Authors

  • Muborak Berdiyeva
  • Shahnoza Murodova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32123

Abstract

This article talks about the importance of the type of activity in the formation of a child's personality, game tools, and game technologies, since the main activity of preschool children is play.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

214

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA BOLA SHAXSINI

RIVOJLANISHIDA O‘YIN FAOLIYATINING AHAMIYATI

Berdiyeva Muborak Baxtiyorovna

Guliston davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

Murodova Shahnoza Abdurahmon qizi

Guliston davlat pedagogika instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11164017

Annotatsiya.

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati oʻyin

faoliyati boʻlganligi sababli faoliyat turining bola shaxsi shakllanishida ahamiyati, oʻyin
vositalari, oʻyin texnologiyalari haqida soʻz yuritilgan.

Kalit soʻzlar:

oʻyin, texnologiya, interfaol, ijodiy, oʻyin vositalari, oʻzaro munosabatlar.

THE IMPORTANCE OF GAME ACTIVITY IN THE DEVELOPMENT OF CHILD

PERSONALITY IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

Abstract.

This article talks about the importance of the type of activity in the formation of

a child's personality, game tools, and game technologies, since the main activity of preschool
children is play.

Keywords:

game, technology, interactive, creative, game tools, interaction.

ЗНАЧЕНИЕ ИГРОВОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ РЕБЕНКА В

ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

Аннотация.

Поскольку основной деятельностью дошкольников является игра, в

данной статье рассматривается значение вида деятельности в формировании личности
ребенка, игровых средств и игровых технологий.

Ключевые слова:

игра, технология, интерактив, креатив, игровые инструменты,

взаимодействие.

Oʻyin - maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining mazmunini tashkil etadi. Bejizga

“O‘yinni bolalikning hamrohi" deyish deb qabul qilinmagan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda
mehnat, oʻqish, oʻyin faoliyatlari ichida oʻyin faoliyati yetakchidir. Oʻyin bolani rivojlantirish,
tarbiyalashning asosiy vositasidir.

Oʻyinning asosiy xususiyati uning ijodiyligidir. Bola oʻyinda markaziy oʻrinni egallashni

xohlaydi, gʻolib boʻlishga intiladi. Bu bolaning faolligini oshirishga yordam beradi. Bola oʻyinni
oʻzi tanlaydi unda faol ishtirok etadi. Oʻyin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga katta
imkoniyatlar mavjud.

Har qanday texnologiyada, jumladan oʻyin texnologiyalarida ham oʻquv maqsadi aniq

belgilanishi zarur. Bu texnologiyaning asosiy negizidir. Maqsad toʻgʻri qoʻyilishi uchun bolaga
nimani oʻrgatmoqchi boʻlganligi aniq boʻlishi kerak. Bitta mashgʻulotda bitta maqsad qoʻyilishi
maqsadga muvofiq. Masalan, bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida
tushuncha berish va hokazo. Oʻyin texnologiyalari (ayniqsa maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalari
uchun) rivojlantiruvchi maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafakkuruni rivojlantirish)
amalga oshirishi ham mumkin. Rol o‘ynaydigan o‘yinlar tufayli bolalarda tasavvur paydo bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

215

Bola hech qachon jim o‘ynamaydi, bitta o‘zi o‘ynasa ham u o‘yinchoq bilan gaplashadi,

o‘zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqot o‘rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma-
hammaning o‘rniga o‘zi gapiradi. So‘z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi.

Buning natijasida bolalarda nutqi yaxshilanib boradi. Nutq esa o‘yin jarayonida juda katta

ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o‘z histuyg‘u, kechinmalarini o‘rtoqlashadi.

Ya.A.Komenskiy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, P.F.Lestgaflarning gʻoyalari hozirgi

zamon bolalar oʻyinlar nazariyasi uchun ahamiyatlidir. Xususan, Yan Amon Komenskiy oʻyinga
quvnoq bolalik va bolani uygʻun rivojlanish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar
oʻyinlariga e'tiborli munosabatda boʻlishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni maslahat bergan.

Bolalar oʻyini koʻp asrlik tarixga ega, insonning oʻzi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli

tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida interfaol oʻyinlardan foydalanish ijobiy natijalarga olib

keladi. Bu oʻyinlar jarayonida bola passiv obyektdan faol subyektga aylanadi. Interfaol oʻyinlar
jarayonida bola mustaqil fikrni toʻgʻri bayon etishga boshqalarni tinglashga oʻrganadi. Boshqacha
qilib aytganda interfaol oʻyinlar orqali kelajakda har bir bolada ijobiy sifatlar shakllantiriladi.

Oʻynayotgan bolani kuzatib uning qiziqishlarini, kattalarga va oʻrtoqlariga boʻlgan

munosabatini bilib olish mumkin. Ayniqsa jamoaviy oʻyinlar bolalarni koʻpchilik oʻrtasida oʻzini
erkin tuta olishga mustaqil fikrlashga undaydi. Bolalar oʻrtasidagi munosabatlarni
mustahkamlaydi.

Tarbiyachining asosiy vazifasi oʻyinni tashkil etish, bolalar ijodiga sharoit yaratishdan

iborat. O‘yinning tarbiyaviy ahamiyati ko‘p jihatdan o'qituvchining kasbiy mahoratiga, uning yosh
va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda bolaning psixologiyasini bilishiga, bolalar
o‘rtasidagi munosabatlarga to‘g‘ri uslubiy rahbarlik qilishga, o‘yinni aniq tashkil etish va
o‘tkazishga bog'liq. O‘yinning katta tarbiyalovchi ahamiyati o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. O‘yin
befoyda, hatto zarali bo‘lishi, ba’zan yomon hislarni qo‘zg‘atishi mumkin.

Tarbiyachi o‘yin yordamida bolalarni har tomonlama rivojlantirish vazifasini amalga

oshirish uchun unga muntazam ravishda ta’sir etib borishi zarur.

Ijodiy oʻyinlarda bilim egallash jarayoni yuzaga keladi. Undan tashqari bola oʻyinda aqliy

kuchini ishga soladi. Oʻyin bolaning tafakkurini, hayolini, diqqatni, xotirani faollashtirishni talab
qiladi.

Jumladan, biz bolaning tafakkur, hayolini rivojlantiruvchi oʻyin sifatida quyidagi oʻyinni

misol keltirishimiz mumkin. Bolalarni 2 guruhga boʻlamiz. Doskaga aytaylik, varoqga biror
chiziqni yoki raqamlarni yozamiz. Bola esa undan biror rasm chiza olishi kerak. Bu oʻyin orqali
bolaning dunyoqarashi, tafakkuri kengayadi, hayol qilish jarayoni yaxshilanadi. Bolalarning xotira
darajasini sinovdan oʻtkazish uchun esa quyidagi oʻyinni tashkil qilishimiz mumkin. Bunda har
xil narsalarni misol qilib olishimiz mumkin. Masalan, oʻyinchoqlar (qoʻgʻirchoq, mashina) ketma-
ketlikda taxlab qoʻyiladi. Ishtirokchi bola uni bir marta koʻrib olgandan soʻng oʻgiriladi.
Tarbiyachi oʻyinchoqlar ketma-ketligini amashtirib qoʻyadi.

Yangilangan ketma-ketllikni bola koʻradi va uni birinchi bor koʻrgani kabi taxlab berishi

kerak boʻladi. Oʻyin xuddi shu tarzda guruhdagi boshqa bolalar bilan ham davom etadi.

Maktabgacha yoshdagi o'yin faoliyati bolalarni tartib va qoidalarga rioya qilishni o‘rgatadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

216

Bola hayotida o‘yin kattalar uchun ish yoki maktab o‘quvchisi uchun o‘qish kabi

muhimdir.

O‘yin mehnat tarbiyasi vazifasini bajarishga ham yordam beradi. Bolalar o‘z o‘yinlarida

har xil kasbdagi kishilarni aks ettiradilar. Bu bilan ular kattalarning harakatlariga taqlid qilib
qolmay, shu bilan bir qatorda ularning ishiga mehnatiga bo‘lgan munosabatlarini ham aks
ettiradilar.

O‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar. "Xaltachada nima bor?" o‘yinning maqsadi

o‘yinchoqlaring nomlari bilan tanishtirish va bu o‘yinchoqlar to‘g‘risida bilimlarni
mustahkamlash, tovushlar talaffuzini mashq qildirishdir. "Bu nima?" o‘yinida bolalar qo‘-
g‘irchoqga har xil narsalar va ularni ishlatilishi to‘g‘risida gapirib beradilar. "Kimda mana bu
rangdagi xaltacha bor", "Kim mana bu rangdagi xaltachani topa oladi" va hokazo. Ko‘pincha o‘yin
bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini, bilim doirasini kengaytirish uchun hizmat qiladi.

"Bu narsa o‘zi nima?", "Kim birinchi bo‘lib aytib beradi?", "Bu narsa toʻgʻrisida nimalar

deyishimiz mumkin?" kabi bolalarni diqqatini rivojlantirishga qaratilgan qo‘g‘irchoq, narsa va
ularning shakli, rangi to‘g‘risidagi savollarni ham berishimiz mumkin.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda o'yin faoliyatining mazmuni xilma-xil boʻladi va har

tomonlama rivojlantirish imkoniyatlari kengayadi. O'yin hayolni rivojlantirishga, atrofdagi
voqelik, odamlar mehnati toʻgʻrisida bilimlarni chuqurlashtirishga, shaxsning jamoatchilik
xususiyatlarini shakllantirishga koʻmaklashadi. Oʻzlashtirilgan bilimlar va rivojlangan aqliy
qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o'yinlarda va mehnatda qo'llaydilar.

O‘yinda bola organizmiga xos bo‘lgan talab va ehtiyojlar qoniqtiriladi, hayotiy faollik

ortadi, bardamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun ham bolalarni jismoniy
tarbiyalash sistemasida o‘yin munosib o‘rin egallaydi.

Xulosa oʻrnida shuni aytish kerakki, oʻyin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash

sistemasida, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ta'lim-tarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik
tomondan tarbiyalashda katta oʻrin tutadi.

REFERENCES

1.

Ilk qadam o‘quv dasturi T-2022-y.

2.

Qodirova F.,Toshpo‘latova. Sh. Kayumova N., A’zamova N. “Maktabgacha ta’lim
pedagogikasi” Toshkent-2019 y.

3.

M.B.Berdiyeva “O‘qituvchi kreativ kompetensiyasining o‘quvchilar kreativ fikrlashiga
ta’siri” 2023-yil

4.

M.B.Berdiyeva “Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli shaxs tarbiyasi”-2022-yil

5.

N. T. Tosheva darslik 2023-yil

6.

Ganiyeva, M. (2023). Mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda TRIZ ning imkoniyatlari.
Scienceweb academic papers collection.

7.

Maftuna, G. (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF
METHODICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL
THINKING. Modern Science and Research, 2(10), 91-94.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

217

8.

Ganiyeva, M. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MANTIQIY
TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK O'YINLARDAN
FOYDALANISHNING AHAMIYATI. TA'LIM FIDOYILARI.


References

Ilk qadam o‘quv dasturi T-2022-y.

Qodirova F.,Toshpo‘latova. Sh. Kayumova N., A’zamova N. “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” Toshkent-2019 y.

M.B.Berdiyeva “O‘qituvchi kreativ kompetensiyasining o‘quvchilar kreativ fikrlashiga ta’siri” 2023-yil

M.B.Berdiyeva “Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli shaxs tarbiyasi”-2022-yil

N. T. Tosheva darslik 2023-yil

Ganiyeva, M. (2023). Mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda TRIZ ning imkoniyatlari. Scienceweb academic papers collection.

Maftuna, G. (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF METHODICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL THINKING. Modern Science and Research, 2(10), 91-94.

Ganiyeva, M. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK O'YINLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. TA'LIM FIDOYILARI.