THEORETICAL PRINCIPLES OF EVALUATION OF EDUCATIONAL PROCESS MANAGEMENT

HAC
Google Scholar
To share
Ubbiev, A. (2023). THEORETICAL PRINCIPLES OF EVALUATION OF EDUCATIONAL PROCESS MANAGEMENT. Modern Science and Research, 2(10), 165–168. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24643
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In order to improve the quality of education and personnel training in the educational system, it is an urgent task to organize effective management activities in educational institutions. The issues of what factors to pay more attention to in the organization of effective management are covered in the theoretical views of researchers who have conducted research in this field. Therefore, this thesis analyzes theoretical views related to the effectiveness of management activities in education.


background image



165

TA`LIM JARAYONI BOSHQARUVINI BAHOLASHNING NAZARIY

ASOSLARI

Ubbiev Alisher Taiirovich

Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi direktori

https://doi.org/10.5281/zenodo.10030473

Annotatsiya.

Ta’lim tizimida ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatini oshirish uchun ta’lim

muassasalarida samarali boshqaruv faoliyatini tashkil etish dolzarb vazifa hisoblanadi. Samarali

boshqaruvni tashkil etishda qanday omillarga ko‘proq e’tibor qaratish masalalari ushbu sohada

izlanishlar olib borgan tadqiqotchilarning nazariy qarashlarida yoritilgan. Shu bois, ushbu

tezisda ta’limda boshqaruv faoliyati samaradorligi bilan bog‘liq nazariy qarashlar tahlil etilgan.

Kalit so‘zlar:

ta’lim muassasasi, boshqaruv jarayoni, samaradorlik, model.

THEORETICAL PRINCIPLES OF EVALUATION OF EDUCATIONAL

PROCESS MANAGEMENT

Abstract.

In order to improve the quality of education and personnel training in the

educational system, it is an urgent task to organize effective management activities in educational

institutions. The issues of what factors to pay more attention to in the organization of effective

management are covered in the theoretical views of researchers who have conducted research in

this field. Therefore, this thesis analyzes theoretical views related to the effectiveness of

management activities in education.

Key words:

educational institution, management process, efficiency, model.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ ОЦЕНИВАНИЯ УПРАВЛЕНИЯ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫМ ПРОЦЕССОМ

Аннотация.

В целях повышения качества образования и подготовки кадров в

системе образования актуальной задачей является организация эффективной

управленческой деятельности в образовательных учреждениях. Вопросы о том, каким

факторам следует уделять больше внимания при организации эффективного управления,

освещены в теоретических воззрениях исследователей, проводивших исследования в этой

области. Поэтому в данной диссертации анализируются теоретические взгляды,

связанные с эффективностью управленческой деятельности в образовании.

Ключевые

слова:

образовательное

учреждение,

процесс

управления,

эффективность, модель.


background image



166

KIRISH

Samaradorlik tushunchasi boshqaruvga doir fanlarda ko‘plab bahs va munozaralarga sabab

bo‘lib keladi. Sababi, turli sohalarda samaradorlik sohaning xususiy ko‘rsatkichlaridan kelib

chiqib aniqlanadi. Ammo ta’lim ijtimoiy sohaga tegishli tizim bo‘lganligi tufayli natijalarni aniq

ko‘rsatkichlar bilan baholashga turlicha yondashiladi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Ta’lim jarayoni boshqaruv faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha nazariy qarashlar

Mumbay Universiteti professori S.Xedekar, rossiyalik tadqiqotchilar O.Xomeriki, V.S.Lazarev,

V.I.Zvereva, P.I.Tretyakov, A.S.Krasikov, Vengriya Fanlar Akademiyasi doktori G.Kertesi,

Vashington Universiteti ilmiy xodimlari Bredley S.Portin, S.Feldmen va S. Klapplar asarlarida

yoritilgan.

Turli tadqiqotchilar ta’lim muassasasining boshqaruv jarayonini turlicha izohlashadi.

Masalan, C.Xedekar ta’lim muassasasida boshqaruv jarayoni – bu ta’lim maqsadlariga erishish

maqsadida inson va moddiy resurslardan foydalangan holda ta’lim muassasasi faoliyatini

rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va nazorat etish jarayonidir, deb ta’kidlagan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Umumiy boshqaruvda bo‘lganidek, ta’lim muassasalari rahbarlari ham o‘z faoliyatlari

davomida quyidagi yettita boshqaruv siklidan foydalanadilar: maqsadni belgilash, ma’lumotlarni

yig‘ish va qayta ishlash, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat

qalish va tahlil qilish.

Ta’lim muassasasining rahbari o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonida quyidagi

uch turdagi ob’ektlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi: ta’lim jarayoni ishtirokchilari (o‘rinbosarlar,

o‘qituvchilar, o‘quvchilar, texnik xodimlar, ota-onalar, xomiylar va h.k.), jarayonlar (ta’limiy,

tarbiyaviy), moddiy-texnik vositalar.

Ta’kidlanganidek, samaradorlik tushunchasi boshqaruvga doir fanlarda ko‘plab bahs va

munozaralarga sabab bo‘lib keladi. Sababi turli sohalarda samaradorlik sohaning xususiy

ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Ammo ta’lim tizimi ijtimoiy sohaga tegishli tizim

bo‘lganligi sabab barcha natijalarni aniq ko‘rsatkichlar bilan baholash imkoniyati mavjud emas.

Ko‘p tadqiqotchilar samaradorlik tushunchasini ta’riflashda «unumdorlik» tushunchasiga

murojaat qilishadi.

Bu borada o‘zbekistonlik tadqiqotchilardan Sh.Qurbonov va E.Seytxalilovlar quyidagi

fikrlarni bildirib o‘tishgan: «Unumdorlik – bu qandaydir vaqt ichida olingan natijalarning

foydaliligi va u bilan bog‘liq xarajatlar o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatuvchi faoliyat xususiyati


background image



167

demakdir». Shuningdek, ushbu tadqiqotchilarning fikricha, bir ta’lim muassasasining boshqa

ta’lim muassasasiga nisbatan yuqoriroq natijalari ushbu ta’lim muassasasida har doim ham

boshqaruv sifati yuqoriroq bo‘lishidan dalolat bermaydi. Masalan, ta’lim muassasasi boy moddiy

bazaga ega bo‘lsa, moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari hisobiga o‘qituvchilarga boshqa

ta’lim muassasasidagiga nisbatan yuqoriroq ish haqi to‘lay olsa, bu ta’lim muassasasi bu barcha

ne’matlardan mahrum bo‘lgan oddiy ta’lim muassasasiga nisbatan ta’lim sifatining yuqoriroq

bo‘lishini ta’minlashi mumkin. Lekin masala har bir ta’lim muassasasi o‘zida mavjud

imkoniyatlardan nechog‘liq foydalanayotganligidan iborat.

Yuqoridagi kabi qarashlarni rossiyalik tadqiqotchi V.S.Lazarev tadqiqotlarida ham

kuzatish mumkin. Uning fikricha, boshqaruv samaradorligi erishilgan va imkoniyati mavjud

bo‘lgan unumdorlik o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi. Unumdorlik ma’lum bir vaqt

davomidagi natijalar va ular bilan bog‘liq xarajatlar o‘rtasidagi ijobiy munosabatni ko‘rsatadi.

Ta’lim muassasalari boshqaruv faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha turli xil

qarashlar va turli xil metodikalar mavjud. Ya’ni, ta’lim muassasalari boshqaruv faoliyati

samaradorligini turli ko‘rsatkichlar orqali baholashi mumkin. Bir tomondan, ta’lim muassasalari

boshqaruv faoliyati samaradorligini baholash faqat boshqaruvga doir ko‘rsatkichlar bilan amalga

oshirilishi mumkin, ya’ni, rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat, tartibga solish, boshqaruv

apparati ta’minoti uchun nisbatan kam xarajat qilish va hokazo. Ikkinchi tomondan, boshqaruv

samaradorligi ta’lim muassasasidagi pedagogik jarayonlarning o‘zgarish dinamikasi, resurslarning

natijaviyligi, o‘tkazilayotgan islohotlarning har bir shaxs uchun ta’sir darajasiga bog‘liq.

XULOSA VA MUNOZARA

Umuman, muassasaning boshqaruvi samaradorligini baholashda qo‘llaniladigan

ko‘rsatkichlar quyidagi o‘zaro bog‘langan uchta guruhga bo‘linishi mumkin.

1-

Muassasaning faoliyat natijalari va boshqaruv sarf-xarajatlari orqali ifodalanadigan

boshqaruv tizimi samaradorligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar guruhi. Ta’lim muassasalari

misolida bunda bitiruvchilar sonining (mahsulot hajmining) ortishi, ilmiy tadqiqotlar, turli

grantlar, xo‘jalik shartnomalarining bajarilishidan olinayotgan mablag‘lar, loyihalarga kapital

qo‘yilmalar hajmi, professor-o‘qituvchilar va bitiruvchilarning kasbiy bilim, ko‘nikma va

malakalari kabi ko‘rsatkichlar samaradorligini ko‘rib chiqish mumkin.

2-

Boshqaruv jarayonining mazmuni va uni tashkil qilish, jumladan, boshqaruv mehnatining

bevosita natijalari va sarf-xarajatlarini ifodalaydigan ko‘rsatkichlar guruhi. Ta’lim muassasasi

boshqaruv xarajatlari sifatida boshqaruv apparatini saqlab turishga ketadigan joriy xarajatlar,

o‘quv va texnik vositalarni ishlatish, o‘quv va texnik binolarni saqlash, boshqaruv xodimlarini


background image



168

tayyorlash va qayta tayyorlash, boshqaruv tizimini takomillashtirish, boshqaruv jarayonini

avtomatlashtirish uchun sotib olinadigan hisoblash texnikasi va boshqa vositalar hamda ularni

o‘rnatish xarajatlari hisobga olinadi.

3-

Muassasaning tashkiliy tuzilmasi, uning texnik-tashkiliy darajasining maqsadga

muvofiqligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar guruhi. Bu guruhga o‘quv muassasasida bo‘lim va

bo‘linmalar kabi tashkiliy birliklar, markazlar, kafedralarning maqsadga muvofiq tashkil

etilganligi, kafedralarning fakultetlarga asosli ravishda birlashtirilganligi, boshqaruv

funksiyalarining markazlashganlik darajasi, prorektorlarga tashkiliy tuzilma bo‘yicha umumiy

rahbarlikning to‘g‘ri yuklatilganligi, boshqarishning kabul qilingan me’yorlari, lavozim

yo‘riqnomalari, huquq va javobgarlikning muvozanatlashuvi kabilar kiritilishi mumkin.

REFERENCES

1. Xomeriki O.N. Maktab rivojlanishi innovatsion jarayon sifatida. – M., 2014 yil.

2. Lazarev V.S. Maktab innovatsion faoliyatini baholashga me'yoriy yondashuv. //

“Pedagogika”, 2013 yil, 3-son. –b. 17–26.

3. Qurbonov Sh., Seytxalilov E. Ta’lim tizimini boshqarish. – T.: «Turon-Iqbol», 2016. –101-b.

4. Zvereva V.I. Maktab rahbarining tashkiliy-pedagogik faoliyati. – M.: “Yangi maktab”, 2017.

–b. 28-29.

5. Tretyakov P.I. Umumta’lim maktabini boshqarish tizimini shakllantirish va rivojlantirish.

Diss. dok. ped. Sci. – M., 2017 yil.

References

. Xomeriki O.N. Maktab rivojlanishi innovatsion jarayon sifatida. – M., 2014 yil.

Lazarev V.S. Maktab innovatsion faoliyatini baholashga me'yoriy yondashuv. // “Pedagogika”, 2013 yil, 3-son. –b. 17–26.

Qurbonov Sh., Seytxalilov E. Ta’lim tizimini boshqarish. – T.: «Turon-Iqbol», 2016. –101-b.

Zvereva V.I. Maktab rahbarining tashkiliy-pedagogik faoliyati. – M.: “Yangi maktab”, 2017. –b. 28-29.

Tretyakov P.I. Umumta’lim maktabini boshqarish tizimini shakllantirish va rivojlantirish. Diss. dok. ped. Sci. – M., 2017 yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов