PROBLEMS OF UNEMPLOYMENT IN THE AGE OF DEVELOPMENT

HAC
Google Scholar
To share
Gʻofurov, O. . (2023). PROBLEMS OF UNEMPLOYMENT IN THE AGE OF DEVELOPMENT. Modern Science and Research, 2(9), 48–52. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/23896
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the fact that the need for human labor is decreasing in our time when science and technology are developing, and this is causing problems of unemployment in the world.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

48

TARAQQIYOT ASRIDA ISHSIZLIK MUAMMOLARI

Otabek Gʻofurov

Oʻzbekiston Milliy universiteti

Sotsiologiya yoʻnalishi talabasi,

E-mail:

otabekgofurov891@gmail.com

tel: 94 947 97 99

https://doi.org/10.5281/zenodo.8339693

Annotatsiya.

Ushbu maqolada fan, texnika rivojlanib borayotgan davrimizda inson

mehnat kuchiga ehtiyoj kamayib borayotgani va bu jahonda ishsizlik muammolarini keltirib
chiqarayotgani hususida so’z boradi.

Kalit soʻzlar:

Samaradorlik, iqtisodiyot,tizim, taraqqiyot, inson, jamiyat, ijtimoiy, ishsizlik,

layoqat, ishchi kuchi, kambagʻallik, mehnat resurslari, sanoat, bandlik, kasb, sarmoya, mulkchilik,
mehnat bozori.

PROBLEMS OF UNEMPLOYMENT IN THE AGE OF DEVELOPMENT

Abstract.

This article talks about the fact that the need for human labor is decreasing in

our time when science and technology are developing, and this is causing problems of
unemployment in the world.

Keywords:

Productivity, system, economy, development, human, society, social,

unemployment, ability, workforce, poverty, labor resources, industry, employment, occupation,
investment, ownership, labor market.

ПРОБЛЕМЫ БЕЗРАБОТИЦЫ В ЭПОХУ РАЗВИТИЯ

Аннотация.

В данной статье говорится о том, что потребность в человеческом

труде снижается в наше время, когда развивается наука и техника, и это вызывает
проблемы безработицы в мире.

Ключевые слова:

Производительность, экономика, система, маразвитие, человек,

общество, социальное, безработица, способность, рабочая сила, бедность, трудовые
ресурсы, промышленность, занятость, занятие, инвестиции, собственность, рынок
труда.

Kirish.

Hozirgi rivojlanib borayotgan davrda yashayotgan ekanmiz,inson jismoniy

kuchiga emas,inson tafakkuriga suyanib qoladigan jamiyat barpo etilayotgandek go’yo. Bu bir
tarafdan jamiyat uchun samarali va har taraflama insonni qiladigan vazifasini tez va oson
bajarishiga olib keladi, ammo,bir tomondan dunyoda ishsizlik muammolarini keltirib
chiqaradi.Hozirgi vaqt mobaynida oʻtish davri iqtisodiyotining oldida turgan dolzarb
muammolardan biri – mehnat bozorini samarali shakllantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun,
hammadan avval ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining obyektiv qonunlaridan savodli
foydalanish zarur. Ma’lumki, taraqqiyot sohibi boʻlib xizmat qilgan inson jamiyatning asosiy
ishlab chiqarish kuchi hisoblanadi. Faqat inson ehtiyojini juda muhim deb bilgan va uning samarali
takror ishlab chiqarilishini ta’minlagan jamiyatgina eng yuqori taraqqiyotga erishadi. Jamiyatning
boshqa barcha vositalari: mulkchilik shakllari, ishlab chiqarish va ilmiy salohiyat, moliya, narxlar
ushbu asosiy maqsadga boʻysunishi kerak. Bu degani, bugungi bozorga qarab, iqtisodiy tizim
harakatini toʻg‘ri moʻljalga olish, oʻtish davrini tezlatish yoxud sekinlashtirishdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

49

Mehnat bozori – bozorning boshqa barcha tizimchalari bilan uzviy bog‘langan. Bozor

iqtisodiyoti sharoitida bandlik va ishsizlik muammolari muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Bandlik o’z navbatida o’z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq, qonun
hujjatlariga zid kelmaydigan, ularga mehnat daromadi keltiradigan faoliyatidir. Unumli va ijtimoiy
mehnat qilishga bo’lgan o’z qobiliyatlarini tasarruf etish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan
har qanday faoliyat, shu jumladan haq to’lanadigan ishni bajarishga aloqasi bo’lmagan faoliyat
bilan shug’ullanish mutloq huquqi fuqarolarga tegishli hisoblanadi. Darhaqiqat, talabga ega
boʻlish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega
boʻlishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u oʻz iste’mol
sifatlarini yo’qotmasligi uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat o’zini qayta ishlab
chiqarish, balki mehnat resurslari va butun aholining sifat ko’rsatkichlari ham yaxshilanishini
rag’batlantirib borib, kelajakda qayta ishlab chiqarishga asos solishi kerak. Bundan kelib
chiqadiki, mehnat bozorida raqobat xodimning mehnat qobiliyatini takomillashtiruvchi asosiy
kuch sifatida mavjud boʻlishi lozim. Shu munosabat bilan ishchi kuchiga talabni shakllantiruvchi
tizimda xuddi shunday o’zgarishlar sodir boʻlishi, ya’ni xaridorlar – mulkdorlar o’rtasida raqobat
paydo bo’lishi kerak.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature rewiev).

Mehnat bozorining boshqa

muhim nazariy qoidasi – uning oʻz-oʻzini hududiy ifodalash haqidagi tasavvuri. Xodim hatto
yollanganda ham, o’zining “mehnatga qobiliyatlari”ni qayta ishlab chiqarishga ehtiyojini boshidan
doimiy kechirib, bozor bilan aloqasini uzmaydi. Bundan tashqari, xodim eng yaxshi sharoitlarni
qidirib, bir yollovchidan boshqasiga o’tishga tabiiy intilishi ham mavjuddir. Amaliyotning
ko’rsatishicha, ishlab chiqarish kuchlari darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, migratsion faollik ham
shunchalik jadaldir. Bunda xodimlarning bir qismi mehnat bozorida vaqti-vaqti bilan paydo boʻlib,
vaqtincha ishlab chiqarishda ishtirok etmaydi.

Prof. V. Kulakovning hisob-kitoblariga ko’ra, ish bilan band boʻlganlarning katta qismi

shunday harakatda bo’ladi: har yili sanoatda 35% gacha, qurilishda 40% , temiryo’l transportlarida
37% ishtirok etadi. Shuning uchun mehnat bozori ijtimoiy bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy-mehnat
sohasining tarkibiy qismidir. Ilmiy va o’quv adabiyotlarida mehnat bozorining o’nlab ta’riflari
keltiriladi. Masalan, yangi sinfiy maktabni yaratuvchilar D. Gilder, A. Laffer, M. Feddstayn, R.
Xollar mehnat bozorini ichki bir xil boʻlmagan va g’oyat o’suvchi hamda bozor qonunlariga
bo’ysunuvchi tizim sifatida qaraydilar. Narx-navo mexanizmi uning asosiy regulatori boʻlib
xizmat qiladi. Mehnat narxi va ish haqi darajasi ishchi kuchiga talab va taklifga ta’sir qiladi, ular
o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi, kerakli mutanosiblik va muvozanatni saqlaydi. Tabiiy
bozor mexanizmlariga ko’ra, ishchi kuchi narx-navo, bozor konyunkturasiga tez va epchillik bilan
javob beradi, uning haqiqiy ehtiyojiga muvofiq koʻpayadi yoki kamayadi. Jadal mehnat bozori
sharoitlarida ishsizlik – mehnatga layoqatli aholining band bo’lmagan qismi davra aylanishi
vazifasini bajaruvchi tabiiy hodisa. Keynsman maktabining asoschisi J. Keyns oʻz konsepsiyasini
«Bandlik, foiz va pullarning umumiy nazariyasi» nomli kitobida bayon qilgan. U mehnat bozorini
sustkash, statistik tizim sifatida ko’rib chiqadi, ishchi kuchi narxi (ish haqi)ni yetarli darajada
qat’iy, deb qayd etadi.

Majburiy ishsizlikning mavjudligi majmuaviy samarali talab yetishmasligi bilan

asoslangan, uni budjet va kredit-pul tartibiga solishning samarali (ekspansiyanistik) choralari yo’q
qilishi mumkin. Talabning yetishmasligi mehnatga pul toʻlashning uning pasayishi tomoniga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

50

egiluvchan emasligi oqibatida vujudga keladi, buning natijasida talab pasayganda ishlab chiqarish
hajmi va bandlik qisqaradi, ish haqining nominal stavkalari o’zgarishsiz qoladi. Davlat bozorni
tartibga solib boruvchi vazifasini o’taydi, u majmuaviy talabni oshirib yoki pasaytirib, ushbu
tengsizlikni yo’q qilishi mumkin. Ishchi kuchiga jami talab investitsiya va ishlab chiqarish
hajmlari bilan tartibga solinadi.

-

Tahlil va natijalar (Analysis and results).

Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini

raqamlashtirish sharoitida davlatning eng asosiy vazifalari, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning
yechimini topish, mavjud davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, kambag’allikni kamaytirish va aholi
turmush darajasini yaxshilash hisoblanadi. Mazkur ustuvor vazifalarni amalga oshirishda aholini
ish bilan ta’minlashning samarali ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq
etish muhim ahamiyatga ega. Bu esa ayniqsa ishsizlik, norasmiy ish bilan bandlik va kambag’allik
darajasini kamaytirishga bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan mazkur muammolar va

ularning yechimlari aniq ko’rsatilgan: kambag’allikni kamaytirish – bu alohida tadbirkorlik ruhini
uyg’otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to’liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish
o’rinlarini yaratish bo’yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir”
. Bu esa mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashi, ishsizlikni kamaytirishni taqozo
etadi. Ularni ijobiy hal qilish aholi turmush darajasini oshirishga olib keladi. Hozir mamlakat
mehnat resurslarining ish bilan band bo’lmagan qismi ko’rsatkichi asta-sekin o’sib borish
an’anasiga – tendensiyasiga ega. Bunday holat sanoat mehnatining tor doirada qo‘llanilishi, yangi
ish joylarini yaratishga yo’naltirilgan investitsiyalar hajmining yetarli emasligi, mehnat resurslari
sonining ish joylari miqdoriga nisbatan tezroq o‘sishi, ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasida
mutanosiblikning mavjud emasligi, mahalliy kadrlar malakasi va raqobat qobiliyatining pastligi
va ularning ish axtarish harakatlari sustligi bilan asoslanadi.

Bundan tashqari, mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga yangi yerlar

o’zlashtirilishining kamayishi, intensiv texnologiya va kam mehnat talab qiladigan texnikaning
yuqori unumsiz qo‘llani-lishi, xo’jalik yuritish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning
yangi bozor usullaridan samarasiz foydalanilishi, kichik va o’rta biznes hamda xususiy
tadbirkorlik rivojlanishining past darajasi, ish bilan band bo‘lganlar moddiy manfaatdorligining
pasayishi va inflatsiya jarayonlari kabi omillar salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Holbuki, sanab oʻtilgan omillar bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining muqarrar belgilaridir.

Aholining ish bilan oqilona bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirishning samarali
mexanizmlaridan biri mehnat bozorini maqsadga muvofiq shakllantirish va rivojlantirish hamda
uni tartibga solish hisoblanadi. Bu ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi uzviy aloqalar va
ziddiyatlarni, ular hamkorligining samaradordik mezonlarini aniqlashga, qishloq mehnatkashlari
kasb malakasini oshirishning asosiy yo’nalishlarini belgilashga hamda jonli mehnat resurslarini
“ortiqcha” va ish joylari “taqchil” sharoitlarda ishchi kuchiga talab va taklifni makroiqtisodiy
tartibga solishga, pirovardida ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy tadbirlarni maqsadga muvofiq
ravishda ishlab chiqishga samarali imkon beradi.

Bunday tadbirlarni ishlab chiqish sodir bo’layotgan jarayonlarni chuqur o‘rganishni,

mehnat bozorining shakllantirilishi va rivojlantirilishining eng muhim muammolarini va ularni
ijobiy yechish yo’llarini aniqlashni taqozo qiladi. Respublikamiz uchun mehnatga qobiliyatli
aholining ish bilan bandligini oshirish bo‘yicha muammoni hal qilishning eng samarali


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

51

vositalaridan biri bo’lgan mehnat bozorining ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini tadqiq qilish katta
ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Ularni o’rganish quyidagi demografik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarning inobatga

olinishini taqozo etadi: 1)Respublikada mehnatga qobiliyatli aholining 60% dan ortig‘i qishloq
joylarda yashaydi va yalpi ichki mahsulotning (YaIM) 40% dan koʻprog’ini ishlab chiqaradi;
2)noqishloq xo’jaligi ishchi joylari yetishmasligi sababli ish bilan band bo’lmagan qishloq mehnat
resurslari ulushi respublikaning ish bilan band boʻlmagan butun aholisining 60% dan ortig’ini
tashkil qiladi va ularning soni o’smoqda; 3) mehnatga qobiliyatli, ish bilan band boʻlmagan qishloq
mehnatkashlari malakasi va safarbarligining pastligi ularning yashash joylaridan shaharga va
mamlakatning kam mehnat bilan ta’minlangan hududlariga hamda xorijiy davlatlar obyektlariga
qarab harakat qilishlariga asosiy to’siq bo’lmoqda; mehnat resurslari sonining mehnatni tatbiq
etish mintaqalarga nisbatan tezroq o’sishi yashirin ishsizlikni, ayniqsa, qishloq xo’jaligida ishchi
kuchini taklif etish unga talabdan oshib ketadigan darajada ko’payishiga bevosita yordam beradi;
4)qayta ishlash sanoati, qurilish va xizmat koʻrsatish korxonalari hamda xususiy xoʻjaliklarda
yangi ishchi joylarini yaratish yoʻli bilan ishchi kuchi talabi va taklifi oʻrtasidagi ratsional nisbatni
ta’minlash uchun haqiqiy imkoniyatlar mavjud.

Bozor iqtisodiyoti davrida mehnat bozorini «mehnatga qobiliyatli» ishchi kuchini xarid

qilish-sotishni amalga oshiruvchi tizim sifatida koʻrib chiqish oʻrinli. Shuning uchun u ijtimoiy
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy mehnat sohasining ochiq, murakkab, koʻp aspektli va
oʻsuvchi tizimchasi boʻlib, ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini
shakllantiruvchidir. Mazkur bozor ishchi kuchiga talab va aholining taklifini tartibga solishda
bevosita ishtirok etadi va oqilona bandlikning shakllanishi hamda ishsizlikni kamaytirishga
koʻmaklashadi.

Xulosa va takliflar (Conclusion and recommendations).

Mehnat bozorida raqobat bir

tomondan insonlar o’rtasida bir- biriga nisbatan egoizmlik hissini paydo qilsa bir tomondan
mehnat bozorini o’sishiga olib keladi. Bu esa o’z o’rnida mehnat bozorini kengayishiga va
rivojlanib borgani sari ishchi kuchiga talabni orttiradi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitlarida
mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, ekinlarni yetishtirishda tarkibiy
tuzilmani qayta koʻrish, zarar keltirib ishlayotgan korxonalarni tugatish, fan-texnika taraqqiyoti
yutuqlari va intensiv texnologiyalarni joriy etish hisobiga asosan, qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishidan boʻshatilayotgan xodimlar soni tez koʻpaymoqda.

Ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirishni rag‘batlantirish usullarini tadqiq etish mehnat

resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga hamda mazkur hudud uchun samarali tarmoqlarni
rivojlantirishga qaratilgandir. Mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va xarid qilish hamda servis
xizmati ko‘rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati boʻyicha ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish
kuchlari va bandlikning noan’anaviy shakllarini rivojlantirish, agrar sektordagi ishdan vaqtincha
bo’shatilayotgan shaxslar uchun mavjud korxonalarni kengaytirish va qayta ta’mirlash hamda
yangi ish joylarini yaratish maqsadida to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar – sarmoyalar hajmini
ko‘paytirishni rag’batlantirish mazkur uslubning qo’llanishining asosiy yo’nalishlaridir. Ishchi
kuchlariga talabni oshirishni mehnat resurslarini qayta taqsimlashdan manfaatdor iqtisodiyot
tarmoqlarida ish joylarini yaratish hamda mavjudlarini qayta ta’mirlash va yangi, zamonaviy
kasblarni egallashga sarmoyalarni to‘g‘ridan toʻg‘ri jalb qilish orqali tartibga solish mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

52

Dotatsiyalar, subsidiyalar va kreditlarni agro-sanoat majmui korxonalarini, ayniqsa, qayta

ishlash korxonalarini qurish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va rekonstruksiyalashga, shaxsiy
mehnat faoliyatini rivojlantirish yo’li bilan xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirishga, shuningdek,
koʻp bolali ayollar, mehnatga layoqatli pensionerlar, nogironlar, o‘smirlar va hokazolarga mos ish
joylarini vujudga keltirishga yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir. Shu tariqa ortiqcha mehnat
resurslarini yuqorida aytib oʻtilgan tarmoqlarga va ayrim maxsus ish joylariga jalb etish, ayni
paytda ishchi kuchlarining kasbiy va malaka tarkibiga bevosita ta’sir o’tkazish mumkin. Muvaqqat
ish joylarini yaratish va mulkchilikning turli shakllarini rivojlantirishni rag‘batlantirish – aholi
bandligini oshirishning eng muhim yoʻnalishlaridan biri.

U korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish, budjet toʻlovlari va xodimlarning

vaqtincha va qisman bandligi uchun ijtimoiy sug‘urta badallarini kamaytirish, ularni ishga qabul
qilish jarayonini yengillatish, bandlikning noan’anaviy shakllarini tashkil etish bilan bog‘liq sarf-
xarajatlarni toʻlash kabi chora-tadbirlar yordamida amalga oshiriladi. Mehnat bozori
shakllanishiga ishchi kuchining «mehnatga bo‘lgan qobiliyati» tovarga aylanishi, erkin taklifi, ish
beruvchilarning ishchi kuchiga mustaqil talabi, iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishi, ko‘p
mulkchilikning rivojlanishi kabi iqtisodiy, ijtimoiy na huquqiy shart-sharoitlar bevosita ta’sir
etadi. Mehnat bozori shakllanishida asosiy muammo bo‘lgan ishchi kuchiga talabning ortishi
hamda uning taklifi kamayishi turli omillar, tamoyillar va cheklovchilar ta’sirida amalga
oshiriladi.

Mehnat bozorining asosiy tarkibiy qismlarni mukammal tadqiq qilish uning shakllanish

jarayonini batafsil ifodalabgina qolmasdan, balki bu sohada yechilishi lozim bo‘lgan asosiy
muammolarning aniqlanishiga ham imkon beradi: ishchi kuchiga talabni oshirish va uning taklifini
kamaytirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidan ortiqcha xodimlar ozod bo‘lishini tezlatish; ish
bilan band bo‘lmagan, mehnatga layoqatli aholining raqobatbardoshligi va malakasini oshirish,
turg‘unligini kamaytirish va uning ijtimoiy himoyalanganligini ta’minlashdan iborat.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi Qonuni //
«Mehnat» gazetasi. —T., 1993-yil, 1-oktabr

.

2.

Usmonov S.N, Dodoboev Yu.T. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». Toshkent: «Fan»-1999

3.

Xolmo’minov Sh.R., Xolmurodov S.E. Mehnat bozori iqtisodiyoti.

References

O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi Qonuni // «Mehnat» gazetasi. —T., 1993-yil, 1-oktabr.

Usmonov S.N, Dodoboev Yu.T. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». Toshkent: «Fan»-1999

Xolmo’minov Sh.R., Xolmurodov S.E. Mehnat bozori iqtisodiyoti.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов