THE ISSUE OF ERA AND SOCIAL ENVIRONMENT IN MODERNIST LITERATURE

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Tursunpo’latova, G. (2023). THE ISSUE OF ERA AND SOCIAL ENVIRONMENT IN MODERNIST LITERATURE. Modern Science and Research, 2(6), 1262–1267. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21665
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the period and social environment in the Jadidism literature, the content and essence of the Jadidism movement and its role in improving the people's spirituality, as well as the activities, scientific and educational views and fate of the representatives of the Jadidism movement. Reasonable opinions and comments are used throughout the article.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1262

JADIDCHILIK ADABIYOTIDA DAVR VA IJTIMOIY MUHIT MASALASI

Tursunpo’latova Guljahon

Termiz davlat universiteti, Òzbek filologiyasi fakulteti

3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8081735

Annotatsiya.

Mazkur maqolada jadidchilik adabiyotida davr va ijtimoiy muhit masalasi,

jadidchilik harakatining mazmuni, mohiyati va uning xalq ma'naviyatini oshirishdagi roli,
shuningdek jadidchilik oqimi namoyandalarining faoliyati, ilmiy-ma'rifiy qarashlari va taqdiri
haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalardan foydalanilgan.

Kalit so’zlar:

jadidchilik adabiyotida davr va ijtimoiy muhit, jadidchilik oqimi

namoyandalarining faoliyati, jadidchilik harakatining mazmuni.

THE ISSUE OF ERA AND SOCIAL ENVIRONMENT IN MODERNIST LITERATURE

Abstract.

This article talks about the period and social environment in the Jadidism

literature, the content and essence of the Jadidism movement and its role in improving the people's
spirituality, as well as the activities, scientific and educational views and fate of the representatives
of the Jadidism movement. Reasonable opinions and comments are used throughout the article.

Key words:

era and social environment in Jadidism literature, activities of representatives

of Jadidism movement, content of Jadidism movement.

ПРОБЛЕМА ЭПОХИ И СОЦИАЛЬНОЙ СРЕДЫ В МОДЕРНИСТСКОЙ

ЛИТЕРАТУРЕ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются период и социальная среда в

литературе джадидизма, содержание и сущность джадидистского движения и его роль
в повышении духовности народа, а также деятельность, научно-просветительские
взгляды и судьбы представителей джадидизма. Джадидское движение. На протяжении
всей статьи используются обоснованные мнения и комментарии.

Ключевые слова:

период и социальная среда в джадидистской литературе,

деятельность представителей джадидистского движения, содержание джадидистского
движения.

Avvalo, shuni ta'kidlash joizki, ma'rifatparvarlik mafkurasi, bir tomondan, kapitalistik

munosabatlarning O'rta Osiyoga kirib kelishi natijasida yuz bera boshlagan ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy o'zgarishlarni o'zida aks ettirsa, ikkinchi tomondan, uni rivojlantirdi, ma'naviy
mazmunini boyitib bordi.

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda chor mustamlakachiligining ildiz otishi

natijasida Markaziy Osiyoning ko'p joylarida jadidchilik harakati yuzaga keldi.

Bu harakat mavjud jamiyatning ijtimoiy-madaniy asoslarini qayta qurishga qaratilganligi

sababli eski tuzum tarafdorlarining kuchli qarshiligiga duch keldi.

Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy islohotlar yo'li bilan xalq va jamiyat hayotini yaxshilashga,

madaniy yuksaklikka olib chiqishga qaratilgan dasturlarni bajarishga kirishildi. Jadidchilik
jamiyatni to'ntarish yo'li bilan emas, islo-hotlar yo'li bilan rivojlantirishni o'zining asosiy vazifasi
deb belgiladi.

Jadidlar Turkiston hududida uzoq davr mobaynida yuz bergan ijtimoiy-madaniy inqirozga

barham berishga harakat qilganlar. Shu maqsadda san'at, din, matbuot, maorif, adabiyot sohalarida


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1263

islohot o'tkazish g'oyalarini ilgari surganlar. Ular axloq-odob, e'tiqod, adliya, sog'liqni saqlash
muammolarini qayta ko'rib chiqish, ijtimoiy-ma'naviy hayotning barcha sohalarini
shakllantirishni maqsad qilib olgan edilar. Istilo qilingandan so'ng ta'lim-tarbiya sohasidagi
tanazzul yanada chuqurlashdi. Endilikda Turkistondagi maktab va madrasalar maxsus yollangan
ba'zi bir ayg'oqchilar tomonidan taftish qilinib, ularning faoliyati noto'g'ri talqin etilar, ta'hm
maskanlarida turli bid'atlar rasm qihnardi. Vaqf mulklarini qisqartirish yo'li bilan bir qancha
madrasalar yopib qo'yildi. Umuman, chor hukumati ma'muriyati o'lkadagi eski maktab va
madrasalarga nisbatan turli xil kurash usullarini qo'llay boshladi. 1890-yildan boshlab idoraviy
yo'l bilan nazorat qilib turish uchun maxsus inspektor (muboshir) lavozimi joriy etildi. 1896-
yildan boshlab maktab va madrasalar shahar va uyezd hokimlari orqali nazorat qilinadigan bo'ldi.

Ta'kidlanganidek, bu davrda Turkiston maktab va madrasalaridagi tarbiyaviy ishlarni

general gubernatorlik boshqarardi. Mustamlakachilar 1875-yildan boshlab eski usuldagi
musulmon maktablari qatorida awal o'z bolalarini o'qitish uchun Turkiston o'lka-sida ibtidoiy va
o'rta maktablarni joriy qilishga kirishdilar.

Toshkentning ilg'or kishilari o'lkada tub o'zgarish qihshning bosh yo'li maorifni isloh

qilish, deb bildilar. Shu boisdan ular maktablar ocha boshladilar, unda dunyoviy ilmlar va ras tili
o'rgatila boshlandi. 1884-yil 19-dekabrda o'z qarashlari bilan tanilgan Toshkent savdogari
Saidazim-boyning uyida mahalliy xalq vakillari uchun rus-tuzem maktabi ochildi. Oradan bir
yarim yil o'tgach, rus-tuzem maktablari rasmiy tarzda ma'qullandi va 1886-yili yana shunday 14
ta maktab ochildi.

Har bir rus-tuzem maktabiga «Faxriy mutavalli» tayinlangan bo'lib, u maktab joylashgan

shahar va qishloqda yashaydigan boylardan bo'lar edi.

1891-yilning 1-yanvariga kelib, rus-tuzem maktablarining soni 89 taga yetadi. Rus-tuzem

maktablaridagi o'qish 4 yil edi. O'quvchilar ras tili, matematika, kasb, ras qonunlari va shariatni
o'rganardi.

Biroq chor Rossiyasining o'lkada rus-tuzem maktablari ochib, ras-tilini o'rgatishga bo'lgan

sa'y-harakatlari orama-viylik kasb etmadi. 1917-yilning may oyida o'z davrining mashhur
pedagogi F. Yegorov Turkiston maorifming ahvoli to'g'risida shunday xulosaga kelgan edi:

1.

Rus-tuzem maktablari tashkil etilishidan ko'zlangan maqsadga erisha olmadi. Normal

aqliy rivojlanishni bera olmadi, ras tilini to'g'ri o'rgata olmadi, musulmon diniy ta'hmoti asoslarini
ongli tushunishga xalaqit qila olmadi.

2.

Boshqa nohukumat maktablarning mavjudligi tuzem-chilarning keng ta'lim olishiga

to'sqinlik qildi.

Shu boisdan 1917-yil 9-14-mayda Toshkent shahrida bo'lib o'tgan O'lka o'qituvchilarining

1-qurultoyi kun tartibiga Turkiston o'lkasi aholisi uchun muhim bo'lgan rus-tuzem maktablarini
tahlil etish to'g'risida masala kiritildi. Qurultoyning raisi qilib saylangan Munawarqori Abdura-
shidxonov anjumanda Turkiston maktab ishlarini isloh qilish to'g'risida ma'ruza qildi.

Qizg'in bahslardan so'ng Turkistonda milliy maktab qurish uchun qaror qabul qilindi.
Ushbu qarorda o'sha davrgacha mavjud bo'lgan rus-tuzem bilim yurtlari milliy

maktablarga almashtirilishi zarar; quyi, o'rta va oliy ta'limga bo'linadigan maktablarda o'qish ona
tilida olib borilishi kerak; boshlang'ich ta'lim umumiy, majburiy, bepul va 6 yoshdan bo'lishi, shu
bilan birga, maktab uchun mablag' davlat xazinasidan, mahalliy idoralar va shahar
boshqarmalaridan ajratilishi lozim, deyilgan edi. Bu maktablarga raslashtirish vositasi deb


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1264

qaralardi. Ularga qarama-qarshi «yangi usul maktablari» tuzish dasturi olg'a surildi. Bu
maktablarda, asosan, turkiy til va ilohiyot o'rgatiladi.

Jadidlar harakati tarixning porloq sahifalaridan biri bo'lgan. Agar jadidlar faoliyatiga nazar

solsak, ular naqa-dar vatanparvar, fidoyi, o'z g'oyalarini himoya qilish yo'lida hatto o'z hayotini
qurbon qilishga ham tayyor mard insonlar ekanligini ko'ramiz. Ular millatni ilm-ma'rifatli qilish
yo'lida tolmas kurashchi bo'lganlar. Bu yo'l yangi yo'l bo'lib, milliy ta'limni yuksak cho'qqilarga
olib chi-qishga qaratilgan edi. Jadidlarning ijtimoiy tarbiya ishlarida alohida oqim bo'lib
shakllanishi qanday yuz berdi? Jadidlar harakati ijtimoiy tarbiya ishlarida alohida oqim sifatida
XX asr boshlarida Qrim, Kavkaz va Markaziy Osiyoda shakllandi. Jadidlar o'z siyosiy dasturini
taniqli qrim-tatar siyosiy arbobi Ismoilbek G'aspirali (Gasprinskiy) (1851-1914) dan oldilar.

Ismoilbek yuqori aslzodalar oilasidan chiqadi. Qrimda musulmon diniy maktabida,

Moskva kadetlar korpusida harbiy ta'lim oladi. Turkiya va Fransiya (2 yil yashagan) bo'ylab
sayohat qiladi. Qrim yarim orolida yashagan ahohning 25 foizini tashkil qilgan qrim-tatarlari
orasida turkiy til saqlanib qolishini yoqlagan. 20 yil «Tarjimon» jurnahni nashr etadi. Unda
maktab va madrasalarda diniy bilimlarini, arab, fors, rus tillarini o'rgatish bilan birga tibbiyot,
kimyo, nabotot, nujum, handasa (jami 17 fan) ni ham o'rgatishni targ'ib qiladi. Jadidlar dasturi
maktabni isloh qilishga qaratilgan edi. 1892-yilda Ismoilbek G'aspirali musulmon maktablarini
isloh qilish loyihasini Turkiston general gubernatori Rozenbaxga yuboradi va rad javobini oladi.
1893-yili Buxoro amiri Abdulahadga yangi usul maktablarini tuzishni taklif qiladi. So'ng u Qozon
tatar-laridan foydalandi. Ismoilbek G'aspiralining harakatlari nati-jasida keyinchalik Buxoro amiri
unga birinchi jadid makta-bini ochishga raxsat berdi. Ikkinchi jadid maktabini 1898-yilda
Qo'qonda Salohiddin ochdi. 1920-yili Turkistonning turli joylarida 50 ga yaqin shunday maktab
tuzildi. Toshkentda 20 ta, Qo'qonda 16 ta ana shunday jadid maktablari ochildi.

Jadidlar 1908-yilda Buxoroda ro'znomalar nashr ettirdilar, yangi usul maktabi («Maktabi

usuli jadid») tashkil qildilar, bu maktablarda din asoslari bilan birga hisob, geografiya,
tabiatshunoslik va boshqa dunyoviy fanlar o'qitilar edi. Biroq har qanday islohiy harakatlarga tish-
tirnoqlari bilan qarshi turgan jaholatparastlar ig'vosi bilan amirlik saltanati yangi uslub
maktablarini yopadi. Shundan so'ng 1909-yil 18-iyunda Buxoro jadidlari «Bolalar tarbiyasi»
nomidagi yashirin jamiyat tuzdilar. Bu maxfiy jamiyat kambag'al-yo'qsillar uchun maktablar
ochdi, ularni bepul o'qitdi, omnia orasida gazeta, jurnal va kitoblar tarqatdi. Shu harakatlari bilan
mehnatkash xalq fikrini uyg'otishda katta hissa qo'shdi. «Bolalar tarbiyasi» jamiyatidagi
ma'rifatparvar jadidlar tashabbusi bilan 1912-yilda gazetalar nashr etildi.

Jadid maktablarini bitirgan o'nlab yoshlar ana shu jamiyat orqali musulmon Sharqining

Istambul, Anqara, Qohira, Makka shaharlariga o'qishga yuborildi.

Jadidchihk harakatining uchinchi bosqichi 1917-yildan boshlab 30-yillargacha davom etdi.

Bu davrda jadidlar ahvoli yanada murakkablashdi. Tarixiy manbalardan shu narsa ma'lumki,
jadidlar yangi maktablar ochish, til va adabiyotni isloh qilish, matbuot erkinligi, teatrlar tashkil
qilish uchun kurash olib bordilar. Afsuski, jamiyat hayotining barcha sohalarini siyosatlashtirish,
subyektivizmga haddan tashqari berihsh natijasida jadidchilikka panturkizm, panislomizm va
millatchihk tamg'asi bosildi. Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Usmon Nosir singari o'nlab millat gullari
millatsevarligi uchun qatag'on qilindi. Salkam bir yarim asrlik mustamlaka va mustabidlik davrida
Vatanimiz tarixi soxtalashtirildi. Xalqimizni o'z tarixiy xotirasidan judo qilish uchun katta kurash
ketdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1265

Ammo jadidlar chor hukumati davrida ham, bolsheviklar davrida ham ro'shnolik

ko'rmadilar. Ularga millatchi, jamiyatga yot unsurlar tamg'asini bosishdi. Aslida ular har qanday
etnik inson jamoasining tabiiy ehtiyoji bo'lgan, milliy mustaqillik tarafdorlari, milliy qahramonlar
bo'lib, tazyiqdan qutulishning bosh yo'li xalqni o'qitib, bilimli, ma'naviyatli qilishdan iborat, deb
qaragan edilar.

XX asr o'zbek adabiyotining mashhur namoyandasi, Turkiston jadidchilik harakatining

g'oyaviy rahbarlaridan bo'lgan A. Fitrat 1884-yilda Buxoroda savdogar oilasida tug'ilgan. Otasi
Abdurahimboy o'qimishli, dunyoning baland-pastini biladigan kishi bo'lgan. Abdurauf eski
maktabda, so'ng Mirarab madrasasida tahsil ko'rdi. «Mij-mar» taxallusi bilan she'rlar yozdi. 1909-
1913-yillarda Istambul dorilfununida o'qidi. «Munozara» (1909), «Say-ha» nomh kitoblarini chop
qildirdi. «Sayha» to'plamidagi she'rlarida Buxoro mustaqilligi g'oyasini birinchi marta juda yorqin
ifodalab berdi.

Fitrat Buxoro inqilobining g'oyaviy-tashkiliy rahbarlaridan, keyin esa Buxoro xalq

jumhuriyatining muassislaridan biri, siyosiy arbob sifatida ham shuhrat topdi.

Fitrat bu davrda yaratgan ko'plab asarlari bilan yangi o'zbek fani va madaniyatining bir

qator yo'nalishlariga yo'l ochdi, xususan, O'rta Osiyo xalqlarining boy va qadim madaniy merosini
har tomonlama izchil va chuqur o'rganishni boshlab berdi, o'zbek - tojik adabiy-madaniy
yodgorliklarining mushtarak jihatlariga diqqatini qaratdi. Sovet hukumati tomonidan panturkist,
millatchi, josus sifatida ayblanib, 1937-yilda qamoqqa olindi va 1938-yilda qatl etildi. Abdulla
Avloniyning ma'rifatchilik faoliyati qanday bo'lgan?

Abdulla Avloniy 1878-yilning 12-iyulida Toshkentda Mergancha mahallasida to'quvchi

oilasida tug'ildi. Otasi Miravlon aka asli qo'qonlik edi. Yosh Abdulla eski maktabda savod
chiqardi, bir muddat Shayxontohurdagi Abdumalikboy madrasasiga qatnadi. 90-yillardan she'r
yozishga tutindi. 1904-yilda Mirobodda jadid maktabi ochib, dars berdi. 1909-1917-yillarda
«Birinchi muallim», olti qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she'rlar», «Turkiy Guliston
yoxud axloq» kabi darsliklar yozdi. Ayniqsa, so'nggi asari bolalarda milliy ong va axloqni
shakllantirishda bugungi kun uchun ham g'oyat ahamiyatlidir. Avloniy «Hijron» taxallusi bilan
yozgan o'nlab she'rlari an'anaviy she'riyatimizning yangilanishida katta xizmat qildi.

Avloniy 1909-yilda turli xayriya jamiyatlari, shirkatlar tashkil etib, o'lkaning ijtimoiy-

siyosiy hayotida faol qat-nashib keldi. 1917-1918-yillarda Turkiston hayotida yuz bergan
o'zgarishlarda ishtirok etdi, sovet hokimiyatining xalqni fojialar girdobiga tortayotganini anglab
yetdi va buni ayrim she'rlarida ifodaladi. 1919-1920-yillarda RSFSR ning Hirotdagi muxtor
elchisi bo'lib turdi. Adib o'z safar taassurotlari - «Afg'on sayohati»da qizil saltanatdagi ish
tizimining chor istilochilik siyosatidan zarracha qolishmas-ligini oshkora aytdi. 20-yillarda
O'zbekiston oliy ta'limini yo'lga qo'yishda qatnashdi. O'rta Osiyo Davlat universitetida til-adabiyot
kafedrasi mudiri (1930), professor bo'lib ishladi. Ayni paytda maktablar uchun darsliklar tuzishni
davom ettirdi. 1933-yilda VII sinf uchun «Vatan xrestomatiyasi»ni tuzdi. 1934-yil 25-avgustda
vafot etdi. Abdulhamid Cho'lponning ma'rifatparvarlik g'oyalari nimalardan iborat edi?

Abdulhamid Cho'lpon. Cho'lpon - tong yulduzi ma'nosini bildiradi. Bu Abdulhamid

Sulaymon o'g'lining adabiy taxallusidir. Cho'lpon 1897-yilda Andijonda tug'ildi. Maktab -
madrasa,

so'ng

rus-tuzem

maktabida

o'qidi.

1914-yildan

«Andijon», «Qalandar»,

«Mirzaqalandar», «Cho'lpon» taxalluslari bilan vaqtli matbuotda maqola va hikoyalari chiqa
boshladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1266

1917-yildan davrning shiddatli voqealari Cho'lponni o'z bag'riga oladi. Fitrat «Hurriyat»

gazetasi bilan aloqa bog'laydi. Zakiy Validly bilan Boshqirdistonda, 1920-yilda Buxoro
jumhuriyat matbuot organlarida ishlaydi. So'ngra O'zbekiston Xalq Komissarlari Soveti
tomonidan Moskva-ga yuboriladi va tarjimon bo'lib faoliyat ko'rsatadi. Shu yillari «Uyg'onish»
(1922), «Buloq» (1924), «Tong sirlari» nomi bilan she'riy kitoblari bosildi. «Xalil farang»,
«Cho'lpon sevgisi», «Cho'rining isyoni», «Mushtumzo'r», «O'rtoq Qarshiboyev», «Hujum»,
«Yorqinoy» (1926) kabi dramalari ketma-ket sahnaga qo'yildi, ayrimlari bosilib chiqdi. Navoiy,
Fuzuliy, Tagor, Furqat, H. Jovid haqida maqolalari eTon qilindi.

1927-yildan matbuotda Cho'lponga qarshi hujum bosh-landi. O'sha yili oktabrda bo'lib

o'tgan O'zbekiston madani-yat xodimlarining 2-qurultoyida Cho'lpon majlisdan haydab chiqarildi.
Keying! o'n yil xorliklar, zorliklar, tahqir-u iztiroblar bilan kechdi. U og'ir vaziyatda «Soz»
to'plamini nashr ettirib (1935), zamonasozlik qilishga majbur bo'ldi, oldingi fikrlaridan qaytganini
e'lon qildi. Shunday tang-u tor sharoitda «Kecha va kunduz» romanini yozib, chop ettirdi (1936),
Shekspirning «Hamlet», K. Gotsining «Ma-likai Turandot», Pushkin, Gorkiyning asarlarini
o'zbekchaga katta mahorat bilan tarjima qildi.

Cho'lpon adabiyotning juda ko'p tur va janrlarida ijod etgan bo'lsa-da, ko'proq shoir

sifatida shuhrat topdi. U XX asr o'zbek adabiyotining zabardast vakilidir. Uning 20- yillarda
to'plamlarda bosilib chiqqan va bugun ma'lum bo'lgan she'rlari u qadar ko'p emas. Lekin ular
o'zbek ziyolilariga chaqmoqdek ta'sir qilgan va butun adabiyotni o'z izmiga olgan edi. Cho'lpon
1937-yilda qamoqqa olinib, 1938-yilda qatl etildi. Abdulla Qodiriy ijodida ilm-ma'rifatni tashviq
qilish qanday o'rin tutgan?

Abdulla Qodiriy. U o'zbek adabiyotining ulkan namoyandalaridan biri, o'zbek

romanchiligining asoschisidir. U 1894-yilda Toshkentda tug'ildi. Eski usul maktabida, ras-tuzem
maktabida, so'ng Abulqosim madrasasida o'qidi. 1910-yillarning o'rtalaridan «Julqunboy»,
«Dumbulboy», «Jiyan», «Ovsar», «Shilg'ay», «Shakkok» kabi taxalluslar bilan vaqtli matbuotda
she'r va hikoyalari chiqa boshlagan. «Millatimga», «Ahvolimiz» she'rlari, «Juvonboz» hikoyasi,
«Baxtsiz kuyov» dramasini yozdi. Uning oktabr o'zgarishlaridan keying! faoliyati, asosan,
matbuot bilan bog'langan: «Oziq ishlari», «Rosta», «Ishtirokiyun», «Qizil bayroq» gazetalarida;
«Inqilob», «Kommunist yo'ldoshi» jurnalida ishlagan, «Mushtum» jurnali (1923) ning
asoschilaridandir. 1919-1925-yillarda matbuotda «Matbuot kuni», «G'irvonlik Mallavoy», «Ravot
qashqirlari», «Bizda teatr ishining borishi» kabi yuzlab maqola va hikoyalar e'lon qildi. Abdulla
Qodiriyni yozuvchi sifatida elga tanitgan ilk asarlari «Kalvak mahzumning xotira daftaridan»,
«Toshpo'lat tajang nima deydi» hajviy qissalaridir. Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining ilk
qadamlaridanoq millatining taqdiri ustida qayg'urdi, uning uchun najot yo'lini izladi. Awaliga u
yangi hukumatga ishondi, biroq mustamlaka siyosati mohiyat e'tibori bilan o'zgarmay
qolayotganini, sho'rlik xalq bu qonli siyosatning qurboni bo'layotganini ko'rdi. Ayniqsa, Qo'qon
muxtoriyatining qonga botirilishi uni larzaga soldi. Qodiriy «O'tkan kunlar» romanini yozdi, xalq
ongini uyg'otmoqchi bo'ldi, «tariximizning eng kirlik qora kunlari», yurtni mustamlaka balosiga
giriftor etgan keying! «xon zamonlari» - XIX asr o'rtalaridagi tarixiy haqiqatni badiiy chizib berdi.
Ikkinchi yirik asari «Mehrobdan cha-yon» 1928-yilda yozilgan. 1934-yilda qishloq hayotidan
«Obid ketmon» qissasini yozdi. Unda kollektivlashtirish harakatining bir qancha tomonlarini
haqqoniy ko'rsatdi. Ichki ziddiyatlarni ochib berdi, ehtimol tutilgan xatarli oqi-batlardan
ogohlantirdi, kolxoz tuzumi pirovardida odamlar-dagi tashabbusni, manfaatdorlik tuyg'usini


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1267

so'ndirishini aytdi. Bu asar ham sho'ro mafkurachilari kutgan asar bo'lib chiq-madi. Matbuotda
Qodiriyga yana hujum boshlandi. 1937-yil hibsga olindi. To'qqiz oylik qiynoqdan so'ng 1938-yil
qatl etildi.

Xulosa o'rnida shu narsani ta'kidlash joizki, Turkiston zaminida vujudga kelgan milliy

uyg'onish vakillari, ya'ni jadidlarning ko'pchiligi maorif sohasida islohotlar o'tkazish, yangi usul
maktablari tashkil etish, turkistonliklar uchun qisqa muddatda rivojlangan, madaniyatli va farovon
turmushni barpo etishga harakat qildilar. Ularning ezgu amallari, ilg'or g'oyalari avlodlar
tomonidan davom etti-rihb, ularni taxminan 130 yildan keyingina amalga oshirish imkoniyati
paydo bo'ldi.

Xullas, ma'rifatparvarlik va jadidchilik harakati Turon-zamin xalqlari ozodligi va

mustaqilligi, milliy ravnaqi yo'lida muayyan bosqich bo'lib, xalqimiz ma'naviyati va madaniyati
tarixidan alohida o'rin oladi.

REFERENCES

1.

Qur'oni Karim (Abdulazim Mansur tarjimasi). -Т.: «Cho'lpon», 1992.

2.

Imom Buxoriy. Hadis (Jome' as-sahih). -Т.: Qomuslar Bosh tahririyati. 1991-1997.

3.

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Т.: «O'zbekiston», 2007.

4.

Karimov I. Istiqlol va ma'naviyat. -Т.: «O'zbekiston», 1994.

5.

Karimov I. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. 1-jild. -Т.: «O'zbekiston», 1996.

6.

Karimov I. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. -Т.: «O'zbekiston», 1996.

7.

Karimov I. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. -Т.: «O'zbekiston», 1996.

8.

Karimov I. Yuksak malakali mutaxassislar - taraqqiyot omili. 4-jild. -Т.: «O'zbekiston»,
1996.

9.

Karimov I. Yuksak ma'naviyatsiz kelajak yo'q. 5-jild. -Т.: «O'zbekiston», 1997.

References

Qur'oni Karim (Abdulazim Mansur tarjimasi). -Т.: «Cho'lpon», 1992.

Imom Buxoriy. Hadis (Jome' as-sahih). -Т.: Qomuslar Bosh tahririyati. 1991-1997.

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Т.: «O'zbekiston», 2007.

Karimov I. Istiqlol va ma'naviyat. -Т.: «O'zbekiston», 1994.

Karimov I. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. 1-jild. -Т.: «O'zbekiston», 1996.

Karimov I. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. -Т.: «O'zbekiston», 1996.

Karimov I. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. -Т.: «O'zbekiston», 1996.

Karimov I. Yuksak malakali mutaxassislar - taraqqiyot omili. 4-jild. -Т.: «O'zbekiston», 1996.

Karimov I. Yuksak ma'naviyatsiz kelajak yo'q. 5-jild. -Т.: «O'zbekiston», 1997.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов