THE IMAGE OF AMIR TEMUR IN URFON OTAJON'S STORY "HUMAYUN GABUL".

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Tursunpo’latova, G. (2023). THE IMAGE OF AMIR TEMUR IN URFON OTAJON’S STORY "HUMAYUN GABUL". Modern Science and Research, 2(5), 312–315. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20056
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article is dedicated to the Timurid dynasty with the story "Humayun Qabul" by Urfon Otajon, the great representative of Uzbek literature, and the events during the time of Amir Temur. entering the series of works, together with the fact that the writer has been creating effectively on the subject of historical figures, that he has written a number of works as a product of creativity, and in this story, through the image of Sahibqiran Amir Temur, the historical conditions during the Timurid period, the attitude towards the enlightened people at that time and it is important that issues such as the reflection of the truth related to the place of the story in Uzbek literature are analyzed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

312

URFON OTAJONNING “HUMOYUN QABUL” HIKOYASIDA

AMIR TEMUR OBRAZI

Guljahon Tursunpo’latova

Termiz davlat universiteti

Filologiya va tillarni o’qitish:

o’zbek tili 3-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7929255

Annotatsiya. Ushbu maqola o’zbek adabiyotining zabardast vakili Urfon Otajonning

“Humoyun qabul” hikoyasi bilan Amir Temur davridagi voqealarni to'g'ri hamda xolis yoritish
asnosida Temuriylar sulolasiga bag'ishlab yaratilgan asarlar orasida badiiy jihatdan ancha
baquvvat va tarix to’g’ri hamda haqqoniy asarlar sirasiga kirishi, shu bilan birgalikda, adibning
esa tarixiy shaxslar mavzusida samarali ijod qilib kelayotganligi, ijod mahsuli sifatida qator
asarlar yozganligi, bu hikoyada esa Sohibqiron Amir Temur timsoli orqali Temuriylar davridagi
tarixiy sharoit, o’sha davrda ma’rifat ahliga bo’lgan munosabat hamda hikoyaning o’zbek
adabiyotidagi o’rni bilan bog’liq haqiqatni aks ettirish kabi masalalar tahlilga tortilgani bilan
ahamiyatlidir.

Kalit so’zlar: tarixiy shaxs, o’zgacha uslubda, markazlashgan davlat, harbiy yurishlari, jang

san’ati usullari, Mahmud Shabustariy, Sohibqiron va boshqalar.

THE IMAGE OF AMIR TEMUR IN URFON OTAJON'S STORY

"HUMAYUN GABUL".

Abstract. This article is dedicated to the Timurid dynasty with the story "Humayun Qabul"

by Urfon Otajon, the great representative of Uzbek literature, and the events during the time of
Amir Temur. entering the series of works, together with the fact that the writer has been creating
effectively on the subject of historical figures, that he has written a number of works as a product
of creativity, and in this story, through the image of Sahibqiran Amir Temur, the historical
conditions during the Timurid period, the attitude towards the enlightened people at that time and
it is important that issues such as the reflection of the truth related to the place of the story in
Uzbek literature are analyzed.

Key words: historical figure, special style, centralized state, military campaigns, martial art

methods, Mahmud Shabustari, Sahibqiran, etc.

ОБРАЗ АМИРА ТЕМУРА В РАССКАЗЕ УРФОНА ОТАДЖОНА

«ХУМАЮН ГАБУЛ».

Аннотация. Данная статья посвящена династии Тимуридов с повестью великого

представителя узбекской литературы Урфона Отаджона «Хумаюн Кабул» и событиям
времен Амира Темура, вошедшим в цикл произведений, вместе с тем, что писатель
эффективно творил на тему исторических личностей, что он написал ряд произведений
как продукт творчества, и в этом рассказе, через образ Сахибкирана Амира Темура,
исторические условия в период Тимуридов, отношение к просвещенному людей того
времени и важно, что анализируются такие вопросы, как отражение правды, связанное с
местом повести в узбекской литературе.

Ключевые слова: историческая личность, особый стиль, централизованное

государство, военные походы, приемы боевого искусства, Махмуд Шабустари,
Сахибкиран и др.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

313


Badiiy asarda tarixiy shaxs siymosini gavdalantirish yozuvchidan o’ziga xos mas’uliyatni

talab qiladi. Asardagi tarixiy shaxsga aloqador ma’lumotlar to’g’ri bayon qilinishi uchun yozuvchi
tarixiy voqea-hodisalar hamda tarixiy shaxs hayoti haqida boxabar bo’lishi lozim. Bilamizki, Amir
Temur tarixda o’chmas iz qoldirgan buyuk sarkarda, Movarounnahr va Xuroson hukmdori bo’lishi
bilan birga boshqa davlatlarni ham zabt etgan. XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrda
Temuriylar davlatiga asos solib markazlashgan davlat barpo qiladi. Amir Temur haqidagi tarixiy
voqea-hodisalar, uning qat’iyatlilik va adolat bilan davlatni boshqarishi, harbiy yurishlar va jang
paytidagi o’ziga xos mohirona jasorati butun dunyoni lol qoldirgan.

O’zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri Urfon Otajonning “Humoyun qabul”

hikoyasida Amir Temur obrazi o’zgacha uslubda mahorat bilan aks ettirilgan desak mubolag’a
bo’lmaydi. Amir Temur haqidagi ko’pgina roman va hikoyalarni o’qir ekanmiz unda
sohibqironning harbiy yurishlari, jang san’ati usullari, qo’shin tarkibi va joylashuvi, qaysi
hukmdorlar bilan jang o’tkazganlari haqidagi voqealar rivojini ko’z oldimizdan o’tkazamiz. Ushbu
hikoyada esa Amir Temur naqadar xalqparvar, jonkuyar, yuksak salohiyatli hukmdor sifatida
gavdalanadi:

“Amir Temur shunday bir xushnud holda shahar sayriga chiqdi, ammo sal o’tmay ko’ngli

g’ash bo’ldi. Nochor, yupun kiyingan tilanchilar bilan to’la, anchagina iflos, ko’p uylari nurab
qolgan shahar Sohibqiron ko’nglida og’ir taassurot qoldirdi. Sa’diy she’riyati baxsh etgan
sururdan asar ham qolmadi.

Amir Temur tulporini qarorgoh tomon burdi: u Sa’diy turbatini ziyorat qilishni keyinga

qoldirgan edi. Qarorgohga qaytib kelgach, ulug’ Amir o’z huzuriga Hindu xazinachini chaqirtirib,
shaharning gavjum guzarlarida doshqozonlar qurdirib, shu bugundan e’tiboran har kuni och-
yalang’ochlarga ovqat tarqatishni, kiyimlik berishni buyurdi. Shundan keyin ko’ngli taskin topdi”.

Amir Temur Sa’diy Sheroziy she’riyatiga o’zgacha muhabbat qo’yadi. Uning otasi Amir

Tarag’ay ham shoir ruboiylarini ko’p o’qiganligi sababli, yosh Temur ham bolalikdan uning
ruboiylarini yod bilar edi. Sa’diy she’riyatidagi Sheroz tasvirlaridan bahramand bo’lgan Temur u
yerdagi ayrim holatlarni o’z ko’zi bilan ko’rar ekan, she’rlardagi sururdan ko’nglida asar ham
qolmaydi. Endigina kelgan shahridagi ochlik va yo’qsillikdan holi tang bo’lgan avomga qilgan
yaxshiliklari Amir Temurning naqadar odil, xalqparvar hukmdorligidan dalolat beradi. O’sha
davrda hukmdorlarning barchasi ilm-ma’rifatga oshno bo’libgina qolmay, o’z saroyida shoir-u
ulamolarni to’plab she’rxonliklar o’tkazishgan. Ushbu hikoyada Amir Temur obrazi naqadar
mahorat ila tasvirlangan. Uning she’riyatga qo’ygan muhabbatini o’z qarorgohida o’sha davrning
mashhur alloma shoirlarini tez-tez suhbatga taklif qilishidan hamda bolaligidan g’azallar-u
ruboiylar yod olganligidan anglash mumkin:

“Amir Temur varaqni tekislab, padari buzrukvori dastxati ila ko’chirilgan ushbu ruboiyni

o’qidi:

Na davlati dunyo ba sitam mearzad,
Na lazzati mastiyash alam mearzad.

Na haft hazorsola shodii jahon

In mehnati haftro’za g’am mearzad.

Bu Hofiz Sheroziyning ruboiysi edi. Ushbu ruboiyni Amir Tarag’ay ko’p o’qirdi. Temurbek

ham yoshligidan uni yod bilardi”.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

314

Asarda Amir Temur obrazini kuzatar ekanmiz, u faqatgina davlat boshqaruvi bilan cheklanib

qolmay, asarlar mutolaasi bilan ham band bo’ladi.

“Amir Temur Sa’diy Sheroziy devoni yonida turgan Mahmud Shabustariy qalamiga mansub

“Gulshani Roz”ni olib mutolaa qila boshladi…”

Mahmud Shabustariy XIV asrning so’fiy shoirlaridan biri bo’lgan hamda “Gulshani Roz”

uning asarlari ichidan eng mashhuri sanalgan. Bundan ko’rishimiz mumkinki, Amir Temur
tasavvuf adabiyotiga ham muhabbat qo’ygan. U davlat boshqaruvi ishlarida islom dini qonun-
qoidalariga tayangan, o’z saltanati binosini islom dini asosida barpo etgan hamda
mustahkamlagan. Uning Qur’oni Karim va Hadisi shariflarga munosabati juda yuqori bo’lgan. Din
vakillari va shayxlarga nisbatan hurmati cheksiz bo’lgan. Mamlakat ishlarida shariatga tayangan
holda qonun va farmoyishlar chiqargan. Temur o’z asari sanalmish “Temur tuzuklari”da shunday
yozadi: “Dilimning mashriqidan ko’tarilgan birinchi tuzuk shundan iborat bo’ldiki, islom dinini
yoyib, Muhammad, unga Tangrining marhamatlari va salomlari bo'lsin, shariatini quvvatladim.
Jahonning turli mamlakatlari, katta-kichik shaharlarida islom dinini va odamlarning eng xayrlisi
(hazrati Muhammad payg’ambar) ning to’g’ri yo’llarini tartib etdim. O’z saltanatimni shariat bilan
bezadim”.

Amir Temur diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagani hamda uning islom diniga yuksak

darajada e’tiqod qo’yganiga guvoh bo’lamiz. Bunga dalil sifatida hikoyadan olingan quyidagi
jumlalarda ham ko’rishimiz mumkin:

“1387 yil 20 dekabr. Sohibqiron Amir Temur juma namozidan Ruknobod kanoridagi

qarorgohiga qaytib kelib, amirlarning chodirlaridan nariroqqa tikilgan xirgohga kirdi”.

Yozuvchi hikoyada Sohibqironni baland bo’yli, xushqomat, chehrasidan nur yog’ilib

turadigan hukmdor sifatida tasvirlagan:

“Shu onda arzan yog’ochidan qilingan asoga tayangan, barvasta qaddi sal bukilgan, oppoq

soqolli nuroniy Shamsiddin Muhammad Hofiz argachaning muatttar isi kelib turgan xirgohga kirdi
va kuzatib kelgan Nosiriddin Umarga hassasini berdi. Amir Temur biror muddat shoirga tikilib
turdi-da, uning istiqboliga qarab yurdi. Hofiz ta’zimdan bosh ko’tardi. Qarshisida to’rt-besh qadam
narida baland bo’yli, xushqomat, chehrasidan nur yog’ilib turgan Amir Temur turardi”.

Bu o’rinlarda yozuvchi Amir Temurni naqadar oliyjanob, himmatli, saxovatpesha hukmdor

sifatida tasvirlaydi. Amir Temur Xofiz Sheroziyni suhbatga taklif qilish hamda uning xizmati
uchun ikki navkarini uning huzuriga yuboradi, u xirgohga kirib kelgach esa shoir istiqboliga tomon
yurib boradi. Amir Temur qanchalik qat’iyatli hukmdor bo’lmasin, Xofiz Sheroziy Amir Temur
haqida xayolidan o’tkazgan qahr, g’azab nuqtalarini asardagi Temur obrazida uchratmaymiz.
Asarda yozuvchi Amir Temurni kuchli tafakkur sohibi, dinga putur yetkazuvchi omillardan
yaxshigina xabardor, she’riyatning eng murakkab, nozik jihatlarigacha yaxshi o’zlashtirgan
hukmdor sifatida aks ettirgan:

“ – Tashakkur, Mavlono. Bir narsaga taajjubdaman, Sizday buyuk iste’dod sohibi nega dinga

putur yetkazuvchi baytlar yozursiz? Yoxud biz xato tushunadurmizmu? Misol bul bayt:

Xudoro, muxtasib, moro ba faryodi dafu nay baxsh,

Ki sozi shar az in afsona beqonun nahohad shud*.

*(Ma’nosi: Xudo haqqi, ey muxtasib, bizni dafu nay faryodiga qoldir, chunki shariat sozi

bu afsonadan qonunsiz bo’lib qolmaydi.)

Bu ixonat emasmu, mavlono?


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

315

Bale, fotehi amir, bul baytni men yozmishmen. Bunda “dafu nay faryodi” shariatga also

putur yetkaza olmaydi, deb aytmoqchi bo’lganmen.

Mavlono, mening nazarimda siz o’ylagan ma’no chiqmaganga o’xshaydur.

Oliyhazrat, bizday ojiz bandalarning gunohimiz ko’p, shuning uchun doimo Allohdan

mag’firat tilaymiz, - Hofiz yoshlangan ko’zini dastro’mol bilan artdi…”

Hofiz bu yerda o’z xatosini anglab yetadi hamda xayolida Amir Temurning naqadar zukko,

teran mushohadali ekanligiga qoyil qoladi. Amir Temur Hofizni Samarqand-u Buxoroga taklif
qiladi, u yerning go’zalliklarini ta’riflab, tinchgina ijod bilan mashg’ul bo’lishini, Temurning o’zi
tartib bergan bog’lar, gulzorlardan ilhom olishini aytadi. Hofiz keksaligini aytib taklifini qabul
qilolmagach, Temur ranjisa ham tabassumi bilan ranjiganini sezdirmaydi. Asarda Amir Temur
hamda Hofiz Sheroziy suhbati qanchalik nazokat bilan, mohirona tasvirlanganiga guvoh bo’lamiz.
Amir Temurdagi oliyjanoblikning yuqori cho’qqisi, Hofizga ko’rsatgan lutf-u karomati yaqqol
ko’zga tashlanadi. Hofiz o’zi kitobat qilgan Xusrav Dehlaviyning “Xamsa”sini Temurga tuhfa
qilganida juda ham mamnun bo’ladi. Amir Temur qaysi mamlakatni qo’lga kiritmasin, birinchi
navbatda u yerda imoratlar barpo etgan, bog’lar, gulzorlar bilan shaharni bezagan. Samarqandni
poytaxt qilar ekan, u yerni go’zal mamlakatga aylantiradi. Bundan tashqari qo’l ostidagi
mamlakatlar aholisi ahvolidan xabardor bo’lib, din peshvolari va avliyolarning mozori ustida
maqbaralar bunyod ettirgan. Uning bu harakatlarini hikoyadagi ko’pgina o’rinlardan ham
anglashimiz mumkin.

REFERENCES

1.

Amir Tеmur. «Tеmur tuzuklari» (forschadan Alixonto’ra Sog’uniy va Habibullo Karomatov
tarjimasi). - Toshkеnt: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991. – 144 b

2.

Abdusamatov H. Tarix va badiiy talqin. - Toshkеnt: Adabiyot va san'at, 1995. – 184 b.

3.

Kattabеkov A. Tarixiy haqiqat va badiiy talqin//Tafakkur. – Toshkеnt, 1996. - 1-son. - B.68-
72.

4.

Urfon Otajon. Humoyun qabul. // Dilkusho bog’lar. – Toshkеnt: Yangi asr avlodi, 2007. -
B.44-57.


References

Amir Tеmur. «Tеmur tuzuklari» (forschadan Alixonto’ra Sog’uniy va Habibullo Karomatov tarjimasi). - Toshkеnt: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991. – 144 b

Abdusamatov H. Tarix va badiiy talqin. - Toshkеnt: Adabiyot va san'at, 1995. – 184 b.

Kattabеkov A. Tarixiy haqiqat va badiiy talqin//Tafakkur. – Toshkеnt, 1996. - 1-son. - B.68-72.

Urfon Otajon. Humoyun qabul. // Dilkusho bog’lar. – Toshkеnt: Yangi asr avlodi, 2007. - B.44-57.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов