THE IMPORTANCE OF SH. KHOLMIRZAYEV'S WORK IN THE DEVELOPMENT OF MODERN UZBEK LITERATURE

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Tursunpo’latova, G., & Shomurodova, S. (2023). THE IMPORTANCE OF SH. KHOLMIRZAYEV’S WORK IN THE DEVELOPMENT OF MODERN UZBEK LITERATURE. Modern Science and Research, 2(6), 1257–1261. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21664
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the importance of Sh. Kholmirzayev's work in the development of modern Uzbek literature, Sh. Kholmirzayev's biography, as well as the first stage of his creative path and his stories, short stories and novels are analyzed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1257

HOZIRGI O`ZBEK ADABIYOTI TARAQQIYOTIDA SH.XOLMIRZAYEV IJODINING

AHAMIYATI

Tursunpo’latova Guljahon

Shomurodova Sabohat

Termiz davlat universiteti, Òzbek filologiyasi fakulteti

3-kurs talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.8081643

Annotatsiya.

Mazkur maqolada hozirgi o`zbek adabiyoti taraqqiyotida Sh.Xolmirzayev

ijodining ahamiyati, Sh.Xolmirzayevning tarjimai holi, shuningdek ijodiy yo`lining ilk bosqichi
hamda hikoyalari, qissa va romanlari tahlilga tortilgan.

Kalit so’zlar:

Sh.Xolmirzayev ijodining ahamiyati, qissa va romanlar, ijodiy yo`lining ilk

bosqichi.

THE IMPORTANCE OF SH. KHOLMIRZAYEV'S WORK IN THE

DEVELOPMENT OF MODERN UZBEK LITERATURE

Abstract.

In this article, the importance of Sh. Kholmirzayev's work in the development of

modern Uzbek literature, Sh. Kholmirzayev's biography, as well as the first stage of his creative
path and his stories, short stories and novels are analyzed.

Key words:

the importance of Sh. Kholmirzayev's work, short stories and novels, the first

stage of his creative path.

ЗНАЧЕНИЕ ТВОРЧЕСТВА Ш. ХОЛМИРЗАЕВА В РАЗВИТИИ

СОВРЕМЕННОЙ УЗБЕКСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ

Аннотация

. В данной статье анализируются значение творчества Ш.

Холмирзаева в развитии современной узбекской литературы, биография Ш. Холмирзаева,
а также первый этап его творческого пути и его рассказы, рассказы и повести.

Ключевые слова:

значение творчества Ш. Холмирзаева, рассказы и повести,

первый этап его творческого пути.

Shukur Xolmirzayev ijodi hozirgi zamon o`zbek adabiyotining yorqin va mazmundor

sahifalaridan birini tashkil etadi. Ko`p qirrali iste`dod sohibi Shukur Xolmirzayev adabiyotning
turli janrlarida rang-barang badiiy asarlar yaratib, o`zbek adabiyoti xazinasini boyitgan. Adib
o`zining rang-barang hikoyalari, publitsistik maqolalari, tarixiy esselari, realistik qissalari-yu
ajoyib romanlari bilan hozirgi zamon adabiyotida munosib o`rin egallaydi.

SH.Xolmirzayev 1940 yilda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug`ildi.

Maktabni a`lo baholar bilan bitirib, u 1956 yilda Toshkent Davlat Universitetiga o`qishga kirdi.
Shukur Xolmirzayev eslashicha, maktabda o`qib yurgan chog`laridayoq unda adabiyotga havas
uyg`onadi. Toshkent Davlat Universitetining filologiya fakultetida bu havas yanada ortadi. Xuddi
shu yillari Shukur Xolmirzayev badiiy ijod sohasida dastlabki qadamlarini qo`yadi. Uning dadil
ijod yo`liga kirishida fakultetdagi tanqidchi M.Qo`shjonov boshchilik qilgan adabiy to`garak katta
maktablik vazifasini o`taydi. Dorilfununda Sh.Xolmirzayev jahon adabiyotining eng yaxshi
namunalari bilan tanishib, badiiy ijod sirlarini anglay boshlaydi.

Iqtidorli yozuvchi Shukur Xolmirzayev hozirgi o`zbek adabiyotida o`z ovoziga, uslubiga

ega bo`lgan ijodkorlardan hisoblanadi. U adabiyotimizga 1962 yil “Oq otli” povesti bilan kirib
keldi. Povest bolalar uchun yozilgan bo`lib, unda yoshlarning o`ziga xos orzu o`ylari va hayotga
qarashlari aks etgan.

SH.Xolmirzayev mazkur povestini e`lon qildirgandan so`ng o`tgan o`ttiz yildan ziyodroq

davr ichida juda ko`plab hikoyalar, bir qancha qissa va romanlar yozdi.

Yozuvchi Sh.Xolmirzayev hikoyanavis sifatida qaysi mavzuni qalamga olmasin,

qandaydir muhim, salmoqdor ijtimoiy fikrni ifodalashga intiladi. Uning bu xususiyatlari, ayniqsa,
keyingi yillarda yaratilgan “Shudring tushgan bedazor”, “Cho`loq turna”, “Podachi”, “Ko`k


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1258

dengiz”, “Xorun ar-Rashid”, “Qadimda bo`lgan ekan”, “Tabassum”, “Ustoz”, “Farzand” kabi
hikoyalarida yaqqol namoyon bo`lgan. Sh.Xolmirzayev hikoyalarida, asosan, Surxon vohasining
kaloriti yorqin sezilib turadi. Yozuvchining hikoyalarida surxondaryoliklarning o`ziga xosligi,
yorqin va katta xarakterlari, yashash tarzi yaqqol ko`zga tashlanib turadi. Uning “Arpali
qishlog`ida”, “Olis yulduz ostida”, “Miltiq otildi”, “Kimsasiz hovli”, “Ov” kabi hikoyalari,
“So`nggi bekat”, “Qil ko`prik”, “Olabo`ji” romanlarida bu koloritni aniq sezish mumkin. To`g`ri,
yozuvchi Shukur Xolmirzayev dastlabki ijodiy qadamlaridanoq “o`zligini”, o`z uslubini topib
olgani yo`q. U tinimsiz izlanishlar, ijodiy tajribani o`zlashtirish jarayonida shunga erishdi. “Mana
o`tmishu hozirgi zamon adabiyoti yozish usullaridan ozmi-ko`pmi o`rganib, o`z yo`limni topish
ustida ko`p o`ylandim, - degan edi yozuvchi, - bu izlanish hatto nuqta, vergulni qayerga qo`yish
borasida ham bo`ladi”.

Bu uning, xususan, so`nggi yillarda yaratayotgan asarlarida o`zining yorqin ifodasini

topmoqda. Yozuvchining “Hayot abadiy”, “Kulgan bilan kuldirgan”, “Og`ir tosh ko`chsa”,
“Boychechak ochildi”, “Cho`loq turna”, “Qariya”, “Ot egasi” kabi hikoyalarida katta ijtimoiy
ma`nolar o`z ifodasini topgan. Ular zamondoshlarimizning o`zaro munosabatlari orqali ochib
beriladi.

“So`nggi bekat” Sh.Xolmirzayevning jiddiy yutug`i hisoblanadi. Yozuvchining o`zi ham:

“ijodda, izlanishda o`zimning ham kelib to`xtagan so`nggi bekatim bu”, - deb yozadi romandagi
so`zboshida. Romanning “So`nggi bekat” deb atalishida ma`lum ramziy ma`no mavjud. Asar
qahramonlari hayotidagi muhim nuqta – so`nggi bekati tasvirlanadi. Romanda Bekat qishlog`i, u
yerda yashayotgan zamondoshlarimizning amalga oshirayotgan ishlari haqida hikoya qilinadi.
Asar qahramonlari so`nggi bekatga yetib kelishgach, bosib o`tgan yo`llari haqida o`ylaydilar.
So`nggi bekat ular hayotida muayyan darajada burilish nuqtasi bo`ladi. Ular yo`l qo`ygan
xatolarini anglab yetishadi va uni tuzatishadi. Masalan, O`ktam, Nasiba bilan aloqasini uzadi.
Nasiba ham O`ktam bilan baxtli bo`la olmasligini bilib, qishloqdan ketadi. Quvvatbekov esa
shaharga ketmay, qishloqda qolishga qaror qiladi. Ishoq chol esa o`zining kim ekanligini anglab
yetadi, Shamsuddinov ham o`zidagi kamchiliklarni tuzatishga kirishadi.

Yozuvchi Sh.Xolmirzayev ijodi kitobxonlar diqqatini jalb etib kelmoqda. Uning

“To`lqinlar” povesti haqida S.Mirvaliyev, A.Rasulov, M.Olimov, A.Quljonov, N.Shukurov,
S.Mirzayev, A.Aliyev kabi tanqidchilar bahslashgandilar. Uning “So`nggi bekat” romani bo`yicha
professorlar U.Normatov va Ochil Tog`ayevlar munozara qilishgan. Sh.Xolmirzayevning boshqa
asarlari

ham

fikr

olishuvlarga

sababchi

bo`lgan.

Demak,

u

zamondoshlarimizni

to`lqinlantiradigan, salmoqli ijtimoiy fikrga molik asarlar ijod qilayotgan yozuvchidir. Uning
shunday asarlaridan biri 80-yillarning o`rtalarida e`lon qilingan bo`lib, u roman “Qil ko`prik” deb
ataladi.

Yozuvchi Shukur Xolmirzayev hikoyalari, povestlari hamda “So`nggi bekat” romanida,

asosan zamonaviy mavzularni yoritgan bo`lsa, “Qil ko`prik” nomli yirik romanida inqilob
yillaridagi qaynoq hayot materialiga murojaat qildi. Shu nuqtai nazardan yozuvchining ijodida bu
asari yangi hodisa bo`ldi.

Yozuvchi g`oyaviy maqsadini Sharqiy Buxoro – Boysun atrofida sodir bo`lgan tarixiy

voqealarni jonlantirish orqali ro`yobga chiqargan. Sh.Xolmirzayev g`alabalarni himoya qilgan
kishilarga xos ko`plab fazilatlarni Qurbon obrazida mujassamlashtiradi. Qurbon oddiy kosibning
o`g`li. Ruhoniy Eshon Sudurning homiyligi tufayli madrasada o`qigan, “oq qorani tanish”
imkoniyatiga erishgan. Lekin u mehnatkashlarning quyi tabaqasidan chiqqani uchun puldorlar,
boy bolalari orasida ajralib turadi. Natijada unda odamlarning qaysi tabaqasidan chiqqanligiga
qaramay, teng bo`lishi zarur degan fikr paydo bo`ladi. Shu fikrni amalga oshirish yo`lida u atrofiga
nazar soladi. Har qanday yangilikka qiziqadi. Undagi qiziqish Buxorodagi “Yosh buxoroliklar”
partiyasining g`oyasi bilan tanishishga olib keladi. Bunda Sadriddinxo`ja unga yordam beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1259

Qurbon yangilikka qiziqishi tufayli qamaladi, inqilob tufayli keyin ozodlikka chiqadi.

Qurbon inqilob samaralarini himoya qilish yo`lida fidorkorlik ko`rsatuvchi qahramon darajasiga
ko`tariladi. Uning sobiq piri Eshoni Sudur islom lashkarlari qo`mondoni Ibrohimbek qoshida bosh
maslahatchi bo`ladi. Bu faqat unga dushman qarorgohiga kira olish uchun qulay imkoniyat
yaratadi. Shu sababli razvedkachi sifatida yuboriladi. Qurbon o`ziga qiyin va mas`uliyatli vazifalar
yuklatilganiga qaramay, ularni sharaf bilan bajaradi va halok bo`ladi.

Yozuvchi Qurbon obrazini jonli va jozibali ishlagan. U ijtimoiy faoliyatda aktiv bo`lishi

bilan birga, shaxsiy hayotida ham jozibaga ega. Qurbonning Oyparchaga muhabbati undagi ijobiy
xislatlarning yorqinroq namoyon bo`lishiga yordam beradi. Yozuvchi romandagi barcha obrazlar
qatori Qurbon timsolining ham bir yoqlama yaratilishiga yo`l qo`ymaydi. Qurbon faol kurashchi,
jon-dili bilan g`alabalarni himoya qilishga kirishgan qahramon bo`lsa-da, unda dinga, xudoga
ishonish tuyg`ulari ham mavjud. Bu romanda nihoyatda haqqoniy va ishontirarli tarzda
ifodalangan. Chunki madrasalarda tahsil ko`rgan sobiq mullavachchaning xudodan darhol yuz
o`girishi mumkin bo`lmagan hol.

“Qil ko`prik” romanida Oyparcha obrazi ham samimiy mehr bilan yaratilgan. U amirlik

tarafini olishni ham, sho`rolar tomoniga o`tishni ham bilmaydi, bamisoli Qurbonning tili bilan
aytganda “Qil ko`prik” ustida qolgan shaxs. Qurbon Oyparchaning dunyoqarashidagi ana shu
holatni yanada yaxshiroq anglaydi va uning to`g`ri yo`l topishiga yordam beradi.

Oyparcha to`g`ri so`zli, makkorlikni, aldamchilikni yoqtirmaydigan dadil va jasur qiz. U,

muayyan darajada Qurbon xarakterining yangi qirralarini ochishga yordam beradi.

Katta epik asarlar yaratish sohasida muayyan tajriba to`plagan Shukur Xolmirzayev 80-

yillarning ikkinchi yarmida yana zamonaviy mavzuda roman yaratishga kirishadi. Natijada uning
“Yo`lovchi” romani maydonga keladi. Muallif unda qayta qurish yillarining manzaralarini
gavdalantirishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan edi. Asarda yozuvchi asosiy qahramonini yo`lga
tushirib, sovxozdan sovxozga, qurilishdan qurilishga o`tkazadi. U atrofda sodir bo`layotgan
voqealarga qahramon ko`zi bilan qarab, ularni tushunishga, tahlil qilishga va baholashga intiladi.
Qahramon ko`zidan qishloqlardagi dahshatli mehnat ham, axloqiy tubanliklar ham, nopok
kishilaru ishbilarmon rahbarlar ham, hatto uzoq Kubadagi qiyinchiliklar ham qochib qutilmaydi.
Yozuvchi qahramonni yo`lga chiqarib, uni obyektdan-obyektga o`tkazaversa, safari hech qachon
tugamasligini payqab qoladi. Buning ustiga u kitobdagi ko`p voqealar juda sun`iy va mantiqsiz
chiqqanligini sezadi. Shuning uchun ham Sh.Xolmirzayev boshda ikki kitob sifatida o`ylangan bu
romanni davom ettirmaslikka qaror qiladi. “Yo`lovchi” romani shu tariqa yozuvchi ijodida bir
tajriba bo`lib qoladi.

Shunga o`xshash tajribani yoki izlanishni Sh.Xolmirzayevning keyingi yirik asari “Ola

bo`ji” deb atalgan “Romandan katta hikoya”sida ham ko`rish mumkin.

“Ola bo`ji” asarida 80-yillar oxiri va 90-yillarning boshlaridagi sharoit qamrab olingan.

Agar asar sovet davrining so`nggi yillari tasviri bilan boshlansa, O`zbekiston mustaqilligining
dastlabki kunlaridagi o`zgarishlar manzarasi bilan xotimalanadi. Asar markazida tarixchi maktab
o`qituvchisi Ulton obrazi turadi. Uni yozuvchi sotsialistik realizm talablariga mos keladigan ijobiy
qahramon sifatida ko`rsatishni maqsad qilib olgan. Asar oxirlariga borib esa muallif sotsialistik
realizm qoidalaridan chekinibroq Ultonni zaifliklar, kamchiliklar va qusurlar egasi sifatida ham
namoyon qilishga urinadi. Demak, davr shiddati asar metodiga ham o`z tamg`asini bosgan.

Asar boshida Ulton, asosan, go`zal fazilatlar sohibi sifatida namoyon bo`ladi. Chunonchi,

u juda bilimli, dono, tajribali va ilmiy ishga qiziqadigan, erkin fikrlaydigan, va`dasiga vafodor bir
yigit qiyofasida ko`rinadi. Bular Ultonning qishloqdagi hayoti va o`rta maktabdagi faoliyati tasviri
jarayonida yuzaga chiqariladi. Faqat o`qishni, ya`ni oliy o`quv yurtini bitirganiga ancha o`tgan
bo`lsa-da, Ulton hanuz uylanmagan. Buning sabablaridan biri shundaki, u Toshkentda qolgan
kursdoshi va sevgilisiga sadoqat saqlaydi. Qishloqda Ultonning uylanmaganligi haqidagi shov-
shuvlar ko`payib ketadi va raykom sekretari To`qliboy Qo`chqorov qulog`iga borib yetadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1260

Qo`chqorov xalq rahbari sifatida darhol bu yigitni uylantirib qo`yish rejasini tuzadi hamda Ultonni
o`z oldiga chaqiradi. O`sha yerda Ulton shu qishloqlik vrach qiz Bahor bilan yaqindan
tanishtiriladi. Shundan keyin Ulton Toshkentdagi sevgilisini juda tez va oson unutadi. Afsuski,
romandagi ko`plab epizodlar kabi bu voqea ham yaxshi dalillanmagan. Qanday bo`lmasin, zudlik
bilan Ulton bilan Bahorning to`ylari bo`ladi va unga To`qliboy Qo`chqorovning o`zi rahbarlik
qiladi. Bunday mehribonlikning sirlari, sabablari keyinroq ochiladi. So`ngra voqealar shiddatli
tezlik bilan davom etadi. Kutilmaganda uyiga qaytgan Ulton xotinini To`qliboy Qo`chqorov bilan
buzuqlik ustida tutib oladi. Lekin shuning o`zi bilan To`qliboy Qo`chqorov osongina taslim
bo`lmaydi. Aksincha, unga qadar Ultonning boshiga og`ir savdolar tushadi. U jinnixonaga
yuboriladi, qochganda esa, qaytadan tutilib, haqiqiy ruhiy kasalga aylantiriladi. Bu orada davrlar
o`zgaradi, To`qliboy Qo`chqorov amalidan tushadi va zamonga moslashish yo`llarini qidirib
qoladi. Ikki yoshning baxtiga zomin bo`lgani uchun To`qliboy Qo`chqorov ko`z o`ngimizda
yozuvchi tomonidan “Ola bo`ji” qiyofasida tasvirlanadi. Mana shunday qisqa syujet chizig`iga
asoslanganligi uchun bo`lsa kerak, muallif asarni “Romandan katta hikoya” deb atagan. Biroq,
asosiy voqealar oqimi davomida hayotning juda ko`p muammolari, dolzarb masalalari, mavzulari,
xalqning tili uchida turgan gaplar qalamga olinadi. Jumladan, asarda o`rta maktablarda bilim
berishning saviyasi pastligi, o`quvchilar va o`qituvchilarning savodsizligi, o`quv binolari
ta`mirlashga muhtojligi, qishloqdagi mehnat va hayotning og`irligi, xotin-qizlar ahvolining
nochorligi, cho`ponlar turmushining zahmatlari mavzuini ham, meditsina xizmatining
qoniqarsizligi, bolalar o`limining ko`pligi, tibbiy asbob-uskunalarning, dori-darmonlarning
yetishmasligi muammolarini ham qalamga oladi. Shuningdek, asarda tarixga va o`tmishga
ekskursiya qilinib, o`lkamizning ruslar tomonidan bosib olinishi, mustamlakachilikning mohiyati
va oqibatlari, turg`unlik va qayta qurish yillarining turli-tuman qirralari, illatlari, dahshatlari va
fojialari, hozirgi kunlarning afzalliklari haqida ham ko`plab fikr-mulohazalar, qarashlar, his-
tuyg`ular ham ifoda qilinadi. Bu fikr-mulohazalarning ko`pchiligi qahramonlar tilidan bayon
qilinsa-da, aksariyati muallifning o`z o`ylaridek tuyuladi. Go`yo yozuvchi o`zi ko`pdan beri o`ylab
yurgan g`oyalarini qahramonlari tiliga joylab qo`ygandek tuyuladi. Afsuski, ularning ko`pchiligi
oddiy bayon, ya`ni deklaratsiya bo`lib qolgan va asarning asosiy voqealariga, qahramonlarning
xatti-harakatlariga, romanning butun to`qimasiga yaxshi bog`lanib ketmagan. Asar kompozitsion
jihatdan nomukammal va tarqoq chiqqan. Shunga qaramay, filologiya fanlari doktori I.Mirzayev
o`zining “O`zbekiston adabiyoti va san`ati” gazetasida chiqqan taqrizida bu asarni butunicha
ijobiy baholagan. Aslida “Ola bo`ji” asari ham xuddi “Yo`lovchi” romani kabi yozuvchi
Sh.Xolmirzayev ijodida o`tkinchi bir voqea bo`lib qoladi, chunki u badiiy jihatdan juda zaif
chiqqan.

Shunga qaramay Shukur Xolmirzayev o`zbek nasri taraqqiyotiga sezilarli hissa qo`shgan

yozuvchi hisoblanadi. Uning ko`p jihatdan mukammal hikoyalari, “O`n sakkizga kirmagan kim
bor?” qissasi, “So`nggi bekat” va “Qil ko`prik” romanlari xuddi shundan guvohlik beruvchi asarlar
hisoblanadi.

So`nggi yillarda Shukur Xolmirzayev iste`dodining yana bir yangi qirrasi namoyon bo`la

boshladi, ya`ni u yaxshi dramaturg sifatida ijodning eng qiyin sohasida dastlabki qadamlarni qo`ya
boshladi.

Dramaturgiyaga qiziqish Shukur Xolmirzayev qalbida va ongida juda erta uyg`ongan.

Bunday qiziqish ilk bor Shukur Xolmirzayev Toshkent Davlat dorilfununi filologiya fakultetiga
o`qishga kirgan paytlarda namoyon bo`lgan. O`sha paytda, ya`ni 60-yillarning boshlarida
dorilfununda juda yaxshi drama to`garagi bor edi. Unga mashhur aktyor Shukur Burxonov
rahbarlik qilar edi. Shu to`garakka faol qatnashib, Shukur Xolmirzayev SHekspirning “Gamlet”
tragediyasida bosh rolni o`ynaydi. Uning o`zi eslashicha, o`shanda Shukur Burxonov
Xolmirzayevni teatr san`ati institutiga olib ketmoqchi bo`lgan. Lekin aktyor bo`lishdan ko`ra
dramaturg sifatida qalam tebratishni afzal bilgan Shukur Xolmirzayev dorilfunundagi o`qishni


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1261

davom ettirgan. Shunga qaramay, u dramatik asar yozishga birdaniga kirishmagan. Juda ko`p
hikoya, qissa va romanlar yozgandan keyingina Sh.Xolmirzayev san`atning eng qiyin sohasiga,
ya`ni adabiyotning gultoji hisoblanuvchi dramaturgiyaga qo`l urdi.

SH.Xolmirzayevning “Ziyofat” asari jiddiy drama yaratish yo`lidagi ilk izlanishi bo`lgan.

“Ziyofat” asar ma`naviy-axloqiy muammolar talqiniga bag`ishlangan dramadir. Shukur
Xolmirzayev bu dramasida ijtimoiy hayotdagi o`zgarishlar haqida fikr bildiradi. “Ziyofat” dramasi
xotin-qizlarimizning taqdiri to`g`risida haqqoniy bahs yurituvchi asardir.

Drama ikki pardadan iborat bo`lib, birinchi pardasida Xayrigul ismli bir ayol o`ziga o`t

qo`yib o`lganidan so`ng, sovxoz direktori Metin, qishloq soveti raisi Habiba, rayon militsioneri
Nurmat, gazeta muxbiri Qismat, mehmonxona xizmatchisi Omon va uning xotini Paxtagulning
bo`lib o`tgan noxush voqea xususida fikrlashuvlari haqida gap boradi. Birinchi parda shunday
xulosa bilan yakunlanadi. Go`yoki Xayrigul sevimli erining fojiali o`limiga dosh berolmay, o`z
joniga qasd qilgan...

Dramada Habiba, Nurmat, Qismat bir maktabda o`qigan sinfdoshlardir. Ular jamiyatdagi

eng kir, ma`naviy tubanlashgan shaxslardir. Paxtagul aytganidek, ular bir jamoa, kelishib ish
qiladilar. Har qanday ishni pul bilan o`lchaydigan razil kishilar qiyofasidir. Ular Paxtagul
aytganidek, mafiyadir.

Dramada hozirgi hayotimizda bo`layotgan hodisalar o`z ifodasini topgan. YA`ni tanish-

bilishchilik, mansab, amaldorlik kabi illatlarni ham adib fosh etadi.

Xayrigul o`ziga olov yoqadi. Demak, bu olov yoqishda biror sabab bo`ladi. Yaqin-

yaqinlargacha xotinlarga past nazar bilan qarash g`oyasi saqlanib keldi.

Tuban kimsalar Xayrigulning o`limi bilan bog`liqliklarini bosti-bosti qilib yuborish

uchun hech nimadan qaytmaydilar. Yosh ayol nima uchun bu kunga tushgan deb qattiq o`ylanib,
borib uyiga hol-ahvolini so`ramaydilar. Eshitganlariga asosan fikr yuritib, gazetaga maqola
yozadilar. Ularning axloqiy jihatdan tubanligi ham fosh etiladi.

Dramada Paxtagul obrazi katta mahorat bilan yaratilgan. Paxtagul jirkanch hayotdan

nafas olayotganidan qattiq iztirob chekadi. U adolat bormikin bu hayotda, - deb o`ylaydi va o`ziga
olov yoqadi. U bunday hayotda yashashni xohlamaydi. Demak, Paxtagul ma`naviy dunyosi pok
ayoldir.

Xotin-qizlarimiz orasida Paxtagulga, Xayrigulga o`xshab o`ziga olov yoqqanlar oz

bo`lsa-da bor-ku! Yaqin-yaqinlargacha bu bir an`anaga aylanib ketayozdi. Ammo hozir ancha
kamaygan... Demak, dramani tomosha qilib, biz xotin-qizlarimizning ijtimoiy hayotiga beparvo
bo`lmasligimiz kerakligini anglaymiz.

REFERENCES

1.

To`lqinlar. T., O`zadabiynashr. 1963.

2.

O`n sakkizga kirmagan kim bor... T,. “Yosh gvardiya”, 1965.

3.

Hayot abadiy. T., G`.G`ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti, 1974.

4.

So`nggi bekat. T., “Yosh gvardiya”, 1976.

5.

Yo`llar, yo`ldoshlar. T., “Yosh gvardiya”, 1984.

6.

Bodom qishda gulladi. T., G`.G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 1986.

7.

Qil ko`prik. T., G`.G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 1984.

8.

Og`ir tosh ko`chsa. T., “Yosh gvardiya”, 1980.


References

To`lqinlar. T., O`zadabiynashr. 1963.

O`n sakkizga kirmagan kim bor... T,. “Yosh gvardiya”, 1965.

Hayot abadiy. T., G`.G`ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti, 1974.

So`nggi bekat. T., “Yosh gvardiya”, 1976.

Yo`llar, yo`ldoshlar. T., “Yosh gvardiya”, 1984.

Bodom qishda gulladi. T., G`.G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 1986.

Qil ko`prik. T., G`.G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 1984.

Og`ir tosh ko`chsa. T., “Yosh gvardiya”, 1980.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов