METHODS OF CORRECTING AGGRESSIVE BEHAVIOR

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Haydarova , S. (2023). METHODS OF CORRECTING AGGRESSIVE BEHAVIOR. Modern Science and Research, 2(6), 286–288. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21074
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article aims to prevent or somehow alleviate aggressive behavior by reducing the influence of objective and subjective factors that affect the composition of aggressive behavior in an individual.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

286

AGRESSIV XULQ-ATVORINI KORREKSIYALASH USULLARI

Haydarova Sarvinoz Saydullayevna

Termiz davlat universiteti o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8022506

Annotatsiya.

Ushbu maqola shaxsda agressiv xulq-atvorning tarkib topishiga ta’sir

etuvchi obyektiv va subyektiv omillar ta’sirini kamaytirish orqali agressiv xulq-atvorni oldini olish
yoki birmuncha yengillashtirishga qaratilgan

Kalit so’z:

agressivlik xulq-atvor, psixokorreksion dastur, korreksion usullar,

psixotrening.

METHODS OF CORRECTING AGGRESSIVE BEHAVIOR

Abstract.

This article aims to prevent or somehow alleviate aggressive behavior by

reducing the influence of objective and subjective factors that affect the composition of aggressive
behavior in an individual.

Keyword:

aggressiveness behavior, psychocorrectional program, corrective methods,

psychotrining.

МЕТОДЫ КОРРЕКЦИИ АГРЕССИВНОГО ПОВЕДЕНИЯ

Аннотация.

Эта статья направлена на предотвращение или некоторое облегчение

агрессивного поведения путем уменьшения влияния объективных и субъективных
факторов, влияющих на содержание агрессивного поведения у человека.

Ключевое слово:

агрессивность поведения, психокоррекционная программа,

коррекционные методы, психотренинг.


Zamonaviy psixologiyada shaxs ruxiyati va munosabatlari bilan bog‘liq muammolarni

tadqiq etishda ularni o’rganish, diagnostika qilish bilan bir qatorda mavjud muammolarni bartaraf
etish masalasi amaliy ahamiyat kasb etadi. Shaxs agressivligini bartaraf etishning psixologik
xususiyatlarini tadqiq qilishning bir necha yo’llari bo’lib, ullardan biri psixokorreksion usuldir.
Har bir psixolog muayyan psixologik muammoni bartaraf etishda mutaxassislar tomonidan ishlab
chiqilgan maxsus dasturlarni qo‘llashi yoki muammoga ijodiy yondoshib o‘zining shaxsiy
psixologik dasturini ishlab chiqishi mumkin bo‘ladi.

Biz ayni damda tadqiqot ishimizda shaxs agressivligini bartaraf etishning psixologik

xususiyatlarini qo‘llashda aynan ikkinchi pozisiyani tanladik va maxsus psixokorreksion dastur
yaratishni lozim topdik. “Agressiv xulq-atvorini korreksiyalash usullari” deb nomlangan
psixokorreksion dasturimizda psixodiagnostik tadqiqotda Assinger testi, Bass-Darki testi va T.Liri
testi natijalariga ko‘ra agressivlikning o‘rta va yuqori darajalari xos bo‘lgan 81 nafar respondentlar
qatnashdilar. Ulardan 43 nafari talabalar, 38 nafari o‘quvchilar. Talabalar va o‘quvchilar guruhini
alohida 2 ta guruhga ajratib psixokorreksion ishlarimizni olib bordik. Har ikkala guruh
respondentlar “Agressiv xulq-atvorini korreksiyalash usullari” psixokorreksion dasturida
ajratilgan 8 ta maydoncha bo‘yicha haftada 2 martalik 1 oy davomida olib borgan treninglarda
qatnashdilar. Trening mashg‘ulotlari Termiz davlat universiteti va Termiz shahar 9-maktablarida
olib borildi.

“MAYDONCHA 1”
(1-kun mashg‘ulotlari)


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

287

Trening turi:

Kognitiv jarayonlarini rivojlantirishga qaratilgan trening. Trening

maqsadi: Shaxsni o‘z-o‘zini va boshqalarni anglashi, vaziyatni taxlil eta olishi, o‘z agressiv
xulqining javobgarligini xis qilishi.

Trening mashg‘uloti:

O‘tkazish vaqti: 90 minut.

1-Mashq. “Tanishuv”

Maqsad:Ishtirokchilar bir-birlari bilan yaxshiroq tanishtiriladi.
Mashqni o‘tkazish vaqti: 15 minut.
Bajariladigan ish tartibi:
Tanishuv: Qatnashuvchilar davra bo‘lib o‘tiradilar. Boshlovchi "Mening ismim….

Men …ni yaxshi ko‘raman (xohlagan narsa yoki kishining ismini aytish mumkin),- deydi va
SMAYLIKni biron kishiga qarab otadi. SMAYLIKni ilib olgan ishtirokchi ham o‘zini
shunday tanishtiradi va SMAYLIKni boshqa ishtirokchiga uzatadi. Keyin barcha
ishtirokchilar o‘zlarini tanishtirib bo‘lgunlariga qadar davom yetadi.

Ishtirokchilar tanishtirish jarayonida aytish mumkin bo‘lgan jumlalar:
Men …ni yaxshi ko‘raman
Men yoqtiragan gul ….
Men yoqtiradigan rang ….
Menga ...... odamlar yoqadi.
Men vaziyatni ..... o‘zgartiraman.

2-Mashq. “Agar”

Maqsad: Kognitiv jarayonlar sirasiga kiradigan va o‘z-o‘zini anglashga imkon

beradigan refleksiyani rivojlantirish.

Mashqni o‘tkazish vaqti: 15 minut.
Bajariladigan ish tartibi:

“Agar”. Ishtirokchilarga agar ularning hayotida to‘satdan biror ijobiy yoki salbiy

o‘zgarish yuz bersa, ular o‘zlarini qanday his etishlari mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rishlari
taklif qilinadi. Salbiy va ijobiy o‘zgarishlar qanday holatlarda yuz berishi mumkinligi
yuzasidan suhbat, munozara tashkil etiladi.

3-Mashq. “Nima qilay? ”

Maqsad: Xatti-harakatlar refleksiyasini rivojlantirish va agressiv xulq-atvorning ijobiy

va salbiy tomonlarini anglash.

Mashqni o‘tkazish vaqti: 15 minut.
Bajariladigan ish tartibi:

Ishtirokchiga navbatma-navbat hayotlarida sodir bo‘lgan keskin vaziyatda o‘z-o‘zlarini

nazorat qila olish uchun nima qilganliklarini birma-bir aytib berish taklif qilinadi. Har bir
ishtirokchi ijobiy natijaga olib kelgan harakatlariga nisbatan munosabat bildiradi, bunday
harakatni amalga oshirish bo‘yicha o‘z imkoniyatlari xususida mulohaza yuritish taklif qilinadi.

Xulosa yuqorida keltirilgan trening mashg’ulotlarimizning davomiyligi natijasi shuni

ko’rsatdiki vazifalarni amalga joriy qilish orqali biz quyidagi natijalarga erishdik.

1.

Shaxsda namoyon bo‘layotgan agressiv xulq-atvor darajasini pasayishi;

2.

Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi, shu o‘rinda o‘z-o‘ziga bahosini adekvat xolatga kelishi;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

288

3.

Nizoli va muammoli vaziyatlarda xulq-atvorni meьyorida ushlab turish;

4.

O‘zi va boshqalarning emosional xolatini solishtirishga, o‘zidagi emosional

zo‘riqishlarni pasaytirish,

5.

Xulq-atvor normalariga rioya qilish.

Psixokorreksion yordamning samaraliligiga baho berish borgan sari aktuallashmoqda. Bu

psixologning ta’sir eta olishi va korreksion ishning sifatliligidandir. Ishning samaraliligini
baholashda aniq metodni belgilab olish zarur. Psixokorreksion ishlarda mijoz psixologik ta’siridan
so‘ng quyidagilarga qarab baholanadi:

-

Ichki kechinmalarning sub’yektiv mohiyatining o‘zgarganligi.

-

Ta’sir etgandan so‘ng mijozning ijobiy tomonga o‘zgarishi.

Bu maqsadga erishishda quyidagi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etadi.


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29
dekabrdagi Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasidagi nutqi.29-dekabr,2020-y

2.

Abramova. G.S. “Практическая психология”. M.:-2001.

3.

Adizova.T.M. “Psixokorreksiya” T.: “Iqtisod-moliya” 2006. (58b)

4.

Акимова М.К. Способности и одаренность: учеб. пособие. - М.:
Международная педагогическая академия, 1995.

5.

Adizova T.M-Psixokorreksiya.Toshkent-2006 yil. o‘quv qo‘llanma.

6.

Alfimova M.V. Trubnikov V.I. Psixogenetika agressivnosti // Voprosы
psixologii. - 2000. - №6. - S. 112.

7.

Алфимова М.В. Трубников В.И. Психогенетика агрессивности // Вопросы
психологии. - 2000. - №6. - С. 112.

8.

Baratov Sh.R. Ta’limda psixologik xizmat. - Buxoro, 2007.

9.

Baymuradov .N .Н “Аmaliy psixologiya “ Т.” Янги аср авлоди ” 2008.- 316 б
-78-79б.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasidagi nutqi.29-dekabr,2020-y

Abramova. G.S. “Практическая психология”. M.:-2001.

Adizova.T.M. “Psixokorreksiya” T.: “Iqtisod-moliya” 2006. (58b)

Акимова М.К. Способности и одаренность: учеб. пособие. - М.: Международная педагогическая академия, 1995.

Adizova T.M-Psixokorreksiya.Toshkent-2006 yil. o‘quv qo‘llanma.

Alfimova M.V. Trubnikov V.I. Psixogenetika agressivnosti // Voprosы psixologii. - 2000. - №6. - S. 112.

Алфимова М.В. Трубников В.И. Психогенетика агрессивности // Вопросы психологии. - 2000. - №6. - С. 112.

Baratov Sh.R. Ta’limda psixologik xizmat. - Buxoro, 2007.

Baymuradov .N .Н “Аmaliy psixologiya “ Т.” Янги аср авлоди ” 2008.- 316 б -78-79б.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов