METHODOLOGY OF DIRECTING STUDENTS TO PROFESSIONAL EDUCATION BASED ON AN INNOVATIVE APPROACH

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Normurodov, S. (2023). METHODOLOGY OF DIRECTING STUDENTS TO PROFESSIONAL EDUCATION BASED ON AN INNOVATIVE APPROACH. Modern Science and Research, 2(6), 240–243. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21046
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, we aim to highlight the methodology of directing students to professional education based on an innovative approach.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

240

INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA O‘QUVCHILARNI

PROFESSIONAL TA’LIMGA YO‘NALTIRISH METODIKASI

Normurodov Sanjar Sultonovich

TerDU professonal ta’lim va metodikasi (iqtisodiyot) magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8020341

Annotatsiya.

Mazkur maqolada innovatsion yondashuv asosida o‘quvchilarni professional

ta’limga yo‘naltirish metodikasini yoritishni maqsad qildik.

Kalit so‘zlar:

professional ta’lim, pedagogik tajriba, innovatsiyalar, ta’lim tizimi,

o‘quvchilar, zamonaviy qiyofa, duol ta’lim, iqtisodiy jarayonlar, yangicha yondashuv, o‘qitish
texnologiyasi, elektron ta’lim resurslari, innovatsion, raqamlashtirilgan ta’lim texnologiyalari.

METHODOLOGY OF DIRECTING STUDENTS TO PROFESSIONAL

EDUCATION BASED ON AN INNOVATIVE APPROACH

Abstract.

In this article, we aim to highlight the methodology of directing students to

professional education based on an innovative approach.

Key words:

professional education, pedagogical experience, innovations, educational

system, students, modern image, dual education, economic processes, new approach, teaching
technology, electronic educational resources, innovative , digitized educational technologies.

МЕТОДИКА НАПРАВЛЕНИЯ СТУДЕНТОВ НА ПРОФЕССИОНАЛЬНОЕ

ОБРАЗОВАНИЕ НА ОСНОВЕ ИННОВАЦИОННОГО ПОДХОДА

Аннотация.

В данной статье мы стремимся осветить методологию направления

студентов на профессиональное образование на основе инновационного подхода.

Ключевые слова:

профессиональное образование, педагогический опыт, инновации,

система образования, студенты, современный образ, дуальное образование,
экономические процессы, новый подход, технология обучения, электронные
образовательные ресурсы, инновационные, цифровые образовательные технологии.


Uzluksiz professional ta’lim ixtiyoriylik tamoyiliga asoslanganligi sababli ham xorijda

sinovdan o‘tgan ta’limning jozibadorligini ta’minlash prinsiplari amaliyotga joriy etiladi. Ushbu
maqolada professional ta’lim - mutaxasislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning asosidir.

Hozirda voyaga yetayotgan navqiron avlodni intellektual salohiyatli, zukko qilib

tarbiyalash, ularga puxta bilim berish mutaxassislarning yuksak bilim darajasiga bevosita
bog‘liqdir. Barchamizga ma’lumki, XXI asr boshlarida kechayotgan global ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlar, dunyoning g‘oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o‘zgartirib, yangicha tafakkur va
dunyoqarashni shakllantirishni taqozo etmoqda. Bu esa ta’lim tizimida tub islohotlar qilishni talab
etayapti desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Hozirgi kunda kasb-hunar maktablari, kollejlar va
texnikumlarning moddiy texnik bazasi mustahkamlanib, ta’lim sifati yuqori bosqichga ko‘tarilib
borilayotgan bir vaqtda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash tizimi ham yo‘lga qo‘yildi.

Ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar barcha ta’lim muassasalarining

yangicha zamonaviy qiyofasini ko‘zlamoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 6 sentabrda “Professional ta’lim tizimini
yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul
qilinganligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Ushbu Farmon O‘zbekiston tarixida yangi professional
ta’lim tizimini tashkil etishga asos bo‘ladi. Mazkur Farmon yuzasidan 2020 yil 24 yanvarda


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

241

Davlatimiz rahbari o‘z Murojaatnomasida “Joriy o‘quv yilidan boshlab, mutlaqo yangi
professional ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilib, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar tashkil
etiladi” deb mazkur tizimning ahamiyatini yana bir bor alohida ta’kidlaganlari barcha kasb-hunar
maktablari, kollejlar va texnikumlarning yangi zamonaviy qiyofada faoliyat yuritishlariga turtki
bo‘ldi.

Professional ta’lim muassasalari boshqaruv hamda pedagog kadrlarining kasbiy bilim,

ko‘nikma va malakalarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy
talablarga muvofiq professional ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy
tayyorgarlikni amalga oshirishning asosini tashkil etadi. Professional ta’lim tizimining maqsadi va
talabi - professional ta’lim muassasalarida o‘qigan yoshlar aniq ish o‘rniga, o‘z kasbi bo‘yicha
zarur bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi shartligidadir.

Ayni vaqtda ushbu tizim oldida o‘quv adabiyotlari, kitob va darsliklar, elektron ta’lim

resurslari, innovatsion, raqamlashtirilgan ta’lim texnologiyalarini to‘liq yangilash, ochiq elektron
resurslar tarmog‘iga ulash, o‘quv adabiyotlarini xorijiy davlatlardan olib kelish, qayta ishlash,
chop etish va tarqatish, kelajak kutubxonalari va auditoriyalarini yaratish muhim vazifa etib
belgilangan. Farmonga muvofiq, professional ta’lim muassasalari maqsad va vazifalaridan kelib
chiqib, quyidagi toifalarga ajratildi:

- Birinchi toifa - ta’limning Xalqaro standart tasniflagichining 3-darajasiga mos keluvchi

dasturlar asosida 9-sinf bitiruvchilari tarkibidan yoshlarning professional ta’lim olishini
ta’minlaydigan 340 ta kasb-hunar maktabi.

- Ikkinchi toifa - ta’limning Xalqaro standart tasniflagichining 4-darajasiga mos keluvchi

dasturlar asosida iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb
qilish, strategik muhim ahamiyatga ega loyihalar asosida yaratiladigan yangi ish o‘rinlarini
malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishga yo‘naltirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar
tizimidagi 147 ta kollej.

- Uchinchi toifa - ta’limning Xalqaro standart tasniflagichining 5-darajasiga mos keluvchi

ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan, vazirlik, idora, tashkilotlar
tizimida faoliyat ko‘rsatadigan 143 ta texnikum.

Endilikda professional ta’lim tizimining asosiy talabi - ta’limning sifatiga qaratiladi.

Buning uchun ta’lim muassasalarida yangi standartlar, yangicha o‘qitish metodologiyasi, yangi
darslik va adabiyotlar, pedagoglarning zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalaridan doimiy
foydalanishlari va baholash tizimini joriy etishlari rejalashtirilgan. Professional ta’lim tizimi
tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlarni tayyorlaydi. Ishchi kasblar bilan o‘rta
bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash tizimi bir-biridan to‘liq ajratilib, ishchi kasblar alohida o‘quv
rejasi va dasturlar asosida 6 oydan 1 yilgacha bo‘lgan muddatda o‘qitiladi. O‘rta bo‘g‘in
mutaxassislarini tayyorlash uchun zarur muddat kamida 2 yilni tashkil qiladi. O‘quvchilarni
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda mazkur maktablarning jozibadorligini oshirish maqsadida
2020-2021-o‘quv yilidan boshlab, professional ta’lim tizimiga o‘tgan barcha ta’lim
muassasalarida o‘quvchilariga 3 mahal ovqat, stipendiya beriladi.

Professional ta’lim muassasalaridagi qisqa muddatli kurslarda barcha yoshdagi (katta

yoshdagilar ham) talabalar qabul qilinadi va o‘qitiladi. Yoshlar o‘qishga qabul qilingan kundan
e’tiboran o‘z shaxsiy biznesini boshlashi va bitirgan paytda barqaror tadbirkorlik faoliyatiga, aniq
ish o‘rni va daromadiga ega bo‘lishi asosiy maqsad etib belgilangan. Bundan tashqari talabalarda


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

242

ta’lim dasturlarida mavjud ish o‘rinlariga mos kasbiy-amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, rus,
ingliz tillarini mukammal o‘rgatish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali
foydalanish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi. Professional
ta’lim jarayoniga barcha ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes va
tadbirkorlik, axborot kommunikatsion texnologiyalari sohalarida katta tajribaga ega bo‘lgan
mutaxassislar, ish yurituvchilar, injener-texnologlar, agronom va masterlar jalb etiladi.

Professional ta’limning yangi tarmog‘ida faoliyat yuritadigan barcha direktorlar, direktor

o‘rinbosarlari, o‘qituvchi-pedagoglar, ishlab chiqarish ustalarini saralash, tanlash, tayinlash, qayta
tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish, ularning maqomini belgilash va mehnatini
rag‘batlantirishning yangi tartiblari ishlab chiqishadi va amaliyotga tadbiq etishadi. Professional
ta’lim tizimning asosiy prinsipi esa - avval ish o‘rni aniq bo‘ladi, ish beruvchi o‘zining malaka
talablarini, shu kasbning ilmini, o‘qitish texnologiyasini beradi, shundan keyingina mutaxassis
tayyorlanadi.

Shuningdek, o‘quvchilar nazariy tayyorgarligini amaliy faoliyat bilan bog‘lashni

ta’minovchi o‘quv amaliyoti ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy qismi sifatida o‘quvchilarni
kelajak kasbiga muvaffaqiyatli tayyorlash vositalaridan biridir. U ta’lim-tarbiya tamoyillari va
qonuniyatlarini tushunib yetish, kasbiy ko‘nikma va malakalarni egallash, amaliy ish tajribalarini
to‘liq anglab yetish imkoniyatini beradi. O‘quv amaliyoti rahbarlari oldida uni zamonaviy tashkil
etish, o‘quvchilarning kasbiy mahorat sirlarini o‘rganishlarida uning ahamiyatini oshirish,
tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar asoslarini o‘rgatish kabi vazifalar turadi.

Professional ta’lim muassasalari uchun ahamiyatli innovatsion jarayonlarning barchasi

zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni o‘zlashtirgan, ijodkor, pedagogik faoliyatda
shaxsiy uslubga ega bo‘lgan kasbiy mahoratli kadrlarni tayyorlashni ko‘zda tutadi.

Hozirgi davrda o‘quv amaliyotini rivojlantirishning ikki yo‘nalishi mavjud: an’anaviy va

innovatsion. An’anaviyda fanlar keragidan ortiq, juda ilmiy va o‘quvchilar uchun zerikarli axborot
bilan to‘ldirilgan. O‘quvchilarni o‘qitish bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda o‘quv -
pedagogik masalalarni namunaviy usullarda yechishga olib keladi. Bunday amaliyotning maqsadi
o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarining kelajakda rivojlantirilishidan iborat. O‘quvchi
topshiriqni bajarib, pedagog-muhandisdan o‘rnak, yaxshi shakllardan andoza oladi. Bunday
yondashuvda o‘quv amaliyotining o‘zi pedagog-muhandisning ham professional faoliyatini
shakllantiradi. Professional ta’limda o‘quvchilar o‘quv amaliyotiga gomotsentrik yondashuvni
amalga oshirish pedagog-muhandislarning metodik tayyorgarligi mazmunini qayta ko‘rib
chiqilishini talab qildi. Yangi ta’lim standartini joriy qilish bugungi kunda ular oldiga qo‘yilgan
o‘quv amaliyotining zamonaviy shartlari, talablari, tashkil qilish tamoyillari va g‘oyalarini ishlab
chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi.

Innovatsion ta’lim strategiyasi o‘quv amaliyoti jarayonini shunday tizimli tashkil etilishini

nazarda tutadiki, bunda pedagog-muhandis yetakchi o‘rinda turadi, ammo bunda uning o‘rni
o‘quvchiga va o‘ziga bo‘lgan munosabatga ko‘ra o‘zgaradi. U faqatgina bilimlarni tarqatuvchi va
yetkazib beruvchi vazifasida bo‘lmay, balki o‘quvchining rivojlanishi va shaxsiy shakllanishiga
xizmat qiladi.

Innovatsion ta’limning o‘ziga xosligi egallanadigan bilim olish va uni egallashni tashkil

qilish usullari o‘zgarishida. Yangi muammolarni hal etish (integratsiya, individuallashtirish,
axborotlashtirish kabi) sharoitida loyihaviy-ijodkorlik o‘quv amaliyoti tizimiga o‘tish kuzatiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

243

O‘quv amaliyotini loyihalashtirish-rejalashtirish, taxmin qilish, ijodkorlik, asoslash va tushuntirib
berish, bajarish va rasmiylashtirish ko‘nikmalaridan foydalanishning umumiy shakli hisoblanadi.

Hozirgi kunda o‘quv amaliyotining integrallashgan loyihaviy-ijodkorlik modeli ishlanmasi

kiritilgan. Loyihalashda pedagog-muhandislar ishtirok etishi nazarda tutiladi. Yangi tizimda bilim,
ko‘nikma va malaka ta’lim mazmuni emas, balki o‘quvchi shaxsiyatini rivojlantirish omili sifatida
ko‘rib chiqiladi. Bu qatorda ma’lum bir bilimlarni egallash barcha narsani bilishning ijodiy
boshlanishi sifatida talqin etiladi. Bu maqsad loyihaviy-ijodiy yondashuvga yaqinlashishga olib
keladi. Bu holda birinchi o‘ringa loyihalash jarayonlari, modellashtirish, konstruksiyalash kabilar
o‘tadi.

REFERENCES

1.

Н.М.Эгамбердиева, А.У. Ахмадалиев, A.B.Tўраев. Педагогиканинг тараққиёт
тенденциялари ва инновациялари модули Т.: Истеъдод, 2016. - 279 б.

2.

Г.И.Ҳасанова.

“Таълим

жараёнида

дастурлаштирилган

ўқитиш

технологиясидан фойдаланишнинг афзалликлари” Жиззах: 2020. 420 бет.
223-225 б.

3.

Ишмухамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Тарбияда инновацион
технологиялар (таълим муассасалари тарбиячи-ўқитувчилари ва гуруҳ
раҳбарлари учун амалий тавсиялар) - Т.: Истеъдод, 2010. – 141 б.

4.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 6 сентябрда
“Профессионал таълим тизимини янада такомиллаштиришга доир қўшимча
чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармони. Маърифат газетаси 18.09.2019 й.

5.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Профессионал таълим тизимини
янада такомиллаштиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” 2019-
йил 6-сентябрдаги ПФ-5812-сон Фармони.

References

Н.М.Эгамбердиева, А.У. Ахмадалиев, A.B.Tўраев. Педагогиканинг тараққиёт тенденциялари ва инновациялари модули Т.: Истеъдод, 2016. - 279 б.

Г.И.Ҳасанова. “Таълим жараёнида дастурлаштирилган ўқитиш технологиясидан фойдаланишнинг афзалликлари” Жиззах: 2020. 420 бет. 223-225 б.

Ишмухамедов Р., Абдуқодиров А., Пардаев А. Тарбияда инновацион технологиялар (таълим муассасалари тарбиячи-ўқитувчилари ва гуруҳ раҳбарлари учун амалий тавсиялар) - Т.: Истеъдод, 2010. – 141 б.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 6 сентябрда “Профессионал таълим тизимини янада такомиллаштиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармони. Маърифат газетаси 18.09.2019 й.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Профессионал таълим тизимини янада такомиллаштиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” 2019-йил 6-сентябрдаги ПФ-5812-сон Фармони.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов