAMMABLE LOGIC CONTROLLERS.

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Choriyev, O. ., Mustafayev, A., & Orifjonov, M. (2023). BASIC DATA TYPES, VARIABLES AND METHODS OF THEIR USE IN PROGRAMMING INDUSTRIAL PROGRAMMABLE LOGIC CONTROLLERS. Modern Science and Research, 2(6), 68–72. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20854
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

Familiarity with data types, variables, and their usage in the Tia portal software used to program programmable logic controllers used in manufacturing processes. methods and advantages of creating and using blocks that perform mathematical operations in the working environment.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

68

SANOAT QO’LLANILADIGA DASTURLANUVCHI MANTIQIY

KONTROLLERLARINI DASTURLASHDA ASOSIY MA’LUMOTLAR TURLARI,

О‘ZGARUVCHILARI VA ULARDAN FOYDALANISH USULLARI.

Choriyev O‘rinjon Bayramali o‘g‘li

assistent

Mustafayev Abdulvosit Orol o‘g‘li

talaba

Orifjonov Muhammadsoli Ibrohimjon o‘g‘li

talaba

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti. Toshkent sh.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8001017

Annotatsiya.

Ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llaniladigan dasturlanuvchi mantiqiy

kontrollerlarni dasturlash uchun ishlatiladigan Tia portal dasturida ma’lumot turlari,
o’zgaruvchilari va ulardan foydalanish usullari bilan tanishish. ishchi muhitida matematik
amallarni bajaruvchi bloklarni hosil qilish va ulardan foydalanish usullari va afzalliklari.

Kalit so‘zlar:

IEC,

MDK, mantiqiy controller, Tia portal, ADD, OUT, kirish signali, teg,

operand.

BASIC DATA TYPES, VARIABLES AND METHODS OF THEIR USE IN

PROGRAMMING INDUSTRIAL PROGRAMMABLE LOGIC CONTROLLERS.

Abstract.

Familiarity with data types, variables, and their usage in the Tia portal software

used to program programmable logic controllers used in manufacturing processes. methods and
advantages of creating and using blocks that perform mathematical operations in the working
environment.

Key words:

IEC, MDK, logical controller, Tia portal, ADD, OUT, input signal, tag, operand.

ОСНОВНЫЕ ТИПЫ ДАННЫХ, ПЕРЕМЕННЫЕ И МЕТОДЫ ИХ

ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПРИ ПРОГРАММИРОВАНИИ ПРОМЫШЛЕННЫХ

ПРОГРАММИРУЕМЫХ ЛОГИЧЕСКИХ КОНТРОЛЛЕРОВ.

Аннотация.

Знакомство с типами данных, переменными и их использованием в

программном обеспечении портала Tia, используемом для программирования
программируемых логических контроллеров, используемых в производственных процессах.
методы и преимущества создания и использования блоков, выполняющих математические
операции в рабочей среде.

Ключевые слова:

МЭК, МДК, логический контроллер, портал Tia, ADD, OUT, входной

сигнал, тег, операнд.

Bevosita IEC standartiga kirgan tillarni о‘rganishdan avval bu tillarning umumiy elementlari

bilan tanishib olish zarur bо‘ladi. Umumiy elementlar bir loyixa tarkibiga kо‘p tilli kompanentlarni
birlashtirishning yagona poydevori xisoblanadi. Mazkur maqolada standart MDKlar ishlaydigan
ma’lumotlar hamda ularning formatlari batafsil kо‘rib о‘tiladi.

О‘zgaruvchining ma’lumot turi axborot turini, uning ifodalanish diapazonini, uning ustida

bajarilishi mumkin bо‘lgan amallarni aniqlaydi. IEC tillari ma’lumotlar turini qat’iy tekshirish
ideologiyasidan foydalanadi. Bu esa, har qanday о‘zgaruvchidan foydalanish faqat uning turi e’lon
qilinganidan sо‘nggina amalga oshirilishini bildiradi. Shuningdek, bir foydalanuvchi turining


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

69

о‘zidan kо‘ra diapazoni keng bо‘lgan foydalanuvchiga о‘zlashtirishga ruxsat etiladi. Masalan
mantiqiy о‘zgaruvchi faqatgina ikkita qiymatni qabul qila oladi. Bular mantiqiy 1 yoki mantiqiy
0. Mantiqiy turdagi axborotni SINT (-128...+127) turdagi о‘zgaruvchiga о‘zlashtirish mumkin.
Chunki u -128 dan +128 gacha bо‘lgan qiymatni qabul qila oladi. Bu qiymatlarning ichiga 0 va 1
ham kiradi. Ammo aksincha SINT turdagi axborotni mantiqiy turdagi о‘zgaruvchiga о‘zlashtirish
mumkin emas.

Dasturni translyatsiya qilishda barcha о‘zlashtirish operatorlari о‘zlashtirilayotgan turga

mosligi tekshiriladi. Agar о‘zlashtirishda xatolik bor bо‘lsa, xatolik tо‘g‘irlamnagunicha dastur
ishlamaydi. Agar katta diapazonga ega bо‘lgan axborotni kichik diapazonga ega turga о‘girish
zarur bо‘lsa, bu faqat maxsus о‘zgartiruvchi operatorlar yordamida amalga oshiriladi. IEC ning
о‘zgartirish operatorlari bir muncha murakkab bо‘lgan amallarni ham bajara oladi. Masalan,
raqamni yoki kalendar sanasini matnga о‘girish yoki shuning teskarisini amalga oshirish shular
jumlasidandir.

Standartda butun sonlar turining kо‘plab xillari mavjud. Buning sababi butun sonlar bilan

bajariladigan asosiy amallarni bajarishda dasturning kodini optimallashtirishdir. Xisoblash tezligi
protsessorning ma’lumot turlari bilan qanday ishlashiga bog‘liq bо‘ladi. Masalan 2 ta 16 xonali
sonni bir biriga qо‘shishni 16 razryadli protsessor bitta komanda yordamida amalga oshiradi.
Ya’ni bunday masala bir qadamda xal bо‘ladi. Agar shu protsessorda 2ta 32 xonali sonlarni bir
biriga qо‘shish talab etilsa, buning uchun bir necha komandalardan iborat bо‘lgan dasturcha
ishlashi kerak bо‘ladi. IEC ma’lumotlari turlari ikkita kategoriyaga bо‘linadi – elementar hamda
tuzilmaviy. Elementar yoki bazaviy tur tarkibiy turlarning asosi xisoblanadi. Tarkibiy turlarga esa
massivlar, strukturalar, strukturalardan tashkil topgan massivlar va boshqaralrni keltirish mumkin.

Butun sonli о‘zgaruvchilar ma’lumotni saqlash diapazoni hamda xotiradagi egallaydigan

joyiga kо‘ra farqlanadi. Quyidagi jadvalda ularning xarakteristikalari keltirilgan:(1-jadval)

1-jadval

Ishorasiz butun sonlarning quyi chegarasi 0, yuqori chegarasi esa (2^

𝑛

) − 1 ifoda bilan

aniqlanadi. Bunda n – sonning necha xonali ekanligini ifodalaydi. Ishorali sonlar uchun esa quyi
chegara

−2

𝑛−1

, yuqori chegara esa

−2

𝑛−1

− 1

ifoda bilan aniqlanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

70

1-rasm

Butun tipli ma’lumotlarning nomlari 16-razryadli (16 xonali) о‘lcham oldiga qushimcha

qо‘shish bilan xosil qilinadi. S(short

×

1

2

) qisqa, D (double

×

2) ikkilangan, L (long

×

4) uzun.

Oldinga qо‘shilgan U xarfi (unsigned) ishorasiz son turini bildiradi. BYTE, WORD, DWORD
hamda LWORD turidagi о‘zgaruvchilar huddi bitli qator ANY_BIT standarti kabi aniqlanadi.
Bunday о‘zgaruvchilar uchun son qiymatining diapazoni haqida gapirish umuman notо‘g‘ri
bо‘ladi. Ular 8, 16 va 32 bitli qatorni ifodalaydi. Ularga yaxlit son kabi murojat qilinmaydi. Ular
bilan ishlaganda xar bir bitga murojot qilib ishlanadi.

Butun sonlar ikkilik, sakkizlik, о‘nlik va о‘n oltilik sanoq sistemalarida ifodalanishi

mumkin. Sonli konstantalar о‘nlikdan farqli ravishda sanoq sistemasini kо‘rsatishni talab etadi.
Bunda “#” belgisidan foydalaniladi. Masalan:(2-jadval)

2-jadval

О‘nlik sanoq sistemasidagi 10 dan 15 gacha bо‘lgan sonlar о‘n oltilik sanoq sistemasida A

dan F gacha bо‘lgan xarflar yordamida yoziladi. Sonlarni ifodalashda о‘qishga yengillik bо‘lishi
uchun “_”(pastki chiziqcha) belgisidan foydalaniladi. Bu belgining qо‘llanilishi sonning
qiymatiga xech qanday ta’sir kо‘rsatmaydi. Masalan 10_000, 16#01_88. Mazkur belgini raqamlar
orasida yoki raqam oxirida qо‘llash mumkin. Bu bulgini ikki yoki undan kо‘p marta ketma-ket
qо‘llash xato hisoblanadi. Butun sonli о‘zgaruvchilar e’lon qilingan paytda 0 qiymatiga ega
bо‘ladi. Agar о‘zgaruvchilarga avvaldan qandaydir qiymat berish kerak bо‘lsa, bu о‘zgaruvchini
e’lon qilish satrida amalga oshiriladi. Mantiqiy о‘zgaruvchilar

BOOL

kalit sо‘zi bilan e’lon

qilinadi. Bu ularning Bul algebrasiga tegishli ekanligini anglatadi. Ular faqatgina mantiqiy nol
YOLG‘ON (FALSE) hamda mantiqiy bir ROST (TRUE) qiymatlarnigina qabul qila oladi.
О‘zgaruvchi e’lon qilinganida boshlang‘ich mantiqiy yolg‘on qiymatida bо‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

71

2-rasm

Mantiqiy о‘zgaruvchi qiymatini butun songa о‘zgartirganda FALSE qiymati 0 ni, TRUE

qiymati esa 1ni beradi. Aksincha, har qanday butun sonni mantiqiy о‘zgaruvchiga о‘girganda 0
dan farqli bо‘lgan har qanday qiymat mantiqiy rostni (TRUE) beradi. Natijasi mantiqiy qiymatni
beruvchi amallarni mantiqiy о‘zgaruvchiga о‘zlashtirish mumkin. Qiymatiga kо‘ra BOOL
turidagi о‘zgaruvchi bor yо‘g‘i 1 bit joyni egallaydi. Lekin translyator tomonidan xotirani
avtomatik taqsimlashda kod samaradorli bо‘lishi uchun BOOL turidagi о‘zgaruvchiga ham 1 bayt
joy ajratiladi. Ushbu о‘zgaruvchi diskret qirish va chiqishlar bilan bog‘langan yoki tо‘g‘ridan-
tо‘g‘ri bitli adres bilan aniqlangan bо‘lib, xaqiqatdan fizik jixatdan bir bitni ifodalaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

72

3-rasm

Haqiqiy REAL turdagi о‘zgaruvchilar

±10

±38

diapazonidagi xaqiqiy sonlarni qabul qila

oladi. Son bilan band bо‘dgan 32 bitning mantissasi 23 bitni band qiladi. Natijada tasvirlash
aniqligi taxminan 6-7 о‘nlik raqamlardan tashkil topadi. Uzun xaqiqiy format LREAL 64 bitni
egallaydi. Raqam 52 bitli mantissadan tashkil topadi. Sonni tasvirlash aniqligi esa taxminan 15-16
о‘nlik raqamlardan iborat bо‘ladi. Mazkur turning diapazoni

±10

±307

) oralig‘ida bо‘ladi.

Suzuvchi vergulli sonlar nuqta formatida yoki eksponensial shaklda yoziladi. Masalan 14.0, -
120.2, 0.33

REFERENCES

1.

Yusupbekov N.R., Yusupbekov A.N., Aliyev R.A., Aliyev R.R. Boshqarishning intelllektual
tizimlari va qaror qabul qilish “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, Toshkent 2015.

2.

Codesys.com

3.

Owen.ru

4.

Siemens.com

5.

Books.google.co.uz


References

Yusupbekov N.R., Yusupbekov A.N., Aliyev R.A., Aliyev R.R. Boshqarishning intelllektual tizimlari va qaror qabul qilish “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, Toshkent 2015.

Codesys.com

Owen.ru

Siemens.com

Books.google.co.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов